Katta hayotga qadam qo'yishga qanchalik tayyorsiz?
Oramizda bolalik chog'larida tezroq katta bo'lishni orzu qilmagan insonlar bo'lmasa kerak. Ammo bilamizki, katta hayotga qadam qo'yish kishidan ruhiy, jismoniy va aqliy yetuklik, moliyaviy mustaqillik hamda boshqa ko'plab majburiyatlarni talab etadi.
❓ Siz himoyalangan o'smirlik davridan katta hayotga o'tishga qanchalik tayyorsiz? Kelajak karyerangiz uchun aniq maqsadlar qo'ya oldingizmi? Bunda sizni qanday savollar ikkilantiryapti? Yaqin 10 yillik uchun qanday rejalaringiz bor?
🎙 18-noyabr — shanba kuni soat 10:30 da «Colba» ta'lim markazi asoschisi — Doniyor Nasriddinov bilan tashkil etiladigan suhbatda aynan «Katta hayotga qadam qo'yish» mavzusida suhbat bo'lib o'tadi.
📅 Qachon: 18-noyabr, shanba, 10:30
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filiali
👉 Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish
P. S. Postni katta hayotga qadam qo'yish arafasida turgan do'stlaringizga ulashishni unutmang!
Bugun Doniyor Nasriddinov podkastga chaqirgandi. Biroz turib jarayondan tayyorlangan rolikni e’tiboringizga havola etaman. U yerga kirishim bilan bir savol berildi: Podkast so’zini qanday tarjima qilsak bo’ladi?
Bu internatsional so’z sifatida qabul qilingani, undan ko’ra o’z tilimizda tarjimasi mavjud bo’la turib ruscha so’zlardan foydalanayotganimizga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida to’xtaldim.
Podkast ajoyib o’tdi, insha Alloh ko’pchilik uchun manfaatli bo’ladi degan umiddamiz. Kechroq Muhammad Alining kanalidan jo’natilgan, ayni shu mavzu ko’tarilgan rolik diqqatimni tortdi va siz bilan ham bo’lishgim keldi.
Sizningcha qay biri muhim? Internatsional so’zlarni o’zbekchalashtirganimiz muhimmi yoki muqobili bo’la turib ruscha so’zlardan foydalanish muammosini isloh qilganimiz ma’qulmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingizni so’rayman.
@najotnuruz
Men yuqorida aytgan video keyingi postda 👇👇👇
21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni!
Bugun ona tiliga loqayd inson ertaga ona vataniga loqayd bo’ladi.
Bayramingiz muborak bo’lsin!
@Doniyor_Nasriddinov
🎙 Til gʻamida yoxud «podkast»ni nima qilsa boʻladi?
🌐 Dunyoda har bir xalqning oʻz tili bor. Bu til bilan ular oʻzaro aloqa qiladilar. Xususan, biz ham oilamizda, jamiyatda ona tilimiz boʻlgan oʻzbek tili vositasida bir-birimiz bilan aloqa qilamiz.
Ma'lumki, oʻzbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi.
Oʻzbek tilining sofligi va mavqe’ini oshirish uchun tilimizga e’tiborli boʻlishimiz lozim. Zero, Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz» kishi boʻlishdan saqlanishimiz lozim.
🔴 YouTube orqali koʻrish
@islomuz
Ilon Maskning 5000 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari osmonni to‘ldirib tashladi
Olimlar astronomiya fanining kelajagidan tashvishda, chunki Starlink koinotni kuzatishda xalaqit berishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshlar soni 5000 ga yetgan, Yerdan turib ko‘rinadigan yulduzlar soni esa bor-yo‘g‘i 9 mingga yaqin.
👉 @kunonline
Кимё бўйича Нобел мукофоти квант нуқталарини ўрганган америкалик олимларга берилди
Кимё бўйича 2023 йилги Нобел мукофоти квант нуқталари бўйича тадқиқотлари учун уч америкалик олимга берилди. Улардан бири асли Россиядан.
👉 https://kun.uz/30593134
Kun.uz расмий канали
MILLAT QAHRAMONLARI
Mag’rib-u mashriqning hukmdori Iskandar Zulqarnayndan so’rashdi:
— Hazrat, nega ustozingizga otangizdan ham ko’p ta’zim qilasiz?
— U kishi: ustozim shunga munosibdur. Chunki otam meni ruhlar olamidan yerga tushishimga sabab bo’lgan. Ustozim esa yana o’sha oliymakonga qaytishimga sabab bo’ladi, deb javob berdilar.
Bolaligimdan hozirgi kunimga qandar ta’lim bergan, hayotimda tub burilishlar qilgan Ustozlarimni eslasam ko’zimga yosh keladi. Ularning har biri hayot narvonida odimlashimizda fidokorlik qildilar, qilmoqdalar. Mehribon Robbim ulardan rozi bo’lsin!
Shu o’rinda, millatimiz qahramonlari bo’lgan Ustoz va Murabbiylarni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabrikliyman, Alloh sizlarni panohida asrasin, yaxshiliklar bilan siylasin!
Hurmat va ehtirom ila
@Doniyor_Nasriddinov
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Intervyuni hozir ko’rib tugatdim, lekin tonggacha uxlay olmasam kerak🥲
Sohalari yaqinligidanmi, ajdodlarimizga bo’lgan muhabbatidanmi, g’oyalarimiz tutash ekanligidanmi ochig’i bilmadim Baxtiyor Abdug’afur ustozning gaplari qalbimizga o’qdek kirib bordi, taffakkur qilishga majbur qildi!
Ushbu untervyuni ilm yo’lidagi yoshlar, farzandlarini olim qilaman, jamiyatga foydasi tegsin degan har qanday ota-ona ko’rishi kerak deb hisoblayman.
Siz intervyuni ko’rdingizmi?
@Doniyor_Nasriddinov
Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kurashish kerak
"Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga berilgan adolatsiz imtiyoz sababli eng maksimal 189 ball bilan kontraktga kirgan abituriyentlar haqida birinchilardan bo‘lib kanalimda xabar qilgan edim. Shundan so‘ng, bu jamiyatda keng muhokama qilindi, bundan juda xursandman.
Kecha “Qalampir” nashrida chiqqan video ushbu mavzuni yana qayta qo‘zg‘adi, bundan ham xursandman. Ayniqsa videodagi qizning taʼsirli gaplari qaror qabul qiluvchi masʼullarga imtiyoz berishdan oldin sal mantiqiy o‘ylash kerakligi haqida signal bergan, degan umiddaman.
Mandat chiqqandayoq aytgandim, 189 ball olganlar Prezident grantiga tushadi va ular baribir byudjetda o‘qiydi. Chunki Prezident grantini belgilashda imtiyoz ballari hisobga olinmaydi (xayriyat).
Lekin mana shu 5 nafar abituriyentning grantga o'tgani, muammo hal bo'ldi degani emas. Biz oqibatni bartaraf etdik, lekin muammoning asl sababi baribir saqlanib turibdi. Agar bu tezda hal qilinmasa, har yili shunday muammoga duch kelaveramiz.
Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi, degan naql bor. Ammo biz ko‘rdan ham so‘qirroqmiz.
Chunki ilgari harbiy tavsiyanomalilarga qo‘shimcha ball berilishi natijasida uzoq yillar qizlar va tavsiyanomasi yo‘q yigitlarga nisbatan adolatsizlik bo‘lgan edi, bu haqda ham ko'p marta yozganman. Keyinchalik jamoatchilik tanqididan so'ng ball qo‘shish shaklidagi imtiyoz bekor bo‘lib, alohida kvotali imtiyoz berildi.
Lekin ne ajabki, yana o‘sha xato takrorlandi. Yana harbiylar bilan bog‘liq, yana qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz. Hammasi bir xil. Tovba, nahotki o‘zimizning xatolarimizdan xulosa chiqara olmaymiz. Nahotki har safar boshimizni bitta devorga uraverishimiz shart bo‘lsa? Shunchalik ham so‘qirmizmi-yey?
Umid qilamanki, ball qo‘shib berish shaklidagi imtiyozlar tez orada bekor qilinadi. Va o‘zi umuman barcha imtiyozlar (adashmasam, 40 dan ortiq) reviziyadan o‘tkazilib, ijtimoiy adolatga to‘g‘ri kelmaydiganlarni ham bekor qilinadi, imtiyozlar minimal darajaga tushiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Colba ta'lim markazida bu hafta ochiladigan guruhlar bilan tanishing!
📅 Colba ta'lim markazi "Chorsu" filialida 16.09.2023 sana 14:00 da abituriyentlar, ya'ni, 10-11-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan guruhda darslar boshlanadi.
P.S. Joylar soni cheklangan va guruhlar deyarli to'lib bo'lgan.
Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞: 990504338
—————
📍 "Tinchlik" filialimizda 14.09.2023 sanada kichik sinf o'quvchilari, asosan, 7-8-9-sinflar uchun mo'ljallangan guruhda darslar boshlanadi.
P.S. Kichik sinflar uchun yil oxirigacha boshqa guruh ochilmaydi.
Shoshiling! Darslar boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
👉 Ro'yxatdan o'tish
📲 Admin bilan bog'lanish
📞 97 128 07 20
97 129 07 20
🚀 Bu yilgi natijalarimiz
"Colba taʼlim markazi"ni muvaffaqiyatli tugatib, talaba boʼlgan bitiruvchilarimizning natijalari bilan tanishing.
⚡️ Barcha talaba boʼlgan oʼquvchilarimizni "COLBA" jamoasi nomidan tabriklaymiz va keyingi oʼqishlarida ham zafarlar tilab qolamiz.
Biz barcha oʻquvchilarimizning haqiqiy millat qahramoni boʼlib yetishishiga va kelajakda millatga, ummatga foydasi tegadigan yetuk kadr boʼlib yetishishiga ishonamiz. 😊
P. S. Ba'zi o'quvchilarmiz ro'yxatga qo'shilmay qolgan bo'lishi va baza shakillantirilishida ham kichik kamchiliklarga yo'l qo'yilgan bo'lishi mumkin.
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari abituriyentlarning 40% dan ortig’i 56,7 ball ham ololmaganini millatimiz musibati deb atadi.
“Agar bolalarimizning 40% dan ortig’i 2 bahoga ham loyiq javob bera olmagan bo’lsa, mana buning tashvishini qilishimiz kerak.
Turli mayda-chuyda masalalarda tortishishni to’xtatib, soqolning uzun-kaltaligiyu, kiyimni qanday kiyishni muhokama qilishni chekkaga qo’yib, ilm-ma’rifat bilan shug’ullanmasak, xalqimiz baxtli-saodatli bo’lishi qiyin masala”, — dedi muftiy hazratlari.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻz kasbining ustasi bilan barchamizga qiziq boʻlgan mavzuda suhbatlashishga tayyormisiz?
Navbatdagi darsimizda:
▪️Biror marta imtihon topshirmay magistr boʻlgan
kimyo fidoyisi;
▪️Bir necha marotaba xalqaro olimpiadalar gʻolibi;
▪️"Colba" xususiy maktabining asoschisi Doniyor Nasriddinov bilan
"Taqlid qilish. Farzand tarbiyasi" mavzusida suhbatlashamiz!
Suhbat davomida:
• Taqlid nima va biz kimlarga taqlid qilishimiz kerak?
• Koʻr- koʻrona taqlid qanday boʻladi va undan qanday saqlanamiz? kabi savollarga javob topamiz hamda
• Mehmonimiz farzand tarbiyasi haqidagi shaxsiy fikrlarini biz bilan boʻlishadilar!
📍Ushbu dars 20- avgust kuni soat 21:30da doimgidek "Oʻzgaramiz" yopiq telegram sahifasida boʻlib oʻtadi.
@nega_ozgardim
Qishning qahri qattiq keldi, bahor notinch,
Zaytun guli motam tutib nola chalar.
Der Yasinda izsiz ketdi so‘ngi sog‘inch,
Bahor ko‘rmay ezg‘ilangan lolachalar.
Hamma hamdam, hamma hamdast, hamma hamdard,
Lek bahorsiz yozni kutgan chorachilar.
Ko‘kni tutgan zor faryodlar shunchaki gard,
Qum qaridan ingrab kelgan nolachalar.
Bevaqt kelding, bevaqt ketding, bevaqtginam,
So‘ngi umid, so‘ngi o‘kinch, zorachalar.
Ota nobud, ona majruh, bekasginam,
Tagliklari kafan bo‘lgan bolachalar...
10-Oktyabr, 2023
@v_turakulov_stories
O'qib beruvchi:
@QamariddinBekmuhammad
🎙 Til gʻamida yoxud «podkast»ni nima qilsa boʻladi?
🌐 Dunyoda har bir xalqning oʻz tili bor. Bu til bilan ular oʻzaro aloqa qiladilar. Xususan, biz ham oilamizda, jamiyatda ona tilimiz boʻlgan oʻzbek tili vositasida bir-birimiz bilan aloqa qilamiz.
Ma'lumki, oʻzbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi.
Oʻzbek tilining sofligi va mavqe’ini oshirish uchun tilimizga e’tiborli boʻlishimiz lozim. Zero, Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz» kishi boʻlishdan saqlanishimiz lozim.
🔴 YouTube orqali koʻrish
@islomuz
Yuksak qadriyatlar tarbiya orqali avloddan-avlodga oʻtadi
🤩 Koʻplab kitobsevarlarimiz tomonidan uzoq kutilgan “Farzand tarbiyasida 700 saboq” asari “Qamar” kitoblar doʻkonida sotuvga chiqdi.
✨ Farzand tarbiyasiga oid masalalar yoritilgan mazkur kitob barcha ota-onalar uchun goʻzal qoʼllanma sifatida xizmat qiladi.
Tarbiya borasida farzand bilan aloqani mustahkamlash hamda muammoga sabab boʻluvchi holatlarga ham ushbu kitob orqali javob olasiz.
Muqovasi – Yumshoq;
Sahifasi – 200 bet;
Narxi – 54.000 soʻm.
☎️ Bogʻlanish uchun:
@qamar_delivery
+998998454400
🌗 @qamarbooks
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Ko’pchilik ijtimoiy tarmoqda nega kamnamo bo’lib qoldingiz deb so’rashadi.
Hozirgi kunda kitob yozish, onlayn darslarni tasvirga olish va @Colba_maktabi ni rivojlantirish bilan bandman. Hozirgina, onlayn darsimizni montaj ishlarini tugatib keldim. Duo qilib turasizlar, Onlayn darslarda yangi davrni boshlab beramiz Inshaa Alloh😊
Bundan tashqari ilmga targ’ib qiluvchi bir nechta podkastlar tasvirga oldik. Hammaga manfaatli bo’ladi degan umiddamiz, Inshaa Alloh. Bizni kuzatishda davom etganingiz uchun Rahmat!
P.s: Qisqa video lavhaga qanday baho berasiz?
@Doniyor_Nasriddinov
Ko’rayabsizmi, biz qanchalik ilmda ortda qolib ketdik. Shu sababli ustimizda zulmlar arimaydi, shu sababli begunoh bolalarning qoni to’kiladi. Toki ilmda peshqadam bo’lib olmas ekanmiz, arzimagan sondagi jamoalar zulmiga 2 mlrdlik jamoa sukut saqlaguncha turaveradi.
Endi ham ilm olmaslika, xotirjam uxlashlikka haqqimiz bormi?
P.s: 5000 ta ya? Aksariyat mamlakatlarning atigi bitta sun’iy yo’ldoshi yo’q.
@Doniyor_Nasriddinov
KIMYO va BIOLOGIYA ustozlarini qidirmoqdamiz
Malakali va ta'lim sohasida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo'lgan Kimyo va Biologiya ustozlarini qidirmoqdamiz! 😊
Vazifalar:
-dastur bo'yicha sifatli ta'lim berish
-o'quvchilarning ta'lim sifatini nazorat qilish
-Colbadagi ta'lim tizimi bo'yicha ishlash
Qulayliklar:
-ahil va yosh jamoa
-barcha qulayliklarga ega zamonaviy ish joyi
-qulay joylashuv (ofisimiz metro, avtobus bekatlari yonida)
-oyliklarning o'z vaqtida to'lanishi
-shaxsiy rivojlanish
Ariza qoldirish uchun ushbu havolaga o'ting!
👉 https://forms.gle/MjKrXvMqgSmN3CZo9
Maktabimizning o'z ichki valyutasi borligini bilarmidingiz?
💰 Maktabimizda fanlarni a'lo darajada o'zlashtirgan va imtihonlarda yuqori natija qayd etgan o'quvchilarga "Colby" deb nomlangan pul birligini berish tizimi mavjud.
♻️ O'quvchilar bu "Colby" larni yig'gan holatda kassaga tushib o'zbek so'miga almashtirib olishi va o'zlari istagan maqsadda foydalanishlari mumkin.
😊 Bu rag'batlantirish tizimini avval o'quv markazimizda qo'llaganmiz va o'quvchilarning o'zlashtirishida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgani uchun maktabimizda ham joriy qilish qaroriga kelganmiz.
Telegram | Instagram | DoniyorNasriddinov">Youtube
Colba maktabining konferensiyada homiy sifatida ishtiroki
📅 Xabaringiz bor, 22-sentabr kuni O'zbekiston Milliy Universitetida “Zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining ilmiy va ishlab chiqarish sohasidagi integratsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada respublikamizning yetakchi olimlari, ilmiy izlanuvchilari, yosh tadqiqotchilari qatorida Italiya, Xorvatiya, Rossiya kabi davlatlardan 10 ga yaqin professorlar ishtirok etdi.
🙌 Ushbu konferensiyada Colba maktabi ham homiylardan biri sifatida ishtirok etdi va ustoz Doniyor Nasriddinov tomonidan Colba maktabining faoliyati, maqsad va vazifalari to'g'risida taqdimot namoyish qilindi.
🔥 Bundan tashqari, ishtirokchilarga 50 mln so'mlik grant ajratildi. Bu grantdan konferensiya ishtirokchilari Colba maktabi va Colba o'quv markazi uchun "voucher" sifatida foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Telegram | Instagram | DoniyorNasriddinov">Youtube
«Olimlar nega yurtni tark etadi?» — mamlakat rivoji uchun vataniga qaytgan fan doktori bilan suhbat
«Osmondagi bolalar» loyihasining 32-soni mehmoni biologiya fanlari doktori (DSc) va «Qonli gullar vodiysi: Madaminbek» , «Sulton Jaloliddin Manguberdi», «Uzbechka» asarlari muallifi Baxtiyor Abdug'afur bo'ldi.
Suhbat davomida O'zbekistonning ilm-fandagi muammolari, ekologiyaga oid dolzarb masalalar, asarlar yozilish tarixi, tariximizning qorong'i taraflari hamda mehmonimiz haqida ajoyib ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.
Suhbat uchun havola👉 https://youtu.be/dx8shAfxLAA
Premyera 26-sentyabr — seshanba kuni 20:00 da bo'lib o'tadi!
Maksimal ball olib kontrakt bo‘lib qolganlar grantga o‘tkaziladi
Qalampir.uz ning YouTube sahifasida BILIMING BIR TIYIN. O‘ZBEKISTON BU! deb nomlangan video e’lon qilindi. Ushbu videoda maksimal ball olib ham Diplomatiya institutiga kira olmagan talabalarning holati va hissiyotlari yoritildi.
Intervyu chiqqach, kontraktga tushib qolgan 5 nafar talaba grantga o‘tkazilishi haqida bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Bu borada sizning fikringiz qanday?
Agar siz kontrakt asosida o’qiyotgan bo’lsangiz, necha ball olgansiz va qaysi sababga ko’ra kontraktga kirdingiz?
@Doniyor_Nasriddinov
📹 Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида нутқ сўзлади
“Сўнгги пайтларда айрим мамлакатларда кўзга ташланаётган диний тоқатсизлик, исломофобия ҳолатларига асло йўл қўйиб бўлмайди, деб ҳисоблайман.
Жаҳон миқёсида динлараро бағрикенглик ва ҳамжиҳатлик ғояларини кенг тарғиб этиш мақсадида Ўзбекистонда ЮНЕСКО шафелигида Динлараро мулоқот ва бағрикенглик халқаро марказини ташкил этишни таклиф қиламиз”,— деди давлат раҳбари ўз нутқида.
O’quvchilarimizning test natijalari (balli va javoblar varaqasi) COLBA ta’lim makrazining rasmiy kanalida e’lon qilingan.
Читать полностью…@nega_ozgardim loyihasidagi suhbatimiz hozirgina tugadi.
Ishtirokchilarni aktivligidan, ilmga bo’lgan rag’batidan qalbimiz taskin topdi.
Ularni ilmga chanqoqligi bizni ikki yarim soat gapirishga majbur qildi 😊, ilhom berdi.
Tashkilotchilardan, ishtirokchilardan ALLOH rozi bo’lsin!
Tartiblanmagan vaqt, jilovlanmagan ot kabidir
"Sakinat" oila maktabi asoschisi Ikrom Sharif bilan oʻtkazilgan ‘’Vaqt qadri’’ mavzusidagi master-klass premyerasini kutib oling.
⚡️ Master-klassni ko'rish orqali vaqtning to'g'ri taqsimoti, bo'sh vaqtdan unumli va barakali foydalanish boʻyicha qimmatli ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Premyera bugun — 19-avgust soat 21:45 da YouTube kanalimizda namoyish etiladi
🔗 Havola: https://youtu.be/X16_CEHd6Ec
❗️Vaqt bilan muammolaringiz bormi? Unda premyerani oʻtkazib yubormang!