9523
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman. Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Va nihoyat, “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga kompensatsiya to‘liq to‘lab berilibdi. (#)
Читать полностью…
O‘zbekistondagi ilk islomiy bank kimniki?
Markaziy bank O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun ilk litsenziyani “Open bank” AJ ga berdi.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muassasa ta’sischisi “Future Open Technology Group” AJ bo‘lib, u kompaniyaning 100 foiz ulushiga egalik qiladi.
2025-yilning sentyabrida avvalgi “Smartbank” o‘z nomini “Openbank”ka o‘zgartirgandi. “Smartbank” O‘zbekistonda raqamli bank sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganida (2022-yil) Gazeta.uz o‘z manbasiga tayanib ushbu bank “Agrobank”ning sho‘basi ekanini yozgan.
Demak, “Agrobank”ning sho‘basi hozirda O‘zbekistondagi ilk islomiy bank bo‘ldi.
Qurilish vazirligi xato ketganini tan olib, endi shunisini hisobga olaveringlar, debdi.
Читать полностью…
Avtobuslarda islohotlar. Endi boshqa turdagi shikoyatlarni, masalan, intervallarga amal qilinishini ham bir koʻrib chiqib, toʻgʻrilashsa yaxshi boʻlardi.
Читать полностью…
Yangi alifbo tasdiqlandi — 4 ta muhim fakt
@lazizhamidov
Prezident yangi alifboni tasdiqlabdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan Qonunni imzoladi.
Alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi:
O‘ → Ö
G‘ → Ğ
Sh → Ş
Ch → Ç
Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach, o‘z kuchini yo‘qotgach yoki navbatdagi yangilanish jarayonida yangi alifboga moslashtirib boriladi.
Rossiyaga ishlash uchun borayotgan oʻzbekistonliklar soni kamayib, boshqa davlatlar, xususan, YI va Turkiyaga borayotgan vatandoshlar soni oshibdi. Tushunarli tendensiya. (#)
Читать полностью…
O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi
Bu haqda Google Cloud’ning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha rahbari Samarqandda o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida ma’lum qildi.
Samarqand — xalqaro tadbirlar shahri. Deyarli har yili mana shunday yirik tadbir oʻtkazilishiga ham oʻrganib qoldik, samarqandliklarning oʻzlari ham oʻrgangan boʻlsa boʻldi (#)
Читать полностью…
Yandex data-markazlariga hujumlar ortidan rossiyaliklarning ma’lumotlari chetda saqlanishi mumkin ekan.
Forbes’ning yozishicha, Rossiyadagi data-markazlarga qilinayotgan dron hujumlari sababli Internet-savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (AKIT) hukumatdan rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini “do'st” mamlakatlarda saqlashga ruxsat berishni soʻrabdi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaga “doʻst” mamlakatlar roʻyxatiga Markaziy Osiyodan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kiritilgan.
Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Читать полностью…
Toshkent aeroportining orqasida, suratda belgilangan joyda (1,7 gektar maydonga) sun’iy ko‘l qurilyapti ekan. Yil oxirigacha bitarkan.
Bu poytaxtda qurilishi kerak bo‘lgan 12 ta sun’iy ko‘lning bittasi hisoblanadi.
Spot Toshkentda taksi xizmatlari narxlarini solishtirib ko‘ribdi (#)
Читать полностью…
Har bir viloyat, shaharda jamoat transporti rivojlanaversin. Mana shunaqa xabarlar “Lolazor”dagi “yaxshi xabarlar” ruknimizning asosiy mavzusi boʻlib qoldi, bu zoʻr.
Читать полностью…
Oʻzbekiston TIV ijtimoiy tarmoqlarda (ayniqsa Twitter’da) Eronning ayrim boshqa davlatlari sahifalarida e’lon qilingan Oʻzbekiston tarixiy-madaniy merosi bilan bogʻliq bayonotlar yuzasidan Eron elchisini chaqirtiribdi.
Читать полностью…
Oʻzbekiston iqtisodi eng tez oʻsayotgan davlatlar qatorida ekan. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi prognozlariga koʻra, real yalpi ichki mahsuloti 7,8 foizha oʻsadi. Qoʻshni Qirgʻiziston iqtisodi esa 9 foizga koʻtarilishi prognoz qilinib, bizdan yuqoriroqda qayd etilgan.
Читать полностью…
Yangi Kia Sonet Prime — yorqin uslub va har kunlik qulaylik! 🚘
Endi qulay muddatli to‘lov shartlarida:
🔥 Oylik to‘lov — 5 997 778 so‘mdan
✔️ Boshlang‘ich to‘lov — 60%
✔️ Muddat — 18 oy | 0% yillik stavka
Bepul test-drayvga yoziling va to‘lov jadvalini oling!
📍 Kia Sergeli
📞 +998 (55)500-56-65
Shartlar individual hisoblanadi. Sug‘urta majburiy.
Reklama
Oʻzbekistonda dronlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilarkan. Hozircha qishloq xoʻjaligida ishlatish uchun. (#)
Читать полностью…
Toshkentda tunu-kun faoliyat olib boradigan avtobus yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilishi mumkin ekan. (#)
Читать полностью…
Keyingi yilning shu davrida Misrga sayohat qilgan o‘zbekistonliklar soni keskin kamaysa kerak. Shu jumladan, viza talabidan so‘ng Tailandga boruvchilar soni ham ancha qisqaradi. Vyetnamga sayohatlar ko‘paysa kerak (#).
Lekin o‘zbekistonliklar chet elga ko‘proq va erkin sayohat qilishi uchun TIV rosmana ishlashi kerak. Sayyohlarimizning nafaqat soni, ularning geografiyasini ham kengaytirish ustida ishlashimiz kerak.
Shu ishni sal ertaroq, masalan, hamma peshlavhalarni yulib olishdan oldin qilsa boʻlmasmidi?
Читать полностью…
Piyodalar yoʻlagi piyodalarga qaytarildi
Bugun kuryer va restoran ish boshqaruvchisimi, xullas, mas’uli ishtirokidagi video keng muhokama qilindi. Men ham Instagram sahifamda shu holat boʻyicha munosabatimni bildirganman.
Muhokama makrazida boʻlib turgan restoranning noqonuniy oʻrnatib olgan ogʻir konstruksiyasi buzib tashlanibdi. Bugunning oʻzida. Dam olish kuni boʻlishiga qaramasdan.
Menimcha, boshqa joylarda ham mana shunaqa insident boʻlishini kutib oʻtirmay, piyodalar yoʻlini piyodalarga qaytarish ustida ishlayverish kerak. Bunda bir ogʻiz aholidan yordam soʻralsa, odamlar oʻzini eng koʻp qiynaydigan manzillar roʻyxatini qilib beradi.
Toshkent shahri IIBB YHXB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganovning (Instagram’dagi o‘sha mashhur press.qahramon) maktab o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan “profilaktik tadbir”dan joylagan videosi Instagram’da qariyb 8 mln ko‘rilibdi. Video tanqidlarga uchragan, kommentlar o‘chirib qo‘yilgan.
Ta’lim va fan vazirligi maktabda bunday tadbir o‘tkazishi vazirlik yoki shahar boshqarmasi bilan oldindan kelishilmaganini aytibdi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova esa bolalar bilan bog‘liq bunday videotasvirlarning tarqatilishi bola huquqlari buzilishiga olib kelishini ta’kidlagan.
Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Читать полностью…
Toshkentda 2030-yilgacha 120 mingta yangi maktab va bog‘cha o‘rni yaratish rejalashtirilibdi (#)
Читать полностью…
2026-yil 1-noyabrdan xalqaro kurerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi.
Xalqaro jo‘natmalar uchun yig‘im 1 kg yuk uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizini, ya’ni 8800 so‘m tashkil etadi. Ushbu o‘zgarishdan so‘ng 1 kg yuk uchun taxminan 7000 so‘m bojxona yig‘imi olinadi.