e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54086

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

🌐 Mumtoz adabiyot durdonalari
📓 O‘zbek mumtoz adabiyoti 
🗂 3-to‘plam
⚖ 90,4 MB
🔎 RAR {PDF}

To‘plam tarkibi:

• Sakkokiy. Tanlangan asarlar

• Sayfi Saroyi. Gulistoni bit-turkiy

• Sayfi Saroyi. She'rlar. Guliston

• Sayid Ahmad. Taashshuqnoma

• Sayyid Qosimiy. Haqiqatnoma

• Sayyid Qosimiy. Sadoqatnoma

• Shermuhammad Munis. Savodi ta'lim

• Shermuhammad Munis. Saylanma

• Shohg'arib Mirzo. Devon

• Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor

• Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar (1998)

• So'fi Olloyor. Sabotul ojizin

• So'fi Olloyor. Sabotul-ojizin

• Sulaymon Boqirg'oniy. Boqirg'on kitobi

• Tolib Tolibiy. Murattabnoma

• Uch shoira. Uvaysiy, Mahzuna, Nodira (1958)

• Uvaysiy she'riyatidan

• Uvaysiy. Devon

• Uvaysiy. Mazmun ma'dani

• Xo'janazar Huvaydo. Rohati dil

• Xo'jandiy. Latofatnoma

• Xojanazar Huvaydo. Devon

• Xorazmiy. Muhabbatnoma

• Yaqiniy. O'q va yoy

• Yenisey bitiglari

• Yusuf Amiriy. Chog'ir va bang

• Yusuf Amiriy. Dahnoma

• Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar

• Zavqiy. Ajab zamona

• Zavqiy. Tanlangan she'rlar

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘zlarning asliyatidan saboqlar

AQL

«Qalb bilan ishlarni anglash, idrok qilish quvvatiga aql deyiladi».


«Qalb — aqlning joyi, ko‘chib yuradigan makoni va ishlarining ilk harakat nuqtasidir».


- Abu Homid G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"1984" kitobi o‘zbek tilida nashrdan chiqqaniga bugun 6 yil to‘libdi.

Jahon badiiy adabiyoti tarixidagi kam sonli fenomenal asarlardan biri. So‘nggi olti yil ichida o‘zbek tiliga ko‘plab badiiy adabiyotlar tarjima qilindi. Ammo, ularning ichida muntazam o‘qilayotgani, dolzarblikdan tushmayotganlari juda oz.

Har xil tanlovlarga, imtihonlarga va o‘quv dasturlariga majburiy o‘qish uchun kiritilmasa ham o‘qiyveriladigan, muntazam muhokama qilinaveriladigan sanoqli asarlardan biri.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Mumtoz adabiyot durdonalari
📓 O‘zbek mumtoz adabiyoti 
🗂 2-to‘plam
⚖ 138,8 MB
🔎 RAR {PDF}

To‘plam tarkibi:

• Komil Xorazmiy. Devon

• Komil Xorazmiy. Tanlangan asarlar

• Komron Mirzo. Devon

• Lutfiy. Gul va Navro'z

• Lutfiy. Sensan sevarim (Devon)

• Lutfiy. Tanlangan asarlar

• Mavlono Xarobotiy. Kulliyot

• Maxmur. Tanlangan asarlar

• Miriy. Tanlangan asarlar

• Muhammad Rahimxon Feruz. Elga shohu ishqqa qul

• Muhammad Rahimxon Feruz. Ne bo'ldi yorim kelmadi

• Muhammad Solih. Shayboniynoma

• Muhammadrizo Ogahiy.
- Asarlar. 2-jild. Devon
- Asarlar. 3-jild. Ijodiy tarjimalar
- Asarlar. 4-jild. Badiiy tarjimalar
- Asarlar. 5-jild. Tarixiy asarlar
- Asarlar. 6-jild

• Mujrim Obid. Ruboiy va qit'alar

• Nishotiy. Boz va bulbul

• Nishotiy. Husn va Dil (doston)

• Nishotiy. Lirika

• Nodim Namangoniy. Tanlangan she'rlar

• Nojiy. Ummon

• O'rxun bitiglari

• Ogahiy, Munis. Firdavs ul-iqbol

• Ogahiy. Asarlar. 1-jild. Devon

• Qul Ubaydiy. Vafo qilsang

• Qutb Xorazmiy. Xusrav va Shirin

• Rojiy Marg'inoniy. Hayrat-ul inson

• Rojiy Xorazmiy. Jamoling gulshanining bulbuliman

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘zlarning asliyatidan saboqlar

Ilm va ma'rifat orasidagi farq

"Ilm — olovni ko‘rmoq. Ma'rifat — olovda isinmoqdir"


- Abu Homid G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

☝️ Rasmda keksa kishi qo‘ylarini g‘ildirakli qo‘ra ichida olib ketyapti. Buni ko‘rgan ba’zilar otaxonning aqli joyidamas, u noodatiy ish qilibdi deb o‘ylashibdi.

Ba’zilar otaxonni keragidan ortiq ehtiyotkor, qo‘ylarini o‘g‘ri olib ketishidan saqlamoqchi deb o‘ylashibdi.

Ba’zilar otaxonni qo‘ylari yo‘lda xatarga uchrashidan qattiq qo‘rqib, vasvasaga uchrabdi shekilli deb o‘ylashibdi.

Yo‘lovchilardan bittasi otaxondan nega bunday qilganining sababini so‘raganda, keksa otaxon hech kim kutmagan javobni berdi:

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

ANGLAMOQ

Hijron darvozasi abadan ochiq,
Do‘stimga aylandi qayg‘uli qo‘shiq.
Senga munosib yor, munosib oshiq
Bo‘lolmasligimni bilib qoldim men.

Ergasigayoqmi yo indiniga
Seni eslayverdim... yo tavba, nega?
Yuzib qotib ketgan toshdek, chiniga
Kulolmasligimni bilib qoldim men.

Bulutga yo‘l oldim sekin, chopmasdan,
Jazira quyoshga ko‘zim yopmasdan...
O‘yladim, hasrato, seni topmasdan
O‘lolmasligimni bilib qoldim men.

Jiddiy olmayapsan ammo so‘zimni,
Ko‘rging yo‘q jizg‘anak bo‘lgan yuzimni.
Sensiz seni tugul, hatto o‘zimni
Bilolmasligimni bilib qoldim men.

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
📓 O‘verton tuynugi
✍ Dimitriy Dyomushkin
⚙ Maqola

Yangicha dunyo tartiboti


Kechagina nomaqbul bo‘lgan narsani bugun jamiyat o‘zi ham sezmagan holda qanday qilib muhokama qila boshladi? Keyin uni qanday qilib o‘rinli deb hisoblab qoldi? Va nihoyat, yaqinlargacha hatto xayolga keltirib bo‘lmaydigan ishlarni himoya ostiga olgan yangi qonunga qanday qilib ko‘nib qo‘yaqoldi?


Butun boshli qit’alarni bo‘ysundirish va xalqlarni yo‘q qilish uchun bugun katta qo‘shin yo kuchli qurol-yarog‘ga hojat qolmadi. Aholiga yoppasiga mafkuraviy ta’sir o‘tkazilsa, bo‘ldi. Jinsining va jinsiy moyilligining tayini yo‘q, erkaklikdan va axloqiy negizdan kesilgan qullar nasli yetishtirilsa, yetadi. Vatanparvarlikni suymaydigan, faqat o‘zini o‘ylaydigan, ota-bobolaridan, umuman o‘tgan ajdodlaridan aloqasini uzgan millat yetishtirilsa, bas.
Odob va axloq qanday buziladi? Jamiyatni va kishilar ongini kim boshqarib-o‘ynatyapti? Nimaga yaqin-yaqinlargacha ayb sanaladigan va qoralanadigan ishlar bugun ayb bo‘lmay qoldi? Ularni inkor etgan kishi nega bugun qoloq, buzg‘unchi va hatto jinoyatchi sanalyapti? Qanday qilib k*lar deyiladigan, ularning iflos ishlari esa, qonun va nizomlar bilan himoyalanadigan bo‘lib qoldi?
Bu ishlarning texnologiyasi juda oddiy. Hozir qo‘limizdan kelganicha buning sirini ochishga harakat qilamiz.
Bu ishda bizga “O‘verto‘n tuynugi” yordam beradi. Bu haqida eshitgan bormi?


Bizda axir so‘z erkinligi bor! Nimaga endi odamxo‘rlik masalasini muhokama qilib bo‘lmas ekan? Olimlar hamma narsa haqida hamma gapni gapirishga haqli emasmi! Ilm uchun taqiqlangan mavzuning o‘zi yo‘q. Olimlar hamma narsa va hodisani bemalol o‘rganishlari kerak, axir!


O‘verto‘n tuynugining birinchi harakati natijasi: ilgari yopiq bo‘lgan mavzu muomalaga kiritildi, taqiq qo‘rg‘oni buzildi, masala haqidagi eskicha qarashga putur yetkazildi – bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish so‘qmog‘i ochildi!


Keyingi qadam – Tuynuk yana ilgarilaydi va odamxo‘rlik mavzusi keskinlik tokchasidan olinib ehtimollik tokchasiga qo‘yiladi. Bu bosqichda “mutaxassis olimlar” fikridan iqtiboslar keltirishda davom etiladi. Axir, bilimdan yuz o‘girib bo‘ladimi! Mayli, u odamxo‘rlik haqida bo‘lsa ham!


Diqqat! Nom yaratish juda muhim ish! Ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan g‘oyani ochiqlikka chiqarish uchun uning asl nomini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Yangi nom to‘qib chiqarishdan maqsad masalaning mohiyatini asl o‘zanidan burib yuborish, so‘z shaklini uning ma’nosidan ajratish, mafkuraviy raqiblarni miq eta olmaydigan qilib qo‘yishdir.


Nurulloh Muhammad Raufxon tarjimasi

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ibn Aqiyl umrining biror soatini zoye qilmasdi

Ibn Aqiyl shunday degan: «Umrimning biror soatini zoye qilish men uchun halol bo‘lmaydi. Hatto qachon tilim muzokara yo munozaradan bo‘shasa, ko‘zlarim mutolaadan charchasa, dam olib yotgan holatimda ham fikrimni o‘z holiga qo‘ymadim. Qachon o‘rnimdan tursam, yozganlarim ko‘nglimga kelardi. Sakson yoshimdagi ilmga nisbatan harisligim yigirma yoshimdagidan ko‘ra kuchliroq ekanini his etganman».

Ibn Aqiylning vaqtdan yutish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlagani
Men bor kuchim bilan ovqatlanishga ketadigan vaqtni kamaytirishga urinaman. Hatto mutolaa, yo biror foydali narsani yozib qo‘yishga ko‘proq vaqt ajratish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlayman. Chunki bular orasida chaynashda farq bor. Zero, vaqt oqillar nazdida hosil qilinadigan narsalarning eng buyugi ekani ulamolar ijmosi bilan sobit bo‘lgan. Ha, vaqt har bir daqiqasidan foydalanib qolinadigan g‘animatdir. Bandaning zimmasida majburiyatlar ko‘p, vaqti esa qisqadir.

Shayx Ibn Javziy shunday degan: «Imom Ibn Aqiyl doimo ilm bilan mashg‘ul edi. U juda aqlli bo‘lib, ilmning ko‘pchilikka noaniq va nozik joylari xususida bahs qilardi. «Funun» deb nomlangan kitobida qalb kechinmalari va boshidan o‘tgan voqealarni jamlab yozgan».

- «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tildan_saboqlar

Hamza Hakimzoda Niyoziy Xo‘jaelidan yaqin do‘sti Bo‘ronboyga 1922-yil 18-sentabir sanasi bilan yozgan bir xatida "ag‘lamoq" (yig‘lamoq) so‘zini ikki marta qo‘llaydi:
1) "Qonlar ag‘lasaq-da, ne?" (Qon yig‘laganimizdan nima foyda);
2) "...sizni-da ag‘laturg‘a so‘z beraman".

Xuddi shu xatda "sog‘noq" so‘zini ham ishlatadi:
"Yozuvg‘a yo‘l bermay, ko‘z go‘rkovlarin to‘suqlag‘on ayriliq, sog‘noq yoshlaringiz uchun necha ming yillar o‘pkalar edingiz".

(Misollar Nabijon Boqiyning "Qizil toshbo‘ron" kitobidan {Yangi asr avlodi, 2022, 161-162-betlar} olindi.)

Afsus, "ag‘lamoq" so‘zi ham, "sog‘noq" so‘zi ham tilimizdan chiqib ketgan. Unutildi. Bugun tushunmaymiz hatto.

Ammo turklar bu so‘zlarni juda faol ishlatishadi.
1. "Ag‘lamoq" yig‘lamoq demakdir. Bundan chiqadi, narigi asr boshlarigacha o‘zbek tilida ikkala shakl ham qo‘llangan, keyin bizda faqat "yig‘lamoq" shakli, turklarda "ag‘lamoq" shakli qolgan.
2. "Sog‘noq" so‘ziga kelsak, "tomchilash" ma’nosini beradi. Yomg‘ir rosmana yog‘sa, "yomg‘ir yog‘yapti" deymiz, tomchilay boshlasa, "yomg‘ir tomchilayapti" yoki "yomg‘ir tashlayapti" deymiz. Yomg‘irning mana shu turini bugun turklar "sog‘noq" ("sag‘nak", "sag‘anak") deyishadi. Hamza Hakimzoda xatida ko‘zyoshini tomchilayotgan yomg‘irga o‘xshatgan ya’ni.

Bugun agar kimdir toza turkona bo‘lmish "ag‘lamoq", "sog‘noq" so‘zlarini birdan ishlatib qolsa, yarim tili o‘rischa bo‘lib ketgan bir vatandosh darhol unga nayza o‘qtalmasin, "Turkcha so‘z qo‘llabsizmi?!" deb malomat qilmasin, chunki o‘sha kimdir yaqin zamonlargacha o‘z tilimizda ishlatib kelingan, lekin bugun unutilgan so‘zlarni bizlarga shunchaki eslatishga, qaytadan muomalaga kiritishga urinayotgan bo‘ladi, xolos. Shu.

- Nurulloh Muhammad Raufxon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Sabina Kenjayevaning shaxsiy kanali!

✈️SHAXSIY RIVOJLANISH ISTAGIDA BO‘LGANLAR UCHUN

/channel/+SW0Ip5O1veQ5MjNi

🟥Lifestyle
🔉Ozvuchka darslari
🎁BEPUL kurslar
👍KUN davomida yaxshi kayfiyat
🔽Tekinga tilaklar va tabriklar

• TEKIN, shuning uchun sifatsiz• deb o'ylasangiz, adashasiz! 🎁


🪙  Yarim yil ichida 50 mln daromadga chiqdim 💕va mablag‘imning deyarli yarmini ilmga sarfladim  ✈️! Erishganlarim bunga arziydi va ularni siz bilan ham bo'lishmoqchiman ✈️

Reklama

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Hovuchingda nima yashiringanini aytaymi yoki hovuchingdagi mening kim ekanligimni aytsinmi?"


So‘z qudratini his qiladigan aqllarni dodlatadigan jumlalar turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Aytgan gapiga avval o‘zi amal qilib ibrat ko‘rsatish tarbiyaning ta'sirchan, samarali usulidir".


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘rovnoma

Siz uchun jahon adabiyotidagi eng yaxshi 5 ta kitob qaysi?

27.10.2024

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitob o'qishga vaqtingiz yo'qmi? 🤷‍♂

Unda Raimbaev Elmurod blogiga obuna bo'ling. Bu yerdagi postlar qisqa bo'lsada, ko'p ma'no va qiymatga ega.

Obuna bo'ling 👉 @raimbaev_elmurod

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkum_nashrlar

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

MAVT

Xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik tobeinlardan biri Abu Hozimdan so‘radi:
- Nega biz o‘limni yomon ko‘ramiz?
- Chunki sizlar dunyoni obodonlashtirib, oxiratingizni xarobazorga aylantirdingiz. Kim ham obod yerdan xaroba yerga o‘tgisi kelardi?

- Abu Bakr Dinavariy, "Mujolasa" kitobi, 2/138.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nutqni rivojlantirish uchun 1 kunlik online intensive!

📌 Intensivedagi asosiy mavzu : 

" HAYAJONNI SINDIRISH" .

Bundan tashqari intensiv:
- Nutq orqali insonlarga ta’sir qilish
- Fikrlarni aniq va ravon yetkazish
- 3 yillik notiqlik faoliyatimdagi tesha tegmagan masalahatlar

Intensive so'ngida sizni  maxsus sovg’alar va yangiliklar kutmoqda!

🗓 24-noyabr
⏰ Soat 20:00
📍Notiq Hasanov telegram kanalida
💵 Qatnashish mutlaqo bepul!
 
Hayajoningizni birgalikda sindiramiz!

👉 Ushbu intensivda qatnashish uchun : @notiqhasanov

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Mumtoz adabiyot durdonalari
📓 O‘zbek mumtoz adabiyoti
🗂 1-to‘plam
⚖ 93,8 MB
🔎 RAR {PDF}

To‘plam tarkibi:

• Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (1992)

• Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

• Ahmad Yassaviy. Hikmatlar

• Ahmad Yugnakiy. Hibatul haqoyiq

• Ahmad Yugnakiy. Hibatul haqoyiq (nasriy bayoni)

• Ahmadiy. Sozlar munozarasi

• Amiriy. Devon

• Amoniy Araboniy. Ismidur Obiravon

• Anbar Otin. Devon

• Atoyi. Devon

• Avaz O'tar. Saylanma

• Boborahim Mashrab. Agar oshiqligim aytsam

• Boborahim Mashrab. Mabdayi nur

• Boborahim Mashrab. Mehribonim qaydasan

• Bositxon Shoshiy. Devoni Hariqiy

• Dilshodi Barno. Tanlangan asarlar

• Furqat she'riyatidan (1980)

• Furqat. Ishqingda kuyib jono (2021)

• Furqat. Muhabbat yo'lida

• Furqat. Tanlangan asarlar

• Gadoiy. Devon

• Gulxaniy. Zarbulmasal

• Gulxaniy. Zarbulmasal va g'azallar

• Haydar Xorazmiy. Gulshanul asror

• Haziniy. Devon

• Haziniy. Tasadduq yo Rasululloh

• Hofiz Xorazmiy she'riyatidan

• Hofiz Xorazmiy. Devon. 1-kitob

• Hofiz Xorazmiy. Devon. 2-kitob

• Husayn Boyqaro. Jamolingdin ko'zum ravshan

• Husayn Boyqaro. Risola

• Irq bitigi (ta'birnoma)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Yaxshi loyiha (bo‘lgan ekan)


O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida joylashgan “Navro‘z” qabullar uyi o‘rnida 1,5 mln kitob fondiga ega "ulkan kutubxona" quriladi

Loyihaga ko‘ra, bu yerda 3 qavatli kutubxona qurilib, atrofida yashil hudud barpo etiladi.
• Binoning 1-qavatida san’at va axborot texnologiyalari,
2-qavatda tarix, filologiya va dinga taalluqli,
3-qavatda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi.

Ushbu kutubxona adabiyot, ilm-fan va san’atning turli yo‘nalishlariga oid bosma va elektron nashrlar, elektron hujjatlar, jami 1,5 milliondan ortiq kitoblar fondini qamrab oladi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘zlarning asliyatidan saboqlar

"Farosat Allohga yaqinlik qo‘lga kiritilgandan so‘ng bo‘lur"


- Abu Homid G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Fahm ilmidan saboqlar" turkumidan


Zuhd va tarkidunyo

   Zuhd (zohidlik) bilan tarkidunyo (asceticism, asketizm) o‘rtasidagi farqni ba’zilar anglamaydilar. Kofirlar va ba’zi islomiy toifalar chaqiradigan "tarkidunyo" qashshoqlik o‘zini xor qilish va bechora ojiz mo‘min bo‘lib yashashga asoslangan bo‘lsa, uning muqobilida islom kishilarni chaqiradigan "zuhd" boy yoki kambag‘al bo‘lishingizga qaramay, dunyoning pashsha qanotidek qadri yo‘q ekanini anglab, Oxirat uchun yashashingizdir. Binobarin, islom kishilarni kambag‘allikka chorlamaydi. Aksincha, kuchli mo‘min kuchsizdan, beruvchi qo‘l oluvchidan yaxshiroq ekanini ta’kidlaydi. Shuning uchun Imom Abu Hanifaning shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Ash Shayboniydan "Zuhd kitobini qachon yozasiz?" deb so‘raganlarida, "Savdo kitobini yozib qo‘yibman-ku," deb javob bergan ekanlar. 

- Mahmud Usmon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Foydani kam qo‘yish va savdoni ko‘p qilish salaflarning odati edi.


- Imom G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Ey_qizim

Shayx Ali Tantoviy, «Ey qizim» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Jaholatning yagona qo'rquvi ayoldir. Chunki ayol o'rgansa, farzandlariga ham o'rgatadi. Shunday ekan, ayolga ilm berish jamiyatga ilm berishdir!


Jamiyatning darajasi ayollarning ilmiga qarab belgilanadi. Negaki, johila ayol hech qachon yaxshi insonni tarbiya qila olmaydi.


Ayol kulgan kulba, ayol yig‘lagan qasrdan yaxshiroqdir.


Hamma ayollar ochilib ketganda ham, erkak ko‘zini haromdan tiyishi shart.


Hamma erkaklarning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lganda ham, ayollar satrda bo‘lishi shart.


Iffatli ayolning yukini, vijdonli erkaklargina ko‘tara oladi.


Xalqaro tashkilotlar og'iz ko'pirtirib jar solgan chinakam e'zozlash esa, faqat islom dinida mavjud. Chunki musulmonlar qonun nazorat qilolmaydigan, faqat Allohgina ko'rib tura oladigan uyning ichida ham ayollorga zulm qilishdan saqlanadilar.


Ayollarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi. Ularni faqat hayo ajratib turadi.


Dunyoning yarimi ayollar, qolgan yarmi esa ularning tarbiyalanuvchisidir.


Ostona xatlab uydan ko‘chaga chiqar ekansiz, yo‘lda ikki tur ayolga duch kelasiz.

Biri: Misr podshohining xotini (Zulayho)dek dardga mubtalo bo‘lgan: bezangan, yasangan, muattar ayol.
Ya’ni o‘ziga atir sepib, atrofga yoqimli hid taratayotgan xushbo‘y ayol.
Uning zaboni go‘yo: “Beri kel, kela qol”, deb yosh-u qarini o‘ziga jalb etadi.

Ikkinchi tur ayollar esa: o‘rangan, yopingan, mastura ayollar.
Biroq ularni vaziyat o‘z yumushlarini bajarish uchun ko‘chaga chiqishga majbur qilgan.

Ularning zaboni (Qur’on hikoya qilgan ikki qiz kabi): “Biz to cho‘ponlar o‘z podasini sug‘orib bo‘lmaguncha, o‘z chorvamizni sug‘ora olmaymiz. Otamiz keksa chol”, der edi.  


Kimda bir dona qiz bo'lsa, oila daftariga o'n o'g'lim bor, deb yozib qo'ysin. Men so'zimga javob beraman!


Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz.


Haqiqiy hayo — Alloh seni man qilingan narsalar ustida topmasligidir.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Chayon yili"
✍ Uchqun Nazarov
⚙ Roman
⚖ 10,3 MB
🔎 PDF
📄 240 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Sof adabiy tilda so‘zlashish

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Liberal mahmadonalar

"Har bir kishi yuksak aqidalarga tayangandagina kuchli bo‘ladi”.

  
Chexov hech qachon shaxsiy axloqni ijtimoiy axloqdan ajratib qaragan emas. Shaxsiy hayotda baxtsiz bo‘lgan odamlar Chexovning e’tiqodiga ko‘ra, ijtimoiy adolat uchun otashin kurashchi bo‘la olmaydilar.
Shu tufayli u liberal mahmadonalarning restoranlarda o‘tirib, mast holda xalqqa nisbatan otashin muhabbat haqida nutq so‘zlashlaridan qattiq nafratlanar edi.
Chexov o‘z kundaligiga shunday yozadi:
“Tushlik paytida sharob ichib valdirashadi, xalq ongini oshirish, vijdon, erkinlik va hokazolar haqida gap sotishadi, stol atrofida esa frak kiygan kechagi krepostnoy qullar xizmat qilishadi, kucherlar sovuqda qotib ko‘chada ularni kutib o‘tirishadi − shuning o‘zi Haqqa xiyonat emasmi?


Umumrossiyaga xos yolg‘on hammadan ko‘ra qora xalq ongiga chuqur singib ketgan edi. Shunday bo‘lsa ham jaholat va nodonlik ichida qolgan ana shu yagona ijtimoiy kuch, Chexovning nazarida, haqiqatga intiluvchi va unga teran sadoqat saqlovchi odamlar sifatida gavdalanadi.

- Korney Chukovskiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Fahm ilmidan saboqlar" turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Jo‘nash vaqti yaqin, umrdan oz qoldi, xalq esa bundan g‘ofil".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel