e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Abdulhamid

«Sotsializm oʻz koinotini materiyaning qonunlariga koʻra qurishni xohlamoqda. Fikrimcha, bu texnik jihatdan toʻgʻri koʻrinsa ham, biroq nazariy jihatdan ojizona bir qarashdir. Xalq jamiyatini tashkil etgan, yashattirgan hamda rivojlantirgan yanada yashirin, yanada ta'sirli qonuniyatlar borligini o'ylayapman. Qisqasi, ma'lum bir jamiyatning tarixi uning tangrisini qidirish bilan boshlaydi va davom etadi. Aks holda, poydevorsiz hamda chirigan bir jamiyat paydo bo'ladi. Birinchi boʻrondayoq tarqalib, yakson boʻlib ketajak. Shu boisdan ham mening koinotim sotsialist qolsin, faqat yanada materiyasiz boʻlishini istayman. Yolg'on yoki haqiqat boʻlishi esa men qanchalik ishonganimga bogʻliq - qolgani uncha muhim emas».

- Okay Tiryako‘g‘li: "Abdulhamid — So‘nggi hukmdor"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Kitobdan_keltirma

«Qozi: Birodar, yaxshi bilasiz, xalqimizning fikr doirasi taraqqiy etmagan, ular bu ishlarning mohiyatini tushunmaydilar. Tafakkuri yuksak bo‘lmagan kishilar qo‘ylarga o‘xshaydilar, har xususida cho‘ponga tobedirlar va o‘z buyuklarining payravidirlar.

Men shunga ham iqror bo‘lib aytamanki, biz buyuklar ham umrimizning aqalli bir daqiqasini xalqimiz osoyishtaligi va saodati yo‘lida sarf etganimizcha yo‘q. Xalqning tinchligi, mamlakatning obodligi kabi masalalar birontamizning xayolimizga kelgan emas. Har bir hokim o‘zini uch tomonning vakillari tanishini istaydi: birinchi — mamlakat, ikkinchi — raiyat, uchinchi — podshoh. Chunki, hokimiyat vatan va millat vujudi bilan bog‘liqdir.
Agar millat mahv etilib, vatan xarob bo‘lsa, na biz hokim bo‘lamiz, na podshoh. To‘g‘ri, bizni amir hazratlari hokim etib tayinlaganlar. Lekin qayerda? Shahrisabzda. Agar Shahrisabz va bu joyning xalqi bo‘lmasa, bizning hokimligimiz xuddi go‘ristonga oqsoqol bo‘lishdek ma’nosiz va kulgili bo‘lar edi. Biz buxoroliklar, bir shaharda hokim bo‘ldik deguncha, mamlakat va xalq huquqini butunlay esdan chiqaramiz. Hatto xudoni ham unutamiz. Vaqtimizni podshohni shod etish yo‘lida sarf etamiz. Qiziq joyi shundaki, bunga ham tuzuk-quruq erisholmaymiz.
Podshohlar qanchalik toshbag‘ir bo‘lishmasin, mamlakatning vayronaligi va xalqning bechoraligiga chidasholmaydi. Shohimizning adolatparvarlik, raiyatdo‘stlik va xalqparvarlikda naziri yo‘qdir. Imonim komilki, u zot hamisha millatning tinchligi, vatanning obodligi bilan shug‘ullanadilar, biroq shu ham aniqki, bir kishining donishmandligi va adolatparvarligi to‘rt million kishilik elga ta’sir etishi qiyin. To‘g‘ri, amirimiz odillar, biroq xizmatchilarining ko‘pchiligi adolat ko‘chasidan o‘tmagan. Shuning uchun, mamlakatimiz haligacha obod bo‘lmaydi va aminmizki, agar shu hol davom etsa, bir umr obod bo‘lmas».

- Fitrat. «Hind sayyohi qissasi»dan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

«Hind sayyohi qissasi»dan hissalar

Asar asli tojik tilida yozilib, 1912-yili Istanbulda chop etilgan.
O’zbek tilida ilk bor Hasan Qudratullaev tarjimasida 1991-yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilgan.
Asarda muallif Buxoroga tashrif buyurgan hind sayyohining hikoyasi orqali o‘sha davrdagi Buxoro xonligidagi birqancha muammolarni shafqatsiz fosh etadi va ularga yechim izlaydi.
Hind sayyohi duch kelgan muammolar:
– Shahar darvozasi yopilgandan so‘ng armanilar va yahudiylar, hatto bir armanining itiga ochilgan darvoza oddiy musulmonlar uchun ochilmaydi.
– Shaharda aravakashlar, foytunkashlarning o‘zaro dahanaki urushiga duch keladi. Hech kim ularga e’tibor qilmaydi.
– Sayyoh Buxoro hovuzlarining ichimlik suvi sifatida foydalanib bo‘lmasligini isbotlab beradi.
– Sayyoh Bahouddin Naqshband mozoridagi xurofotlar, shirkka olib boruvchi xatti-harakatlardan ranjiydi.
– Sayyohning shahar markazida Lut qavmi razolatidan bahramand bo‘layotgan erkaklardan ko‘ngli ayniydi.
– Buxorodagi ta’lim sistemasiga ajratilgan vaqf mablag‘lari keragidan ortiq, ilm olish uchun madrasa, kutubxonalar, maktablar yetarli-yu, lekin nega ilm yo‘q? Nega 400 olimga beshik bo‘lgan Buxoroda loaqal Qur’oni karimning bir oyatini tuzuk-quruq tafsir eta oladigan olim topilmasa? Vaqf mablag‘lari qachongacha bir guruh mansabdorlarning jig‘ildoniga kiradi?
– Sarbozlik (askarlik) muddati Buxoroda chegaralanmagan. Sarbozlik jinoyatga jazo turidir. Kim jinoyat qilsa uni umrboz sarbozlikka mahkum qiladilar.
– Butun boshli Buxoroi sharifdan bironta ham oliy ma’lumotli tabib topilmaydi. Tabiblar esa ikki yuz yil oldin qo‘llangan usullardan foydalanadi. Rus tabibi faoliyatini esa kofir deya bir pulga ilmaydilar. Ba’zi tumanlarida do‘xtur kimligini ham bilishmaydi.
– Shaharda sanitariya-gigienaga amal qilinmaydi. Aslida esa Islom poklikka chaqiradi.
– Hind sayyohi Buxoro muzofotiga tegishli Qarshi shahriga sayohat qiladi. U yerdagi to‘quvchilik hunariga yangi texnologiya kiritish lozimligini ta’kidlaydi. aks holda bu hunardan kelajakka hech narsa qolmasligidan qayg‘uradi.
– Buxoro dehqonchiligi ham o‘ta qoloq. Haligacha Odam Ato zamonidan qolgan qurollar ila dehqonchilik yuritishadi.
– Buxoro qozilarining ham qilmagan makrlari, shariatni pesh qilib, omi xalqning pulini jig‘ildonlariga urayotganliklaridan sayyoh hayratga tushadi. Ezilgan xalq qoziga to‘laydigan pulni qaerdan oladi? Sudxo‘rdan…
– Buxoro tujjorligida ham bir qancha muammolarni sanab bergan sayyoh, qanday qilib, muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ham aytib beradi.
Fitrat hind sayyohi orqali o‘z tilidan ham moddiy, ham ma’naviy qashshoqlashib qolgan jamiyat holidan xabar berar ekan, ushbu xulosani asar qahramoni tilidan so‘zlaydi:
«Ilohiy qonun budir: modomiki biron bir qavm o‘zining ishlarini Olloh farmoyishi asosida olib bormas ekan, o‘zining shaxsiy hayotini sharaf, saodat va farog‘at, buyuklik bilan hamqadam bilib o‘tkazmas ekan, tinchlik va osoyishtalik niyatlarini yo‘qqa chiqarishga intilib, kibr va g‘urur vodiysiga qadam qo‘yar ekan, chin haq va adolat yo‘lidan chiqar ekan, o‘sha zahotiyoq shon-sharaflari yer bilan yakson bo‘lib, osoyishtaliklari zahmatga, buyukliklari esa xorlikka aylanishi muqarrardir!..»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Olim_odam_va_olam

Gʻarb kirdikorlarini bilishimiz, ulardan afzal bo‘lishimiz uchun yetarli emas.

• Dunyo siyosatdonlari o‘rmondagi maymunlarga o‘xshashadi. Urushib qolishsa, ekinzorni payhon qilishadi. Kelishib qolganlarida esa, hosilni yeb qo‘yishadi. (Jorj Oruell)

• Hodisalarning doimo ikki xil talqini bo‘ladi. Rost talqin va hukumatning talqini.
(Murid Barg‘usiy)

Odamlar och qolib, men to‘q bo‘lsam, qanday ham yomon hokimman! (Umar ibn Xattob roziyallohu anhu)

Ratsional g‘arbona tafakkur ilm nomi bilan hamma narsadan muqaddaslikni yo‘q qildi. (Abdulvahhob Masiriy)

Hukumatlar xalqlarning suratidir. (Shayx Muhammad Gʻazzoliy)

Oldinlari urush tufayli qurol-yarog‘ yasalardi. Hozir esa qurol tufayli urushlar «yasalyapti». (Arundati Ray)

O‘g‘irlik qilma! Hukumat raqobatchilarni yoqtirmaydi. (Paulo Koelo)

Harakatda bo‘lmaganlargina oyoqlaridagi kishanlarni sezmaydilar. (Roza Lyuksemburg)

• Ko‘pchilik hokimiyat atrofida aylanadi ozchilik esa Vatan atrofida. (Mahatma Gandi)

Bizga darveshning xirqasini kiydirib, bu din, deyishdi. Buzuqlikka g‘arq etib, bu san’at, deyishdi. Dinsizlikni o‘rgatib, ilm mana shu, deyishdi. Tabaqalar kurashi bilan bo‘lib tashlab, bu ijtimoiy adolat, deyishdi. (Mustafo Mahmud)

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan nuktalar

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📖 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5


Madina Urinova:
1. "Jinoyat va jazo" Fyodor Dostoyevskiy
2. "Zadusht tavallosi" Fridrix Nitssche
3. "G'azab shingillari" Jon Steynbek
4. "Vabo" Alber Kamyu
5. "Biz" Yevgeniy Zamyatin

Munira Hamroyeva:
1. "Usta va Margarita"
2. "Halqa"
3. "Saodat asri qissalari" (2-4)
4. "Uch og‘ayni"
5. "Qizil va qora"

Fazoda To‘xliyeva:
1. Ajib yangi dunyo (Haksli)
2. Masnaviy terapiya (Nevzat Tarxan)
3. Ozodlikdan qochish (Fromm)
4. Begona (Kamyu)
5. Usta va Margarita (Bulgakov)

Abdujalil Xojimatov:
1. "Fikr yurituvchilar uchun Islom bo‘yicha qo‘llanma" - Shahzoda G‘oziy ibn Muhammad ibn Talol
2. "Ihyoyi ulumid din" - Abu Xomid G‘azzoliy
3. "Ikki eshik orasi" - O‘tkir Hoshimov
4. "Hazrat Umar" - Ahmad Lutfiy Qozonchi
5. "Jinoyat va jazo" Fyodor Dostoyevskiy

Sharobiddin Oxunjonov:
1. Lolazor.
2. Telba.
3. Asrga tatigulik kun.
4. Buzrukning kuzi.
5. Oʻlik jonlar.

Dilnura Yuldosheva
1. "Ozodlikdan qochish". Erix Fromm
2. "Dorian Greyning portreti". Oskar Uayld
3. "Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi". Piter Hopkirk
4. "To‘rtinchi sanoat inqilobi". Klaus Shvab
5. "Begona", "Vabo". Alber Kamyu

Gulnoza Ravshan qizi:
1. "Anna Karenina"
2. "Telba"
3. "Tasavvuf haqida tasavvur"
4. "Atom odatlar"
5. "Omma psixologiyasi"

• Dilfuza Abdullayeva:
1. Dorian Grey portreti - Oskar Uayld
2. O'lik jonlar - Gogol
3. 12 stul; Oltin buzoq - Ilya Ilf, Petrov
4. Lolazor - Murod Muhammad Do'st
5. Jeyn Eyr - Sharlotta Bronte


Shuningdek, o‘qing:
2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitob chellenj — 2023

Ikki yil avval "Kitob chellenj" loyihasini sinov tariqasida yo‘lga qo‘ygan edik. Unga ko‘ra kitobxonlar har oy yakunida o‘zlari o‘qigan kitoblarning nomi, soni va undan olgan xulosalarini hisobot tarzida berib borishlari kerak edi. Ana shu loyihaning ikkinchi mavsumi yakunlandi va uchinchi mavsum uchun qabul boshlanmoqda:

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📖 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5


Madina Urinova:
1. "Lissabondagi tun" Erix Mariya Remark
2. "Yolg'onlar shahri" Ramita Navai
3. "Ajib yangi dunyo" Oldos Haksli
4. "So'nggi orol" Zulfu Livaneli
5. "Martin Iden" Jek London

Gulobod Nuraliyeva:
1. "Otamdan qolgan dalalar"- Tog'ay Murod
2. "Hamlet"- U.Shekspir
3. "Usta va Margarita"- M.Bulgakov
4. "Galatepaga qaytish"- M.M.Do'st
5. "O'tkan kunlar"- A.Qodiriy

Aziz Samiyev:
1. "Jinoyat va jazo"- Dostoyevskiy
2. "1984" - Jorj Oruell
3. "Ajib yangi dunyo" - Oldos Haksli
4. "Begona" - Kamyu
5. "Oshkora qotillik qissasi", "So'nggi orol", "Revizor"

Munira Hamroyeva:
1. "Men bolamni urmayman" - Xadicha Kubro Tongar
2. "Morrining seshanba darslari"- Mich Elbom
3. "Ilohiy komediya" - Dante
4. "Martin Iden" - Jek London

Fazoda To‘xliyeva:
1. Faust (Gyote)
2. Ichindagi ichindadur (Rumiy)
3. 1984 (Oruell)
4. G'arbiy frontda o'zgarish yo'q (Remark)
5. So'na (Voynich)

Shalola Safartosheva:
1. "Qalblardan so'rang" - Abdulqodir Samarqandiy
2. "Kassandra tamğasi"- Chingiz Aytmatov
3. "Olim yetishtirgan onalar" - Murat Tosun

Abdujalil Xojimatov:
1. "Ilm olish sirlari" - Imom Zarnujiy
2. "Ro'yo yoxud G'ulistonga safar" - Ahmad Azam
3. "Baxtiyor oila" -Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
4. "Alvido, Vatan" - A'zam Hoshimiy
5. "Halol nimayu harom nima" - Tohir Malik

Sharobiddin Oxunjonov:
1. "Jinoyat va jazo" - Dostoyevskiy
2. "Farengeyt boʻyicha 451°" - Bredberi
3. "Usta va Margarita" - Bulgakov
4. "Anna Karenina" - Tolstoy
5. "Uch ogʻayni"- Remark

Dilnura Yuldosheva
1. "O‘zbekiston tavalludi". Adib Xolid
2. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari.." Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson
3. "Lolazor". Murod Muhammad Do'st
4. "Omma psixalogiyasi". Gustav Lebon
5. "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar". Erkin A‘zam

Gulnoza Ravshan qizi:
1."Usta va Margarita" - Bulgakov
2."Martin Iden" - Jek Londom
3."Otamdan qolgan dalalar" - Tog‘ay Murod
4."Jinoyat va jazo" - Dostoyevskiy
5."Asrni qaritgan kun" - Chingiz Aytmatov

Muhayyo Inomiddinova:
1. "Alvon yelkanlar" - Aleksandr Grin
2. "O'gay ona" - Qozonchi
3. "Oybegim mening" - Zarifa Saidnosirova
3. "Kecha va kunduz." - Cho‘lpon
4. "Alvido vatan" - A'zam Hoshimiy

• Dilfuza Abdullayeva:
1. "Halqa" - Akrom Malik
2. "Lison ut tayr" - Navoiy
3. "Hamal" - Emil Zolya
4. "Eljernonga atalgan gullar" - Daniel Kiz
5. "Farengeyt bo'yicha 451°" - Rey Bredberi

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Assalomu alaykum!

Kitobxonlarga har oylik mutolaa uchun kitob tavsiyasini berib bormoqchimiz. Kitoblar sakkiz xil yo‘nalishda, o‘zbek tilida mavjud va o‘z toifasida eng saralaridan bo‘ladi.

Shu tariqa tavsiya qilingan kitoblar soni 12 oyda jami 96 ta bo‘ladi. Birgalikda 96 kitob!

O‘qing va o‘zgaring!

Heshteg: #Oy_tavsiyalari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yil_nashrlari

"Azon kitoblari" nashriyoti tomonidan 2022-yilda chiqarilgan yangi nashrlar ro‘yxati:

• "Bu ummatning qizi"
• "Tun zulmatidagi nur"
• "Odob ahloqqa doir 40 hadis"
• "Oshnolar va tashnalar"
• "Elous Sunan" (1,2,3,4-juzlar)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yil_nashrlari

«Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» nashriyotlarining 2022-yilda kitobxonlarga tuhfa etgan barcha asarlari ro'yxati.

Ushbu ro'yxatdagi aksar kitoblar yangi nashrlar hisoblanadi.

✅ Bolalar adabiyoti:
Abdumurod Tilavov, «Farzandingiz maktabga tayyormi?
Roald Dal, «Matilda»
Janni Rodari, «Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida» (yangi muqova)
Ivan Krilov, «Oqqush, cho'rtanbaliq va qisqichbaqa» (suratli)
Anton Chexov, «Kashtanka» (suratli)
Ivan Turgenev, «Mumu» (suratli)
Hayati Bije, «Yassaviy bobodan hikoyalar»
Sara Gurbuz O'zgeren, «Kichik suv tomchisining dunyoga sayohati»
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Genry Gilbert. Robin Gud
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Charlz Dikkens. Oliver Tvist
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Daniel Defo. Robinzon Kruzo
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Artur Konan Doyl. Alvon rangli etyud
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Artur Konan Doyl. Chipor tasma
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Artur Konan Doyl. Moviy karbunkul
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Artur Konan Doyl. Bogemiyadagi mojaro
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Artur Konan Doyl. Reyget jumbog'i
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Uilyam Shekspir. Xatolar komediyasi
Ixchamlashtirilgan (uz/eng). Uilyam Shekspir. Romeo va Julyetta

Jahon adabiyoti:
Seriya. E.Xeminguey, «Quyosh baribir chiqaveradi»
Seriya. E.Xeminguey, «Chol va dengiz»
Seriya. E.Xeminguey, «Alvido, qurol»
Seriya. Aleksandr Dyuma, «Ikki Diana»
Seriya. Gustav Flober, «Bovari xonim»
Seriya. Sharlotta Bronte, «Jeyn Eyr»
Seriya. Yohann Volfgang Gyote, «Faust»
Seriya. Yohann Volfgang Gyote, «G'arb-u Sharq devoni»
Jek London, «Martin Iden» (yangi muqova)
Erix Mariya Remark, «Jannatdagi soyalar»
Malala Yusufzoy, «Men Malalaman» (yangi muqova)
Lev Tolstoy, «Hazrati Muhammad (s.a.v.) o‘gitlari»
Mixail Bulgakov, «Xosiyatsiz tuxumlar»
Mixail Bulgakov, «Yosh vrach kundaligi»
Jeyms Hedli Cheyz, «Venetsiya missiyasi»
Agata Kristi, «Sharqiy ekspressdagi qotillik»
Jeyms Patterson & Marshall Kerp, «Qo'lingdan kelsa, mahv et»
Herbert Uells, «Vaqt mashinasi»
Aleksandr Belyayev, «Professor Douelning boshi»
Dafna Dyu Morye, «Rebekka»
Dafna Dyu Morye, «Reychel»
Frederik Dar, «Ikki ayolga bir mahbub»
Tayyorlovchi R.Jabborov, «Ayol qismatidan qissalar»
Rasul Hamzatov, «Buyuk tuyg'u»
Najib Mahfuz, «Tungi suhbat»
Zeus Kabadayi, «Meni yolg'iz qoldirma»

Nobadiiy adabiyotlar:
Yan Parandovskiy, «So‘z kimyosi»
Mortimer Adler, «Kitoblar qanday o'qiladi»
Erik Bern, «Odamlar o'ynaydigan o'yinlar
Nevzat Tarxan, «Masnaviy terapiya»

O'zbek adabiyoti:
Ibrohim G‘afurovning 8 jildlik asarlar to'plami
Xurshid Do'stmuhammad, «O'yin»
Ulug'bek Hamdam. «Bizdan rozi bo'ling, ota»
Nabijon Boqiy, «Qizil toshbo'ron»
Ismoil Shomurodov, «Qamal»
Shahlo Hoshimova, «Shisha qolip»
Abduqayum Yo'ldoshev, «Mashaqqatlar osha yulduzlar sari»
Komil Sindarov 10 jildlik asarlar to'plami (yangi muqova)
Sherzod Ortiqov, «Dunyoni qutqarmagan go'zallik»
Abbos Said, «Qazoi qadar»
Rahima Shomansurova, «Millat qiziga»

Sharq adabiyoti, tarixiy asarlar:
Shayx Fariduddin Attor, «Mantiq ut-tayr»
Shayx Fariduddin Attor, «Ilohiynoma»
Ali Ibrohim Akram, «Xolid ibn al-Valid»
Jurji Zaydon, «Horun ar-Rashidning so'nggi vasiyati»
To'plovchi Go'zal Mirzayeva, «Mavlonodan qalbga malham hikmatlar»

Oila, farzand tarbiyasi, ma'rifiy:
Xadicha Kubro Tongar, «Men bolamni urmayman»
Xadicha Kubro Tongar, «Nikohimni asray olaman»
Xadicha Kubro Tongar, «Bolalarimiz bilan tortishmaylik»
Xadicha Kubro Tongar, «Ahil va inoq farzandlar tarbiyalash san'ati»
Mo'min Sekman & Dr. Bahar Erish, «Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar»
Adem Gunesh, «Jazosiz tarbiya»
Ali Chakirili, «Men bilan o'ynaysizmi, ona»
Veysi Cheri, «Munosib ota-ona bo'lmoq – saodat»
Sheniz Yujel, «Baxt – Allohga ishonmoqdir»
Ahmet Bulut, Ahmet Akin, «Uyimiz jannatga aylansin»

O'quv-qo'llanma:
R.O'rinov, S.Xolmonova, «Ona til: mukammal testlar to'plami»
Feruza Quvonova, «Kitobxon kundaligi»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​#Kuchsizlar_kuchi

Xo‘sh, biz diktaturani qanday tushunamiz?
Aytardimki, diktaturani an’anaviy anglashda – jamiyatning zulmkor
guruhlar tomonidan zo‘rlik orqali egallanishi, ijtimoiy ma’noda esa – ma’lum bir to‘da manfaatlari yo‘lida jamiyat a’zolarini osonlik bilan manqurtlashtirish nazarda tutiladi.


— Vatslav Gavel. "Kuchsizlar kuchi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Raqamlar so‘zlaganda

2022-yil yakunlari bo‘yicha @e_kutubxona faoliyatiga sonli nazar.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №166 muhokama uchun Rey Bredberining "Farengeyt bo‘yicha 451 daraja" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan 2 nafar ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 24-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №165 muhokama uchun Chingiz Aytmatovning "Oxirzamon nishonalari" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 10-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi: Dekabr oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati

№165 | 10.12.2022 | 20.00 ~ 23.00
🏆 Chingiz Aytmatov. "Oxirzamon nishonalari"

№166 | 24.12.2022 | 20.00 ~ 23.00
🏆 Rey Bredberi. "Farengeyt bo‘yicha 451 daraja"

——————————————————
🏆- Tanlovli muhokama
——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.

👉 2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Olim_odam_va_olam

Fikriy axlatlar ko‘cha axlatlaridan ko‘ra anchagina xatarli bo‘ladi.

Botilda ayrim haqning topilishi, botilni haqqa aylantirmaydi. (Rofi’iy)

O‘qimaydigan millat ajalidan oldin o‘ladi. (Molik bin Nabiy)

Inson bilmasligini his qilishi ham ma’rifatning bir navidir. (Ibn Xaldun)

Agar bilmagan sukut etganda, odamlar o‘rtasida xilof kam bo‘lardi. (Imom Gʻazzoliy)

Mantiq va aqlning o‘zigagina taslim bo‘lish insondagi eng go‘zal narsalar: ruh, vijdon va qalbni batamom sug‘urib tashlashdir. (Doktor Mustafo Mahmud)

Ilming ko‘paygani sari inkoring kamayadi. (Imom Shofe’iy rahimahulloh)

O‘rta Sharq ta’limga e’tibor qilmadi. Mana endi shuning haqini to‘lamoqda. (Viktor Shay)

Boshqa olam borligiga iymon keltiramiz. Lekin boshqa fikr borligiga hech iymon keltirolmaymizda... (Jalol Omir)

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan nuktalar (2)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Millatimiz erkinlikni ko‘tara olmaydimi?

“O‘zbek xalqi ming yillik tarixga va boshqa xalqlar taraqqiyoti ham ta’sir ko‘rsata olgan madaniyatga ega. Erkinlikni ko‘tara olmaydi deyish, o‘zbek xalqiga tuhmatdan bo‘lak narsa emas. Shunchaki biz uzoq yillar istilo ostida, avtokrat siyosat bosimi ostida yashadik. Aqlli, ongli va bilimli yetakchilarimiz yo‘q qilindi. O‘zgacha fikrlaydigan, millati uchun qayg‘uradigan millatimiz ziyolilarini surgun qilib yoki qamab, oradan olib tashlandi. Endi erkinlik berilganida bo‘layotgan ayrim tasodifiy holatlarni butun xalqqa yorliq o‘laroq yopishtirish - do‘stning ishi emas.

Shunchaki hozir xalqimiz demokratik va erkin hayotga ko‘nikish bosqichida. Avtokratiya va diktaturaga moyillikni butun millatga tatbiq etib bo‘lmaydi. Osiyodagi ko‘pgina xalqlar, aytaylik Yaponiya xalqi ham avtokratiyaga moyil desak bo‘ladi. Lekin ular tuzgan demokratik tuzumga, ularning rivojlangan iqtisodiyoti va ilm-faniga, xalqining farovon va madaniy turmushiga bir qarang! Yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu yerda har 2-3 yilda sobiq prezident yoki yirik biznesmenlarini sudlab, qamab turishadi.

Lekin ular ham taraqqiyot va madaniyatda rivojlangan G‘arb davlatlaridan kam joyi yo‘q. Yoki fashistlar Germaniyasini eslang. Deyarli butun xalq propaganda ta’siri ostida diktaturani va millatchilikni yoqladi. Ammo hozirgi Germaniyani bir ko‘ring!.. Demak biror xalqni demokratiyaga moyil yoki moyil emas, falonchi tuzumga munosib yoki munosib emas, deb bo‘lmaydi. Agar qonunlar ustuvor bo‘lsa, adolatli va xalqparvar tuzum bo‘lsa, xalq o‘shanga darrov ko‘nikadi. O‘zini shu tuzumga munosib tuta boshlaydi".

- Hamid Sodiq, siyosatshunos

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#KITOB

Jamiyat a’zolari yuksalmasa, jamiyat ham yuksalmaydi. Jamiyat a’zolari yuksalishi uchun ularning aqllari yuksalishi lozim. Aql esa faqat kitob mutolaasi bilangina yuksaladi.

- “Hikmatlar chashmasi”dan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

MUTOLAA

Mutolaa o‘quvchi va o‘qituvchini birinchi navbatdagi zaruriy ishidir. O‘qituvchi maktabda ta’lim beradigan narsalarga cheklanib, bilimini chuqurlashtirish, ilmini oshirish uchun mutolaa qilmas ekan karvondan ortda qolib ketadi. O‘quvchilar orasida darsini yodlab oladigan bo‘ladi. Mutolaa tabiblar uchun, aniqlangan kasalliklarni, davolash yo‘llarida uchraydigan narsalarni va yangi dorilarni bilish uchun zaruriydir. Din peshvosiga dunyoda sodir bo‘ladigan narsalarda Allohning hukmi qanday bo‘lishini bilish uchun zaruriydir. Dunyo olimlariga dini hukmlari va sir-asrorlarini bilish uchun zaruriydir. Biror yurt taraqqiyoti darajasini bilishni istasak, unda sotilayotgan kitoblar soniga qaraylik.

- Shayx Ali Tantoviy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qalblardan_soʻrang

Mas’uliyat

   Urva ibn Muhammad rahimahulloh Yamanga voliy bo‘lganida bitta tuya minib bordi. Diyor ahliga: "Xaloyiq! Men bitta ulov bilan keldim. Shundan boshqa narsa bilan chiqsam, demak, o‘g‘riman", dedi.
   Urva Yamanda yigirma yil voliylik qildi. Chiqib ketayotganida bitta ulov, bitta qilich va mus'hafi bor edi. Mana, nima uchun salaflarimizni ko‘p eslaymiz! Bizda esa oldin burnini oqizib keladi, keyin esa chet el banklaridagi hisoblari bilan qaytib ketishadi.

- Abdulqodir Samarqandiy. "Qalblardan so‘rang"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

KITOB

Farzandlarimiz kompyuterning klavushlarini ko‘zlarini yumib bosadigan darajaga yetganlarida ham, Qodiriyning "O‘tkan kunlar"ini o‘qimagan bo‘lsalar ularning salohiyati butun bo‘lishiga ishonmayman. Chunki, kitob insoniy kashfiyot emas, balki ilohiy bir ne'matdir. Internet va kompyuter odamlar tomonidan kashf etilayotgan yangi bir bosqichlar, xolos. Kitob esa asrlarni yelkasida ko‘tarib kelmoqda.

- Xayrulla Hamidov

@e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Oy_tavsiyalari
Yanvar oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
📓 "Ilm olish sirlari" (Imom Zarnujiy)

• Jahon adabiyoti:
📓 "1984" (Jorj Oruell)

O‘zbek adabiyoti:
📓 "Otamdan qolgan dalalar" (Tog‘ay Murod)

• Biografik:
📓 "Mening hayotim" (Genri Ford)

• Shaxsiy rivojlanish:
📓 "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi" (Stiven Kovi)

Mumtoz:
📓 "Ichindagi ichindadur" (Jaloliddin Rumiy)

• Tarix:
📓 "Turkiston qayg‘usi" (Alixonto‘ra Sog‘uniy)

• Ilmiy-ommabop:
📓 "Kuchsizlar kuchi" (Vatslav Gavel)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yil_nashrlari

"Misbah" nashriyoti tomonidan 2022-yilda chiqarilgan kitoblar ro‘yxati:

• "Yolvoraman, xiyonat qilma"
• "Tanishishni unutibmiz"
• "Murosayu madora"
• "Aysel"
• "Mahramiyat tarbiyasi"
• "57-polk. Falastin"
• "Fesleyen"
• "Alifdek sevmoq"
• "Oshiq ham boʻlmaylikmi?"
• "Ey o'g'il, o'zingdek bo'l..."
• "Mervin" (to'plam)
• "Hukmdorim"
• "Muqaddas azob"
• "Xayrlisi"
• "Mening ismim Sano"
• "Andalus Fotihlari"
• "Darslar oramizni buzolmaydi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qalblardan_soʻrang

Millat dardi

Berndagi restoranda nemis va yahudiy millatiga mansub yigitlar o‘tirishardi. Gazeta sotib yurgan yigitcha yaqinlashganda yahudiy uni chaqirib Isroilda chop etiladigan gazetani sotib oldi. “Ibroniychani bilmaysan-ku, gazetani nega sotib olding?" ajablandi nemis do‘sti. Yahudiy yigit aytdi: "Ha, afsuski, ona tilimni bilmayman. Bundan uyalaman. Lekin qo‘limdagi gazeta Vatanimdan chiqadi. Uni sotib olish bilan u yerdagi millatdoshlarimga yordam bergan bo‘laman".
Qani endi biz ham o‘z foydamiz qobig‘idan tashqariga chiqib, millat manfaatini o‘ylaydigan holga yetsak...

- Abdulqodir Samarqandiy. "Qalblardan so‘rang"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma #Yoqimli_tafakkur

- "Islom hazorasi (sivilizatsiyasi)" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Olim_odam_va_olam

Koʻngilocharlik strategiyasi jamiyatlarni boshqarishdagi asosiy unsur sanaladi. U omma fikrini siyosiy va iqtisodiy elita qaror bergan muhim oʻzgarishlardan burib yuborishda namoyon boʻladi. Buni koʻngilochar ishlar va yengil-yelpi axborotlar oʻqini tinimsiz yogʻdirish orqali amalga oshiriladi. - Avraam Noam Chomski, amerikalik faylasuf

- «Olim, odam va olam» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nima o‘qiymiz? Iqtisodchi Otabek Bakirov tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettirmoqda. Loyihada eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasi taqdim etilmoqda.

Loyihaning navbatdagi mehmoni — iqtisodchi Otabek Bakirov. U quyidagi kitoblarni tavsiya qildi:

Yoshlar (18−30 yosh orasidagi yigit-qizlar) o‘qishi tavsiya etiladigan 10 kitob.
Tavsiya etish mumkin bo‘lgan va o‘qiladigan adabiyotlar tinimsiz o‘zgarib turadi. Bu kayfiyatga va atrofga judayam bog‘liq. Hozirgi kayfiyatimga qarab keng ommaga tavsiya etadigan badiiy adabiyotlar o‘ntaligi quyidagilar, ularni muhim va qiziqligi bo‘yicha raqamlamayman:

• Abdulhamid Cho‘lpon — «Kecha va kunduz»;
• Murod Muhammad Do‘st — «Lolazor»;
• Mirzakalon Jo‘rayev — «Majnun»;
• Erkin A’zam — «Shovqin»;
• Boris Pasternak — «Doktor Jivago»;
• Mixail Bulgakov — «Morfiy»;
• Aleksandr Soljenisin — «Gulag arxipelagi»;
• Gabriel Garsia Markes — «Mustabidning kuzi»;
• Alber Kamyu — «Vabo»;
• Teodor Drayzer — «Finansist».

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fantom_ogʼrigʼi

BUGʻGA AYLANGAN ONALAR

Industriya davrida ilk qurilgan fabrika soska, rezina emizik fabrikasi edi. Insonlarning axloqiy, diniy qiymatlarini qo‘lidan tortib olish uchun, hech ovoz chiqarmasligi uchun unga go‘zal ism qo‘yiladi. Chunki ismi go‘zal bo‘lgan hamma narsa jozibali bo‘ladi.
Musulmon o‘lkalarni toru mor qilib nomini «Arab bahori» deb qo‘ygani kabi. Yoki ayollarni oiladan yulib olib, industriya bahoriga olib kirishgani kabi. Industuriyaning old safiga ayollarni qo‘yishmagan edimi? Ayollar ishlasin, ammo bola ham tug‘sin. Bolalarni sistemaning o‘zi so‘rg‘ich, emizik bilan katta qilib oladi. Shuning uchun ham ilk qurilgan fabrika emizik fabrikasi edi. Ona sevgisini ololmagan bolalar psixiatrlardan dori oladi. Sistema onalarning qulog‘iga pichirlar edi: «Ishla, qarz ol, mashina ol, taqsit to‘la va sendan ololmagan sevgini unutishi uchun bolalaringga qimmatbaho sovg‘alar ol».
O‘tgan yili xalqaro radiolarning birida O‘zbekiston haqida bir xabar o‘qigan edim. Kattaqo‘rg‘onda bir yilning ichida 68 kishi o‘z-o‘zini o‘ldirgan, Jizzaxda esa 15 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilibdi.
Xalqaro radiolarga ko‘pam ishonmayman, ammo bunday voqealar yo‘q degani ham emas. Turkiyada boquvchilik qilib yurgan besh million Ona bor, Rossiyada o‘n million ota bor. Ularning bolalari qayerda va kim bilan? Bir necha yil avval o‘zbekistonlik bir opa uyimda ishlagan edi. Besh nafar bolasini O‘zbekistonga tashlab kelgan edi. Oxirgi marta 16 yosh qizi o‘z-o‘zini osib qo‘yganida borgan qishlog‘iga. Ungayam besh yil bo‘ldi. Besh bolani tashlab nimaga kelding dedim.
— Ishlab 32 tishimni tillo qildirgani, erimga «Neksiya» obergani keldim, dedi. Opaning yana bir ulkan orzusi bor edi, bittayu bitta o‘g‘lining to‘yiga Og‘abek Sobirovni olib kelish edi. Xohlasa, Og‘abek yigirma ming dollarga kelsin, farqi yo‘q, pulni shu uchun yig‘yapman derdi.
Yaponlarda «Jouhatsu» degan so‘z bor, ma’nosi «bug‘ga aylangan insonlar» degani. AQSH, Angliya, Germaniya va duch kelgan joyga yaxshi bir hayot izlab, uyini, joyini, bolasi, oilasini, tashlab ketib qoladigan insonlarni shu nom bilan atashadi. Ular bir kechada yo‘q bo‘lib qolishadi. Ularga yordam beruvchi shirkatlar va «kecha ko‘chib ketish» xizmati mavjud. Shirkat xizmatchilari «bug‘uga aylangan insonlar» haqidagi ma’lumotlarni sir saqlaydi. Har yili Yaponiyada o‘ttiz ming kishi uyida o‘lik xolda topiladi. Ammo ularniki O‘zbekistonnikidan farqli. Yaponlarni o‘ldirayotgan narsa modern hayot. Modern hayot ruhni hech qachon mutmain qilmagan, qila olmaydi ham. Aksincha, taxrib (harob) qiladi.
Ruhni va inson tabiatini diqqatga oladigan hayot esa Islomdadir. Ammo yolg‘iz emas ekanmiz chorani Islomdan qidirmaganlar faqat yaponlar emas ekan. Agar mendan oxir zamon vabosining nomimi nima deb so‘rasanggiz, qalblari tuyg‘usiz, sevgisiz, mexanik miyali insonlar degan bo‘lardim. Bolasi o‘zini ossa ham maqsadi tillo tish bo‘lgan, vabo yuqtirib olgan insonlar.

- Marziya Saydam. "Fantom og‘rig‘i"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fantom_ogʼrigʼi

DENGIZ UZUMI UMMATI

Okeanlarning qa’rida bir jonivor yashaydi, tovus qushiga oʻxshagan, nomi Dengiz uzumidir. Uning miyasi bor, fikrlaydigan bir hayvondir, aslida. U hayvon bir in qurib, hayotini tinchgina yashab oʻtishi uchun qoyaliklarning tagidan har doim joy qidiradi. Qachonki koʻngildagidek qoyani topsa, oʻzini qoyaga uradi va bundan keyin miyaga ehtiyojim yoʻq deb taxmin ailadi. Shu taxlitda oʻz miyasini oʻzi yeyishga tushadi. Natijada hayvon sekin-asta oʻsimlikka aylanadi.
Juda qiziq. Shunday emasmi? Ammo ishoningki, islom ummatining bugungi ahvoli shu xolatda. Oʻz miyamizni oʻzimiz yemoqdamiz. Alloh miya kabi bir ne’matni bergan, ammo biz undan foydalanmaymiz. Biz nega oʻylanaylik, qaygʻuraylik, boshliqlar oʻylasin buni deymiz. Irodamizni ijaraga berib miyamizni yeyishda davom etmoqdamiz.
250 yildir islom ummatida ixtiro, kashfiyot yoʻq, ilm va bilim toʻxtadi guyo... Andalusdek tajribaga ega bir ummat hozir boshqalarning irodasiga boʻysunishga mahkum. Vaqtiyu zamonida butun dunyodan rohiblar Andalusga ilm oʻrganish uchun kelar edi. Bir kun bir rohib Andalusni tark etar ekan, qoʻynida bir narsa oʻgʻirlab qoʻlga tushadi. U narsa «abakus», ya’ni oʻsha davrning kompyuteri edi. Kompyuterni ijod qilgan, bir ummatning bolalari kompyuter programmalarida choʻqqilarni zabt qilishi kerak emasmidi? Biz foydalanayotgan butun programma, ijtimoiy saytlarning ijodkori ba’zan biz qargʻab qoʻyadigan qarshi tarafdagi ummatnikidir. Miyamizni yeyishdan toʻxtaylik. Alloh bu miyani bizga ye deb emas, foydalan, ishlat deb bergan. Uni ishlatganimiz sari yanada koʻp ishlaydi aslida.

- Marziya Saydam. "Fantom og‘rig‘i"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel