e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Atom_odatlar

1965-yilda vengriyalik Laslo Polgar ismli odam Klara ismli ayolga bir nechta antiqa xat yozgan.
Laslo qunt bilan ishlashga qattiq ishonardi. Lasloning dunyoda ishongan yakkayu yagona narsasi shu edi. U tug‘ma iste’dod haqida eshitishni ham xohlamasdi. Uning fikricha, o‘z ustida astoydil ishlash va yaxshi odatlarni
shakllantirish orqali bola har qanday sohaning dahosiga aylanishi mumkin. Uning hayotdagi shiori: "Daholar tug‘ilmaydi, balki ta’lim va tarbiya natijasida paydo bo‘ladi" edi.
Laslo ushbu g‘oyaga shu qadar ishonar ediki, ularni o‘z farzandlarida sinab ko‘rishga ham tayyor edi. Uning Klaraga xat yozishdan maqsadi ham tajriba uchun ko‘ngilli turmush o‘rtoq qidirish edi. Klara o‘qituvchi edi, garchi uning bu g‘oyaga ishonchi Laslonikidek mustahkam bo‘lmasa ham, to‘g‘ri tarbiya berish bilan har qanday inson o‘z ko‘nikmalarini kuchaytirishi mumkin deb hisoblardi.
Laslo shaxmat o‘yini tajriba uchun mos tushadi degan qarorga kelib, o‘z farzandlarini ushbu sportning chinakam ustalariga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. U farzandlariga uyda ta’lim berishga qaror qildi. Bunday ta’lim Vengriyada juda kam uchrardi. Rejaga ko‘ra, ularning uyi shaxmat haqidagi kitoblar va buyuk shaxmatchilarning suratlariga to‘la bo‘lar, bolalar esa bir-biri bilan shaxmat o‘ynab, eng nufuzli musobaqalarda qatnashishi kerak edi. Bolalar duch kelgan har bir raqibning o‘yini kuzatilib, maxsus fayllarda ipidan ignasigacha qayd etilib borilardi. Ularning hayoti shaxmatga bag‘ishlandi.
Lasloning sa’y-harakatlari zoye ketmadi. U Klara bilan turmush qurdi va bir necha yil ichida Polgarlar oilasida uch qizaloq Syuzan, Sofiya va Yudit dunyoga keldi.
To‘ng‘ich qizi Syuzan to‘rt yoshligida shaxmat o‘ynashni, olti oydan so‘ng esa kattalarni yutishni boshladi.
O‘rtancha qizi Sofiya yanada yuqori natijalarga erishdi. O‘n to‘rt yoshida u dunyo chempioni, bir necha yildan so‘ng esa grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.
Kenja qizi Yudit hammasidan ham o‘tib tushdi. Besh yoshida u otasini yenga olardi. O‘n ikki yoshida u dunyodagi eng yaxshi shaxmat o‘yinchilari yuztaligiga kirgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U o‘n besh yoshu to‘rt oylik bo‘lganda, avvalgi rekordchi Bobbi Fisherni ortda qoldirib, tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi. Yigirma yetti yil davomida u jahonning eng yaxshi ayol shaxmatchisi unvonini saqlab qoldi.
Opa-singil Polgarlarning bolaligi, yumshoq qilib aytganda noodatiy o‘tgan. Shunga qaramasdan ular bolalik davrini yoqimli va hatto lazzatli xotiralarga to‘la holda eslaydi. Intervyularda ular yoshlik davrlarini mashaqqatli emas, balki qiziqarli deb ta’riflaydi. Ular shaxmat o‘ynashni chindan ham yaxshi ko‘rardi. O‘yinni qancha ko‘p o‘ynasa, shunchalik oz tuyulardi. Kunlarning birida Laslo Sofiyani yarim kechasi hammomda shaxmat o‘ynayotganini ko‘rib qoladi. U qizini uxlashga olib ketar ekan, "Qizim, shaxmat donachalarini o‘z holiga qo‘y", deydi. Bunga Sofiya: "Dadajon, ammo ular meni o‘z holimga qo‘ymaydi-da!" - deya javob qaytaradi.
Opa-singil Polgarlar shaxmatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan muhitda voyaga yetgan. Ularni shaxmat uchun maqtashar va mukofotlashardi. Ular o‘sib-ulg‘aygan muhitda shaxmatga mukkasidan ketish normal holat bo‘lgan.

- Jeyms Klir. "Atom odatlar"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📋 Sizningcha, so‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar qaysi?
(2018-2023)

• Nuraliyeva Gulobod
1. "Yomg'ir" - Somerset Moem
2. "O'zbekiston tavalludi" - Adib Xolid
3. "O'lik shoirlar jamiyati" - Nansi H.Kleynbaum
4. Eljernonga atalgan gullar - Daniel Kiz

• Gulnoza Ravshan qizi
1. 1984, Molxona
2. Azizim, Po‘rtahol
3. Men Malalaman

• Dilfuza Abdullayeva
1. Remark asarlari
2. Ajib yangi dunyo
3. Kuchsizlar kuchi
4. Eljernonga atalgan gullar
5. Farengeyt bo'yicha 451°

• Abdug‘ofurova
1. Kuchsizlar kuchi
2. Vatandoshlik dasturi
3. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
4. Azizim, Po‘rtahol
5. Qalbingni isloh qil

Adham Muhiddin o‘g‘li
1. Jorj Oruell asarlari
2. Kitob o'g'risi
3. Anna Frank kundaligi
4. Doktor Jivago
5. Remark asarlari

• Dilnura Yuldosheva
1. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
2. 1984
3. Vatandoshlik dasturi
4. O‘zbekiston tavalludi
5. Ajib yangi dunyo

• Abdujalil Xojimatov
1. "Fikr yurituvchilar uchun ISLOM bo‘yicha qo‘llanma" - Shahzoda G‘oziy ibn Muhammad ibn Talol
2. "Kitoblar qanday o'qiladi" - Mortimer J.Adler & Charlz Van Doran
3. "Biz" - Yevgeniy Zamyatin
4. "Men" - Fotih Duman
5. "G'oyam" - Najmiddin Erboqan


Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Zbignev Bjezinskiy
📓 "Buyuk shaxmat taxtasi"
⚙ Kitobdan boblar
⚖ 0.4 MB
🔎 PDF
📄 68 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Mustafo Cho'qay o'g'li
📓 "Istiqlol jallodlari"
⚙ Xotiralar
⚖ 1,9 MB
🔎 PDF
📄 80 sahifa


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Ongi ochilmagan, bilimsiz bir millat o‘z dushmanlari oldida kushxonaga haydalmoqda bo‘lgan bir to‘p hayvondan hech qanday ayramasi yo‘qdir.
Insonning o‘ziga eng yaqin halokatlik dushmani ongsizlik, ilmsizlikdir. Shunga ko‘ra Olloh taolo Qur’onning birinchi surasini o‘qish, uqish, bildirish, yozish, qalam bilan boshlamish edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak-xotin, o‘g‘il-qiz demay butun ummatlarini ilm o‘qishga buyurdilar. Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lgandek, o‘z hukumatini, vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilish ham farzdur.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Muhimi, davlat tashkilotlari faqat ruxsat beradigan, taqiqlaydigan va buyruq beradigan organga aylanib qolmasligiga e’tiborli bo‘lish kerak. Xalq amaldorlarga xizmat qilishga majbur emas, lekin amaldorning burchi xalqqa xizmat qilishdir. Konstitutsiyada xalqqa ko‘p xuquqlar berilgan, mansabdorlarning burchi esa barchaga o‘z huquqlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

OLIY HOKIMIYAT EGASI

Xalq - bu shunchaki soliq to‘lovchi emas. Oliy hokimiyat egasi sifatida xalq shu qadar bilimli, ma’lumotli va tajribali bo‘lishi kerakki, vatandosh (o‘z-o‘zini va jamiyatni boshqarish sub’yekti) sifatida muhokamalarda ishtirok etish, qarorlarni shakllantirish va ushbu qarorlarni amalda tatbiq etishda qatnashganligini (ommaviy) oqilona deb atash mumkin bo‘lsin, shuningdek, natijalar sifatini baholashda, foydani taqsimlashda, yangi investisiyalarni rejalashtirish kabilarda ishtirok etish uchun ma’naviy haqqi bo‘lsin. Ayni paytda aholining ko‘pchiligi haqida aytishimiz mumkinki, ular ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etishda xuddi ho‘kizning o‘rniga chivinning dala haydagani kabi ishtirok etmoqda.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Hammamiz boradigan manzil"
✍ Tomas Mann
⚙ Hikoya
🔎 PDF | 7 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №178 mutolaa uchun Viktor Gyugoning "Byug Jargal" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 8-iyul, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
✍ Pirmat Shermuhamedov
📓 "Bo‘linish nimadan boshlangan?"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 12 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ikkinchi nashr!

Tez kunlarda.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Muhandislar, kimyogarlar va fiziklar uchun (“oddiy" aqlli insonlardan farqli o‘laroq) moddiy dunyoda amal qiladigan qonunlar har doim ham jamiyat va ijtimoiy sohalarda ishlamasligini tushunish qiyin bo‘lishi mumkin. Masalan, buyruq va shiorlar bilan tug‘ilishni ko‘paytirish yoki emigratsiyani kamaytirish mumkin emas. Aholi bilan bog‘liq jarayonlarga faqat ularning omillarini o‘zgartirish orqali ta’sir qilish mumkin.
Emigratsiya jarayonlarini tartibga solish uchun nima sababdan insonlar, qiyinchiliklarga qaramay, o‘z vatanlarida yashashni afzal ko‘rishini va shu bilan birga boshqa mintaqalarga ko‘chib o‘tishga qaror qilishning sababi nimada ekanligini bilish (taxmin qilish yoki o‘ylash emas, balki bilish!) kerak.
Nima sababdan aholining bir qismi uchun bolalar eng katta quvonch ekanligini, ba’zi insonlar esa laylak tashrifini istamasligini tushunish uchun hayot va yashash muhiti, muloqot va uning ta’sirini, shuningdek, nima uchun yolg‘on va bo‘xton, loqaydlik va pastkashlik hamma uchun bir xil darajada nomaqbul ekanligini bilish zarur.
Bitta faktorni aniqlash yetarli emas! Siz faktorlar tizimini bilishingiz kerak. Insonlarning dadillik hissi, e’tiqodi va ishonchi qanday. Kulgili maosh va turmush darajasining yaxshilanishi kutilmaydigan vaziyatda o‘nglanib olishiga qanday umidlari borligini o‘ylab ko‘rish kerak.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Diqqat

Aniq bir malakaga diqqatni jamlash orqali o‘sha malakaga daxldor miya hujayralarini qayta va qayta ishlatasiz. Miyaning tegishli qismi to‘xtovsiz ishlashi oligodendrositlar deb ataladigan hujayralarni o‘sha qismdagi neyronlarni mielin qatlamlari bilan o‘rashiga turtki beradi, bu esa mahoratingizni yanada kuchaytiradi. Chalg‘imasdan, bajarilajak ishga e’tibor qaratish zarurligining sababi shundaki, bu miyaning tegishli qismi ko‘proq ishlashiga olib keladi vamielinlashishni tezlashtiradi. Bundan farqli o‘laroq, agar diqqat sust holatda (deylik "Facebook"ni ochib qo‘yib) yangi va murakkab mahoratni (masalan, SQL ma’lumotlar bazasini boshqarish) o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, miyangizning turli qismlari bir vaqtda tartibsiz ishlay boshlaydi, kuchaytirish lozim bo‘lgan neyronlar guruhi zo‘riqib ishlamaydi.

- Kel Nyuport. "Diqqat"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari

Qudratli guruhlar ko‘pincha iqtisodiy o‘sishga va taraqqiyot vositalariga qarshi bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish faqat yaxshiroq uskunalar yoki bilimliroq kadrlar soni ko‘payishi emas, balki keng miqyosdagi bunyodkor buzg‘unchilik bilan bog‘liq amaldagi vaziyatni o‘zgartirish va beqarorlashtirish demakdir. Shu bois taraqqiyot iqtisodiy imtiyozlardan mosuvo bo‘lishdan qo‘rqadiganlar hamda siyosiy hokimiyatdan mahrum bo‘lishdan xavfsiragan kuchlar tarafidan to‘siqqa uchramagan taqdirdagina oldinga siljiydi.
Cheklangan resurslar, daromad va hokimiyat uchun kurash o‘yin qoidalarini, iqtisodiy faoliyat ko‘rinishlari va ulardan kim foyda olishini aniqlab beruvchi iqtisodiy institutlar ustidagi kurashga aylanadi. Kelishmovchilik bo‘lgan joyda hammaning istaklari bir xil bo‘lishi mumkin emas. Ba’zilar yutqazib, norozi bo‘lsa, boshqalar o‘zlari istagan natijani qo‘lga kiritadi. Mazkur kurashda kim g‘olib bo‘lsa, o‘shalar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishini belgilab beradi. Agar taraqqiyotga qarshi bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonsa, ular yuksalish yo‘lini to‘sadi va iqtisodiyot o‘sishdan to‘xtaydi.
Qudratli kishilar farovonlik keltiradigan iqtisodiy institutlarni joriy etishni istamasligining sababini siyosiy institutlarni tanlash jarayonida ham osongina ko‘rish mumkin. Cheklanmagan boshqaruv sharoitida elita sinfi o‘zi istagan iqtisodiy institutlarni joriy etish qudratiga ega bo‘ladi. Ularda siyosiy institutlarni plyuralistik ko‘rinishdagi tuzumga o‘zgartirishga qiziqish bo‘lishi mumkinmi? Umuman olganda, yo‘q. Negaki bu faqat ularning siyosiy hokimiyatini zaiflashtiradi, ularga keyinchalik o‘z manfaatlariga mos keluvchi iqtisodiy institutlarni qurishni qiyinlashtiradi, hattoki uni imkonsiz ishga aylantiradi. Aynan shu yerda yana o‘zaro kurash uchun asos topiladi. Ekstraktiv iqtisodiy institutlardan jabr ko‘rgan kishilar cheklanmagan hokimiyatga ega
hukmdorlarning siyosiy tuzumni o‘z xohishlari bilan o‘zgartirishlariga va hokimiyatni bo‘lishishlariga umid qila olmaydilar. Mavjud siyosiy institutlarni o‘zgartirishning yagona yo‘li elitani birmuncha plyuralistik institutlar joriy qilishga majbur qilishdan iborat.


- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Siyosatchilar ta’limni o‘rni kelsa deyarli urinishlarsiz, shunchaki hamyonni ochib, hal etish mumkin bo‘lgan vazifaga aylanishini xohlaydilar. Ular tahminan quyidagicha mulohaza qiladilar: "agar ta’lim texnologiyalariga qanchadir sarmoya kiritsak, o‘shanda mana shuncha natija olamiz. Bizning reytinglarimiz birdan osmonga chiqib ketadi, shuning uchun keling, mana bu tugmachani bosamiz". Biroq bu ishda ta’lim texnologiyalari umuman muhim rol o‘ynamaydi. Bunda muhimi — o‘qituvchilar tomonidan to‘plangan va boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin bo‘lgan tajriba hisoblanadi.

- "Finlyandiya ta'lim mo‘jizasi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#mutolaa

📚 «Vatandoshlik dasturi» kitobining tarjima ishlari tugagandan keyin muallif Yulo Vooglayd bilan bog‘langanimizda, u kishi kitobning elektron nusxasi tekin tarqatilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Biz ham kitobni iloji boricha ko‘proq odam o‘qishini istaymiz. Bugun kitobning elektron nus'hasini kanalga joylayapmiz. Marhamat, o‘qing va erkin fikrlash ko‘nikmalaringizni oshiring!

P.S
Aslida ushbu kitob vatandoshlik jamiyati harakatlari mahsuli, chunki u vatandoshlar ko‘magi bilan o‘zbek tiliga o‘girildi va chop etildi! Kitoblar tarjimasi va ularni tekin tarqatishda sizning moliyaviy ko‘magingiz o‘rni juda katta, chunki har bir mehnat va chop etish ishlarining moddiy tomoni bor. Shu kunlarda jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan kitoblar ustida ishlamoqdamiz va nasib qilsa bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yamiz. Sizning ko‘rsatgan moliyaviy ko‘magingiz esa bu turdagi ishlarning bardavomligi uchun sabab bo‘ladi!

9860010107718396 — HUMO (Sadikov Hamid)
8600510380192299 — UZKARD (Sadikov Hamid)
4231200009246454 — VISA (KHAMID SADIKOV)

Hurmat bilan Hamid Sodiq

👉 Kitobga buyurtma berish 👈

@Hamid_Sodiq

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Mahoratli va malakali pedagoglar tizim, sharoit va muhit tanlab (kutib) o‘tirmasligi haqida

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Toʻplam

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
✍ Shayx Ali Tantoviy
📓 "Mutolaa"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 7 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

EL

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!

Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Ozodlik - bu ideal, yuksak g‘oya va orzu blib, u kurash, jonfidolik va bardoshni talab qiladi. Shu bilan birga, insonlarni erkinlikday qo‘rquvga soladigan manbani topish ham qiyin.
Erkinlikka qaror berish huquqi, qarorlarga esa javobgarlik mas’uliyati esh keladi. Agar insonga mas’uliyat juda og‘ir yuk bo‘lib ko‘rinsa, u qaror berish huquqiga ega bo‘lmaslik, sodir bo‘layotgan jarayonlarga shunchaki kuzatuvchi bo‘lish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishga intiladi. Bu haqiqiy paradoksdir.

Paradoks — bu yolg‘on ko‘rinishidagi haqiqatdir.
• Demagogiya — bu haqiqat ko‘rinishidagi yolg‘ondir.


Erkinlik va mustaqillik nimaga bog‘liq?
Gap nafaqat jismoniy panjaralar, balki eng avvalo, intellektual, hissiy va axloqiy tushunchalar haqida ketmoqda. Mustaqil fikrlash uchun yetarli darajada bilimga, ma’lumotga va tajribaga ega bo‘lgan insongina erkin bo‘lishi mumkin.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Oy_tavsiyalari
Iyul oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
📓 "Riyozus solihiyn" (Imom Navaviy)

• Jahon adabiyoti:
📓 "Biz" (Yevgeniy Zamyatin)

O‘zbek adabiyoti:
📓 "Ikki karra ikki — besh" (O‘tkir Hoshimov)

• Biografik:
📓 "Hazrati Abu Bakr" (Ahmad Lutfiy Qozonchi)

• Shaxsiy rivojlanish:
📓 "Diqqat" (Kel Nyuport)

Mumtoz:
📓 "Temur tuzuklari" (Amir Temur)

• Tarix:
📓 "Partiyaning oltinlari" (Igor Bunich)

• Ilmiy-ommabop:
📓 "Buyuk shaxmat taxtasi" (Zbignev Bjezinskiy)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Har bir vatandosh uchun axloq normalariga rioya qilish tabiiy va o‘z-o‘zidan ravshandir. Axloqiy xulq-atvor me’yorlarini hurmat qilmaydigan inson, aslida, boshqa kimsalarni, shuningdek, o‘z madaniyatiyu jamiyatini hurmat qilmaydi. Axloqsizlik, majruhlik belgisidir.
Ijtimoiy hayotning boshqa hodisalariga nisbatan axloqning o‘ziga xos xususiyati, uning hamma munosabatlarga sizib kirish qobiliyatida ko‘zga tashlanadi. Axloq insonning barcha harakatlaridan, barcha sohalar, tartibga solish va rahbarlikning barcha darajalaridan sizib o‘tadi.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Chakalakda"
✍ Akutagava Ryunoske
⚙ Novella
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Ozod Sharafiddinov tarjimalari
📓 "Jahon adiblari adabiyot haqida"
⚙ Maqolalar
⚖ 21,9 MB
🔎 PDF
📄 392 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Badal"
✍ O. Henri
⚙ Hikoya
🔎 EPUB


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Бир гуруҳ фаоллар диний материалларни тарқатиш юзасидан мурожаат йўллади  

"Диний мазмундаги маълумотларни тарқатиш билан боғлиқ шов-шувли судлар ҳақида ҳаммамизнинг хабаримиз бор",
дейилади устоз Мубашшир Аҳмаднинг постларида. "Муаммо кўпроқ судларда эмас, балки жиноятга номутаносиб жазо белгиланган қонун ва қарорларда эканига олдиндан урғу бериб келаётган эдик..."

Имзо қўйиш учун ҳавола: https://forms.gle/sxHWkwpzNsx3LiJi7

Батафсил: https://azon.uz/content/views/53850

© AzonUZ ахборот-таҳлилий портали

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №177 mutolaa uchun Remarkning "Jannatdagi soyalar" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 24-iyun, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Читать полностью…
Subscribe to a channel