#Qora_oqqush
"Baxtiqaro taqrizchilar bir-biridan mutlaqo hamma narsani, hatto so‘zlarni va fikr ifofalash uslubini ham o‘g‘rilashadi".
#Keltirma
Salaflardan ayrimlari odamlarni sadaqa qilishga buyurishdan oldin o‘zlari sadaqa qilar edilar. Shunda boshqalar ham ixtiyoriy ravishda xolis sadaqa qilardilar.
Saodat asrida bir voizdan qul ozod qilish haqida mav’iza qilishni so‘rashdilar. U kishi uzoq vaqt pul yig‘ib, so‘ng bir qulni sotib oldi va uni ozod qildi. Keyin boshqalarni qul ozod etishga targ‘ib qildi. Odamlar unga ergashib ko‘pdan-ko‘p qulni ozod qildilar.
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
"Ularning fikru xayoli shaxsiy kutubxonasini kengaytirish bilan band"
📚 @e_kutubxona
"Ta'limdagi haqiqiy islohotlarning boshlanishida talabalarning suidsidi ko‘payib ketadi..."
Siz nima deb o‘ylaysiz?
📚 @e_kutubxona
✍ Erik Orsenna
📓 Qog'oz yo'li (Globallashuvga qisqacha sharh)
⚙ Adabiy-badiiy nashr
⚖ 2,5 MB
🔎 PDF
📄 260 sahifa
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Yosh_Verterning_iztiroblari
Gyote, «Yosh Verterning iztiroblari» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
Agar o‘zingiz bolaga aylanmasangiz, uning qalbiga yo‘l topolmaysiz!
Bu dunyoda kamdan-kam kishilar bir-birlarini tushunadilar.
Shu narsa aniqki, dunyoda muhabbatgina kishini aziz qiladi.
Fikr doirang shu qadar tor bo‘lganligi uchun ham hamma narsaga shunday tor nazarda qaraysan!
Beparvoroq bo‘lsang, hamma narsa yengil ko‘chadi!
Rost gap, senga o‘z bag‘rini ochgan buyuk qalbning issiq mehrini tuyishdan ham ortiqroq shodlik dunyoda bo‘lmasa kerak.
O‘z bilimini kengaytirib, uni umum manfaatiga bag‘ishlashga va kundalik hayotga shu darajada faol ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lgan kishilarni kamdan-kam uchratganman.
Mavqening mutlaqo ahamiyati yo‘qligini, yuqori mavqeni egallagan kishi kamdan-kam asosiy rolni o‘ynay olishini bu ahmoqlar nega tushunmaydilar-a?
O‘zlarining arzimas ishlariga va hatto intilishlariga dabdabali nom berib, buni inson zotining farovonligi va salomatligi yo‘lidagi ulkan ishlar, deb hisoblovchilarga ham yashash juda oson...
O‘z-o‘ziga qasd qilish rostdan ham kuchsizlik-ku, turmush azoblarini yengishdan ko‘ra, tinchgina o‘lib qo‘ya qolish oson-da, axir!
Kishi o‘z baxtini o‘zi yaratadi, degan gap naqadar to‘g‘ri...
Nega shunakaykin-a, kishiga baxt keltiruvchi narsa uning azoblariga ham yo‘l ochib beradi?
Ma’naviy sokinlik va o‘z-o‘zidan qoniqish zap ajoyib narsa-da! Bu boylik qanchalik qimmatbaho va go‘zal bo‘lgani bilan bu qadar mo‘rt bo‘lmaganida edi!
Odamdagi toqatning ham chegarasi bor. Inson quvonchni ham, dardu alamni ham ma’lum bir chegaragacha ko‘tara oladi, o‘sha chegaradan o‘tdimi, bas, u so‘zsiz halok bo‘ladi. Demak, bu yerda gap uning kuchli yoki kuchsizligi haqida emas, balki u odam o‘z azoblari me’yoriga - u ma’naviymi yoki jismoniymi, baribir bardosh bera olishi haqida boryapti.
Umr o‘tkazish uchun insonga ozgina, qabr uchun esa, undan ham ozroq yer parchasi kifoya.
Xayol - xudoning buyuk marhamati!
#Vatandoshlik_dasturi
Yuloning tarsakisi
«Jiddiy narsalarni muhokama qilib, yechimlar ishlab chiqib, amalda tadbiq etadigan insonlar qolmadi deb hisoblaydiganlar yolg‘izlikka giriftor bo‘ladi. O‘tgan faoliyatini ma’nosiz deb hisoblab, bir paytlar yangi deb qaralgan narsalar allaqachon eskirgan, quvonch yoki qayg‘uga sherik bo‘ladigan hech kim yo‘q hamda u uchun muhim bo‘lgan narsani e’tiborli deb hisoblaydigan insonni topa olmaganlar - o‘zini yolg‘iz his qiladi. Bunday vaziyatda tizimli va kompleks yondashuv bo‘lmasa, u haqiqiy yutuqlarni ko‘zlash o‘rniga, faqat ayrim detallarga va tashqi muvaffaqiyatlarga e’tibor berishni boshlaydi. Haqiqiy muhim narsalarni chetga surib, arzimas ishlar bilan shug‘ullanadi [ilm qilmaydi – lekin dissertatsiya yoqlaydi, muammoni tadqiq etmaydi – lekin ilmiy maqola yozadi]».
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №197 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Elbert Xabbardning "Garsiyaga maktub" essesi tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
👍 Qatnashaman
👀 Kuzataman
🤔 Sharoitga qarayman
Kitobxonlar klubi
#Esse
✍ Elbert Xabbard
📓 «Garsiyaga maktub»
⚙ Esse, ocherk
⚖ 0,6 MB
🔎 PDF
📄 4 sahifa
“Garsiyaga maktub” nima o'zi u? Ushbu ocherk ilk bor 1899-yil mart oyida «Philistine» jurnalida nashr etildi. Muallif - Elbert Xabbarddir. O‘sha davrda Nyu-York markaziy temiryo'l stansiyasida 1,5 mln. yaqin ushbu maqolaning nusxasi tarqatilgan. Ushbu maqola jami dunyo bo'yicha 40 mln. ortiq nusxada chop etilgan.
O‘qimasangiz bo‘lmaydi.
📚 @e_kutubxona
#Qalb_iffati
Inson xonada emas, qalbda rohatlanadi. Har ayolning xonasi uning qalbidek. Ayol qalbda boy berganlarini tashqaridan qidiradi.
- Nuriya Cheleen, «Qalb iffati»
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Menga alam qilar tilla baliqcha,
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.
(c) Abdulla Oripov
— — —
O‘sha sho‘rlikkina tilla baliqcha
Ummonga tashlandi, rohatlan, deya,
Va lekin bir joyda aylanar tinmay...
Alhol o‘zgarmadi eski saviya.
(c) Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
ILMNING HUZUR BAXSH ETISHI HIKMATI VA ILMGA BOGʻLIQ AYRIM HAQIQATLAR
Ilm huzur va lazzat manbaidir. Ilmni o‘rganish, ilm qalbga, aqlga kirib joylashayotganini his etish insonni huzurga ko‘madi. Ichidagi ilmni bilish ham insonni lazzatlantiradi, shuningdek, cheksiz ilm hududini ko‘rib, unga nisbatan ochlik va chanqoqlik tuyish ham o‘zga bir zavqni, qo‘rquv aralash ishtiyoqni tug‘diradi.
Chunki ilm insonlar uchun ma’rifat va saodat yo‘lidir. Agar biz ilmning lazzatini tuymasaydik, ilm o‘rganmasdik. Ilm o‘rganmasak, jaholatda qolib, razolatga botardik. Shu boisdan ham Parvardigor ilmni mashaqqatlar bilan o‘ralgan bir lazzat va bir huzur ekanligini bizga bildirdi. Biz esa lazzat va huzurga o‘ch qilib yaratilganmiz.
Ko‘plab insonlarni kuzatib amin bo‘ldimki, ular ilmning lazzatiga asir bo‘lib qolganlar. Holbuki, unday bo‘lmaslik kerak edi. Chunki ilm lazzat uchun emas, balki ikki alohida maqsad uchun qo‘lga kiritiladi:
1. Amal qilish, ya’ni inson ilmdan hayoti uchun dasturilamal o‘laroq qo‘llanadi, ilm bilan to‘g‘ri va xatarsiz yashaydi.
2. Ilmni o‘rgatish, ya’ni inson o‘zida hosil bo‘lgan ilmni o‘zidan keyingilarga yetkazishga mas’uldir.
Ilmning hammasi ham foyda keltirmaydi. Hamisha ham ilmning ziyodasi insonni baxtli qilmaydi. Ayrim ilmlar borki, ular insonlarga ziyon yetkazadi. Gohida ilmi oshib-toshib ketganlar ilm sababli halokatga uchrab qoladilar.
Yoshlarning hech narsani farqiga bormay hamma ilmlarni o‘rganishlari, o‘zlaridagi eruditsiya, fe’llaridagi tiyiqsiz istaklarga taslim bo‘lib turli sohalarga urinishlari besamar tugaydigan harakatdir. Chunki bu ishlar natijasida ularda na ilm hosil bo‘ladi, na hikmat. Aksincha, ayrim sohalarni chala-chulpa bilganlari qoladi, xolos. Chunki yoshlar aksar hollarda kamolot va nafs tarbiyasi uchun emas, shon-shuhrat talabida ilmga qiziqadilar.
Ilm olishning osonlashuvi uni qadrsizlantirdi. Javonlar o‘qilmagan kitoblar bilan to‘ldi. Olimlar hayot achchiqlari va mashaqqatlari bilan to‘plagan ilm javohirlari internet deb atalgan maydonga sochib yuborildi va oyoqlar ostida qolib ketdi. Ayrimlar bu javharlardan bir-ikkitasini olib jaholatlarini ziyoda qilmoqdalar. Chunki tugal bo‘lmagan ilm insonni jahli murakkabga mubtalo aylaydi. Jahli murakkab hech narsani bilmagan holda olimlikni da’vo qilish, hech kimni tan olmaslik va takabburlikka qul bo‘lmoqdir. Buning oqibati faqat nadomat bo‘lg‘ay. Alloh saqlasin!
Zaruriy va foydali ilmlarni kerakli miqdorda o‘rganish hamda ularni yo‘qotmasdan hifzda saqlab turish, amal qilish va keyingilarga yetkazish malakasi faqat komil ustozlar nazoratida erishiladigan nodir va ulug‘ saodatdir.
Robbim, bizni bu saodat bilan rizqlantir!
Akrom MALIK
📚 @e_kutubxona
#Qora_oqqush
Kitoblar kimgadir bosma shaklda kerak bo‘lib qolmagunicha raqamli shaklda qolishi mumkin.
ADABIY MAHORAT VA ADABIY AXLOQ
Adabiyotda ikki masala muhim:
Nimani yozish kerak?
Qanday yozish kerak?
Yozuvchi nimani yozishni tafakkur qamrovi, ilmi, tajribasi, e’tiqodi bilan hal qiladi.
Yozuvchining axloqi qaysi biriga moyil bo‘lsa, o‘shani ko‘proq ko‘radi va yozadi.
Ayrim "kitobxonlar"ning g‘arb adiblari tasvirlagan qora manzaraga asir bo‘lib, sharq musulmonlari zehniyatini infantil ko‘rishlari insofga to‘g‘ri kelmaydi. Bu ularning kaltabinligi dalilidir.Sizlar ismini ishtaha bilan zikr qiladigan "kazo-kazo"larning bitiklaridan ancha xabarimiz bor. Hijjalab o‘qib chiqqanmiz. Ular qaysi manzilga boshlab borishlarini ham bilganmiz. Juda borsa, sizlar kabi betoqat, takabbur qiyofaga olib kiradi. Ammo sharq musulmonlari adabiyoti insonni bag‘rikenglikka, odobga, sabrga, tahammulga chaqiradi, o‘zaro yaxshilik qilishga da’vat qiladi. Agar biror g‘arb adibi insonlar orasidagi yaxshilik qilish sifati haqida yozsa, albatta, bu biror tama’ bilan bo‘ladi, hecham xolis va samimiy bo‘lmaydi deb yozadi. Buni esa tabiiy deya oqlaydi. Sharq musulmon adibi esa yaxshilik go‘zallikdir, uni samimiy amalga oshir va unutgin deya ta’lim beradi.
Adabiy axloq nima yozish, adabiy mahorat qanday yozishdir.
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Qayrag'och soyasida"
✍ Yujin O'Nil
⚙ Drama
⚖ 2,0 MB
🔎 PDF
📄 39 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
"Odam taqlid, tanlash va ijod qilishdan iborat uch bosqichdan o‘tadi".
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
"Kitob yolg‘izga taskin, qalbga najot, hamsuhbat istaganlarga suhbat manbai, fikrovchiga rohat, yo‘lovchiga chiroq kabidir".
📚 @e_kutubxona
#10kitob
“Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” — adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldosh tavsiya qiladi:
1. Imom Buxoriy hadislari
2. Odil Yoqubov, “Koʻhna dunyo” romani
3. Abdulla Qahhor, “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi
4.. Shukur Xolmirzayev, “Dinozavr” romani
5. Luqmon Boʻrixon, “Jaziramadagi odamlar” romani
6. Nazar Eshonqul, “Goʻroʻgʻli yoxud hayot suvi” romani
7. Faxriyor, “Izlam” sheʼriy toʻplami
8. Jontemir, “Jazba” sheʼriy toʻplami
9. Javlon Jovliyev, “Qoʻrqma” romani
10. Sayim Isoq, “Qiyomatga qolmagan qasos” asari
📚 @e_kutubxona
Barcha birjalarda yetakchilikni qo‘lga kiritgan DOGSni tabriklaymiz!🔥
Ammo kuting, PIGS tezlashmoqda, tez yaqinlashmoqda va quvib o'tishga tayyor - poyga davom etmoqda...
CATS o'yinchilari 16 Milliondan oshib ketdi. Kim Listingni Kutyabdi?
PIGS DUCKS GOATS CATS PANDAS
🎯 Agar siz ham kripto olamida yangiliklardan xabardor bo'lishni va onlayn daromadni oshirishni xohlasangiz, bizning kanalimizga qo'shiling va muvaffaqiyatga qadam qo'ying!
📈 Kanalga Qo'shiling @Cryptical_uz
#Sahifalar
"Talabaning ilm o‘rganish uchun safarga chiqib, olimlar bilan uchrashishi, uning ilmi yana ham ziyoda bo‘lishi garovidir".
"Ta'lim oluvchi o‘z uyi va vatanidan uzoqda bo‘lishi yaxshi"
#Maqola
📓 «Ilohiy komediya» Ibn Sinodan ko‘chirilganmi?
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 3 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Ihyou_ulumid_din
Gavharlarni to‘ng‘izlarning bo‘yniga osmanglar
Olim kishi barcha bilgan narsalarini har kimga ham oshkor qilavermasligi lozim. Bu so‘z talaba o‘sha ilmni tushunadigan, lekin undan foydalanishga loyiq bo‘lmagan holatda tegishlidir. Endi u tushunmaydigan ilmlarni oshkor qilish qanday bo‘lar ekan?!
Iso (a.s.) shunday deganlar: «Gavharlarni to‘ng‘izlarning bo‘yniga osmanglar». Albatta, hikmat (ilm) gavhardan yaxshiroqdir. Kim uni yomon ko‘rsa, to‘ng‘izdan ham
yomonroqdir. Shuning uchun: «Har bir bandaga aqlining me’yoriga ko‘ra o‘lchab va fahmining mezoniga ko‘ra tortib ber. Toki sen uning yomonligidan salomat bo‘lasan va u ham sendan foyda oladi. Aks holda me’yorlar turlicha bo‘lgani uchun inkor paydo bo‘ladi», deyilgan.
- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
"Axlatga belanib yotgan kimsa sulton qiziga sovchi qo‘ya oladimi?"
📚 @e_kutubxona