e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin alifbosida nashr etildi

2020-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kirill yozuvida 5 jilddan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bu nashr 6 jilddan iborat va unga 5000 ga yaqin yangi so‘z (jami 80 mingdan ortiq so‘z) kiritilgan.

Izohli lug‘at Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlangan. Izohli lug‘atning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar — akademik Azim Hojiyev, akademik To‘ra Mirzayev, akademik Ernis Begmatov bevosita ishtirok etgan.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №175 mutolaa uchun Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms A. Robinsonning "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobi tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 27-may, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Jamiyatni ijrochilar emas, balki voqe’likni to‘liq idrok etib, o‘zini sub’yekt sifatida tuta oladigan va jamiyat manfaatlari yo‘lida milliy elita bo‘lib xizmat qilishni xohlaydigan ijodkor insonlar taraqqiyotga yetaklaydi (bu kitobda biz bunday insonlarni generalistlar deb ataymiz).

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Tarixda ko‘rilgan ishlarning yaxshi-yomoni demay, ko‘rgan-bilgan narsalarning barini qoldirmay qalamga olish tarixchi ustiga yuklangan muqaddas vazifa hisoblanadi. Bu esa dinsiz dahriylar hokimiyatining yangidan bo‘layotgan boshlang‘ich davrilariga xirmondan bir hovuch, dengizdan bir cho‘mich kabi ko‘rsatkichdir. Ko‘zlaganim
quruq so‘z dostoni so‘qib, hikoya-voqea to‘plami yozish emas, balki asl maqsad kelgusi vatan bolalarimiz bundan ibrat olib, endi kelajakda qandoq yashamoq kerak ekanligini bilishlaridur.
Tarixning aytishicha, shu vatanimiz, O‘zbekiston o‘lkasini sharqdan, shimoldan chiqqan balo sellari qoplab, necha martaba harob qilganligi ma’lumdir. Shuning uchun bizning ilgarigi porloq madaniyatimiz vayronlikka uchrab, nasllarimiz xam tabiiy o‘sishdan to‘xtalganligi ko‘z oldimizda turadi. Chunki, bizga chegaradosh xitoy xalqi hisob bo‘yicha yetti yuz millionga yetgan holda biz Turkiston xalqi bularga zamondosh bo‘lsak ham nega bularning yuzdan biriga teng bo‘lib, shu kunga dovur o‘n millionga yeta olmadik? Buning sabablarini har yoqlama tekshirib ko‘rilganda turlikcha bo‘lib chiqishi ko‘ngilga keladi. Lekin o‘tgan ulug‘ faylasuflarning aytishlaricha, tarixiy tajribalarning ko‘rsatishicha, qaysi bir millat o‘z milliy davlatidan ajrab, uning
hukumati yo‘qolar ekan, hukumat egasi bo‘lgan kelgindilar hisobiga yil sayin nasllari ozayib borib, eng so‘nggida butunlay yutilib ketadi. O‘z hokimiyatidan ajradi demak inqiroz demakdir. Shu sabablik dunyodagi onglik, madaniy millatlar o‘z hokimiyatlarini saqlash uchun necha millionlab qurbon berishga tayyordurlar. Holbuki, har bir millatga imon-islomini saqlash “Qur’on hukmicha qanday farz bo‘lsa, shu o‘xshash o‘zligini va o‘z millatini saqlash undan ham farzroqdir. Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaysi bir kishi o‘z otasini tashlab, boshqa birovning bolasiman desa yoki bir millat tili, dini, rasm-odati boshqacha ikkinchi bir millatga yutilsa, buni qoraladilar"* va mana shunday ishga norozilik bildirib, ularga la’nat o‘qidilar. Milliy hissini yo‘qotib, o‘z millatidan ajrash Qur’on hukmi bo‘yicha haromdir.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

*Ibn Sa'd, Tabaqot, 1

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hurriyat

"Mustabid eng qattiq qo‘rqadigan narsa, insonlar hurriyatni hayotdan ham afzal ekanini anglashlaridir".

- Abdurrohman Kavokibiy rohimahulloh.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari

Odamlarning qanday iqtisodiy institutlar asosida yashashini siyosiy jarayon hal qiladi, bu jarayon qanday kechishini esa siyosiy institutlar belgilaydi. Masalan, fuqarolarning siyosatchilarni nazorat qilish va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlarini mamlakatning siyosiy institutlari belgilaydi. Bu esa, o‘z navbatida, siyosatchilarning fuqarolar vakili ekani yoki yo‘qligi, shaxsiy boyliklarini ko‘paytirish hamda aholiga zarar keltirib, o‘z manfaatlari himoyasida ishonib topshirilgan (balki egallab olingan) vakolatni suiiste’mol qilishi masalasini aniqlab beradi. Siyosiy institutlarga konstitusiya va jamiyatning demokratik yoki gayridemokratik ekanligi kiradi, lekin siyosiy institutlar shular bilangina cheklanmaydi. Davlatning jamiyatni tartibga solish va boshqarish qudrati, layoqati ham shular sirasiga kiradi. Bundan tashqari, siyosiy hokimiyatning jamiyatda qanday taqsimlanishini, ayniqsa, turli guruhlarning o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida yoki boshqa guruhlar maqsadlariga erishishining oldini olish uchun birgalikda harakat qila olish imkoniyatini belgilab beruvchi omillarni yanada kengroq mulohaza qilish ham muhim.
Modomiki, institutlar kishilarning xatti-harakatlari va intilishlariga ta’sir ko‘rsatar ekan, ular mamlakatlarni taraqqiyot yoki tanazzul sari yetaklaydi.
Shaxsiy iqtidor jamiyatning har qanday jabhasida muhim, ammo uni ijobiy shaklda yuzaga chiqarish uchun sharoit bo‘lishi kerak.


- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Asoslantirilmagan avtoritet egalari, gumashtalari yordami va yolg‘on asosida bir-birining yo‘lini tozalab, shuningdek, o‘z va o‘zgalar sirini saqlab [kompromat yig‘ib] iqtidorga keladi va hokimiyatga kavsharlanadi.
Mana "tanlov" oqibatlariga bir misol: mas’uliyatli faoliyat yuritish sifatiga ega bo‘lmagan, lekin qarorlarni shakllantiruvchi kengashlarga o‘g‘rincha kirib qolgan shaxslar, o‘z saviyasiga monand mansabdorlarni tanlaydi, ular esa o‘z navbatida huddi shunday maslahatchilarni topadi va hokazo.

Ikkita chiqish yo‘li bor:
• yoki byurokratiya davlatni yo‘q qiladi, xalq esa qo‘l siltab ("hech narsa menga bog‘lik emas, chiranishdan ham foyda yo‘q, chunki "tayog‘ing bo‘lmasa, nog‘ara foyda bermaydi" deb) qolaveradi.
• yoki vatandoshlar yig‘ilib, qo‘rqmasdan, noliyvermasdan byurokratiyani yengadi. Xalol, professional, beg‘araz va izchil bo‘lish talab qilinadi. Bunga faqat Vatanini sevadigan va hurmat qiladigan vatandosh qodir.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar uchun kichik so‘rovnoma

Siz uchun "Urush haqida yozilgan eng yaxshi kitoblar beshligi" qaysilardan iborat?

Kitob nomlarini tartib raqami asosida quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
• @rayosat_bot

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
✍ Boris Vasilev
📓 "Ro'yxatlarda yo'q edi nomi"
⚙ Roman
⚖ 9,3 MB
🔎 PDF
📄 256 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​#Kuchsizlar_kuchi

Taraqqiyot uchun, avvalo, insonning o‘zi taraqqiy etishi kerak, inson esa taraqqiyotni barpo qiladi.

— Vatslav Gavel. "Kuchsizlar kuchi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

"Yer aylanib sayohat qilinglar, undagi uchragan narsalarga ibrat ko‘zi bilan qarab foydalaninglardegan Qur’on amricha himmatlik ilm egalari, millatsevar vatan o‘g‘illari imkoniyat boricha ichki-tashqi, ayniqsa, xorijiy
mamlakatlarni sayr-sayohat qilib, ulardan har yoqlama ibrat olishlari albatta lozimdir. Boshqalarni ko‘rib uyg‘onmoq, ulardan ulgu olib himmatlari qo‘zg‘almoq kabi ishlar hamda insoniyat olamida bo‘lish imkoniyatlari bordir.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Ma’muriy choralar — ya’ni qonunlar, qarorlar, turli taqiqlar, buyruqlar va jarimalar, ularni kim qabul qilishidan qat’i nazar, u politsiyachi, inspektor yoki boshqa turdagi mansabdor shaxs yoki idora bo‘ladimi inson xatti-harakatlarining o‘ndan bir qisminigina tartibga soladi xolos.

Ma’muriy nazorat normativ (tartibli va ijobiy) xulq-atvorni kafolatlamaydi. Axloqiy tushunchalar tizimi va ijtimoiy nazorat joriy qilinmas ekan, har bir burchak va butaning orqasiga militsiya xodimi qo‘yib chiqilsa ham, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yaxshilashni umid qilmasa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, "tezliksevar" haydovchilar hajmi ham, mast holda mashina boshqarayotganlar soni ham kamaymaydi.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilg‘udek birorta odam yo‘q edi. O‘zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech qayg‘urmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqog‘iga butunlay botgan edi. Bunga shu davrdagi muhit aybdordir. ur’onning "Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kela olmaydilar", degan hikmatlik so‘zini albatta amalga oshirish kerak edi.
   Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi — dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish-o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi.
Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Majburiylikda tanlov erkinligi yo‘q va bunday vaziyatda hech narsani hal qilib [qaror berib] bo‘lmaydi. Inson o‘zini tanlov vaziyatida his qilgandagina qaror berishi (nimanidir hal qilishi) mumkin. Qaror qabul qilish, qarorni rad etish, yoki uni kechiktirish javobgarlikni (mas’uliyatni) ergashtirib kelishini inson haqiqiy, (sof) tanlov holatidagina tushunadi. Bu haqda insonlar bir-biriga muhim vaziyatlarda doimo eslatib turishlari kerak!
Tanlov imkoniyati bo‘lgan vaziyatdagina qaror qabul qilish mumkin.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qalblardan_soʻrang

Jahshologiya

Agar farzandlarimiz Messi haqida Umar roziyallohu anhudan ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lsa, Xadicha onamizdan ko‘ra Shakirani ko‘proq tanisa, ana shu "jahshologiya".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Insonlari diqqatni jamlash va yagona maqsad sari harakatlanish (orientatsiya) uchun zaruriy tayyorgarlikdan mahrum (etilgan) bo‘lgan jamiyatda (oliy hokimiyat egasi bo‘lgan) xalq mas’uliyatli bo‘lish u yoqda tursin, hatto vatandoshlik huquqlaridan foydalana bilmaydi hamda vatandoshlik burchlarini bajara olmaydi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tay olmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab, tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq insoniy huquqlaridan ajraydi va uning hayot daftarlari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Bunday millatlar yolg‘izgina vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Oltin buzoq"
✍ Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov
⚙ Roman
⚖ 10,6 MB
🔎 PDF
📄 352 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bo‘ri va eshak haqida masal

Bir kuni bo‘ri bilan eshak maysaning rangi borasida tortishib qolibdi. Eshak maysaning rangini sariq desa, bo‘ri yashil der ekan. Ular ko‘p tortishibdi. Hech kelisha olishmagach, masalani hal qilib berish uchun o‘rmon podshohining oldiga borishga qaror qilishibdi. Muhokama boshlanibdi. Ikkisi ham o‘zining hujjat-isbotini keltiribdi. Hukm chiqarish paytida hamma adolatli hukmni intiqlik bilan kutishar edi. Sher mahkamaga hozir bo‘lganlarning umidlarini chippakka chiqarib, bo‘riga bir oy qamoq jazosi hukm qildi. Eshakni esa aybsiz deb hukm qildi.
Bo‘ri e’tiroz bildirib: “Janob, maysaning rangi yashil emasmi?”, debdi.
Sher: “Ha, yashil”, debdi.
Bo‘ri: “Unday bo‘lsa, nima uchun menga qamoq jazosi ta’yinladingiz?, axir, men xato qilmadimku!”, debdi.
Sher: “To‘g‘ri, sen maysaning rangida xato qilmading, lekin bunday masalada eshak bilan bahslashib xato qilding. Bundan keyin senga ibrat bo‘lishi, hamda tushunmaydigan befahmlar bilan tortishmasliging uchun senga qamoq jazosini tayinladim”, degan ekan.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №174 mutolaa uchun Shuhratning "Oltin zanglamas" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 13-may, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​#Kuchsizlar_kuchi

Gʻavvoslikning muhim bir qoidasi bor, unga ko‘ra chuqur suv tubiga sho‘ng‘igan inson suv yuzasiga ko‘tarilayotganda qat’iy tartib va qoidalarga amal qilishi kerak, agar amal qilmasa vafot etishi mumkin. Bu “dekompressiya” deyiladi. Ayni jarayon siyosatda ham kuzatiladi: ma’lum bir totalitar rejim tubidan adolatlik hayotga ko‘tarilayotgan jamiyat ham siyosiy dekompressiya (destalinizatsiya, dekolonizatsiya va h.k.) talablariga rioya qilishi kerak. Agar rioya qilinmasa eski rejim asoratlaridan aslo qutulib bo‘lmaydi, balki u yana qaytalaydi. 

— Vatslav Gavel. "Kuchsizlar kuchi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Kitobxonlar"

Hazramiy aytadi:
"Bir paytlar Qurtubada yashadim. Bir kuni kitob bozoriga kirdim. O‘zim uchun muhim bir kitobni qidirib yurgan edim, nogoh oldimdan o‘sha kitob chiqib qoldi. Nihoyatda go‘zal xat bilan, ajoyib sharhlar bilan yozilgan edi. Juda ham qattiq xursand bo‘ldim. Unga kattaroq narx aytdim. Sotuvchi bir kishi mendan ziyodaroq narx aytganini takrorlayverdi. Kitobning narxi haddan oshib ketdi. Shunda men kitob sotuvchisiga dedim:
- Kim ekan u, bu kitobni shuncha qimmatga oladigan? Kitobning narxi haddidan oshib ketdi-ku!
Sotuvchi menga bashang kiyinib olgan bir kishini ko‘rsatdi. Men u kishiga yaqinlashib bordim va dedi:
- Sayyidimiz faqihni Alloh aziz qilsin! Agar bu kitob siz uchun kerak bo‘lsa men olishdan voz kechaman. Narxini juda ham ko‘tarib yubordik!
U kishi dedi:
- Men faqih emasman. U kitobning ichida nima borligini ham bilmayman. Ammo a’yonlar orasida faxrlanish uchun men bir go‘zal kutubxona bino qilganman. O‘sha kutubxonamda bitta kitobga joy bor. Shu kitob juda chiroyli yozilgan ekan. Jildlari ham chiroyli ekan. Menga yoqib qoldi. Shuning uchun puliga parvo qilmayapman. Alhamdulillah Alloh menga ko‘p rizq berib turibdi!
Men unga dedim:
- Subhanalloh! Tishsiz insonga Alloh yong‘oq beribdi-da!

Bir kungina oldin narsalar bilan faxlanish o‘zimizning asrning kasalligi deb o‘ylagan edim. Ammo u juda qadimdan bor ekan. Insonlar barcha asrlarda insonligicha qolaverar ekan. Ularning faqat ismlari o‘zgarar ekan xolos!
Madaniyatni da’vo qiluvchilar juda ko‘p. Bittasi kitob sotib oladi. Uning yonida bir finjon qahvani qo‘yib rasmga tushiradi. Ammo kitobning ichida nima borligini bilmaydi. Bu ijtimoiy obro‘ga, keng tarqagan modaga aylandi. Juda ko‘pchilik shunga mubtalodir!

Ba’zilar iqtisod qiladigan faxrlanuvchidir. Ular suratga olib ovora bo‘lishmaydi. Boshqa faxrlanuvchi tushirgan suratni olib tarqatib qo‘ya qolishadi. Suratning ostiga bu kitobning juda yaxshiligini yozadi. Aslida kitob ichidan bexabar bo‘ladi!
Ba’zilar kitob rasmlarini xuddi ancha zamonlar oldin o‘qib bo‘lgandek qilib qo‘yadi. So‘ngra esa uni bir necha profillarda ko‘rasan.
Tabiiyki, men kitob bilan qahva suratini qo‘yishga qarshi emasman. Yoki kitob haqida go‘zal iqtiboslar qo‘yishga ham qarshi emasman. Bu ishlar go‘zal ishlarga sherik bo‘lishdir. Men qarshi bo‘lgan narsa madaniyatning da’vosidir.

Oq uy tomonidan e’lon qilingan Avraam Linkolnning tarjimai-holida uning qanaqa diplomlar, qanaqa mukofotlar olgani bilan bir qatorda qanaqa kitoblar o‘qigani haqida ham yozishgan ekan. Buni o‘qigan Avraam Linkoln o‘qilgan kitoblar qatorida u o‘qimagan kitoblarni ham qo‘shib ketishganini ko‘rib qoladi. Shunda yordamchisidan tezda o‘sha kitoblarni topib kelishini talab qiladi va ularni o‘qib chiqadi. Kishi uchun qilmagan ishini qildim deyishi ayb ekanligini aytadi!

- Abdulqodir Samarqandiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

O‘tmishdagi O‘zbekiston o‘lkasida ming necha yuz yillar davom etgan mustaqil davlatimizdan 1865-yili chor Rusiyasining bosqinchiligi bilan ajragan bo‘lsak ham boshqa ishlarimiz o‘z qo‘limizda edi. Buning ustiga Buxoro, Xorazm hukumatlari esa 1920-yil o‘rtalarigacha saqlanib kelmish edilar. Butun sharoit qo‘llarida bo‘la turib, ongsizlik ofati, siyosat ko‘rligidan yuzlarcha yillab qutilmoqda bo‘lgan bu kabi qulay fursatni bekorga qo‘ldan chiqardilar. Yo‘q esa bu ikki o‘lka birlashib, uning ustiga xalq boyligi va yer boyligi qo‘shilar ekan, vatanimiz Turkistonda milliy va madaniy kuchlik bir davlat qurish qobusi kelmish edi. Biroq baxtimizga qarshi bizda mudofaa quvvati yo‘qligidan o‘z yerimizda g‘arib bo‘lib, o‘z merosimizga ega bo‘la olmadik.
Endi bu o‘rindagi mudofaa quvvati nimadan iborat ekanligini o‘quvchilarga bildirib o‘tmishimiz lozim bo‘ladi. Bosqinchilarga qarshi qo‘yilgan mudofaa quvvati esa shu hozirgi zamonaviy ilm-fan, qurol-jabduqqa ega bo‘lishdan boshqa narsa emasdir. Yalinib-yolvorib bulardan shafqat-marhamat tilamak shaytondan insof-tavfiq umid etmak kabidir. Shunga ko‘ra vatan bolalari
oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros, o‘z vatanlarini egallash uchun mudofaa tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Endi Umarlar yo‘q. Endi Umarlardek munosib ummat ham yo‘q."

Ma’lumki, aksar davlatlar qonunlariga ko‘ra, amaldorlar biznes bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Shuning uchun ularning xotini, farzandi yoki jiyani kompaniyalar ochadi. Biror ish uchun tender o‘tkazilsa, ular yutadi. Sog‘lom raqobat yo‘q qilinadi, monopoliya tashkil qilinadi. Amaldor kursisidan ketgunicha yetti avlodiga yetadigan boylik to‘plab oladi.
Shuning uchun qaysi davlatni qaramang, davlat rahbarlarining farzandlari, jiyanlari va boshqa qarindoshlari shaxsiy biznesiga ega bo‘ladi.
Bu ahvol bizga islom tarixidagi bir voqeani eslatadi.
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalqning ahvolini bilish uchun bozorga bordilar. Qarasalar, bir tuya boshqalaridan semizroq ekan.
- Bu kimning tuyasi? - deb so‘radilar.
- O‘g‘lingiz Abdullohniki, deyishdi.
Umar roziyallohu anhu qattiq darg‘azab bo‘lib:
- Tez oldimga kelsin!!! - dedilar.
Abdulloh ibn Umar otalarining oldiga shoshilinch yetib keldi.
- Bu sening tuyangmi?
- Ha, ota. Men uni o‘z pulimga xarid qildim. Boqaman, sal katta bo‘lgach, boshqalar kabi sotaman.
- Odamlar tuyangni ko‘rganda mo‘minlar amiri (amirul mo‘minin) o‘g‘lining tuyasiga suv beringlar, mo‘minlar amiri o‘g‘lining tuyasiga yem bering, deyishadi. Oqibatda tuyang hammanikidan semiz, foydang hammanikidan ko‘proq! Shunday emasmi?!
- Balki, otajon - dedi Abdulloh.
Umar roziyallohu anhu hukm qildilar:
- Tuyangni sot, bu ishingga qancha pul tikkan bo‘lsang, o‘shani olib qol, foydaning barchasini musulmonlar baytul moliga  qo‘yib qo‘y!
Endi Umarlar yo‘q. Endi Umarlarga munosib ummat ham yo‘q.
Endi siz bilan biz bormiz, xolos. Ahvolimiz o‘zingizga ayon.
Alloh bizlarga najot bersin!

- Mahmud Usmon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Oy_tavsiyalari
May oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
📓 "Iymon" (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

• Jahon adabiyoti:
📓 "Aka-uka Karamazovlar" (Fyodor Dostoyevskiy)

O‘zbek adabiyoti:
📓 "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" (Ahmad A'zam)

• Biografik:
📓 "Mo'jiza sodir bo'lmaydi" (Li Myon Bak)

• Shaxsiy rivojlanish:
📓 "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" (Abdul Fattoh Abu G'udda)

Mumtoz:
📓 "Lison ut-tayr" (Alisher Navoiy)

• Tarix:
📓 "Sayyid Nosirxon to‘ra Kosoniy" (Bahrom Irzayev)

• Ilmiy-ommabop:
📓 "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" (Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

KITOBGA QAYTISH
VIJDONGA QAYTISHDIR


Maqoladan parchalar:

Sharq olamida, muqaddas Islom dini ruhida yashagan xalqlar orasida kitob, yozuv, qog‘oz hamisha behad moʻtabar ne’mat hisoblanib kelgan. Shu bois odob risolalarida kitob bor uyda yotmaslik, yotish zarur bo‘lsa, kitobga qarab oyoq uzatmaslik, kitobni xuddi kitobning sohibini, ya’ni muallifini moʻtabar tutgandek moʻtabar tutish ta’lim qilinadi.

Kitobga e’tibor avliyo va alloma zotlar hayotida boshqacha shaklda namoyon bo‘ladi. Tasavvuf buyuklaridan birlari: “Agar karvonning birinchi tuyasiga kitob ortilgan bo‘lsa, men oxirgi tuyaning arqonini tahoratsiz ushlamayman!” – deganlar. Hazrat Nu’mon ibn Sobit Abu Hanifa – Imom A’zam: “Men umrim davomida qog‘oz bozoridan betahorat o‘tmadim”, deganlar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ilgari qog‘oz bozorlari alohida bo‘lgan.

Bu so‘zlar bizning xalqlarimiz kitob ne’matiga qanday buyuk hurmat bilan qaraganlariga dalildir.

Hazrati Abu Iyso Muhammmad Termiziy o‘z tasniflari bo‘lmish “Al-jomi’ as-sahih” (“Sunani Termiziy”) kitobi haqida so‘zlab: “Kimning uyida bu kitobdan bor bo‘lsa, o‘sha uyda hazrat Payg‘ambar (alayhissalom) gapirayotgandek bo‘ladilar”, deganlar. Bu so‘zlar butun dunyo ahliga ma’lum va mashhurdir. Demak, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan har bir kitob yonida uning aziz muallifi turishini ana shu muborak so‘zdan anglasak bo‘ladi.

Kitob o‘z mavqeiga qarab, qalbni tiriltiruvchi, shu’urni uyg‘otuvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiyat qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir.

Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish haqiqatga, insofga, adolatga, ma’naviyat va ma’rifatga, umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.

- Mirzo Kenjabekning
(“Kitobga qaytish vijdonga
qaytishdir”) maqolasidan.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ey pul bilan bolalarini olim qilmoqchi bo‘lgan! Qoplab pul sarfla, baribir bolalaringga ilmni sotib ololmaysan! Zero, bu ilm pul bilan olinadigan narsa bo‘lganda edi, uning zarracha qadri bo‘lmasdi!

Axir ko‘rmaysanmi, ahli ilm kishilarning aksari kambag‘al oilalardan chiqqan. Ko‘plab qiyinchiliklar ko‘rgan.

Ilmga mashaqqat bilan erishiladi. Uyqisiz tunlar, ko‘z yoshlar, ustozlar dakkilari, boshlar, oyoqlar, bellar, ko‘zlar og‘rig‘i bilan! Matonat, sabr - bardosh bilan!
Biroq aslo PUL bilan emas! Yalqovlik va tanballik bilan emas!

Shuning uchun ham, "Sahih"ida hadisdan boshqasini zikr qilmagan imom Muslim Yahya ibn Kasirning mana bu so‘zlarini huddi hadislarni keltirgandek keltiradi:

لا يستطاع العلم براحة الجسم

Ma’nosi:

Ilmga jism rohati bilan erishilmaydi!

- Mahmud Usmon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yangi_nashr

Kitob nomi: «Xolid ibn al-Valid. Yengilmas qo'mondon»
Muallif: Ali Ibrohim Akram

• Tarjimon: Gulinur Oymatova
• Nashriyot: Yangi asr avlodi
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 688
• Muqovasi: Qattiq
• Chop etilgan yili: 2022

Ushbu asar, avvalo, muallifning aniq tarixiy manbalarga asoslangani, qolaversa, jang bo‘lib o‘tgan hududlarni shaxsan borib ko‘rib, xaritalarini shakllantirgani, islomning dastlabki, muhtasham yillarida sodir bo‘lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.

Narxi qancha?
• Bookuz: 70 000 so'm
• Azon kitoblari: 72 000 so‘m
• Qamar: 72 000 so‘m
• Hilol Nashr: 72 500 so‘m
• Asaxiy Books: 79 000 so‘m

Izoh: Kitob do‘konlaridan kitoblarni yuqorida ko‘rsatilgan narxda xarid qilishingizga «@e_kutubxona» sahifasi kafolat bermaydi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №173 mutolaa uchun Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-aprel, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yangi_nashr

• Kitob nomi: «Sayyid Nosirxon to‘ra Kosoniy»
• Mualliflar: Bahrom Irzayev, Nodirjon Abdulahatov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 220
• Muqovasi: qattiq
• Chop etilgan yili: 2023
• Adadi: 3000

Ushbu kitobda favqulodda qobiliyat sohibi, qomusiy olim, Turkiston Muxtoriyatining maorif vaziri, Turkiston ozodligi yo‘lida shahid ketgan Sayyid Nosirxon tura Kosoniy (1873-1930) hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Monografiya, tarix, dinshunoslik, agiografiya va masavvuf adabiyoti bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan

Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 33 ming so'm
• Qamar: 36 ming so'm
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m

Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel