Kitob oʻqishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
Ustoz Husayn Buxoriydan kitobxonlarga, kitob mutolaasini sevuvchilarga, kitob oʻqish bilan axloqini sayqallash, dunyoqarashini kengaytirish va boshqa manfaatlarga erishishni niyat qilganlarga tavsiya.
___
Berilgan qaysi qoidalarni kitob o‘qishda joriy qilgansiz? Qaysilari siz uchun yangilik bo‘ldi yoki tadbiq qilmoqchisiz?...
📚 @e_kutubxona
#Yumshoq_kuch
• Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
Tinchlikda g‘alaba qozonish urushda g‘alaba qozonishdan ko‘ra ancha murakkab.
Agar meni hech qanday aniq tahdid yoki almashinuvsiz, nomoddiy jalb qilish orqali ko'ndira olgan boʻlsangiz, mana shu yumshoq kuchning ishlash prinsipini anglatadi.
Gʻoyalar bozoridagi qarorlarimiz ko'pincha yumshoq kuch - nomoddiy jalb qilish orqali shakllanadi, eng muhimi bu bizni oshkora tahdidlarsiz boshqalarning maqsadlari bilan birga borishga undaydi.
Qattiq kuch oʻzgalar xatti-harakatlarini majburlash orqali oʻzgartirish qobiliyati boʻlsa, yumshoq kuch boshqalar xohishini shakllantirishdir. Bunda yumshoq kuch boshqalarni oʻz madaniyati va qadriyatlarining jozibadorligiga yoki siyosiy tamoyillarining adolatliligiga ishontirish orqali manipulyatsiya qilishga asoslanadi.
Amerika yumshoq kuchining katta qismi Gollivud, Garvard, Microsoft va Maykl Jordanlar tomonidan ishlab chiqarilgan.
Taraqqiyot texnologiyani "demokratlashtirmoqda", ya'ni muayyan shaxslar va guruhlar uchun ommaviy qirgʻin qurollariga egalik qilish yanada arzonroq va qulayroq boʻlib qoldi. Qayerda bomba va dinamitlar ogʻir va qimmat boʻlsa, plastik portlovchi moddalar va raqamli dinamitlar o'sha yerda shunchalik yengil va arzondir. Samolyotni oʻgʻirlash xarajatlari baʼzan chipta narxidan biroz qimmatroq boʻladi.
Odamlar kuchli va kuchsiz tulporlarni ko'rsa, tabiatan kuchlisini afzal ko'radilar.
Amerikaliklar kino va televideniya orqali global tasvirlarni oʻzlashtirganliklari tufayli boshqalarning orzu va istaklarini shakllantiruvchi ilhom manbayiga aylana olishgan va shu sabablarga koʻra koʻp sonli talabalar boshqa davlatlardan oʻqishni tugatish uchun Qo'shma Shtatlarga kelishadi.
Xalqaro kuchni uch toifaga boʻlishgan: harbiy, iqtisodiy va mafkuraviy nazorat.
Yumshoq kuchning ahamiyatini inkor etganlar qo'rquvning kuchini tushunmaydigan odamlarga o'xshaydi.
- Jozef Nay: Yumshoq kuch
📚 @e_kutubxona
Solik qazog‘a rozi va balog‘a sabrli bo‘lmog‘ining bayoni
Kel e soqiy, muhabbat jomidin may,
Xaridor ilgina bergil payopay.
Xaridor ul erur juz niyyati fard,
Ko‘ngil ko‘nglakina yuqtirmag‘ay gard.
Qayu holatda bo‘lsa ertayu kech,
Xilofi hukmi mahbub etmagay hech.
Bu yo‘lning barchasin tay qilg‘on erlar
Rizo bermak maqom a’losi derlar.
Agar boshida yursa osiyo sang,
Rizo jo‘yanda hargiz bo‘lmag‘ay tang.
Agar har kunda ichsa zahr ayog‘in,
Suyukluk bandasi chatmas qabog‘in.
Kishikim rozilik kominda bo‘lsa,
Qilur shukr, ajdaho kominda bo‘lsa.
Rizo ayvonida topqon kishi jo,
Demas «vo» bobi ofat bo‘lsa ham vo.
Agar mag‘zi diling ayrilsa to po‘st,
Yig‘ini yig‘, agar chin qulsan, e do‘st.
So‘nar g‘am tushsa har ozoda erga,
O‘char o‘t tushsa xasdin xoli yerga.
Xudo amrig‘a oqil g‘am yemasdur,
Demas gardun qilur gar dun emasdur.
Egam hukmig‘a har kim bo‘lsa mamnun,
Ko‘tarmas un agar boshin qilur un.
Bu toqqa sursalar, tashlab u tog‘din,
Sanodin o‘zga chiqmas aqli sog‘din.
Agar kindur magar ming qilsalar qiyn,
Qachon tushkay chin erni ko‘nglina chin?
Qayu holat bilan jon bo‘lsa tanda,
Bo‘lar shokir hamisha rozi banda.
Ulug‘ yo‘ldin adashqon necha beaql,
Qilur erlardin u yolg‘onchilar naql:
«Kishi kim oshiqi diydori Haqdur,
Muhabbat ahli birlan hamsabaqdur.
Na hojat o‘zgacha toatlar andin!»
Bo‘lur yuzi qaro mundog‘ degandin.
Buyurg‘onig‘a har kim bo‘lsa munkir,
Gumon yo‘qtur, bo‘lur albatga kofir.
O‘shal xalqiki ko‘p beaql emishlar,
Xudoning dushmanin oshiq demishlar.
Dilu jon birla bo‘lg‘on oshiqi zor,
Xilofi hukm qilmas zarrai kor.
Buyurg‘on ishlarini shodu g‘amda,
Qilur birdek farog‘atda, alamda.
Agar to‘ldirsalar yerning yuzini
Qizil tillo bilan, solmas ko‘zini.
Balo o‘qi qadalsa, urmag‘ay oh,
Qilich boshig‘a kelsa, buzmag‘ay roh.
Kishi kim qilsa oshiqlikni lofin,
Qilurmu hech ma’shuqi xilofin.
- So‘fi Olloyor: «Sabotul-ojizin»
📚 @e_kutubxona
#Yumshoq_kuch
Yumshoq kuch nima? Bu oʻz istagimizni majburlash yoki badal orqali emas, balki qiziqtirish va ishontirish orqali maqsadga erisha olish qobiliyatidir. Bunda asosiy jalb qiluvchi vosita sifatida mamlakatning madaniyati, siyosiy maqsadlari va undagi siyosiy tuzum muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun biz yuritayotgan siyosat oʻzgalar nigohida ham adolatga asoslangan legitim siyosat sifatida namoyon boʻlsa, o'shanda yumshoq kuchimizning ta'siri yanada ortadi. Bu borada Qo'shma Shtatlar uzoq tarixiy va oʻziga xos tajribaga ega. Jumladan, Ikkinchi jahon urushi yakunida Franklin Ruzvelt Yevropada ilgari surgan "Toʻrt ozodlik" g'oyasining taʼsirini eslaylik: uning natijasi o'laroq Yevropa yoshlari "temir pardalar" ortida turib "Ozod Yevropa" radiosi orqali Ameriqa musiqasi va yangiliklarini tinglagani, xitoylik talabalar Tyan-men maydonidagi noroziliklarning ramzi sifatida aynan Ozodlik haykali namunasini yaratishgani, 2001-yilda ozod afg'onlar "Huquqlar toʻgʻrisidagi Bill”ning nusxasini so'rab murojaat etgani, bugun Eron yoshlari oʻz uylarida Amerikaning taqiqlangan videolari va ko'rsatuvlarini tomosha qilishayotganini koʻrib turibmiz. Bularning barchasi Amerikaning yumshoq kuchiga yorqin misollar hisoblanadi. Agar siz boshqalarni oʻz oliy maqsadingiz sari ergashtirishga va o'zingiz istagan narsani ular ham istashlariga erisha olsangiz, u holda ularni o'zingiz istayotgan yoʻnalishda harakatlanishi uchun "yoʻgʻon yoki yumshoq kaltak" usullarini qoʻllashingiz shart emas. Qiziqtirish har doim majburlashdan ko'ra samaraliroq boʻlib, aynan demokratiya, inson huquqlari va shaxsiy imkoniyatlar kabi ko'plab qadriyatlar mohiyatan oʻta jozibadordir. General Uesli Klark ta'kidlaganidek, "yumshoq kuch bizga an'anaviy kuchlar muvozanati siyosatining murakkab davridan koʻra ancha uzoq muddat ta'sir ko'rsata oldi". Ammo, agarda biz takabburlik bilan harakat qiladigan boʻlsak, bu qadriyatlarimizning asl qiymatini yoʻqqa chiqaradi, natijada esa kuchli nafrat yuzaga kelishi mumkin.
- Jozef Nay: Yumshoq kuch
📚 @e_kutubxona
Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir.
- Shekspir
📚 @e_kutubxona
Kitobxonlik natijasida tafakkur qilish boshlanadi, tafakkur qiladigan insonlarga esa so‘z erkinligi berilishi kerak, so‘z erkinligi esa raqobatni vujudga keltiradi. So‘z erkinligi bo‘lmagan jamiyatda "kitobxonlik" propogandadan boshqa narsa emas u kitob o‘qishdan to‘sadi xolos. Kitobni o‘qimaslik uni yoqish bilan teng.
- Hamid Sodiq
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Kasblar tabiati, ta’lim, ijtimoiy qadriyatlar va kommunikatsion texnologiyalarda yuz bergan o‘zgarishlar diktatorlar uchun jamiyatni avvalgidek nazorat qilishga xalal beradi. Avval bo‘ysunuvchi bo‘lgan jamiyat endi cheklovchi qonunlar va qat’iy byurokratiyaga keskin qarshiliklar bilan javob qaytaradi. Chunki endi jamiyatda qarshilik ko‘rsatish uchun sanalgan ko‘nikmalar va imkoniyatlarga ega sinf mavjud. Ayni paytda kuchli repressiya va keng qamrovli senzura qo‘llash iqtisodiy salbiy o‘sish uchun muhim sanalgan innovatsiyaga ta’sir qilishi muqarrar. Yakunda oliy ma’lumotga ega, o‘zini ifoda etish va siyosiy jarayonlarda qatnashishni talab qiluvchi kreativ sinfning kengayishi diktatorlar uchun demokratik transformatsiyaga qarshilik qilishni qiyinlashtiradi.
Shunday bo‘lsa-da, toki ziyolilar sinfi haddan ziyod kengayib ketmas va davlat rahbari ularni o‘z tomoniga og‘dirish uchun yetarli resurslarga ega ekan, demokratiya o‘rniga manipulyativ diktatura vujudga keladi. Ma’lum muddat diktatorlar ziyoli qatlam vakillarini davlat kontraktlari va imtiyozlar bilan "sotib olishi" mumkin. Toki ular hukumatga va uning rahbariga sodiq ekan, diktator ham ularning kichik tanqidiy jurnallari, bloglari va xalqaro tadbirlariga toqat qiladi. Hattoki bu sinfning kreativ vakillari omma uchun "muqobil reallik" yaratish uchun yollanishi ham mumkin.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Xoʻrlanganlar_va_haqoratlanganlar
Agar mumkin bo‘lsa edi (ammo odamzodning tabiati bunga hech yo‘l qo‘ymaydi), agar har qaysimiz ichimizdagi butun sirlarimizni bir-bir bayon etsak, birovga aytishga ham qo‘rqadigan va o‘laqolsak ham odamlarga bildirmaydigan, o‘zimizning yaqin do‘stlarimizga aytishdan ham qo‘rqadigan va hattoki, ba’zan o‘z-o‘zimizga iqror bo‘lishdan ham qo‘rqadigan sirimizni bir-bir yozsak, u holda dunyoni shunday badbo‘y hid bosib ketardiki, hammamiz bo‘g‘ilib o‘lardik.
- Fyodor Dostoyevskiy: «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar»
📚 @e_kutubxona
KITOB O'QISHGA VAQTINGIZ YO'QMI? 🕐
📚 KITOBLAR MAZMUNI
10 DAQIQADA ANIMATSION TARZDAGI VIDEOLAR 📝 👇🏻
1️⃣0️⃣ DAQIQA KANALIDA
🔼 10 Daqiqa telegram kanali: 👉🏻 @ondaqiqa
▶️ 10 Daqiqa YouTube kanali: 👉🏻 10Daqiqa">YouTube/@10Daqiqa
NAHOTKI MEN QAROQCHIMAN!
Sudanlik do‘stlarimdan biri ajoyib bir maqola yozdi. Sarlavhasi "Nahotki men qaroqchiman".
Maqolada u o‘zi bilan sodir bo‘lgan ikkita voqeani keltiradi.
Birinchisi:
Irlandiyada tibbiyotdan imtihonlarim bor edi. Imtihonning to‘lovi 309 funt edi. Menda mayda pul yo‘q edi. Shu sabab 310 funt berdim. Muhimi imtihonni topshirdim. Imtihonlar tugagach Sudanga qaytdim. Sal o‘tib Irlandiyadan xat keldi. Unda shunday yozilgan edi:
"Siz imtihon to‘lovini to‘lashda xato qilibsiz. To‘lov 309 funt edi. Siz 310 funt to‘labsiz. Sizga bir funtlik chek yubordik. Biz o‘z haqimizdan ortig‘ini olmaymiz".
Qizig‘i, maktub bilan markaning narxi bir funtdan qimmatroq edi.
Ikkinchisi:
Men fakultetga qatnar edim. Uyim bilan fakultet orasida bir ayol u-bu narsa sotar edi. Men undan 18 pensga kakao sotib olar edim.
Bir kuni u yerdan o‘tayotsam do‘konning boshqa tokchasida aynan o‘shanday kakaoning narxi 20 pens yozilgan holda turibdi.
Men taajjublanib so‘radim:
- Nega birinchi tokchada kakaoning narxi 18 pens, ikkinchi tokchada esa 20 pens?
U dedi:
- Yaqinda bizga kakaoni eksport qiladigan davlat Nigeriyada mushkulotlar yuzaga kelib narxlar ko‘tarilibdi. Bu tokchadagi keyin kelgan yukdan. Shuning uchun qimmat. Mana bunisi esa oldingidan. Shuning uchun u arzon.
Men:
- Unday bo‘lsa kishilar oldin arzonini olishadi. U tugasa keyin qimmatini olishadi. Toki arzoni tugamas ekan qimmatni hech kim olmaydi-ku, dedim.
U:
- Ha, buni bilaman, dedi.
Men:
- Shunday ekan, ularni aralashtirib arzonlarini ham 20 pensdan sotsangiz bo‘lmaydimi? Buni hech kim bilmaydi-ku! - dedim.
Shunda u qulog‘imga:
- Sen qaroqchimisan? - dedi.
Uning gapi haligacha qulog‘im ostida jaranglaydi. Bu qanaqa axloq?! Biz qachon bunaqa darajaga ko‘tarilamiz?!
- Muhammad Al-Faqih
📚 @e_kutubxona
O‘zbek tilida xatosiz yozishga qiynalasizmi? "Tahrirchi" matndagi nafaqat imloviy, balki grammatik, uslubiy va tinish belgilariga oid xatoliklarni to‘g‘rilab beradi!
Masalan, "Meni ismim Sardor" degan gapda "Meni" so‘zi "Mening" bo‘lishi kerak. Ushbu xato amaliyotda juda ko‘p uchraydi. Biz sun’iy idrokdan foydalanib, bu kabi xatoliklarni topib, to‘g‘rilab beramiz.
Imlo tekshiruvi va matn o‘girish bepul. Grammatikani tekshiraman desangiz, ro‘yxatdan o‘tib, tekinga bir oylik Premium obunaga ega bo‘ling!
Sayt: https://tahrirchi.uz
Kanal: @tahrirchi_uz
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Keltirma #Maqola
"Illatlar doyasi" (2-qism)
- "Xotira uyg‘onsa go‘zal" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Erkin_mavzu
Mavzu: O‘zbekistonliklar oxirgi vaqtlarda qaysi kitoblarni xarid qilishmoqda?
So‘nggi vaqtlarda kitob do‘konlaridan qaysi kitoblarni xarid qildingiz? Bugungi erkin mavzuda kitobxonlar bilan shu bo‘yicha fikr almashamiz (10 tagacha kitob nomini keltirishingiz mumkin).
📚 @e_kutubxona
#Maqola
✍ Tohir Malik
📓 «O‘tkan kunlar» romaniga sharh
⚙ Maqola
⚖ 5,4 MB
🔎 PDF
📄 16 sahifa
📚 @e_kutubxona
Bugun "Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №188 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda A'zam Hoshimiyning "Alvido, Vatan" asari tahlil qilinadi..
Muhokama sanasi: 9-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Yumshoq_kuch
«Davlatlar oʻz kuchini boshqalarning koʻz oʻngida qonuniylashtirishga erisha olsa, ularning maqsadlariga qarshi to'siqlar ham kamroq boʻladi. Agar davlatning madaniyati va mafkurasi jozibador boʻlsa, boshqalar ham bajonidil ularga ergashadi. Agar davlat o'z manfaatlari va qadriyatlariga mos keladigan xalqaro qoidalarni shakllantira olsa, uning harakatlari boshqalarning nazarida ham qonuniy aksini topadi. Bu esa boshqa mamlakatlar faoliyatini ortiqcha mablag' va qurollarsiz oʻzi istagan maqsadlar sari yoʻnaltirish imkoniyatini tuhfa etadi».
- Jozef Nay: Yumshoq kuch
📚 @e_kutubxona
#Xoʻrlanganlar_va_haqoratlanganlar
O‘z ahmoqligiga iqror bo‘lgan ahmoq ortiq ahmoq emas!
- Fyodor Dostoyevskiy: «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar»
📚 @e_kutubxona
Kitoblar sotiladi
"Olim, odam va olam" - Mubashshir Ahmad
"Oʻn sakkizga kirmagan kim bor" - Shukur Xolmirzayev
"Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi"- Togʻay Murod
"Dengiz haqida soʻzlab ber menga" - Elchin Safarli
"Men Malalaman" - Malala Yusufzay
"Muslima ayol Yevropada" - Amina Shenlikoʻgʻlu
"Latte omili" - Devid Bax
"Alifdek sevmoq"- Hikmat Anil Oʻztekin
"Bahorning 17 lahzasi" - Yulian Semyonov
"Taqdir charxpalagi" - Grigoriy Abashidze
"Jaloliddin Manguberdi" - Maqsud Shayxzoda
"Yulduzli tunlar" - Pirimqul Qodirov
"Ulugʻbek xazinasi" - Odil Yoqubov
"Koʻhna dunyo" - Odil Yoqubov
"Oʻtmishdan ertaklar" - Abdulla Qahhor
"Ota"- Ulugʻbek Hamdam
"Shum bolaning nabiralari"- Nosir Fozilov
"Otalar soʻzi"- Yoʻldosh Muqimov
"Bolalik xotiralarim"- Oybek
"Nur borki soya bor"- Oʻtkir Hoshimov
"Millat qiziga"- Rahima Shomansurova
"Erkak yigʻlagan kun"- Rustam Jabborov
"Tanlangan asarlar" - Gʻafur Gʻulom
"Sh. Mirziyoyev faoliyatining solnomasi"
"Inson davr koʻzgusida" (Sharof Rashidov haqida)
"Oʻzbekiston buyuk allomalar yurti"
"Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch" - I. Karimov
"Oʻzbekiston qahramonlari"
"Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari " toʻplamining 3,4,10,16,17- jildlari
"Adabiyotdan mukammal savol-javoblar" - Nilufar Rasulova
"Xorazm va Xorazmliklar"
"Boʻronlarda bordek halovat" - Asqad Muxtor
"Yoshulli" (Mansur Masharipov haqida)
#Xorazm
Kitoblar yaxshi holatda saqlangan. Agar bir nechtasini oluvchilar boʻlsa boshqa viloyatlarga ham pochta orqali yuboriladi.
Aloqa uchun: @Guliruxsor_Ruzmetova
#Kuchsizlar_kuchi
• Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
Mas’uliyatning eng qiziq jihati, biz uni hamma joyda o‘zimiz bilan olib yurishimizdadir.
Mukammal hayotning poydevorida, ehtimol yanada mukammal tizimni qurishingiz mumkin.
Inson «illyuziya» dunyosiga qanchalik ko‘p botirilsa, siyosiy shoklar yuz berganda uning hayratlanishi ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Aksariyat hollarda rejimning an’anaviy siyosatchilari faoliyatining oxirida qamalgan va xo‘rlangan bo‘lsa, dissidentlar esa avval qamalib keyin siyosiy faoliyatini boshlashi ko‘p uchraydi.
Hokimiyat mexanizmlari qanchalik murakkab bo‘lsa, tizim shunchalik keng va tabaqalangan jamiyatni qamrab oladi, qanchalik uzoq yashasa, shunchalik ko‘p individlarni "tashqaridan" o‘ziga jalb qilishi talab etiladi.
Posttotalitar tizimda davlat iyerarxiyasidagi barcha yorqin (layoqatli) shaxslar - hokimiyat to‘rining - axloqsiz, maddoh, qarsakboz va qulsifat yugurdaklari tomonidan siqib chiqarilayotganini kuzatish mumkin.
Shiorlarning jozibasi - ularning yaxlit panorama ko‘rinishida qabul qilinishidadir.
Agar inson “jamiyatdan ajralishni" hamda o‘z "xavfsizligi" va farovonligini garovga qo‘yib "o‘yin qoidalari"ni buzishni xohlamasa, rioya qilishi lozim bo‘lgan narsalarni ko‘rsatadi.
Har bir inson rejimning ham qurboni, ham tirgagidir.
Bitta uyg‘oq fuqaro butun dushman diviziyasini qurollantirishi mumkin.
«Yolg‘on hayot» ro‘parasida «haq hayot» parallel ravishda mavjud bo‘lmas ekan, yolg‘onni aniqlash imkonsiz bo‘lib qolaveradi.
— Vatslav Gavel. "Kuchsizlar kuchi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Manipulyatsiya obyekti sifatida o‘sib ulg‘aygan (tarbiyalangan), boshqa odamlarning buyruq va ko‘rsatmalarini tinimsiz bajarishga va faqat aytilganni qilishga majbur bo‘lgan odam - fikrlashga odatlanmagandir; u mustaqil yoki boshqalar bilan birgalikda fikr yuritishga qodir emas va bunga jur’ati yetmaydi, bu vaziyatda biror narsani tadqiq qilish, kashfiyotlar va ijodkorlik haqida gapirishning o‘zi ham bema’ni.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, agar inson bolaligidanoq qaror qabul qilishga va mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga odatlanmasa, keyinchalik u o‘z xohishiga ko‘ra qarorlar va unga hamroh bo‘lgan mas’uliyatdan qochishga harakat qiladi. Bunday tarbiya natijasida ishchi kuchi shakllanadi, maktabda uzoq vaqt o‘qib, juda ko‘p narsani biladi, lekin shu bilan birga u kam qobiliyatli va jamiyatda nima sodir bo‘layotganini tushunmaydi. Ushbu ishchi kuchining bir qismiga «mutaxassislar» deb nom beriladi.
Jamiyatni ijrochilar emas, balki voqelikni to‘liq idrok eta oladigan, o‘zini sub’ekt sifatida tuta oladigan va jamiyat manfaatlari yo‘lida milliy elita bo‘lib xizmat qilishni xohlaydigan ijodkor insonlar taraqqiyotga yetaklaydi (bu kitobda biz bunday odamlarni generalistlar deb ataymiz).
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Tajribalar kitobdan o‘qilmaydi. Ammo kitoblar tajribalardan foydalanishga yordam beradi!
- Abbos Mahmud Aqqod
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
Nega uzoqni ko‘ra oladigan diktatorlar universitetlarni shunchaki yopib qo‘ymagan? Mao va Pol Pot ma’lum muddat bunga harakat qilgan. Pinochet universitet kvotalarini uch barobarga kamaytirgan. Ammo boshqa avtokratlar uchun universitetlarni yopishning iqtisodiy oqibatlari juda og‘ir ko‘ringan. Iqtisodiy rivojlanish va harbiy tahdidlarga qarshi kurashish uchun diktatorlar mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. 1950-yilda o‘rtacha nodemokratik mamlakatlarda deyarli birorta ham bakalavr darajasiga ega fuqaro yo‘q edi. 2010-yilga kelib avtoritar davlatlarning 16 va undan yuqori yoshli aholisining 6 foizi bakalavr darajasiga ega bo‘lgan. Ba’zi avtoritar mamlakatlarda aholining oliy ma’lumotga egalik darajasi o‘rtacha Demokratiyalardagi (9.5 foiz) va hattoki yuqori daromadli demokratiyalardagi ko‘rsatkich (14.6 foiz)dan ham yuqori hisoblanadi.
Singapurda 2010-yilga qadar 15 va undan yuqori yoshli aholining 30 foizi oliy ta’limni yakunlagan edi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 25 foizni, Qozog‘istonda esa 14 foizni tashkil qilardi. Yuqorida nomlari tilga olingan mamlakatlarda 1950-yilda ayni ko‘rsatkich 2 foizdan past edi.
Oliy ma’lumotli fuqarolar soni oshib borgani sayin diktatorlar ularning "zararini" minimallashtirishga harakat qilardi. Buning bir yo‘li oliy ta’limni faqatgina texnik sohalarini rivojlantirish edi. Sovet Ittifoqi aynan reja bilan harakat qilgan edi. Stalin britaniyalik yozuvchi Gerbert Uellsga: "Ta’lim - uni nazorat qilganlarning qo‘lidagi qurol", – degan edi. Stalin va uning davomchilari bu quroldan barqarorlikni ta’minlash yo‘lida foydalangan. Sovet Ittifoqida matematika va fizika fanlarining rivoji dunyo standarti darajasiga olib chiqilgan, ammo ijtimoiy fanlar marksizm-leninizm chegaralari ichiga qamalgan edi.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
✍ Mansurxo'ja Xo'jayev
📓 "Shermuhammadbek qo'rboshi"
⚙ Tarixiy, hujjatli, badiiy-publitsistik qissa
⚖ 1,5 MB
🔎 PDF
📄 153 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Xoʻrlanganlar_va_haqoratlanganlar
Bir xil nozikta’b va hassos odamlarda ba’zan allaqanday qaysarlik, o‘z mehr-muhabbatini izhor etishdan o‘zini tiyish kabi odat bo‘ladiki, ular hatto birov oldida emas, jonidan aziz ko‘rgan odami bilan tanho qolgan taqdirda ham, uni erkalatmaydilar, yolg‘iz qolganlarida o‘zlarini qattiqroq tutadilar-da, hislari qancha uzoq tiyilsa, shuncha zo‘r harorat va jo‘shqinlik bilan barq uradi.
- Fyodor Dostoyevskiy: «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar»
📚 @e_kutubxona
#Keltirma #Maqola
"Illatlar doyasi" (1-qism)
- "Xotira uyg‘onsa go‘zal" kitobidan
📚 @e_kutubxona
TIL
1936-yilda Fransiya Jazoirda arab tilini ajnabiy til deb qaror chiqardi. Aslida bu qonun insoniyat tarixidagi eng jirkanch qarorlardan edi. Fransuzlarga Jazoirni egallab olganlari, millionlab insonlarni qatl qilganlari, musulmon ayollarni zo‘rlaganlari, boyliklarini o‘g‘irlaganlari yetarli bo‘lmadi. Endi ular ishni nihoyasiga yetkazib Jazoirliklarning tilidan ham, o‘zligidan ham ayirmoqchi bo‘lishdi.
Arab tilshunoslaridan biri Mutanabbiyning do‘sti ibn Jinniy tilni ta’riflab shunday deydi:
"Til bu har bir xalq o‘z maqsadlarini ifoda qiladigan tovushlardir".
Undan bir necha yuz yillar keyin Ferdinand de Sossyur dunyoga kelib ibn Jinniyning gapini aytdi. U yuqoridagi gapni shundoqligicha tarjima qilganiga qaramasdan insonlar uni rosa ko‘tar-ko‘tar qilishdi.
Tilshunoslar ibn Jinniyning ta’rifini eng balog‘atli ta’rif deyishsada, men uni bundan ham yuqoriroq turadi degan bo‘lar edim.
Til o‘zaro bir-birini tushunish va o‘zaro aloqalar sababchisi bo‘lishdan avval u xalqning o‘zligi va mohiyatidir. O‘z tiliga e’tiborsiz xalq o‘z mavjudligiga e’tiborsiz xalqdir. Hech bir xalq tilsiz xalq bo‘la olmaydi. Bu hech qanday dalilga muhtoj bo‘lmagan oydin haqiqatdir.
Isroil davlati deb nomlanmish "saraton bezi" Falastin yerlarida o‘z davlatini tuzishdan oldin o‘lib bo‘lgan tili bo‘lmish ibroniy tilini qaytadan tiriltirdi. Ular bilishar ediki, davlat tashkil qilish uchun qurol bilan yerning o‘zi yetarli emas. Albatta til ham zarur!
Boshqalar tilini bilish albatta go‘zal ish. Biz bu sayyorada yolg‘iz emasmiz. Ammo eng katta musibat ikkita o‘zbek bir-biri bilan gaplashganida biri ruscha so‘zlarni aralashtirib, ikkinchisi esa inglizcha so‘zlarni aralashtirib gapirib, buni faxr va madaniyat deb o‘ylashidir. O‘lib ketsin bunaqa madaniyat! Bu nafsiy hamda ruhiy mag‘lubiyatdir. Bu tobelikning eng jirkanch ko‘rinishidir!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona