#Sahifalar
«Agar oldingi ulamolar biz kabilar ularga merosxo‘r bo‘lishini bilganlarida edi, qabrlariga kitoblari bilan ko‘mishni vasiyat qilgan, hech ham ichlaridagi ilmni tashqariga chiqarmagan bo‘lardilar».
«"Kimki safar qilmagan bo‘lsa, uning ilmiga ishonch yo‘q", deyishgan»
📚 @e_kutubxona
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №194 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Fyodor Dostoyevskiyning "Telba" romani tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
#Keltirma
«Ta’limning o‘zi odamni yuksaltirmaydi va hoziridan afzal yoki ko‘proq ozod qila olmaydi. Ilm insonni yanada qudratliroq, yanada imkonliroq va jamiyatga manfaati ko‘proq qilishi mumkin. Lekin tarix shunga dalolat qiladiki, qoloq millatlardan farqli o‘laroq, ta’lim olgan kishilar va ilmli millatlarni ham xohlagancha o‘ynatish mumkin, balki ularni yovuzlikka xizmat qildirish ham mumkin».
- Ali Izzatbegovich, "Sharq va Gʻarb o‘rtasidagi islom" kitobidan
=========================
Darhaqiqat mazkur fikrning to‘g‘riligini Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi, g‘arbning ilmni qirg‘inbarot qurollar yaratish va ishlatishga bo‘ysundirishi, riboviy iqtisod, jinsiy buzuqlik maqsadlariga xizmat qildirish kabi yovuz maqsadlarda ham mohirona ishlatayotgani tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, ilmda ham niyat, go‘zal axloq va oliy maqsadlarni ko‘zlash muhim rol o‘ynar ekan. Bizda ilmni Alloh uchun hamda uni dunyo va oxirat saodatiga vosita o‘laroq olinishi bejizga emas ekan.
- Mubashshir Ahmad
📚 @e_kutubxona
Qodiriy emaslar haqida
Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar" nashridan keyin o‘sha davr uchun ancha katta pul hisoblangan qalam haqi oladi. Yozuvchining o‘g‘li Habibulla otasidan velosiped olib berishini so‘raydi. Qodiriy quyidagi so‘zlarni aytib rad etadi:
"O‘g‘lim, men senga velosiped olib berishga qurbim yetadi, lekin atrofga qara - xalq yupun, yalangoyoq, yarim och kun kechirmoqda. Men senga velosiped olib berishdan uyalaman, mening o‘g‘lim sifatida och, yupun va yalangoyoq holdagi millatdoshlaring oldida velosiped minib yurishdan sen ham uyalsang kerak".
📚 @e_kutubxona
#Yangi_nashr
#Kitob_taqdimoti
Fikr yuritishni xushlovchi aqllar uchun yangi ozuqa.
📚 @e_kutubxona
#Buyuklar
BUYUK TOBE'INNING VAFOTI
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib olib, tarki dunyo qilib, umrini ibodatda o‘tkazsa ajablanmayman. Lekin dunyo oyoqlari ostida bo‘lgan bir insonning dunyodan yuz o‘girib, zohidona hayot kechirganidan ajablanaman” dedi.
📚 @e_kutubxona
#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan №194 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
Jami: 1439 ovoz
1. Telba — 489 (34%)
2. Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi — 391 (27%)
3. Qo‘rqinchli Tehron — 234 (16%)
4. Hech — 166 (12%)
5. Yumshoq kuch — 159 (11%)
✅ Demak, 25-may kuni Kitobxonlar klubida "Telba" romani tahlil qilinadi.
Gar jam bo’lsang, hamma olam jamdur,
Gar kam bo’lsang, hamma olam kamdur.
Gar shod bo’lsang hamma olam xurram,
Gar g’am yesang, hamma olam g’amdur.
- Sadriddin Salim Buxoriy
📚 @e_kutubxona
Avtoritar davlatlarda diplom loyallikka qarab beriladi. (c)
_
Tizimga qancha loyal bo‘lsang diplom (sertifikat, tashakkurnoma, ishonch yorlig‘i va hk.) soni oshib boraveradi...
📚 @e_kutubxona
#Yangi_nashr
• Kitob nomi: «Qonunlar ruhi haqida»
• Muallif: Sharl Lui Monteske
• Tarjimon: Hamid Sodiq
• Nashriyot: Trust and support
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: kirill
• Betlar soni: 288
• Muqovasi: qattiq
• Chop etilgan yili: 2024
• Adadi: 1000 nusxa
Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
📚 @e_kutubxona
#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi
«Insonlarga mustaqil qaror qabul qilish huquqini beruvchi ixtiyoriy tizim boshqalaridan yuz marta yaxshiroq, chunki odamlar bu tufayli vatandoshga aylanadilar: ular o‘z xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘la boshlaydilar». [Kaxa Bendukidze]
📚 @e_kutubxona
UMR
Insonning umri uch qismdan iborat bo‘ladi:
1. Vaqtga oid umri: U tug‘ilgan kunidan boshlanadi.
2. Aqlga oid umri: U Alloh unga idrok ato qilgan kundan boshlanadi. Gohida uning aqli vaqtga oid umridan uzunroq bo‘ladi, gohida teng, gohida esa qisqaroq ham bo‘ladi.
3. Ilmiy umri: U esa ilm olishni boshlagan kunidan boshlanadi.
- Alloma Muhammad Avvoma o‘gitlaridan.
📚 @e_kutubxona
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Yevgeniya Grande"
✍ Onore de Balzak
⚙ Roman
⚖ 5,8 MB
🔎 PDF
📄 210 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Professionallar
«Siz o‘rganish predmetingizni adabiyotlar va kuzatishlar yordamida o‘zlashtirishingiz mumkin, ammo universitetda bilimlarni kerakli darajada yetkazish uchun, ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarini o‘zingiz bosib o‘tishingiz, ya’ni qanday qilib o‘z tajribangiz asosida empirik faktlardan statistik faktlarni olish va ulardan ilmiy faktlar chiqarishni bilishingiz kerak. Ilmiy izlanishlar natijasida atrof-muhit va uning faoliyati, inson va inson jamoasining faoliyati haqida tushuncha, jamiyat, tabiat va tafakkur yoki mantiq qonunlarining zarurati va ahamiyati haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan har bir ustozda talabalar bir zumda ilg‘ab oladigan salohiyat paydo bo‘ladi. Bunday odamda professional uslub, fikrlashning maxsus tartibi rivojlanadi. Adekvat professional kishi boshqa professionallarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, ularga nisbatan o‘zini talabchan, qo‘llovchi va ilhomlantiruvchi tarzda tutadi. Professional kishi ishonchlidir va o‘z atrofida qattiyat hissini yaratadi. Shuni esda tutish kerakki, professional kommunikatsiya faqat bir xil saviyadagi odamlar orasida vujudga kelishi mumkin; malakasizlar bilan predmetli suhbat imkonsizdir - professional kishi malakasizlar bilan faqat mavhum, oldi-qochdi mavzularda gaplasha oladi».
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#10kitob
Jurnalist Karim Bahriyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi.
1. Qurʼoni Karim;
2. Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy” asari;
3. Oʻzbek xalq ertaklari
4. Alisher Navoiy asarlari;
5. Jorj Oruel, “1984”, “Molxona” romanlari;
6. Dostoyevskiy romanlari;
7. Rauf Parfi sheʼrlari;
8. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani;
9. Gabriel Garsia Markes “Buzrukning kuzi” romani;
10. Platon, falsafiy asarlar.
📚 @e_kutubxona
#Munosabat
Akrom Malikning Abdulla Qodiriy va uning ikki ("O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon") asariga bildirgan tanqidiy fikrlariga o‘z vaqtida Hasan Al-Muqriy hafizahulloh tomonidan munosabat bildirilgan ekan. Matnni quyida keltiramiz.
———
Akrom Malik ham yosh adabiyotshunoslarimizdan. Xulosalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi ham mumkin. Bu yerda aytilgan ko‘p muammolar asarda emas, uni fahmlashda deb o‘ylayman.
1. Inson yaratgan asar kamchilikdan xoli bo‘lmaydi, hech qachon mutlaq haq bo‘lmaydi. Ammo shuni tushunmay, Qodiriyning barcha fikrlarini mutlaq haqiqat bilish bu o‘quvchilardagi muammodir..
Shuning uchun qoida bor: yaxshisini ol, yomonini tark et. Agar shunday qilinmasa, inson tafakkuri mahsuli bo‘lgan juda ko‘p yutuqlardan inson foydalana olmay qoladi.
2. Asarlarda bir hodisa aytilsa, muallif yoki o‘quvchi uni umumlashtirib, hamma shunday bo‘lgan ekan, deb tushunib oladi. Bu ham xato. Badiiy asar to‘liq tarix kitobi emas. Bitta asardan butun o‘tmish haqida xulosa chiqarilmaydi.
3. Adabiyotda bo‘rttirish bo‘lishi tabiiy. Shu orqali muammoni ko‘rsatishga uriniladi. Buni unutib, uni muqaddas matndek ko‘rish xato.
4. Qodiriy ham o‘z davrida tarqagan fikrlardan ta’sirlangan bo‘lishi tabiiy. Bunda xato xulosalarga kelgan bo‘lishi ham mumkin. Ko‘p ziyolilarimiz sovetlarga aldangani ham haqiqat. Shunday ekan, ulardan o‘zlaridan yuqori hol talab qilinmaydi.
5. Qodiriy islom olimi bo‘lmagan, binobarin, bu jihatdan xatolari bo‘lishi ham tabiiy hol.
6. Asosiy xato o‘quvchilarning asarni mutlaq haqiqat bilishi, undagi barcha fikrga so‘zsiz taslim bo‘lish kerakdek yondashishida.
7. Navoiyshunos olim buyuk mutafakkir bilan ko‘p muloqotda bo‘larkan, uning didi, talablari ham ortib boradi va boshqalardan ham shu saviyani kutishi mumkin. Hazrat Navoiy islom olimi ham edi va bu yutuq u kishining o‘z asarlarida islomiy tafakkurga muvofiq ijod qilishlarini ta’minlagan. Bunday salohiyati bo‘lmagan adibda bu saviya topilishi qiyin.
Nima bo‘lganda ham, Qodiriy asarlaridan ko‘p foyda olish mumkin. Faqat uni to‘g‘ri anglay olish kerak. Akrom Malikning fikrlarini ham inobatga olib, mulohaza qilinsa, undan ham o‘ziga yarasha manfaat bor.
- Hasan Al-Muqriy hafizahulloh
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Filning otilishi"
✍ Jorj Oruell
⚙ Hikoya
⚖ 0,4 MB
🔎 PDF
📄 8 sahifa
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
🌐 Mumtoz adabiyot durdonalari
📓 Asarlar to‘plami
✍ Yusuf Hos Xojib
⚖ 39,4 MB
🔎 RAR {PDF}
To‘plam tarkibi:
• Qutadg'u bilig
• Qutadg'u bilig (akademik nashr)
• Qutadg'u bilig (nasriy bayoni)
• Saodatga eltuvchi bilim
📚 @e_kutubxona
Yolg‘onning manipulyatsiyadan farqi nimada?
Bu hodisalarda ikkita taraf bor birinchisi aldayotgan ikkinchisi aldanayotgan taraf. Yolg‘onda aldanayotgan taraf o‘zining yolg‘on qurboni bo‘layotganini bilmaydi. Manipulyatsiyada ikkita taraf ham o‘zining maqomini yaxshi biladi, ya’ni ikkita taraf ham yolg‘onga rozi bo‘ladi.
Yolg‘onning natijasi va zarari o‘z davrida bilinadi. Manipulyatsiyaning natijasi va zarari avlodlarga eksport qilinadi.
Masalan, saylovda qatnashayotgan taraflar saylov natijasini juda yaxshi biladi, bu ma’lum bir muddatga "barqarorlikni" ta’minlaydi lekin avlodlar adolatsiz jamiyatda yashashga mahkum etiladi.
Bugun adolatsiz jamiyatda yashayotgan xalqlar o‘z ajdodlarining manipulyativ qarorlari qurbonlaridir.
- Hamid Sodiq
📚 @e_kutubxona
Johiliyatdagi arablarning odati, agar otlari ko‘payib, zotdori bilan xashakisi aralashib ketsa, hamma otlarni bir joyga to‘plab, ovqat va ichimlikdan man qilib, ularni urishar, so‘ngra biroz o‘tgach ularga ovqat va ichimlik keltirishar edi. Shu payt ana shu otlar ikki jamoaga bo‘linar ekan. Bir jamoa hech narsaga qaramasdan ochligi sabab ovqat va ichimlik uchun shoshgancha yugurib kelar, ikkinchi toifadagi otlar esa, urib xorlagan qo‘ldan ovqat yeyishga botinmas ekan.
Ular shu yo‘l bilan zotdor otlarni xashakilari orasidan ajratib olishar edi.
Biz yashayotgan davrda xashaki otlar va xashaki fikrlovchilar naqadar ko‘p-a?!
- Anvar Ahmad sahifasidan
📚 @e_kutubxona
O‘sha kuni, jo‘rttaga, har bir tashrif buyurgan odam ustozdan faqat bir narsa – asosiy savol haqida so‘rardi: «O‘limdan so‘ng nima bo‘ladi?»
Ustoz faqat jilmayardi va hech nima demasdi.
So‘ng shogirdlar undan nega har vaqt javobdan o‘zini olib qochganini so‘rashdi.
– Narigi dunyodagi hayotga aynan mana shu hayot bilan nima qilishni bilmaydiganlar qiziqishiga ahamiyat berdinglarmi? Ularga abadiy davom etadigan yana bir hayot kerak, – javob berdi Ustoz.
– Ammo baribir, o‘limdan so‘ng hayot bormi yoki yo‘qmi? – qat’iy turdi o‘quvchilardan biri.
– O‘limdan avval hayot bormi, savol mana shunda, – dedi Ustoz.
📚 @e_kutubxona
Sifatli kitob — yoqimli mutolaa
Kitob nashriyotlari faoliyatini baholash hamda kitobxonlarning fikrlarini o'rganish bo'yicha so'rovnomada qatnashing:
https://forms.gle/Z5ec9oroguMjDFyC8
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi'da №193 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Gabriel Garsia Markesning "To’kilayotgan yaproqlar" qissasi tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha