«Inson kitob o‘qisa aqli ziyoda bo‘ladi, lekin inson o‘zini o‘qiy boshlasa donoligi ziyoda bo‘ladi».
🔥 Azizlarim, yangi loyiha boshladik: quyidagi guruhga kiring va istalgan kitobni yozing. Biz sizga soniyalar ichida topib beramiz. Hammasi bepul. Ushbu guruhda:
Ingliz tili kitoblari;
Badiiy asarlar;
Bestseller kitoblar;
Hozirgi trenddagi kitoblarni BEPULGA topa olasiz!
Kiring va kitob nomini yozing!
👉 @Kitob_ulashamiz
👉 @Kitob_ulashamiz
👉 @Kitob_ulashamiz
#Fitrat
Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
Eng yaxshi nasihat go‘zal o‘rnak bo‘lmoqdir.
Erkinlik hayot uchun zarurdir. Erkinlik, inson rivojlanishining ajralmas bir qismidir. Agar bizda erkinlik bo‘lmasa, adolatni ham, tenglikni ham kuta olmaymiz. Adolat va tenglik erkinlikka erishgandan keyingina amalga oshadi.
Muammolaringni ularni hal qilolmaydiganlar bilan muhokama qilma.
Qachonki «men» «biz» bilan almashtirilganda kasallik yaxshilikka aylanadi. Biz umumiy dushmanimiz borligini anglaganimizdagina birlasha olamiz.
Agar yaxshilar jim turmaganda yomonlar yomonlik qilmasdi.
Kechagi qul to qullik zehniyatidan qutulmagunicha aslo mustaqil bo‘la olmaydi. Bo‘lsa, muztarqul bo‘ladi.
Uning boshi donishmand boshlardan emas, ammo barcha mamlakat siyosatdonlari kabi nonning qaysi tomoniga saryog‘ surkalganini bilish payida yuradi...
Hech narsa uchun turmaydigan odam hamma narsa uchun yiqiladi.
Tinchlikni erkinlikdan, erkinlikni tinchlikdan ajratib bo‘lmaydi.
Islom dini to‘g‘ri yo‘lda yurishni istagan odamning axloqini yuksaltiradi.
Bir yerdagi adolatsizlik har, yerdagi tahdiddir!
Kuch ta'zim qiladigan yagona narsa bu — kuch!
Ozodlik unga yozish yoki chizish bilan emas, balki kurashish orqali erishiladi.
Kimdir sizga qarshi chiqqanida, ikkinchisi go‘yo siz tomonda bo‘lgandek ish tutadi, aslida hech kim siz tomon emasdi.
Biz o‘tirgan joyini o‘ziniki deb bilgan, yoshi o‘tib qolgan siyosatchilardan charchadik.
Agar davlat bu gaplarimni noto‘g‘ri deb hisoblaydigan bo‘lsa, u holda o‘z burchini to‘g‘ri bajarsin.
#TAZOD
O‘LGAN OT TEORIYASI
• Bir alkash bizning millatni «it» deb haqorat qiladi!
• O‘zbek sigmentimizning bir bo‘lagi esa bu mavzuda gapirmaganni «it» deya boshlaydi!
• Yana bir bo‘lagi bu haqda gapirmaganni «it» demaganni «it» deydi.
• Alkash bir chetda qolib, asosiy janjal o‘zaro bo‘lib ketadi.
• Bir-birlarini o‘sha alkashning haqoratidan ham oshirib haqorat qilishadi.
• O‘z millatdoshini haqorat qilib o‘tirgan guruh o‘sha alkashning asl maqsadini vatanparvar niqobi ostida amalga oshirayotgan bo‘ladi xolos!
• Bular millat bo‘lolmagan johil olomon!
• Millat shakllanishi ziyoli xalqni tarbiya qilish bilan bo‘ladi.
• Bu guruh bor ekan fitna har zamon olovlana oladi.
• Shoir balki shu to‘daga qarata aytgan edi:
Qachon xalq bo‘lasan, ey sen olomon!
©️ Abror Muxtor Aliy
📚 @e_kutubxona
😱 Fotih Dumanning deyarli barcha kitoblari endi PDF shaklda!
Botga kirib, shunchaki, Fotih Duman deb yozing.
Va yana TRENDDAGI barcha kitoblarni ham topish mumkin!
(Qalb iffati, Men Robiya, Yo nasib, Ohing Allohga omonat, Moʻyna matoli Madonna, Imomning maneken qizi, Iskanja, Bir olima qiz bor edi)
🤭 ADMIN OʻCHIRMASIDAN TEZDA ULANIB OLING:👇👇👇
#Ziyolilar
Bugungi ziyolilar kim? Dostoyevskiyni o‘qimasdan ziyoli bo‘lish mukinmi? Pushkinnichi? Ehtimol, "Kichkina shahzoda"ni o‘qimaganlarni yosh ziyolilar qatoriga qo‘shishmas?!
Balkim, ziyoli Abdulla Qodiriyning asarlarini to‘liq bilgan odamdir? Ehtimol, ziyoli jadidlar haqida tadqiqot qilib, doktorlik darajasini olgan odamdir? Shumi ziyoli?!
"Xix, kutubxonaga Lermontovni qidirib kirsam, turk adabiyotini olib tashlashibdi", deyish ziyolilikmi?!
Aslida, ziyoli degani nurli deganidir. Nurli odam o‘zidan nur tarqatadi, boshqalar esa o‘sha nurdan foydalanadi. Bu huddi sirotdan o‘tayotganda orqadagilar "nuringizdan bizga ham bering" deb so‘ralganidek, o‘ziga ham boshqalarga ham manfaat keltiradigan nur bo‘ladi.
Barcha fanlarning otasi, birinchi muallim unvoniga ega bo‘lgan yunon mutafakkiri Arastu ziyolimi? O‘z davri uchun ha, lekin bugun uchun yo‘q. Nimaga? Chunki uning ziyosi bugunni yoritolmaydi. Xuddi o‘ninchi asrni ham yoritolmagandek.
O‘shanda nima bo‘ldi? Oramizdan Forobiy chiqib, Arastuning fikrlarini zamonasiga moslab berdi. Uning fikrlaridagi hikmatni topib, o‘zining falsafasi bilan sayqallab, o‘z davridagi eng ilg‘or g‘oyalarni ilgari surdi. Shuning uchun ham, u Arastudan keyingi Ikkinchi muallim unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bugun Forobiyning asarlarini ming martta o‘qigan ziyolimi? Yo‘q, bugun uning asarini o‘qigan inson xuddi Ibn Sino Arastuning asarini o‘qib tushunmaganidek, qirq marta o‘qisa ham darrov tushunmaydi. Bugungi ziyoli, xuddi Forobiy qilganidek, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Xoldun, Ibn Rushd, Ibn Arabi, Ibn Tufayl, Kindi kabi sharq allomalarining asarlarini o‘qib, undagi hikmatni bugungi kun haqiqatlari bilan sayqallab, bugungi kun o‘quvchisining qalbiga yetkazib berolgan kishidir.
Ming kitob o‘qiganing bilan undan jamiyatga manfaat chiqarib bermasang, ilmli bo‘lasan, ziyoli emas. O‘sha ilmga amal qilsang qilding, agar qilmasang, kitob ortilgan eshak bo‘lasan, ilmli emas. Garchi u kitoblar Lermontovniki bo‘lsa ham.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
Inson o‘zi olgan ilk ma’lumotlar ta’siridan chiqishi qiyin.
#Kitobdan
"Navoiyni tushinish uchun, Navoiy bilgan va foydalangan bilimlarni, ya'ni Qur'on, Sunnat, shari'at, tariqat, tasavvuf va boshqa ilmlarni bilish, o'rganish kerak bo'ladi. O'rganganda ham, asl manbalardan o'rganish darkor. Buning uchun, albatta, o'sha davr Islom olamida, ilmiy muomalada bo'lgan tillarni yaxshi o'zlashtirib, manbaalarni begonalarning tarjima yoki tavsiflari asosida emas, asl holatida o'rganish talab qilinadi. Binobarin, navoiyshunos bo'lishni istagan kishi avvalo islom olimi, tasavvuf bilimdoni bo'lishi, bu ilmlarni bilibgina qolmay, ularni o'z hayotida tatbiq etib, zikr qilingan darajalarni shaxsan o'zi bosib o'tishga intilishi lozim. Shundagina u Navoiyni to'la tushuna oladi, u kishini shaxsiyatini to'g'ri anglab, so'zlarini teran his qila oladi".
- "Navoiydan chu topqaylar navoe" asaridan
📚 @e_kutubxona
Adabiyotni, mutolaani qadrlaydiganlar va sevadiganlar uchun...
Ps:) Siz dastgirmisiz? Shunday bo'lsa safimizga qo'shiling! 🔑
❤ Dastgir - o'zingni angla!
t.me/dastgir_me
Salkam uch yil avval e'lon qilingan ro‘yxatdan o‘zbek tilida nashr etilganlari 50 foizdan oshibdi.
Kechadan "Muqaddima" ham o‘zbek o‘qirmanlarining kitob javonlaridan joy ola boshlabdi.
📚 @e_kutubxona
#Hikoya #Drabbl
✍ Larisa Kerklend. Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko‘ylagim bor edi, hozir esa… aksi.
📚 @e_kutubxona
Yil rejalari
Mavzu: «2025-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim»
2025-yilda kitob mutolaasi bo‘yicha qanday rejalaringiz bor va joriy yilda o‘qishni maqsad qilgan asosiy 5 ta kitobingiz qaysilar bo‘ladi?
📚 @e_kutubxona
Audiokitoblar:
🎧 Alvido, Vatan!
🎧 Asrga tatigulik kun
🎧 Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi
🎧 Don Kixot
🎧 Kichkina shahzoda
🎧 Otamdan qolgan dalalar
🎧 Ot kishnagan oqshom
🎧 Oxirzamon nishonalari
🎧 Payg‘ambarlar tarixi
🎧 Qiyomat
🎧 Tarixi Muhammadiy
🎧 Turkiston qayg‘usi
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Qayrilgan qanotlar"
✍ Jubron Xalil Jubron
⚙ Qissa
⚖ 0,5 MB
📄 38 sahifa
«Xudo qalb go‘zalligiga qo‘shib qomat go‘zalligi bilan ham yorlaqagan ayol — ham oshkora, ham jumboqdir. Uning haqiqati shu ayolga mehr-muhabbat bilan qaragan odamgagina oshkora ko‘rinadi. Lekin uni so‘z bilan ta’riflashga oshiquvchilarga tuman ichra yashirindir».
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Og‘riqni kuchliroq og‘riq unuttiradi.
Qayg‘uni undan ulkanrog‘i davolaydi. Hazratim Alisher Navoiy aytganlaridek: “Gʻam yo‘qlig‘i asru g‘amdur”.
Insonni nasihat va ibratlar emas, og‘riq va qayg‘ular ulg‘aytiradi. Musibat singari bir murabbiy bormi yaratiqlar olamida?!
Hayotimizdagi zulm katta zulm gulxanidan bir uchqun, xolos. Eng katta zulm bizga o‘zgalar emas, o‘zimiz qilgan zulmdir. Inson o‘ziga o‘zi zulm qilmaguncha odamlardan zulm ko‘rmaydi. Ilohiy rahmat ilohiy g‘azabdan ustundir. O‘zimiz uchun zulm gulxanini yoqdik, Alloh uning bir uchqunini vujudimizga tegishi uchun izn berdi. Biz bu uchqunda olam kuyib ketgandek faryod qildik. Uchqunning tegishi ogoh bo‘lmog‘imiz uchundir. Zulm gulxani esa bizdan avval jahannamga borib turadi. Nauzubillah!
Insonning o‘ziga zulmi ilohiy hadlarni buzish va ilohiy qaytariqlardan qaytmaslik bilan boshlanadi.
Inson bu zulmga shu qadar chuqur sho‘ng‘iydiki, zulm va azobni idrok qilishdan mahrum bo‘ladi.
Farazan chetdan kelgan zulm, og‘riq insonni sergak torttiradi. Uyg‘otadi. Inson boshiga kelayotgan zulm va og‘riqlarni tekshira-tekshira silsilaning ilk halqasi o‘ziga — niyat va amallariga qadalganini ko‘rganda lol qoladi va eng katta Gʻamga uchraganini anglaydi. Va qolgan barcha anduhlar kichrayib ketadi. Shu qadarki, tilga olish tugul, nazar solishga loyiq topmaydi.
- Akrom MALIK
📚 @e_kutubxona
"...Tom ustida maysalar o‘sgan
Uyimizni sog‘indim, ona..."
🎯 Yanvar oyida mutlaqo BEPUL jonli geometriya darslari davom etmoqda!
Siz ham 0 dan DTMga tayyorlanishni istaysizmi? Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Hozirgacha kanalimizda o'tilgan darslar✅
👉 1-dars videosi (1-qism)
👉 1-dars videosi (2-qism)
👉 2-dars videosi
👉 3-dars videosi
👉 4-dars videosi (1-qism)
👉 4-dars videosi (2-qism)
👉 5-dars videosi (1-qism)
👉 5-dars videosi (2-qism)
👉 6-dars videosi
👉 7-dars videosi (1-qism)
👉 7-dars videosi (2-qism)
Judayam kerakli mavzu:
👉 Trigonometriya
Darslarimizda qatnasha olmaganlar yoki esidan chiqib qolganlar ko'rib olishingiz mumkin♻️
⏳ Joylar cheklangan!
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va bilimlaringizni oshiring!
📥 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:/channel/abdixakimov_math
✅ Murojaat uchun: ADMINGA YOZISH
Bizga olimlarimizni faqat komunistlar tanitmagan. Balki kimlargadir aynan ular tanitgandir.
#Qayrilgan_qanotlar
"Hozirgi kunda nikoh – yigitlar va qizlarning otalari o‘rtasida tuziladigan kulgini qo‘zg‘atuvchi va alamdan yig‘latuvchi bitimdir. Birinchilar, ya’ni yigitlar, bu bitimda yutib chiqadilar, ikkinchilar, ya’ni otalar, hamisha yutqizadilar. Qizlarni esa bir buyum-mol singari bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga beradi; shu bilan ular bor quvonchidan mahrum bo‘ladilar, ularning qismati eski jihoz singari uylarning qorong‘i burchaklarida ohista so‘nish bo‘lib qoladi.
Hozirgi tamaddun ayolning aqlini biroz oshirdi, lekin uning azoblarini ham ko‘paytirdi, erkakning hirs-mayllari uchun yanada kengroq yo‘l ochib berdi. Kechagina u baxtiyor cho‘ri edi, bugun baxtsiz bekaga aylandi. Kechagina u ko‘r, kunduzi yorug‘da yurardi, bugun esa ko‘zi ochiq tun qorong‘isida yurmoqda. U o‘zining nodonligi bilan go‘zal, soddaligi bilan mehribon, ojizligi bilan kuchli edi. Endi bo‘lsa o‘zining nazokati bilan badbashara, dunyoqarashida yuzaki, xatti-harakatlarida rejali bo‘lib qoldi. Ayolda go‘zallik va oqilalik, nazokat va mehribonlik, tana ojizligi bilan qalb quvvati mutanosibligi uyg‘unlashadigan kun kelarmikin? Men ma’naviy ravnaq — insoniyat yo‘li deb hisoblayman. Kamolotga yaqinlashuv asta-sekin bo‘ladigan, lekin muqarrar jarayondir. Agar ayol bir sohada oldinga siljisa-yu, boshqa sohada orqada qolsa, bu shuning uchunki, tog‘ cho‘qqisiga olib boruvchi tik qiyalikda qaroqchilar pistirmasi va bo‘rilar g‘ori ham uchrab turadi. Bu ko‘tarilish – uyg‘onish oldidan mudrab qolishday bir gap; o‘tgan avlodlar xoki bu yerda kelajak urug‘lari bilan qorishib ketganidadir. Ajoyib shijoat va mayl tug‘diradigan bu ko‘tarilishda qariyb hamma shaharda ayolni – kelajak qizi ramzini uchratish mumkin. Bayrutda shunday ramz Salma Karamiy edi; biroq u dunyoga ancha barvaqt kelgan ko‘plab qizlardan biri sifatida o‘z davrining qurboni bo‘ldi."
- Jubron Xalil Jubron, "Qayrilgan qanotlar"
📚 @e_kutubxona
#Tildan_saboqlar
Afsus, go‘zal o‘zbekchamiz ko‘zimiz o‘ngida kundan-kunga mustaqilligini boy berib boryapti. So‘zlik ma’nosida ham, ifoda xosligi ma’nosida ham.
Bugun ko‘cha (olomon) o‘zbekcha gapirayotib ham ko‘p o‘rinlarda xayoliga birinchi bo‘lib o‘rischa so‘z yoki o‘rischa ifoda keladi va shosha-pisha (pala-partish) tarjima etib gapiraveradi yoki shundog‘icha o‘rischalab qo‘yaqoladi.
"Кухня", спалний", "детский", "коридор", "гостиница", "пол", "потолок", "краска", "лестница" — bunaqa bosqinchi so‘zlarni sanab oxiriga yetish qiyin. Holbuki, deyarli hammasining o‘zbekchasi bor: "oshxona", "yotoqxona", "bolalar xonasi", "yo‘lak" yoki "dahliz", "mehmonxona", "ship", "bo‘yoq", "zina", "shoti", "narvon"!!!
Bular so‘zlikdagi buzilishlarga misol. Ifoda yo‘sinida ahvol bundan battar. "O‘yin boshlandi" demaydi, tarjima tilda "o‘yin start oldi" deydi. "Boshladi" yo "boshlatdi" demaydi, tarjima tilda "start berdi" deydi. "To‘p tepildi" demaydi, yasama va tarjima tilda "zarba amalga oshirildi" deydi. Va hokazo.
Ikki fojia qarshisida turibmiz:
1. Chetdan so‘zlar pala-partish kiritilib tilimiz kambag‘allashib va buzilib ketyapti;
2. O‘zbekona tabiiy ifoda yo‘qolib, o‘rnini yasama va tarjima ifoda bosib ketyapti.
Men to‘rtta-beshta misol keltirdim, aslida bunaqa misol minglabdir, balki o‘nminglabdir.
Gapirayotganda ham, yozayotganda ham sal e’tiborli bo‘laylik, azizlar. Ozgina ham milliy hamiyat, milliy or-nomus, milliy g‘urur qolmadimi bizda?!
- Nurulloh Muhammad Raufxon
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Muqaddima
Bir qiziq tarixiy davr haqida oʻylasam javobini topa olmayman. Oʻrta asrlardagi (8-15 asrlar) musulmon dunyosida juda koʻp muhim olimlar yetishib chiqqan, biz yaxshi biladigan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar kabi. Oʻsha davrdagi aksariyat olimlar tabiiy fanlar, masalan matematika, fizika, jugʻrofiya, tibbiyot bilan shugʻulanishgan. Lekin ijtimoiy fanlarda izlanish olib borgan olimlar kam boʻlgan.
Aslida, Yunoniston va keyinchalik Rum faylasuflari ham ijtimoiy fanlar, ham tabiiy fanlar bilan teng shugʻulanishgan, deylik Aristotelni ham psixolog ham fizik desa ham boʻladi. Tarixchilar musulmon olimlarini Yunoniston faylasuflari davomchilari, fandagi merosxoʻrlari boʻlishgan deyishadi, chunki Yevropada, renesansgacha fan bilan hech kim deyarli shugʻullanmangan, va deyarli barcha ilmiy izlanishlari, oʻrta sharq va shimoliy Afrikada sodir boʻlgan. Yaʼni Aristotelning ilmiy izlanishlarini davomchisi Ibn Sino boʻlgan desangiz, unchalik radikal fikr emas. Shunga qaramasdan, ijtimoiy fanlar masalan, iqtisodiyot, sotsiologiya, falsafa, psixologiya musulmon olimlari tomonidan deyarlik oʻrganilmagan desak ham boʻladi.
Lekin bu masalada bir istisno bor. Istisno boʻlganda ham qanday buyuk va katta istisno. Kutilganidek, men Ibn Xoldun haqida gapiryapman. Bu faqat mening fikrim emas, oʻrta asralardan keyin gʻarbda ijtimoiy fanlar bilan shugʻulangan deyarlik barcha olimlar Ibn Xoldunning Muqaddimasini (pdf) oʻqishgani aniq.
Undan tashqari, Xolduning gʻoyalari bugungi kundagi Oʻzbekistonga ham taalluqli. Esingizda boʻlsa, soliq tizimi haqidagi bahslarda, Laffer egri chizigʻi haqida koʻp gapirilgan edi. Laffer egri chizigʻi gʻoyasini asoschisi aslida Artur Laffer emas, Ibn Xoldun. Lafferdan taxminan 700 yil oldin yozilgan asarida Ibn Xoldun nima uchun soliqdan tushumlar, soliq foizi oshgani sari tushib ketishi haqida gapiradi. Artur Laffer ham bundan xabardor va Ibn Xoldun haqida bu yerda yozgan.
Ibn Xoldunning Muqaddimasi haqida Nobel Mukofoti sovrindori, va mening eng sevimli iqtisodiy yozuvchilarimdan biri, Pol Krugman Nyu York Timesda yozgan. Krugman, Microsoftning eski rahbari, Steve Ballmerga ham Ibn Xoldunni oʻqishni tavsiya qilgan.
Krugman Ibn Xoldun haqida juda mashhur tarixchi Konnektikut universiteti professori Pyotr Turchindan eshitgan ekan. Turchin matematik-tarixchi boʻlib tarix metodologiyasini revolyutsiya qilgan odam. Turchinning omma uchun yozilgan kitobida, Ibn Kholdun haqida bir bob ham bor. Bu yerda esa Turchin ibn Kholdun haqida blogida yozyapti. Turchinning fikriga koʻra Ibn Xoldun, Makiavelli, Hobbs, Hume va Adam Smit kabi buyuk Evropalik mutafakkirlardan juda farq qiladi.
Menimcha, Ibn Xoldunni kitobini har bir odam oʻqishi kerak. Uning muhimligi, Smit yoki Makiavelidan kam emas. Ayniqsa, ulardan 400-500 yil oldin yashaganligini inobatga olsak, bilish uchun juda arzigulik inson. Qizigʻi Ibn Xoldun shu 2000 yillarga kelib meynstrim fanda ancha mashhuroq boʻlib qoldi. Meni shaxsiy fikrim, iqtisodiyotda oddiy neoklasik modeldan chetlanishni boshlanishi, aynan Ibn Xolduning gʻoylariga yangi hayot bagʻishladi desa ham boʻladi. Iqtisodiyotda psixologik va sotsiologik fikrlash hozir modaga kirdi, bu degani Ibn Xolduning ishlari undan-da mashhuroq boʻladi.
P.S. Men Ibn Xoldunni kitobini toʻliq oʻqimaganman, bir xil joylarda qisman iqtiboslarni oʻqiganman xolos. Shuni toʻgʻrilash uchun bugun shu kitobni kutubxonadan oldim. Oʻqisam fikrim bilan boʻlishaman.
2019-yil
- Behzod Hoshimov, iqtisodchi
📚 @e_kutubxona
🌐 O‘zbek adabiyot namunalari
✍ Erkin Vohidov
🗂 Asarlari to‘plami
⚖ 50,4 MB
🔎 RAR {PDF}
To‘plam tarkibi:
• Bedorlik
• Dostonlar
• Hozirgi yoshlar
• Kelajakka maktub
• Kuy avjida uzilmasin tor
• Muhabbat
• Muhabbatnoma (1986)
• Nido (1965)
• O'rtada begona yo'q
• Qumursqalar jangi
• Ruhlar isyoni
• Sadoqatnoma (1986)
• Saylanma. 1-jild. Ishq savdosi
• Saylanma. 2-jild. She'r dunyosi
• Saylanma. 3-jild. Umrim daryosi
• Sharqiy qirg'oq
• Tabassum (2010)
• Tirik sayyoralar (1978)
• Yaxshidir achchiq haqiqat
• Yoshlik devoni
📚 @e_kutubxona
#Ustoz
Forobiy tafakkur va aqliy xulosalarining juda ko‘p joyida Aristotelning fikrlariga qarshi chiqadi. Biroq, shunga qaramasdan, Forobiy o‘z asarlarida Aristotelni "uztozimiz" deb ulug‘laydi.
Darhaqiqat, Aristotel fikrlarining juda ko‘p qismi bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan. Ayrim jihatlari esa hatto xato bo‘lib chiqqan. Shunga qaramay, Aristotel dunyo ilm-fanida "Birinchi ustoz" unvoniga sazovor bo‘lgan. Nima uchun?
Chunki Aristotel o‘zidan keyingilarga aqlni ishlatish san’atini va mantiq qoidalarini o‘rgatib ketgan. Olimlar uning xulosalarini emas, aql yuritish va fikrlar san’atini o‘rganganlar. Shu jihatdan u olimlarga birinchi ustoz hisoblanadi.
Forobiy ham o‘z davrida Aristotelning mantiq san’atini, avval islom olamiga, so‘ng zulmat ichidagi Gʻarb olamiga tanishtirgani va tushuntirib bergani uchun ham Aristoteldan keyingi ikkinchi ustoz unvoniga sabab bo‘ladi.
Fiqh olamida ham, Abu Yusuf va Shayboniy ba’zi masalalarda o‘z ustozi Abu Hanifadan (rahimallohu anhum) o‘zgacha xulosalarni chiqargan bo‘lsalar-da, aynan Abu Hanifa asos solgan fiqh san’ati ularga mash’ala vazifasini o‘tagan. Shuning uchun ham ular Imomi Ag‘zam Abu Hanifa mazhablaridan boshqa mazhabni da’vo qilmaganlar.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, ustozlar 2+2 ning orqasiga =4 deb yozib bergani uchun emas, balki hisoblash, aql ishlatish yoki hunarni o‘rgatganlari uchun ham ustoz bo‘ladilar. Vaqt o‘tib siz bu hunar orqali ustozingizdan o‘zib ketishingiz yoki undan o‘zgacha xulosalarga kelsangizda, sizga aynan ilmni va aql yuritishni o‘rgatgani uchun ham ustoz maqomida qolaveradilar.
Shuning uchun ham ustozlarni ustoz deb ehtirom qilish kerak.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Odob qoidasi
Bir tabib aytadi:
Libosim ostida bir yaram bor edi. Har kuni ustozim:
– Yarang qalay, – deb so‘rardi, lekin hech mahal:
– Yarang qayerda, – deb so‘ramasdi. Shunda ustozim ataylab shunday savol berishdan o‘zini olib qochayotganini angladim, chunki odob qoidasida kishi vujudidagi hamma a’zoning nomi tilga olinavermaydi.
- "Sharq hikoyat va rivoyatlari" kitobidan.
📚 @e_kutubxona
Yil sarhisobi:
2024-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?
📚 @e_kutubxona
#Sarmoyador
Kamdan-kam odamgina moliyaviy qudrat nima ekanini tushunadi.
Boshqalarning boyligi ustidan hukmronlik qilish nima ekanini, jamiyat hayotining manbai va almashtirish vositasi bo‘lgan narsaga egalik qilish nima ekanini hamma ham tushunmaydi. Biroq buni tushunib yetgan odamlar esa boylikka ega bo‘lish uchungina pulga intilishmaydi. Odatda odamlar pulga o‘zlarini ma’lum hayotiy qulayliklar bilan ta’minlash vositasi deb qarashadi, biroq finansist uchun pul farovonlikning taqsimlanishi ustidan nazorat vositasi, obro‘ga, kuchga, hukmronlikka ega bo‘lish vositasidir.