#Ajib_yangi_dunyo
Agar sen boshqalar kabi bo‘lmasang, unda sen yolg‘izlikka mahkumsan.
- Oldos Haksli. "Ajib yangi dunyo"
📚 @e_kutubxona
#Mutolaa_haqida
Kitob deganda men baribir badiiy adabiyotni ko‘proq tushunaman. Ilmiy kitoblarning foydasi ko‘proqdir, ammo ular aksariyat hollarda ma’lumot yetkazishning bir vositasi, insonlar baribir bir kun kelib to‘plangan bilimlarni yozuv orqali chop etgan bo‘lardi. Badiiy adabiyot esa, fikrimcha, insoniyatning haqiqiy kashfiyoti, mo‘'jiza — shunday emasmi?
Kitob orqali biz ne-ne buyuk qalb va aql sohiblarining ular bilan bizni bog‘lab turadigan umumiyliklar haqidagi qarashlarini o‘qiy olamiz, asrlar osha suhbat quramiz. Vositalar o‘zgargani bilan insoniy qadriyatlar, o‘lim, oila, sevgi, nafs, boylik, ilm haqidagi mushohadalarni o‘qib, birgalikda fikr yuritamiz. Kitob bizga o‘zgalar fikrini qabul qilishga o‘rgatadi, soatlab boshqa bir insonning dunyosida sayohat qilish, voqealarga uning ko‘zi bilan boqishga, ya’ni toqatga odatlantiradi. Sport jismimizni chiniqtirgani kabi kitob o‘qishga ham faqat bilim olish yoki vaqtichog‘lik emas, ruhiyatni tarbiyalaydigan bir mashg‘ulot sifatida qarash kerak.
Iqtisodiyot yo matematikaga oid yoki tarixiy, diniy kitoblarni qiziqqanim, ehtiyoj tufayli o‘qib turaman, ammo yuqorida qayd etganimdek, ma’lum sohaga oid asarlar, ilmiy kitoblarni qiziqqanlar shu soha bilimdonlaridan so‘rab, tavsiya olishlari mumkin. Shuning uchun men tavsiya uchun asosan badiiy asarlarni tanladim — menimcha kitob o‘qiydigan hammani birlashtirib turadigan xudud mana shu.
Men faqat klassik uslubda, ya’ni chop etilgan kitoblarni o‘qishga o‘rganganman. Audiokitoblar umuman men uchun emas, diqqatni jamlay olmaganim tufayli, xayol ketib qolaverib, qayta-qayta ortga qaytarishga majbur bo‘lganman yo uxlab qolaman, shuning uchun bu usuldan voz kechdim. Monitorda o‘qish ham noqulay, qachonki biror asarga qiziqsamu nashriyotdan chiqqanini topa olmasam, majburan o‘qishim mumkin.
Ochig‘i, kitob o‘qishim qiyinlashib ketyapti. Menimcha, o‘qigan barcha kitoblarimning 90 foizini 30 yoshgacha o‘qigan bo‘lsam kerak. Yomon odatim, masalan, kunimni rejalashtirib, bir kunda falon sahifa yoki falon daqiqa o‘qishni vazifa qilib ololmayman. Agar boshlasam, tugatguncha o‘qiyveraman, boshqa ko‘p ishlar qolib ketadi, shuning uchun har safar yangi kitob boshlashim qiyin.
- Qahramon Aslanov, jurnalist
📚 @e_kutubxona
#Atom_odatlar
«1970-yillardagi energiya inqirozi va neft embargosi paytida niderlandiyalik tadqiqotchilar mamlakatning energiya sarfini yaqindan o‘rgana boshladilar. Amsterdam shahridagi chekka dahalarining biridagi xonadonlar elektr quvvatini boshqa uylarga nisbatan o‘ttiz foiz kamroq sarflashi aniqlandi. Vaholanki, ushbu xonadonlarning hajmi yoki elektr energiya narxi va qolgan barcha ko‘rsatkichlari boshqalar bilan bir xil bo‘lgan. Kam elektr quvvati sarflaydigan xonadonlarni boshqalardan ajratib turadigan yakkayu yagona farq elektr xisoblagichning joylashuvi edi. Ayrim uylarda hisoblagich yerto‘lada bo‘lsa, boshqa uylarda u ikkinchi qavatdagi dahlizga o‘rnatilgan edi. Elektr hisoblagich dahlizda joylashgan xonadonlar elektr quvvatini kamroq sarflashini taxmin qilgan bo‘lsangiz kerak. Ishlatilgan elektr energiya miqdorini ko‘rish va nazorat qilish oson bo‘lganda odamlarning xulq-atvori o‘zgargan.
Har bir odat yuzaga kelishiga signal turtki beradi. Boshqalaridan ajralib turadigan signalni osonroq qabul qilamiz. Afsuski, biz yashaydigan va ishlaydigan muhitda ayrim harakatlarga turtki beradigan signal yo‘qligi tufayli o‘sha harakatlarni bajarmaslik oson bo‘lib qoladi. Agar gitara doim ko‘zimizdan uzoqda, javon ichida tursa, u bilan mashq qilish qiyinlashadi. Kitob javoni uyning boshqa tarafida bo‘lishi kitob o‘qishga qiziqishni pasaytiradi».
- Jeyms Klir. "Atom odatlar"
📚 @e_kutubxona
Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
📋 Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta o‘zbek adabiyoti namunalari qaysi?
• Adham Muhiddin o‘g‘li:
1. ''Otamdan qolgan dalalar"
2. "Ot kishnagan oqshom"
3. "Bu dunyoda o'lib bo‘lmaydi"
4. "Puankare"
5. "Shaytanat"
• Nuraliyeva Gulobod:
1. "O'tkan kunlar"- Abdulla Qodiriy
2. "Otamdan qolgan dalalar"- Tog'ay Murod
3. "Boqiy darbadar"- Isajon Sulton
4. "Turkiylar" (she'r)- Shavkat Rahmon
5. "Maymun yetaklagan odam"- Nazar Eshonqul
• Madina Urinova:
1. "Qora kitob" Nazar Eshonqul
2. "Puankare" Abduqayum Yo'ldoshev
3. "Kecha va kunduz" Abdulhamid Cho'lpon
4. "Sunbulaning ilk shanbasi" Abduqayum Yo'ldoshev
• Gulnoza Ravshan qizi:
1. "O‘tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy
2. "Ikki eshik orasi" - O‘tkir Hoshimov
3. "Otamdan qolgan dalalar" - Tog‘ay Murod
4. "Halqa" - Akrom Malik
5. "Qorako‘z Majnun" - Said Ahmad
• Dilfuza Abdullayeva:
1. O'tkan kunlar
2. Kecha va kunduz
3. Yulduzli tunlar
4. Daftar hoshiyasidagi bitiklar
5. Otamdan qolgan dalalar
• Sharobiddin Oxunjonov:
1. "Kecha", Choʻlpon
2. "Shum bola", Gʻafur Gʻulom
3. "Temir xotin", Sharof Boshbekov
4. "Oʻtkan kunlar", Abdulla Qodiriy
5. Shavkat Rahmon va Faxriyor sheʼrlari
• Ilhom Rahimberdiyev:
1. "O‘tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy
2. "Mehrobdan chayon" - Abdulla Qodiriy
3. "Chinor" - Asqad Muxtor
4. "Men, dadam va alsgeymer" - Nodirabegim Ibrohimova
• Gavhar G‘ozibekova:
1. Abdulla Qodiriy: "O‘tkan kunlar"
2. Tog‘ay Murod: "Otamdan qolgan dalalar"
3. Said Ahmad: "Ufq"
4. Pirimqul Qodirov: "Yulduzli tunlar"
5. Oybek va O‘tkir Hoshimov asarlari
• Abdujalil Xojimatov:
1. "Alvido, Vatan!" - A'zam Xoshimiy.
2. "Yangi dunyo", "Andalusiya", "Bag'dodning qulashi" - Abu Muslim.
3. "O'tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy.
4. "Halol nimayu harom nima" - Tohir Malik
5. "Suyanchiq" - Xayrulla Hamidov
• Shalola Safartosheva:
1. "Oʻtkan kunlar"
2. "Yulduzli tunlar"
3. "Shum bola"
4. "Koʻngil ozodadur"
5. Usmon Azim, Erkin Aʼzam, Murod Muhammad Doʻstning ijod namunalari
—
• Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
12. So‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar
📚 @e_kutubxona
Kitobxonlar klubi: Navbatdagi muhokamalar sanasi va tanlangan asarlar:
• 16-sentabr: Hukmdor
• 30-sentabr: Mazaxchini o‘ldirish
• 14-oktabr: O‘tkan kunlar
• 28-oktabr: Bovari xonim
• 11-noyabr: Godoni kutish
• 25-noyabr: Mahbub ul-qulub
• 9-dekabr: Alvido, Vatan
• 23-dekabr: Oliver Tvist
© 2019-2023 — Kitobxonlar klubi
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Etel Voynichning «So‘na» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
• Birov tekshirib turmaydigan amal odamni buzadi.
• O‘tmish — o‘limniki, kelajak bo‘lsa — sizniki.
• Biz hamisha qilib turgan ishimizdan ko‘ra yaxshiroq ishga yaraymiz.
• Odam o‘ldirilgan sari politsiyaning quturishi orta boradi, xalqni esa zo‘rlikka va bag‘ritoshlikka yana battar odatlantiradi;
• Johil odamlarni qonni ko‘rishga o‘rgatish bilan inson hayotining qimmatini oshirolmaysiz.
• O‘g‘limning tomirlarida qaynab turgan qon oqadi, suv aralashgan sut emas.
• Bosilishga noloyiq boʻlgani holda bosilgani yaxshimi yoki bosilishga tamoman loyiq boʻlgani holda bosilmagani yaxshimi?
📚 @e_kutubxona
#Gʻoyam
“Modomiki, bu huquq siyosiy qaror bilan qo‘limizdan olib qo‘yildi, unda biz ham siyosatga kirib boramiz va kurashimizni u yerning o‘zida davom ettiramiz", dedik.
Ba’zan bizdan so‘rashadi: "Barcha o‘quv maskanlarini birinchilik bilan bitirgan ekansiz. Miyangiz daholarnikidek. Ilmiy sohada ham katta kashfiyotlar qilgansiz. Yo‘lingizda davom etib, kashfiyotlar qilishdan to‘xtamaganingizda, Insoniyatga shu tarzda xizmat ko‘rsatganingizda yana ham yaxshi bo‘lmasmidi?"
Ularga shunday javob beramiz: "Biror universitetda professor bo‘lishingiz, Nobel mukofotini ham olishingiz mumkin. Ammo mamlakatingiz kishilari qashshoqlik va qiyinchiliklar girdobida yashayotgan; dunyoda 300 ming bola ochlikdan o‘layotgan bo‘lsa, o‘sha Nobel mukofoti nimaga yaraydi?"
Shu sababdan ham bizga mana shunday xayrli xizmat baxtini nasib etgani uchun Haq taologa Doimo shukr qilamiz.
Asl foydali ish 70 millionlik millatimiz va butun insoniyat xizmatida bo‘lishdir. Bashariyat saodati yo‘lida kecha-kunduz ter to‘kish haqiqiy baxtdir. Chin saodat bu dunyo imtihonidan "Joni va moli bilan jiddu jahd qilgan musulmon" sifatida o‘tmoqdir. Chunki hayotning o‘zi imon va kurashdan iboratdir.
- Najmiddin Erbaqon: "G'oyam" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#SIR
Inson o‘limni tushga o‘xshatadi. Holbuki, adashadi. Kishi o‘lganida uyg‘ongan bo‘ladi. O‘lgan payting uyg‘onasan, hayoting bir tushligini, o‘ldi deb o‘ylaganlaring aslida o‘lmaganini tushunib yetasan.
Bu dunyoda ko‘rganlaring haqiqat emasligini va vaqti-soati yetib, o‘lishingni bilsang, ana o‘shanda o‘lmasdan avval o‘lgan bo‘lasan.
Agar o‘lim dunyoni tark etish bo‘lsa, tirikligidayoq dunyodan voz kechganlar uni o‘ldirgan bo‘ladi. Ular jism zanjirini parchalab, nafs otashini so‘ndira oladi. Inson emas, uning nafsi o‘limdan qo‘rqadi. Ishonma unga. Ishonmasang, yashay olasan. Aslida dunyo bilan yashayotganlar haqiqiy o‘liklardir, o‘lmasdan avval o‘lganlar esa tuproq ostiga kirgani bilan tirikdir!..
- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"
📚 @e_kutubxona
#Buyuk_shaxmat_taxtasi
Yevrosiyo shaxmat taxtasidagi yangi va muhim makon bo‘lgan Ukraina geosiyosiy markazdir, chunki uning mustaqil davlat sifatida mavjudligi Rossiyani o‘zgartirishga yordam beradi. Ukrainasiz Rossiya Yevrosiyo imperiyasi bo‘lishni to‘xtatadi. Ukrainasiz Rossiya hali ham imperatorlik maqomi uchun kurasha oladi, ammo keyin u asosan Osiyoning imperator davlatiga aylanadi va katta ehtimol bilan rivojlanayotgan Markaziy Osiyo bilan zaiflashuvchi mojarolarga aralashadi, agar bu amalga oshsa, o‘z kuchini yo‘qotganidan afsuslangan bo‘lardi. Ular yaqinda mustaqillikka erishgan va janubdagi qardosh islom davlatlaridan yordam oladi. Xitoy, shuningdek, mintaqaning yangi mustaqil davlatlariga qiziqish kuchayib borayotganini hisobga olib, Rossiyaning Markaziy Osiyo ustidan hukmronligini tiklashning har qanday turiga qarshi chiqadi. Biroq agar Moskva 52 million aholisi va katta resurslari, shuningdek, Qora dengizga chiqishi bilan Ukraina ustidan nazoratni tiklasa, Rossiya avtomatik ravishda Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan kuchli imperator davlatiga aylanish vositalariga ega bo‘ladi. Ukrainaning mustaqilligini yo‘qotishi Markaziy Yevropa uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi va Polshani birlashgan Yevropaning sharqiy chegaralaridagi geosiyosiy markazga aylantiradi.
Ozarbayjon va Markaziy Osiyoning kelajagi deyarli Ukraina misoli bo‘lgani kabi, asosan, Rossiyaning kim bo‘lishi yoki bo‘la olmasligiga bog‘liq.
- Zbignev Bjezinskiy: Buyuk shaxmat taxtasi
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
Siyosatchilar ta’limni o‘rni kelsa deyarli urinishlarsiz, shunchaki hamyonni ochib, hal etish mumkin bo‘lgan vazifaga aylanishini xohlaydilar. Ular tahminan quyidagicha mulohaza qiladilar: "agar ta’lim texnologiyalariga qanchadir sarmoya kiritsak, o‘shanda mana shuncha natija olamiz. Bizning reytinglarimiz birdan osmonga chiqib ketadi, shuning uchun keling, mana bu tugmachani bosamiz". Biroq bu ishda ta’lim texnologiyalari umuman muhim rol o‘ynamaydi. Bunda muhimi — o‘qituvchilar tomonidan to‘plangan va boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin bo‘lgan tajriba hisoblanadi.
- "Finlyandiya ta'lim mo‘jizasi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#mutolaa
📚 «Vatandoshlik dasturi» kitobining tarjima ishlari tugagandan keyin muallif Yulo Vooglayd bilan bog‘langanimizda, u kishi kitobning elektron nusxasi tekin tarqatilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Biz ham kitobni iloji boricha ko‘proq odam o‘qishini istaymiz. Bugun kitobning elektron nus'hasini kanalga joylayapmiz. Marhamat, o‘qing va erkin fikrlash ko‘nikmalaringizni oshiring!
P.S
Aslida ushbu kitob vatandoshlik jamiyati harakatlari mahsuli, chunki u vatandoshlar ko‘magi bilan o‘zbek tiliga o‘girildi va chop etildi! Kitoblar tarjimasi va ularni tekin tarqatishda sizning moliyaviy ko‘magingiz o‘rni juda katta, chunki har bir mehnat va chop etish ishlarining moddiy tomoni bor. Shu kunlarda jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan kitoblar ustida ishlamoqdamiz va nasib qilsa bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yamiz. Sizning ko‘rsatgan moliyaviy ko‘magingiz esa bu turdagi ishlarning bardavomligi uchun sabab bo‘ladi!9860010107718396
— HUMO (Sadikov Hamid) 8600510380192299
— UZKARD (Sadikov Hamid)4231200009246454
— VISA (KHAMID SADIKOV)
Hurmat bilan Hamid Sodiq
👉 Kitobga buyurtma berish 👈
@Hamid_Sodiq
#Keltirma
Mahoratli va malakali pedagoglar tizim, sharoit va muhit tanlab (kutib) o‘tirmasligi haqida
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Vatandoshlik_dasturi
Insonlar burchli bo‘lgan ishni bajarishdan ko‘ra o‘zlari yoqtirgan [yengil-yelpi] ishni afzal ko‘rishadi. Chuqurlashmaslik, yuzaki bo‘lish va butunlikni hisobga olmasdan harakat qilish juda qulay. Vayron etish yoki hech narsa qilmaslik, yaratish va muhofaza etishdan ko‘ra ancha oson.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#SIR
Haqiqiy sinoving endi boshlanyapti, o‘g‘lim. Uzlatda, tanholikda, yolg‘izlikda, hech kim yo‘qligida, insonlardan uzoqda Allohni o‘ylamoq va topmoq juda oson. Haqiqiy mashaqqat ko‘pchilik orasida U bilan birga bo‘lmoqdir. Endi haqiqiy dushmaning nafsingdir, undan xalos bo‘lish uchun avvalo o‘zingdan qutulmog‘ing kerak. Buni ham tanholikda emas, xaloyiq orasida bajarasan. Mushkul, nihoyatda mushkul bo‘ladi, lekin o‘rganasan. Seni bu dengizdan ho‘l qilmasdan olib o‘tadigan birortani qidirgan eding, o‘sha izlaganing Ali Jamoliy afandi bo‘ladi. Shuni bilginki, sening bir o‘ying, bir qaroring, rejang bor bo‘lsa, albatta, Allohniki ham bor.
- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
📓 "Mustaqillik"
✍ Nabi Jaloliddin
⚙ Hikoya
🔎 PDF | Lotin
📄 9 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
ALDOV (YOLGʻON) ASOSIGA QURILGAN JAMIYATNI NIMA TAVSIFLAYDI?
Konstitusiyada ko‘plab huquqlar kafolatlanib, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbasi ekani e’lon qilingan bo‘lsa-da, insonlarga bu huquqlardan foydalanish imkoniyati berilmagan jamiyat yolg‘on asosiga qurilgan hisoblanadi.
Jamiyatda oriyentatsiya olish va qarorlarni shakllantirishda ishtirok etish uchun yetarli darajada bilim, tajriba va axborotga ega bo‘lmagan (shu jumladan, unga bunday imkoniyat berilmagani sababli), lekin ovoz berishga yoki biror qaror qabul qilishga chaqirilgan inson o‘zini o‘yin yoki absurd majburlangan vaziyatda his qiladi.
Ikkala vaziyat ham shaxsni halokatga eltuvchi xavfi o‘tkir metodlardir.
Yolg‘onga asoslangan jamiyatda:
• o‘quv muassasalarida o‘ylab topilib, taklif etilayotgan narsalarga ta’lim deyiladi;
• Madaniyat vazirligi va unga bo‘ysunuvchi muassasalar ishtirokchiligida yaratilib, insonlarga tiqishtirilayotgan narsalarga madaniyat deyiladi;
• universitetlarda sodir bo‘layotgan teatrga ilm deyiladi;
• saylovlardagi ovoz isrofiga saylov deyiladi;
• hamtovoqlarning qo‘shma yig‘ilishi va spikerlarning so‘z olishiga majlis deyiladi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
✍ Abu Muslim
📓 "Yangi dunyo"
⚙ Maqolalar to‘plami
⚖ 7.2 MB
🔎 PDF
📄 376 sahifa
• Yangi avtoritar dunyo
• Qayoqqa ketyapmiz?
• Inqirozlar kimga kerak?
• Tarixning jirkanch sahifalari
• Qonga botirilgan qit’a
• Yevropaning qora yuragi
• Arab dunyosi: fojea, inqiroz, parchalanish
• Afg‘onistondagi urush
• Mustabid uchun qopqon Nega Saddam
• Yaqin sharq harorati
• Buyuk urush haqida sovetlarning beshta uydirmasi
• Lenin kim edi?
• Yaqin Sharqdagi genosid
• Oilani yo‘q qilishning yevropacha usuli
• Osiyoda ayol bo‘lish - halokatli nuqsonmi?
• Jinsiy zo‘ravonlik avj olgan mamlakatlar
• Soxta g‘oya zamiridagi fitna
• “Overton oynasi” yohud “yo‘q qilish texnologiyasi”
• Zararkunandalar
• Kalamushlar texnologiyasi
• Sivilizatsiyalashgan insoniyat yalang‘och xotinlarni deb halok bo‘lmoqda
• Made in China: nega hamma narsa xitoyda ishlab chiqilgan?
• Kitobga ehtirom yoki mutolaa qiluvchi millat davlatga nega kerak?
• Postindustrial davrda intellektual mulk
• “Ayfon” va boshqa arzimas narsalar
• Qasos
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Konformizm — mustaqil bo‘lishga jur’at qilmaydigan va ko‘pchilik kabi o‘zini tutishni xohlaydigan, ajralib turmaslikka harakat qiladigan insonlar jamiyatida kechadigan zo‘riqishdir. Ba’zi "avtoritetlar" xulq-atvor stereotiplarini namoyon qiladilar, insonlar esa o‘z qarashlarining ziddiga bo‘lsa-da, o‘zini "avtoritet"ning steriotipiga mos ravishda tutishadi. Masalan, kimgadir yoqmoq uchun xulq-atvorni, kiyinishni, nutqiy xulqni, biror narsaga tutum va munosabatlarga taqlid qilishni aytish mumkin. O‘zlarining tegishliligini ko‘rsatish, shuningdek, tegishlilik tuyg‘usini oshirish uchun, ular taqlid qilmoqchi bo‘lgan insonlar yoki ular mansub guruhga yaqin yurmoqchi bo‘lgan kishilardagi kiyim-kechak va boshqa ko‘krak nishonlarini taqish odatiy holdir.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Indolentlik — inson istagan va [davlat tomonidan] ta’minlanishi va’da qilingan narsalar real hayotda imkonsiz ekani anglab yetilganda paydo bo‘ladigan zo‘riqishdir. Hatto shunday ruhiy holat shakllanishi mumkinki: u aslida, hech narsada ishtirok etishni istamayotgani hamda boshqalar unga maslahat bergan yoki tiqishtirgan narsani qilmasligi kerakligini o‘ziga singdirishni boshlaydi.
O‘ziga belgilab qo‘yilgan taqdir, shaxsiy orzulari amalga oshmasligini sezgan inson o‘zini aldangandek his qiladi. Unda ham apatiya, ham depressiya, ham agressivlik vujudga kelishi mumkin. Ustiga-ustak, beparvo shaxs o‘ziga va atrofidagilarga qalbida hali ham his qilayotgani, umid qilayotgani va xohlayotganining aksini singdira boshlaydi. Bu pozitsiyani, masalan, hech bir qiz hatto kinoga ham borishni istamaydigan yigitning kelin izlashini misol qilish mumkin. Agar bola vaqti-vaqti bilan qizlar unga umuman qiziqmasligini va u qizlarning hech biri bilan uchrashmoqchi emasligini tushuntira boshlasa, demak, biz indolentlik haqida gapiryapmiz.
Indolentlik ta’siriga tushib qolgan insonlar sustkash va befarq bo‘lib qolishadi. Qochish yoki eskapizm ko‘pincha indolentlik natijasidir.
I.A.Krilovning tulki va uzum haqidagi afsonasi bor — bu indolentlikning tipik namunasi. Tulki uzumni ololmagach, uning yetilmaganini va uzumni umuman xohlamasligini aytadi ("Bir soat davom etgan harakatlari bekor ketgandan keyin u borib, g‘azab bilan dedi: “Bir qaraganda shirin ko‘rinadi-yu, lekin u yaxshi pishmagan: darhol tishlaringni qamashtiradi”). Yillar davomida yoshlar uchun barcha eshiklar ochiqligi singdirilgan, lekin, aslida, hech kim ularni ko‘zi to‘rt bo‘lib kutmayotganini aniqlagan universitet bitiruvchilari indolentlikning ma’lum bir bosqichida bo‘ladilar.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
📓 "Haqiqat nima"
✍ Alouddin Bashar
Har kim haqiqatni o‘zining imoni, hayotiy tajribasi va farosati darajasida taniydi. O’lchovi ham mana shu holatlariga ko‘radir. Birov ko‘zlagan ishi foydasiga hal bo‘lmasa bo‘ldi, haqiqat yo‘q, deb hukm chiqaradi. Birov ko‘proq jamiyatini, mamlakatini, bugun insoniyatni o‘ylaydi, ularga haqiqatni sog‘inadi. Kecha onglarga haqiqat deb singdirilgan dunyoqarashlar bugun ulkan yolg’on-uydirma bo‘lib chiqdi. Jamiyat dovdirab qoldi. Kuchli siyosiy-mafkuraviy bosimlar tufayli haqiqat bo‘lib tuyuladigan, aslida tagi puch bo‘lgan falsafalardan charchagan insonimiz o‘zgarmas, mutlaq haqiqatni axtarishga ehtiyoj sezdi. Katta o‘zgarishlar zamonida hamisha shunday bo‘ladi. Muhimi haqiqatga tashnalikni vaqtida va to‘g‘ri qondirishdir. Tashna yurakka zarur vositani vaqtida va to‘g‘ri tuta bilishdir. Bu yo‘lda Alouddin Basharning "Haqiqat nima?" kitobchasi bizga yordamchi bo‘ladi (so‘zboshidan).
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №179 mutolaa uchun Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-iyul, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
#Atom_odatlar
1965-yilda vengriyalik Laslo Polgar ismli odam Klara ismli ayolga bir nechta antiqa xat yozgan.
Laslo qunt bilan ishlashga qattiq ishonardi. Lasloning dunyoda ishongan yakkayu yagona narsasi shu edi. U tug‘ma iste’dod haqida eshitishni ham xohlamasdi. Uning fikricha, o‘z ustida astoydil ishlash va yaxshi odatlarni
shakllantirish orqali bola har qanday sohaning dahosiga aylanishi mumkin. Uning hayotdagi shiori: "Daholar tug‘ilmaydi, balki ta’lim va tarbiya natijasida paydo bo‘ladi" edi.
Laslo ushbu g‘oyaga shu qadar ishonar ediki, ularni o‘z farzandlarida sinab ko‘rishga ham tayyor edi. Uning Klaraga xat yozishdan maqsadi ham tajriba uchun ko‘ngilli turmush o‘rtoq qidirish edi. Klara o‘qituvchi edi, garchi uning bu g‘oyaga ishonchi Laslonikidek mustahkam bo‘lmasa ham, to‘g‘ri tarbiya berish bilan har qanday inson o‘z ko‘nikmalarini kuchaytirishi mumkin deb hisoblardi.
Laslo shaxmat o‘yini tajriba uchun mos tushadi degan qarorga kelib, o‘z farzandlarini ushbu sportning chinakam ustalariga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. U farzandlariga uyda ta’lim berishga qaror qildi. Bunday ta’lim Vengriyada juda kam uchrardi. Rejaga ko‘ra, ularning uyi shaxmat haqidagi kitoblar va buyuk shaxmatchilarning suratlariga to‘la bo‘lar, bolalar esa bir-biri bilan shaxmat o‘ynab, eng nufuzli musobaqalarda qatnashishi kerak edi. Bolalar duch kelgan har bir raqibning o‘yini kuzatilib, maxsus fayllarda ipidan ignasigacha qayd etilib borilardi. Ularning hayoti shaxmatga bag‘ishlandi.
Lasloning sa’y-harakatlari zoye ketmadi. U Klara bilan turmush qurdi va bir necha yil ichida Polgarlar oilasida uch qizaloq Syuzan, Sofiya va Yudit dunyoga keldi.
To‘ng‘ich qizi Syuzan to‘rt yoshligida shaxmat o‘ynashni, olti oydan so‘ng esa kattalarni yutishni boshladi.
O‘rtancha qizi Sofiya yanada yuqori natijalarga erishdi. O‘n to‘rt yoshida u dunyo chempioni, bir necha yildan so‘ng esa grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.
Kenja qizi Yudit hammasidan ham o‘tib tushdi. Besh yoshida u otasini yenga olardi. O‘n ikki yoshida u dunyodagi eng yaxshi shaxmat o‘yinchilari yuztaligiga kirgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U o‘n besh yoshu to‘rt oylik bo‘lganda, avvalgi rekordchi Bobbi Fisherni ortda qoldirib, tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi. Yigirma yetti yil davomida u jahonning eng yaxshi ayol shaxmatchisi unvonini saqlab qoldi.
Opa-singil Polgarlarning bolaligi, yumshoq qilib aytganda noodatiy o‘tgan. Shunga qaramasdan ular bolalik davrini yoqimli va hatto lazzatli xotiralarga to‘la holda eslaydi. Intervyularda ular yoshlik davrlarini mashaqqatli emas, balki qiziqarli deb ta’riflaydi. Ular shaxmat o‘ynashni chindan ham yaxshi ko‘rardi. O‘yinni qancha ko‘p o‘ynasa, shunchalik oz tuyulardi. Kunlarning birida Laslo Sofiyani yarim kechasi hammomda shaxmat o‘ynayotganini ko‘rib qoladi. U qizini uxlashga olib ketar ekan, "Qizim, shaxmat donachalarini o‘z holiga qo‘y", deydi. Bunga Sofiya: "Dadajon, ammo ular meni o‘z holimga qo‘ymaydi-da!" - deya javob qaytaradi.
Opa-singil Polgarlar shaxmatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan muhitda voyaga yetgan. Ularni shaxmat uchun maqtashar va mukofotlashardi. Ular o‘sib-ulg‘aygan muhitda shaxmatga mukkasidan ketish normal holat bo‘lgan.
- Jeyms Klir. "Atom odatlar"
📚 @e_kutubxona
Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
📋 Sizningcha, so‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar qaysi? (2018-2023)
• Nuraliyeva Gulobod
1. "Yomg'ir" - Somerset Moem
2. "O'zbekiston tavalludi" - Adib Xolid
3. "O'lik shoirlar jamiyati" - Nansi H.Kleynbaum
4. Eljernonga atalgan gullar - Daniel Kiz
• Gulnoza Ravshan qizi
1. 1984, Molxona
2. Azizim, Po‘rtahol
3. Men Malalaman
• Dilfuza Abdullayeva
1. Remark asarlari
2. Ajib yangi dunyo
3. Kuchsizlar kuchi
4. Eljernonga atalgan gullar
5. Farengeyt bo'yicha 451°
• Abdug‘ofurova
1. Kuchsizlar kuchi
2. Vatandoshlik dasturi
3. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
4. Azizim, Po‘rtahol
5. Qalbingni isloh qil
• Adham Muhiddin o‘g‘li
1. Jorj Oruell asarlari
2. Kitob o'g'risi
3. Anna Frank kundaligi
4. Doktor Jivago
5. Remark asarlari
• Dilnura Yuldosheva
1. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
2. 1984
3. Vatandoshlik dasturi
4. O‘zbekiston tavalludi
5. Ajib yangi dunyo
• Abdujalil Xojimatov
1. "Fikr yurituvchilar uchun ISLOM bo‘yicha qo‘llanma" - Shahzoda G‘oziy ibn Muhammad ibn Talol
2. "Kitoblar qanday o'qiladi" - Mortimer J.Adler & Charlz Van Doran
3. "Biz" - Yevgeniy Zamyatin
4. "Men" - Fotih Duman
5. "G'oyam" - Najmiddin Erboqan
—
• Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
📚 @e_kutubxona
✍ Zbignev Bjezinskiy
📓 "Buyuk shaxmat taxtasi"
⚙ Kitobdan boblar
⚖ 0.4 MB
🔎 PDF
📄 68 sahifa
📚 @e_kutubxona
✍ Mustafo Cho'qay o'g'li
📓 "Istiqlol jallodlari"
⚙ Xotiralar
⚖ 1,9 MB
🔎 PDF
📄 80 sahifa
📚 @e_kutubxona