Nutqni rivojlantirish uchun 1 kunlik online intensive!
📌 Intensivedagi asosiy mavzu :
" HAYAJONNI SINDIRISH" .
Bundan tashqari intensiv:
- Nutq orqali insonlarga ta’sir qilish
- Fikrlarni aniq va ravon yetkazish
- 3 yillik notiqlik faoliyatimdagi tesha tegmagan masalahatlar
Intensive so'ngida sizni maxsus sovg’alar va yangiliklar kutmoqda!
🗓 24-noyabr
⏰ Soat 20:00
📍Notiq Hasanov telegram kanalida
💵 Qatnashish mutlaqo bepul!
Hayajoningizni birgalikda sindiramiz!
👉 Ushbu intensivda qatnashish uchun : @notiqhasanov
🌐 Mumtoz adabiyot durdonalari
📓 O‘zbek mumtoz adabiyoti
🗂 1-to‘plam
⚖ 93,8 MB
🔎 RAR {PDF}
To‘plam tarkibi:
• Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (1992)
• Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)
• Ahmad Yassaviy. Hikmatlar
• Ahmad Yugnakiy. Hibatul haqoyiq
• Ahmad Yugnakiy. Hibatul haqoyiq (nasriy bayoni)
• Ahmadiy. Sozlar munozarasi
• Amiriy. Devon
• Amoniy Araboniy. Ismidur Obiravon
• Anbar Otin. Devon
• Atoyi. Devon
• Avaz O'tar. Saylanma
• Boborahim Mashrab. Agar oshiqligim aytsam
• Boborahim Mashrab. Mabdayi nur
• Boborahim Mashrab. Mehribonim qaydasan
• Bositxon Shoshiy. Devoni Hariqiy
• Dilshodi Barno. Tanlangan asarlar
• Furqat she'riyatidan (1980)
• Furqat. Ishqingda kuyib jono (2021)
• Furqat. Muhabbat yo'lida
• Furqat. Tanlangan asarlar
• Gadoiy. Devon
• Gulxaniy. Zarbulmasal
• Gulxaniy. Zarbulmasal va g'azallar
• Haydar Xorazmiy. Gulshanul asror
• Haziniy. Devon
• Haziniy. Tasadduq yo Rasululloh
• Hofiz Xorazmiy she'riyatidan
• Hofiz Xorazmiy. Devon. 1-kitob
• Hofiz Xorazmiy. Devon. 2-kitob
• Husayn Boyqaro. Jamolingdin ko'zum ravshan
• Husayn Boyqaro. Risola
• Irq bitigi (ta'birnoma)
📚 @e_kutubxona
Yaxshi loyiha (bo‘lgan ekan)
So‘zlarning asliyatidan saboqlar
"Farosat Allohga yaqinlik qo‘lga kiritilgandan so‘ng bo‘lur"
"Fahm ilmidan saboqlar" turkumidan
Foydani kam qo‘yish va savdoni ko‘p qilish salaflarning odati edi.
#Ey_qizim
Shayx Ali Tantoviy, «Ey qizim» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
Jaholatning yagona qo'rquvi ayoldir. Chunki ayol o'rgansa, farzandlariga ham o'rgatadi. Shunday ekan, ayolga ilm berish jamiyatga ilm berishdir!
Jamiyatning darajasi ayollarning ilmiga qarab belgilanadi. Negaki, johila ayol hech qachon yaxshi insonni tarbiya qila olmaydi.
Ayol kulgan kulba, ayol yig‘lagan qasrdan yaxshiroqdir.
Hamma ayollar ochilib ketganda ham, erkak ko‘zini haromdan tiyishi shart.
Hamma erkaklarning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lganda ham, ayollar satrda bo‘lishi shart.
Iffatli ayolning yukini, vijdonli erkaklargina ko‘tara oladi.
Xalqaro tashkilotlar og'iz ko'pirtirib jar solgan chinakam e'zozlash esa, faqat islom dinida mavjud. Chunki musulmonlar qonun nazorat qilolmaydigan, faqat Allohgina ko'rib tura oladigan uyning ichida ham ayollorga zulm qilishdan saqlanadilar.
Ayollarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi. Ularni faqat hayo ajratib turadi.
Dunyoning yarimi ayollar, qolgan yarmi esa ularning tarbiyalanuvchisidir.
Ostona xatlab uydan ko‘chaga chiqar ekansiz, yo‘lda ikki tur ayolga duch kelasiz.
Biri: Misr podshohining xotini (Zulayho)dek dardga mubtalo bo‘lgan: bezangan, yasangan, muattar ayol.
Ya’ni o‘ziga atir sepib, atrofga yoqimli hid taratayotgan xushbo‘y ayol.
Uning zaboni go‘yo: “Beri kel, kela qol”, deb yosh-u qarini o‘ziga jalb etadi.
Ikkinchi tur ayollar esa: o‘rangan, yopingan, mastura ayollar.
Biroq ularni vaziyat o‘z yumushlarini bajarish uchun ko‘chaga chiqishga majbur qilgan.
Ularning zaboni (Qur’on hikoya qilgan ikki qiz kabi): “Biz to cho‘ponlar o‘z podasini sug‘orib bo‘lmaguncha, o‘z chorvamizni sug‘ora olmaymiz. Otamiz keksa chol”, der edi.
Kimda bir dona qiz bo'lsa, oila daftariga o'n o'g'lim bor, deb yozib qo'ysin. Men so'zimga javob beraman!
Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz.
Haqiqiy hayo — Alloh seni man qilingan narsalar ustida topmasligidir.
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Chayon yili"
✍ Uchqun Nazarov
⚙ Roman
⚖ 10,3 MB
🔎 PDF
📄 240 sahifa
📚 @e_kutubxona
Liberal mahmadonalar
"Har bir kishi yuksak aqidalarga tayangandagina kuchli bo‘ladi”.
Ahmad Yassaviy bilan Mashrabning she’rlari aslida bu ikkalasi tomonidan yozilmagani aytiladi.
Bunga sabablar:
1. Ikkalasining qo‘lyozmasi bilan yoki ulardan yozib olganlarning qo‘lyozmasi bilan aniq bir nusxa yetib kelmagan.
2. Yassaviy bilan zamondosh yoki hatto u zotdan bir necha asr keyinroq yashagan kishilarning she’rlarini o‘qisangiz, Yassaviyniki deyiladigan she’rlardan ancha qiyinroq so‘zlar ishlatilgan, eskicharoq, arabiy-eski turkiy va forsiy tillar aralashgan shaklda bo‘lgan. Qolaversa, Yassaviyniki deyiladigan ko‘p she’rlarda vazn ham aruz emas, barmoq. Tilning o‘ta oddiyligi va vaznning soddaligi bu she’rlar ko‘proq folklor asarlar ekaniga dalolat qiladi.
3. Mashrab taxallusi bilan she’r yozgan 30 dan ortiq shoirlar bo‘lgan, ulardan biri Nodiraning o‘g‘li Muhammad Amin (edi shekilli ismi). Mashrabga tegishli deyiladigan she’rlarning vazn, lug‘at va boshqa uslublaridagi o‘ta katta farqlar bular bir odam tomonidan yozilmaganini ko‘rsatib turadi.
Yassaviyniki deyiladigan she’rlarda ham shunday.
4. Ikkala zotga nisbat beriladigan she’rlarda ham ularning tarjimai hollariga nomunosib gaplar, ba’zida kufr so‘zlar bor.
Va umuman, islomda biror asar bir kishiga nisbat berilishi uchun o‘sha odamdan yo og‘zaki sahih sanad - ishonchli odamlar zanjiri bilan yoki imzolangan va muddati va xattot ma’lumotlari yozilgan qo‘lyozma orqali yetib kelishi shart. Bu ikkala zotga tegishli deyiladigan asarlar shu yo‘l bilan ularga nisbati isbotlanmagan.
Endi tasavvuf qismiga kelsak, tasavvuf diniy olimlar emas, adabiyot ahli - shoirlar qo‘liga ko‘chgach, ilmiyligini yo‘qotib, boshqa dinlar fikrlari aralashib ketgan bo‘tqaga aylangan.
Shuning uchun tasavvufni ilmiy o‘rganmoqchi bo‘lgan odam shar’iy ilmlarni egallagan olimlar kitoblariga murojaat qilishi kerak.
- Mahmud Usmon
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
Ustunlik hirsi
Bolaligimizda o‘zimizga bo‘lgan ishonchga qanchalik ko‘p putur yetkan bo‘lsa, ulg‘ayganimizda shunchalik ustun bo‘lishga moyil bo‘lamiz. Aslida, ongsiz ravishda yo‘qotgan kuch va ishonchimizni tiklashni istaymiz. Zo‘ravonlik ko‘rsatadigan, bezorilik qiladigan, jamiyat qonun-qoidalariga zid bo‘lgan, odob-axloq qoidalarini mensimaydigan insonlar o‘tmishini o‘rganar ekanmiz, ularning aksariyatida xazon bo‘lgan bolalikni uchratamiz. Biroq bu zo‘ravonlikka bahona bo‘la olmaydi, albatta.
📚 @e_kutubxona
Siz TALABAsiz yoki ta’lim massasalarida USTOZ, yohud IZLANUVCHI, lekin ilmiy yuklamalarni bajarishga vaqtingiz yetmayabdi😔, ustiga-ustak nashriyot ham topa olmayabsiz😔. Havotir olmang😉🫠
Xizmatlarning eng sifatlisi va arzonlarini faqat bizda😎
✅ Mahalliy / Xalqaro tezis
✅ Mahalliy / Xalqaro OAK maqola
✅ Mustaqil ish / Kurs ishi
✅ Scopus maqola
✅ Bitiruv malakaviy ish (BMI)
✅ Tarjima (ingliz tili)
✅ O’quv va uslubiy qo’llanma
✅ Portfolio
So‘zlarning asliyatidan saboqlar
Ilm va ma'rifat orasidagi farq
"Ilm — olovni ko‘rmoq. Ma'rifat — olovda isinmoqdir"
☝️ Rasmda keksa kishi qo‘ylarini g‘ildirakli qo‘ra ichida olib ketyapti. Buni ko‘rgan ba’zilar otaxonning aqli joyidamas, u noodatiy ish qilibdi deb o‘ylashibdi.
Ba’zilar otaxonni keragidan ortiq ehtiyotkor, qo‘ylarini o‘g‘ri olib ketishidan saqlamoqchi deb o‘ylashibdi.
Ba’zilar otaxonni qo‘ylari yo‘lda xatarga uchrashidan qattiq qo‘rqib, vasvasaga uchrabdi shekilli deb o‘ylashibdi.
Yo‘lovchilardan bittasi otaxondan nega bunday qilganining sababini so‘raganda, keksa otaxon hech kim kutmagan javobni berdi:
#Nazm
ANGLAMOQ
Hijron darvozasi abadan ochiq,
Do‘stimga aylandi qayg‘uli qo‘shiq.
Senga munosib yor, munosib oshiq
Bo‘lolmasligimni bilib qoldim men.
Ergasigayoqmi yo indiniga
Seni eslayverdim... yo tavba, nega?
Yuzib qotib ketgan toshdek, chiniga
Kulolmasligimni bilib qoldim men.
Bulutga yo‘l oldim sekin, chopmasdan,
Jazira quyoshga ko‘zim yopmasdan...
O‘yladim, hasrato, seni topmasdan
O‘lolmasligimni bilib qoldim men.
Jiddiy olmayapsan ammo so‘zimni,
Ko‘rging yo‘q jizg‘anak bo‘lgan yuzimni.
Sensiz seni tugul, hatto o‘zimni
Bilolmasligimni bilib qoldim men.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Maqola
📓 O‘verton tuynugi
✍ Dimitriy Dyomushkin
⚙ Maqola
Yangicha dunyo tartiboti
Kechagina nomaqbul bo‘lgan narsani bugun jamiyat o‘zi ham sezmagan holda qanday qilib muhokama qila boshladi? Keyin uni qanday qilib o‘rinli deb hisoblab qoldi? Va nihoyat, yaqinlargacha hatto xayolga keltirib bo‘lmaydigan ishlarni himoya ostiga olgan yangi qonunga qanday qilib ko‘nib qo‘yaqoldi?
Bizda axir so‘z erkinligi bor! Nimaga endi odamxo‘rlik masalasini muhokama qilib bo‘lmas ekan? Olimlar hamma narsa haqida hamma gapni gapirishga haqli emasmi! Ilm uchun taqiqlangan mavzuning o‘zi yo‘q. Olimlar hamma narsa va hodisani bemalol o‘rganishlari kerak, axir!
O‘verto‘n tuynugining birinchi harakati natijasi: ilgari yopiq bo‘lgan mavzu muomalaga kiritildi, taqiq qo‘rg‘oni buzildi, masala haqidagi eskicha qarashga putur yetkazildi – bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish so‘qmog‘i ochildi!
Keyingi qadam – Tuynuk yana ilgarilaydi va odamxo‘rlik mavzusi keskinlik tokchasidan olinib ehtimollik tokchasiga qo‘yiladi. Bu bosqichda “mutaxassis olimlar” fikridan iqtiboslar keltirishda davom etiladi. Axir, bilimdan yuz o‘girib bo‘ladimi! Mayli, u odamxo‘rlik haqida bo‘lsa ham!
Diqqat! Nom yaratish juda muhim ish! Ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan g‘oyani ochiqlikka chiqarish uchun uning asl nomini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Yangi nom to‘qib chiqarishdan maqsad masalaning mohiyatini asl o‘zanidan burib yuborish, so‘z shaklini uning ma’nosidan ajratish, mafkuraviy raqiblarni miq eta olmaydigan qilib qo‘yishdir.
Ibn Aqiyl umrining biror soatini zoye qilmasdi
Ibn Aqiyl shunday degan: «Umrimning biror soatini zoye qilish men uchun halol bo‘lmaydi. Hatto qachon tilim muzokara yo munozaradan bo‘shasa, ko‘zlarim mutolaadan charchasa, dam olib yotgan holatimda ham fikrimni o‘z holiga qo‘ymadim. Qachon o‘rnimdan tursam, yozganlarim ko‘nglimga kelardi. Sakson yoshimdagi ilmga nisbatan harisligim yigirma yoshimdagidan ko‘ra kuchliroq ekanini his etganman».
Ibn Aqiylning vaqtdan yutish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlagani
Men bor kuchim bilan ovqatlanishga ketadigan vaqtni kamaytirishga urinaman. Hatto mutolaa, yo biror foydali narsani yozib qo‘yishga ko‘proq vaqt ajratish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlayman. Chunki bular orasida chaynashda farq bor. Zero, vaqt oqillar nazdida hosil qilinadigan narsalarning eng buyugi ekani ulamolar ijmosi bilan sobit bo‘lgan. Ha, vaqt har bir daqiqasidan foydalanib qolinadigan g‘animatdir. Bandaning zimmasida majburiyatlar ko‘p, vaqti esa qisqadir.
Shayx Ibn Javziy shunday degan: «Imom Ibn Aqiyl doimo ilm bilan mashg‘ul edi. U juda aqlli bo‘lib, ilmning ko‘pchilikka noaniq va nozik joylari xususida bahs qilardi. «Funun» deb nomlangan kitobida qalb kechinmalari va boshidan o‘tgan voqealarni jamlab yozgan».
- «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Tildan_saboqlar
Hamza Hakimzoda Niyoziy Xo‘jaelidan yaqin do‘sti Bo‘ronboyga 1922-yil 18-sentabir sanasi bilan yozgan bir xatida "ag‘lamoq" (yig‘lamoq) so‘zini ikki marta qo‘llaydi:
1) "Qonlar ag‘lasaq-da, ne?" (Qon yig‘laganimizdan nima foyda);
2) "...sizni-da ag‘laturg‘a so‘z beraman".
Xuddi shu xatda "sog‘noq" so‘zini ham ishlatadi:
"Yozuvg‘a yo‘l bermay, ko‘z go‘rkovlarin to‘suqlag‘on ayriliq, sog‘noq yoshlaringiz uchun necha ming yillar o‘pkalar edingiz".
(Misollar Nabijon Boqiyning "Qizil toshbo‘ron" kitobidan {Yangi asr avlodi, 2022, 161-162-betlar} olindi.)
Afsus, "ag‘lamoq" so‘zi ham, "sog‘noq" so‘zi ham tilimizdan chiqib ketgan. Unutildi. Bugun tushunmaymiz hatto.
Ammo turklar bu so‘zlarni juda faol ishlatishadi.
1. "Ag‘lamoq" yig‘lamoq demakdir. Bundan chiqadi, narigi asr boshlarigacha o‘zbek tilida ikkala shakl ham qo‘llangan, keyin bizda faqat "yig‘lamoq" shakli, turklarda "ag‘lamoq" shakli qolgan.
2. "Sog‘noq" so‘ziga kelsak, "tomchilash" ma’nosini beradi. Yomg‘ir rosmana yog‘sa, "yomg‘ir yog‘yapti" deymiz, tomchilay boshlasa, "yomg‘ir tomchilayapti" yoki "yomg‘ir tashlayapti" deymiz. Yomg‘irning mana shu turini bugun turklar "sog‘noq" ("sag‘nak", "sag‘anak") deyishadi. Hamza Hakimzoda xatida ko‘zyoshini tomchilayotgan yomg‘irga o‘xshatgan ya’ni.
Bugun agar kimdir toza turkona bo‘lmish "ag‘lamoq", "sog‘noq" so‘zlarini birdan ishlatib qolsa, yarim tili o‘rischa bo‘lib ketgan bir vatandosh darhol unga nayza o‘qtalmasin, "Turkcha so‘z qo‘llabsizmi?!" deb malomat qilmasin, chunki o‘sha kimdir yaqin zamonlargacha o‘z tilimizda ishlatib kelingan, lekin bugun unutilgan so‘zlarni bizlarga shunchaki eslatishga, qaytadan muomalaga kiritishga urinayotgan bo‘ladi, xolos. Shu.
- Nurulloh Muhammad Raufxon
📚 @e_kutubxona
Sabina Kenjayevaning shaxsiy kanali!
✈️SHAXSIY RIVOJLANISH ISTAGIDA BO‘LGANLAR UCHUN
/channel/+SW0Ip5O1veQ5MjNi
🟥Lifestyle
🔉Ozvuchka darslari
🎁BEPUL kurslar
👍KUN davomida yaxshi kayfiyat
🔽Tekinga tilaklar va tabriklar
✅• TEKIN, shuning uchun sifatsiz• deb o'ylasangiz, adashasiz! 🎁
#Keltirma
"Hovuchingda nima yashiringanini aytaymi yoki hovuchingdagi mening kim ekanligimni aytsinmi?"
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
"Aytgan gapiga avval o‘zi amal qilib ibrat ko‘rsatish tarbiyaning ta'sirchan, samarali usulidir".
So‘rovnoma
Siz uchun jahon adabiyotidagi eng yaxshi 5 ta kitob qaysi?
27.10.2024
📚 @e_kutubxona
#Maqola
📓 ISLOM va FOBIYA: Hissiyotga berilish yoki ilmiy tahlil?!
✍ Hamid Sodiq
⚙ Maqola
🔎 PDF
📚 @e_kutubxona
#Qora_oqqush
Nassim Taleb, «Qora oqqush» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
Biz o‘z miyamizni juda oson yo‘l bilan alday olamiz.
"Odamlar meni jiddiy qabul qilishlari uchun men o‘zim uchun o‘tmishdoshlarni o‘ylab topishim kerak edi".
Ilm-fanda tasodifiy biror kuzatuvni amalga oshirgan inson emas, balki nuqtalarni bog‘lay olgan kishi katta g‘oyaning timsoliga, o‘z "brendining nomi"ga ega bo‘ladi.
Bu keng tarqalgan tuzoq: odamlar ilm-fan orqali bashorat qilish haqida o‘ylashadi (hatto noto‘g‘ri bo‘lsa ham). Men uchun esa, fan qanday qilib laqma bo‘lib qolmaslikni o‘rgatadi.
Aqliy toifalar bizga biror g‘oyani "yuqtirishi" uchun, avval bizning tabiatimizga mos kelishi kerak.
"Yo‘lda uchratgan yuqorilab borayotgan insoningni bir kun kelib pastga tushayotganda ham uchratasan".
Omad — bu tenglashtiruvchi omildir, chunki deyarli hamma omadli bo‘lish imkoniyatiga ega.
Sotsialistik hukumatlar o‘zlarining gigantlarini himoya qilishgan va bu orqali istiqbolli omadlilarni nobud qilishgan.
Aksariyat odamlar, afsuski, juda tez yurishni mashqlar bilan adashtirishadi, ammo shunday sekin tezlikda yurish kerakki, hatto yurayotganingizni ham unutishingiz kerak.
Ular faylasuf ismidan oldin har doim "fransuz", "nemis" yoki "amerikacha" so‘zlarini qo‘llashadi, go‘yoki bu narsa fikrlar yo‘nalishini belgilaydigandek.
Olim kutubxona yaratish uchun kutubxona vositasiga aylanmasligi kerak.
Katta hajmdagi ma'lumotlar hali ham hech narsani tasdiqlamaydi, lekin bitta holat hamma narsani rad etishga qodir.
Yuqori maoshli ishni tark etish, agar bu sizning tanlovingiz bo‘lsa, bu tanlov sizga siz topgan puldan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi.
Qoidalarni o‘zingiz yaratadigan o‘yinda mag‘lub bo‘lish ehtimoli kamroq.
Ko‘pchilik tomonidan tan olingan prognozchilarning natijalari borgan sayin yomonlashaveradi, chunki ular har safar jamoatchilikning e’tiborini tortish uchun yanada radikal bashoratlar qilaverishadi.
"Kimki sabablarni bilsa, u kelajakni tushunadi, faqat Xudodan boshqa hech kimda bunday qobiliyat yo‘q..." (Sitseron)
#Nazm
OTAM O‘GITI
Otamning gaplari esimda hamon:
“O‘g‘lim, mayda gapga berma e’tibor!”
Qachon shu o‘gitga bo‘ysunsam omon,
Bo‘ysunmasam nolon qolganlarim bor.
Bolam, derdi otam, borma uzoqqa,
Ibrat ol oddiy bir toqqa tikilib.
Birgina tosh kelib urilsa toqqa,
Javob bersa, tamom – tugar to‘kilib.
Nimayam der edim, shugina so‘zim,
Tushundim bu tuyg‘u ko‘p yurakka yot.
Katta gaplaringni qiloldim hazm,
Mayda gaplaringdan charchadim, hayot!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona