designclubuz | Unsorted

Telegram-канал designclubuz - Design Club Uzbekistan (DC)

786

Design Club Uzbekistan - dizayn va dizaynerlarni bir joyda birlashtirgan eng yirik dizayn jamiyati. Bu yerda dizayn sohasi mutaxassislari o'zlarining tajribalarini yosh dizaynerlarga yetkazishadi.

Subscribe to a channel

Design Club Uzbekistan (DC)

"Aybni o'zingizdan qidirishni boshlamaguningizcha, o'zgarmaysiz".

Sardor Kadirov qoidalarga va hayotga qarashlari qattiq bo'lgan dizayner. Uning Design Club #3 da aytgan keyslar ham rasmdagi kayfiyatiga o'xshab jiddiy.

Dizayner, bloger Sardor Kadirov o'zining faoliyati qanday boshlangani, qanaqa qiyinchiliklarga duch kelgani, ENVATO kabi paltformalarda qanday pul ishlash mumkinligi va daromadi haqida videoda so'zlab bergan.

Batafsil youtube sahifamizda: https://youtu.be/z1WDsrs_09s

Videoni do'stlaringizga ham ulashing 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Mashxur rus dizayneri Lebedevni Toshkentda, "Testo by Zamira co." restoranida tushlik qilganini ko'rishibdi. Bu haqida restoran asoschisi facebook da yozdi.

"Agrobank" rebrandingi bilan Lebedevni Toshkentga kelishi o'rtasida qandaydir aloqa bor deb o'ylaysizmi? 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Bugun Design Club #2 spikeri, «Ma'no Branding» art direktori Zokir (Joe) Xalmatov tug'ilgan kun. Jamoamiz bilan tabriklaymiz. Dizayn bilimlaringiz yoshlarni hayratlantirishda davom etsin!

Uning Design Club #2 dagi, "Bir dizayner hikoyasi" deb nomlangan nutqini quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/Fn1IOSL3bVc

Design Club Uzbekistan jamoasi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

DIQQAT! MUHIM SAVOL!

🔺Nega O‘zbekistonda Marketolog kuni va Rekama xodimi kuni yo‘q?

Bugungi kunda har bir biznes uchun suv va havodek zarur kasblar hali ham o‘z kasbiy bayramiga ega emas. Mamlakatimizda hamkasblarni dilda quvonch bilan tabriklab, bir piyola choy atrofida jam bo‘lish mumkin bo‘lgan bitta ham rasmiy kun yo‘q!

🔺O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi bu vaziyatni to‘g‘rilashga va marketologlar hamda reklamachilar bayramlari nishonlanadigan ikkita sanani belgilashga qaror qildilar.

🇺🇿Sanalarni belgilash masalasi juda muhim va shu sababli, butun professional marketing va reklama hamjamiyatining qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.

❗️Keling, bayram sanalarini belgilash uchun qaysi voqyealar asos sifatida olinishi mumkinligini o‘ylab ko‘ramiz.

👉Sanalar bo‘yicha takliflaringizni yaqin fursatlarda quyidagi havola orqali kutamiz: https://forms.gle/WUfHsaEFkMx2H2v49

yoki: info@marketing.uz

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Dizayner yoki animator bo'lmoqchimisiz? Tasnif Maktab sizni chorlaydi!

Design Club Uzbekiston #1 spikeri, dizayner, "Tasnif Group" asoschisi Lazizbek Hamidov hamda moushn grafika sohasida 10 yillik tajribaga ega mutaxassis Abdulaziz Homidjonov grafik dizayn va animatsiyani o'rgatishga ixtisoslashgan Tasnif Maktab ochish arafasida!

3D moushn grafika kursiga 11-noyabrda, grafik dizayn kursiga esa 12-noyabr kuni start beriladi.

Ochilish marosimida qatnashing, darslarga ro'yxatdan o'ting va zamonaviy kasblarni o'rganing!

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/8VNfAZ7GcHJximKB6

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Bir dizayner hikoyasi

Zokir Xalmatov. Dizayner, Ma'no Branding art direktori. U o'zining 20 yillik dizaynerlik faoliyati, dizayn keyslari, tasviriy san'at va yaxshi dizayner bo'lish uchun nimalar qilish kerakligi haqida Design Club #2 da so'zlab berdi. Bundan tashqari, videoda Kanishka do'konlar tarmog'i, Namuna Development, Dena kabi brendlarning dizayni haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Batafsil youtube sahifamizda: https://youtu.be/Fn1IOSL3bVc

Videoni do'stlaringizga ham ulashing 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

O'rta Osiyo dizaynerlari va kreativ olamining eng mashhur "olimpiada"laridan biri - Redjolbors ning 10-taqdirlash marosimida g'olib bo'lgan o'zbek dizaynerlari va ularning keyslari (1).

- Ma’no Branding

Nominatsiya: "Consumer branding: branding strategy and design" solution va "Consumer branding: art direction"
Sovrin: Silver, Silver
Ish: Sarob

Nominatsiya: Consumer branding: Art direction
Sovrin: Bronza
Ish: A5 Group Rebranding

Nominatsiya: Corporate branding: art direction
Sovrin: Bronza
Ish: Me’mor 21 New Identity

Nominatsiya: Corporate branding: art direction
Sovrin: Silver
Ish: Grand Road Tashkent

Ma'no Branding dizayn direktori Temur Sa'diyning Design Club #1 dagi nutqi: https://www.youtube.com/watch?v=AxEnja_qVbg

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club #2 spikeri, Grafik va veb dizayner, "Fido Studio" kreativ direktori Xudoyor Norchayevni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz! Hayotingiz yasagan "frame"laringizdek chiroyli va yoqimli bo'lsin!

Uning Design Club #2 dagi nutqini quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/2YOYLVGVajk

Design Club Uzbekistan jamoasi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

⚡️Har bir dizayner o‘qishi shart bo‘lgan 5 kitob

3. Дизайн-мышление в бизнесе. От разработки новых продуктов до проектирования бизнес-моделей (Biznesdagi dizayn tafakkuri. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishdan biznes modelini loyihalashtirishgacha)

Ushbu kitob – dunyodagi eng muvaffaqiyatli dizaynerlik kompaniyalaridan biri IDEO bosh direktori – Tim Braun tomonidan nashr etilgan. U 5000 ta yangi mahsulot ishlab chiqardi, jumladan Apple uchun kompyuter sichqonchasi, Oral B uchun bolalar tish cho‘tkasi va Crest tish pastasi uchun naycha.

#dcbooks

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Lokal agentliklarda ishlashni istaydigan dizaynerlar bormi? 🙋‍♂️

O'rta Osiyo reytingida TOP-5 talik guruhga kiradigan Lokals agentligi o'zida dizayner kursisi bo'shab qolganligi haqida e'lon qildi. Dizayner uchun barcha talablar videoda aytilgan.

Jamoaviy ish, o'sish, xalqaro festivallarda doimiy ishtirok va ofisda Play Station 5 xohlagan dizaynerlar, sizlar uchun yaxshi imkoniyat 🙂

Portfolio: sh.saliev@lokals.uz pochtasiga, link yoki .pdf formatda (Lokals aytganidek, jpg yoki png 👎, pdf yoki link 👍).

Lokals haqida to'liq ma'lumot: https://lokals.uz/main-creative/

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Toshkent kreativ olamidan bronza!

TAF!21 - Tashkent Advestisement Festival ning “Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturining yaratilishi” yo‘nalishida, expertlar bahosi bo‘yicha bronzani qo‘lga kiritdik!

Shu kungacha spiker va hamkor sifatida biz bilan bir artboarda ishlab kelayotgan barcha dizayner va shaxslarga o‘z rahmatimizni aytamiz. Biz sizlarni yaxshi ko‘ramiz!

Design Club Uzbekistan jamoasi

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

⚡️Har bir dizayner o‘qishi shart bo‘lgan 5 kitob

2. О шрифте (Shrift haqida)

Nemis dizayneri Erik Spiekerman o‘z kitobida tipografiya faqat elita qatlam uchun mavjud san’at emas, balki har kim qo‘llay olishi mumkin bo‘lgan kuchli vosita ekanligini isbotladi.

#dcbooks

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

📱UI/UX dizayn haqida batafsil ma'lumot berib o'tdik. Xo'sh, bu sohaga oid ma'lumotlar, yangiliklar, yangi dizaynlarni qayerdan topsa bo'ladi? Biz sizga ayni kerakli saytlar ro'yxatini taqdim etamiz!

• Dribbble.com
• Behance.net
• Pinterest.com
• ux.pub
• material.io
https://developer.apple.com/design/human-interface-guidelines/

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Kelajak uchun ovoz bering!

Bugun TAF!21 tanlovining so'nggi kuni. Unda ishtirok etayotgan Design Club Uzbekistan loyihasiga ovoz bering!

Ovoz berish uchun: @TAF21bot ga o'tasiz va "Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturining yaratilishi" nominatsiyasida ko'rsatilgan loyihamizga ovoz berasiz!

DC haqida batafsil ma'lumotni olish uchun: https://marketing.uz/work/171.htm

Unutmang, Sizning ovozingiz ahamiyatga ega 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

❗️Siz agar dizayner bo'lsangiz yoki shu sohada faoliyat olib borishni istasangiz shunday holatga tayyor bo'lishingiz kerak!

⏰Ya'ni, siz bilan birga ishlayotgan mijoz istalgan vaqtda, hattoki kechasi soat 2:00 da ham sizga buyurtma berib qolishi mumkin va siz buni rad etmay ertalabgacha bajarib berishingiz kerak bo'ladi.

💻Dizaynerlarning konkret ish vaqti, uning ish joyi bo'lmasligi haqida ko'p gapirishadi. Sizga bu kabi xabarlar uyquga yotganingizda ham kelishi mumkin va siz yotoq joyingizda dizaynni amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi.

❓Sizda ham shu kabi holatlar bo'lganmi? Javob "ha!" bo'lsa yozib qoldiring :)

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Agrobank" rebrandingdan keyingi natija. Eski va yangi logo. (Rasm: @vsebudethorosho)

Fikrlaringiz?

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Agrobank" to'liq rebranding qilibdi. Taqdimotni online ko'rish uchun: https://youtu.be/B2NmCn4JOo8

Tez kunda to'liq taqdimotni joylaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Fido Studio" veb-dizayner qidirmoqda!

Talablar:
- Figmada ishlay olishi
- Android va iOS Guidelinelarni tushunishi
- Portfoliosi bo’lishi

Oylik maosh suhbat davomida kelishiladi.

Aloqa: @xjamshid. Batafsil: @fidostudio

"Fido Studio" asoschisi Jamshid Xoliqulov va kreativ direktori Xudoyor Norchayev Design Club #1 va #2 da nutq so'zlashgan.

Jamshid Xoliqulov: https://youtu.be/uqpdKSJ-wE8
Xudoyor Norchayev: https://youtu.be/2YOYLVGVajk

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club Uzbekiston hamda «ALPHA Education» hamkorligida yaxshi yangilik!

«ALPHA Education» o'quv markazi «MA'NO Branding» bilan birgalikda brending bo‘yicha kurs boshladi.

O'quvchilar brend yaratishning barcha sirlarini o‘rganib, jamoa bo'lib ishlashlari kerak bo'lgan dizayn keyslarini oladilar.

Kursni Temur Sadiy, Elina Ibragimova, Zokir Xalmatov, Adelya Uzyakova, Ahmad Sobitov, Mansur Nabiev va Anastasiya Kimlar olib boradilar.

Kurs davomiyligi: 2 oy
Narxi: 3 500 000 so'm

Ma'lumot uchun, kurs rus tilida bo'ladi.

Roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot olish uchun: (99) 835-05-25 | @AlphaEducation

Eng muhimi — Design Club Uzbekistan ishtirokchilari uchun kursda 15% chegirma mavjud!

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Mir21yoyev" keysi

Bugun sizga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov logotipini taqdim etamiz.

Logotipda 21+Mirziyoyev assotsatsiyasi aks etgan. Mirziyoyevdagi ZI harflari 2021-yilning 21 soni shakliga keltirilgan. Shavkat Mirziyoyevning birinchi prezidentlikdagi davridagi asosiy shiori - "Inson qadri uchun" so'zi slogan qilib olingan.

Logo muallifi: Akmal Rashidov (Instagram: @akeerashidov
Aydentika Novda Group va Headz.uz ishtirokida qilingan (Instagram: @novda.group, @headz.uz)

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

O'rta Osiyo dizaynerlari va kreativ olamining eng mashhur "olimpiada"laridan biri - Redjolbors ning 10-taqdirlash marosimida g'olib bo'lgan o'zbek dizaynerlari va ularning keyslari (2).

- "Синтез" reklama agentligi.

Nominatsiya: Consumer branding: art direction
Sovrin: Bronza
Ish: Sara’s Dairy Packaging

Nominatsiya: Low budget campaigns
Sovrin: Bronza
Ish: Save Ilkhom

"Синтез" kreativ laboratoriyasining kreativ direktori Farruh Sharipovning Design Club #2 dagi nutqi: https://www.youtube.com/watch?v=BJzvergdTiQ

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

27-oktabr "Farruh day"

Design Club #2 spikeri, «Синтез» kreativ laboratoriyasi asoschisi Farruh Sharipovni o'tgan tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Barcha festivallarda g'alaba qozoning, Amir Olimxon desa siz chizgan portret eslansin!

Uning Design Club #2 dagi nutqini quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/BJzvergdTiQ

Design Club Uzbekistan jamoasi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Hozir sizlarga qanday qilib 1 oyda kuchli grafik dizayner bo'lishni o'rgataman"

Grafik va veb dizayner, "Fido Studio" kreativ direktori Xudoyor Norchayev yosh dizaynerlarga 1 oy ichida kuchli dizayner bo'lish sirlari, yaxshi fedbek olish va to'g'ri savol berish haqida gapirib o'tgan. Undan tashqari video orqali siz Behance dagi kommentlar ahamiyati, Epica Awards da yutgan "Fuel" keysi va Xudoyorning Avstraliya, Buyuk Britaniyaga qilgan dizaynlari bilan tanishishingiz mumkin.

Batafsil youtube sahifamizda: https://youtu.be/2YOYLVGVajk

Videoni do'stlaringizga ham ulashing 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

TAF!21 Uchinchi Toshkent reklama festivalini YouTube`da tomosha qilishingiz mumkin:

👉https://www.youtube.com/watch?v=LoJyyiNNKoA

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Men Mang'it qishlog'ida tug'ilganman. Bu qishloq Navoiyda joylashgan. Unda hamma narsa bor, gaz, svet va kanalizatsiyadan tashqari..."

Farruh Sharipov «Синтез» kreativ laboratoriyasi asoschisi. U Design Club #2 da qilgan nutqida ilk dizaynini «DOTA» o‘yinida qilgani, dizayn festivallarida qanday qatnashish kerakligi, COVID ga qarshi dizayn orqali qanday kurashganliklari haqida gapirib berdi.

Batafsil YouTube sahifamizda: https://www.youtube.com/watch?v=BJzvergdTiQ

Videoni do'stlaringizga ham ulashing 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Dizayn — daromadli, biroq shu bilan birga anchagin qiyinchiliklarga to'la soha. Professional dizayner bo'lgunga qadar esa anchagina yo'lni bosib o'tishga to'g'ri keladi. Kam uxlash, vaqtida ovqatlanmaslik, ishning sog'liqqa ta'siri bo'ladi.

«Design Club» loyihasining 1-mavsum spikeri Laziz Hamidov o'zining faoliyatida duch kelgan shu kabi holatlar haqida so'zlab berdi. Videoni to'liq holatda ko'rish uchun: https://youtu.be/uG0oL-pexiU

@lazizhamidov; @tasnifgroup

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Dushanba og'ir kun. Haftaning qolgan kunlariga ham u ta'sir qilmasligini istaysizmi? Unda bizga yaqinroq keling!

Qanday qilib xalqaro festivallarga qatnashish, tasviriy san'at dizaynerga qanday foyda berishi, ota kasbini davom ettirayotgan, ilk dizaynini kompyuter xonada, "DOTA" o'yinida qilgan dizaynerlar, barchasi - Design Club Uzbekistan #2 da! Spikerlarimizni eslatib o'tamiz:

1. Farruh Sharipov - Sintez ijodiy laboratoriyasi asoschisi va kreativ direktori. Xalqaro dizayn mukofotlari sovrindori. Dizayn olamida 8 yillik tajribaga ega.

2. Xudoyor Norchayev
- Veb, grafik dizayner. Yoko Digital studiosida kreativ direktor. Yangi avlod dizaynerlari orasida eng kuchlilaridan biri. Dizayn olamida 2 yillik tajribaga ega.

3. Zokir Xalmatov - Ma'no branding art direktori, Xorazm viloyatining turistik brendi muallifi. Dizayn sohasida 16 yillik tajribaga ega.

Har dushanba, Design Club da!

Tizer
👉 https://youtu.be/I7f0yozkghA

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

UI/UX dizayn - web va mobil ilovalarini yaratish!

UI dizayn haqida

"UI" atamasi inglizchada user interface jumlasini bildirib, "foydalanuvchi interfeysi" ma'nosini anglatadi. Bu esa dasturning grafik ko'rinishidir. Foydalanuvchilar bosgan tugmachalar, o'qiladigan matnlar, tasvirlar, matn kiritish joylari va foydalanuvchi bilan o'zaro aloqada bo’lgan barcha narsalar UI dizayn hisoblanadi.

UX dizayn haqida

"UX" atamasi inglizchada user experience jumlasini bildirib, "foydalanuvchi tajribasi" ma'nosini anglatadi. UX dizayn - foydalanuvchi tajribasi va xulq-atvori bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida interfeysni loyihalash. UX dizaynining vazifasi vosita yoki resursning funktsionalligi va qulayligi masalalarini hal qilishdir.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

⚡️Har bir dizayner o‘qishi shart bo‘lgan 5 kitob

1. Дизайн привычных вещей (Oddiy narsalar dizayni)

Agar siz dizayn bilan jiddiy va uzoq vaqt shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, ushbu kitobni o‘qishingiz kerak. Chunki ushbu kitob dizaynerlarning asosiy bilim manbaidan biri hisoblanadi.

#dcbooks

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Dizayn va reklama festivali - TAF! 21 haqida ma'lumot bergan edik.

Festival doirasida mashxur dizayner Vladimir Lifanov Toshkentga tashrif buyurib, workshop o'tkazar ekan! Lifanov MDH va Yevropadagi barcha dizayn festival va chempionatlar g'olibi, "Suprematika" brending agentligi asoschisi. Uning mijozlari orasida Газпромнефть, Лукойл, ВТБ, Yota phone, ВГТРК, «Мир» teleradiokompaniyasi, Mail.ru kabi yirik kompaniyalar bor.

U festivalda Design Club #1 spikeri, "MA'NO Branding" agentligi asoschisi Temur Sa'diy bilan birga chiqish qiladi. Workshop 10-oktabr Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo'lib o'tadi.

Workshop rus tilida. (Batafsil ma'lumot)

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel