🆕 Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi!
✅ Subsidiya olish uchun tadbirkor 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 31-dekabrga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan so‘rov yuborishi lozim.
🔸Subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat'i nazar ajratiladi (rekonstruksiya qilish bundan mustasno).
🔰Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln so‘mdan belgilanadi va mehmonxonada har bir joy uchun kamida 4,5 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lishi lozim.
Xizmat bo'yicha batafsil ma'lumot
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
"Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi" doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishdi.
Batafsil videoda...
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Imkon_loyihasi
⚡️Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati, biznes, ilmiy va akademik doiralar, OAV vakillari, jamoat faollari, inflyuenserlar va blogerlar ishtirok etdi.
“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.
Loyihada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” tamoyili asosida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga huquqiy va moliyaviy amaliy koʻmak berish orqali ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga erishish maqsad qilingan.
Bunda fuqarolarning oʻzi qiziqqan sohasiga mutaxassislar tomonidan oʻqitilib, malaka va qobiliyatini oshirish, ularning dunyo qarashini oʻzgartirish va kunlik daromadini oshirish orqali farovonlikka erishishi taʼminlanadi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.
❗️Filmni 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin. Havolasini ulashamiz, bizni kuzatib boring.
📌 Kanalga ulanish
❓Biznesni boshlash uchun litsenziya olmaslik mumkinmi? ⬇️
🔑 “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi (Zero Licensing) – litsenziya va ruxsat berish hujjatini olish talab etiladigan faoliyatni boshlash uchun uch oygacha o'tish va moslashish davrini belgilaydi.
💡 Ushbu rejim quyidagilarni nazarda tutadi:
▪️ Uch oygacha muddat davomida faoliyatni litsenziya va ruxsat berish hujjatlarini olmasdan amalga oshirish, buning uchun vakolatli organni “Litsenziya” axborot tizimi orqali bepul xabardor qilish.
▪️Xabarnoma belgilangan tartibda yuborilgandan boshlab, uch oy davomida tadbirkorlik subyektlari litsenziyasiz faoliyat olib borganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi.
▪️Uch oy ichida tadbirkorlik subyekti faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish tartib-taomillariga moslashtirishi, tegishli litsenziya yoki ruxsat berish hujjatini olishi yoki faoliyatini to'xtatishi kerak.
📅 Ushbu maxsus rejim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PF–8-son Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish maqsadida joriy etilgan.
🔍 Faoliyat yo'nalishlari:
- Rentgen uskunasidan foydalanish;
- Veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish.
Kanalga ulanish 👇🏻👇🏻👇🏻
/channel/davxizmat
🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!
👨💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!
📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!
⏳ Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!
Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
/channel/davxizmat
#Adliya_nazorat
Davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni asossiz ravishda rad etgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Batafsil...
Kanalga ulanish👇🏻
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma
✅Murojaatlar qabul qilinadi:
🔗“Litsenziya” axborot tizimi;
🔗Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP).
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.
🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
➖ ariza;
➖o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;
➖g‘amlash yoki to‘plash usuli;
➖g‘amlash hududi (viloyat, tuman);
➖g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr);
➖g‘amlash (to‘plash) muddatlari;
➖o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
▫️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
▫️tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
▫️xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.
💰Ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: foydalanish obyektlariga qarab belgilanadi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ruxsatnoma taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Kanalga ulanish👇🏻
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar (mulkdor, uning oila a’zolari, mulkdor tomonidan vakolat berilgan shaxslar va xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar).
🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Tuman (shahar) hokimligi.
📑So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖alohida uy-joy, kvartira mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
➖mulkdorning oila a’zosi bo‘lgan taqdirda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birga);
➖vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 ish soati.
📄Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_xabari
Angor tumanida vazir oʻrinbosari aholi va tadbirkorlar murojaatlarini oʻrgandi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan istirohat bogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabul davomida 80 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari soha rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.
Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 28 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 30 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 36 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.
Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Angor tumanida terini qayta ishlash “Top quality brand” MChJ zavodi faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur obyekt hozirda oʻzining teri, charm mahsulotlari bilan jahon bozorini toʻldirmoqda. Uchrashuvda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni mahalliy va chet el bozorlarga olib chiqish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.
📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi qanday?
Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.
🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 20 foizi miqdorida. YIDXP orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng bir oy muddatda davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi. Natijalar imtihon o‘tkazilganidan so‘ng uch kun muddatda e’lon qilinadi.
📄Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun muddatda imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati beriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qarori.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
🔍 Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash uchun yangi tizim — baho.davxizmat.uz ishga tushirildi.
👥 Edilikda ko'rsatilgan davlat xizmatlarining sifatini baholash va taklif berish uchun Markazlarda joylashtirilgan QR-kodlarni skaner qiling hamda fikr bildiring!
Sizning fikringiz davlat xizmatlari sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi!
📍Hozirda ushbu tizim Toshkent shahridagi Markazlarda test rejimida ishlatilmoqda.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_davlat_xizmatlari
📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videorolikda....
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Adliya vazirligi xodimlari sun’iy intellektdan foydalanishadimi?
📍 2024-yil 9-oktabr kuni Adliya vazirligi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
🔶 Tadbirda 20 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi. Mashg‘ulotning maqsadi — ish jarayonida sun’iy intellektni qo‘llash orqali xodimlarning samaradorligini oshirish va aholiga tezkor xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish.
✅ Ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib, shaxsiy assistent yaratish, ma’lumotlarni tahlil qilish, diagrammalar chizish va audio-fayllarni matn ko‘rinishiga o‘tkazish kabi ko‘nikmalarni o‘rgandilar.
Ushbu mashg‘ulot davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga va ish jarayonlarini avtomatlashtirishga muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Davlat xizmatlarining ko‘lami kengaymoqda!
Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga e'tibor bering:
🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat!
Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada ko'proq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.
Davlat xizmatlari endi ko‘proq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni ta’minlamoqda!
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibini bilasizmi?
👫Xabardor qiluvchi toifasi: Yuridik shaxs.
🏢Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.
☑️Xabarnomani yuborish tartibi: “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.
🏛 Bunda, xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar quyidagi davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari) orqali tekshirilishi lozim:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im undirilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
📢 Yangi xizmatlar!
🔰 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga muvofiq, quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olishingiz mumkin bo‘ladi:
✈️ Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
✈️ Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati;
✈️ Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi;
✈️ Uchishga yaroqlilik sertifikati;
✈️ Shovqinlarga oid sertifikat;
✈️ Radio jihozlar sertifikati;
✈️ Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati;
✈️ Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa.
Ma’lumot uchun, ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (2025-yil 15-yanvar) kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Imkon_loyihasi
⚡️Bugun, 19-oktabr kuni
MATONAT filmini tomosha qiling
https://youtu.be/oTCyEmyI1jo
/channel/yuldasheva_shoxidaxon
❗️Yangi mahsulotlar uchun Ochiq Eshiklar: "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi❗️
🔒 “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi – bu zamonaviy texnologiyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlarni cheklangan muhitda sinovdan o'tkazishni nazarda tutadi.
📜 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–244-son Farmoniga asosan, ushbu rejim quyidagi sohalarda joriy etildi:
- Elektron tijorat;
- Transport va logistika;
- Sanoat;
- Qishloq xo'jaligi;
- Qurilish.
🔍 Maxsus rejim shuni ta'minlaydi:
- Yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishda cheklangan vaqt va hududda ba'zi qonunchilik normalariga amal qilmaslik;
- Litsenziyasiz faoliyat yuritish;
- Har bir loyiha uchun maxsus rejim muddati ko'pi bilan uch yil.
💻 Tadbirkorlik sub'ektlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilib, yangi mahsulot va xizmatlarni sinovdan o'tkazishlari mumkin.
Tartibi: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-novabrdagi 617-son qarori
Kanalga ulanish 👇🏻👇🏻👇🏻
/channel/davxizmat
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda
Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masʼullarning quyi boʻgʻinlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiboriga ham bogʻliq. Boisi, tizimning nechogʻlik samaradorligi hududlarda yaqqol namoyon boʻladi.
Xususan, Adliya vazirligining ishchi guruhi viloyatdagi FHDY organlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmalarida xizmat koʻrsatish sifati, raqamlashtirish jarayoni, bu borada amaliyotda uchrayotgan xato hamda kamchiliklar, tizimli muammolar, vakolatli idoralar bilan hamkorlik samaradorligi, bu borada tizim xodimlarining takliflarini oʻrganishmoqda.
Ishchi guruh vakillari Samarqand shahridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman FHDYo boʻlimidagi mazkur holatni koʻzdan kechirishdi. Mavjud kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar berishdi. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, takliflarni tinglashdi.
📌 Kanalga ulanish
#Imkon_loyihasi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U real voqealarga asoslangan “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.
Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Imkon” loyihasining taqdimoti hamda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
❗️Filmning to‘lig‘ini 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab loyihaning imkonloyihasi">YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
/channel/yuldasheva_shoxidaxon
#Bilasizmi
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar.
🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.
📑Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
➖ariza;
➖xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
➖bajarish uchun olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan ko‘chirma;
➖olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlar yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik doirasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini o‘tkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 10 barobari.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 7 ish kuni.
🗓Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
Kanalga ulanish👇🏻
/channel/davxizmat
🚀 Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!💻
“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasiga asosan YIDXPda joriy etilgan davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilmoqda.
🔎 Hozirgi vaqtga qadar 100 ga yaqin ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida talab etiladigan ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi. Bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini bermoqda.
🔺Kelgusida nimalar qilinadi?
Joriy yilning 15 oktabr kuni Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan har bir davlat xizmatini avtomatlashtirish va talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish bo'yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
💯 Asosiy maqsad – barcha xizmatlarni avtomatlashtirish va sodda shaklga keltirish hamda yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanib, fuqarolarga eng sifatli xizmatlarni taqdim etishdir.
Kanalga ulanish👇🏻
/channel/davxizmat
#Adliya_xabari
Angor tumanida vazir oʻrinbosari aholi va tadbirkorlar murojaatlarini oʻrgandi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan istirohat bogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabul davomida 80 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari soha rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.
Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 28 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 30 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 36 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.
Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Angor tumanida terini qayta ishlash “Top quality brand” MChJ zavodi faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur obyekt hozirda oʻzining teri, charm mahsulotlari bilan jahon bozorini toʻldirmoqda. Uchrashuvda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni mahalliy va chet el bozorlarga olib chiqish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.
📌 Kanalga ulanish
Davlat xizmatlari markazining situatsion markazi qanday ishlaydi?
Kanalga ulanish:👇🏻
@davxizmat
👆🏻Videoqo'llanma
baho.davxizmat.uz
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.
✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.
🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.
🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar.
💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.
💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;
b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.
⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun.
🗓 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
O’quv kurslarini tashkil etmoqchimisiz?
/channel/yuldasheva_shoxidaxon
📊 "Litsenziya" AT orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari:
Bugungi kunda "Litsenziya" axborot tizimi orqali 121 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Ularning taqsimoti quyidagicha: 39 ta litsenziya; 46 ta ruxsatnoma; 36 tа xabarnoma
🔹 2022-yilda – 100 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 115 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 121 ta xizmat!
"Litsenziya" axborot tizimi aholi va tadbirkorlar uchun litsenziya va ruxsatnomalar olishda, faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnomalar yuborishda qulay va shaffof vositaga aylanmoqda!
📲 Siz ham "Litsenziya" AT orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va o‘z faoliyatingizni rasmiylashtiring!
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi qanday?
Talabgor ushbu davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
👫 Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Yuridik yoki jismoniy shaxs (shartnoma tomoni).
🏛 Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
📑 Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan hujjatlar:
➖shartnoma(lar), qo‘shimcha kelishuv(lar) (mavjud bo‘lgan taqdirda) hamda ularga spetsifikatsiya(lar) nusxasi;
➖shartnoma(lar) bo‘yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlar (bank tomonidan ko‘chirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotnoma, hisobvaraqlar va/yoki dalolatnomalar). Bunda hujjatlar shartnoma(lar)ning xususiyatidan kelib chiqib taqdim etiladi.
💰Sertifikat berish uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 90 foizi miqdorida.
⏱️ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni.
🗓 Sertifikatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
‼️ Bir so‘rovnoma bilan birga bir nechta shartnomalar bir vaqtning o‘zida taqdim qilinsa, qo‘shimcha har bir shartnoma uchun BHMning 50 foizi miqdorida alohida yig‘im undiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-son qarori.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat