#bilib_oling
Dunyodagi Milliy madhiyalar haqida qiziqarli faktlar:
✔️Eng qadimiy madhiya Gollandiya madhiyasi hisoblanadi. Rasman 1932-yilda qabul qilingan.
✔️Eng uzun madhiya bu Gretsiya milliy madhiyasidir. U 158 ta banddan iborat. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bironta ham gretsiyalik madhiyani oxirigacha yoddan bilmaydi.
✔️Fransiya milliy madhiyasida “Qurollaning!”, “Olg‘a jangga” kabi so‘zlar mavjud. Buning sababi madhiyaning she’ri 1792-1797-yillardagi Fransiya va Avstriya urushi davrida yozilgan.
✔️Shveytsariya madhiyasi ancha hotirjamdir. U hatto bu mamlakatning katolik va evangelist cherkovlarining ibodat kitoblariga kiritilgan.
✔️Ispaniya milliy madhiyasida bironta ham so‘z yo‘q. Ushbu holat qachonlardir Rossiyada ham kuzatilgan edi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Maslahatchi “Davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi"ga bag‘ishlangan ma’rifat soatini o‘tkazdi
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi" boʻyicha Ohangaron shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Nilufar Mirzayeva boshqarma vakillari uchun maʼnaviyat-maʼrifat soatini oʻtkazdi.
Maʼnaviyat-maʼrifat soati mazmunli tashkil etildi.
FVVning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
/channel/ohangaronshahar
#meningmadhiyam
✨O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.
🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#meningmadhiyam
✨Angren shahar Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 4-katta guruh tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida ishtirok etishdi.
⚠️Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Bizning kanalga qo'shiling:👇
/channel/Tosh_v_MTB_Matbuot
#meningmadhiyam
✨Qashqadaryo viloyati hokimligi, tashkilot, muassasa rahbarlari va xodimlari O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida ishtirok etdilar.
⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon
🔰Tilga e'tibor — elga e'tibor
🔅Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirokida "Tilga e'tibor — elga e'tibor" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
💫Seminarda har qanday xalq o‘z jonidek aziz bo‘lgan tilini asrab-avaylashi, rivojlantirishi, uning jozibasini to‘la namoyon etishi uchun harakat qilishi lozimligi, chunki tilda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanishi ta'kidlandi.
S.Tongotarova,
Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#meningmadhiyam
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori Ozodbek Nazarbekov boshchiligida O‘zMMSIning professor-o‘qituvchi va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida ishtirok etdi.
🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati:
Telegram | Website | Facebook | Instagram | YouTube
#Konstitutsiya_30_yil
📗 Konstitutsiyasi ayni shu davlatning dunyoda borligini, qolaversa, huquqiy asos bilan tashkil etilganligini akslantiruvchi dalolatnomadir.
🗓 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni Parlamentning oʻn ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida qabul qilingan.
🇺🇿 О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqimiz taraqqiyotining huquqiy poydevori” va “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔰 Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Muxiddinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etdi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#meningmadhiyam
🇺🇿Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligi va ichki ishlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!" shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida ishtirok etishdi.
⚠️Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Yangi nashr
“USMON NOSIR” kitobi chop etildi
Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tayanch doktaranti, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Javlon Jovliyevning lotin va kirill yozuvlarida “Usmon Nosir” dramasi chop etildi. Kitob Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlash maqsadida nashr qilingan. Maslahatchilar akademik Naim Karimov, professor Jabbor Eshonqul, nashr uchun masʼul professor Bahodir Karim. Drama faqat yuksak isteʼdod egasi, millatning chin shoiri Usmon Nosir haqida emas. Yoʻq, u bugungi davr haqida ham soʻzlaydi. Zero, tarix haqida yozib shu kun xulosasini chaqarmas ekanmiz, u qogʻozni shunchaki boʻyab-bejashdek gap. Vatan, shubhasiz, oʻz ilmli yoshlarini asrashi, koʻpaytirishi va qoʻllashi kerak. Zero, uning ertasi shunga bogʻliqdir!
Joriy yilning 7-dekabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.
📺Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/VFnEJ3QuPSQ
Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
/channel/uztdi
#navoiyiftixorim
Buyuk mutafakkir, hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlanadi.
Huseyin Akbash (Corendon Airlines/Turkiya)
Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!
© www.instagram.com/husakbas
@tilgaetibor
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#navoiyiftixorim
Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#oʻzbekchasi_bor
O‘z tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?
Marhamat, bilimingizni sinab ko‘ring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.
«Скамейка» o‘zbek tilida 👉 Xarrak deyiladi.
O‘zbek tili xazinasi
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#meningmadhiyam
✨Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yil 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashi 11-chaqirigʻida qabul qilingan.
✨Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
✨Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
✨Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.
✨"Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi toʻgʻrisida“ gi qonuniga muvofiq madhiya quyidagi holatlarda ijro etilishi shart:
✨Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganidan — qasamyod qabul qilganidan keyin;
✨Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilish va yopilishida.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 95-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Jonim Vatan" she'ri. Sirojiddin Sayyid
2. "Jigarlarim" qo‘shig‘i. Dildora Niyozova
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan e'lon qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostidagi #meningmadhiyam chorlovida "YOSHLAR" radiokanali jamoasi ishtirok etdi.
Читать полностью…Soʻzlar orasidagi boʻsh joy (Probel) qoʻyish imlosi
Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi.
1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz ❌
Xush kelibsiz ✅
2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli ❌
Nima? Ha, mayli ✅
5. Chiziqcha (Defis) (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi ❌
Oldi-berdi ✅
Asta - sekin ❌
Asta-sekin ✅
6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅
Audio - va videoaloqa ❌
Audio- va videoaloqa ✅
7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona ❌
3–4 dona ✅
1941 – 1945-yillar ❌
1941–1945-yillar ✅
8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi ❌
Til — bu millat gʻururi ✅
Qaragʻay—bu daraxt ❌
Qaragʻay — bu daraxt ✅
9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz ) ❌
(Qavs ichidagi soʻz) ✅
10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
“ Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz ” ❌
“Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz” ✅
11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod ❌
15 dan ziyod ✅
100%gacha ❌
100% gacha ✅
(*Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)
12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta ❌
5 ta ✅
👇manba
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
🔰"To‘rsiq" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi
💐 Maslahatchilar munosib taqdirlandi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimining maslahatchisi, Bekobod ,Bo‘stonliq tumanlari, Ohangaron, Angren shahar hokimining maslahatchilariga esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
💠Mukofotlar muborak bo‘lsin aziz hamkasblar!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Esdalik nishonlari topshirildi.
🔹 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
👉🏻 Bugun mehnatkash va fidoiy insonlardan 99 nafari “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangani ular qalbiga beqiyos mamnunlik ulashdi.
🔹 Medallarni Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov tumandagi boshqarma va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, faxriylar va yoshlarga tantanali ravishda topshirdi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Konstitutsiya_30_yil
📖 8-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN
🇺🇿 Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!
📖 Bosh Qomusimiz – nafaqat davlatchiligimizning huquqiy asosi, balki ozod va obod hayotimizning shahodati sifatida ham xalqimiz uchun hamisha qadrlidir.
Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi
Sh.Sharaxmetov
Kanalga ulanish 👉 /channel/AntimonUz
website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
#loyiha
🔰Kitob sevarlar uchun ajoyib loyiha!
📺 "Madaniyat va Maʼrifat" telekanalida "SIZ EFIRDASIZ" intelektual o'yini.
✔️ Oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar ajoyib kitoblar bilan birgalikda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdim qilingan sovgʻalar va bebaho kitoblar bilan taqdirlanadi.
⚠️ Ushbu koʻrsatuvni navbatdagi sonlarini kuzatib boring va Siz ham ishtirok eting.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🏦MKBANKda Konstitutsiya bayrami hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish kunlari munosabati bilan interaktiv tadbir o'tkazildi.
✔️Bugun Mikrokreditbankda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi va 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
🔵Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Korrupsiyaning oldini olish va “komplaens-nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi sektor rahbari Raxmonov Bekzod Xasanovich, Yuridik fanlari doktori Igor Kudryavsev hamda blogerlar, OAV vakillari va bank xodimlari ishtirok etishdi.
➡️Tadbir mehmonlari farovon hayotimizning huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimizning jamiyatimizdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
🎉Tadbir davomida bank xodimlari orasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tashkil etilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi.
MBANK
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Xalqaro hamkorlik
Adabiyot muzeylari hamkorligi maʼnaviyat taraqqiyoti yoʻlidagi rivojdir
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan Ozarbayjon Milliy bilimlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Milliy Ozarboyjon adabiyoti muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumida har ikki tomon manfaatlariga mos ravishda hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, xalqaro anjumanlar oʻtkazish, ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar va yosh tadqiqotchilarning malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish kabi bandlar koʻzda tutilgan.
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi
✨O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
⚡️“O‘ztransgaz ”АJning Buxoro viloyati hududida joylashgan Kogon Markaziy gaz quvurlar boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ishchi -xodimlarning milliy qomusimiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida, xodimlar o‘rtasida Zakovat o‘yini ham o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida berilgan savollarga bexato javob bergan xodimlarga Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ajratilgan sovg‘alari ham topshirildi. Bu kabi tadbirlar, ishchi-xodimlarni milliy qomusimiz va davlat ramzlari borasidagi bilimlarni yanada oshirishga xizmat qiladi desak yanglish fikr bildirmagan bo‘lamiz.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#navoiyiftixorim
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Markaziy studiya"da Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg'izboyev bilan suhbat o'tkazildi.
© Markaziy studiya
Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#navoiyiftixorim
📚Navoiy gʻazallarini oʻrganamiz
“Xazoyinul maoniy” asarining
“Navodir ush-shabbob” devonidan
491-gʻazal
Balo dashti aro Majnun meningdek koʻrmamish davron,
Quyundek har zamon bir koʻrmagan vodiyda sargardon.
Ne anduhu malolimgʻa baliyat dashtidek gʻoyat,
Ne savdoyu jununumgʻa malomat bahridek poyon.
Tunum dayjur, oʻzum ranjur, ichim gʻamnoku bagʻrim chok,
Tilim lolu tanim behol, ishim afgʻon, sirishkim qon.
Zaifi dardi gʻam pesha, nahifi mehnat andisha,
Zalili besaru somon, qatili xanjari hijron.
Figʻonimdin falak gʻamgin, sirishkimdin jahon rangin,
Na dardim oʻtigʻa taskin, na hajrim dardigʻa darmon.
Boshim gʻam toshidin yora, tanim hajr oʻqidin pora,
Koʻngul bu yoragʻa chora topargʻa topmayin imkon.
Koʻzum namliq, boʻyum xamliq, ichim anduhu motamliq,
Ne hamdamliq, ne marhamliq topib bu mehnati pinhon.
Manga ne yoru ne hamdam, manga ne doʻst, ne mahram,
Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru, ne somon.
Ham ahvoli tabohimdin, ham ohi umr kohimdin,
Ham oʻtluq dudi ohimdin qorarib kulbai ahzon.
Falak rahzan, zamon dushman, badan ravzan uza ravzan,
Qolib jon xisravidin tan, chiqib tan kishvaridin jon.
Navoiy boʻlsa mehnat koʻp, ichakoʻr jomi ishrat koʻp,
Necha boʻlsa suubat koʻp, qilur vahdat mayi oson.
Anduh – gʻam, qaygʻu
Malo – toʻla
Baliyat – balo
Junun – telbalik
Malomat – taʼna
Bahr – dengiz
Dayjur – zim-ziyo, qorongʻu; qorongʻu tun
Ranjur – kasalmand, dardmand
Gʻamnok – gʻamgin
Afgʻon – figʻon, yigʻi
Sirishk – koʻz yosh
Pesha – kasb
Nahif – oriq, ozgʻin
Zalil – soyali, sersoya; pastkash, tuban
Besaru somon – bechora, qashshoq, besaranjom
Qatili xanjari hijron – ayriliq xanjari bilan oʻldirilgan
Xamliq – egilganlik, bukilganlik
Marhamliq – malhamli
Somon – farovonlik, boylik; tartib, osoyishtalik
Taboh – buzuq, vayron
Koh – somon
Dud – tutun
Rahzan – yoʻltoʻsar, qaroqchi
Uza – uzra
Ravzan – tuynuk, darcha, teshik
Kishvar – mamlakat, oʻlka
Suubat – qiyinchilik,
Vahdat – birlik, yolgʻizlik
© M.Abduhakimova
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook