#SIR
"Ont bo‘lsinki, islomga zid bir xatti-harakatingizni ko‘rsam, sizni taxtdan tushirish haqida fatvo beraman!"
- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"
📚 @e_kutubxona
Zohidlik chegarasi
Shaqiq Balxiy Ibrohim Adhamdan:
- Qanday kun kechirasiz, qayerdan mablag‘ topib, qanday sarflaysiz? - deb so‘radi.
- Bo‘lsa shukr qilamiz, bo‘lmasa sabr, – dedi Ibrohim Adham. Bunga javoban Shaqiq Balxiy shunday dedi:
- Ey Ibrohim, sening bu ishingni bizning Xuroson ko‘ppaklari ham qila oladi, ular bo‘lsa, yeyishadi, bo‘lmasa, sabr qilishadi.
- Hazrat, siz-chi, siz nima qilasiz? – so‘radi Ibrohim Adham.
- Bo‘lsa, baham ko‘ramiz, bo‘lmasa, shukr qilamiz, – dedi hazrati Shaqiq Balxiy.
📚 @e_kutubxona
HIMMAT
Bir kuni Ibn Muborakdan bir gadoy pul so‘ragan edi, u bir dirham ehson qildi. Shunda uning do‘stlari:
- Bu gadoylar qovurilgan go‘sht va shirinliklar, noyob taomlarni iste’mol qilishadi. Unga bu pulning bir qismini bersangiz ham kifoya qilar edi, – deyishdi. Shunda Ibn Muborak:
- Xudo haqqi, ular ko‘kat va nondan bo‘lak biror taom iste’mol qilmaydilar, deb o‘ylarkanman, basharti ular shirinlik va go‘sht yeyishar ekan, unda ularga bir dirham yetmas ekan, – dedi va o‘z xizmatkorlaridan biriga:
- Gadoyni qaytarib kelgin-da, unga o‘n dirham ber, – deb buyurdi.
📚 @e_kutubxona
#Mazaxchini_oʻldirish
Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish" romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar (davomi)
11. Sendan bolalar biror nima so‘rasa, iltimos, javob ber. Gapni olib qochishga urinma. Bola bola-da lekin buni ular kattalardan ko‘ra tezroq sezib qolishadi. Gapni olib qochish ularni battar chalkashtiradi.
12. U sinfdoshlarimizning otalari qiladigan hech bir ishni qilmasdi: hech qachon ovga chiqmasdi, qimor o‘ynamasdi, sharob ichmasdi, tamaki chekmasdi. U mehmonxonada o‘tirib olib kitob o‘qishdan boshqasini bilmasdi.
13. Doim o‘zing bilan qurol olib yurish seni kimdir otib qo‘yishini ochiqdan-ochiq istayotganingni anglatadi.
14. Ayollar bo‘lar-bo‘lmas narsalardan faxrlanaverishadi.
15. Noma’lum sabablarga ko‘ra insonlar hayotda to‘g‘ri fikrlash qobiliyatini yo‘qotib qo‘yadi... Qancha harakat qilishsa ham, odil bo‘la olishmaydi.
16. Seni boshqalar nazdida so‘kinish bo‘lgan so‘z bilan atashlari aslo haqorat emas. Bu o‘sha insonning naqadar nochorligini ko‘rsatadi, xolos.
17. Adolat hukm surishi, insonlarning rangidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabat bo‘lishi kerak bo‘lgan sudga maslahatchilar qotib qolgan qarashlari, shaxsiy ginalari bilan kelishadi. Ulg‘ayar ekansan, oq tanlilar qora tanlilarni har qadamda aldashlarini, ularga nisbatan nohaqlik qilishlarini ko‘ra boshlaysan.
18. Senga hozir bir gap aytaman, uni hech qachon unutmagin — qora tanliga shunday munosabatda bo‘lgan har qanday oq tanli inson, kim bo‘lishidan qat’i nazar, xoh u boy bo‘lsin, xoh zodagon, tuban kishidir.
📚 @e_kutubxona
#Mazaxchini_oʻldirish
Yana bir narsani aytib o‘tishim kerak, jentlmenlar. Tomas Jefferson qachonlardir insonlarning barchasi teng huquqli qilib yaratilgan deb aytgandi. Hozir, ushbu iborani kontekstdan uzib, to‘g‘ri kelsa-kelmasa ishlatishga moyil odamlar paydo bo‘ldi. Bunga eng ahmoqona misol - pedagoglar zehni past, yalqov o‘quvchilarni qobiliyatli o‘quvchilar bilan baravariga sinfdan sinfga ko‘chirmoqda, negaki hamma teng qilib yaratilgan emish, qoloq o‘quvchilar sinfda qolsa, o‘zlarining noqobilligidan qattiq aziyat chekar emish. Hammamizga ayonki, bizni ishontirmoqchi bo‘layotganlaridek insonlar bu ma’noda teng yaratilgan emas: ayrim insonlar qolganlardan aqlliroq, ba’zilar qolganlarga qaraganda ko‘proq imkoniyat bilan tug‘ilgan, ayrimlar boshqalardan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topadi, ba’zi ayollar boshqa ayollarga qaraganda mazaliroq shirinlik pishiradi, xullas, ayrim insonlar qolganlarga qaraganda qobiliyatliroq bo‘lib tug‘iladi.
Biroq bu davlatda insonlarning barchasini o‘zaro teng qiluvchi yagona joy bor - birgina muassasada faqir fuqaro Rokfellerlar bilan teng, ongi past inson Eynshteyn bilan teng va o‘qimagan odam professor bilan teng. Bu muassasa, hurmatli jentlmenlar, sud deb ataladi. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining oliy sudi bo‘ladimi, mamlakatning bir burchidagi kelishtiruvchi sud bo‘ladimi yoki hozir siz o‘tirgan hurmatli sud bo‘ladimi baribir. Insonlar yaratgan har qanday muassasada bo‘lgani kabi, sudlarimizda ham kamchiliklar bor, ammo ushbu davlatda sudlar eng yaxshi tenglagichlardir va ularning oldida haqiqatan ham Hamma insonlar tengdirlar.
Men idealist emasman va maslahatchilar sudini sudlarning eng yaxshisi deb hisoblamayman — yo‘q, bu tizim men uchun mukammal tizim emas, bu hammamizga ayon. Jentlmenlar, sud maslahatchi sifatida o‘tirgan hech biringizdan yaxshiroq emas. Sud o‘zining maslahatchilarichalik ishonchli bo‘la oladi, xolos, maslahatchilar esa, umuman olganda, uni tashkil qilgan insonlarchalik. Men, hurmatli jentlmenlar, eshitgan guvohliklaringizni xolisona ko‘rib chiqib, bir qarorga kelishingizga va ayblanuvchini o‘z oilasiga qaytarishingizga aminman. Xudo haqqi, o‘z burchingizni bajaring.
- Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish"
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Yolg‘onga asoslangan jamiyatning belgilari:
• Xufyonalik, mavhumlik.
• Ikkiyuzlamachilik bir narsani o‘ylash, boshqasini aytish, uchinchisini qilish.
• Mustaqil bo‘lmagan qarorlar qabul etish - boshqalar tomonidan, boshqa joyda qilingan qarorni o‘ziniki sifatida rasmiylashtirish.
• Faoliyat — bu vosita. Maqsad esa faoliyatdan ko‘zlangan — natijadir. Yolg‘onga asoslangan jamiyatlarda esa faoliyatga maqsad sifatida qaraladi. Shu bilan birga:
— o‘quv muassasalarida o‘ylab topilib, taklif etilayotgan narsalarga ta’lim deyiladi;
— Madaniyat vazirligi va unga bo‘ysunuvchi muassasalar ishtirokida yaratilib, insonlarga tiqishtirilayotgan narsalarga madaniyat deyiladi;
— universitetlarda sodir bo‘layotgan teatrga ilm deyiladi;
— saylovlardagi ovoz isrofiga saylash deyiladi;
— hamtovoqlar majlislari va spikerlarning so‘z olishiga majlis deyiladi.
• Faoliyat deyilganda mazmun emas, balki shakl nazarda tutiladi.
• Ma’lumotlarning ishonchliligi muhokamaga qo‘yilmaydi.
• Ob’yektivlik o‘rniga o‘zboshimchalik hukm suradi (o‘zboshimcha, tubdan asossiz bo‘lgan qarorlarga "siyosiy qarorlar” deb nom beriladi).
• Axborot o‘rniga info shovqin tarqatiladi, siyosiy texnologlar jamiyatga “jahon tajribasi inobatga olinganini" va "susanbildan" xabarlarni taklif qiladi.
• Jamiyatni o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlardan qochiladi, tadqiqotlar o‘rniga so‘rovlar tashkil etilib, vasf qilishga buyurtmalar beriladi. Hokimiyatni egallab olganlar muammolarni shakllantirish va ularning paydo bo‘lish sabablarini (barqarorlashishi, chuqurlashishi, kengayishini) ko‘rib chiqishdan qochish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishadi.
• Havoiy qal’alar barpo etiladi (“strategiyalar" va "rivojlanish rejalari" tuziladi) va bajarilishi uchun zarur shartlar mavjud bo‘lmagan va’dalar beriladi.
• Bajarilmagan va’dalar uchun javobgarlik belgilanmaydi va kimningdir oldida, qachondir hisob berish nazarda tutilmaydi.
Shunday qilib, yolg‘onga asoslangan jamiyatda:
• fikr ham, bilim ham tarozining bir pallasiga joylashtiriladi;
• kurs, maqsad va vositalar chalkashtirib tashlanadi;
• faoliyat prinsiplari shakllantirilmaydi; • baholash hech qanday me’zonlar tizimiga asoslanmasdan, o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladi;
• va’dalar esa amalda bajarish uchun emas, balki saylovchilar ko‘nglini ovlash uchun beriladi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Mazaxchini_oʻldirish
Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
1. Uni kitob o‘qishdan to‘xtata oladigan odam hali onasidan tug‘ilmagandi.
2. Siz yaxshisiz, lekin siz bolalarni hech ham tushunmaysiz.
3. Nega aqlli odamlar qora tanlilar bilan bog‘liq ishlarda buncha fe'litorlik qilishadi?
4. Hamma bolalar ma'lum yoshda so‘kinishni boshlaydi va bu bilan hech kimni hayratga sololmasligini tushunganida bu yomon odatini tashlaydi.
5. Tentaklargina o‘z qobiliyati bilan faxrlanadilar.
6. Insondagi ko‘pchilikka bo‘ysunmaydigan yagona narsa uning vijdonidir.
7. Haqiqiy jasurlik mag‘lub bo‘lishingni oldindan bilsang-da, kurashishdan qo‘rqmasliging.
8. Kattalar ko‘pincha qilamiz degan ishlarini qilishmaydi.
9. Insonlar bilan o‘zimizga yoqqan emas, balki ularga qiziq bo‘lgan mavzuda gaplashish xushmuomalalik belgisi.
10. Hech qachon guvohni so‘roq qilayotib unga javobini oldindan bilmagan savolingni berma.
📚 @e_kutubxona
#Mazaxchini_oʻldirish
Bilganlaringning hammasini ovoza qilishning keragi yo‘q. Odamlar atrofida o‘zidan aqlliroq odam bo‘lishini yoqtirmaydi. Bu ularni jazavaga soladi. Adabiy tilda gapirish bilan ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ular barchasini o‘zlari o‘rganishi lozim. Bunday qilishni istashmasa, qo‘lingdan hech nima kelmaydi: yo jim yurishing, yo ularday gapirishing kerak.
- Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish"
📚 @e_kutubxona
✍ Luqmon Bo‘rixon
📓 "Imom Moturidiy"
⚙ Roman
⚖ 2.9 MB
🔎 PDF
📄 288 sahifa
Romanda somoniylar zamonasiga xos tarixiy voqealar, jarayonlar qatida hazrati imom Moturidiy siymosi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Roman badiiy asar bo‘lishiga qaramasdan uni o‘qigan kitobxon Islom dinining sof aqidasidan o‘ziga xos ta’lim oladi. Ahli sunnat val jamoat mazhabining e’tiqodiy masalalari Abu Mansur Moturidiy nomidan romandagi dialoglarda mohirlik bilan singdirib yuborilgan.
📚 @e_kutubxona
#SIR
Fotih Duman, "Sir. Oshiqlar o'lmas!" asaridan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
1. O‘lim to‘satdan kelmaydi,
odamzod shunchaki kutishni unutadi.
2. Dunyoda tasodif degan narsa yo‘q. Tasodifga johillar ishonadi. Zero, Alloh bor ekan, tasodif bo‘lishi mumkin emas.
3. Odamzod unutmaydi-yu, vaqt o‘tishi bilan hamma narsaga ko‘nikadi.
4. Ba'zan so‘z ta'riflay olmagan dardlarni sukut ortig‘i bilan ifodalaydi.
5. Ba'zi narsalar aytilmaganida qiymatli bo‘ladi.
6. Bu dunyoga pokiza holatda keldik, pokiza ketmoq kerak. Lekin dunyoning kirini ummon ham poklay olmas.
7. Ko‘ngli ishq otashi bilan yonmaganlar oshiqman demasin.
8. Yosh ko‘zdan oqsa-da, ko‘ngildan kelar.
9. Ikki kishi bir degani emas, bir bo‘lish uchun birga bo‘lish lozim. Biringiz ma’no, biringiz kalomsiz, biringiz qilich, boshqangiz qalamsiz, biringiz ko‘ngil, ikkinchingiz aqlsiz.
10. Jismimizga ruh berilgan deb o‘ylaymiz. Vaholanki, jismimizga ruh berilmagan, ruhimizga jism berilgan.
📚 @e_kutubxona
#Hukmdor
Nikkolo Makiavelli, "Hukmdor" asaridan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
1. O'z imkoniyatiga qarab gapirmagan har qanday odam tanqidga loyiq.
2. Qudrat mehnat va mahorat bilan qo'lga kiritiladi.
3. Turklarni bosib olish qiyin, boshqarish esa oson.
4. Fransiyani bosib olish oson, boshqarish qiyin.
5. O'z shohiga qo'ydek tobe xalq bosqinchiga ham shunday tobe bo'laveradi.
6. Yangi shoh o'z kuchiga ishonadimi yoki birovning kuchiga tayanmoqchimi, buni aniqlash shart!
7. Yaxshilikni oz-oz qilib borish kerak, toki uning qadriga ko'proq yetishsin!
8. Amaldorlar makkor bo'ladi, qochish yo'llarini biladi, kuchlilarning oldida yaltoqlanib turadi.
9. Xalq saylagan hukmdorning xalq bilan do'stona munosabatda bo'lishi juda oson.
10. Odamzot shunday: yomonlik kelishi kutilayotgan tomondan yaxshilik kelib qolsa, yaxshilik qilganga joni-dili bilan bog‘lanib qoladi.
📚 @e_kutubxona
BALO BORMI?!
Voy bunchalar ichi qorasan,
Jonga tegib ketding rosti-da.
Ming‘irlaysan nuqul qarasam,
Balo bormi postim ostida?!
Har gap senga sanchilib tegar,
Har yozganing piching-la tugar.
Mohiyatin tushunmasang gar,
Balo bormi postim ostida?!
Bog‘dan kelsam tog‘dan kelasan,
Tog‘dan kelsam bog‘dan kelasan.
Nodonliging axir bilasan,
Balo bormi postim ostida?!
Quyon chizsam, sher deb o‘ylaysan,
Ayol yozsam, er deb o‘ylaysan,
Sal ko‘p yozsam, she’r deb o‘ylaysan,
Balo bormi postim ostida?!
Ch harfini 4 deb yozasan,
Sh harfini w deb yozasan.
Ayt, nimasan, kimsan o‘zi san,
Balo bormi postim ostida?!
Hasad bilan to‘lgandir poying,
O‘z qo‘lingga yopishar loying.
Bilib yursang bo‘lmasmi joying,
Balo bormi postim ostida?!
Ma’lum emas sen go‘lga tartib,
Yuribsan-da burningni tortib.
Yaxshisi kel burningni artib,
Balo bormi postim ostida?!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#SIR
Yashash insonni ko‘r qiladi, ko‘rolmay qolasan. Quloqlaringni kar qiladi, eshitolmay qolasan. Tilingni lol qiladi, xohlasang ham gapirolmaysan.
Yashash qorong‘i quduqda bo‘lishdek gap. Shu quduqda oldini ko‘ra olishi uchun Alloh odamzodning qo‘liga sham beradi. O‘sha sham ko‘ngildir, olov bilan emas, ishq bilan yonadi. Bilmagan kishi umrini zulmatda o‘tkazib yuboradi. U shamni yoqolmaganga dunyo zindon bo‘ladi, lekin buni payqamaydi. Qorong‘ilikka shunchalik o‘rganib ketganki, ko‘rmasa ham ko‘rdim deb o‘ylaydi. O‘lmasa ham o‘ldim deb biladi. Biroq o‘lim o‘sha quduqdan chiqmoqdir. Zulmatda qolgan kishi quduqdan chiqishni o‘lim deb o‘ylab, chiqqisi kelmaydi. O‘lishni, bilishni xohlamaydi. Odamzod qorong‘i quduqdan yorug‘likka chiqishdan nega qo‘rqsin?..
- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"
📚 @e_kutubxona
🌐 O‘zbek adabiyoti
✍ Mirkarim Osim
📓 "Jayhun ustida bulutlar"
⚙ Qissa
⚖ 1,6 MB
🔎 PDF
📄 32 sahifa
📚 @e_kutubxona
Qachon haqiqatlar kashf bo‘ladi?
Arab donishmandlari aytishadiki: «Qiyinchiliklar onida kishining past tabiatli ekani oshkora bo‘ladi. Fitnalar zamonida kishining teran fikr sohibi ekani kashf bo‘ladi. Axloqdagi soxtakorlik hukm chiqarish paytida namoyon bo‘ladi. Mol-dunyo taqsimlanayotgan paytda zohidlik da’vosi tasdiqlanadi. Mansabga minilgan chog‘da kishining oliyjanob ekanini bilib olsa bo‘ladi. Mashaqqat lahzalarida haqiqiy do‘st-yorni ajratib olish mumkin».
📚 @e_kutubxona
«SIZNI UYGʻOQ DEBMAN»
Qaysidir zamonda o‘g‘rilar bir kampirning echkisini o‘g‘irlab ketishibdi. Echki topilavermagach, kampir shikoyat qilib shahar voliysiga boribdi.
- O‘sha kecha o‘zingiz qayerda edingiz? - deb so‘rabdi voliy.
- Uxlayotgan edim, javob beribdi kampir.
- Uxlayotgan bo‘lsangiz, nega menga shikoyatga kelib yuribsiz, aybning bir tomoni o‘zingizda ekan-ku! - debdi voliy nasihat qilgandek.
Shunda kampir:
- Uzr, men sizni uyg‘oq deb o‘ylagan edim, - debdi.
📚 @e_kutubxona
Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.
- Qosimbek Zokir
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Ajib_yangi_dunyo
Biz o‘z bisotimizda yo‘q narsaga ega chiqa olmaganimiz kabi, o‘zimizga ham tegishli emasmiz. Biz o‘zimizni yaratmadik, biz o‘zimizga hukmronlik qila olmaymiz. O‘zimizga xoja emasmiz. Xudo bizning xojamiz. Nahotki, borliqqa shunday nigoh bilan qarash bizning baxtimiz bo‘lmasa? O‘zimizga tegishlimiz, deya ishonish bizga hech yo‘qsa, zig‘ircha baxt yoki tasalli bera oladimi? Navqiron va bardam kishilar bunga ishonishlari mumkin. Ular buni bahosi yo‘q muhim narsa, deya o‘ylashlari mumkin: hammasiga ega bo‘lish, xuddi ularga tuyulganiday, hech kimga qaram bo‘lmaslik, ilohiy borliq haqidagi har qanday o‘ylardan, badga urgan, doimiy tobelikdan, doimiy ibodatlardan, o‘zining har qadamini kimningdir irodasiga ko‘ra hisob-kitob qilishdan mustaqil bo‘lish. Ammo yoshlari o‘tgan sari ular ham o‘z navbatida anglab yetadilarki, ozodlik insonga xos emas, u inson tabiatida yo‘q va faqat ma’lum bir muddatgagina kor kelishi mumkin – butun umr suyanchiq bo‘la olmaydi...”
- Oldos Haksli. "Ajib yangi dunyo"
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Qarorlar boshqalar tomonidan yuqoridan berilganda professional bo‘lishga ehtiyoj yo‘q.
Bunda, tanish-bilishchilik va laganbardorlik ahamiyat kasb eta boshlaydi. Oqibatda barcha faoliyatlar byurokratlashtirilib, me’zon va tamoyillar chetga uloqtiriladi, soxta ma’lumotlar yordamida ommani manipulyatsiya qilish va “xushxabarlar" yog‘dirish boshlanadi.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Bovari_xonim
"Doimiy ravishda qoramollar bilan ishlash uni o‘sha molga o‘xshash gung va xotirjam qilib qo‘ygan. Bugun u umrida birinchi marta mana bunaqangi ko‘pchilikning ichiga kirdi. Bayroqlar, nog‘oralar, qora frak kiygan janoblar, maslahatchining ordeni - hammasi unda qo‘rqinch o‘yg‘otdi va u qoqqan qoziqdek, tosh qotib yaqin borishni ham yoki qochib ketishni ham bilmay turar, nima uchun uni yig‘in ichidan itarib chiqarishganini, nega unga hakamlar a’zolari iljayib qarayotganini tushunmasdi. Rohat-farog‘atda yashagan burjuaning oldinginasida yarim asr qullik mehnatining jonli namunasi turardi".
- Gustav Flober: «Bovari xonim»
📚 @e_kutubxona
Qalbingiz pok ekanini bizga zarbulmasal qilmang!
Biz ranglarni rassomning so‘ziga qarab emas, balki chizgan suratiga qarab ajratib olamiz!
- Najib Mahfuz
📚 @e_kutubxona
#Hukmdor
Nikkolo Makiavelli, "Hukmdor" asaridan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar (davomi)
11. Yollanma yoki ittifoqdosh qo'shinlar befoyda va xatarlidir.
12. Sevgi bilan qo'rquv bir joyda tura olmaydi.
13. Nomusi va mol-mulkiga tajovuz bo'lmagan xalq o'z shohidan mamnun yashaydi.
14. Fitnani oldini olishning eng ishonchli yo'li — xalq nafratiga uchramaslik.
15. Buyuklar — erishgan narsasining qiymatini tushuna oladigan yetuk insonlardir.
16. O'zi haqida ko'proq qayg‘uradigan kishi shohga maslahatchi bo'lolmaydi.
17. Faqat ahmoq podshoning atrofida xushomadgo'y, maddohlar to'planadi.
18. Xalqdan bemaslahat chiqarilgan qaror, qonunlar bugun bor, erta yo o'zgaradi, yoki yo'qolib ketadi.
19. Harakat usulini o'zgartirmagan odam — omadsiz odam.
20. Xalqi hukmdoridan alamzada bo'lmagan yurtga hujum qilinmaydi.
📚 @e_kutubxona
#SIR
- Ayrimlar tirikligida o‘lik bo‘lur, ba’zilar esa o‘lganida ham tirikdir. Ko‘ngli o‘lik kishining jismi tirik bo‘lsa-da, u o‘lik hisoblanur. Ko‘ngil siridan voqif kishi esa garchi o‘lsa ham, tirikdir. Shu bois o‘lmoq deganlari har doim ham bir xil emas.
Maqsad bu dunyodan voz kechmoq emas, balki uni bilmoq, unga munosib bahoni bermoqdir. Agar bir zargar chaqmoqtoshni oltin qiymatida sotib olsa, uni ahmoq deydilar. Insonning ham holati mana shu zargarning holatiga o‘xshaydi, dunyo chaqmoqtosh bo‘lgani holda uni oltin deb o‘ylaydi va umrini shu tosh ko‘yida fido qilib, tugatadi. Aslida har bir matohga munosib bahoni berish darkor. Qo‘lingdan kelsa, butun boshli dunyoni qo‘lga kirit, hech zarari yo‘q. Lekin dunyo sening birgina hujayrangni qo‘lga kiritsa, mana shu katta zarar bo‘ladi.
- Bunga qanday erishish mumkin, ustoz?
- O‘lmasdan avval o‘lish bilan.
- Bu qanday bo‘ladi?
- Dunyo — karvonsaroy, har bir o‘tkinchi bu yerda biroz qoladi, vaqt o‘tkazadi. Sening siring ham, butun odamzodning siri ham shu karvonsaroyda yo‘lovchi bo‘lmoqdir. Karvonsaroyga egalik qilish insonning ishi emas, ammo o‘zini karvonsaroychi deb hisoblaydi. Eng ko‘p mana shu masalada adashadi.
Qachonki, har narsani Allohdan deb bilsang va buni yodda tutib yashasang, o‘lmasdan oldin o‘lgan bo‘lasan. Avvalo ichingdagi dushmanni o‘ldir. Nafsing senga ochiq-oshkora dushman, uni albatta o‘ldirmog‘ing zarur. So‘ngra kibrni o‘ldir. Ana shunda sen ham, dunyo ham aslida Uning uchunligini ko‘rasan. Hamma narsa U xohlagani uchungina bor. U dunyoni sen uchun yaratgan, seni dunyo uchun emas.
- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"
📚 @e_kutubxona
#Atom_odatlar
«Bostondagi Massachusets Umumiy shifoxonasining umumiy amaliyot shifokori Anna Torndeykning ajib g‘oyasi bor edi. U shifoxona xodimlari va unga tashrif buyuruvchi minglab odamlarga ularning motivatsiyasi va irodasini kuchaytirmay turib, sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilmoqchi bo‘ldi. U hatto odamlar bilan gaplashmoqchi ham emasdi.
Torndeyk hamkasblari bilan shifoxona oshxonasida ovqat tanlash jarayonini o‘zgartirishga asoslangan olti oylik tadqiqot rejasini tuzdi. Ular ishni ichimliklarning xonadagi joylarini o‘zgartirishdan boshladi. Bundan avval kassa yonidagi muzlatkichlarda faqat gazli ichimliklar turardi. Tadqiqotchilar har bir muzlatkichga tanlov sifatida mineral suvni ham qo‘shib qo‘ydi. Bundan tashqari, ular har bir ovqat tarqatish joyi oldiga mineral suv to‘ldirilgan plastik idishlar ko‘yib qo‘ydi. Gazli ichimliklar hali ham barcha muzlatkichlarda turar, biroq mineral suv endi hamma joyda bor edi.
Keyingi uch oyda shifoxonadagi gazli ichimliklar savdosi 11,4 foizga tushib ketdi. Mineral suv savdosi esa 25,8 foizga o‘sdi. Ular oshxonadagi ovqatlarni ham shunga o‘xshash tarzda o‘zgartirdi va o‘xshash natijalar oldi. Hech kim hech kimga bir og‘iz ham so‘z gapirmadi.
Odamlar mahsulotlarni ularning nima ekaniga qarab emas, balki qayerdaligiga qarab sotib oladi. Agar oshxona tokchasida turgan pishiriqlarga ko‘zim tushsa, qornim to‘q bo‘lishiga qaramay ulardan bir hovuch olib, yeya boshlayman. Agar idoradagi dam olish xonasi stoli doim shirin kulchalarga to‘lib tursa, ulardan unda-bunda tatib ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Xatti-harakatlaringiz qaysi xonadaligingiz va qanday signallar qabul qilayotganingizga qarab o‘zgarib turadi».
- Jeyms Klir. "Atom odatlar"
📚 @e_kutubxona