Ey pul bilan bolalarini olim qilmoqchi bo‘lgan! Qoplab pul sarfla, baribir bolalaringga ilmni sotib ololmaysan! Zero, bu ilm pul bilan olinadigan narsa bo‘lganda edi, uning zarracha qadri bo‘lmasdi!
Axir ko‘rmaysanmi, ahli ilm kishilarning aksari kambag‘al oilalardan chiqqan. Ko‘plab qiyinchiliklar ko‘rgan.
Ilmga mashaqqat bilan erishiladi. Uyqisiz tunlar, ko‘z yoshlar, ustozlar dakkilari, boshlar, oyoqlar, bellar, ko‘zlar og‘rig‘i bilan! Matonat, sabr - bardosh bilan!
Biroq aslo PUL bilan emas! Yalqovlik va tanballik bilan emas!
Shuning uchun ham, "Sahih"ida hadisdan boshqasini zikr qilmagan imom Muslim Yahya ibn Kasirning mana bu so‘zlarini huddi hadislarni keltirgandek keltiradi:
لا يستطاع العلم براحة الجسم
Ma’nosi:
Ilmga jism rohati bilan erishilmaydi!
- Mahmud Usmon
📚 @e_kutubxona
#Yangi_nashr
• Kitob nomi: «Xolid ibn al-Valid. Yengilmas qo'mondon»
• Muallif: Ali Ibrohim Akram
• Tarjimon: Gulinur Oymatova
• Nashriyot: Yangi asr avlodi
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 688
• Muqovasi: Qattiq
• Chop etilgan yili: 2022
Ushbu asar, avvalo, muallifning aniq tarixiy manbalarga asoslangani, qolaversa, jang bo‘lib o‘tgan hududlarni shaxsan borib ko‘rib, xaritalarini shakllantirgani, islomning dastlabki, muhtasham yillarida sodir bo‘lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.
Narxi qancha?
• Bookuz: 70 000 so'm
• Azon kitoblari: 72 000 so‘m
• Qamar: 72 000 so‘m
• Hilol Nashr: 72 500 so‘m
• Asaxiy Books: 79 000 so‘m
Izoh: Kitob do‘konlaridan kitoblarni yuqorida ko‘rsatilgan narxda xarid qilishingizga «@e_kutubxona» sahifasi kafolat bermaydi.
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №173 mutolaa uchun Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-aprel, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
#Yangi_nashr
• Kitob nomi: «Sayyid Nosirxon to‘ra Kosoniy»
• Mualliflar: Bahrom Irzayev, Nodirjon Abdulahatov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 220
• Muqovasi: qattiq
• Chop etilgan yili: 2023
• Adadi: 3000
Ushbu kitobda favqulodda qobiliyat sohibi, qomusiy olim, Turkiston Muxtoriyatining maorif vaziri, Turkiston ozodligi yo‘lida shahid ketgan Sayyid Nosirxon tura Kosoniy (1873-1930) hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Monografiya, tarix, dinshunoslik, agiografiya va masavvuf adabiyoti bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan
Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 33 ming so'm
• Qamar: 36 ming so'm
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m
Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
📚 @e_kutubxona
#Turkiston_qaygʻusi
"Hayot tarixi insonlarning sinfiy kurashlaridangina iborat", degan xato fikr Karl Marks tomonidan o‘rtaga otilgan kundan boshlaboq, xalqaro yashirinib yotgan hasad o‘ti qo‘zg‘olib, insoniyat olamiga fitna-fasodlar eshigi ochilmish edi. Bu fikrni ko‘rlarcha qabul qiluvchi odamlar qo‘liga hukumat o‘tgandan so‘ngra xalq o‘rtasida sinfiy ayrimachilikni va ham xususiy mulkni yo‘qotish uchun ishchilar hokimiyati nomidan dahshatli qonunlar chiqardilar. Shuning natijasida qora ishchi, nodon dexqonlardan boshqa xalq ichida "haqlik-haqsiz" degan fitna g‘avg‘osi boshlandi. Dindorlarcha - Olloh odatiga, dahriylarcha tabiat qonuniga qarshi turishib, hayot olamida bir tekis haqli yaratilgan insonlar ichida bir qismini o‘zlari chiqargan xayoliy qonunlariga asoslanib, tub huquqlaridan butunlay mahrum qildilar.
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Kimdir jurnalistlardan, kimlardir esa yong‘indan, o‘g‘ridan, politsiyadan, qamoqxonadan yoki Xudodan, jamoa yoxud hamkasblarning qoralashidan, turmush o‘rtog‘idan... qo‘rqadi. Agar inson axloq va axloqsizlik o‘rtasidagi farqni tushunish darajasidagi hushyor aqlga ega bo‘lmasa yoxud uyat hissini yo‘qotsa, unga hech narsa yordam bermaydi, u hoziroq ushbu kitobni o‘qishni to‘xtatishi mumkin - vaqtni behuda sarflashdan naf yo‘q. Agar cho‘chqa kabi yashash uyatli bo‘lmasa yoki kerakli ish qilinmayotgan bo‘lsa — bu axloq tarozisining buzilganligini anglatadi. Tizimni o‘rgangan, tushungan axloqsiz inson o‘z muhiti va jamiyati uchun xavfli bo‘lib, misli ko‘rilmagan darajada ahmoqona ishlarni qilish qobiliyatini shakllantira oladi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Oldinga siljish — o‘qib-o‘rganish bilan emas, balki odamlarning mulohaza qilishlari, tirishqoqligi, qat’iyati, tizimli fikrlashi hamda mehnatlari orqali bo‘ladi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Vatandoshlik_dasturi
Ta’lim aql rivoji old shartlarining ayrimlarinigina shakllantira olishini nazardan qochirmaslik kerak.
Ta’lim jarayoni natijasida fikr yuritiladi va ma’nolar anglanadi bu esa bilimlar to‘planishiga sabab bo‘ladi. Lekin oqil inson bo‘lib yetishish uchun yetarli darajada tanqidiy, aniq va izchil fikrlash shuningdek mustaqil va erkin bo‘lish talab etiladi. Agar biz Estoniyaning [O‘zbekistonning] doimo mavjud bo‘lishini istasak, shunday fikrlash qobiliyatining hosil bo‘lishiga erishishimiz kerakki, uning vositasida mamlakatimizning har bir yashovchisi biz uchun nima asosliyu nima zaruriy hamda nima befoydayu nima xavfli ekanini farqlay olsin. Bunda kim kimligini, nima nimaligini ajrata bilish mahorati mavjud bo‘lishi kerak.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Hech qaysi hukumat jamiyat yoki madaniyatni saqlab qola olmaydi; buni faqat xalqning o‘zi amalga oshirishi mumkin. Sharti shuki, hukumat va parlament unga yordam bersin (to‘sqinlik qilmasin va ziyon yetkazmasin).
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Yana yo‘limizda davom etamiz va uchinchi – oxirgi tipdagi kitobxonga duch kelamiz. Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlaymiz, hech kim, hech qaysi birimiz u yoki bu toifada muqim, abadiy qolib ketishga majbur emasmiz, zotan, har birimiz bugun ikkinchi, ertaga uchinchi, indin esa yana birinchi guruhga mansub bo‘lmog‘imiz ham mumkin. Shunday qilib, endi nihoyat, uchinchi – so‘nggi bosqich haqida so‘z yuritamiz.
Uchinchi turdagi kitobxon zohiran “yaxshi” deb nom olgan o‘quvchining butunlay teskarisidir. Bu kitobxon shu darajaga yetgan shaxski, u hech kimga o‘xshamaydi. U – o‘z mutolaa saltanatida mutlaq hokim, hukamo, hukmdor. Kitobdan u na ma’rifat izlaydi, na vaqtichog‘lik. Kitobdan – bu yorug‘ olamda qolgan boshqa har qanaqangi narsa kabi – faqatgina boshlanish, yo‘nalish nuqtasi sifatida, istak, niyat, mayl sifatida foydalanadi. Unga aslida nima o‘qishning farqi yo‘q. U biror faylasufning asarini unga ishonib, ta’limotini o‘rganib olmoq yoki uni tanqid qilib, unga qarshi harakat qilmoq uchun o‘qimaydi, biron-bir shoirni dunyoning qanday yaralganini tushuntirib berishi uchun mutolaa qilmaydi. Yo‘q, u hamma narsani o‘zi tushunadi, o‘zi anglay oladi. U, ta’bir joiz bo‘lsa, komil inson. U hamma narsa bilan o‘ynasha oladi: muayyan bir nuqtai nazar; qarash; fikr; tasavvur. Hamma narsani o‘yinga aylantirishdan ham ko‘ra foydaliroq va samaraliroq boshqa hech narsaga hojat qolmaydi. Agar bunday o‘quvchi kitobdan biron-bir sentensiya, ya’ni hikmatli so‘z, dono gap, hikmat topib olsa, eng avvalo, topilmaning astar-avrasini ag‘daradi. U azal-azaldan biladiki, har qanday haqiqatlarni inkor etish asl haqiqatdir. U ma’naviyat sohasidagi har qanday fikr, qarash, nuqtai nazar qutb ekanligini va unga qarama-qarshi xuddi shunday zo‘r qutb ham mavjud ekanini azaldan yaxshi biladi. U yosh bolaga o‘xshab, assosiativ tafakkurni yetarli darajada qadrlaydi, biroq u boshqa narsalarni ham biladi. Shunday qilib, mazkur kitobxon yoki, to‘g‘rirog‘i, shu guruhga mansub har birimiz ham duch kelgan narsani – roman, grammatika, yo‘l qatnovi jadvali, bosmaxona namunalarini va boshqa har qanday narsani o‘qiyverishimiz mumkin. Fantaziyamiz va assosiativ qobiliyatimiz munosib darajada bo‘lgan paytda ham biz baribir qog‘ozdagi bitiklarni o‘qimayotgan, lekin shu asnoda o‘qiganlarimizdan bizga yog‘ilib turgan nurafshon yog‘dular, istak, niyat va mayllar oqimida suzayotgan bo‘lamiz. Ular sahifalar, matnlar bag‘ridan, shu bilan birga, bosma harflar terilgan ustunchalarda ham ko‘rinishi mumkin. Hattoki, gazetada bosilgan e’lon ham yangilik. Eng baxt-omadli, tantanavor fikr mutlaqo jonsiz so‘z zamiridan kelib chiqsa ham ajab emas, negaki, undagi harflarni, xuddi mozaikaga o‘xshab, dam bundoq, dam undoq aylantirib ko‘raverish ham joiz. Bunday holatlarda hatto Qizil Shapkacha haqidagi ertakni qandaydir kosmogoniya yoki falsafa yoxud go‘zal ishqiy poeziya yanglig‘ mutolaa qilish durust. Allaqanday sigara qutisidagi “Colorado maduro” degan yozuvni shunchaki o‘qib, ushbu so‘zlar, harflar va tovushlar o‘yiniga berilib ketgach, ilm, xotira va tafakkurning barcha yuzta saltanati bo‘ylab, yurakdagi orzuga aylangan olis sayohatga otlanmoq ham mumkin.
Biroq shu o‘rinda – mutolaa ham shunaqa bo‘ladimi? – deya meni yozg‘irishlari tabiiy. Xo‘sh, aytaylik, Gyoteni o‘qiyotib, Gyotening niyat, maqsad, o‘y va fikrlarini uqish, idrok etish va chuqur anglash o‘rniga o‘zini go‘yo qandaydir e’lonni yoki bo‘lmasam, tasodifiy terilgan harflar uyumini tomosha qilayotgandek tutadigan odamni, umuman, kitobxon deb atab bo‘ladimi? Mutolaaning so‘nggi – uchinchi darajasi deb ataganimiz aslida kitobxonlikning eng past, eng bachkana, eng varvarlarcha turi emasmikin mabodo? Bunday o‘quvchidan Hyolderlin musiqasi, Lenau ehtirosi, Stendal irodasi, Shekspir teranligi qayoqqa ham qochib qutula olarkin? Nimayam derdim, yozg‘irgan kishi haq. Uchinchi toifadagi kitobxon – mutlaqo kitobxon emas. Mazkur guruhda uzoq qolib ketadigan odam oxir-oqibat kitob o‘qishni yig‘ishtirib qo‘yadi.
🇹🇷Turk tili tez va Oson🇹🇷
Hamma magistratura va doktorantura uchun sertifikatli bölayotgan bir paytda siz haliyam öylab ötiribsizmi?
İkkilanmang, biz bilan 2-tilni mukammal örganib sertifikatga ega böling!
💁🏼♀️Bizning darslarimizda:
-Siz A1 dan B2 darajaga qadar Turk tilini örganib borasiz;✅
-Har bir bölimdan söng ichki imtihondan ötasiz;✅
-Siz bilan A2 daraja bosqichidan boshlab öqish, yozish, tinglash va sözlashuv qobiliyatlari ustida ishlanadi. Bunday usul hozirda deyarli hech kimda yöq. 🤫Agar qattiq harakat qilsangiz tezroq natija olishingiz mumkin;✅
-Darslar haftada 4 marotaba bölib ötadi. 3kun dars + 1kun suhbat klubi quriladi. Ya’ni siz Turk tilida tezroq sözlasha boshlaysiz;✅
-Darslar tanlovingizga köra guruh (250ming) yoki individual tarzda (2ta odam olinadi 500ming) tashkil etiladi.✅
Öqituvchi Turk tilidan C1 darajadagi 2ta sertifikatga ega⬇️
darsga yoziling, guruh ochildi ➡️➡️➡️ @pray_always
Kanal: @turkdili_online1
#Kitob_koʻrgazmasi
6-7-aprel kunlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Hazrati Imom majmuasi maydonida ochiq osmon ostida “Kitob - kamolot kaliti” xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkaziladi.
Ramazon oyi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazmada yurtimizdagi va xorijdagi 30 dan ortiq nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do‘konlari ishtirok etishadi.
Shuningdek, taniqli yozuvchilar bilan ma’rifiy suhbat, mashhur adiblar bilan uchrashuv, xattotlik bo‘yicha mahorat darslari hamda tarixiy fotosuratlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
Kitoblar ko‘rgazmasida barchangizni kutib qolamiz!
📋 6-7-aprel, 10:00 - 21:00
🕌 Manzil: Toshkent shahar, Hazrati Imom majmuasi
📚 @e_kutubxona
#Turkiston_qaygʻusi
Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilg‘udek birorta odam yo‘q edi. O‘zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech qayg‘urmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqog‘iga butunlay botgan edi. Bunga shu davrdagi muhit aybdordir. ur’onning "Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kela olmaydilar", degan hikmatlik so‘zini albatta amalga oshirish kerak edi.
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi — dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish-o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi.
Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Majburiylikda tanlov erkinligi yo‘q va bunday vaziyatda hech narsani hal qilib [qaror berib] bo‘lmaydi. Inson o‘zini tanlov vaziyatida his qilgandagina qaror berishi (nimanidir hal qilishi) mumkin. Qaror qabul qilish, qarorni rad etish, yoki uni kechiktirish javobgarlikni (mas’uliyatni) ergashtirib kelishini inson haqiqiy, (sof) tanlov holatidagina tushunadi. Bu haqda insonlar bir-biriga muhim vaziyatlarda doimo eslatib turishlari kerak!
Tanlov imkoniyati bo‘lgan vaziyatdagina qaror qabul qilish mumkin.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Qalblardan_soʻrang
Jahshologiya
Agar farzandlarimiz Messi haqida Umar roziyallohu anhudan ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lsa, Xadicha onamizdan ko‘ra Shakirani ko‘proq tanisa, ana shu "jahshologiya".
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Muhammad Yusuf tilidan
(Bitilmagan so‘nggi she’r)
VIDO
Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i,
Izlama, hech qanday tashhisu, malham.
Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i,
Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham.
Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir,
Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh
Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir,
G‘arbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh!
Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol!
To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan,
Hammasi joyida: seyf, stol, palos...
Faqat Yozuvchilar uyushmasidan,
Bir varaq ariza qarzim bor, xolos.
Aytgancha, stolim chap tortmasida,
Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor.
Adashmasam, edi yurtga qasida,
Shuni nashriyotga-taqrizga yubor.
Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum,
"Ruh o‘zin ulfati jondan toʻymoqda".
Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim,
Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda!
"To‘rt" bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q,
Nima qilay axir, Xudoyim aytsin.
Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q,
Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin!
Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi,
Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq.
Nahot, Robbim menga shunday dard berdi
Taqdirim bo‘ldimi "Lolaqizg‘oldoq"!?
Jonsiz jigarimga botmoqda tikan,
Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am.
Aslida, she’rlarim peshonam ekan,
To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham.
O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir,
Ehtimol, ular ham qilishar toqat.
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir,
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat!
Kor qilmaydi unga hech himmatingiz,
O‘zin ado qilar, jonini yeya
Ayting sekingina-Muhammadingiz,
Ketdi MUHAMMADning yoniga-deya.
Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi,
Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham.
"Menga havo yetmas...", jon toraydimi,
Buncha hayalladi, Azroili ham.
Kelishin kutamiz endi nachora,
Bir shoir jonida intiqomi bor.
Aytgancha, uch kundan keyin, bechora,
Nozima qizimning imtihoni bor.
Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin,
Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga.
Tegsa, tegibdida, yordami axir,
Muhammad Yusufning bitta qiziga.
Ana kelayotir, ajal pishqirib,
Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni.
Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib,
Aytishga ulguray Shahodatimni.
Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt,
Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin.
Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt:
"Nomard odamlarga ishi tushmasin!"
Unga shon kerakmas, unvon kerakmas,
Yetadi xilqatu-xayoli degan.
Unvon berib ketay men unga, abad,
Muhammad Yusufning ayoli degan!
Ichim achiyapti Adabiyotga,
Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham.
So‘zini muhrlab abadiyatga,
Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham?
Bilaman, yozadi qalamin o‘pib,
Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar.
Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib,
Bosib kelmasmikan qaro quyunlar!
Nahot o‘z o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa,
Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech!
Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa,
Shogirdman demasin Muhammadga, hech!
Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol,
Yashadim, lek shoir jismi bilan, men.
Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol,
Ikki Payg‘ambarning ismi bilan, men!
O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum,
Darig‘ tutma mendan muhabbatingni.
O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum,
O‘zing kechir sodda Muhammadingni!
O‘LIM NIMA,
BU HAM BITTA SAYR, ONA,
O‘G‘LING QARO YERGA KЕTDI
XAYR ONA...!
✍ O‘lmasbek Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Jamiyatni tartibga solishning asosiy mexanizmi - bu axloqdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, inson xatti-harakatlarining 60 foizi axloqiy me’yorlarga bog‘liq.
Axloqiy va g‘ayriaxloqiy xulq o‘rtasidagi chegarani ko‘rsatishning yengil misoli
taqiqlansa-da, dalaga zaharli moddalarni (pestisidlarni) sepib, asalarilarning o‘limiga sabab bo‘lgan dehqon harakatlarida ko‘rish mumkin. Yuridik nuqtai nazardan, bu harakatni xohlagancha talqin qilish mumkin, ammo uyat hissi bo‘lmasa, unda hech qanday qonun yordam bermaydi. Qonunlar axloqiy qadriyatlar tizimining o‘rnini bosa olmaydi.
Insonning xulq-atvori va ijtimoiy hayoti asosan axloq bilan tartibga solinadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, insonlarning 60 foiz xulq-atvori vijdonga, bilimga va axloqiy me’yorlarni hurmat qilishga bog‘liq. Axloqni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Agar axloq ishlamasa, jamiyatdagi barcha institutlar tashkilotlar, muassasalar, jamoalar, oilalaru boshqa hamma narsa zulmatga yuz tutadi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Fozil_odamlar_shahri
JAHOLATDAGI SHAHARLARNING
AHOLISI HAQIDA SO‘Z
Adashgan jaholatda qolgan shaharlarning aholisiga kelsak, ularning ruhlari kamol topmagan bo‘ladi, chunki ular (ruhni tarbiyalash o‘rniga) faqat moddiy mulk, noz-ne’matlarga qiziqadilar va dastlabki tushunchalar yordamida haqiqiy baxt-saodat haqidagi haqiqatlarni o‘zlashtirib olmaganlar. Ular ishongan moddiy mulk, buyumlar abadiy emas, buziluvchi, yo‘qoluvchi bo‘lgani, ba’zilari avvalroq, ba’zilari keyinroq yo‘qoluvchi bo‘lgani sababli, ularning modasi yo‘qolmaydi-yu, boshqa (keraksiz) chiqindilarga aylanishi mumkin. Bu chiqindilar ham aynib, chirib ketganida eng oxiri yana ilk unsurlar holiga keladi.
Shundan so‘ng o‘sha ilk unsurlar turlicha birlashib, aralashib, (Yer yuzida yana jonli va jonsiz mavjudotlar paydo bo‘lib) yangi hayot boshlanadi. Bu ilk unsurlardan qanday mavjudot paydo bo‘lishi ular aralashadigan muhitning holatiga bog‘liq.
Fazilatli shaharlar aholisi esa, ularning ruhlari avvalgi ajdodlari qoldirgan ma’rifat va ma’naviyatni o‘zlashtirib, kamolotga yetishganlari sababli moddiy mol-mulklarga kishanlanib, qattiq bog‘lanib qolmaydilar. Ular aslida, fitratda vijdonli, sofdil bo‘lgani sababli dunyoviy hayotda ba’zi yomon xulqlarga berilib, gunoh, yomon ishlar qilgan bo‘lsalar, vijdonan, ruhan azoblanadilar, avvalgi fazilatlari bunday tuban ishlarga qarshilik ko‘rsatadilar va shu sababli yana azoblanadilar. Jaholatdagi shaharlarning aholisi baxt-saodat deb o‘ylab tuban ishlarni qilayotganida ular ruhining aqlli qismida qattiq-og‘riq paydo bo‘lsa ham, hissiy lazzat bu og‘riqni sezdirmay qo‘yadi. Agar inson hissiyotlarini jilovlay olsa, ruhning aqlli qismi yomon xulq va tuban qilmishlardan og‘riq sezadi va moddiy buyumlar, zebu ziynatlardan uzoqlashadi. Biror falokatga uchrab, xafa bo‘lgan odam hissiy rohat vaqtida qayg‘usini unutganiday, hissiy rohat tamom bo‘lganida yana qayg‘usi esiga tushganiday holat yuz beradi. Shunga inson hissiy rohatlar bilan doimo mashg‘ul bo‘laversa, ruhining sog‘lom qismi qayg‘u-kulfati bergan vijdon og‘rig‘ini sezmay yashayveradi. Hissiy rohatlar, lazzatlar jism zaiflashganida yoki jonsizlanganida tugaydi, ana shunda ruh o‘z hayotida qolgan yomon qilmishlari, gunohlarini eslab, doimiy azoblanaveradi. Agar shunday holat oddiy fuqaroga nisbatan ancha baland mavqedagi odamda yuz bersa, uning tortadigan azoblari oddiy odamning azoblariga nisbatan ko‘p marta og‘irroq bo‘ladi. Agar shunday (yuqori mavqedagi) odamning qayg‘usiga o‘ziga o‘xshash do‘stlarining ham qayg‘ulari qo‘shilsa, azob-uqubatlar yanada kuchayadi va doimiy davom etadi. Baxt-saodatning ziddi bo‘lgan baxtsizlik shunday bo‘ladi.
Adashganlar shahrining aholisiga kelsak, uning boshlig‘i, raisi o‘zi haqiqiy baxt nimaligini bilsa ham, o‘zining qandaydir g‘azabli maqsadlariga yetishni ko‘zlab, xalqni yo‘ldan urgan, adashtirgan, shu sababli bunday shahar (davlat) aholisi xulqi buzilgan, ma’naviyatsiz bo‘ladi. Bunday shahar boshlig‘i ham, aholisi ham haqiqiy baxt-saodat yo‘lidan adashgani uchun baxtsiz bo‘ladilar.
- Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"
📚 @e_kutubxona
#Fozil_odamlar_shahri
Qalb shunday bir asosiy a'zoki, badanni undan boshqa hech qanday aʼzolar bilan idora qilib bo'lmaydi. Undan keyin miya keladi. U ham asosiy a'zolardan sanaladi. Lekin uning raisligi birinchi darajali bo'lmay, balki ikkinchi darajadadir. Bu shuning uchunki, u barcha a'zolarni boshqarishini qalb bilan idora qiladi. U faqat qalbgagina xizmat qiladi. Shunisi ham borki, uning tabiatidan maqsadi qalbga xizmat qilish boʻlgani uchun boshqa a'zolarga ham xizmat qiladi. Bu xuddi uy egasi boʻlgan kishiga o'xshaydi. U o'z tabiatidan odamlarga xizmat qilishi borasida oʻz xoʻjayiniga xizmat qiladi, uning oʻziga esa hovlining barcha odamlari xizmat qilganidek. Ikkala holatda ham xoʻjayinning istagiga koʻra xizmat qilishi turgan gap. Miya yurakdan keyin uning oʻrinbosari sifatida ish yuritib, xuddi uning xizmatini bajo keltiradi, shunda u asosiy a'zo moslanmagan holatga u moslanib oladi, shu bilan birga u yurakning olijanob xatti-harakati xizmatini bajo keltirib yuradi.
Shundan ma'lum boʻlishicha, qalb tugʻma haroratning bulog'idir. Harorat undan boshqa barcha a'zolarga oʻtadi, shunday qilib qo'llab-quvvatlanadi, oziq oladi. Bu esa tabiiy hayot ruhini yoʻgʻon tomirlar vositasi bilan qalbdan a'zolarga yuborish bilan bajo etiladi. Qalbning saqlanishi uzoq muddat davom etadigan haroratning tabiiy a'zolar ichida koʻrinishida davom etadi. Miya (addimog') qalb uzatadigan haroratni yumshatadi, shu bilan har bir a'zoga yetishadigan harorat unda oʻrtacha - moʻtadil holatda boʻladi. Bu miyaning eng avvalgi fe'l-harakatlaridan boʻladi. Shu bilan birga u avvalgi va umuman a'zolarga yetkazadigan xizmati sanaladi.
- Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"
📚 @e_kutubxona
#Fozil_odamlar_shahri
Bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan chalg'ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri toʻgʻri-yu, qay biri yolgʻon, ajratolmay qoladilar. Ular hech bahs talab qilmaydigan haqiqiy tasavvurni ham yolg'on deb o'ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg'ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg'onni oʻzlaricha haqiqat deb o'ylaydilar. Mabodo ularga tasavvurlari yolg'on tuyilsa, ular oʻzlarining tasavvurlari yolgʻon ekanligini bilmay asl haqiqatni yolg'on deb o'ylaydilar. Oqibatda bu odamlar "umuman haqiqat yoʻq, haqiqatga yetishdim deganlar oʻz- o'zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo'lidan boshlamoqchi boʻlganlar yolg'onchi, kazzoblardir, ular bunday kattaroq mansabga yoki boylikka erishish maqsadida shunday soʻzlarni aytmoqdalar" deb o'ylaydilar. Pirovard natijada bu toifa odamlarning ba'zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan koʻruvchi yoki tushida (gʻira-shira) ko'ruvchi odamga o'xshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi, deb o'ylaydilar. Bunday odamlar oʻzlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat deb o'ylaydilar.
- Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"
📚 @e_kutubxona
MUTOLAA (davomi)
Xotira bu – arab yoki islom xotirasini boshqalardan ajratib turuvchi birinchi belgidir. Chunki barcha ilmlar xotiradan naql qilingan va rivoyat etilgan. Ilmni yoyish va ta’lif qilish faqat ikkinchi asr oxirlarida boshlangan.
Muhaddislarning xotirasi moʻjizadir. Ular orasida Doraqutniy kabi yuz ming hadisni sanadi bilan yodlaganlari bo‘lgan. Sanad nimaligini bilasizmi? U hadisni rivoyat qilish yo‘lidir. Ya’ni ularning: bizga palonchi pistonchidan hadis aytib berdi, deganlaridek. Mana shu sanaddir. Ular orasida o‘n ming, undan ham ko‘p roviylar ismlarini yodlaganlari bor. O‘nlab hadislarni bir marta eshitib, yodlab oladiganlari bo‘lgan.
Shofe’iy Imom Molikning oldiga borib, uning halqasida o‘tirdi. Molik hadis aytardi, talabalar yozardilar. Shofe’iyning qalam va qog‘ozi bo‘lmagan. Tupigi bilan barmog‘ini xo‘llab, tirsagiga yozardi. Yozishni nashr qilish uchun emas, hadislarni o‘z xotirasida saqlab qolish maqsadida qilardi. Uni ko‘rgan Molik masxara qilyapti deb o‘yladi. Shofe’iy aytdiki:
– Eshitgan narsalarimni yodlash uchun yozyapman. Xohlasangiz uni qaytarib beraman.
– Qaytar, – dedi Molik.
Buxoriyning Bag‘doddagi hikoyasi g‘aroyib bo‘lgan.
Buxoriy Bag‘dodga borib, dars uchun o‘tirdi. Bir yigit uning o‘tkir xotirasini ba’zi muhaddislarga bildirishni istadi. Ular yuzta hadisni matnlarini sanadlari bilan aralashtirib, ya’ni bu matn sanadini narigi matn sanadiga qo‘yib aytdilar. O‘n kishi har biri o‘ntadan aralashtirilgan hadislarni yodlab kelishdi. Buxoriy dars qilishga o‘tirgandi. Ularning birinchisi o‘rnidan turib: “Mana bu hadis hadis haqida nima deysiz”, deb aralashtirilgan hadislardan birini keltirdi. Buxoriy “bilmayman”, dedi. Ikkinchi, uchinchi to o‘ninchisi haqida so‘radi. U “bilmayman”, derdi. Birinchi kishi bo‘shab o‘tirdi. Ikkinchi kishi turib birinchisi kabi ish qildi. Uchinchi, to‘rtinchisi to yuzta hadis aytib bo‘lindi. Buxoriy “bilmayman”, derdi. Insonlar ajablandi. Olamon uni johil kishi deb o‘yladi. Chunki yuzta hadisdan so‘ralganda hech narsa bilmadi. Barchasi (savollardan) forig‘ bo‘lganlarida Buxoriy birinchi kishiga “O‘rningdan tur”, dedi. U o‘rnidan turdi. “Sen so‘ragan birinchi hadisni mana bunday rivoyat qilding. Uning javobi bunday bo‘ladi. Ikkinchi hadisni mana bunday rivoyat qilding. Uning javobi bunday bo‘ladi”... To yuzta hadisni xato va to‘g‘risini qaytarib aytib berdi.
Buxoriyning hadislarni to‘g‘risini yodlagani emas, balki xatolarini ham yodlab qolgani g‘aroyibdir.
Abul’alo Mu’arriyning hikoyasi bundan ham g‘aroyib qissa. Uni ishonchli tarixchi Ibn Adim rivoyat qilgan.
Mu’arriy masjidida o‘tirar edi. Masjid yonida ikki rumlik kishi rumiy tilda gaplashar edi. Mu’arriy rum tilini bilmasdi. Birozdan keyin bir narsa haqida tortishib qolishdi. Ishni qozigacha olib borishdi. Biri hujjat keltirishni talab qildi.
– Biz bilan hech kim yo‘q edi. Biroq, masjidda bir shayx gapimizni eshitib o‘tirardi. Uni chaqiring, – dedi. Qozi Mu’arriyni chaqirdi va unga savol berdi.
– Men ikkisi aynan nima haqida gaplashganini bilmayman. Lekin, sizga so‘zlarini qaytarib beraman.
Ularning rum tilida qaytarib aytib berdi. Bu hikoya, agar to‘g‘ri bo‘lsa, eng g‘aroyib, ajoyib hikoyadir.
- Shayx Ali Tantoviy
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №172 mutolaa uchun Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 15-aprel, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, to‘siq, g‘ovga terilgan toshlar a’lo va mukammal darajada tartib berilgan harflardan tuzilgan eng go‘zal sahifa o‘rnini bemalol bosa oladi. Alifbo harflari bitilgan varaq uning uchun birdan-bir, yagona kitobga aylanishi ham mumkin.
Ha, shunday, bu oxirgi bosqichdagi kitobxon ortiq kitobxon emas. Unga Gyote bir pul, Shekspir ham chikora. Ana shu so‘nggi darajadagi kitobxon endi, umuman, kitob o‘qimaydi. Ha-da, kitob unga ne darkor? Axir, butun olam uning o‘zida mujassam emasmi?
Uchinchi guruhda uzoq to‘xtab qolgan odam kim bo‘lmasin, ortiq kitob o‘qimay qo‘yar edi. Ammo, unda hech kim uzoq turib qolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, harholda, kimki mana shu uchinchi bosqich bilan tanish emas ekan, yomon, xom, g‘o‘r, dumbul kitobxondir. Chunki u dunyoning butun poeziyasi va butun falsafasi o‘zida mujassam ekanligini bilmaydi, zero, eng buyuk shoir ham har birimizda mavjud o‘sha pinhoniy sarchashmadan ulgi oladi, axir. Hayotingda aqalli bir martagina mayli, faqat bir kunga uchinchi – bosqichda bir bo‘lgin – ana keyin (ortingga yengil qaytib), mavjud barcha bitiklarning ancha durust o‘quvchisiga, tinglovchisiga va sharhlovchisiga aylanasan. Shu bosqichda atigi bir martagina bo‘lib ko‘rgin, shunda sen uchun yo‘l bo‘yida yotgan tosh ham Gyote yoki Tolstoy qadar ma’no kasb etadi, – so‘ngra sen Gyote, Tolstoy va boshqa barcha yozuvchilardan beqiyos ulkan ma’no-mazmun, ilgarigidan ham ko‘ra ko‘proq shira-sharbat va asal olasan, hayotga va o‘z-o‘zingga ishonching yana-da ortadi. Negaki, Gyote asarlari, bu – Gyote emas, Dostoyevskiy jildlari, bu – Dostoyevskiy emas, bu – ularning urinishlari, o‘zlari markazida turgan dunyoning ko‘povozliligi va ko‘pma’noliligini bosish, pasaytirish yo‘lidagi, hech qachon oxiriga yetmaydigan umidsiz, tushkun urinishlari, xolos.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
Qozoqboy Yoʻldoshevning "Soʻz yolqini" kitobi sotiladi.
Til va lingvistika. Tanqid.
50 ming so‘mdan.
Murojaat uchun: +998974085234
@Qurbonova_M
Kitob mutolaasi haqida (davomi)
Inson tarbiyasiga emas, tabiatiga amal qildi deguncha, bolaga aylanadi va buyumlarni o‘ynay boshlaydi. Shunda non yerosti yo‘li qazilgan toqqa, ko‘rpa esa g‘orga yoki qor bosgan dalaga aylanadi. Shunday bolalarga xos soddalikdan va bu o‘yinchi dahodan ikkinchi turdagi kitobxonga nimadir yuqadi. Bu o‘quvchi asar mazmuni yoki shaklini qanchalik qadrlasa, uning haqiqiy, yanada muhimroq qadr-qimmatini ham shunchalik yuqori baholaydi. Bu kitobxon bolalarga o‘xshab, har bir narsaning ehtimol o‘n yoki yuz mazmun-mohiyati, ahamiyati va qadr-qimmati borligini yaxshi biladi. Mazkur o‘quvchi, masalan, yozuvchi yoki faylasufning voqea, hodisalar, narsalarga nisbatan o‘z bahosini o‘z-o‘ziga yoxud kitobxonga majburan qabul qildirishga urinayotganini kuzata borib, jilmayib qo‘yishi hamda muallifning erkinligi va asossizligi bo‘lib ko‘rinayotgan narsa aslida sustkashlik va majburlashdan boshqa narsa emasligini payqab olishi mumkin. Bu kitobxon professor-adabiyotshunoslar va adabiyot munaqqidlariga ko‘pincha butunlay noma’lumligicha qoladigan jihatni: mazmun va shaklning erkin tanlovi degan tuturiqsiz gapning mutlaqo mavjud emasligini ham yaxshi biladi. Ya’ni, adabiyot tarixchisi, Shiller falon yili falon syujetni tanlab olib, uni besh bo‘g‘inli yamb (vazn) orqali ifodalashga ahd qilgan, deydi. Kitobxon esa na syujet, na yamb shoirning erkin tanloviga sabab emasligini, unga rohat bag‘ishlagan yagona narsa – shoir syujetni nima qilishi emas, balki syujet shoir bilan nimalar qilganini ko‘rish istagidir.
Shu xildagi fikrga kelganda, estetik deb ataladigan qadriyatlar deyarli butunlay o‘z qimmatini yo‘qotadi va aynan har qanday xato, kamchilik va nomukammalliklar ulkan jozibadorlik kasb etishi mumkin. Chunki bunday kitobxon yozuvchi ketidan izvoshchiga ergashgan otga o‘xshab emas, balki o‘ljaning iziga tushgan ovchidek boradi va poetik erkinlik bo‘lib ko‘rinayotgan narsa tomon nogoh tashlangan nazar, shoirning sustligi va zo‘rakiligini payqagan nigoh, soz texnika hamda nafis so‘z san’atining barcha go‘zalliklaridan ham ko‘ra ko‘proq zavq-shavq, shodlikka noil bo‘lmog‘i mumkin.
- Hermann HESSE
📚 @e_kutubxona
#Oy_tavsiyalari
Aprel oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari
• Diniy-ma'rifiy:
📓 "Kimyoi saodat" (Abu Homid G'azzoliy)
• Jahon adabiyoti:
📓 "Jeyn Eyr" (Sharlotta Bronte)
• O‘zbek adabiyoti:
📓 "Halqa" (Akrom Malik)
• Biografik:
📓 "Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan" (Dunkan Klark)
• Shaxsiy rivojlanish:
📓 "Savdogarlar ustozi" (Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li)
• Mumtoz:
📓 "Fozil odamlar shahri" (Abu Nasr Farobiy)
• Tarix:
📓 "Buyuk Temur" (Yevgeniy Berezikov)
• Ilmiy-ommabop:
📓 "G'oyam" (Najmiddin Erbaqon)
📚 @e_kutubxona