e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

"Fahm ilmidan saboqlar" turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Baxt haqida ballada

Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘.
Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib,
Besas bir hayratda qotganman:  – Voy-bo‘!..

Yo‘lkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.

Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida g‘irchillar edi,
Tanini ezsa ham o‘tkir poshnasi.

Yuzi tegrasida ro‘moli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol bo‘lgan edi man’ –
Uni ko‘rib bu ish boshlangan edi.

Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
Hatto ko‘zlarimiz uchrashgan bir zum.
O‘rtada bo‘lmagan salomu alik,
Faqat lablariga qo‘ngan tabassum.

Shu tarz o‘tib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
O‘grilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!

Shundan buyon menga bu dunyo bir pul! 
Nomard g‘alvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech she’r bilan mashg‘ul –
Baxtni uchratganman! Nima g‘amim bor!

Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – g‘iybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –   
Baxtga duch kelganim barcha biladi.

Mardligim bilishar (do‘stu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt bo‘lishini istamaganman.

- Usmon Azim

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Qismat"
Isajon Sulton
⚙ Hikoya
🔎 PDF

📚
@e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Navoiyni o‘qigan bolalar"
Erkin A'zam
⚙ Hikoya
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Suvosti mamlakatida"
✍ Akutagava Ryunoske
⚙ Qissa
⚖ 0,5 MB
🔎 PDF
📄 26 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qora_oqqush

Tor doiradagi odamlarning intellektual sohadagi ulkan ulushi boylikning tengsiz taqsimlanishidan ko‘ra dahshatliroqdir; bu qo‘rqinchli, chunki daromaddagi farqdan farqli o‘laroq, bu bo‘shliqni hech qanday ijtimoiy siyosat bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Kommunizm daromadlar darajasidagi nomutanosiblikni yashirishi yoki kamaytirishi mumkin edi, lekin u intellektual sohadagi "yulduzlik tizimi"ni yo‘q qila olmadi.


- Nassim Taleb, «Qora oqqush»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

Oz qoldi, oz qoldi, chidang, degayman,
Do‘stlar, chidang, men ketajak kun yetar.


BIROZ UZUN BO‘LDI UMRIM, SHEKILLI…

Biroz uzun bo‘ldi umrim, shekilli,
Ehtimol, do‘stlar ham toriqdi biroz…

Meni yedirmoqdan charchadi dunyo,
suvlari charchadi, noni charchadi.
Meni kezdirmoqdan bezdi yo‘llari,
ko‘zimga boqmoqdan osmoni charchadi.
Izlaganlar istab charchadi,
Badgumon yomonlab charchadi –
biroz uzun bo‘ldi umrim, shekilli.

Yo‘llar tovonimning ostidan qochar.
Deydilar tush boshqa,
bunaqa bo‘lmas,
Shoirda ishtaha bunaqa bo‘lmas –
do‘stlar ham o‘zgacha boqar yuzimga.
Qanchalar do‘stim bor,
shahar to‘ladir,
Ko‘pining ko‘nglida kadar to‘ladir.
Jo‘radan,
qardoshdan,
o‘zgadan o‘ksib,
Baxtidan, o‘zidan, ko‘zgudan o‘ksib,
ko‘pi yig‘lamoqqa bahona izlar.
Oz qoldi, oz qoldi, chidang, degayman,
Do‘stlar, chidang, men ketajak kun yetar.

Hech narsaga kuchim yetmasa-da,
qora kiyim kiydirmoqqa,
do‘stlarni yig‘latmoqqa
kuchim yetar…

Lekin kuchim yetmas, na qilay, axir,
na qilay, axir, men sho‘rlik,
kuchim yetmayapti bu dunyodan ketmoqqa.
Bu dunyo Darband qal’asi,
Na yo‘li bor, na yo‘lkasi,
Qardoshim, odam bolasi,
kuchim yetmas bu dunyodan ketmoqqa.

Yashil-yashil maysalari
chirmashar qo‘l-oyog‘imga,
Rangpar bulutlari bosar boshimdan,
Soylari suv olar ko‘zim yoshidan,
ignala go‘r qaza-qaza,
tizzam-la yer keza-keza
O‘tdim bu umrimning o‘ttiz yoshidan –
kuchim yetmas bu dunyodan ketmoqqa.

Ketimdan og‘ir burganlar,
Shoirlarning ehsonini yeganlar,
Shoir odam yosh o‘ladi, deganlar,
Mening shoir bo‘lmoqqa kuchim yetmas,
O‘ldiringlar meni, o‘lmoqqa kuchim yetmas –
kuchim yetmas bu dunyodan ketmoqqa…

- Ramiz Ravshan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Har bir inson dasturlashni o'rganishi kerak, chunki u sizga qanday fikrlashni o'rgatadi.

- Stiv Jobs


Fikrlashni kengaytiradigan va yaxshi daromad keltiradigan dasturlash sohasini Najot Ta'lim markazida o'rganish to'g'ri tanlov bo'ladi. U yerda har hafta musobaqa va soha mutaxassislari, ilmli insonlar bilan master-klasslar tashkil etiladi. Asosiysi, Najot Ta'limda o'qib xalqaro platformalardan sertifikat ololsangiz va B2 sertifikatiga ham ega bo'lsangiz, to'lovni 100% gacha qaytarib olishingiz mumkin.


Ro'yxatdan o'tish uchun

@e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Agar barcha ilmlar yo‘qolsa, ularni «Ihyo»dan chiqarib olardim".

- Shayx Abu Muhammad Kozruniy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Shamol"
Rey Bredberi
⚙ Hikoya
🔎 EPUB


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qora_oqqush

Kitoblar kimgadir bosma shaklda kerak bo‘lib qolmagunicha raqamli shaklda qolishi mumkin.


- Nassim Taleb, «Qora oqqush»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

ADABIY MAHORAT VA ADABIY AXLOQ

Adabiyotda ikki masala muhim:
Nimani yozish kerak?
Qanday yozish kerak?

Yozuvchi nimani yozishni tafakkur qamrovi, ilmi, tajribasi, e’tiqodi bilan hal qiladi.

Qanday yozish yozuvchining qobiliyati, so‘zlarni tanlay bilash malakasi, ustaligi, ya’ni mahoratiga bog‘liq. Lug‘ati boy, so‘zlarni saralab o‘zi istagan holatni yorqin tasvirlash uchun qo‘llay bilish salohiyati baland adib manzarani so‘z bilan chiroyli chizadi.
Nimani yozish axloqdir. Masalan, er-xotin orasidagi qovushishni yozadimi, jinsiy a’zolarni vasf qiladimi, qalbdagi vasvasani astoydil chizadimi, nafsning hirsi va shahvatni tasvirlaydimi - bu adabiy axloqa masalasidir. Adib er-xotin orasidagi odobni, go‘zal an’analarni, yaxshilikni, hurmat va sadoqatni, poklik va mardlikni qalamga olishi ham mumkin. Yoki hayotning qorong‘u, chirkin va tab’ni xira qiladigan jihatlarini ham erinmay ezmalanib ko‘rsatib bera oladi.
Yozuvchining axloqi qaysi biriga moyil bo‘lsa, o‘shani ko‘proq ko‘radi va yozadi.

Agar uning maqsadi odamlarni yaxshilikka, insofga, xulqqa chorlash bo‘lsa, imkon qadar yorug‘ va nurli so‘zlarni qo‘llab, chiroyli adabiy kartinalar yaratadi. Ammo uning o‘zi tushkun, g‘amgin va iymonsizroq bo‘lsa, jirkanch manzaralarga zo‘r beradi. Har ikki qutbni ham o‘z salohiyatidan kelib chiqib ishonarli shaklga solaveradi.
Gʻarb dunyosi islom ma’rifati va axloqidan benasib bo‘lgani uchun o‘z hayoti, madaniyatini chizadi. Bu madaniyatga ko‘ra nikohsiz sevgi, nikohsiz qovushish, nikohsiz bola tug‘ish, yashashdan ma’no ko‘rmaslik, vasvasa tabiiydir. Ular haqiqatni ana shu tomonda ko‘rishadi.
Musulmon Sharqida esa insonlar islom ma’rifati va islom axloqiga ko‘ra yashaganlari uchun qanoat, vafo, adab, sadoqat, saxovat kabi sifatlar tasviriga ko‘proq urg‘u beradi. Insonlarni ichdagi vasvasa, yomon xayol, chirkin niyatlarni yengib, yaxshilik va yorug‘lik bilan yashashga chaqiradi.
Oddiy mantiq shuki, qaysi biri yaxshi: hayotni qora rangda ko‘rib yashagan yaxshimi, yoki yorug‘likka intilib, kurashib, poklik umidi ila umr kechirgan ma’qulmi?
Odam qaysi tomonni tanlamasin, hayot o‘z maromida kechaveradi.  Shunchaki, inson o‘zini qiynab yashagani qoladi. Yoki umrning har damidan ruhoniy poklik, xulqiy go‘zallik ila foydalangani yutuqqa aylanadi.
Ayrim "kitobxonlar"ning g‘arb adiblari tasvirlagan qora manzaraga asir bo‘lib, sharq musulmonlari zehniyatini infantil ko‘rishlari insofga to‘g‘ri kelmaydi. Bu ularning kaltabinligi dalilidir.
Sizlar ismini ishtaha bilan zikr qiladigan "kazo-kazo"larning bitiklaridan ancha xabarimiz bor. Hijjalab o‘qib chiqqanmiz. Ular qaysi manzilga boshlab borishlarini ham bilganmiz. Juda borsa, sizlar kabi betoqat, takabbur qiyofaga olib kiradi. Ammo sharq musulmonlari adabiyoti insonni bag‘rikenglikka, odobga, sabrga, tahammulga chaqiradi, o‘zaro yaxshilik qilishga da’vat qiladi. Agar biror g‘arb adibi insonlar orasidagi yaxshilik qilish sifati haqida yozsa, albatta, bu biror tama’ bilan bo‘ladi, hecham xolis va samimiy bo‘lmaydi deb yozadi. Buni esa tabiiy deya oqlaydi. Sharq musulmon adibi esa yaxshilik go‘zallikdir, uni samimiy amalga oshir va unutgin deya ta’lim beradi.
Adabiy axloq nima yozish, adabiy mahorat qanday yozishdir.

Turklarning biz muhokama qilib turgan adiblari nimani yozishni yaxshi bilishadi, ammo qanday yozish masalasida biroz no‘noq bo‘lishlari mumkin. Buning uchun dod-voy qilishga hojat yo‘q. Agar sizning didingiz juda yuksak va o‘tkir bo‘lsa, hazrati Alisher Navoiyni o‘qing hamda qanday yozish kerakligini, ya’ni adabiy mahorat va adabiy san’atni o‘rganing.

P.S.
Darvoqe, hali Abdulla Qodiriy hamda uning safdoshlari nimani yozgani haqida ham chuqur o‘rganiladi. Qanday yozgani esa ko‘b va xo‘b o‘rganilgan.

Akrom MALIK
17.09.2024.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Qayrag'och soyasida"
Yujin O'Nil
⚙ Drama
⚖ 2,0 MB
🔎 PDF
📄 39 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#isloh

Sen avvalo nafsingga hukmron bo‘lmay turib, boshqaga hukmingni o‘tkaza olmaysan. O‘zingni o‘zgartirishga ojiz bo‘la turib, millatni o‘zgartirishga kuching yetmaydi. Masofa uzoq tuyulishi mumkin, lekin yagona yo‘l shu.


- Mustafo Mahmud, "Niqobingizni yeching, janoblar" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Kreyser_sonatasi

«Shaharda baxtsiz odamlar uchun yashash qulay. Odam shaharda yuz yil yashashi mumkin, biroq uning allaqachon o‘lib, chirib ketganini hech kim bilmaydi. Bunaqa narsalar bilan hisob-kitob qilib o‘tirishga vaqt yo‘q, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Ish, jamoat topshiriqlari, salomatlik, san’at, bolalar sog‘ligi, ularning tarbiyasi. Ba’zan uni yoki boshqalarni qabul qilish, kimnikigadir borish kerak; nimanidir ko‘rish yoki eshitish lozim. Shunisi e’tiborliki, har qanday sharoitda ham shaharda bir, ba’zan ikki, uch muhim narsa borki, bularni kanda qilib bo‘lmaydi. Hayot esa quruqdan quruq o‘tib ketaveradi».

- Lev Tolstoy, "Kreyser sonatasi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Ihyou_ulumid_din

«Faqat ko‘z ko‘rib, hislar sezadigan narsanigina tasdiqlaydigan bo‘lib qolishdan saqlan. Bu hayvonlarga xos tabiat. Sen insonni hayvondan ajratuvchi ilohiy sirga egasan. Bu sir osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga oshkor etilganida ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Beshta sezgi olamidan tashqaridagi narsalarni idrok qilish insonni hayvondan ajratuvchi o‘sha sir olamidagina mavjud. Kimki bu haqiqatni unutsa, uni e’tiborsiz tashlab qo‘ysa, hayvoniy daraja bilan qanoatlanib, moddiyatdan nariga o‘tmasa, demak, u o‘zligini o‘ldiribdi».

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nabaviy axloq turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

Hayronman

O‘zimdan olamga ma’no uchirdim,
Qay biri manzilga yetdi, hayronman.
Ming yillik dardlarni boshdan kechirdim,
O‘tmishning qay biri o‘tdi, hayronman.

Gʻam zavol bo‘lmasdan kun zavol bo‘ldi,
Men boqqan har nuqta o‘zga hol bo‘ldi,
Aqlim shoshib qolgan, tilim lol bo‘ldi,
Qaysi ishq qalbimga botdi, hayronman.

Ezdi, tuproq qildi bulutlar meni,
Har doim chorladi umidlar meni,
Ammo sig‘dirolmay hududlar meni -
Qancha oy, qancha yil o‘tdi, hayronman...

- Abdurrohim Karako‘ch

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Burungi saylovlar"
Hamza Hakimzoda Niyoziy
⚙ Drama
⚖ 1,3 MB
🔎 PDF
📄 31 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

Mutolaa lazzati

“Agar dunyoda mutolaadan lazzatliroq va totliroq narsa yo‘q” – deb qasam ichsam, aslo xonis (qasamimni buzuvchi) bo‘lmayman.

Ilm talab qilish xuddi adog‘i yo‘q chanqoqlikka qiyosdir. Otam rahmatlik aytar edi: tolibi ilmning zehni doim qaysidir masala bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak. Ilm juda katta g‘ayrat, tinimsiz izlanish bilan hosil qilinadi. Ilm insondan behojat. Kuchli talab va mehnat – mashaqqatsiz ilm o‘zidan zarracha bo‘lsin insonga tortiq etmaydi. Aytdilar: “Butun borlig‘ingni ilmga bag‘ishlamas ekansan ilm o‘zidan ozgina bo‘lsa-da senga bermaydi”.

Sizlarga o‘zim haqimda hikoya qilib beraman. Uzoq yillardan beri kitob mutolaasi uchun daqiqalarni g‘animat bilib vaqtimni bekor o‘tkazib qo‘ymaslikka harakat qilaman. Mutolaa uchun fursat topdim deguncha har nechuk arzimas daqiqalar bo‘lsin kitob o‘qiyman. Mobodo mutolaaga besh minutgina bo‘lsa-da vaqt topa olsam, juda xursand bo‘lib ketaman.

Hadis o‘rganish kursida o‘qib yurgan vaqtlarim o‘n besh yoshda edim. O‘n olti yoshimda bu bosqichni tamomladim. Dars vaqtidan tashqari vaqtimni kutubxonada o‘tkazar edim. Ilm o‘rganish asnosida sahih Buxoriyning sharhi “Umdatul qoriy” va “Fatxul boriy” kitoblarini ham o‘qir edim. Sahih Muslimning sharhi “Fathul mulhim”ni, sunani Abu Dovudning sharhi “Bazlul majhud”ni, sunani Termiziyning sharhi “Alkavkabud durriy” kitoblarini mutolaa qilar edim. Bu kitoblarni o‘qib tamomlash uchun albatta ko‘p vaqt kerak bo‘lardi. Kutubxona mudiri bilan kelishib peshin vaqtidagi dam olish paytida ustimdan qulflab ketishlariga ko‘ndirdim. Uyiga ketishda kutubxona ichida meni qoldirib ustimdan qulflab ketar edi. Men esa bu fursatni g‘animat bilib maza qilib kitob mutolaa qilardim.

Yuqorida sanab o‘tgan kitoblarning hammasini o‘qib chiqdim. Ularga qo‘shimcha kutubxonadagi boshqa kitoblar haqida ham ko‘p ma’lumotlarni bilib oldim. Kimning kitobi qaysi bo‘limda va qaysi tokchada turishini aniq bilar edim. Kutubxona xodimi kitob so‘rab murojaat qilganlarga ba’zida kitobni topishda qiynalib qolar, mendan joyini ko‘rsatib yuborishimni so‘rar edi. Men hech qiynalmasdan kitob qaysi bo‘lim va qaysi tokchada turganiga ishora qilib ko‘rsatib yuborar edim. Men hali hanuz o‘sha mutolaalarimning lazzatini unutganim yo‘q. Men o‘ttiz yoki o‘ttiz besh yil mobaynida sunani Termiziydan dars berganman. Darslarim bilan mashg‘ul bo‘lib yurgan vaqtlarim edi. Bir kuni stolimdagi Sahihi Buxoriyni ko‘rib yana uni mutolaa qilish istagim borligini sezdim. Ayni shu kitobni mutolaa qilish uchun boshqa ishlarimni chetga surdim. Maroq bilan kitobni mutolaa qildim. Darhaqiqat, yoshligimda tuygan lazzat yana qaytdi. Go‘yo bu lazzat eng aziz yo‘qotgan narsamdek bo‘lib to‘satdan uni yana topib oldim.
Men faqat dars berish uchungina mutolaa qilmayman. Mutolaa vaqtida yangi maqsad yoki biron savol paydo bo‘lib qolsa, manbaalarga murojaat qilib ularning haqiqatini mukammal o‘rganib olmagunimcha, ular haqida ma’lumot aytmay turaman. Sizlarga ishonch bilan baralla aytamanki, dunyoda kitob mutolaasining o‘rnini bosadigan totliroq va zavqliroq narsa yo‘q. Alloh taolo meni bu dunyoda juda ko‘p moddiy va ma’naviy lazzatlar bilan siyladi. Ammo, kitob mutolaasidan topgan lazzatimni boshqa hech narsada topa olmadim.

- Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy Hanafiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Kitobdan

Janoblar va o'rtoqlar

"Tarixchilar o'rtasida Iosif Stalin hayotidan bir epizod tildan-tilga ko'chib yuradi: Stalin mukofotlari bo'yicha qo'mitaning majlisi davom etmoqda va unga Mixail Borisovich Xrapchenko raislik qilayotir.

Eshik ochilib, ohista Stalin kirib keladi. Hamma o'rnidan turadi. Xrapchenko so'zlashdan to'xtaydi.
Stalin:
- O'rtoq Xrapchenko, davom ettiravering, - deganicha komissiya a'zolarining orqasida u yoqdan-bu yoqqa yurib turadi.
Muhokama davom etadi.
- O'rtoq Tixanov qayerda? - deb so'raydi Stalin.
- Nikolay Semyonovich Pokistonga xizmat safariga ketgan, o'rtoq Stalin.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko.

Muhokama yana etadi, Iosif Vissarionovich esa komissiya a'zolari ortida uyoqdan-buyoqqa qadam tashlashini davom ettiraveradi.
- O'rtoq Fadeev qayerda? - deydi u yana muhokamani bo'lib.
- Fadeev betob, o'rtoq Stalin, - javob beradi Xrapchenko.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko, - deydi Stalin yurishdan to'xtamay va dabdurustdan so'rab qoladi: - Ko'hna Rim nega inqirozga yuz tutganini bilasizmi?

Tabiiyki, hammaning vujudi quloqqa aylanadi: axir, ertaga bu tarixiy so'zlarga bag'ishlangan maqolalar paydo bo'lishi, darsliklar qayta yozilishi, yuzlab monografiya va dissertatsiyalar bitilishiga ko'z ko'rib, quloq eshitmagan imkoniyatlar ochilishi turgan gap edi.

- Rim imperiyasi, - dedi dohiy muallimlarga xos donolik bilan, - birinchi darajali muammolarni hal etish uchinchi darajali shaxslarga topshirilib qo'yilgani uchun ham inqirozga yuz tutdi. Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko".

Taqdirning hazilini qarangki, SSSRday imperiya uchinchi va v. boshqa ishlarga ham Siyosiy Byuro burnini tiqavergani tufayli parchalanib ketdi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qora_oqqush

"Omad, hatto aqldan ham demokratikroqdir".


- Nassim Taleb, «Qora oqqush»

* "Omad" va "tasodif" so‘zlarini "qazo" va "qadar" deb o‘qisak Taleb janoblari xafa bo‘lmas.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qora_oqqush

"Baxtiqaro taqrizchilar bir-biridan mutlaqo hamma narsani, hatto so‘zlarni va fikr ifofalash uslubini ham o‘g‘rilashadi".


- Nassim Taleb, «Qora oqqush»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Salaflardan ayrimlari odamlarni sadaqa qilishga buyurishdan oldin o‘zlari sadaqa qilar edilar. Shunda boshqalar ham ixtiyoriy ravishda xolis sadaqa qilardilar.

Saodat asrida bir voizdan qul ozod qilish haqida mav’iza qilishni so‘rashdilar. U kishi uzoq vaqt pul yig‘ib, so‘ng bir qulni sotib oldi va uni ozod qildi. Keyin boshqalarni qul ozod etishga targ‘ib qildi. Odamlar unga ergashib ko‘pdan-ko‘p qulni ozod qildilar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Ularning fikru xayoli shaxsiy kutubxonasini kengaytirish bilan band"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Jeyn_Eyr

Ilk nashri

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel