e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54086

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

O‘ZGAR, O‘ZGARISHADI!

   Ksenofont Suqrotning shogirdlaridan biri edi. U ilm, ma’rifatni sevsada urushni ham qattiq yaxshi ko‘rar edi. Ksenofontda fikriy asos-poydevor deyarli ko‘rinmas edi. U o‘zini ko‘proq himoya qiladiganlar safida kurashar edi. Gohida hatto kecha ularga qarshi urushib turgan kishilari safida ham urushaverar edi. Uning maqsadi mol edi.
   Shunday bo‘lsada, u o‘zining zamirida ilm-ma’rifatni asray oldi. U "Anabasis" nomli kitob yozdi. Uning bu kitobi nihoyatda mashhur bo‘lib ketdi. Ksenofont bu kitobida Kichkina Kirning safida uning og‘asi Ardasherga qarshi birga urushgani haqidagi voqealarni yoritadi. Bu kitob faqatgina sovuq urush tarixi emas. Unda falsafa, adabiyot va qisqacha siyrat ham bor.
   Ksenofont aytadi:
"Sen ro‘baro‘ bo‘ladigan asosiy to‘siqlar anhorlar, tog‘lar yoki boshqa jangchilar emas. Haqiqiy to‘siq nafsingdir. Agar o‘zingda parokandalikni, zoye bo‘lishni his qilsang, sog‘lom yo‘nalish tomon hissiyotingni yo‘qotib qo‘ysang, do‘st bilan dushmanni ajrata olmay qolsang faqatgina o‘zingni malomat qil. Doimo jangga tayyor tur. Bu dunyodagi barcha narsa sening qarashlaringga tayanadi. Dunyoga bo‘lgan nazaring seni yollanma, salbiy kishidan ajoyib jangchiga aylantirishi mumkin".

   "Bu dunyodagi barcha narsalar sening qarashlaringga tayanadi" degan jumlaga yaxshi e’tibor beraylik.
  Bir muammoga nisbatan bizning tutgan o‘rnimiz o‘sha muammoning haqiqatini fosh qilib bermaydi. Aksincha, bizning haqiqatimizni ochib beradi.
   Inson yoshligida bir voqeaga boshqacha munosabatda bo‘lsa, yoshi ulg‘aygandan keyin aynan o‘shanday voqeaga o‘zgacha munosabatda bo‘ladi. Bunga sabab undagi qarashlarning o‘zgarganidir.
  
  Johiliyat davrida Xanso degan shoira ayol bo‘lgan. Uning Saxr ismli akasi halok bo‘ladi. Xanso akasini unuta olmadi. Uzoq vaqt yig‘lab yurdi. Unga atab marsiyalar bitdi. Hatto Ka’bani tavof qilganida akasining oyoq kiyimlari Xansoning bo‘ynida osig‘liq edi.
   Xanso musulmon bo‘lganidan keyin Umar ibn Xattob roziyollohu anhuning davrlarida Fors bilan musulmonlar o‘rtasida Qodisiyya jangi bo‘lib o‘tdi. U jangda Xansoning to‘rtta farzandi shahid bo‘ldi. Xanso Allohga hamd aytib istirjo’ aytdi. Ko‘zidan bir tomchi ham yosh chiqmadi.
  Xanso islom tufayli o‘lim safarning oxiri emasligini, u safarning ibtidosi ekanligini angladi.
  E’tibor bersangiz ikki holatda ham o‘lim yuz bermoqda. Ammo ikkinchi holatda Xanso oldingi Xanso emas edi. U olamga bo‘lgan qarashini o‘zgartirgan edi. Ana shuning natijasida olam ham uning uchun o‘zgargan edi.

   Salomlar bo‘lsin qalbingizga!

- Abdulqodir Samarqandiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Erkin_mavzu

So'rovnoma: Mabodo uzoq safarga chiqadigan bo‘lsangizu sizda faqat 5 dona kitob olishga imkon bo‘lsa qaysi kitoblarini olgan bo‘lardingiz?

Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Buyuklar

«Uning davri xuddi roshid xalifalar davriga o‘xshar edi. Umar ibn Abdulaziz butun dunyoni adolatga to‘ldirdi. Umardan oldin Ummaviylar zulm va javrda haddan oshishgan edi. Uning davrida hatto bo‘rilar ham qo‘ylarga hujum qilmay qo‘yishgan.
   Cho‘ponlardan biri uning davrida sahroda qo‘ylarini boqib yurganida uning qo‘ylariga bo‘ri hujum qilgan. Shunda: “La havla vala quvvata illa billah! Umar o‘ldi shekilli!”, degan. So‘ngra sahrodan shaharga qaytganida Umarning vafot qilganini eshitgan».

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Anna_Karenina

Lev Tolstoy, «Anna Karenina» romanidan

Levinning nazarida dunyodagi qizlarning hammasi ikki turga bo‘linadi: birinchi turi — bunga uning sevgani kirmaydi-yu, dunyodagi qizlarning hammasi kiradi va bular insonga xos zaifliklarning hammasidan xoli bo‘lmagan juda oddiy qizlardir; ikkinchi turi esa sevganining yolg‘iz o‘zi, bunda hech qanday ojizlik, kamchilik yo‘q va u insonga xos narsalardan balandda.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

IBTIDO VA NOM

Lev Tolstoy “Urush va tinchlik” romanini rus xalqining ajib bir holatini tasvirlash ila boshlaydi: Fransuzlar bilan bo‘ladigan urushga hozirlik ko‘rayotgan xalqning ziyoli qatlami asosan fransuz tilida so‘zlashadilar. Ona tillaridan uyaladilar. Fransuz tilini afzal ko‘radilar. Jonajon tilini behad suyguvchi adib bu tasvir orqali kinoya aralash, urushdan oldingi alamli holatlarga e’tiborni qaratadi: Yov eshiging ostonasidayu, sen uning tilida faxrlanib so‘zlamoqdasan, deb faryod uradi Lev Nikolayevich.
Munaqqidlar yana aytadilarki, romanning nomida ham ajoyib hikmat yashiringan. Avval urush so‘zining kelishi va u tinchlik bilan xotima topishi – hayotning azaliy maqsadlaridan biridir. Kimdir urushni maqsad qilsa, kimdir tinchlik uchun jang qiladi. Tolstoy o‘z asarlariga nom tanlashda benazir adib bo‘lgan. Oddiy, sodda, ammo botindagi barcha voqelikni o‘z ichiga oladigan nomni tanlashda hamma ham bu qadar cho‘qqini zabt eta olmagan. Shu bois ham, buyuk yozuvchining asarlarini ko‘proq mutolaa qilishni tavsiya etardim.

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Dunyoning ishlari" asari ingliz tiliga tarjima qilindi

Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari tarjimonlar Mark Ris va Abdullajon Roʻziyev tomonidan “Such is life” nomi ostida ingliz tiliga tarjima qilindi. Ma’lum qilinishicha, asar ingliz tilida 31-martdan boshlab sotuvga chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, Mark Ris oldinroq Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asarini ham ingliz tiliga tarjima qilgandi.
Ayni kunda tarjima asar mashhur Amazon platformasida sotuvga qo‘yilgan. Bundan tashqari, asar Nyu-York shahri metro bekatlarida ham reklama qilinmoqda.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ichki siyosatda, diniy sohadagi siyosatda ikki qarash kurashmoqda.

1. Inersiya. Oldingi qarash. Uzoq muddat hukmron bo‘lgan qarash: dindorlik – eng katta dushmanimiz, dindorlik darajasi oshib borsa – modern davlat qura olmaymiz, ikkinchi Afg‘oniston bo‘lamiz, yiqilamiz, yiqitilamiz, qoloq bo‘lib qolamiz, olabo‘ji bo‘lib qolamiz... Shuning uchun dindorlik darajasi bilan kurashish kerak: soqol, hijob, diniy ko‘rinish... Islomiy oshxonalar, diniy nomlar... – bularning barisiga “Zapreeeeet!!!”

2. Islohotlar ortga qaytmasligi kerak. Repressiyaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar repressiyalarga qaytsak, o‘zimizga ham noqulay bo‘ladi... Xalqaro maydonda obro‘ ketadi, sarmoya kelmaydi, hech kim qo‘l berib salomlashmay qo‘yadi... Yana yakka moxov bo‘lib qolamiz, yana qoradan qora ro‘yxatlarda bo‘lamiz...

Lekin, kichik qadamlar bilan inersiya ustun kelmoqda. Yana dindorlik darajasi bilan kurash avj olmoqda. Din va vijdon erkinligi bilan kurash boshlanmoqda... Oqibatlari baribir salbiy bo‘ladi... Davlat uchun ham, jamiyat uchun ham. Hech kim yutmaydi, millat yutqazadi, davlat yutqazadi, xalq yutqazadi.

Aslida, jamiyatning hokimiyatga ishonchini oshirish kerak edi, davlatning legitimligini mustahkamlash kerak edi. Dunyoviy davlatchilikni tushuntirish zarur edi, vijdon va din erkinligini real joriy qilish kerak edi...
Teskarisi bo‘layapti.

- Kamoliddin Rabbimov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "To’kilayotgan yaproqlar"
✍ Gabriel Garsia Markes
🔎 EPUB | Lotin

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tanlama

Kitobxonlar klubi'da 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan №193 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:

Jami: 1465 ovoz
1. To’kilayotgan yaproqlar - 339 (23%)
2. Gulliverning sayohatlari - 307 (21%)
3. Omma psixologiyasi - 302 (21%)
4. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi - 283 (19%)
5. Girdob - 234 (16%)

✅ Demak, 27-aprel kuni Kitobxonlar klubida "To’kilayotgan yaproqlar" qissasi tahlil qilinadi.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Assalomu alaykum!

Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

Buxoriy bobom

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.

Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!

Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.

Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.

Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.

Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.

Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,

Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.

Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.

Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...

Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.

Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.

Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.

Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.

Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.

Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?

Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?

Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.

Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!

Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi

«Davlat mulki degan tushunchani men uncha yaxshi tushunmayman. Faqatgina qirollikning katta muhrigina davlat ixtiyorida bo‘lishi mumkin!» [Kaxa Bendukidze]

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

O'qituvchi yoki talabamisiz 👨‍🏫

Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz 💻

Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi
😢

👉 Imkoniyatdan foydalaning

Link:@slaydqilbot

Читать полностью…

Elektron kutubxona

1000 ta hadisni o‘qib chiqqaningizdan 10 tasini hukmi va fiqhi bilan o‘rganganingiz, 10 tasini o‘rganganingizdan 1 tasini bilib amal qilganingiz xayrliroq.

Ilm olish ulkan bozorga kirib, qarzga narsalar olishga o‘xshaydi. Har bir yangi o‘rgangan narsangiz bilan go‘yoki yangi-yangi narsalarni qarzga olyapsiz. Har bir yangi narsani olishingiz bilan hayotingiz oldingidan yaxshiroq bo‘ladi. Biroq har bir o‘rgangan narsangiz sabab qarz ortib hisob kunida hisob-kitobingiz og‘irlashaveradi. Demak, olgan qarzlaringiz bahosini to‘lab borishingiz - juda muhim.

Xo‘sh, bu qarzni qanday qilib to‘laysiz?

Ilmning bahosi - unga amal qilishingiz, zakoti - uni birovlarga o‘rgatishingiz.
Bozordan iloji boricha ko‘proq narsa olib, imkoningiz boricha bahosini to‘lab borishingiz esa eng saodatli yo‘ldir.

- Mahmud Usmon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Kitob — eng yaxshi hamsuhbat

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

23-aprel — "Xalqaro kitob kuni"

Hurriyat va sog‘lom aqlga ehtiyoj mavjud ekan kitoblar ham yashayveradi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Qonli yo'rgaklar"
✍ Abdurashid Nurmurodov
⚖ 13,4 MB
🔎 PDF
📄 352 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Yaratilganlarni Yaratgan yaratgani uchun seving.

- Mavlono Rumiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan

16.04.2024

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Eryigit

Insoniyat amal qilib kelgan qoidalar buzildi. Qavmlar, dinlar, tillar o‘rtasidan farqlar ko‘tarildi. Natijada, jinslar orasida ham begonalik qolmadi.
Er erligini, xotin xotinligini unutdi.
Erlar xotinlarning ishini qilmoqda. Xotinlar erlikni da’vo etmoqdalar.
Erlardan g‘urur ko‘tarildi. Xotinlarda sharmu hayo qolmadi.
Erlar o‘z haqini talab qilishga ojiz bo‘ldilar. O‘z haqini talab qilgan qamaldi yoki o‘zini olovda yoqib yubormoqda.
Erlar xunasa singari o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotir. Suvratlarini tarmoqqa joylab, “layk” sanash bilan mashg‘ul. Erlar maydagap bo‘ldilar. Maqtanchoq va zaiftabiat bo‘ldilar.
Erlar g‘iybatga ruju qo‘ydilar. Erlarning jinsiy ehtiyojlarida ham o‘zgarishlar paydo bo‘lmoqda. Tor kiyib, bo‘yanish, o‘ziga oro berishdan erlar or etmayaptilar.
Yosh bolalarning aksari Eryigit bo‘lish tarbiyasini olmayapti. Ular xotinchalik bo‘lib ulg‘aymoqdalar.

- Akrom Malik

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So'rovnoma: O'zbek kitobxonlari qanday kitob o'qimoqda?

Ayni paytda qanday kitob o‘qiyapsiz?
Oxirgi tugatgan kitobingiz qaysi bo‘ldi?

Mutolaadan nimalarni kashf qilyapsiz?

Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "To’kilayotgan yaproqlar"
✍ Gabriel Garsia Markes
🔎 PDF | Lotin

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

O‘qish, mutolaaning foydalari

1. Vasvasa, g‘am-anduhlarni haydaydi.

2. Nohaqlikka tushishdan uzoq bo‘ladi.

3. Bekorchilardan yiroq bo‘ladi.

4. Til burro bo‘ladi, kalom mashqini oladi, ohang qilib so‘zlamaydi, balog‘at, fasohatga zeb bermaydi.

5. Aql rivojlanadi, zehn yangilanadi, xotira kuchayadi.

6. Bilimga boy bo‘lib, yodlash, tushunchasi ko‘p bo‘ladi.

7. Insonlar tajribalarini, ulug‘lar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini o‘zlashtiradi.

8. Ilmiy malakasini oshiradi, hayot haqidagi madaniy onggini oshiradi.

9. Iymoni ziyoda bo‘ladi xususan Islom dini haqidagi kitoblarni o‘qiganda. Zero, kitob eng buyuk nasihatchi, yomonliklardan qaytarguvchi va yaxshi ishlarga buyurguvchidir.

10. Zehn parishonligidan, qalb bo‘linishidan, vaqt zoe' bo‘lishidan panoh topadi.

11. So‘zni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini, jumla tushunchasini, hikmat sirlarini anglaydi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Agar podshoh aholining bog‘idan bitta olma uzsa, xizmatchilari olma daraxtini ildizi bilan sug‘uradilar".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Iqtisodiyotni siz eng zerikarli fanlardan biri deb oʻylashingiz mumkin. Lekin iqtisodiyot vaqti orqali siz iqtisodiy tushunchalarni eng sodda tilda tushunib real hayotingizda ishlata olasiz.
Kanalda siz koʻrishingiz mumkin.

Hozirgi kunda bizda avtomobil sohasida monopoliya bo'lmas edi agar..

Toshkentda uylar narxi keskin tushishi mumkinmi?

Bizning choʼntagimizdagi soʻm dollardek boʻlishi mumkin edi agar...

A'zo boʻlib qoʻyish kerak ortiqcha bilim hech qachon zarar qilmaydi.

👉 @Iqtisodiyot vaqti - iqtisodiyot biz bilan qiziq.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kamoliddin Rabbimov: Mutolaa haqida (davomi)

Men juda sekin mutolaa qilaman. Masalan, bir yo ikki xatboshini o‘qib, biroz tin olaman — o‘qiganimni o‘ylab ko‘rishim kerak. Hech narsa tushunmagan bo‘lsam, o‘sha xatboshilarni tag‘in qayta o‘qiyman. Fikr boshqa narsaga chalg‘imay kitob o‘qish uchun qunt kerak. Biror kitobni eng tez o‘qiganim ikki hafta, kamida bir hafta bo‘ladi.
Ayni vaqtda, kutubxonamda o‘qib tugatilmagan kitoblarim ko‘p — kitoblarimning orasiga qog‘oz, xatcho‘p qo‘yib o‘qiyman, qayeriga kelganimni bilib turish uchun. Bu kitoblarni har doim, har kuni ham o‘qimaysiz, lekin ular bo‘lmasa, inson nimasinidir yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ladi-da. Kerak bo‘lganida ularni varaqlab, kerakli fikrlar, xulosalarni qaytadan eslaysiz yo tasdiqlab olasiz. Kitoblar sizga mana shunday yaxshi hamrohga aylanib qoladi.
Kitobni kerakli joylariga qalam bilan chizib, yozib o‘qish odatim ham bor. Aslida konspekt olish kerak — shunda kitobdagi fikr xotirada yanada yaxshiroq qoladi. Agar uni boshqa tildan o‘zbek tiliga o‘girsangiz, yanada kuchliroq eslab qolasiz.
Mening bir nuqsonim bor — faqat ilmiy kitoblar o‘qiyman. Badiiy kitoblarni yomon ko‘rmayman, badiiy asarlar inson ma’naviy dunyosi, so‘z boyligini oshirishini ham yaxshi bilaman, avval o‘qiganman ham. Birinchidan, vaqtimni qizg‘anaman — kutubxonamda hali o‘qilmagan juda qimmatli ilmiy asarlar bor, vaqtim bo‘lsa, uni o‘sha kitoblar mutolaasiga bag‘ishlayman. Ikkinchidan, badiiy asarlarni o‘zingiz talqin qilishingiz kerak, ilmiy kitob esa sutning ustidagi yig‘ilgan qaymog‘i, unda ehtiros yo‘q, aksincha, faqat kristallashgan intellekt.
Shunday qilib, kitoblar katta jarayonlarni, katta o‘zgarishlarni eng mayda qirralari, jihatlari bilan tushuntirib beradi. Kitobning o‘rnini bosa oladigan narsa yo‘q. Aytishadi-ku, Harri Potter haqidagi filmlar hech kitobidek bo‘lmaydi, deb. Chunki inson miyasi juda ham fantaziya qila olish qobiliyatiga ega. Kinoni ma’lum bir chegarada ko‘rasiz, lekin inson miyasida chegara yo‘q. Shuning uchun kitob o‘qishga o‘rgangan miyalar mutolaadan huzurlanadi. Mislsiz huzurlanadi. (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Ahmad A'zam
📓 "Quroq"
⚙ Qissa
⚖ 0,2 MB
🔎 PDF
📄 40 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kamoliddin Rabbimov: Mutolaa haqida (davomi)

Yevropada 15 yil yashaganim uchun, menda taqqoslash imkoni bor — O‘zbekistonda bolalar kitob o‘qimaydi, umuman o‘qimaydi. Yaqinlarim, qarindoshlarim bolalarini majburlaydi, kitob o‘qisang, pul beraman deydi, rag‘batlantirmoqchi bo‘ladi, lekin baribir o‘qimaydi. Chunki bolalar jamiyatdagi o‘yin qoidasini o‘zi bilmagan holda anglaydi.
Misol uchun, Germaniya yo Amerikadagi bolalarni ko‘ring-da — uchinchi yo beshinchi sinf bolasi bir yilda 30−50 betlik kitoblardan o‘rtacha 20−30 ta o‘qiydi, ko‘p kitob o‘qiydi. Gʻarbning katta bo‘ladimi, kichik bo‘ladimi, farqi yo‘q, shaharlarining eng ko‘rkam, eng markaziy joylarida kutubxonalar quriladi. Kutubxona Gʻarb sivilizatsiyasining eng markaziy monumenti. Chunki intellektni qadrlash, ulug‘lash siyosiy Olimpning markazida turadi. Va bu kutubxonalar doim gavjum.
Bizda ham kutubxonalar mavjud — o‘zim Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga a’zo bo‘lganman. Xursand qiladigani, kutubxona gavjum, yoshlar kelyapti. Xafa qiladigani — kutubxonada joy yetishmayapti, kutubxonada o‘tirib, kitob o‘qish uchun joy topish mutlaq muammo. Bunday kutubxonalardagi bo‘sh o‘rinlar soni tashrifchilar sonidan 20 foiz ko‘proq bo‘lishi kerak. Shundan kamaydimi, yana joy qo‘shish kerak. Ammo Milliy kutubxonada 5 foizdan oshmaydi. (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Mutolaa holatidagi suratlarimizni qo‘ymasligimiz kitobyoqmas johilligimizni bildirmaydi. (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel