xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440458

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

❓SAT imtihonidan 1200 dan oshiq ball olib, davlat grantiga kiradigan abituriyentlarga 4 yillik grant ajratiladimi yoki 1 yillik?

JAVOB: bu ham ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant hisoblanadi va 4 yillik grant beriladi. SAT imtihonidan 1200 dan oshiq ball olib kirganlar grantlarni qayta taqsimlash tizimida qatnashmaydi.

❓Agar SAT imtihonidan 1200 dan oshiq ball olgan 1 ming nafar abituriyent bitta yo‘nalishni, masalan, Diplomatiyaning Xalqaro iqtisodiy munosabatlarini tanlasa, unda nima bo‘ladi?

JAVOB: Xudo biladi. Hozircha bunga hech qanaqa huquqiy yechim yo‘q. Ushbu imtiyoz tartibi mukammal ishlab chiqilmagan. Ayni bu borada katta noaniqlik bor va buni qabul jarayonlari tugagungacha hal qilish kerak. Yo‘qsa, mandatdan keyin katta janjal bo‘ladi.

#abituriyent

💬 MENING QO‘SHIMCHA FIKRLARIM:

SAT sertifikatiga oid imtiyozning hozirgi tizimi takomillashtirishga muhtoj.

1️⃣ Birinchidan, 75% natija (1200) uchun 4 yillik qo‘shimcha davlat granti berish noto‘g‘ri. Darajani ko‘tarish kerak. Masalan, 85% dan oshirsa — grant, 75% dan oshirsa — kontrakt.

2️⃣ Ikkinchidan, hozir faqat matematika + chet tili bo‘lsagina imtiyoz qo‘llanadi. Lekin matematika + fizika bo‘lsa, yoki chet tili + tarix bo‘lsa, imtiyoz yo‘q. Bu ham adolatdan emas.

Agar faqat bitta fan bo‘lsa, unda o‘sha fandan maksimal ball berish kerak. Masalan, SATning matematika qismidan 75% dan oshiq ball olgan bo‘lsa, unda matematika fanidan maksimal ball oladi. Xuddi chet tilidan B2 daraja uchun maksimal ball olgandek. Mana shuni qo‘shish kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim, tarjimon Ibrohim G‘afurov 89 yoshida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Janoza namozi ertaga, 2026-yil 7-iyun kuni bomdod namozidan so‘ng Hazrati imom (Hastimom) jome masjidida o‘qiladi. Marhum Teshik qopqoq qabristoniga qo‘yiladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿O‘zbekiston va 🇨🇩Kongo DR futbolchilarining qayerda to‘p surishi haqida ma’lumot ekan.

Bu hali guruhimizdagi eng oson raqib va biz guruhdan chiqish uchun shu jamoani yutishimiz kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️"Bir yilda bir dona" cheklovi olib tashlandi

Prezident farmoni bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan transport vositasini import qilishda bir yilda bir dona transport vositasiga muvofiqlik sertifikati berilishiga doir norma bekor qilindi.

ℹ️ Ya’ni endi bir yil ichida olib kirilgan ikkinchi yoki undan keyingi avtomobillar uchun ham muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang
#abituriyent

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari tugagunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️Qabul boshlandi
#abituriyent

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Muhim joylari:

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ fanlar majmuasini tanlaganda qaysi yo‘nalishlarga mos kelishi haqida ma’lumot chiqadigan bo‘libdi, bu ancha qulay;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

➖ Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 206 ming so’m miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa (arizani tahrirlasa) bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Amity University Tashkent 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilishni boshladi

Nega aynan Amity?

✅ Xalqaro diplom: WASC va QAA akkreditatsiyasiga ega, butun dunyoda tan olinadigan diplom;
✅ Bakalavriat uchun 8 ta, magistratura uchun 1 ta zamonaviy yo‘nalishlar;
✅ Universitet tomonidan toʻliq taʼlim toʻlovi grantlari (100%);
✅ 89% professor-o‘qituvchilar — xorijlik mutaxassislar.


Qabul uchun IELTS 5.5+ yoki B2 daraja va ingliz tilini bilish talab etiladi.

Imtihon sanalari: 10-iyun, 24-iyun, 15-iyul, 29-iyul, 25-avgust, 9-sentyabr, 21-sentyabr.

📄Litsenziya (№ ОТ 0014, 31.12.2020 y.)

👉 Hoziroq ariza topshiring:

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 71 207 90 06 | @amity_admission

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi sobiq Vazirlar Kengashi raisi Tojiyev Amin Hamroyevich vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Amin Tojiyev bugun, 4-iyun kuni 79 yoshida vafot etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚀 Kutib oling — yangi HONOR 600 | 600 Pro!

Yangilangan AI Image to Video 2.0 texnologiyasi bilan endi oddiy suratlaringiz yanada jonli, yorqin va ta’sirchan kontentga aylanadi.

Ijodkorlikning yangi davrini qarshi oling!

Batafsil

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nukusda O‘zbekiston notariuslarining III Milliy kongressi bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida “Ijro xatlari va dalillarni ta’minlash: rasmiylashtirish, muammolar va takliflar” mavzusida notariuslarning III Milliy kongressi tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Oliy sud, Majburiy ijro byurosi va boshqa idoralar vakillari, shuningdek, 350 nafardan ortiq notarius ishtirok etdi. Unda ijro xatlari va dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq amaliyot, muammolar va takliflar muhokama qilindi.

Kongress davomida sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Xalqaro notariuslar ittifoqi prezidenti David Figueroa Markes esa O‘zbekiston notariati qisqa vaqt ichida xalqaro hamjamiyatda faol va kuchli tizim sifatida o‘zini namoyon etganini ta’kidladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇭🇰O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yaqin fursatda Gonkong bilan ikki tomonlama asosda vizasiz tartibni joriy etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish ham kelishib olindi.

Avvalroq Gonkong rahbari Facebook’dagi sahifasida ikki tomon fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim amal qilishi mumkinligi haqida yozgandi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, hozirda Gonkong maxsus ma’muriy hududi pasporti egalari O‘zbekistonga 10 kungacha vizasiz kira oladi. O‘zbekiston fuqarolari esa Gonkongga kirish uchun viza olishlari kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️Chet tili fani mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B1 sertifikati uchun 75 foiz ball beriladi

Adliya vazirligi Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

➖ endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim bo‘yicha belgilanadi;

➖ bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

➖ pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi;

➖ kasbiy ta’lim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy tilda maxsus fanlarni o‘qitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi;

➖ o‘qituvchilariga Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi;

➖ umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahridagi INHA universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Universitetda IT va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro standartlar asosida ta’lim beriladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Talabalar:
• Koreya, Buyuk Britaniya va Italiya dasturlari;
• xalqaro diplom olish;
• yirik xalqaro kompaniyalarda faoliyat boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar uchun grant o‘rinlari ham mavjud.

📄 Asos (PQ-2155, 24.03.2014-y)

Ro'yxatdan oʻtish

📌 Qabul va kirish imtihonlari haqida batafsil ma’lumot:
📞 71 289 99 94 | @admissioniut | @askinhabot

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tashabbuslar marafoni boshlandi!

Yoshlar oyligi doirasida tashkil qilingan Tashabbuslar marafoni tadbirlari Xiva shahrida start oldi. Marafon doirasidagi uchrashuvlar respublika boʻylab 30-iyungacha davom etadi.

Ushbu tadbirlar doirasida millionlab insonlarga xorijiy tillarni tez, oson va kreativ tarzda oʻrgatib kelayotgan “Ibrat farzandlari” ustozlari, Ibrat Debate koordinatorlari ham faol ishtirok etmoqda.

Tashabbuslar marafonining keyingi manzili — Qoraqalpogʻistonning Nukus shahri.

Toʻliq ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish: https://yoshlar.gov.uz

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📉 O‘zbekistonda oliygohlar soni bir yil ichida 7 taga kamaygan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 215 tani tashkil etgan (filiallar bilan birga).

Ularning soni avvalgi o‘quv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan. Nodavlat OTMlar soni 97 ta bo‘lib turibdi.

Hududlar kesimidagi statistika quyidagicha:

▪Toshkent shahri — 98 ta
▪Toshkent viloyati — 19 ta
▪Samarqand — 14 ta
▪Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 ta
▪Buxoro — 11 ta
▪Andijon — 9 ta
▪Qashqadaryo — 9 ta
▪Farg‘ona — 9 ta
▪Surxondaryo — 8 ta
▪Xorazm — 8 ta
▪Namangan — 6 ta
▪Jizzax — 5 ta
▪Navoiy — 5 ta
▪Sirdaryo — 3 ta


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇳🇴Vikinglar kelyapti

Norvegiya terma jamoasi futbol bo’yicha Jahon chempionatlari tarixidagi eng zo’r jamoaviy fotoni e’lon qildi, menimcha.

Ko’rib turgan suratlaringiz fotoshop yoki sun’iy intellekt emas. Barchasi jonli olingan. Norvegiyalik futbolchilar vikinglar qiyofasida grim qilingan, maxsus kiyimlar kiygan. Hattoki orqa fondagi qayiqlar ham haqiqiy.

Bu — shunchaki shedevr!

Fotosurat muallifi Devid Yarrou. U o’z sahifasida surat tarixi haqida shunday dedi:

“Norvegiya Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish va mamlakat uchun qadrli suratni yaratish men uchun katta sharaf. Rejalashtirish bir necha oy davom etdi. Avvalo, ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagani uchun norvegiyalik murabbiy Stole Solbakkenga hamda “Arsenal”dagi tig‘iz taqvimidan so‘ng ushbu loyihaga vaqt ajratgani uchun jamoa sardori Martin Edegorga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Norvegiyaning milliy javohiri Erling Holandni viking jangchisiga o‘xshatib tasvirlash faoliyatimdagi eng oson vazifalardan biri bo‘ldi.

Valhalla!”



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Oshqozon osti bezining metastatik saratonini davolashda ikki baravar samaraliroq preparat yaratildi

Amerika Klinik onkologlar jamiyatining yillik yig‘ilishida yangi “Daraxonrasib” nomli dori vositasining sinov natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, oshqozon osti bezi saratonining rivojlangan bosqichida an’anaviy kimyoterapiya yordamida davolash usulida bemorlar o‘rtacha 6,7 oy umr ko‘rgan bo‘lsa, yangi dori vositasini qabul qilganlarning umr ko‘rish davomiyligi 13,2 oygacha uzayib, o‘lim xavfi 60 foizgacha kamaygan.

Ushbu natija e’lon qilingan vaqtda, zaldagi minglab onkologlar o‘rinlaridan turgan holda ko‘z yoshlar bilan olqishlashdi. Yangi preparat oshqozon osti bezi saratonini davolashda haqiqiy inqilob sifatida baholanmoqda.

ℹ️ Ma’lumot uchun, saratonning bu turi boshqa saratonlarga nisbatan eng past yashab qolish ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, 5 yil umr ko‘rish ehtimoli 7 foizdan kamroqni tashkil etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

University of Business and Science universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi

UBS talabalarga 49 ta bakalavriat yo‘nalishlari, 14 ta magistratura mutaxassisliklari va 5 ta doktorantura ixtisosligi bo‘yicha xalqaro standartlarga asoslangan sifatli ta’lim imkoniyatini taklif qiladi.

Universitet "Massachusetts Institute of Technology" kabi dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik qilgan holda, ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida rivojlantirib, amaliy ko‘nikmalar va zamonaviy bilimlarni berishga alohida e’tibor qaratadi.


Litsenziya (№ 1008764, 05.10.2022-y.)

Qo'shimcha ma’lumot va ariza topshirish: qabul.ubsu.uz

📍Qabul ofislari

Telefon: +998555202626
Rasmiy sahifalar:
Telegram |Instagram |Facebook |ubsuzbekistan?si=1AZfONRx2Gvso_Xm">YouTube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

SAT sertifikat imtiyozi bo’yicha ma’lumotlar

➖ SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan abituriyentlar imtihonsiz qo’shimcha davlat grantiga qabul qilinadi;

➖ SAT sertifikati faqat matematika va chet tili mutaxassislik fani hisoblanadigan bakalavriat yo‘nalishiga imtiyoz beradi, boshqa yo’nalishlar uchun imtiyoz yo’q;

➖ matematika va chet tili fanlar majmuasiga mos yo’nalishlar ro’yxati yuqoridagi videoda ko’rsatilgan;

➖ SAT’dan 1200 balldan yuqori olganlar “College Board”ning rasmiy platformasi orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga natijasini yuborishi kerak;

➖ Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi:

1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.

➖sertifikat natijalari 25-iyunga qadar yetib kelishi kerak;

➖ sertifikatni qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida mutlaqo hisobga olinmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugungi kunda kimlarga foizsiz ta’lim kreditlari ajratiladi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 12 ta tijorat banki orqali ta’lim kreditlari ajratib kelinmoqda.

2021–2025-yillar davomida qariyb 626 ming nafar talabaga jami 7,1 trillion so‘m ta’lim krediti berilgan.

👩‍🎓Kredit olganlarning 79 foizi (497 ming) xotin-qizlardir.

Banklar ta’lim kreditini Markaziy bank stavkasida ajratadi. Ammo quyidagi 4 ta toifaga foiz stavkalari jamg‘arma tomonidan to‘liq qoplab beriladi, ya’ni ularga foizsiz (0%) kredit beriladi:

1️⃣ Xotin-qizlar: Respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat OTMlari hamda texnikumlarda kunduzgi shaklda o‘qiydigan xotin-qizlar.

2️⃣ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar: Qoraqalpog‘istonda maktab yoki kollejni bitirib, viloyatlardagi davlat OTMlariga qo‘shimcha kvota (grand emas, kontrakt) asosida o‘qishga kirganlar.

3️⃣ Ehtiyojmand oilalar farzandlari: "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan, OTMda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 70% dan yuqori (GPA balli 3.5 va undan yuqori) bo‘lgan talabalar.

4️⃣ Harbiy xizmatchilar: Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida OTMga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan askarlar.


Ta’lim krediti rasmiylashtirishni rejalashtirganlar ushbu imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇧🇪Toshkentda Belgiya elchixonasi ochiladi

Qirollik Toshkentda o’z diplomatik vakolatxonasini ochishini o’tgan yil oxirida rasman e’lon qilgan edi.

Mamlakatning “Eureporter” va “Eureflect” nashrlarida O’zbekistonda elchixona ochilayotganiga yana bir bor to’xtalib o’tilib, ushbu qaror shunchaki ma’muriy qadam emas, balki O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyatining ortishi sifatida baholandi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, Belgiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yilda tan olgan va rasmiy diplomatik aloqalar 1992-yilda o‘rnatilgan. 1995-yildan beri esa Bryusselda O‘zbekiston elchixonasi faoliyat yuritib keladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚌 1-sentyabrdan avtobusga chiqishda yo‘lkira darhol to‘lanishi kerak, aks holda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Yo‘lkira tolashda transport kartasi, bank kartasi, smartfon yoki boshqa kontaktsiz to‘lov vositalaridan foydalanish mumkin.

Imtiyozli yoki bepul yurish huquqiga ega yo‘lovchilar ham o‘z kartalarini validatorga tekkizib, huquqini tasdiqlashi lozim.

ℹ️ Yo‘lkira avtobusga chiqish paytida to‘lanmasa yoki tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

✈️ O‘zbekistondan Gonkongga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Gonkong delegatsiyasi bilan uchrashuvda to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar va fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇦🇹 Saida Mirziyoyeva Venada qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva tashrif doirasida Avstriya parlamenti rahbariyati, Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker, YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Vena shahrida xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma bo‘yicha yuzaga kelgan muammoga izoh berdi. Bayonotning qisqa mazmuni:

➖ joriy yildan arizalar my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda, tizim ijtimoiy daftarlar bazasiga ulangan. Bundan maqsad — tavsiyanoma berishda inson omilini to‘liq yo‘qotish;

➖ haqiqatan ham oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan, biroq daftarlarda ro‘yxatda turmagan xotin-qizlar mahallalardagi mas’ullar orqali ijtimoiy daftarlarga kiritish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin;

➖ tavsiyanoma uchun arizalar 8-iyungacha (7-iyun oxirgi kun) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ariza yuborish havolasi:
📲https://my.gov.uz/uz/service/1432

O‘zimdan qo‘shimcha:

🔹Qo‘mita tavsiyanoma borasida faol targ‘ibot olib borishi, joriy yilgi o‘zgarishlarni oldindan ogohlantirishi va xotin-qizlarga batafsil tushuntirishlar berib borishi lozim edi. Haliyam kech emas;

🔹 ijtimoiy reyestrga yoki daftarlarga kirishning tartibi haqida ma’lumotlar kerak;

🔹 vaqt kamligini hisobga olib, ijtimoiy daftarlarga kirish uchun berilgan arizalar tezda ko‘rib chiqilishi shart. Buning uchun kerak bo‘lsa, tun-u kun ishlar tashkil qilinishi lozim.

Ma’lumot uchun: 4-iyun sanasi holatida tavsiyanoma olgan xotin-qizlar soni 10 ming 476 nafarni tashkil qilmoqda. O‘tgan yili 14 mingdan oshiqroq tavsiyanoma berilgan edi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️MobiUz’ning 100 foiz davlat ulushi 351 mln dollarga sotilmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi MobiUz’ning 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha xalqaro xususiylashtirish jarayoni yakunlangani va g‘olib investor aniqlanganini ma’lum qildi.

G‘olib sifatida 🇺🇸AQShning “McKim and Company” kompaniyasi boshchiligidagi investorlar konsorsiumi tanlandi. Taklifga ko‘ra, mobil aloqa kompaniyasi 351 mln dollar qiymatda baholangan.

Shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga 500 mln dollargacha investisiya kiritish rejalashtirilgan.

Bitimni yakunlash uchun tegishli tartibga soluvchi organlarning zarur ruxsatnomalarini olish, belgilangan korporativ va huquqiy tartib-taomillarni bajarish talab etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ertadan qabul boshlanadi!

Ertaga, 5-iyun kuni davlat oliygohlarida abituriyentlar qabuli boshlanadi.

Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

ℹ️ ESLATMA: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.

Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.

Fanlar majmuasi bu yerda:
/channel/xushnudbek/31208

Test sinovida savollar soni va baholash mezoni haqida ma’lumot bu yerda:
/channel/xushnudbek/31656


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy” darajaga ko’tardi.

Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

“Strategik maqsadimiz — 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini “investitsiyaviy” darajaga olib chiqish”, — deyiladi xabarda.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 Terma jamoamizning jahon chempionatidagi o‘yinlarini tomosha qilish uchun maktablarda fanzonalar tashkil etiladi

208 ta tuman va shahardagi maktablarda “Muxlislar maydoni” tashkil etiladi. Bu hududlarda futbol muxlislari jamoamizning mundialdagi uchrashuvlarini katta ekranlar orqali jonli efirda tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

Yuqoridagi faylda “Muxlislar maydoni” tashkil etiladigan maktablar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🕋Hojilarimiz qaytib kelmoqda

Kecha, 2-iyun kuni birinchi guruh ziyoratchilarimiz Jidda—Toshkent yo‘nalishida yurtimizga qaytib keldi.

🛫 Yurtdoshlarimiz 19-iyunga qadar Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlariga qaytib kelishadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel