e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54086

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Mantiqiy_iqtisodiyot

Rag'batning muhimligini nazardan chetda qoldirib bo'lmaydi. U inson tabiatining bir qismidir. Rag'batlantirish sotsializmda ham kapitalizmdagidek ahamiyatga ega. Sobiq Sovet Ittifoqida shisha zavodining rahbar va xodimlari bir paytlar shisha listlarining ishlab chiqarilgan tonnasiga qarab rag'batlantirilgan. Ularning daromadi shishaning og'irligiga bog'liq bo'lgani bois ko'p zavodlar shishani shunchalik qalin ishlab chiqarishganki, u orqali deyarli hech narsa ko'rinmasdi. Natijada, qoidalar o'zgartirilib, rahbarlarning mehnati ishlab chiqarilgan shishaning jami kvadrat metriga qarab taqdirlangan. Ushbu qoidalar ostida Sovet korxonalari shishani shunchalik yupqa ishlab chiqarishganki, u osonlik bilan parchalangan. Xuddi shunday, Polsha fabrikalariga poyabzal soniga kvota belgilanganligi va ular juda kam miqdorda charm bilan ta'minlanganligi sababli bozorda bolalar poyabzali ko'payib ketganligi ajablanarli emas.

- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitob o‘qishlik — dunyoparastlar bilan hamtovoq bo‘lmaslikning eng yaxshi vositasi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Biz haqimizda

So‘radi:
- Oldingi zamondagi olimlarning pand-nasihatlari odamlarga ta’sir qilardi-yu, nega hozirgi olimlarniki ta’sir etmaydi?
- Ilgari zamonda olimlar uyg‘oq, odamlar uyquda edilar. Uyg‘oq kishi uyqudagini uyg‘ota olganidek, ularning pand-nasihatlari ham odamlarga ta’sirini o‘tkazar edi. Bugungi kunda esa olimlar uyquda, odamlar esa o‘lik. O‘zing ayt-chi, uyqudagi odam o‘likni tiriltira oladimi?

Yana so‘rashdi:
- Nima sababdan gaplarimiz oldingilarnikidek ta’sirchan va foydali emas?
- Chunki ular Islomning azizligi, nafslar najoti, Rahmonning roziligi uchun gapirishgan. Bizlar esa nafslar azizligi, boylik talabi va xaloyiqqa yoqish uchun gapiramiz. Avvalgilar hol tili (ya’ni yurish-turishlari) bilan va’z-nasihat qilishgan, bizlar esa quruq gapni so‘zlaymiz.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Kitob o'qiydigan odamlar har doim televizor ko'radigan odamlarni boshqaradi".

(c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SIR

Yashash insonni ko‘r qiladi, ko‘rolmay qolasan. Quloqlaringni kar qiladi, eshitolmay qolasan. Tilingni lol qiladi, xohlasang ham gapirolmaysan.
Yashash qorong‘i quduqda bo‘lishdek gap. Shu quduqda oldini ko‘ra olishi uchun Alloh odamzodning qo‘liga sham beradi. O‘sha sham ko‘ngildir, olov bilan emas, ishq bilan yonadi. Bilmagan kishi umrini zulmatda o‘tkazib yuboradi. U shamni yoqolmaganga dunyo zindon bo‘ladi, lekin buni payqamaydi. Qorong‘ilikka shunchalik o‘rganib ketganki, ko‘rmasa ham ko‘rdim deb o‘ylaydi. O‘lmasa ham o‘ldim deb biladi. Biroq o‘lim o‘sha quduqdan chiqmoqdir. Zulmatda qolgan kishi quduqdan chiqishni o‘lim deb o‘ylab, chiqqisi kelmaydi. O‘lishni, bilishni xohlamaydi. Odamzod qorong‘i quduqdan yorug‘likka chiqishdan nega qo‘rqsin?.
.

- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
✍ Mirkarim Osim
📓 "Jayhun ustida bulutlar"
⚙ Qissa
⚖ 1,6 MB
🔎 PDF
📄 32 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Qachon haqiqatlar kashf bo‘ladi?

Arab donishmandlari aytishadiki: «Qiyinchiliklar onida kishining past tabiatli ekani oshkora bo‘ladi. Fitnalar zamonida kishining teran fikr sohibi ekani kashf bo‘ladi. Axloqdagi soxtakorlik hukm chiqarish paytida namoyon bo‘ladi. Mol-dunyo taqsimlanayotgan paytda zohidlik da’vosi tasdiqlanadi. Mansabga minilgan chog‘da kishining oliyjanob ekanini bilib olsa bo‘ladi. Mashaqqat lahzalarida haqiqiy do‘st-yorni ajratib olish mumkin».

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

- Rejep Tayyip Erdog'an: Dunyo yanada odil bo'lishi mumkin

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

«SIZNI UYGʻOQ DEBMAN»

Qaysidir zamonda o‘g‘rilar bir kampirning echkisini o‘g‘irlab ketishibdi. Echki topilavermagach, kampir shikoyat qilib shahar voliysiga boribdi.
- O‘sha kecha o‘zingiz qayerda edingiz? - deb so‘rabdi voliy.
- Uxlayotgan edim, javob beribdi kampir.
- Uxlayotgan bo‘lsangiz, nega menga shikoyatga kelib yuribsiz, aybning bir tomoni o‘zingizda ekan-ku! - debdi voliy nasihat qilgandek.
Shunda kampir:
- Uzr, men sizni uyg‘oq deb o‘ylagan edim, - debdi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.

- Qosimbek Zokir

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​#Ajib_yangi_dunyo

Biz o‘z bisotimizda yo‘q narsaga ega chiqa olmaganimiz kabi, o‘zimizga ham tegishli emasmiz. Biz o‘zimizni yaratmadik, biz o‘zimizga hukmronlik qila olmaymiz. O‘zimizga xoja emasmiz. Xudo bizning xojamiz. Nahotki, borliqqa shunday nigoh bilan qarash bizning baxtimiz bo‘lmasa? O‘zimizga tegishlimiz, deya ishonish bizga hech yo‘qsa, zig‘ircha baxt yoki tasalli bera oladimi? Navqiron va bardam kishilar bunga ishonishlari mumkin. Ular buni bahosi yo‘q muhim narsa, deya o‘ylashlari mumkin: hammasiga ega bo‘lish, xuddi ularga tuyulganiday, hech kimga qaram bo‘lmaslik, ilohiy borliq haqidagi har qanday o‘ylardan, badga urgan, doimiy tobelikdan, doimiy ibodatlardan, o‘zining har qadamini kimningdir irodasiga ko‘ra hisob-kitob qilishdan mustaqil bo‘lish. Ammo yoshlari o‘tgan sari ular ham o‘z navbatida anglab yetadilarki, ozodlik insonga xos emas, u inson tabiatida yo‘q va faqat ma’lum bir muddatgagina kor kelishi mumkin – butun umr suyanchiq bo‘la olmaydi...”

- Oldos Haksli. "Ajib yangi dunyo"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Qarorlar boshqalar tomonidan yuqoridan berilganda professional bo‘lishga ehtiyoj yo‘q.
Bunda, tanish-bilishchilik va laganbardorlik ahamiyat kasb eta boshlaydi. Oqibatda barcha faoliyatlar byurokratlashtirilib, me’zon va tamoyillar chetga uloqtiriladi, soxta ma’lumotlar yordamida ommani manipulyatsiya qilish va “xushxabarlar" yog‘dirish boshlanadi.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Bovari_xonim

"Doimiy ravishda qoramollar bilan ishlash uni o‘sha molga o‘xshash gung va xotirjam qilib qo‘ygan. Bugun u umrida birinchi marta mana bunaqangi ko‘pchilikning ichiga kirdi. Bayroqlar, nog‘oralar, qora frak kiygan janoblar, maslahatchining ordeni - hammasi unda qo‘rqinch o‘yg‘otdi va u qoqqan qoziqdek, tosh qotib yaqin borishni ham yoki qochib ketishni ham bilmay turar, nima uchun uni yig‘in ichidan itarib chiqarishganini, nega unga hakamlar a’zolari iljayib qarayotganini tushunmasdi. Rohat-farog‘atda yashagan burjuaning oldinginasida yarim asr qullik mehnatining jonli namunasi turardi".

- Gustav Flober: «Bovari xonim»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
✍ Begali Qosimov
📓 "Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik"
⚖ 15,3 MB
🔎 PDF
📄 400 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №184 mutolaa uchun Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani tanlangan.

Muhokama sanasi: 14-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📋 Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta jahon adabiyoti namunalari qaysi?


Habibaxon Otabek qizi
1. "Maʼnaviy masnaviy" mavlono Rumiy
2. "Sergey ota" Tolstoy
3. "Birinchi muallim" Chingiz Aytmatov
4. "Yevgeniy Onegin" Pushkin
5. "Anna Karenina" Tolstoy

Adham Muhiddin o‘g‘li:
1. 1984
2. Uliss
3. Buzrukning kuzi, Oshkora qotillik qissasi
4. Jinoyat va jazo
5. Kitob o'g'risi

Madina Urinova:
1. "Oltinchi palata" Anton Chexov
2. "Jinoyat va jazo" Fyodor Dostoyevskiy
3. "Yolg‘izlikning yuz yili" Gabriel Garsia Markez
4. "Bovari xonim" Gustav Flober
5. "Ifor" Patrik Zyuskind

• Gulnoza Ravshan qizi:
1. "Usta va Margarita"- Bulgakov
2. "1984"- Oruell
3. "Jinoyat va jazo"- Dostoyevskiy
4. "Faust"- Gyote
5. "Martin Iden"- Jek London

• Sharobiddin Oxunjonov:
1. Jek London — „Martin Iden“
2. Migel de Servantes Saavedra — „Don Kixot“
3. Alber Kamyu — „Begona“
4. Mixail Bulgakov — „Usta va Margarita“
5. Fyodor Dostoyevskiy — „Jinoyat va jazo"

Ilhom Rahimberdiyev:
1. ,,Jinoyat va jazoʼʼ - F.M Dostoyevskiy
2. ,,Anna Kareninaʼʼ - L.N Tolstoy
3. ,,Telbaʼʼ - F.M Dostoyevskiy
4. ,,Musallas mamlakatiʼʼ- Mo Yan
5. ,,Tirilishʼʼ - L.N Tolstoy

G‘ulomova Gulira'no
1. "Kassandra tamg'asi" Chingiz Aytmatov
2. "Jinoyat va jazo" Dostoyevskiy
3. "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" Rey Bredberi
4. "Iqrornoma" Tolstoy
5. "Koinot oqimlari" Ayzek Azimov

• Abdug‘ofurova
1. Dorian Grey portreti
2. Shamollarda qolgan hislarim
3. Kitob o‘g‘risi
4. Usta va Margarita
5. Kichkina shahzoda

Dilnura Yuldosheva
1. "Buzrukning kuzi" Markes
2. "Jinoyat va jazo" Dostoyevskiy
3. "1984" Oruell
4. "So‘na" Etel Voynich
5. "Usta va Margarita" Bulgakov

Fazoda To‘xliyeva
1. Lermontov: "Zamonamiz qahramoni"
2. Gyote: "Faust"
3. Remark asarlari, "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq"
4. Kamyu: "Begona"
5. Balzak: "Sag'ri teri tilsimi"

Aziz Samiyev
1. Fyodor Dostoyevskiy–Jinoyat va jazo
2. Alber Kamyu–Begona
3. Frans Kafka–Evrilish
4. Erix Mariya Remark–G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
5. Onore de Balzak–Dahriyning ibodati

• Abdujalil Xojimatov:
1. "Sulton Salohiddin" - Yavuz Bahodiro‘g‘li
2. "Kassandra tamg‘asi" - Chingiz Aytmatov
3. "Men" - Fotih Duman
4. "Farengeyt bo‘yicha 451°" - Rey Bredberi
5. "1984" - Jorj Oruell

Shalola Safartosheva:
1. "Ma'naviy masnaviy"
2. "Oy va sariq chaqa", "Martin Iden"
3. "Yevgeniy Onegin"
4. "Iqrornoma"
5. "Mukoshafat-ul qulub"


Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
12. So‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar
13. Eng yaxshi 5 ta o‘zbek adabiyoti namunalari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SIR

"Ont bo‘lsinki, islomga zid bir xatti-harakatingizni ko‘rsam, sizni taxtdan tushirish haqida fatvo beraman!"

- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Zohidlik chegarasi

Shaqiq Balxiy Ibrohim Adhamdan:
- Qanday kun kechirasiz, qayerdan mablag‘ topib, qanday sarflaysiz? - deb so‘radi.
- Bo‘lsa shukr qilamiz, bo‘lmasa sabr, – dedi Ibrohim Adham. Bunga javoban Shaqiq Balxiy shunday dedi:
- Ey Ibrohim, sening bu ishingni bizning Xuroson ko‘ppaklari ham qila oladi, ular bo‘lsa, yeyishadi, bo‘lmasa, sabr qilishadi.
- Hazrat, siz-chi, siz nima qilasiz? – so‘radi Ibrohim Adham.
- Bo‘lsa, baham ko‘ramiz, bo‘lmasa, shukr qilamiz, – dedi hazrati Shaqiq Balxiy.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

HIMMAT

Bir kuni Ibn Muborakdan bir gadoy pul so‘ragan edi, u bir dirham ehson qildi. Shunda uning do‘stlari:
- Bu gadoylar qovurilgan go‘sht va shirinliklar, noyob taomlarni iste’mol qilishadi. Unga bu pulning bir qismini bersangiz ham kifoya qilar edi, – deyishdi. Shunda Ibn Muborak:
- Xudo haqqi, ular ko‘kat va nondan bo‘lak biror taom iste’mol qilmaydilar, deb o‘ylarkanman, basharti ular shirinlik va go‘sht yeyishar ekan, unda ularga bir dirham yetmas ekan, – dedi va o‘z xizmatkorlaridan biriga:
- Gadoyni qaytarib kelgin-da, unga o‘n dirham ber, – deb buyurdi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mazaxchini_oʻldirish

Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish" romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar (davomi)

11. Sendan bolalar biror nima so‘rasa, iltimos, javob ber. Gapni olib qochishga urinma. Bola bola-da lekin buni ular kattalardan ko‘ra tezroq sezib qolishadi. Gapni olib qochish ularni battar chalkashtiradi.

12. U sinfdoshlarimizning otalari qiladigan hech bir ishni qilmasdi: hech qachon ovga chiqmasdi, qimor o‘ynamasdi, sharob ichmasdi, tamaki chekmasdi. U mehmonxonada o‘tirib olib kitob o‘qishdan boshqasini bilmasdi.

13. Doim o‘zing bilan qurol olib yurish seni kimdir otib qo‘yishini ochiqdan-ochiq istayotganingni anglatadi.

14. Ayollar bo‘lar-bo‘lmas narsalardan faxrlanaverishadi.

15. Noma’lum sabablarga ko‘ra insonlar hayotda to‘g‘ri fikrlash qobiliyatini yo‘qotib qo‘yadi... Qancha harakat qilishsa ham, odil bo‘la olishmaydi.

16. Seni boshqalar nazdida so‘kinish bo‘lgan so‘z bilan atashlari aslo haqorat emas. Bu o‘sha insonning naqadar nochorligini ko‘rsatadi, xolos. 

17. Adolat hukm surishi, insonlarning rangidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabat bo‘lishi kerak bo‘lgan sudga maslahatchilar qotib qolgan qarashlari, shaxsiy ginalari bilan kelishadi. Ulg‘ayar ekansan, oq tanlilar qora tanlilarni har qadamda aldashlarini, ularga nisbatan nohaqlik qilishlarini ko‘ra boshlaysan.

18. Senga hozir bir gap aytaman, uni hech qachon unutmagin — qora tanliga shunday munosabatda bo‘lgan har qanday oq tanli inson, kim bo‘lishidan qat’i nazar, xoh u boy bo‘lsin, xoh zodagon, tuban kishidir.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mazaxchini_oʻldirish

Yana bir narsani aytib o‘tishim kerak, jentlmenlar. Tomas Jefferson qachonlardir insonlarning barchasi teng huquqli qilib yaratilgan deb aytgandi. Hozir, ushbu iborani kontekstdan uzib, to‘g‘ri kelsa-kelmasa ishlatishga moyil odamlar paydo bo‘ldi. Bunga eng ahmoqona misol - pedagoglar zehni past, yalqov o‘quvchilarni qobiliyatli o‘quvchilar bilan baravariga sinfdan sinfga ko‘chirmoqda, negaki hamma teng qilib yaratilgan emish, qoloq o‘quvchilar sinfda qolsa, o‘zlarining noqobilligidan qattiq aziyat chekar emish. Hammamizga ayonki, bizni ishontirmoqchi bo‘layotganlaridek insonlar bu ma’noda teng yaratilgan emas: ayrim insonlar qolganlardan aqlliroq, ba’zilar qolganlarga qaraganda ko‘proq imkoniyat bilan tug‘ilgan, ayrimlar boshqalardan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topadi, ba’zi ayollar boshqa ayollarga qaraganda mazaliroq shirinlik pishiradi, xullas, ayrim insonlar qolganlarga qaraganda qobiliyatliroq bo‘lib tug‘iladi.
Biroq bu davlatda insonlarning barchasini o‘zaro teng qiluvchi yagona joy bor - birgina muassasada faqir fuqaro Rokfellerlar bilan teng, ongi past inson Eynshteyn bilan teng va o‘qimagan odam professor bilan teng. Bu muassasa, hurmatli jentlmenlar, sud deb ataladi. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining oliy sudi bo‘ladimi, mamlakatning bir burchidagi kelishtiruvchi sud bo‘ladimi yoki hozir siz o‘tirgan hurmatli sud bo‘ladimi baribir. Insonlar yaratgan har qanday muassasada bo‘lgani kabi, sudlarimizda ham kamchiliklar bor, ammo ushbu davlatda sudlar eng yaxshi tenglagichlardir va ularning oldida haqiqatan ham Hamma insonlar tengdirlar.
Men idealist emasman va maslahatchilar sudini sudlarning eng yaxshisi deb hisoblamayman — yo‘q, bu tizim men uchun mukammal tizim emas, bu hammamizga ayon. Jentlmenlar, sud maslahatchi sifatida o‘tirgan hech biringizdan yaxshiroq emas. Sud o‘zining maslahatchilarichalik ishonchli bo‘la oladi, xolos, maslahatchilar esa, umuman olganda, uni tashkil qilgan insonlarchalik. Men, hurmatli jentlmenlar, eshitgan guvohliklaringizni xolisona ko‘rib chiqib, bir qarorga kelishingizga va ayblanuvchini o‘z oilasiga qaytarishingizga aminman. Xudo haqqi, o‘z burchingizni bajaring.


- Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Yolg‘onga asoslangan jamiyatning belgilari:

• Xufyonalik, mavhumlik.
• Ikkiyuzlamachilik bir narsani o‘ylash, boshqasini aytish, uchinchisini qilish.
• Mustaqil bo‘lmagan qarorlar qabul etish - boshqalar tomonidan, boshqa joyda qilingan qarorni o‘ziniki sifatida rasmiylashtirish.
• Faoliyat — bu vosita. Maqsad esa faoliyatdan ko‘zlangan — natijadir. Yolg‘onga asoslangan jamiyatlarda esa faoliyatga maqsad sifatida qaraladi. Shu bilan birga:
— o‘quv muassasalarida o‘ylab topilib, taklif etilayotgan narsalarga ta’lim deyiladi;
— Madaniyat vazirligi va unga bo‘ysunuvchi muassasalar ishtirokida yaratilib, insonlarga tiqishtirilayotgan narsalarga madaniyat deyiladi;
— universitetlarda sodir bo‘layotgan teatrga ilm deyiladi;
— saylovlardagi ovoz isrofiga saylash deyiladi;
— hamtovoqlar majlislari va spikerlarning so‘z olishiga majlis deyiladi.
• Faoliyat deyilganda mazmun emas, balki shakl nazarda tutiladi.
• Ma’lumotlarning ishonchliligi muhokamaga qo‘yilmaydi.
• Ob’yektivlik o‘rniga o‘zboshimchalik hukm suradi (o‘zboshimcha, tubdan asossiz bo‘lgan qarorlarga "siyosiy qarorlar” deb nom beriladi).
• Axborot o‘rniga info shovqin tarqatiladi, siyosiy texnologlar jamiyatga “jahon tajribasi inobatga olinganini" va "susanbildan" xabarlarni taklif qiladi.
• Jamiyatni o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlardan qochiladi, tadqiqotlar o‘rniga so‘rovlar tashkil etilib, vasf qilishga buyurtmalar beriladi. Hokimiyatni egallab olganlar muammolarni shakllantirish va ularning paydo bo‘lish sabablarini (barqarorlashishi, chuqurlashishi, kengayishini) ko‘rib chiqishdan qochish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishadi.
• Havoiy qal’alar barpo etiladi (“strategiyalar" va "rivojlanish rejalari" tuziladi) va bajarilishi uchun zarur shartlar mavjud bo‘lmagan va’dalar beriladi.
• Bajarilmagan va’dalar uchun javobgarlik belgilanmaydi va kimningdir oldida, qachondir hisob berish nazarda tutilmaydi.

Shunday qilib, yolg‘onga asoslangan jamiyatda:
• fikr ham, bilim ham tarozining bir pallasiga joylashtiriladi;
• kurs, maqsad va vositalar chalkashtirib tashlanadi;
• faoliyat prinsiplari shakllantirilmaydi; • baholash hech qanday me’zonlar tizimiga asoslanmasdan, o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladi;
• va’dalar esa amalda bajarish uchun emas, balki saylovchilar ko‘nglini ovlash uchun beriladi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mazaxchini_oʻldirish

Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar

1. Uni kitob o‘qishdan to‘xtata oladigan odam hali onasidan tug‘ilmagandi.

2. Siz yaxshisiz, lekin siz bolalarni hech ham tushunmaysiz.

3. Nega aqlli odamlar qora tanlilar bilan bog‘liq ishlarda buncha fe'litorlik qilishadi?

4. Hamma bolalar ma'lum yoshda so‘kinishni boshlaydi va bu bilan hech kimni hayratga sololmasligini tushunganida bu yomon odatini tashlaydi.

5. Tentaklargina o‘z qobiliyati bilan faxrlanadilar.

6. Insondagi ko‘pchilikka bo‘ysunmaydigan yagona narsa uning vijdonidir.

7. Haqiqiy jasurlik mag‘lub bo‘lishingni oldindan bilsang-da, kurashishdan qo‘rqmasliging.

8. Kattalar ko‘pincha qilamiz degan ishlarini qilishmaydi.

9. Insonlar bilan o‘zimizga yoqqan emas, balki ularga qiziq bo‘lgan mavzuda gaplashish xushmuomalalik belgisi.

10. Hech qachon guvohni so‘roq qilayotib unga javobini oldindan bilmagan savolingni berma.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mazaxchini_oʻldirish

Bilganlaringning hammasini ovoza qilishning keragi yo‘q. Odamlar atrofida o‘zidan aqlliroq odam bo‘lishini yoqtirmaydi. Bu ularni jazavaga soladi. Adabiy tilda gapirish bilan ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ular barchasini o‘zlari o‘rganishi lozim. Bunday qilishni istashmasa, qo‘lingdan hech nima kelmaydi: yo jim yurishing, yo ularday gapirishing kerak.

- Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Adham Sharqoviy
📓 "Qisqa o'y-fikrlar"
⚖ 0,7 MB
🔎 PDF
📄 45 sahifa


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Hazratdek kitobxon odam yoʻq"

(c) Husayn Buxoriy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Luqmon Bo‘rixon
📓 "Imom Moturidiy"
⚙ Roman
⚖ 2.9 MB
🔎 PDF
📄 288 sahifa

Romanda somoniylar zamonasiga xos tarixiy voqealar, jarayonlar qatida hazrati imom Moturidiy siymosi yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Roman badiiy asar bo‘lishiga qaramasdan uni o‘qigan kitobxon Islom dinining sof aqidasidan o‘ziga xos ta’lim oladi. Ahli sunnat val jamoat mazhabining e’tiqodiy masalalari Abu Mansur Moturidiy nomidan romandagi dialoglarda mohirlik bilan singdirib yuborilgan.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Kitobxonlik koʻp kitob oʻqishdan iborat emas"

(c) Husayn Buxoriy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel