Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Maqola
✍ Shayx Ali Tantoviy
📓 "Mutolaa"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 7 sahifa
📚 @e_kutubxona
EL
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!
✍ Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Ozodlik - bu ideal, yuksak g‘oya va orzu blib, u kurash, jonfidolik va bardoshni talab qiladi. Shu bilan birga, insonlarni erkinlikday qo‘rquvga soladigan manbani topish ham qiyin.
Erkinlikka qaror berish huquqi, qarorlarga esa javobgarlik mas’uliyati esh keladi. Agar insonga mas’uliyat juda og‘ir yuk bo‘lib ko‘rinsa, u qaror berish huquqiga ega bo‘lmaslik, sodir bo‘layotgan jarayonlarga shunchaki kuzatuvchi bo‘lish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishga intiladi. Bu haqiqiy paradoksdir.
• Paradoks — bu yolg‘on ko‘rinishidagi haqiqatdir.
• Demagogiya — bu haqiqat ko‘rinishidagi yolg‘ondir.
Erkinlik va mustaqillik nimaga bog‘liq?
Gap nafaqat jismoniy panjaralar, balki eng avvalo, intellektual, hissiy va axloqiy tushunchalar haqida ketmoqda. Mustaqil fikrlash uchun yetarli darajada bilimga, ma’lumotga va tajribaga ega bo‘lgan insongina erkin bo‘lishi mumkin.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Oy_tavsiyalari
Iyul oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari
• Diniy-ma'rifiy:
📓 "Riyozus solihiyn" (Imom Navaviy)
• Jahon adabiyoti:
📓 "Biz" (Yevgeniy Zamyatin)
• O‘zbek adabiyoti:
📓 "Ikki karra ikki — besh" (O‘tkir Hoshimov)
• Biografik:
📓 "Hazrati Abu Bakr" (Ahmad Lutfiy Qozonchi)
• Shaxsiy rivojlanish:
📓 "Diqqat" (Kel Nyuport)
• Mumtoz:
📓 "Temur tuzuklari" (Amir Temur)
• Tarix:
📓 "Partiyaning oltinlari" (Igor Bunich)
• Ilmiy-ommabop:
📓 "Buyuk shaxmat taxtasi" (Zbignev Bjezinskiy)
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Har bir vatandosh uchun axloq normalariga rioya qilish tabiiy va o‘z-o‘zidan ravshandir. Axloqiy xulq-atvor me’yorlarini hurmat qilmaydigan inson, aslida, boshqa kimsalarni, shuningdek, o‘z madaniyatiyu jamiyatini hurmat qilmaydi. Axloqsizlik, majruhlik belgisidir.
Ijtimoiy hayotning boshqa hodisalariga nisbatan axloqning o‘ziga xos xususiyati, uning hamma munosabatlarga sizib kirish qobiliyatida ko‘zga tashlanadi. Axloq insonning barcha harakatlaridan, barcha sohalar, tartibga solish va rahbarlikning barcha darajalaridan sizib o‘tadi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
✍ Ozod Sharafiddinov tarjimalari
📓 "Jahon adiblari adabiyot haqida"
⚙ Maqolalar
⚖ 21,9 MB
🔎 PDF
📄 392 sahifa
📚 @e_kutubxona
Бир гуруҳ фаоллар диний материалларни тарқатиш юзасидан мурожаат йўллади
"Диний мазмундаги маълумотларни тарқатиш билан боғлиқ шов-шувли судлар ҳақида ҳаммамизнинг хабаримиз бор", дейилади устоз Мубашшир Аҳмаднинг постларида. "Муаммо кўпроқ судларда эмас, балки жиноятга номутаносиб жазо белгиланган қонун ва қарорларда эканига олдиндан урғу бериб келаётган эдик..."
Имзо қўйиш учун ҳавола: https://forms.gle/sxHWkwpzNsx3LiJi7
Батафсил: https://azon.uz/content/views/53850
© AzonUZ ахборот-таҳлилий портали
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №177 mutolaa uchun Remarkning "Jannatdagi soyalar" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 24-iyun, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
#Maqola
✍ Sardor Salim
📓 "Qonun bilan boshqarilamizmi, huquq bilanmi?"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 3 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Diktaturadan_Demokratiyaga
«Tinchlik» so‘zini ishlatayotganlarning barchasi ham ozodlik va odillikni ko‘zda tutuvchi tinchlikka intilishayotganlari yo‘q. Shafqatsiz istibdodga tobe bo‘lish va minglab odamlarga yirtqichlarcha munosabatda bo‘lgan diktatorlarga yon berish haqiqiy tinchlik bo‘lolmaydi. Gitler bir necha bor tinchlikka da’vat qilgan. Lekin u buni o‘z izmiga bo‘ysindirish deb tushungan.
Diktatorlar uchun tinchlik ko‘pincha qamoqxona yoki qabr tinchligidan bo‘lak narsani anglatmaydi.
- Jin Sharp: Diktaturadan Demokratiyaga
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
Ko‘tarilish
Uch kishi to‘qsoninchi qavatga zinapoyadan ko‘tarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bo‘lib qolgandi. Qavatma-qavat ko‘tarilisharkan, vaqtni o‘ldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qayg‘uli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, to‘qsoninchi qavatga chiqishganda, eng qayg‘uli hikoyani Sem aytib berdi.
– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush bo‘lib yiqildi.
✍ Norman Lir va Ben Lir
📚 @e_kutubxona
#Turkiston_qaygʻusi
Ongi ochilmagan, bilimsiz bir millat o‘z dushmanlari oldida kushxonaga haydalmoqda bo‘lgan bir to‘p hayvondan hech qanday ayramasi yo‘qdir.
Insonning o‘ziga eng yaqin halokatlik dushmani ongsizlik, ilmsizlikdir. Shunga ko‘ra Olloh taolo Qur’onning birinchi surasini o‘qish, uqish, bildirish, yozish, qalam bilan boshlamish edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak-xotin, o‘g‘il-qiz demay butun ummatlarini ilm o‘qishga buyurdilar. Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lgandek, o‘z hukumatini, vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilish ham farzdur.
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Muhimi, davlat tashkilotlari faqat ruxsat beradigan, taqiqlaydigan va buyruq beradigan organga aylanib qolmasligiga e’tiborli bo‘lish kerak. Xalq amaldorlarga xizmat qilishga majbur emas, lekin amaldorning burchi xalqqa xizmat qilishdir. Konstitutsiyada xalqqa ko‘p xuquqlar berilgan, mansabdorlarning burchi esa barchaga o‘z huquqlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratishdan iborat.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
OLIY HOKIMIYAT EGASI
Xalq - bu shunchaki soliq to‘lovchi emas. Oliy hokimiyat egasi sifatida xalq shu qadar bilimli, ma’lumotli va tajribali bo‘lishi kerakki, vatandosh (o‘z-o‘zini va jamiyatni boshqarish sub’yekti) sifatida muhokamalarda ishtirok etish, qarorlarni shakllantirish va ushbu qarorlarni amalda tatbiq etishda qatnashganligini (ommaviy) oqilona deb atash mumkin bo‘lsin, shuningdek, natijalar sifatini baholashda, foydani taqsimlashda, yangi investisiyalarni rejalashtirish kabilarda ishtirok etish uchun ma’naviy haqqi bo‘lsin. Ayni paytda aholining ko‘pchiligi haqida aytishimiz mumkinki, ular ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etishda xuddi ho‘kizning o‘rniga chivinning dala haydagani kabi ishtirok etmoqda.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №178 mutolaa uchun Viktor Gyugoning "Byug Jargal" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 8-iyul, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
#Maqola
✍ Pirmat Shermuhamedov
📓 "Bo‘linish nimadan boshlangan?"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 12 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Muhandislar, kimyogarlar va fiziklar uchun (“oddiy" aqlli insonlardan farqli o‘laroq) moddiy dunyoda amal qiladigan qonunlar har doim ham jamiyat va ijtimoiy sohalarda ishlamasligini tushunish qiyin bo‘lishi mumkin. Masalan, buyruq va shiorlar bilan tug‘ilishni ko‘paytirish yoki emigratsiyani kamaytirish mumkin emas. Aholi bilan bog‘liq jarayonlarga faqat ularning omillarini o‘zgartirish orqali ta’sir qilish mumkin.
Emigratsiya jarayonlarini tartibga solish uchun nima sababdan insonlar, qiyinchiliklarga qaramay, o‘z vatanlarida yashashni afzal ko‘rishini va shu bilan birga boshqa mintaqalarga ko‘chib o‘tishga qaror qilishning sababi nimada ekanligini bilish (taxmin qilish yoki o‘ylash emas, balki bilish!) kerak.
Nima sababdan aholining bir qismi uchun bolalar eng katta quvonch ekanligini, ba’zi insonlar esa laylak tashrifini istamasligini tushunish uchun hayot va yashash muhiti, muloqot va uning ta’sirini, shuningdek, nima uchun yolg‘on va bo‘xton, loqaydlik va pastkashlik hamma uchun bir xil darajada nomaqbul ekanligini bilish zarur.
Bitta faktorni aniqlash yetarli emas! Siz faktorlar tizimini bilishingiz kerak. Insonlarning dadillik hissi, e’tiqodi va ishonchi qanday. Kulgili maosh va turmush darajasining yaxshilanishi kutilmaydigan vaziyatda o‘nglanib olishiga qanday umidlari borligini o‘ylab ko‘rish kerak.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Diqqat
Aniq bir malakaga diqqatni jamlash orqali o‘sha malakaga daxldor miya hujayralarini qayta va qayta ishlatasiz. Miyaning tegishli qismi to‘xtovsiz ishlashi oligodendrositlar deb ataladigan hujayralarni o‘sha qismdagi neyronlarni mielin qatlamlari bilan o‘rashiga turtki beradi, bu esa mahoratingizni yanada kuchaytiradi. Chalg‘imasdan, bajarilajak ishga e’tibor qaratish zarurligining sababi shundaki, bu miyaning tegishli qismi ko‘proq ishlashiga olib keladi vamielinlashishni tezlashtiradi. Bundan farqli o‘laroq, agar diqqat sust holatda (deylik "Facebook"ni ochib qo‘yib) yangi va murakkab mahoratni (masalan, SQL ma’lumotlar bazasini boshqarish) o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, miyangizning turli qismlari bir vaqtda tartibsiz ishlay boshlaydi, kuchaytirish lozim bo‘lgan neyronlar guruhi zo‘riqib ishlamaydi.
- Kel Nyuport. "Diqqat"
📚 @e_kutubxona
#Turkiston_qaygʻusi
Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"
📚 @e_kutubxona
#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari
Qudratli guruhlar ko‘pincha iqtisodiy o‘sishga va taraqqiyot vositalariga qarshi bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish faqat yaxshiroq uskunalar yoki bilimliroq kadrlar soni ko‘payishi emas, balki keng miqyosdagi bunyodkor buzg‘unchilik bilan bog‘liq amaldagi vaziyatni o‘zgartirish va beqarorlashtirish demakdir. Shu bois taraqqiyot iqtisodiy imtiyozlardan mosuvo bo‘lishdan qo‘rqadiganlar hamda siyosiy hokimiyatdan mahrum bo‘lishdan xavfsiragan kuchlar tarafidan to‘siqqa uchramagan taqdirdagina oldinga siljiydi.
Cheklangan resurslar, daromad va hokimiyat uchun kurash o‘yin qoidalarini, iqtisodiy faoliyat ko‘rinishlari va ulardan kim foyda olishini aniqlab beruvchi iqtisodiy institutlar ustidagi kurashga aylanadi. Kelishmovchilik bo‘lgan joyda hammaning istaklari bir xil bo‘lishi mumkin emas. Ba’zilar yutqazib, norozi bo‘lsa, boshqalar o‘zlari istagan natijani qo‘lga kiritadi. Mazkur kurashda kim g‘olib bo‘lsa, o‘shalar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishini belgilab beradi. Agar taraqqiyotga qarshi bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonsa, ular yuksalish yo‘lini to‘sadi va iqtisodiyot o‘sishdan to‘xtaydi.
Qudratli kishilar farovonlik keltiradigan iqtisodiy institutlarni joriy etishni istamasligining sababini siyosiy institutlarni tanlash jarayonida ham osongina ko‘rish mumkin. Cheklanmagan boshqaruv sharoitida elita sinfi o‘zi istagan iqtisodiy institutlarni joriy etish qudratiga ega bo‘ladi. Ularda siyosiy institutlarni plyuralistik ko‘rinishdagi tuzumga o‘zgartirishga qiziqish bo‘lishi mumkinmi? Umuman olganda, yo‘q. Negaki bu faqat ularning siyosiy hokimiyatini zaiflashtiradi, ularga keyinchalik o‘z manfaatlariga mos keluvchi iqtisodiy institutlarni qurishni qiyinlashtiradi, hattoki uni imkonsiz ishga aylantiradi. Aynan shu yerda yana o‘zaro kurash uchun asos topiladi. Ekstraktiv iqtisodiy institutlardan jabr ko‘rgan kishilar cheklanmagan hokimiyatga ega
hukmdorlarning siyosiy tuzumni o‘z xohishlari bilan o‘zgartirishlariga va hokimiyatni bo‘lishishlariga umid qila olmaydilar. Mavjud siyosiy institutlarni o‘zgartirishning yagona yo‘li elitani birmuncha plyuralistik institutlar joriy qilishga majbur qilishdan iborat.
- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"
📚 @e_kutubxona
Huquq ustuvorligi va qonun ustuvorligi farqlari
Huquq ustuvorligi va qonun ustuvorligi ikki xil tushuncha bo‘lib, ular boshqaruv va adliyani amalga oshirishga nisbatan turli yondashuvlarni ifodalaydi. Bu iboralar o‘xshash eshitilsa-da, ularda asosiy tamoyillari va oqibatlari jihatidan sezilarli farqlar mavjud.
1. Huquq ustuvorligi (qonun vositasida huquqiy prinsiplarning hukmronligi) adolatli jamiyatda qonun-qoidalar ustuvorligini taʼkidlaydigan asosiy huquqiy tamoyilga ishora qiladi. Bu - har bir shaxs, jumladan hukumat ham qonunga bo‘ysunishi va uning oldida hisobdor bo‘lishi deganidir. Huquq ustuvorligining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a. Qonun oldida tenglik: Qonunlar barcha shaxslarga, ularning mavqei, boyligi va hokimiyatidan qatʼi nazar, teng qo‘llaniladi. Hech kim qonundan ustun emas va har kim qonun ostida teng himoyaga va muomalaga haqlidir.
b. Shaffoflik va oqibatlardan xabardorlik: Qonunlar va huquqiy jarayonlar hamma uchun ochiq, aniq belgilangan va oldindan ko‘rish mumkin. Bu shaxslarning o‘z huquq va majburiyatlarini anglashi va o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan bilishini taʼminlaydi.
c. Odil sudlov va protsessual adolat: Sud jarayonlari xolis va adolatli tarzda amalga oshiriladi. Bunga odil sudlov huquqi, qonuniy vakillik huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi hamda isbot va dalillarni taqdim etish huquqi kiradi.
d. Fundamental huquqlar himoyasi: Huquq ustuvorligi so‘z, yig‘ilishlar va ifoda erkinligi kabi fundamental inson huquqlari va erkinliklarini qo‘llab-quvvatlaydi va himoya qiladi. Ushbu huquqlarga nisbatan har qanday cheklovlar aniq qonun-qoidalarga asoslanadi va alohida ko‘rib chiqilishi lozim.
2. Qonun ustuvorligi (qonun vositasida siyosiy hukmronlik) esa qonunlar adolat va shaxsiy huquqlarning kafolati sifatida emas, balki hokimiyatdagilar tomonidan nazorat vositasi sifatida foydalaniladigan tizimni anglatadi. Qonun ustuvorligida hukumat o‘z irodasini qonunlar orqali amalga oshiradi, ammo bu qonunlar adolat, tenglik va hisobdorlik tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirmasligi mumkin. Qonun ustuvorligining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a. Nazorat vositasi: Qonunlar hokimiyatdagilarning harakatlarini qonuniylashtirish uchun ishlatiladi va bunda ko‘pincha tiyib turuvchi mexanizmlar bo‘lmaydi. Hukumat o‘zgacha fikrni bostirish, muayyan shaxslar yoki guruhlarni nishonga olish yoki o‘z qudratini mustahkamlash uchun qonunlarni manipulyatsiya qilishi yoki ularni selektiv (tanlovli) ravishda qo‘llashi mumkin.
b. Sud tizimining mustaqil bo‘lmasligi: Siyosiy hokimiyat unga taʼsir ko‘rsatishi yoki aralashishi mumkin. Sud qarorlari huquqiy tamoyillar va dalillarga asoslangan holda emas, balki hokimiyatdagilarning manfaatlariga xizmat qilish uchun qabul qilinadi.
c. Huquqlarning cheklangan himoyasi: Baʼzi huquqlar qonunda yozib qo‘yilgan bo‘lsada, ularning himoyasi ko‘pincha buziladi. Jismoniy shaxslar odil sudlovdan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lolmaydi hamda ularning huquqlari samarali arz qilish yoki qayta tiklash vositalarisiz poymol qilinadi.
d. Hokimiyatni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish: Qonun ustuvorligi hukumatning o‘zboshimcha va tiyiqsiz harakatlariga olib kelishi mumkin bo‘lib, bunda qonunlar oldindan aytib bo‘lmaydigan yoki nomuvofiq tarzda qo‘llaniladi yoki talqin qilinadi. Bu noaniqlik va qo‘rquv muhitini yaratadi, chunki odamlar o‘z harakatlarining oqibatlari qanday bo‘lishini bila olmaydilar.
Xulosa qilib aytganda, Huquq ustuvorligi qonunlar xolis, oshkora va barchaga teng amal qiladigan hamda fundamental huquqlarni himoya qilish va adolatni taʼminlashga xizmat qiladigan tizimni targ‘ib qiladi. Bundan farqli o‘laroq, Qonun ustuvorligi (yoki Qonun hukmronligi) qonunlar hokimiyatdagilar tomonidan, ko‘pincha shaxsiy huquq va erkinliklarni cheklash hisobiga nazorat vositasi sifatida foydalaniladigan tizimni anglatadi.
© NeoJadid
📚 @e_kutubxona
YOMON TARBIYACHILAR
Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga hatto juda osondek tuyuladi. Kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bola tarbiyalash shunchalik oson bo‘lib tuyuladi.
Ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolani ma’lum bir kasbga o‘qitib-o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik deb o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning o‘z farzandlaridan hafsalasi pir bo‘lishining sababi ham mana shunda!
Yana bir haqiqat borki, undan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi: bolaga yaxshi tarbiya berish uchun, ota-onaning o‘zi axloqan toza inson bo‘lmog‘i shart. Axloq masalasida qusuri bor ota-ona o‘z farzandlariga qanchalik mehr bermasin, yomon tarbiyachiligicha qolaveradi. Chunki ota-onaning har bir xatti-harakati va fe’l-atvori bola tabiatida o‘chmas iz qoldiradi.
- Anton RUBINSHTEYN.
📚 @e_kutubxona
TIPIK O‘ZBEK
Mentalitet va tafakkur jihatidan tarixiy eksponatlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz birorta tipik o‘zbek bilan gaplashib ko‘ring. Tipik o‘zbek jamiyatdagi turli tabaqadan bo‘lishi mumkin. Masalan, oldin o‘ylardimki poytaxt aholisi har tomonlama rivojlangan bo‘ladi, odamlari boshqa joylarga nisbatan ilg‘or fikrli bo‘ladi deb o‘ylardim, mutlaqo xato ekan. Poytaxtlik ham fikrlash va mentalitet jihatidan respublikadagi eng olis qishloqdagidan farq qilmaydi.
Yana o‘ylardimki, akademiklar ziyoli bo‘ladi, ochiq fikrli bo‘ladi deb o‘ylardim. Yo‘q, aksincha g‘irt dimiqqan tafakkurli akademiklar behisobligini ko‘rdim.
O‘zbeklardagi qoloq fikrlash asosan nimada namoyon bo‘ladi bilasizmi? Ayollarga munosabatda, xususan kelinga bo‘lgan munosabatda yarq etib o‘zini ko‘rsatadi, shunchalik yaraqlaydiki ko‘zingizni olib qo‘yadi.
Masalan, o‘zi poytaxtda tug‘ilib o‘sgan, nihoyatda zamonaviy yashaydigan fan doktori bo‘lgan qaynona kelinidan cho‘rilikni talab qiladi. Uning akademik darajasi ijtimoiy qarashlariga zarracha ta’sir o‘tkazmagan.
Eng so‘nggi modeldagi brend kiyimlarda yuradigan, telefonning eng so‘nggi modelini tutadigan yigit ammo xotin izlayotganda birinchi talabi "ota-onasiga xizmat qiladigan" kelin bo‘lishi kerak.
Dunyodagi eng qoloq xalqlarda shunday mentalitetni ko‘rdim.
Biz 18-asrlarda qolib ketganmiz va buni normal qabul qilamiz. Qaynona-qaynotasiga ularning injiq talabi darajasida xizmat qilolmagani uchun qanchadan qancha kelinlar haydab yuborilgan.
Mehribon qaynonalar ham bor dersiz. Ammo qanchalik mehribon bo‘lmasin kelinidan xizmat qilishni kutdimi u mehribon emas, chunki xizmat qilish kelinning mutlaqo shar’iy majburiyati emas bo‘lib ham agar ular soppa-sog‘ bo‘lsa. Shuni miyasidan chiqarib tashlashi lozim. Ana shunda menimcha sog‘lom muhit bo‘ladi.
O‘zbek erkaklari, shuni bilib qo‘yingki, ayolingiz ota-onangiz bilan bitta uyda yashashga rozi bo‘lishining o‘zi uning uchun katta qurbonlik, hali xizmat qilishini qo‘yib turing. Eng qashshoq arab davlatlarida ham ayollar erining ota-onasi bilan bitta uyda yashashga rozi bo‘lmaydi.
- Fayziddin Mo‘min
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.