#Keltirma
O‘zbekiston radiosi birinchi kanalida Hazratning ovozlari yangragan ilk eshittirish
- "Xotira uyg‘onsa go‘zal" kitobidan
📚 @e_kutubxona
O‘qish
"Bugun insonlar "o‘qishga vaqt yo‘q" deydigan bo‘lishdi. Ular bilmaydilarki, vaqtni o‘qish beradi.
Taajjublanmang! Inson tajribalaridan bir narsani o‘rganadi. Bu haqdir. Ammo insonning umri qisqa. Bilish uchun hamma narsani tajriba qilib ko‘rishga vaqti yetmaydi. O‘rganishning eng afzal yo‘li boshqalarning tajribasidan foydalanishdir. Bu esa o‘qish orqali bo‘ladi!".
- Shayx Ali Tantoviy
📚 @e_kutubxona
#Turkiston_qaygʻusi
Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z huquqini saqlash sharafi uning qurol kuchigagina bog‘lanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan yashamoqqa majburdirlar. Ayniqsa dinsizlik olamining markazi hisoblangan bir davlatga chegaradosh bo‘lgan millat, o‘z huquqiga ega bo‘lishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy kuch quvvatini, ya’ni zamonaviy qurol, zamonaviy ilmni qo‘lga keltirishidan boshqa chorasi yo‘qdir.
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Sen hech qachon ozodlik nondan azizligini tushunmaysan!
Qadimgi yunon hikoyalarida hayvonlar haqidagi bir hikoya keladi:
"Bir bo‘ri nihoyatda ozg‘inlashib hatto suyaklari bilinib qolibdi. Chunki itlar uni qo‘y podasi atrofidan nihoyatda mahorat bilan quvishar ekan. Yaqinlashgani qo‘yishmas ekan. Bo‘ri bir kuni semiz va sog‘lom itni ko‘rib qolibdi. O‘ziga-o‘zi debdi:
"Agar oldingi kuchim bo‘lganida uni parchalab yegan bo‘lar edim!".
Ammo o‘zining zaifligini, qo‘lidan bir ish kelmasligini bilgan bo‘ri itning oldiga kelib uni maqtay boshlabdi:
- Ey qo‘ylarning ishonchli qo‘riqchisi! Senga mana shunday semirib, kuchli bo‘lib yurish yarashadi!
Shunda it bo‘riga debdi:
- Istasang sen ham menga o‘xshab semirishing mumkin. O‘rmonlarda yurishni bas qil. Bizning oldimizga kel. Bu yerda ovqat ko‘p. Mazza qilib yashaysan!
Bo‘ri so‘radi:
- U yerda qanaqa ovqatlar bor?
It dedi:
- Har-xil lazzatli taomlar bor. Tovuqlarning suyaklari bor. Qolaversa xo‘jayin vaqti-vaqti bilan boshingni silab ham turadi!
Itning gapini eshitgan bo‘rining og‘zidan so‘lagi oqdi. U bilan birga borishga qasd qildi. Yo‘lda ketayotib itning bo‘ynida iz ko‘rdi. Uning nima ekanligini so‘radi. It dedi:
- Bu xo‘jayinim bo‘ynimga bog‘lagan zanjirning izi!
Bo‘ri dedi:
- Unday bo‘lsa sen to‘liq ozod emas ekansanda?!
It dedi:
- Ammo menda hamma narsa bor-da!
Bo‘ri dedi:
- Menga semizlik, zanjir va qullikdan ko‘ra ozg‘inlik, ochlik va ozodlik yaxshi. Sen hech qachon ozodlik nondan azizligini tushunmaysan. Boraver!".
"Ozodlik nondan azizdir". Bu gap ozodlik haqida men eshitgan ajoyib jumlalarning ikkinchisidir. Birinchisini Umar roziyollohu anhu Misr voliysi Amr ibn Os roziyollohu anhuga aytgan:
"Ey Amr! Qachondan beri onasi ozod holda tuqqan kishilarni qul qiladigan bo‘lding?!".
Voqea bunday bo‘lgan edi. Misrda musobaqa bo‘lib o‘tdi. Oddiy qibtiy yigit Misr voliysi Amr ibn Os roziyollohu anhuning o‘g‘lidan o‘zib ketdi. Shunda Amr ibn Osning o‘g‘li qibtiy yigitga: "Hali sen boshliqning o‘g‘lidan o‘tib ketadigan bo‘ldingmi?", deb uni bir qamchi uradi.
Zulm achchiq narsa. Insonlarga quldek muomala qilish durust emas. Qibtiy yigit Madinaga borib, xalifa hazrati Umarga arz qiladi. Xalifa Umar roziyollohu anhu Amr ibn Osning o‘zini ham, o‘g‘lini ham Madinaga chaqirtiradi. Ular yetib kelishadi. Katta majlisda hazrati Umar roziyollohu anhu qibtiyga qamchini berib: "Bu boshliqning o‘g‘lini yaxshilab savala!", deydi. So‘ngra Amr ibn Os roziyollohu anhuga qarab: "Ey Amr! Qachondan beri onasi ozod holda tuqqan insonlarni qul qiladigan bo‘lib qoldinglar?!", deydi.
Bu din insonlarni ozod qilish uchun kelgan. Avvalo insonlarni insonlardan ozod qilish uchun, qolaversa ularni nafslaridan ozod qilish uchun kelgan.
Inson dinsiz o‘zining g‘arizalariga, istaklariga va tama’lariga qul bo‘lib qoladi. Bu g‘arizalarning adabini faqatgina din beradi.
Shuning uchun buyuk islom inson g‘arizalarini mutloq ozod qiluvchilar va uni mutloq yakson qiluvchilar o‘rtasida moʻtadil turadi!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
Ey millat!
Alloh musibatingizni aritsin!
Jaholatdan shikoyat qilasiz, tamakiga ishlatganingizning yarmini ham ta’limga sarflamaysiz.
Hokimlardan noliysiz, ular ham o‘zingizdan bo‘lganlari holda islohlarini istamaysiz.
Faqirlikdan bezgansiz, uning dangasalikdan boshqa sababi yo‘q.
Bir-biringizni alday turib qanday o‘nglanishdan umid etasiz?
Eng nochor tirikchiligingizni ojizlikdan, qanoat ataysiz.
Ishlaringizga bosh qotirmay, osongina, tavakkal deb qo‘yasiz.
Yo‘l-yo‘riqni bilmaslikni Allohning qazosi bilan niqoblaysiz.
Ko‘rguliklar orini Qadarga to‘nkab, o‘zingizdan quvasiz.
Lek vallohki, ishingiz bashar ishi emas!
- Abdurrahmon Kavokibiy
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
Hamma narsani, ignadan tortib raketagacha import qiladigan millat hech qachon g‘olib bo‘lmaydi. Import qilish garchi sabablarni ushlashdan hisoblansada, bu noqis ushlash hisoblanadi. Chunki siz o‘zgaga bo‘yningizni topshirdingiz.
Qurol-aslahasini o‘zi yasamagan millat uni ishlatish erkiga ega bo‘lmaydi.
- Shayx Muhammad G‘azzoliy
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
O‘zingniki bo‘lishiga nima yetsin?!
Sal kam bir oy bo‘lyaptiki, Gʻazzaga suv, taom, tok to‘sib qo‘yilgan. O‘sha sharoitda ham musulmonlar sabru iymonda, kurashda davom etishdi va holatni butun olamga uzatib turishdi. U yerdagi vaziyatdan hamma boxabar bo‘lib, qilinayotgan vahshiyliklardan dunyo bo‘ylab norozilik ortgani va boshqa sabablar bois dushmanlar kuni kecha Gʻazzaga internet tarmog‘ini ham uzib qo‘yishdi. Shu bois ijtimoiy tarmoq faollari Ilon Maskdan Gʻazzaga internet tarmoq uzatishini so‘rab murojaat qilishdi. U bu talabga ijobiy javob berishga harakat qilishini aytibdi. Balki yordam berar. Biroq, gap shundaki, Gʻazza ahliga fazoviy ko‘maklashishga shundan boshqa odam topilmagan. Qarang, Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 60 ga yaqin davlat, 2 mld musulmon o‘zlari uchun shu kungacha birorta fazoviy tarmoq yaratmabdi, dasturlar ishlamabdi. Bugun esa boshqalarga yalinib, o‘shalarning og‘ziga qarab o‘tiribdi. Bu hol Islom ta’limotlariga zid, siyratga xilof, hayot qonuniyatlariga tersdir.
Agar ixlosli musulmonlar o‘zlaridagi internet tarmoqlariga-da o‘zlari ega bo‘lganlarida, boshqalar ularni dunyodan uzib qo‘ya olmas, agar uzsa, birovlarga yalinmay, o‘z kishilariga murojaat qila olar edilar.
Qariyb yarim asrdan beri dunyoning turli mintaqalarida turli qurolli harakatlarga berilgan dindor yoshlar ilm-fan sohasida jihod qilganlarida, hech shubhasiz, ummat uchun ko‘proq foyda keltirgan bo‘lishardi.
To‘g‘risi, men o‘zim zamonaviy jihozlardan keng foydalansamda, internet tarmoqlarini hamisha ishlatsamda va ularning haqqini to‘lab qo‘ygan bo‘lsamda, bu narsalar musulmonlarniki bo‘lmagani uchun ularni ishlatib yayray olmayman. Qani edi musulmon fizik va matematiklarimiz, o‘zbek olimlarimiz mana shu kabi ishlarga munosib hissa qo‘shishsa. Qani endi shu narsalar o‘znimizniki bo‘lsa...
Hali ham kechmas, odam qilgan ishni odam qila oladi, yoshlarimiz zamona ilmlarini yaxshi o‘zlashtirib, ummatni hech bir jabhada boshqaga muhtoj bo‘lmaydigan holatga olib chiqishga erishsalar, mana shu haqiqiy sunnatga va siyratga muvofiq ish bo‘ladi. Sharti - bu ilmlarni dinining evaziga yoki o‘zlikdan kechib emas, balki iymonu axloq asosida o‘zlashtirish lozim. Mana shunda ular boshqalarga bo‘lmagan ilohiy ma’unatga ham musharraf bo‘ladilar.
Odamlarimizda bir tushuncha bor, har qancha qulay bo‘lmasin, ijara uyga uncha qiziqishmaydi, kamtarona bo‘lsa ham, o‘z uyim bo‘lsa deymiz, chunki mana shunda hotirjamlik, erkinlik tuyamiz. Juda to‘g‘ri va tabbiy tuyg‘u. Xuddi shu kabi, boshqa iste’mollarimizda ham o‘zimiz ishlab chiqaruvchi bo‘lmas ekanmiz, qaramlikdan qutila olmaymiz. O‘zingniki bo‘lganiga nima yetsin?!
- Hasan Al-Muqriy
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Odamlarni siyosatdan ajratish uchun rangsiz va zerikarli xabarlar ayni muddao. Davlat mafkurasi qanchalik murakkab va ahmoqona bo‘lsa, sodiq fuqarolarni, sodiqlikni imitatsiya qilayotgan muxoliflardan farqlash shuncha oson bo‘ladi. Faqatgina sodiq fuqarolar davlat doktrinasi qanchalik ahmoqona bo‘lmasin, uni chin dildan yod olishar va o‘rganishardi. Propagandaning aynan ahmoqonaligi dissidentlarga hukumatning qay darajada kuchli ekanligi va odamlarni ma’nosiz narsalarni qaytarishga majbur eta olishini bildirib turar edi. Odamlardan qullarcha xushomadgo‘ylik va mantiqsiz da’volarni so‘roq-savolsiz qabul qilishni talab etish ular orasidan hukumatga shubha bilan qarovchilarni ajratishda qo‘l keladi. Bu esa rahbarlarga o‘ziga shak keltirmaydigan odamlarni tanlab olishga yordam beradi. Rahbarga tamoman tobelikni namoyish etuvchilarni mukofotlash ularni boshqa qudrat egalariga bo‘lgan moyilligini kamaytirgan holda diktatorning hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Ko'pchilik ma'qul ko'rgan siyosiy qarorlar har doim ham jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatmasligi shubhasiz. Keling, fikrlash orqali tajriba o'tkazamiz. Besh saylovchidan iborat oddiy iqtisodiyotni faraz qiling. Deylik, saylovchilardan uchtasi har biriga 2 yevrodan sof foyda keltirib, ammo qolgan ikki saylovchining har biriga 5 yevrodan sof chiqim yuklaydigan loyihani ma'qullaydi. Jamini olganda, loyihaning tannarxi 10 yevroga teng, sof foydasi esa 6 yevroga teng. Bu loyiha samarasiz va u besh kishilik jamiyat farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, agar ko'pchilik ovoziga asosan qaror qabul qilinsa, uch ovoz qarshi bo'lgan ikki ovozni yutadi. Saylovchilar sonini 5 tadan 5 millionga yoki 200 millionga oshishi umumiy natijani o'zgartirmaydi. Ushbu misolda yaqqol ko'rinib turibdiki, ko'pchilik ovoziga asoslangan saylov tizimi samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.
- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Doktor_Jivago
Boris Pasternak, "Doktor Jivago" romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
1. Hammanikidan ajralgan baxt aslida baxt emas.
2. Sog‘lom erkak kishi tishlarini g‘ijirlatib bo‘lsa-da, o‘z o‘lkasi qismatini birga boshidan kechirishi kerak.
3. Markscha fikrlaydigan odam so‘lagini oqizib yuruvchi dangasa bo‘lishi kerak, deb qayerda aytilgan?
4. Mana ko‘rdingizmi, siz bolshevik bo‘la turib bunday hayot kechirish qiyinligini inkor etmayotirsiz. Chindan ham, bu hayot emas, balki sira bo‘lmagan fantasmagoriya, tartibsizlikdir.
5. Men butunicha falsafaga
asarlarni yoqtirmayman. Menimcha, falsafa san’at va hayotga qo‘shimchadek bir soha hisoblanadi. Quruq falsafa bilan shug‘ullanish achchiq garmdori chaynash bilan barobar bir ish.
6. Taqdir kitobida biz bir qatorda turamiz.
7. Men seni pardoz-andoz anjomlaringga, ustingdagi bir tomchi terga, badaningga yopishib, qoningni zaharlovchi kasalliklargacha rashk qilaman.
8. Haqiqiy turmush nimaligini, uning ruhini his qilmaganlar bunday qarashlar ustida mulohaza yuritolmaydi. Ular uchun mavjudlik - bu dag‘al ishlangan materialga yaqinlik demakdir. Materialning o‘zi hali ishlovga muhtojdir. Hayot esa hech qachon moddiylikning, narsaning o‘zi bo‘lib qolmaydi. Hayot - bu doimo o‘zini yangilab boruvchi qayta ishlovchi ibtidodir. Hayot bizning u haqidagi sayoz nazariyalarimizdan ancha yuqoriroq turadi.
📚 @e_kutubxona
📓 "Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari"
✍ Mualliflar: Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Tauni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhun va Rendall K. Fayler.
⚖ 5,1 MB
🔎 EPUB
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
«Siz beparvo o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda mehribon do'konchi Jeyms Gudfellou g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch kelgan bo'lsangiz, unda tomoshabinlarning har biri, ularning soni o'ttizta boʻlgan taqdirda ham, xuddi oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini quyidagi so'zlar bilan yupatganiga guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati bor. Hamma kun koʻrishi kerak. Agar hech kim oyna sindirmasa, oyna soluvchilarning ahvoli nima kechadi?»
Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Ushbu nazariyani oddiy misolimiz orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning, afsuski, asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariyaga juda yaqin.
Aytaylik, zararni qoplash olti frankka tushadi. Siz falokat oyna soluvchiga olti frank daromad keltiradi va bu, o'z navbatida, yana olti frankka savdoni ko'paytiradi deb aytishngiz mumkin. Toʻgʻri, gapingizda jon bor, unga hech qanday e'tirozim yo'q. Oynachi kelib, vazifasini bajaradi va olti frankini oladi. Qoʻlini ishqalab, ko'nglida beparvo bola haqqiga duo qiladi. Bular vaziyatning aniq, koʻrinib turgan tomoni.
Biroq agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab turadigan fikrga qoʻshilsangiz, unda men sizga: «To'xtang! Sizning nazariyangiz faqat koʻrinadigan narsalar bilan cheklangan; u vaziyatning ko'rinmagan tomonini hisobga olmaydi», deb keskin javob berishga majbur bo'laman. Chunki do'konchi olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin bu mablag'ni boshqa maqsadlarga sarflay olmasligi bizga ravshan emas.
Agar deraza oynasini almashtirmaganda, balki u yangi poyabzal olishi yoki kutubxonasiga yana bitta kitob qoʻshishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi. Qisqasi, agar falokat sodir bo'lmaganda, u olti frankni boshqa maqsadga ishlatgan bo'lar edi».
- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Xoʻrlanganlar_va_haqoratlanganlar
Ba’zan nihoyatda mehribon, ammo ko‘ngli bo‘sh kishilar o‘zlarining muruvvatli bo‘lishlariga qaramay, boshga tushgan g‘am-kulfatdan qattiq iztirobga kelib, qanday bo‘lsa ham buning zahrini birovga, hech gunohi bo‘lmagan, aksariyat o‘ziga eng yaqin kishiga sochib, uni bekordan-bekorga xafa qilishadi. Masalan, ayollar ba’zan hech narsadan hech narsa yo‘q, o‘zlarini bebaxt va xo‘rlangan odam deb hisoblashga ehtiyoj sezadilar. Shunga o‘xshagan asablari mustahkam, xotinlar kabi zaif bo‘lmagan ko‘p erkaklar ham shu jihatdan ayollarga o‘xshab ketishadi.
- Fyodor Dostoyevskiy: «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar»
📚 @e_kutubxona
#Erkin_mavzu
Mavzu: Qanday kitoblar o‘qiyapsiz?
Ayni paytda qaysi kitobni o‘qiyapsiz va o‘qib tugatgan oxirgi 3 ta kitobingiz qaysilar bo‘ldi? Bugungi erkin mavzuda kitobxonlar bilan shu bo‘yicha fikr almashamiz.
⏳ Belgilangan vaqt: 20:00 dan 23:00 gacha
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Kasblar tabiati bilan birgalikda ta’limning roli ham o‘zgardi. Industrial davrda kapitalistlar hukumatni o‘rta maktablar tashkil etishga undagan edi. Zavod egalarining “yaxshi tarbiyalangan” ishchilarga ehtiyoji bor edi. Savodxonlik va sodda arifmetika dolzarb sanalsa-da, tartib va intizom muhimroq edi. Dehqonlar zavodlarda ishlash uchun soatlab bir joyda o‘tirishi‚ zerikarli va qaytalanuvchi vazifalarni bajarishni o‘rganishlari talab etilardi. Ular tayyorlov jarayonida e’tiborli, odobli, “punktual, bo‘ysunuvchan va hushyor” shaxslarga aylanishi kerak edi. Hukumatni mamnun etish uchun boshlang‘ich maktablar o‘quvchilarni vatanparvarlik va bo‘ysunuvchanlik bilan tarbiyalardi. Hattoki o‘rta maktablarda ham ushbu ijtimoiylashtirish jarayoni davom etardi.
Lekin oliy ta’lim bulardan farq qiladi. Mamlakatlar postindustrial ishlab chiqarishga o‘tar ekan, ularda yangi toifadagi inson kapitaliga ehtiyoj tug‘iladi. Oddiy industrial kasblar uchun boshlang‘ich va o‘rta maktablarda beriladigan bilim yetarli. Ammo rivojlangan iqtisodga ega mamlakatlar bilan raqobatlashish oliy ma’lumotli ishchilar sinfini talab etadi.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Avtoritar rahbarlar uchun iqtisodiy o‘sish manbasining o‘zgarishi katta muammo tug‘dirdi. Oldingi davrda Stalin va Mao kabi klassik diktatorlar dehqonlarni zavodlarga yuborish orqali insonlarni sarf qilgan holda yalpi ichki mahsulotni ikki barobarga oshirishlari mumkin edi. U davrlarda ishchi kuchini qayta taqsimlash ishlab chiqarishni oshirishning zo‘raki, ammo samarali yo‘li edi. Stalinistik sanoatning shakllanishi mukammal bo‘lmasa-da, dehqon xo‘jaliklarga qiyoslaganda kommunistik industriya nisbatan samarali edi. Ammo iqtisodiy o‘sish yaratuvchanlikni talab qila boshlaganida Stalin uslubidagi ishchi kuchini majburiy taqsimlash samarasiz metodga aylangan edi. Odamlarni jismoniy ish qilishga majburlash mumkin, ammo ularni innovativ g‘oyalar topishga majburlab bo‘lmadi. Chek-chegaralar mavjud joyda innovatsiya vujudga kelishi mushkul bo‘lgan bir paytda kommunistik byurokratiya yangi g‘oyalar tug‘ilishiga qo‘shimcha to‘siqlar yaratar edi. Kommunistik mafkura esa innovatsion muhitni yanada bo‘g‘ib borardi.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Toʻrtinchi_sanoat_inqilobi
Talabga asoslangan iqtisodiyot muhim savolni o‘rtaga tashlaydi: nimaga ega bo‘lish muhimroq — platformagami yoki u taklif qilayotgan resurslargami? Dunyoning eng yirik taksi kompaniyasi bo‘lgan "Uber" ning bitta ham avtomobili yo‘q. Eng yirik media kompaniyasi "Facebook" hech qanday kontent yaratmaydi. Dunyoning eng qimmat chakana savdo platformasi "Alibaba" hech qanday inventarga egalik qilmaydi. Va nihoyat, dunyoning eng yirik uy-joy ta’minotchisi "Airbnb" ko‘chmas mulkka ega emas.
- Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Bizning erkinligimiz himoyasiz
Biz barcha erkinliklarni kamdan-kam hollarda birdaniga yo'qotishimiz mumkin. Odatda u asta-sekinlik bilan yo'qotilib, odamlar buni ko'p hollarda sezmaydilar. Erkinlik bevosita cheklanganda ham, masalan, davlat iste'molchilarni himoyalash maqsadida kasbiy faoliyatni litsenziyalashni joriy etganda, kamdan-kam odamlar bunga e'tibor beradilar, agar e'tibor bersalar ham, cheklashlar ularga shaxsan ta'sir etadi deb hisoblamaydilar. Ammo Avstriyalik buyuk iqtisodchi F. A. Hayek ta'kidlaganidek, «Erkinlikdan oladigan manfaatlarim... asosan boshqalarning erkinlikdan foydalanishi natijasidir». Masalan, agar odamlar sochning kimyoviy tuzilishi bo'yicha davlat imtihonlaridan o'tmasdan sartarosh bo'lish erkinligidan mahrum bo'lsa, bundan bo'lajak sartaroshlar emas, balki soch kestirishi kerak bo'lgan odamlar eng ko'p zarar ko'radilar.
Bundan tashqari, erkinlikni yo'qotish jarayoni bilvosita sekin amalga oshishi mumkin. Bevosita cheklovlar erkinlikni doimo ayon boʻlganidan ko'proq cheklaydi, chunki har bir cheklov erkinlikka imkoniyat beruvchi bozor mas'uliyatiga sezilmaydigan ravishda putur yetkazadi.
Tomas Jeferson quyidagilarni aytganda haq edi: «Abadiy hushyorlik erkinlik bahosidir». Odamlar erkinlik va bozor o'rtasidagi uzilmas bog'liqlikni tushunganda, o'z erkinliklarini himoya qilishga, ehtimol, ko'proq hushyor bo'ladilar.
- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Mamlakatlar postindustrial ishlab chiqarishga o‘tar ekan, ularda yangi toifadagi inson kapitaliga ehtiyoj tug‘iladi. Oddiy industrial kasblar uchun boshlang‘ich va o‘rta maktablarda beriladigan bilim yetarli. Ammo rivojlangan iqtisodga ega mamlakatlar bilan raqobatlashish oliy ma’lumotli ishchilar sinfini talab etadi.
Avtokratlar uchun muammo shundaki, ta’lim tabiiy ravishda fikr erkinligiga bog‘liq. Universitet darsliklarini tamoman “yot g‘oyalar”dan tozalash imkonsiz. Tanqidiy fikrni nazoratda ushlab turishning imkoni yo‘q. Bugun elektrodlarni o‘rganayotgan talaba ertaga saylov jarayonlarini tahlil qilishga o‘tishi mumkin. Universitetlarda o‘rgatiladigan tahliliy, tashkiliy va kommunikatsion ko‘nikmalar turli maqsadlarda, hattoki hukumatga qarshi namoyishlar uyushtirishda ham qo‘llanishi mumkin. Ayni paytda ilg‘or tadqiqotlar tashqi dunyo bilan uzluksiz aloqani taqozo etadi. Bu aloqa esa odamlar tashqi dunyo haqida doimiy ravishda ma’lumot oladi degani. Bularning barchasi diktatorlarga oliy ta’limni nazoratda ushlab turishni mushkullashtiradi.
Sovet Ittifoqini misol qilib olaylik. 1950-yillarda mamlakatda qat’iy konformizm hukm surar edi. Stalin shafqatsiz ravishda “har xillikka qarshi kampaniya" e’lon qilgan, yahudiy doktorlarni hibsga olib, ularni josuslikda ayblab qatl qilayotgan davr edi. Bir bitiruvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrlarda Moskva davlat universitetining yuridik fakulteti "ulkan mafkuraviy miya yuvish" dargohiga aylangan edi. Garchi o‘zi idealist kommunist bo‘lsa-da, unda partiya siyosati bo‘yicha savollar tug‘ila boshlagan. Xo‘sh, yosh Mixail Gorbachyovning ongida shubha uyg‘otayotgan nima edi? Dissidentlar tarqatayotgan pamfletlarmi? Aslida uning shubhalariga sabab Gorbachyov “o‘z raqiblarining tezislarini tizimli ravishda tanqid qilgan, qarshi argumentlar bergan va nazariy jihatdan mantiqli xulosalar ishlab chiqqan” Karl Marks, Fridrix Engels va Vladimir Leninlarning klassik qo‘lyozmalarini o‘qigani edi. Bu manbalar uni antikommunistga aylantirib qo‘ymagandi. Balki uni tizim uchun kattaroq xavfga — fikrlashga o‘rgatgan edi.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Ziyoli qatlamni hukumat tomoniga og‘dirish moliyaviy resurslar talab etadi. Moliyaviy resurslar yetishmovchiligi yuz berganda esa diktatorlar mediani nazorat qilishning arzonroq yo‘li - senzuraga o‘tadilar. Ular barcha turdagi kontentni senzura qilishlari shart emas. Eng muhimi muxolifat nashrlarining auditoriyasi kattalashib ketmasligi kerak. Shuningdek, bu borada diktatorga jamiyatdagi madaniy o‘zgarishlarning nomutanosib dinamikasi qo‘l keladi. Postindustrial davrning ilk qismida odamlar hamon o‘zlarining industrial qadriyatlariga sodiq bo‘ladi. Ular odatda risklardan qochuvchi va konformist bo‘lishadi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar qatlami esa nafrat, iqtisodiy xavotirlar va an’anaviy qadriyatlarga sodiqlik bilan kreativ sinfdan ajralib qoladi. Manipulyativ diktator bu sentimentlardan foydalangan holda industrial ishchi sinfni “buzg‘unchi madaniyat” vakillariga qarshi oyoqqa turg‘izishi mumkin. Ayni paytda diktator intellektuallarni xoin, dinni tahqirlovchi va zinokor sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu kabi qoralov va tuhmat kampaniyalari uning tarafdorlari orasida muxolifatning hukumat haqidagi tanqidlariga ishonchsizlik paydo qiladi.
Toki ziyoli qatlam kuchsiz ekan, bu manipulyatsiya doim ish beradi. Shu yo‘sinda diktatorlar kreativ iqtisodni izdan chiqarmagan va o‘z repressiyasini xalqqa oshkor qilmagan holda siyosiy talablarga qarshilik qilishi mumkin. Ammo intellektuallar doirasi kengayib, ularning resurslari, mahoratlari oshgani va qadriyatlari aholi orasida keng tarqalgani sayin manipulyativ diktaturani boshqarish anchayin qiyinlashadi.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Tizim odami o'z takkaburi bo'yicha o'zini dono ko'radi. U xuddi shaxmat taxtasidagi toshlarini qo'li bilan osonlikcha yurgizgani kabi, katta jamiyatning turli xil a'zolarini osonlik bilan boshqarish mumkin deb tasavvur qiladi; u shaxmat taxtasidagi toshlarda ularni qo'l surishidan boshqa harakatlanish prinsipi yo'q deb hisoblaydi; biroq inson jamiyati deb nomlanmish buyuk shaxmat taxtasidagi har bir alohida shaxs, garchi bu qonun chiqaruvchilar istagidan farqli bo'lsa ham, o'z harakatlanish prinsipiga ega. Agar bu ikki prinsip bir-biriga mos kelsa va bir yo'nalishda harakatlansa, inson jamiyatining o'yini osonlik va uyg'unlik bilan davom etadi va uning baxtli va muvaffaqiyatli bo'lishining ehtimoli katta. Agar ular bir-biriga zid yoki turlicha bo'lsa, o'yin qayg'uli davom etadi, jamiyat esa tartibsizlikning eng yuqori cho'qqisiga yetadi.
- Adam Smit (1759-yil), «Ma'naviy hissiyotlar nazariyasi»
📚 @e_kutubxona
ALLOHNING LUTFI
Rivoyat etilishicha, bir majusiy Ibrohim Xalilullohdan mehmon qilishini so‘radi. U kishi uni mehmon qilmadilar va: «Agar iymonga kelsang, seni albatta mehmon qilaman», dedilar. Shu onda Alloh taolo u kishiga vahiy yuborib, shuni bildirdi: «Ey Ibrohim! Men to‘qson yildan beri uning kofirligiga qaramay, taom berib kelaman».
Shunda Ibrohim alayhissalom darhol o‘sha majusiyning orqasidan borib, to‘xtatdi, ortiga qaytardi va bo‘lgan voqeadan xabardor etdi. Majusiy Alloh taoloning lutfidan taajjubga tushdi va musulmon bo‘ldi.
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №185 mutolaa uchun Gustav Floberning "Bovari xonim" romani tanlangan.
Muhokama sanasi: 28-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
@filolog_nafis kanali keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, bunda hammasi adabiyot haqida. Kanalda jahon adiblarining asarlariga taqrizlar, iqtiboslar, tasviriy sanʼat namunalari, filmlardan parchalar berib boriladi. Zero, Adabiyot va Sanʼat hech qachon zerikarli va foydasiz boʻlmagan.
Читать полностью…📓 "Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari"
✍ Mualliflar: Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Tauni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhun va Rendall K. Fayler.
⚖ 8,6 MB
🔎 PDF
📄 470 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
«Isroil davlati allaqachon ma’naviy asoslarini yo‘qotib bo‘lgan. Uni qo‘llayotgan kollektiv g‘arbda ham, ko‘pchilik uning jinoyatlarini yaxshi biladi. Yevropa jamoatchilik fikri, taxminan 60-80% Falastin tarafida. AQSHda ham 20 milliondan ortiq yahudiy yashaydi. Lekin, shuncha yahudiydan bor yo‘g‘i taxminan 6-7 millioni o‘zini yahudiy deb tan oladi. Qolganlari “men yahudiy emasman, Xudo asrasin” deb, o‘zligini yashiradi, yahudiylikdan voz kechishga harakat qiladi. Protestant, anglasakson bo‘lishga harakat qiladi.
Bularning asosiy sababi – Isroilning vahshiy davlat ekanligi. Bu millat tarixan ko‘p ta’qib qilingan. Gʻarb va sharq xalqlari, davlatlari yahudiylarni ko‘p ta’qib qilgan. Endi, o‘zlarining davlatchiligiga erishib, shu davlatchilikni kengaytirish maqsadida, misli ko‘rilmagan vahshiyliklar qilmoqda. Bir vaqtlar g‘arbliklarning yahudiylarga qilgan vahshiyligini, bugun yahudiylar arablarga, falastinliklarga qilmoqda. Ortig‘i bilan qilmoqda. Buni dunyo ko‘rmoqda.
Paradoks. Yashab qolish uchun terror siyosatini olib borayotgan Isroil bir vaqtni o‘zida global norozilik va nafratga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni yashab qolish uchun o‘z umrini qisqartirishga ariza bermoqda. Bugun global yahudiylik chuqur ma’naviy inqirozda. Insoniyat Isroilni vahshiylik, adolatsizlik, yolg‘on va muttahamlik sinonimi sifatida qabul qilmoqda. Haliyam propaganda kuchli ishlayapti. Vaqti kelib, propaganda ham sinadi, homiy ham so‘nadi. O‘sha kuni Isroil naqadar vahshiy bo‘lganligini tushunib yetadi».
- Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos
📚 @e_kutubxona