#bilib_oling
🔰"Jelak" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
2023-yil - «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi
Prezident parlamentga murojaatnomasida ta’lim masalasiga alohida urg‘u qaratmoqda.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
“Parol” so‘zining o‘zbekchasi
Bu so‘zni bugun ham ishlatamiz. Lekin parol maʼnosida qo‘llamaymiz.
Gap imo, imo-ishora, imlamoq, im qilmoq, im qoqmoq so‘zlari tarkibidagi im haqida ketyapti.
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk”da im so‘zini shunday sharhlaydi: shoh askarlariga qo‘yilgan, tayinlangan yashirin belgi, parol. Bu belgi qush yoki qurol nomi, yoki biror so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. To‘qnashganda uni aytib o‘zlarini tanitadilar. Maqolda shunday kelgan: “Im bilsa, er o‘lmas”. Yaʼni kishi yashirin belgini bilsa, nohaq o‘lmaydi.
Bu izohdan im so‘zi parol maʼnosini to‘la-to‘kis ifodalashini anglash mumkin.
Im so‘zi ishora maʼnosida qadimda ham qo‘llangan. Jumladan, “Devon”da imlamoq imlash, ko‘z yoki qo‘l bilan ishora qilish deb sharhlangan.
Bugun parol so‘zi ko‘p ishlatiladi. Ayniqsa, internet va texnologiyalar bilan bog‘liq matnlarda, dastur va ilovalarda unga albatta yo‘liqasiz. Mana shu joylarda im so‘zini parol so‘zi o‘rnida bemalol qo‘llash mumkin.
Lekin uni asl egalari, yaʼni biz qabul qila olamizmi-yo‘qmi – shudir masala.
manba
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 101-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Halima Xudoyberdiyeva she'rlari
2. "G‘uncha yanglig‘" qo‘shig‘i. Munojot Yo‘lchiyeva
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jarayon
🪧Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda "Til posbonlari" jamoatchilik nazorati guruhi hamkorligida tumandagi bir qator ko‘chalardagi reklamalar va tadbirkorlik subyektlar peshtaxtalaridagi yozuvlar o‘rganildi.
⚡️O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili
✨Til bayrami dunyo mamlakatlarida qachon, qanday nishonlanadi?
🔅Ko‘plab xalqlar ona tiliga hurmat sifatida har yili alohida bir kunni bayram qilib keladi.
✔️1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi. 2020-yil 10-aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolangan qonunga asosan esa 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
✔️1952-yil 21-fevralda Bangladesh poytaxti Dakka shahrida yuzlab fuqarolar bengal tiliga rasman davlat tili maqomi berilishini talab qilib, namoyishga chiqdi.
1999-yili UNESCO Bosh konferensiyasida o‘sha mudhish namoyishda o‘z ona tili uchun kurashib, jon bergan yoshlar xotirasiga 21-fevral Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilindi.
✔️Ingliz tili davlat tili bo‘lgan davlatlarda Uilyam Shekspir tug‘ilgan kun – 23-aprelda “Ingliz tili kuni” nishonlanadi.
✔️“Ispan tili kuni” 23-aprelda vafot etgan mashhur ispan yozuvchisi Migel de Servantes xotirasi bilan bog‘liq.
✔️Estoniyada 1996-yildan buyon 14-mart Ona tili kuni sifatida keng nishonalanadi. Eston adabiy tili rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan yozuvchi va shoir Kristyan Yaak Peterson tavallud kuni sharafiga belgilangan.
✔️“Xitoy tili kuni”ni 2010-yildan buyon nishonlab keladi. Bayram dunyodagi eng murakkab yozuv asoschisi San Sze xotirasiga atab har yili 20-aprelda o‘tkaziladi. Tilning bor boyligini ko‘rsatish uchun 80 mingga yaqin iyeroglifdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ammo xitoyliklar kundalik hayotda 3–5 mingtasidan foydalanadi.
(davomi bor)
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqola #Maslahatchi_faoliyati
🔰YAXSHIGA EL DIL OCHAR
yoxud “mahallabay” ishlash tizimi yangi bosqichda
🔰Odamlarni ertaga emas, bugun rozi qilish tamoyiliga asoslangan islohotlar tobora jadallashmoqda. Bu jarayonda mahallalardagi hokim yordamchilari ham tobora muhim rol o‘ynayotir. "Yangi O'zbekiston" 256-son
✍️Habibulla AZIZOV,
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi maslahatchisi, bojxona xizmati polkovnigi
👉Maqolani o'qish
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Ta'ziya
🍃Bugun, 18-dekabr kuni iste'dodli yozuvchi Sobir Oʻnar 58 yoshida vafot etdi.
🍃Sobir Oʻnar 1964-yil 25-fevralda Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanidagi Quvkalla qishlogʻida tugʻilgan.
🍃Sobir Oʻnarning ilk hikoyasi — “Kunsuluvning xatlari”. Shundan soʻng yozuvchining “Orzuga toʻla qishloq” (1989), “Ovloq adirlar bagʻrida” (1990), “Chashma” (1991) hikoyalar toʻplamlari nashr etilgan. Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning “Ov hangomalari” (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning “Karbalo fojiasi” qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
🍃Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti adibningning oilasi hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Hammayoqda “shapka”!
Shapka soʻzini shunchalik koʻp ishlatganimizdan uning oʻzbekchasini unutayozdik hisob. Oʻz soʻzimizni ishlatmasak, tilimiz qashshoqlashib, gʻariblashib boraveradi. Bu masalaga ayniqsa ommaviy axborot vositalari jiddiy qarashi kerak.
Xoʻsh, shapka soʻzining oʻzbekchasi nima boʻladi? Qalpoq boʻladi. Oʻzbekchada bosh kiyimni ifodalaydigan ancha-muncha soʻz bor. Lekin ular badiiy adabiyot yoki publisistikada yashaydi xolos. Jonli tildan yiroqlashib ulgurgan:
Qalpoq
Tumoq
Telpak
Choʻgirma (uning toʻgalak, sherozi va silkma kabi turlari bor)
Boʻrk
Quloqchin
Papax
manba
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
"Avzoyi buzuq" jumlasidagi "avzo" nima?
Avzo arab tilidan o‘zlashgan va hol, holat, tashqi ko‘rinish, yurish-turish degan lug‘aviy maʼnolarga ega.
So‘zning istilohdagi maʼnosi ham shunga yaqin:
— yuz ifodasi (uning avzoyidan ko‘p narsani tushunib olish mumkin);
— ruhiy holati, kayfiyati (ko‘rsatilayotgan tazyiq ko‘plarning avzoyini buzdi).
Avzoyi buzuq deb esa tashqi ko‘rinishidan kayfiyati durust emasligi ko‘rinib turgan odamga aytiladi.
@xatoliklar
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰FARG'ONADA HOKIM MASLAHATCHILARI HAMDA MAS'ULLAR ISHTIROKIDA SEMINAR-MASHG'ULOT TASHKIL QILINDI
🇺🇿"Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunI ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasida tuman (shahar) hokimlarining maslahatchilari, Kadastrlar palatasi tuman (shahar) bo'limi mas'ullari, Statistika boshqarmasi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi, Transport boshqarmasining bo'lim boshliqlari ishtirokida viloyatdagi geografik obyektlarning nomlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar-trening bo'lib o'tdi.
🇺🇿Seminarda Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo'lim mudiri U.Mahmudov ma’muriy-hududiy birliklar, ekspertiza xulosalarini olish hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari bilan tasdiqlash, shuningdek, davlat reyestri bazasiga kiritilishi masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon
⚠️Amaldagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda.
🔅O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi va “Davlat tili haqida”gi Qonunlar ijrosi yuzasidan Yakkabog' tumani hokimining maslahatchisi D.Xushvaqtova, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi reklama vositalarining holati monitoring qilindi.
⚡️O‘rganish natijalariga ko‘ra qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi.
Hududlarda tadbirkorlar bilan suhbatlar olib borilib, amaldagi qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari davom etadi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jadidlar
🔰Jadid bobolarimiz, xususan, Abdulla Qodiriyning ma’rifatli jamiyat qurish, mustaqillikka erishish yo‘lidagi matonati!
✨Yoshlar ishlari agentligi
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili
✨“Ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.
✨“Milliy o‘zligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
E’lon
⚠️Bugun soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi e’lon qilinadi.
🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK va nodavlat teleradiokanallar, Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘gri jonli efirda namoyish etiladi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🕌Samarqand haqida “Euronews”da lavha namoyish etilmoqda.
🔅Chiroyli atlas, adraslar, pista-bodomlar, hunarmandchilik ishlari, meʼmorchilik obidalari va “Boqiy Shahar” uzra yoqimli, sharqona musiqa.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
💐Qozog'istonning O'zbekistondagi elchixonasi oldida qozoq adibi Abay Qo'nonboyev haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.
💫Marosimda Bosh vazir o'rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Dauren Abaev, Qozog‘istonning O'zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va boshqa mutasaddi rahbarlar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#nomlash
🔰Farg‘onada bir guruh olimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌Farg‘ona davlat universitetida joy nomlari haqida ilmiy izlanishlar olib borgan filologlar, toponimistlar hamda manbashunos olimlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
📍Unda yig‘ilganlar bilan O‘zbekiston Respublikasining toponimik ensiklopediyasini yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
〽️Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo‘lim mudiri U.Mahmudov hamda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Tongotarovalar qatnashdilar.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#loyiha
🔰Kitob sevarlar uchun ajoyib loyiha!
📺 "Madaniyat va Maʼrifat" telekanalida "SIZ EFIRDASIZ" intelektual o'yini.
✔️ Oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar ajoyib kitoblar bilan birgalikda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdim qilingan sovgʻalar va bebaho kitoblar bilan taqdirlanadi.
⚠️ Ushbu koʻrsatuvni navbatdagi sonlarini kuzatib boring va Siz ham ishtirok eting.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqola #Maslahatchi_faoliyati
🔰Globallashuv jarayoning qisqartmalar orqali tillarga ta’siri
🔰Qisqartma so‘zlar yoki so‘z birikmalarining kundalik hayotning barcha sohalarini qamrayotganligini uchratish oddiy holga aylanib bormoqda.
🔰Shu bilan birga, 1995-yilda nashr etilgan “O‘zbek adabiy tili tarixi” darsligida esa eski o‘zbek tilida (arab yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) qisqartma otlar qo‘llanilmaganligi ta’kidlanadi.
🔰Hozirgi kunda asosan “bosh harflar qisqartmasi”, “abbreviatura” va “Qisqartma ko‘rinishidagi so‘z”(akronim)lardan qisqartma so‘zlar yasash keng qo‘llanilmoqda.
✍️FVV maslahatchisi H.Nurutdinov
👉Maqolani o'qish
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
🔰"Inʼikos" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
✨OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI KENG NISHONLANDI!
✨Xorazm viloyati maktablarida shoir tavalludiga bag'ishlangan tabdbirlar bo'lib o'tdi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov
🔰MUTOLAA: ENG YAXSHILAR TAQDIRLANDI.
♻️Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida, xodimlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda maʼrifatli jamiyat sari ildam qadam tashlash bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilangan.
❇️Shu maqsadda, vazirligimizda joriy yilning 13-dekabr kuni “Birga kitob mutolaa qilamiz”, deb nomlangan tanlovi bo‘lib o‘tdi.
✅Tanlov shartlariga ko‘ra, “Temur tuzuklari” kitobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, ma’rifatparvar jadid bobomiz Cho‘lponning “Kecha va kunduz” hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarlari bo‘yicha tuzilgan test va og‘zaki savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi.
👉batafsil
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
O‘pka so‘zining ikkinchi nomi g‘azab bo‘lganmi? – tarix
🔎Hozirda “o‘pka” deganda – “gina-kudurat”ni tushunamiz, “o‘pkalamoq” esa – “o‘pka-gina qilmoq, xafa bo‘lmoq, arazlamoq” kabi ma’nolarni bildiradi, ammo Koshg‘ariy bobomiz “Devonu lug‘otit-turk”da unga boshqacha izoh beradi.
O'z: https://oyina.uz/uz/article/397
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Boburning urducha-o‘zbekcha she’ri
✏️Pokistonning davlat tili – urdu tili nomi turkiycha “o‘rdu”, ya’ni turklar qo‘shini so‘zidan kelib chiqqan.
O'z: https://oyina.uz/uz/article/626
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#nomlash
🔹 Albatta, turli tumanlar, shuningdek, bir shaharda bir xil nomdagi yoki nomi yo‘q ko‘chalar, uylar, tor va boshi berk ko‘chalarning raqamlanishidagi betartiblik chalkashliklarga olib kelishi tabiiy.
💻 Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan poytaxtdagi geografik obyektlarni qayta nomlash jarayonini boshladi.
🔸 Bu aholiga noqulaylikdar tug‘diradimi? Nahotki, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tufayli kommunal va boshqa tashkilotlarda vaqt yo‘qotib, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelsa?
🔹Barcha javoblar – maxsus reportajimizda.
👉 https://youtu.be/ivcb3DmGHqU
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
📌 Davlat tiliga hurmatni o‘zimizdan boshlashimiz kerak.
👉 Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida tashqi reklama vositalarini “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiqligi muntazam o‘rganilib borilmoqda.
〽️ Navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 12-dekabr kuni Ali Qushchi ko‘chasida olib borildi.
🔷 O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, qonun talablariga mos kelmagan 100 ga yaqin targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.
🔈 Hurmatli tadbirkorlar, targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi