#Mezon
Oqil kishi sanoat, ilm-fan va texnologiyani Gʻarbdan o‘zlashtirish, o‘rganish bilan dini va xulqida Gʻarbga taqlid qilish, ularnikiga ergashish orasidagi farqni yaxshi ajrata oladi. Oqil kimsa insonlarning barchasidan foyda olishni biladi, hatto hayvonlardan ham. Masalan, itdan vafodorlikni o‘rganadi, vovillashni emas. Burgutdan uchishni o‘rganadi, axlat titib, o‘limtik yeyishni emas. ©
📚 @e_kutubxona
Kanal [@e_kutubxona] ochilgan kuni tug‘ilgan bolalar bugun maktabga chiqadigan yoshga to‘libdi...
Читать полностью…#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan №192 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
Jami: 1405 ovoz
1. «Amerika fojiasi» - 452 (32%)
2. «Qora oqqush» - 331 (24%)
3. «Kapalaklar o‘yini» - 269 (19%)
4. «Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?» -191 (14%)
5. «Mushkul zamonlar» - 162 (12%)
✅ Demak, 30-mart kuni Kitobxonlar klubida "Amerika fojiasi" romani tahlil qilinadi.
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Uch narsa uch narsa bilandir
Agar muallim uch narsani o‘zida jamlasa, o‘quvchida ne’mat mukammal bo‘libdi: Sabr, tavoze’ va go‘zal xulq.
Agar o‘quvchi uch narsani o‘zida jamlasa, muallimda ne’mat mukammal bo‘libdi: Aql, odob va go‘zal fahm.
📚 @e_kutubxona
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi'da №191 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Murod Muhammad Do‘stning "Lolazor" romani tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
- Biron narsani bilish uchun shuncha kitob o‘qish shartmi?
- Yo‘q. Biron narsani bilmasligingni bilish uchun shuncha kitob o‘qish shart.
- Gökhan Özcan
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
"Ommaviy axborot vositalari nazorat ostida bo‘lgan holatda o‘tkazilgan so‘rovnomalar media nazorati qay darajada yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadi, xolos. Bu xuddi kasal odamga yangi virus yuqtirib, so‘ngra uning haroratini o‘lchashga o‘xshaydi. Termometr virus unga qanchalik ta’sir etayotganini ko‘rsatadi. So‘rovnomalar siyosat o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi, balki aholining qancha qismi davlat berayotgan signallarni qabul qilayotganini ko‘rsatadi”.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
«Kitobga oshiqlik ilmga oshiqlikdir. Ilmga oshiqlik esa kamolga oshiqlikdandir»
- Husayn Buxoriy
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Rag'bat va mahbuslarga munosabat
Ba'zi hollarda faoliyatning ma'qul yo'nalishi aniq, bu esa odamlarni ushbu faoliyatga chorlovchi rag'batning kuchiga diqqatimizni qaratishimizga imkon beradi. Britaniya hukumatining 1860-yillarda Avstraliyaga mahbuslarni tashish bo'yicha kema kapitanlari bilan shartnoma tuzish amaliyoti bunga yaxshi misol bo'ladi. Avstraliyaga jo'natilgan mahbuslarning omon qolish darajasi atigi 40 foizni tashkil etib, bu hammaga ma'lum bo'lganidek, juda ham past ko'rsatkich hisoblangan. Insonparvarlik guruhlari, cherkov va davlat muassasalari ahloqiy nuqtai nazardan kelib chiqib, kapitanlarni mahbuslarning omon qolish darajasini oshirish uchun ular bilan yaxshi munosabatda bo'lishga chaqirdi. Ushbu chaqiruvga qaramasdan, yashash ehtimoli 40 foizligicha qoldi.
Nihoyatda, Edvin Chedvik ismli iqtisodchi rag'batlantirish tizimiga o'zgartirish kiritish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Chedvik Angliyada kemaga chiqqan har bir mahbus uchun kapitanlarga haq to'lash o'rniga, ularga haqni kemadan Avstraliyaga qadam qo'ygan har bir mahbus uchun to'lashni taklif qiladi. Bu darrov keskin o'zgarishga olib keldi. Mahbuslarning omon qolish darajasi 98 foizgacha oshdi, chunki kapitanlarni mahbuslar sog'lig'ini himoya qilishga rag'batlantirish ortidan har bitta kemaga joylashtirilgan mahbuslar soni kamaytirildi, ular safar davomida yaxshiroq ovqat bilan ta'minlandi va gigienaga e'tibor qaratildi.
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Yordamga iltijolarni senzura qilish
Agar odamlardan davlat senzurasini qo'llab-quvvatlaysizmi deb so'rasangiz, bunga ulardan deyarli bir ovozdan «yo'q» degan javobni olasiz! Lekin shu odamlarning o'zidan narx nazoratini qo'llab-quvvatlaysizmi deb so'rasangiz, bunga aralash javob olasiz. Davlat tabiiy ofatlardan keyin narxlarning ko'tarilib ketishining oldini olish uchun narx nazorati kerakmi deb ulardan so'rasangiz, deyarli bir ovozdan «ha» degan javobni olasiz!
Afsuski, bu javoblar bozorlar qanday qilib bir-birimiz bilan muloqot qilishga imkon berishini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Bozor narxlari muloqot vositasi ekanligi e'tirof etilsa, davlat tomonidan narxlarni nazorat qilish senzuraning zararli turi ekanligini tushunishimiz uchun yana bitta asosga ega bo'lamiz. Eng katta zarar esa tabiiy ofatlar ro'y bergan vaqtga to'g'ri keladi, chunki jabrlanganlar yordam kerakligini xabar qilishga muhtoj bo'ladi.
Bozor ayirboshlovi yaratgan aloqa va uning natijasida yuzaga kelgan narxlar ajablanarli darajadagi ijtimoiy hamkorlikka olib keladi. Muloqot va hamkorlikning afzalliklariga tabiiy ofatlardan bo'lak yaxshiroq misol yo'q. Jabr ko'rganlar nafaqat falokat zonasidan tashqaridagi odamlar yordamiga muhtoj, balki tezroq va to'liq tiklanishlari uchun ularga o'zaro hamkorlik ham kerakdir. Afsuski, tabiiy ofatlar ro'y berganda davlat hamkorlik uchun zarur narx signallarini ko'pincha taqiqlaydi, lekin taqiqlaganda ham, u buni jamoat ko'magi orqali amalga oshiradi.
Tabiiy ofatdan keyin ish kuchi, qurilish materiallari, elektr generatorlar va normal hayotni qayta tiklash uchun zarur bir qator boshqa mahsulotlarning narxi tez o'sadi. Narxlarning keskin ko'tarilishini odatda noinsof mahsulot yetkazib beruvchilarning jabr ko'rganlar hisobidan foydalanishi bilan izohlanadi. Balki mahsulot yetkazib beruvchilar foyda ko'rayotgandir, lekin jabr ko'rganlar hisobidan emas. Uy-joylariga ziyon yetgan va hayot tarzi buzilgan shaxslar ularga zarur tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilarning emas, balki tabiiy ofatning qurbonlari bo'ladi. Narxlarning yuqoriligini jabr ko'rganlarning yordamga muhtojligini yordam bera oladiganlarga bildirishning eng yaxshi yo'li deb tushuntirsa bo'ladi. Yuqori narxlar yordam iltijolariga tez va samarali javob berilishini ham ta'minlaydi.
📚 @e_kutubxona
#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan №191 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
Jami: 1263 ovoz
1. Lolazor - 402 (32%)
2. Qo‘rqinchli Tehron - 255 (20%)
3. Manipulyativ diktatorlar - 254 (20%)
4. O‘zbekiston tavalludi - 191 (15%)
5. Gulag arxipelagi - 161 (13%)
✅ Demak, 24-fevral kuni Kitobxonlar klubida "Lolazor" romani tahlil qilinadi.
#Ajib_yangi_dunyo
«Erkinlik va hatto oddiy insonparvarlikning bahosi bu abadiy hushyorlikdir».
- Oldos Haksli. "Ajib yangi dunyo"
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Manfaatdor guruhlar xarajatlarni hisobga olishni istamaydilar
Afsuski, ko'p iqtisodiy qarorlar bozor narxlariga asoslangan bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holda emas, balki siyosiy sabablarga ko'ra davlat tomonidan qabul qilinadi. Bu siyosiy ta'sirga ega guruhlar uchun aholi hisobidan to'langan manfaatlarga egalik qilishiga imkoniyat yaratadi. Shubhasiz, siyosiy manfaatdor guruhlar doimo katta xarajatlarni oqlash uchun ularni haqiqiy qiymatini kamaytirib ko'rsatadilar. Ular ba'zi loyihalar juda ahamiyatli bo'lganligi sababli hattoki ularning qiymatini hisobga olish kerak emas, deb ta'kidlaydilar.
O'qituvchilar ta'lim xarajatlarga nisbatan o'ta muhim masala deb hisoblaydilar; atrof-muhit himoyachilari yer sharini asrash shunchalik muhimki, atrof-muhitni saqlash bo'yicha loyihalar xarajatlaridan qat'i nazar amalga oshirilishi lozim deb hisoblaydilar; tibbiy tadqiqotlar grantlari sohiblari inson salomatligi o'ta muhimligi sababli xarajatlarni e'tiborga olish shafqatsizlik deb hisoblaydilar; Milliy san'atni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi «san'atning qiymati insoniylikning asl mohiyati bilan bog'liq» va «uni pul bilan o'lchab bo'lmaydi» deb hisoblaydilar.
Bu bayonotlarning barchasini uyushgan guruhlarning davlat mablag'larini ko'proq jalb qilishga bo'lgan urinishi deb tushunish mumkin. Qiymatlarni hisobga olish pulning ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatish degani emas. Pul – xarajatlarni ifodalashning qulay usulidir, lekin pulning o'zi hech narsaning qiymati emas. Agar taom uchun o'n dollarlik pul bilan to'lasam, pul xuddi xarajatdek ko'rinadi, lekin haqiqiy xarajat muqobil qiymatga, ya'ni taomdan keyingi eng qadrli variantning sub'ektiv qiymatiga teng.
📚 @e_kutubxona
#Asoslar
Ummat hazorasi, madaniyatini buzishni istasang, buning uchta vositasi bor: Oilani parokanda qil, ta’limni izdan chiqar va o‘rnak olish, ibratlanishni tashla.
• Oilani parchalashda onaning oiladagi ahamiyati, rolini chetga sur. Uning oila bekasi vasfidan xijolat qiladigan, uyaladigan holga tushir.
• Ta’limni izdan chiqarish bo‘lsa, muallim, o‘qituvchiga e’tiboringni qarat. Unga jamiyatda ahamiyat qoldirma. Qadrini pastga ur, nufuz qoldirma va hatto o‘quvchilari oldida tahqirlansin, obro‘siz bo‘lsin.
• O‘rnak va ibratlanishni tark etish borasida ulamolarga diqqat qil. Ular bilan bahslash, ularga (ular taqdim etayotgan ilmlariga) shak-shubha bilan qara, obro‘-sha’nlarini yerga ur. Hatto ularga birov quloq tutmasin, birov ularga ergashmasin.
Demak, ongli, fikri uyg‘oq ona so‘nadigan bo‘lsa, muxlis, o‘z ishiga sadoqatli muallim yo‘q bo‘ladigan bo‘lsa, ibrat va namuna bo‘ladigan yetakchi, boshlovchilar qulaydigan bo‘lsa, u holda avlodni qadriyatlar ustida kim tarbiyalaydi?
- Favziy Xollaq
📚 @e_kutubxona
"Mantiq ilmidan saboqlar" turkumidan
—
“Islohil mujtama’” asari sohibi shayx Muhammad ibn Solim Bayhoniy Yamaniy (1972-yil vafot topgan) rahimahullohdan naql qilinadi:
Bu kishi bilan, erkak va ayol tengligiga (g‘arbning ta’rifida - gender tengligiga) chaqiruvchi kishi orasida munozara bo‘lib o‘tdi. U kishi gapirar, Bayhoniy esa jim turardilar. So‘ngra Bayhoniy u kishiga muannasda murojaat qilib: “Endi sen jim tur, men gapiraman», dedilar. (Ya’ni, ayol kishiga xitob qilgandek “uskutiy” so‘zini ishlatdilar) Haligi kishi jahli chiqib: «Siz menga ayol kishiday xitob qilmoqdasiz», dedi. Shunda Bayhoniy: «Sen qanday bu holingda ayollarni erkaklar bilan teng bo‘lishga chaqiryapsan, oddiy olmosh ishlatilishida ayollar bilan teng bo‘lishga rozi emassanku?!», degandilar, bahs-munozara tugadi va odamlar kulib yuborishdi.
📚 @e_kutubxona
#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi
"Inqilob degani bayroqni silkitib ko‘chaga chiqish emas, – bu hodisa bir necha kungina davom etishi mumkin. Eng asosiy jarayonlar keyin keladi. Har kuni ter to‘kib ishlash, shu qatorda, o‘z mashhurligingni islohotlar uchun sarf etishing kerak. Mashhurlikka erishish shunchaki bir maqsad emas. Mashhurlik o‘tkinchidir, ayniqsa, sen allaqachon amaldagi siyosatchi bo‘lmasang. Shuning uchun mashhurlikni islohot uchun ishlatish zarur.
Haqiqiy islohotlar ichki quvvatni tashqariga chiqaradi. Ichki quvvat aslida inson birov tomonidan boshqarilganida emas, balki o‘z-o‘zini boshqargandagina yuzaga chiqadi. Busiz muvaffaqiyat bo‘lmaydi".
📚 @e_kutubxona
Mutolaa haqida
Mutolaa — bu, mashhur adiblarimizdan birining ta’rifi bilan aytganda, «o‘zi asli ishqiy jarayon». Men mutolaadan boshqa lazzatlanish mumkin bo‘lmagan joyda uzoq vaqt bo‘lib, mutolaa nima ekanini, mutolaa bilan inson qanday qilib salomat qolishi mumkinligini tushunib yetganman.
O‘tgan asr avvalida Domla Hindistoniy degan zabardast bir ulamo o‘tgan. Shu kishini qamoqqa olishganida, uni ruhan sindirish maqsadida odam bo‘yi baravar, qimirlab ham bo‘lmaydigan chuqurlikka «qani, qachongacha chiday olarkin», deb tushirib qo‘yishgan ekan. Oddiy odam bunday sharoitga yarim soat ham chidolmaydi. Domla chuqurga tushgan payti o‘ziga o‘zi «shu joyda Qur’onni xatm qilaman» degan ekan; yetti soatdan keyin: «Bo‘ldiye, chiq», deb tortib olishgan ekan. Ya’ni, mutolaa ba’zan insonni mana shunday chuqurliklardan ham eson-omon chiqib ketishiga yordam beradi.
Kitobni hamma har xil o‘qiydi — ba’zilar telbalarcha, dunyolarni unutib, bir o‘qishda tugatmaguncha o‘qiydi, shundaylarga qoyil qolaman. Men ham keyinchalik buning mashqini, hadisini oldim va kitob o‘qiganimda o‘sha holatga tushaman, atrofni unutaman. Har bir odam mutolaa asnosida zavqini topishi kerak. Zavqini topsa, uni boshqa hech narsaga alishmaydi.
Ibn Arabiyning zo‘r gapi bor: «Agar jannatda odamlar ilm lazzatidek lazzatni his qilsa, demak jannat haqiqatan ham yaxshi joy ekan». Ya’ni olim odamlar kitob o‘qishning lazzatini biladi. Bir olimning ham gapi bor edi: «O‘lim farishtasi mening jonimni kitob o‘qiyotgan vaqtimda olishini istardim, shunda osonroq jon bersam kerak». Bir olimning ayoli ham aytgan ekan: «Xudoga qasamki, menga shu kutubxonadagi kitoblardan ko‘ra uchta kundosh yaxshi edi». Sababi — uchta kundoshi bo‘lsa, to‘rtinchi kuni navbati keladi-da. Zavq, shavq topilsa, menimcha, kitob mutolaasi o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.
Audiokitoblarni eshitib ko‘rmaganman, eshita olmasam ham kerak. Telefondan o‘qishga ham qiynalaman. Biror kitobni topolmay, printerdan chiqarib olsam ham, o‘qiyotganimni kitobdek tasavvur qilolmayman. Lekin zamonaviy vositalarni inkor qilmayman — xuddi Sherali Jo‘rayevni eshitib qo‘ygan avlod «Ummon»ni inkor qilmasligi kerak-da. Yosh avlodda qay yo‘sinda o‘qish imkoniyati bo‘lsa, o‘qishi kerak. Lekin bir narsaga hayron qolaman — agar kitob qandaydir ilohiy ne’mat bo‘lmasa, yeriy xususiyatdan tashqaridagi narsa bo‘lmasa, hozirgi taloto‘p davrida, texnika har soniyada rivojlanayotgan zamonda omon qolmasligi kerak edi, ammo u hali ham yashayapti.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
TO‘XTANG!
Jurnalist ayol uni to‘xtatib savol berdi:
- Davlat rahbarini yaxshi ko‘rasizmi?
U savolga savol bilan javob berdi:
- Siz temir yo‘llarning mana shu holatini yaxshi ko‘rasizmi?
- Mening savolimni temir yo‘llariga nima aloqasi bor?!
- Men aniq ishonaman. Siz bu savolingizni biror bir Yevropalikka bersangiz ular sizni jinni deyishlari tayin. Biz but va sanamlarni o‘zimiz ixtiro qilib o‘z qo‘limiz bilan yaratayapmiz. Davlat rahbari, hukumat, parlament, armiya, ichki ishlar, energetika vazirligi, tog‘-konga mas’ullar, xavfsizlikka javobgarlar va boshqalar muhabbat, nafrat aloqalari bog‘lanadigan kishilar yoki tashkilotlar emas. Qaysi davlatda bo‘lmasin bular o‘z vazifasini mukammal bajarishi lozim. Bu bilan faqatgina biz, ya’ni xalq beradigan maoshga haqdor bo‘ladi xolos, muhabbatga emas. Agar nuqsonga yo‘l qo‘ysa uni hisob-kitob qilish va jazolash lozim bo‘ladi. Xuddi doira chalish va nay chalish yaxshi ko‘rish bo‘lmaganidek, bu ham yomon ko‘rish bo‘lmaydi.
Savolingiz o‘z o‘rnida bo‘lmadi. Chunki bu masala yaxshi ko‘rish yoki yomon ko‘rish masalasi emas. Iltimos! But va sanam yasashdan to‘xtang. Zamondan ortda qoldingiz axir! ©
📚 @e_kutubxona
GO‘DAKLAR DAHOSIDAN DARSLAR
Ibnul Javziy rohimahulloh “Zakiylar haqidagi xabarlar” nomli kitobida keltiradi:
“Abbosiy xalifalardan Mu’tasim vaziri Xoqonni bemor bo‘lganida ko‘rgani bordi. Vazirning Fath ismli o‘g‘li bo‘lib, u hali yosh bola edi. Fath ibn Xoqon ulg‘aygach Abbosiylarning eng mashhur vazirlaridan biriga aylandi.
Xalifa Mu’tasim o‘shanda undan shunday deb so‘ragan edi:
- Xalifaning qasri go‘zalmi yoki otangning hovlisimi?
Bola dedi:
- Otamning hovlisi go‘zalroq. Chunki unda bugun xalifa bor.
Xalifa Mu’tasim uning javobidan hayratlandi va uni mukofotlamoqchi bo‘ldi. Qo‘lini ko‘tarib dedi:
- Mana shu qo‘limdagi uzukdan ham go‘zalroq narsani ko‘rganmisan?
Xalifa bolaga shu uzukni bermoqchi edi. Bola dedi:
- Bu uzukni taqqan qo‘l bu uzukdan ham go‘zalroqdir.
Xalifa bolaning gapidan ajablandi.
Birinchi dars:
Dunyoda go‘zal bir tabiat bilan tug‘ilgan bolalar bo‘ladi. Ular xuddi katta yoshli kishilarga o‘xshashadi. Ularda kattalarning hikmati bo‘ladi. Ammo ko‘p bolalar oladigan tarbiyalarining natijasi bo‘lishadi.
Yusteyn Gorder aytadi:
“Hayvon hayvon bo‘lib tug‘iladi. Ammo inson inson bo‘lib tug‘ilmaydi. U inson bo‘lishi uchun uni tarbiya qilishing lozim bo‘ladi!”.
Fath ibn Xoqon shaksiz go‘zal tabiat va teran aql bilan dunyoga kelgan. Ammo uning otasi Xoqon uning tabiatini tarbiyalagan, aqlini peshlagan. Bolalarimiz bilan tug‘ilgan iste’dodlarni o‘stirmasak ular aniq yo‘q bo‘lib ketadi. Buning aksi o‘laroq oddiy bolaga ta’lim va taribya bersak uni daho qila olamiz.
Ikkinchi dars:
Farzandingizni yaxshilab kuzating. Ularning har birida nimagadir qiziqish bo‘ladi. Shuni o‘stiring. Ota-onalarning eng katta xatosi farzandlarining ismlarini tanlashganidek ularning kelajagini ham tanlashadi. Agar farzandingiz adabiyotga qiziqsa, siz esa uni shifokorlikka majbur qilsangiz unga xizmat qilmayapsiz, aksincha siz undagi o‘stirishingiz lozim bo‘lgan gulni quritayapsiz. Muhandislikka qiziqqan farzandingizni adabiyotga majbur qilsangiz siz undagi ijodkorlikni o‘ldirayapsiz. Ishni ovqat uchun bajarayotgan kishi bilan uni sevib bajarayotgan kishi o‘rtasida katta farq bor. Buni qanday tushuntirsam...xullas , ikki ayol bor. Biri turmushga majburlab berilgan, ikkinchisi sevganiga turmushga chiqqan. Farq ana shuncha.
Umar roziyollohu anhu yo‘lda ketib borayotgan edilar. U kishini ko‘rgan ko‘chada o‘ynab turgan bolalar o‘yinlarini to‘xtatishdi. U zotning haybatidan qochib ketishdi. Faqatgina Abdulloh ibn Zubayr joyida turib qoldi. Umar roziyollohu anhu so‘radilar:
- Nega tengdoshlaring singari qochib ketmading?
Abdulloh dedi:
- Sizdan qo‘rqadigan ish qilganim yo‘q. Yo‘l tor emaski, uni sizga bo‘shatsam!
Uchinchi dars:
Abdulloh ibn Zubayrga bu tarbiyani otasi Zubayr ibn Avom roziyollohu anhu va onasi Asmo bint Abu Bakr roziyollohu anho bergan edi. Gunohkor inson qo‘rqadi. Jinoyatchi inson qochadi. Yo‘l tor bo‘lganida Umar roziyollohu anhu o‘tishga haqli edilar. Ammo yo‘lda ikki kishi sig‘sa nega endi ikkinchi kishiga bo‘shatilishi kerak?!
Xavf va ehtirom o‘rtasidagi farq ana shu. Ular ana shunday qilib dunyoni boshqarishgan. Ular farzandlarini Allohga itoat qilish asosida tarbiyalashgan, xorlik asosida emas. Ehtirom asosida tarbiyalashgan, qo‘rquv asosida emas. Garchi gapiruvchi Umar bo‘lsada unga haq gapni aytishga jur’at asosida tarbiyalashgan, tilyog‘lamalik asosida emas.
Asma’iy aytadi:
“Bir boladan so‘radim:
- Sen ahmoq bo‘lsang-u ammo senda ming-ming dirham bo‘lsa shu seni xursand qilarmidi?
Bola dedi:
- Yo‘q!
- Nega?
- Ahmoqligim tufayli molimni sarflab isrof qilib yuborishdan qo‘rqaman. Mol ketadi, ammo ahmoqlik qoladi!
To‘rtinchi dars:
Farzandlaringizga narsalarning narxini emas, qiymatini o‘rgating.
Ularga qiymatni qidirishni o‘rgating, narxni emas. Ularni inson qiling, mol jamlaydigan asbob emas. Mol hayot g‘ildiragi hisoblansada, hayot emas. Dunyoda qiymatga ega, ammo narxi yo‘q narsalar bor.
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
TARIX O'ZINI TAKRORLAYDI
Salohiddin Ayyubiy Quddusni ozod qilish uchun qo'shin tayyorlab, kerakli moddiy choralarni ko'rar ekan, safarbarlik kunini aniqlashdan oldin ma'naviy holatni ham aniqlashtirib olishga qaror qildi. U mirshablarning rahbari, hozirgi til bilan aytganda, Ichki ishlar vazirini chaqirib, unga shunday dedi:
«Podshoh farmoni e'lon qilasan. Farmon mazmuni quyidagicha: «Ertadan boshlab uch kun hech kim uyini ham, ishxonasini ham, do'konini ham qulflamay, eshigini ochiq qoldiradi. Bu Podshoh farmoni, bajarmaganlar javobgarlikka tortiladi».
Keyin o'zing bosh bo'lib, farmonning to'liq bajarilishini ta'minlaysan va uch kun ichida qanday o'g'irlik yoki talon-taroj bo'lsa, bittasini ham qo'ymay qaydlab, menga hisobotini berasan».
Farmon aytilgandek bajarildi. Ammo hamma bu farmondan hayratda edi. Uch kundan so'ng vazir kelib, hisobot berdi, farmon to'liq amalga oshirilganini, lekin birorta ham shahar yoki qishloqda bitta ham o'g'irlik kuzatilmaganini aytdi. Shunda Salohiddin Ayyubiy: «Endi jangga chiqsak ham bo'ladi», dedi va Quddusni fath qildi.
Internet tarmoqlarida G'azza ahlining iymonu taqovsiga, ilmu tarbiyasiga dalolat qiladigan turli xabarlar, videolarni ko'rib yuqoridagi qissa esimga tushdi. G'azzaliklar vayronalar ostidan topilgan pul, tilla taqinchoq va boshqa qimmatbaho buyumlarni topshirish uchun egalarini istab yurishibdi. Aytishlaricha, hozirgacha birorta ham o'g'irlik qayd qilinmabdi. Bu ham ularning iymonlaridan, islomlaridan darak. Kim biladi deysiz, balki bugun boshlariga tushib turgan musibatlar ham "sinovlar iymonga yarasha bo'ladi", degan qoidaga ko'ra kechayotgandir. Umid qilamizki, ixloslariga yarasha, fido qilgan qonlari evaziga Alloh taolo ularga ham fathu nusrat berib, dushmanlaridan g'olib qiladi va o'z yerlariga o'zlari ega bo'lajaklar.
Mazkur qissadan biz shuni xulosa qilishmiz kerakki, musulmonlar jamiyatda qanday islohot olib bormoqchi bo'lishmasin, avvalo o'zlarini isloh qilishlari, ma'nan yuksak, qalban pok bo'lishlari kerak. Botinni tuzatmay, o'zni isloh qilmay turib, jamiyatni o'nglab bo'lmaydi, dushman jabridan qutilib bo'lmaydi. Birovlarga zulm qilib turib ustingizdan zulmni arita olmaysiz.
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @e_kutubxona
#Janna_dArk
Qayerdaki mas'uliyat yo‘q ekan, u yerda jazo ham bo‘lmaydi.
O‘zi aybdor odam boshqalarni qattiqroq jazolaydi.
Buyuk maqsadga intilgan yuksak ruh zaif jasadga kuch bag‘ishlaydi.
Hamisha shunday boʻladi: agar qo‘shning falokatga uchrasa, gapirib-gapirib qoʻya qolinadi, bordi-yu o‘zing falokatga duchor boʻlsang, albatta, qirol chora ko‘rishga kirishmog‘i lozim.
Kalamushlar uyimizni gʻorat qilardi, lekin ruhoniylar mushukning tishi va tirnoqlari mustahkam ekanini tekshirishmasdi, ular uchun mushuk xudojo‘y boʻlsa, bas edi; agar mushuk yetarli darajada taqvodor hamda xushxulq bo‘lsa, juda soz bo‘lardi, u holda undan boshqacha hech qanday sifat talab etilmaydi.
Tentaklarga osongina nasib boʻladigan baxtni, iste'dodli odamlar o‘z mehnat va talantlari bilan qoʻlga kiritadilar.
Oq-qora sindromi
Bolalikdan Shayboniyxonni yomon ko‘ramiz. Bobur - yaxshi, Shayboniyxon - yomon. Bolalikdan Amir Nasrullohni yomon ko‘ramiz. U - yomon, Nodirabegim va uning ona hukmidagi ayolga uylangan ahmoq o‘g‘li va oilasi - yaxshilar. Hindlarning kinolari va o‘zbeklarning ertaklari orqali ongimizga singdirilgan narsa - dunyo oq-qoradan iborat. Unda ikkita toifa bor, biri - oq, ikkinchisi - qora (men buni "oq-qora sindromi" deb nomlayman, afsuski, hayotda uchratgan kishilarimning aksari mana shu sindromga chalingan).
Taxminan 2002 yil "Jahon adabiyoti" jurnalida Fransua Bernening “Boburiylarning so‘nggi avlodlari tarixi" degan asari tarjima qilingandi. O‘sha paytlar bu asarni o‘qib, Avrangzebdan qattiq nafratlangandim. Muallif uni aqlidan ozgan yovuz va shafqatsiz hayvondek tasvirlaydi.
Yana eslaymanki, bolalikda oq-qora sindromi menda ham bor edi. Bu sindromni qattiq savol ostiga qo‘yishimga va muolaja qilishimga sabab bo‘lgan asarlardan biri Muhammad Solihning ( XV-XVI asrlarda yashagan shoir, Saloy Madaminov emas) "Shayboniynoma" dostoni bo‘lgan. Men "Boburnoma"ni sevib o‘qirdim. "Yulduzli tunlar"ni o‘qigandim. Bu va boshqa asarlar sabab yuqorida aytganimdek, Shayboniyxonni yomon ko‘rar, Boburni esa yaxshi ko‘rardim. 10 yoshlarimda chamasi qo‘limga "Shayboniynoma" tushib qoldi. Dostonni o‘qiganlar biladilarki, unda muallif Shayboniyxonni ko‘kka ko‘taradi va Temuriylarni qattiq tanqid qiladi. "Qanday qilib Shayboniyni maqtash mumkin? Bu Muhammad Solih deganlari shunchalik ham yolg‘onchimikan?!" - o‘ylab o‘yimga yetolmasdim. O‘shanda mening bola aqlim o‘zi uchun oq va qoradan boshqa rangni kashf etdi. Bobur va boshqa temuriylarni, keyinroq boshqa "kumir"larim (qahramonlarim)ni tanqidiy nazar bilan qayta o‘rganib chiqa boshladim.
Keyinroq yana bir haqiqatni kashf qildim: Shayboniyxon, Xo‘ja Ahror Valiy, Avrangzeb, Mahmudbiy, Amir Nasrulloh - barchalarini birlashtirib turadigan xususiyatlardan bor ekan: barchalari ozmi-ko‘pmi islomga xizmat qilishni istagan dindor kishilar ekan. Tarix esa plastelindan o‘yinchoq yasashga o‘xsharkan. Kim tomonidan va kimning buyurtmasi bilan yozilayotganiga qarab bir voqeaga ming xil tus bersa bo‘larkan.
Vatanda talabalik yillarim maktabda o‘qituvchilik qilganman, o‘quvchilarga doim uqtirardim:
"Birovni yaxshi yoki yomon desalar, nega unday deyapti, degan savol qo‘yinglar. Doimo qarama-qarshi tomonning manbalari bilan ham tanishinglar. Odamlardan tayyor ovqatni emas, masalliqlarni olib, ovqatni o‘zlaringiz tayyorlanglar. Ma’lumotlarni olib, xulosani o‘zlaringiz chiqaringlar. Sizlar uchun birovlar xulosa chiqarib bermasligi uchun tahliliy fikrlaydigan bo‘lishga harakat qilinglar. Oxirgi so‘z doimo o‘zlaringizda qolsin!"
- Mahmud Usmon
📚 @e_kutubxona
Qodiriyning “O‘tkan kunlari”, siyosiy nuqtai nazardan, qanday g‘oya tashiydi?
Siyosiy tahlil qilganda, “O‘tkan kunlar” – juda katta asar, davrning siyosiy portretini juda chiroyli ochib bergan.
*
Davlatning eng markaziy funksiyasi – bu katta jamiyatni bitta makonda va zamonda birlashitirish hisoblanadi. Bir davlatning odamlari o‘zaro begonasiramasligi, o‘zaro adovatda bo‘lmasligi, ular o‘rtasidagi har xil to‘siqlar va devorlar imkon qadar kam bo‘lishi kerak. Ya’ni, davlat – bu katta jamiyatni, xalqni, millatni integratsiya qilish deganidir. Davlat shunday bo‘lishi kerakki, odamlar bir-biriga ishonishi, erkin va ishonchli hamkorlik qilishi, o‘zaro tez va samimiy tushunishi kerak.
*
Qodiriy, “O‘tkan kunlar”da aytadiki “davlat yo‘q”, “davlat o‘lib bo‘lgan”, “davlat – xalqning muttasil dushmani”. Ya’ni, barcha bug‘inlarda – batamom parokandalik. Millat – parokanda: Qo‘qon xoni Toshkent xalqini ezadi. Toshkent xalqi Qo‘qonga qarshi kurashadi. Bir millat har xil davlatlarga, davlatchalarga bo‘linib olgan. Xonlar, beklar o‘z xalqini ezadi. Toshkent begi o‘z xalqiga ko‘tara olmaydigan soliq soladi.
*
Xalq qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkent begini yiqitadi. Qo‘qon xonligiga qaytadi. Keyin, Qo‘qon xoni toshkentliklarga bir botmon bug‘doydan soliq soladi. Xalq, yomg‘irdan qutilib, do‘lga tutiladi. Korrupsiya – oddatiy, juda oddiy xol. Pul berib, begunoh Otabekni o‘limga hukm qilishadi. Lekin, Otabekni otasi Toshkent dorvozasini Qo‘qon xoniga ochib berib (siyosiy korrupsiya), o‘g‘lini qutqarib qoladi.
*
Asarda, jamiyatdagi va oilalardagi parokandaliklar ham juda yaxshi tasvirlangan. Marg‘ilonlik Kumushning toshkentlik Otabekka berilishi, marg‘ilonlik Homid-boy va boshqalarni g‘azabini keltiradi (Farg‘ona viloyatidan uylanishiga qaraganda, Otabekning siyosiy ambisiyalari bo‘lgandir...). Bu yoqdan esa, Otabekni onasi ikkinchi xotinga uylab qo‘yishi, oilaviy parokandalikni ifodalaydi. Asar – fojea, drama. Bosh qahramon Kumushning o‘limi va Otabekning xasrati bilan tugaydi. Barcha bug‘inlardagi siyosiy, ijtimoiy, oilaviy parokandalik – bir baxtli oilani barbod qiladi.
*
O‘zbekiston davlatchiligi yaqin o‘tmishda integratsiya va dezintegratsiyaning har xil ko‘rinishlari va davrlarini boshidan kechirdi. Kechagi ikki xonlik va bir amirlik, bugun bitta O‘zbekistonda birlashgan. Lekin, jamiyatni eng kuchli parchalaydigan narsalardan biri – avtoritarizm, nazorat falsafasi, jabr-zulmlar. Misol uchun, haliga qadar, viloyatlar o‘rtasida “postlar” – chegaralar mavjud. Bu esa, parokandalikka moyil davlatchilikning belgisidir. Qodiriyning “O‘tgan kunlari” bitta g‘oyani oldinga suradi: zulm qilmang, erkin bo‘ling va birlashing.
- Kamoliddin Rabbimov
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Duayt Li: Rag'batning kuchi
Insonlarni muayyan faoliyatga chorlashning eng ishonchli yo'li bu ularni shu faoliyat uchun taqdirlash, ya'ni rag'batlantirishdan iborat. Bu shunchalik ravshanki, uni alohida ta'kidlab o'tishga arzimaydi, deb o'ylashingiz mumkin. Lekin uni qayd etishga arziydi.
Insonlarni foydali ishni qilishi uchun ularni taqdirlash (yoki ularga pora berish) lozim emas, deb aytishingiz mumkin. Rag'batlantirishning zarurligini tan olsangizda, foydali faoliyatga boshlovchi rag'batlantiruvchi omillarni qanday aniqlash oldindan ravshan emas.
Men yaqinda rag'batlantiruvchi omillardan xayrixoh maqsadlarda foydalinishga ba'zi insonlarda uchraydigan hissiy qarshilikka duch keldim. Zimbabve va Janubiy Afrikadagi fillarni muhofaza qiluvchi siyosatdan aholi manfaatdorligi tufayli fillar to'dasi ko'payib borayotganlini ta'kidlab o'tgan edim. Atrof-muhit muammolariga befarq bo'lmagan talabalardan biri agar fillarni muhofaza qilishning yagona yo'li odamlarning moddiy manfaatdorligiga bog'liq bo'lsa, unda ularni muhofaza qilinmagani ma'qul, deb javob qaytardi. Boshqacha qilib aytganda, agar oqibatda faqat fillarning o'zi jabr ko'radigan bo'lsa, u o'z prinsipida qolishga tayor edi. Uning printsipiga asosan, o'ylaymanki, uning bu nuqtai nazariga xayrixoh bo'lganlar ham topiladi, yaxshi ishlar o'z manfaatini ko'zlash orqali emas, balki hamdardlik va g'amxo'rlikka asoslanishi kerak. Men unga agar uni hayotini saqlash uchun nozik jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda ushbu amaliyotni jarroxning o'rnida onasi bajarishiga rozi bo'lsa, unda men uning ma'naviy qarashidan ta'sirlangan bo'lar edim, deb aytishdan o'zimni tiya olmadim.
Odamlarni rag'batlarning zarurligiga ishontirish muvofiq rag'batlarni topishdan murakkabroq emas. Albatta, biz insonlarni ma'qul bo'lgan hatti-harakatlarni qilishga chorlovchi rag'bat tizimini istaymiz, ammo nimalar ma'qul o'zi? Ba'zi hollarda buning javobi aniq. Lekin har doim ham emas.
Har safar biror saxovatli ish qiliar ekansiz, yana boshqa bir saxovatli ish qilish imkoniyatingiz kamayadi. Bu resurslar tanqisligining muqarrar ta'siri bo'lib, u muqobil qiymat tushunchasida o'z aksini topgan. Har qanday holatda ham muqobil tanlov mavjud bo'lib, biz eng to'g'ri yo'lni tanlashimiz uchun odatda juda ko'p manbalardan ma'lumot izlashimiz zarur. Demak, rag'batning ikkita muhim vazifasi bor: (1) eng maqbul harakatlar to'g'risida ma'lumot yetkazib berish va (2) ularning ijrosini ta'minlash uchun odamlarni undash.
📚 @e_kutubxona
Tarix omonatdir
Ba’zilar so‘zlovchining kimligiga, uning tabiatiga yoki kiyinishiga e’tibor bermaslik kerak, muhimi uning so‘zi qanchalar haqiqat, mana shunga qarash kerak, degan fikrni ilgari surib, bunga «So‘zlovchiga emas, uning so‘ziga qara» degan qoidani ro‘kach qilishmoqda. Hazrat Ali roziyallohu anhudan naql qilingan bu qoida mutaxassislar uchun ishlaydi, ammo sohani bilmagan odam avvalo so‘zlovchiga qarashga majbur, chunki u o‘zi bilmagan sohada so‘zning to‘g‘ri‑noto‘g‘riligini ajrata olmaydi. Shu bois, u so‘zlovchini tanlab tinglashi kerak.
Masalan, tibbiyotni yaxshi bilgan odam tabobatdan so‘zlagan har qanday odamning gapini eshitib, so‘zlovchiga boqmasdan uning so‘zini muhokama qilishi, qabul yoki rad etishi mumkin.
Ammo tabobatdan bexabar odam ishonchli tabib topib, o‘shaning so‘ziga yurishi kerak, aks holda, aldanib qolishi, o‘zini halok qilishi hech gap emas.
Tarix yoki boshqa ilmlar borasida ham uni yaxshi o‘rgangan tarixchi «So‘zlovchiga emas, uning so‘ziga qara» degan qoidaga amal qilib, istagan odamini tinglab, uning so‘zidan foydalanishi, uni muhokama qilishi joiz. Biroq, o‘qimagan odam avvalo ishonchli tarixchini tanlab, keyin uni tinglashi kerak, bo‘lmasa, adashishi tayin.
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @e_kutubxona