#Olim_odam_va_olam
Koʻngilocharlik strategiyasi jamiyatlarni boshqarishdagi asosiy unsur sanaladi. U omma fikrini siyosiy va iqtisodiy elita qaror bergan muhim oʻzgarishlardan burib yuborishda namoyon boʻladi. Buni koʻngilochar ishlar va yengil-yelpi axborotlar oʻqini tinimsiz yogʻdirish orqali amalga oshiriladi. - Avraam Noam Chomski, amerikalik faylasuf
- «Olim, odam va olam» kitobidan
📚 @e_kutubxona
Nima o‘qiymiz? Iqtisodchi Otabek Bakirov tavsiya qiladi
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettirmoqda. Loyihada eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasi taqdim etilmoqda.
Loyihaning navbatdagi mehmoni — iqtisodchi Otabek Bakirov. U quyidagi kitoblarni tavsiya qildi:
Yoshlar (18−30 yosh orasidagi yigit-qizlar) o‘qishi tavsiya etiladigan 10 kitob.
Tavsiya etish mumkin bo‘lgan va o‘qiladigan adabiyotlar tinimsiz o‘zgarib turadi. Bu kayfiyatga va atrofga judayam bog‘liq. Hozirgi kayfiyatimga qarab keng ommaga tavsiya etadigan badiiy adabiyotlar o‘ntaligi quyidagilar, ularni muhim va qiziqligi bo‘yicha raqamlamayman:
• Abdulhamid Cho‘lpon — «Kecha va kunduz»;
• Murod Muhammad Do‘st — «Lolazor»;
• Mirzakalon Jo‘rayev — «Majnun»;
• Erkin A’zam — «Shovqin»;
• Boris Pasternak — «Doktor Jivago»;
• Mixail Bulgakov — «Morfiy»;
• Aleksandr Soljenisin — «Gulag arxipelagi»;
• Gabriel Garsia Markes — «Mustabidning kuzi»;
• Alber Kamyu — «Vabo»;
• Teodor Drayzer — «Finansist».
📚 @e_kutubxona
#Fantom_ogʼrigʼi
BUGʻGA AYLANGAN ONALAR
Industriya davrida ilk qurilgan fabrika soska, rezina emizik fabrikasi edi. Insonlarning axloqiy, diniy qiymatlarini qo‘lidan tortib olish uchun, hech ovoz chiqarmasligi uchun unga go‘zal ism qo‘yiladi. Chunki ismi go‘zal bo‘lgan hamma narsa jozibali bo‘ladi.
Musulmon o‘lkalarni toru mor qilib nomini «Arab bahori» deb qo‘ygani kabi. Yoki ayollarni oiladan yulib olib, industriya bahoriga olib kirishgani kabi. Industuriyaning old safiga ayollarni qo‘yishmagan edimi? Ayollar ishlasin, ammo bola ham tug‘sin. Bolalarni sistemaning o‘zi so‘rg‘ich, emizik bilan katta qilib oladi. Shuning uchun ham ilk qurilgan fabrika emizik fabrikasi edi. Ona sevgisini ololmagan bolalar psixiatrlardan dori oladi. Sistema onalarning qulog‘iga pichirlar edi: «Ishla, qarz ol, mashina ol, taqsit to‘la va sendan ololmagan sevgini unutishi uchun bolalaringga qimmatbaho sovg‘alar ol».
O‘tgan yili xalqaro radiolarning birida O‘zbekiston haqida bir xabar o‘qigan edim. Kattaqo‘rg‘onda bir yilning ichida 68 kishi o‘z-o‘zini o‘ldirgan, Jizzaxda esa 15 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilibdi.
Xalqaro radiolarga ko‘pam ishonmayman, ammo bunday voqealar yo‘q degani ham emas. Turkiyada boquvchilik qilib yurgan besh million Ona bor, Rossiyada o‘n million ota bor. Ularning bolalari qayerda va kim bilan? Bir necha yil avval o‘zbekistonlik bir opa uyimda ishlagan edi. Besh nafar bolasini O‘zbekistonga tashlab kelgan edi. Oxirgi marta 16 yosh qizi o‘z-o‘zini osib qo‘yganida borgan qishlog‘iga. Ungayam besh yil bo‘ldi. Besh bolani tashlab nimaga kelding dedim.
— Ishlab 32 tishimni tillo qildirgani, erimga «Neksiya» obergani keldim, dedi. Opaning yana bir ulkan orzusi bor edi, bittayu bitta o‘g‘lining to‘yiga Og‘abek Sobirovni olib kelish edi. Xohlasa, Og‘abek yigirma ming dollarga kelsin, farqi yo‘q, pulni shu uchun yig‘yapman derdi.
Yaponlarda «Jouhatsu» degan so‘z bor, ma’nosi «bug‘ga aylangan insonlar» degani. AQSH, Angliya, Germaniya va duch kelgan joyga yaxshi bir hayot izlab, uyini, joyini, bolasi, oilasini, tashlab ketib qoladigan insonlarni shu nom bilan atashadi. Ular bir kechada yo‘q bo‘lib qolishadi. Ularga yordam beruvchi shirkatlar va «kecha ko‘chib ketish» xizmati mavjud. Shirkat xizmatchilari «bug‘uga aylangan insonlar» haqidagi ma’lumotlarni sir saqlaydi. Har yili Yaponiyada o‘ttiz ming kishi uyida o‘lik xolda topiladi. Ammo ularniki O‘zbekistonnikidan farqli. Yaponlarni o‘ldirayotgan narsa modern hayot. Modern hayot ruhni hech qachon mutmain qilmagan, qila olmaydi ham. Aksincha, taxrib (harob) qiladi.
Ruhni va inson tabiatini diqqatga oladigan hayot esa Islomdadir. Ammo yolg‘iz emas ekanmiz chorani Islomdan qidirmaganlar faqat yaponlar emas ekan. Agar mendan oxir zamon vabosining nomimi nima deb so‘rasanggiz, qalblari tuyg‘usiz, sevgisiz, mexanik miyali insonlar degan bo‘lardim. Bolasi o‘zini ossa ham maqsadi tillo tish bo‘lgan, vabo yuqtirib olgan insonlar.
- Marziya Saydam. "Fantom og‘rig‘i"
📚 @e_kutubxona
#Fantom_ogʼrigʼi
DENGIZ UZUMI UMMATI
Okeanlarning qa’rida bir jonivor yashaydi, tovus qushiga oʻxshagan, nomi Dengiz uzumidir. Uning miyasi bor, fikrlaydigan bir hayvondir, aslida. U hayvon bir in qurib, hayotini tinchgina yashab oʻtishi uchun qoyaliklarning tagidan har doim joy qidiradi. Qachonki koʻngildagidek qoyani topsa, oʻzini qoyaga uradi va bundan keyin miyaga ehtiyojim yoʻq deb taxmin ailadi. Shu taxlitda oʻz miyasini oʻzi yeyishga tushadi. Natijada hayvon sekin-asta oʻsimlikka aylanadi.
Juda qiziq. Shunday emasmi? Ammo ishoningki, islom ummatining bugungi ahvoli shu xolatda. Oʻz miyamizni oʻzimiz yemoqdamiz. Alloh miya kabi bir ne’matni bergan, ammo biz undan foydalanmaymiz. Biz nega oʻylanaylik, qaygʻuraylik, boshliqlar oʻylasin buni deymiz. Irodamizni ijaraga berib miyamizni yeyishda davom etmoqdamiz.
250 yildir islom ummatida ixtiro, kashfiyot yoʻq, ilm va bilim toʻxtadi guyo... Andalusdek tajribaga ega bir ummat hozir boshqalarning irodasiga boʻysunishga mahkum. Vaqtiyu zamonida butun dunyodan rohiblar Andalusga ilm oʻrganish uchun kelar edi. Bir kun bir rohib Andalusni tark etar ekan, qoʻynida bir narsa oʻgʻirlab qoʻlga tushadi. U narsa «abakus», ya’ni oʻsha davrning kompyuteri edi. Kompyuterni ijod qilgan, bir ummatning bolalari kompyuter programmalarida choʻqqilarni zabt qilishi kerak emasmidi? Biz foydalanayotgan butun programma, ijtimoiy saytlarning ijodkori ba’zan biz qargʻab qoʻyadigan qarshi tarafdagi ummatnikidir. Miyamizni yeyishdan toʻxtaylik. Alloh bu miyani bizga ye deb emas, foydalan, ishlat deb bergan. Uni ishlatganimiz sari yanada koʻp ishlaydi aslida.
- Marziya Saydam. "Fantom og‘rig‘i"
📚 @e_kutubxona
#VASATIYA
Islom ummati tartib-intizomda ham o‘rtacha, adolatli va afzal ummatdir. Unda hayot faqat his-tuyg‘u, vijdon va odob-ahloq orqali tartib-intizomga solinmaydi. Yoki ba’zilarga o‘xshab, faqat kuch ishlatish, turli jazolar orqali tartib-intizomga solinmaydi. Balki insonning ma’naviy tarbiyasini kuchaytirib, odob-ahloq, taqvo, halollik masalalarini ongi, aqli va vijdoniga singdirish bilan birga, hukmni ham ishga solinadi. Chunki hamma ham ruhiy-vijdoniy yo‘l bilan tuzalib qolmaydi.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#VASATIYA
Dangasalik tanasiga singib ketgan va riyozatni yoqtirmaydigan ba’zi bir kishilar: «Xuddi tashqi suratni o‘zgartirib bo‘lmaganidek, axloqlarni ham o‘zgartirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi», deydilar.
Bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Agar axloqni o‘zgartirib bo‘lmaydigan bo‘lsa, va’zu nasihatlarning ma’nosi bo‘lmas edi. O‘zimiz ovlab kelgan vahshiy hayvonning uy hayvoniga aylanayotganini ko‘rib turib, qanday qilib axloqning o‘zgarishini inkor qilamiz?! It taomni yemay, tark qilishni, ot chiroyli yurishni o‘rganadi. Faqat ba’zilari osonlik bilan, boshqalari qiyinchilik bilan o‘rganadi, xolos.
Ba’zilar, asli yaratilganda bor narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi, degan xayolda bo‘ladilar. Bilish kerakki, maqsad mazkur sifatlarni butunlay yo‘q qilib tashlash emas. Aksincha, riyozat chekib urinishdan maqsad shahvatlarni ifrot va tafriytning o‘rtasi bo‘lgan moʻtadillikka qaytarishdir. Ularni tamoman yo‘q qilib yuborish mumkin emas.
Zotan, asl yaratishda shahvatni foyda uchun zarur bo‘lgani uchun yaratilgan. Misol uchun, taom shahvati kesilsa, inson halok bo‘lishi, jinsiy shahvat qirqilsa, nasl kesilishi turgan gap. Agar g‘azab butunlay yo‘q bo‘lsa, odam o‘zini halok qiladigan narsadan ham himoyalanmay qo‘yadi.
Alloh taolo Oli Imron surasida:
«Va g‘azabni yutadiganlar», degan (134-oyat). «Gʻazabni yo‘qotadiganlar», degan emas.
Shuningdek, taom shahvatida ham, badnafslik bilan o‘ta chimxo‘rlik orasidagi moʻtadillik matlubdir.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Onore de Balzak. «Gorio» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
• Bu burjua qizlarini boshingizga urasizmi? Qo‘ying, aylanishmang ularga. Oʻzingizga, haligi, to muhabbat boricha sevadigan ayollardan birini toping. Dunyoda topiladi bunday ayollar.
• Shavkatli Parij shahrimizning ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, unda senga hech kimning e'tiborini tortmasdan tugʻilish, yashash va oʻlish imkoniyati berilgan.
• Oliy siyosat sohasidagi yana ikki-uch fikrni singdirib olsangiz, bu dunyoning qandayligini o‘zingiz ham toʻgʻri tushunadigan bo'lib qolasiz. Bu dunyoda himmat-saxovat ko'rsatish bobida kichik-kichik tomosha qo‘yib turish kerak, ana shunda, yuksaklarga parvoz qila oladigan odam parterdagi ahmoqlarning gʻulduros olqishlari ostida istagan injiqliklarini ta'minlay oladigan boʻladi.
• Parijda indamay ishini bitkazib yuradigan va hech kim bilan sirdosh boʻlmaydigan odam halol odamdir.
• Biz yigitlar jafo chekishga doim tayyor turganimiz evaziga arziydigan darajada qattiq, sadoqat bilan sevilishdek baxtga ishonchimiz komil boʻlsa, ehtimol, xafagarchilikni uncha bilmagan bo'larmidik.
• Qonunning biror paragrafi toʻgʻrisida bir xil fikrda boʻlgan uchta sudyani jamiki sudlarni axtarsangiz ham topib bo'lmaydi.
📚 @e_kutubxona
#VASATIYA
Sen hammaning birday mo‘min bo‘lmaganiga ko‘p ham kuyunaverma. Ularning hammasi iymonga kelishi shart emas. Agar shu narsa zarur bo‘lganida, Alloh taolo ularning hammasini avval boshdan mo‘min qilib yaratar edi yoki mo‘min bo‘lishga majbur etar edi. Ha:
«Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar». (10/99)
Lekin barcha hikmat sohibi bo‘lgan U Zot bunday qilmadi. Insonni yaxshilik va yomonlik, iymon va kufrga layoqat bilan yaratdi. Unga u yoki bu yo‘lni tanlab olish ixtiyorini berdi. Alloh insonga to‘g‘ridan noto‘g‘rini ajratadigan aql ham berdi. U zot aqllarga eng oson yo‘lni ko‘rsatish uchun Payg‘ambarlar yubordi. Kitoblar nozil qildi. Shunday qilib, iymon ishi ixtiyorli bo‘ldi. Ana o‘sha omillar orqali har bir odam to‘g‘ri yo‘lni topib olishi mumkin. Lekin Alloh hech kimni majbur qilmaydi.
«Yoki sen odamlarni mo‘min bo‘lishga majburlaysanmi?»
Yo‘q, albatta. Iymon ishi qalbga bog‘liq. Unga majburlash foydasizdir.
-- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#TAFAKKUR
Bir kuni chuqur o‘yga tolib o‘tirgan edim. Oldimga bir pashsha uchib kelib qo‘ndi. O‘zimdan so‘radim: "Shu pashsha hozir mening miyamda javlon urayotgan fikrlarimni biladimi?".
Tabiiyki, bilmaydi. U bundan ancha uzoq.
So‘ngra dedim:
"Agar bashariyatning eng daho kishilari bir-birlariga ko‘maklashib fikrlashishsa ham Oliy Zotning haqiqatini bilishda o‘sha pashshachalik ham bo‘la olishmaydi. Uluhiyat buyukroq va oliyroqdir.
Yana o‘zimdan so‘radim:
"Men yer yuzidan qancha masofani egallayman?".
Javob: "Bir necha qarich joyni".
Ichimda nimadir zaiflashdi. So‘ngra zaifligim yanada ziyoda bo‘lib dedim:
"Yer sayyorasi koinotdan men yerdan egallagan joydan ham kamroq joy egallaydi. U bu buyuk malakut ichra quyosh nuridagina ko‘rinadigan g‘uborchalik ham emas.
Agar bu Yer sayyorasi o‘zidagi barcha jonzot bilan yo‘q bo‘lib ketsa koinot hech narsa yo‘qotmaydi go‘yo.
Agar butun borliq yo‘q bo‘lib ketsa ilohiy buyuklikka zarracha zarar bera olmaydi.
Alloh taoloning: "Agar Alloh Masih ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok qilishni iroda qilsa kim Uni biror narsadan man qila oladi?!", degan oyatini o‘qib tadabbur qilib qalbimga qo‘rqinch hissi sizib kirdi.
HECH KIM MAN QILA OLMAYDI!
- Muhammad Gʻazzoliy
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
"Vatandoshlik dasturi" kitobi annotatsiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma eston olimi Yulo Vooglayd tomonidan yozilgan bo‘lib, unda insoniyat oldida turgan muhim masalalar “Inson”, “Hayot”, “Yashash muhiti”, “Jamiyat”, “Madaniyat”, “Mehnat”, “Rahbarlik”, “Hamkorlik”... kabi mavzular asosida o‘ziga xos tarzda yoritiladi.
Qo‘llanma eston jamiyatiga yo‘naltirilgan bo‘lsada, unda Estoniya juda kam tilga olinadi va umumiy ma’noda asarni, butun post sovet jamiyatlari uchun mo‘ljallangan deyish mumkin.
Ushbu qo‘llanma - vatandoshga aylanishni istaydigan, vatandosh bo‘lib qoladigan va o‘zini vatandoshlardek tutadigan vatanparvar insonlar uchun yozilgan.
Asar konsepsiyasining negizida – “Davlat va jamiyat - vosita, maqsad esa - baxtli insondir!” g‘oyasi yotadi.
“Inson - nafaqat resurs. Inson va uning farovonligi - ibtido va intiho, maqsadlar asosi va qarorlar maqsadi, asosiy tamoyil va baholashning asosiy mezoni hamdir” deb urg‘ulanadi asarda.
- Hamid Sodiq
📚 @e_kutubxona
#Anna_Karenina
Lev Tolstoy. «Anna Karenina» romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (2)
| 1-kitobdan
• Dunyoda ikki toifa ayol bor: biri — faqat o‘z huquqini talab etadi; bu huquq — sening sevging, sen esa sevgingni unga bag‘ishlay olmaysan; ikkinchi toifa ayol esa, borlig‘ini senga qurbon qiladi-yu, sendan hech nima talab etmaydi. Shunda nima qilishing kerak? Qanday harakat etishing kerak? Mana bu dahshatli fojia. (54b)
• Chinakam baxt aql-mulohaza bilan turmush qurishda. (178b)
• Qancha kalla bo‘lsa, shuncha aql bor, qancha ko‘ngil bo‘lsa, demak, shuncha sevgi xili bor. (179b)
• Erkaklar pastkashlik nimaligini tushunishmaydi-yu, lekin shu to‘g‘risida ko‘p gapirishadi. (179b)
• Boshqa xalqqa oliy taraqqiyotga ega bo‘lganlargina ta'sir o‘tkaza oladi. (495b)
• O‘limni o‘ylaganingda hayot zavqi kamayadi-yu, lekin tinchliging ortadi. (482b)
• Biz yashab turgan shu kattakon dunyo — zinqarcha planetamizda paydo bo‘lgan kichkina mog‘ordan boshqa narsa emas, biz bo‘lsak, bizda ulug‘ narsalar — fikrlar, ishlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylaymiz. (482b)
📚 @e_kutubxona
#Anna_Karenina
Lev Tolstoy. «Anna Karenina» romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (1)
| 1-kitobdan
• Ayollar bamisoli vint — hamma narsa o‘shaning tevaragida aylanadi. (53)
• Undaqalarni mashinada yasab chiqarishadi, hammasi bir-biriga o‘xshaydi. Menga desa shahzoda urug‘idan bo‘lmaydimi. (72)
• Qalbimizni kavlashtirganimizda, ba’zan shunday narsalarni kavlab chiqaramizki, unday narsalar o‘sha yerida ko‘rinmay yotgani yaxshiroq bo‘lardi. (191)
• Bizning hayotimiz payvand qilingan, lekin odamlar tomonidan emas, Alloh tomonidan payvand qilingan. (191)
• Ayol degan narsa shunday bir olamki, uni qancha o‘rganmagin, yana hamma vaqt undan yangi narsa topasan. Qaysi bir matematik lazzat — haqiqatni topishda emas, uni qidirishda, degan ekan. (210)
• Shuhratparast, mansabparast kishining yuragida hech nima yo‘q. Balandparvoz mulohazalar, ma’rifat va ma’rifatga bo‘lgan sevgisi, din-diyonat bularning hammasi baland martabaga erishish yo‘lidagi quroldir, xolos. (267).
• Bu masalaning ikki tomoni bor: bir tomonida poyga qatnashchilari tursa, ikkinchi tomonida tomoshabinlar. Bu xil tomoshaga ishqibozlik — tomoshabinlarning saviyasi pastligini ko‘rsatadigan eng to‘g‘ri alomatdir. (270)
• O‘z muassasalaridagi muhim, ahamiyatli narsalarni darrov payqab oladigan, ularni ardoqlaydigan xalqlarninggina istiqboli bo‘lishi ana shunday xalqlarnigina tarixiy xalq deb atash mumkin. (322)
📚 @e_kutubxona
KITOBGA SHAYDOLIK
Suriyaning sobiq muftiysi fazilatli shayx Ahmad Kuftaru juda ko‘p kitob o‘qir edi. Qayerga borsa qo‘lida kitob bo‘lar, bo‘sh vaqt topdi deguncha kitob o‘qishga kirishar edi. Birov bilan va’dasi yoki uchrashuvi bo‘lmasa ketma-ket o‘n ikki soatlab kitob o‘qir, charchoqni bilmas edi. Doimo shunday der edi:
"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!".
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
#Olim_odam_va_olam
Qoloq mamlakatlarning qoloqligi sabab esa aynan ilmsizlik va jaholatdir. Ular ilmga e’tiborsizligi sababli hatto Alloh zaminlariga berib qo‘ygan tabiiy boyliklaridan unumli foydalana olishmaydi. Yo ularni mustamlakachilarga boy berishgan yoki arzon-garovga sotishga majbur. Bu toifa davlatlarga Iroq va Liviya yoki Saudiya va BAAni misol qilishim mumkin. Keyingi ikki davlatni ro‘yxatda ko‘rib ajablanmang. Ha, aynan ular o‘zlarining mislsiz boyliklarini aqlsizlarcha isrof qilayotgan, mustamlakachi davlatlar tegirmoniga johillik bilan suv quyayotgan mamlakatlardir. Biz mustamlakachi buyuk davlat bo‘lishni xohlamaymiz. Ammo yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirgan, o‘z tabiiy boyliklarini o‘zi to‘liq mahsulotga aylantirgan va katta davlatlar nog‘orasiga o‘ynamaydigan davlat bo‘lishni xohlasak, faqat ilm tufayligina bu maqsadlarga erisha olamiz. Faqat ilm bilan!
- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №166 muhokama uchun Rey Bredberining "Farengeyt bo‘yicha 451 daraja" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan 2 nafar ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 24-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №165 muhokama uchun Chingiz Aytmatovning "Oxirzamon nishonalari" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 10-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
Kitobxonlar klubi: Dekabr oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati
№165 | 10.12.2022 | 20.00 ~ 23.00
🏆 Chingiz Aytmatov. "Oxirzamon nishonalari"
№166 | 24.12.2022 | 20.00 ~ 23.00
🏆 Rey Bredberi. "Farengeyt bo‘yicha 451 daraja"
——————————————————
🏆- Tanlovli muhokama
——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.
👉 2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati
📚 @e_kutubxona
Саховатли инсонларга яна бир далолат:
Тўрт ёшгина қизалоғимизнинг исми шарифи - Бекназарова Меҳрибон
Беморлиги - оққон, энг оғир тури
Карта рақами: Хумоcard
Хамкор банк 9860160115291942
Хасан Акрамов
Телефон рақами:
+998999725371
Яшаш манзили: Жиззах вилояти, Зомин тумани
Саховатпеша юртдошларимизга Аллоҳнинг ажрлари ёғилсин!
OMONAT KITOBLAR
Bir kishi faqih Abu Homid Ahmad ibn Abu Tohirdan bir kitobni omonatga oldi. Abu Homid bir ish bilan uning uyiga borganida u kishining o‘sha kitobning ustiga uzum qo‘yganini ko‘rdi.
Keyinroq o‘sha kishi Abu Homiddan yana omonatga kitob so‘radi. Abu Homid u so‘ragan kitobni bir tovoqqa solib olib chiqdi. U kishi Abu Homiddan kitobni nega tovoqqa solib olib chiqqanini so‘radi. Abu Homid dedi:
"Bu sen so‘ragan kitob. Bu tovoq esa yeydigan narsangni qo‘yishing uchun!".
Kishi xatosini angladi!
Inson uchun kitobi aziz bo‘ladi. Agar birovga manfaat berishini, savobni, ilm tarqatishni va kitob so‘rovchini ranjitishni o‘ylamaganida kitobini birovga bermagan bo‘lar edi.
Kitobni omonatga olgan kishi ham uni chiroyli saqlashi, muhofaza qilishi va egasiga chiroyli holatda qaytarishi lozim.
Ba’zilarga kitob bersangiz kitobda ovqat qoldiqlarini ko‘rasiz. Go‘yo kitobni o‘qish uchun emas, ovqatlantirish uchun olgandek.
Ba’zilar esa kitobingiz ustiga choy, qahva to‘kib, varaqlarini sarg‘aytirib qaytarishadi.
Albatta bu ishlarni qasddan qilishmaydi. Beparvolikdan, e’tiborsizlikdan qilishadi.
Ba’zilar kitobingizni qaytarishganda kitob yirtilgan, varaqlari bukilgan va shalviragan holda bo‘ladi.
Boshqa birovlar esa kitobingizga bir nimalarni yozishadi, chizib tashlashadi.
Birodarim! Bu mening kitobim, sizniki emas. Mas’uliyatni his qilishingiz kerak. Bunday qilishingiz mumkin emas. Bu ish omonatga xiyonat hisoblanadi. Omonatga olgan narsasidan inson so‘raladi!
Ba’zilar esa yuqoridagilarning baridan yomonroq bo‘ladi. Kitobni olishga olib qaytarib bermaydi. Butunlay egallab oladi!
Bu menga Anatol Fransning quyidagi gapini eslatadi:
"Kitobingizni boshqalarga bermang. Ular baribir qaytarishmaydi. Mening uyimdagi barcha kitoblar boshqalardan olingan kitoblardir!".
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №164 muhokama uchun GYOTEning "FAUST" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 26-noyabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
#Oʻtkan_kunlar
"Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsak yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yinturug‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirg‘uchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqg‘an giyohlar qarg‘ishig‘a nishonadir, o‘g‘lim!..".
- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan
📚 @e_kutubxona
#OYDINLAR
"Har bir jamiyatda bir guruh insonlar bor. Ular u jamiyatning barakasi va barcha yaxshiliklarining manbasidir. Bu guruh jamiyat manfaati uchun molini, harakatini va vaqtini sarflaydi. Ana shu guruh insonlar jamiyatning salohiyati o‘lchovidir. Ana shu guruh zaiflashib qolsa bizda jamiyat qolmaydi. Jamiyat jasadlar uyumiga aylanib qoladi".
- Doktor Abdulkarim Bakkor
📚 @e_kutubxona
O‘ylab ko‘ring.
Zamonamiz ota-onalari o‘z burchlarini qanchalik "qoyillatib qo‘yayotganlarini" bilmoqchi bo‘lsangiz Youtube'da eng ko‘p ko‘rilgan videolarni qarang: aksari yosh bolalar uchun olingan multfilmlar (hatto "islomiy" multfilmlar bo‘lsa ham!), ashulalar va shu kabi narsalar.
Qachon bolasi yig‘lasa, asrimiz ota-onalari qo‘liga telefon berib, Youtube ni ochib beradi. Ba’zilar islomiy tarbiya beryapman, deb islomiy multfilm yo nashidlar qo‘yib beradi. Islomiy tarbiya oson ekan-da! Bola hatto kipriginiyam pirpiratmay, qorni ochganiniyam unutib videolardan ko‘zini uzolmay, Youtube dunyosiga sho‘ng‘ib ketadi. Undagi jozibadorlik, rang-baranglilik bolani "zombi"ga aylantiradi.
Soha egalarining aytishicha, ijtimoiy tarmoqdan ko‘p foydalangan odamlarda oxytocin, dopamine kabi hayotdan rozilik, xursandlikni ta’minlovchi gormonlar har soniya katta miqdorda chiqaveradi. Oqibatda ularda bu garmonlar tabiiy ravishda chiqishi buzilib, depressiya, tushkunlik, baxtsizlikni juda ko‘p his qiladigan bo‘lib qoladi. Ayniqsa, bolalarda bu yanayam kuchliroq tarzda bo‘ladi.
Unutmang, farzand o‘stirishda oson yo‘l aslo to‘g‘ri yo‘l bo‘lmaydi. Bolaga youtube'ni ochib berib, bu bilan chalg‘itishingiz, turli kompyuter o‘yinlar olib berishingiz, ularni koka-kola kabi ichimliklar, shirinliklar bilan aldashingiz - bu kabi ishlarning bari sigaret yoki nasha olib berish kabi ishlar toifasidan. Hech biri sog‘lom ruhiyatga ega bolani paydo qilmaydi. Aksincha, undagi Alloh yaratgan sog‘lom fitratni bulg‘aydi, yo‘q qiladi.
O‘ylab ko‘ring.
- Mahmud Usmon
📚 @e_kutubxona
#Olim_odam_va_olam
OLIMLAR VA AMIRLAR
Rivoyat etilishicha, usmonli xalifa sulton Sulaymonga saroy xizmatchilari To‘pqopi qasri daraxtlarining shoxlarini chumoli bosib ketgani xabarini berishadi.
Mashvarat ahlidan daraxtlar shoxini yog‘lash maslahatini olgach, sulton o‘z odati bo‘yicha oldin rasman Shayxul-islom deb nomlanadigan davlat muftiysi fikrini olmoqchi bo‘ladi.
Shayx Abu Saud afandidan fatvo olish uchun sulton o‘zi boradi. Joylarida topmagach she’r shaklida quyidagi xatni yozib ketadi:
Gar chumoli daraxtda o‘rmalar
Uni o‘ldirmoq bo‘lurmi zarar?
Shayx uning maktubini ko‘rgach shunday javob qiladilar:
Gar adl mezoni qo‘yilsa to‘g‘ri
Chumoli nasibin olur beo‘g‘ri.
Bu bilan shayx sulton so‘raganidan ham muhimroq vazifadan ogoh etgandilar.
Sultonning odati doim shunday, ya’ni o‘zi ijro qiladigan har qanday ishga muftiyning yoki davlatdagi ulamolar oliy hay’atining fatvosini olardi.
Sulton Venaga qilgan yurishida Zektor jangida shahid bo‘ladi. Uning jasadini Istambulga keltirishadi.
Dafn asnosida o‘zi bilan qabrga bir sandiqni qo‘yishlarini vasiyat etgani ma’lum bo‘ladi. Uni mol-dunyoga to‘la deb o‘ylashadi va tuproq ostida uvol bo‘lishini o‘ylab sandiqni ochishadi.
Sandiq qiyomatda o‘zini himoya qilish uchun sulton yig‘ib qo‘ygan fatvolarga to‘laligini ko‘rib hayratda qolishadi.
Shunda davlat muftiysi shayx Abu Saud yig‘lagan holda shunday deydilar: "Ey Sulaymon, sen o‘zingni qutqarib olding. Ammo fatvomizda xato qilgan bo‘lsak, bizni qaysi osmon soyalantirib, qaysi yer ko‘tarib turadi??"
Ulamolar shunday bo‘lishgan!!
Hokimlar shunday bo‘lishgan!!
- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №163 muhokama uchun Xayriddin Sultonning "Ko‘ngil ozodadur" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 12-noyabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
AQL
Aqlning ilm bilan aloqasini aqoid ilmining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Umar Nasafiy rahmatullohi alayhi quyidagicha ta’riflaydi:
«Aql ham ilmning vositasidir. Unda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan ilm zaruriydir. Har bir narsa o‘zining bo‘lagidan katta ekani haqidagi ilm kabi. Aqlning mushohadasi orqali sobit bo‘lgan ilm kasbiydir. Ahli haq nazdida ilhom bir narsaning to‘g‘riligi haqidagi ma’rifat uchun vosita emas».
Insonning aqli ilm hosil qilish uchun eng muhim omildir. Aql vositasi ila hosil bo‘ladigan ilm ikkiga bo‘linadi.
Birinchisi – tahlil va mushohadasiz, bir ko‘rgandayoq o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ilm. Har bir narsa o‘zining bir parchasidan ko‘ra katta ekani bir ko‘rishda o‘z-o‘zidan bilinadi. Bu «zaruriy ilm» deb ataladi.
Ikkinchisi - aqlni ishga solib, tahlil va mushohada qilish bilan hosil bo‘ladigan ilm. Bu esa «o‘zlashtirilgan ilm» deb ataladi.
Aql ila hosil bo‘ladigan ilm his qilish a’zolari vositasida hosil bo‘ladigan ilmdan kuchlidir. Aql vositasi ila his qilish a’zolari yo‘l qo‘ygan xatolar ham tuzatiladi.
Masalan, suvda biror narsaning aksini singan holatda ko‘rish mumkin. Bu ko‘zning noto‘g‘ri xabaridir, lekin aql suvda aksi shunday ko‘rinayotgan narsaning aslida butun, to‘g‘riligi haqida ilm beradi.
Kasal odamga shirin taom ham nordon tuyulishi mumkin, lekin aql u taom aslida shirin ekanini anglatadi.
Ha, Alloh taolo odam bolasini O‘zi bergan aql bilan azizu mukarram qilib qo‘ydi. Inson o‘zidagi aql bilan boshqa hamma maxluqotlardan ustun turadi. Alloh bergan aql ila inson turli tadbirlar qiladi, turli ashyolarni, har turli maxluqotlarni o‘z foydasiga ishlatadi.
Ayniqsa, bugungi kunimizga kelib, inson o‘z aqlini ishlatib, ilm-ma’rifatning cho‘qqilarini birin-ketin zabt etmoqda. Oyga chiqmoqda, fazoni zabt etmoqda, o‘zining baxt-saodati uchun turli kashfiyotlarni qilmoqda. Yana son-sanoqsiz ishlarni qilishni rejalashtirmoqda.
O‘z-o‘zidan, demak, inson aqlini ishlatib topgan narsalari uni to‘liq baxt-saodat bilan ta’minlashga yetarli ekan-da, degan xulosa chiqadi. Bu fikrni bir ovozdan tasdiqlaganlar «Chunki bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat-da», - deb qo‘yishadi.
Ammo musulmon ulamolar bu gapga qo‘shilmaydilar. Ularning barchasi bir ovozdan «Insonning aqli uning to‘liq baxtli bo‘lishi uchun yetmaydi», - deydilar va bu fikrlarining tasdig‘i uchun quyidagilarni aytadilar:
Insonning barcha jihatlari, imkoniyatlari chegaralangani kabi, aqli ham chegaralangandir. Uning aqli ko‘p narsalarga yetgani bilan, ba’zi narsalarga yetmasligi turgan gap. Insonning barcha a’zolari, jumladan, his qilish a’zolari kamchilik va xatoga yul qo‘ygani kabi uning aqli ham kamchilik va xatoga yo‘l qo‘yishi turga gap. Bunga misol keltirishning hojati ham yo‘q. Chunki bugungi dunyo inson aqli yo‘l ko‘ygan xatolarga to‘liq yotibdi va o‘sha xatolardan azob chekmoqda.
Insonda aql bo‘lishi bilan birga, havoyi nafs ham bor. Gohida uning havoyi nafsi aqlidan ustun kelishi hech kimga sir emas. Ana o‘shanda aql bovar qilmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishi ham hammaga ma’lum. Havo deganda nafsning lazzat baxsh etuvchi va shariat ruxsat bermagan shahvatlarga moyil bo‘lishi tushuniladi.
Shuning uchun ham bugungi aql o‘z rivojining cho‘kkisiga chiqqan bir paytda odamlar o‘zlari uchun koni zarar bo‘lgan mast qiluvchi ichimliklarni o‘zlari man qila olmasdan, ularni ishlab chiqarish bo‘yicha turli musobaqalar uyushtirib, mazkur zaharni ishlab chiqarishda peshqadam bo‘lganlar bir-birlarini mukofotlab yurishibdi.
Shuning uchun ham bugungi aql o‘z rivojining cho‘qqisiga chiqqan bir paytda odamlar erkakning erkakka, ayolning ayolga nikohlanishi haqida qonunlar chiqarib, bu ishlari bilan maqtanib yurishibdi. Bunday ishlardan jirkanganlarni turli ayblar ila qoralashmoqda.
Bunga o‘xshash misollarni istalganicha keltirishimiz mumkin. Ammo bugun inson o‘z hayotidagi shikoyat qilayotgan muammolarining barchasi aqldagi nuqsonning va xatoning samarasi ekanini anglab yetsak, kifoya qiladi.
-- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mukammal saodat yo‘li" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Olim_odam_va_olam
#Antikorrupsiya
Vo Umaro!!!
Aytishlaricha, Umar ibn Abdulazizning qizchalari bir kun huzurlariga yig‘lab kirdi. O‘sha paytda u yoshgina qizcha bo‘lib, u kun esa hayit kuni edi.
- Sizni nima yig‘latdi, deb amirul-mu’miniyn so‘radilar.
Qizlari: "Hamma bolalar bugun yangi kiyimlar kiyishdi, men amirul-mumininning qizi bo‘la turib, eski kiyimdaman", deya javob qildi.
Umar uning yig‘isidan ta’sirlanib, Baytulmol xazinaboni oldiga bordilar va unga: "Keyingi oy maoshimni menga berib tura olasizmi", dedilar.
Xazinabon: "Nega, yo amiral-mu’miniyn", dedi.
Umar unga bo‘lgan voqeani aytib berdilar.
Shunda xazinabon: Men qarshimasman, lekin bitta shartim bor, dedi.
Umar: U qanday shart ekan, dedilar.
Xazinabon: "Menga keyingi oygacha tirik qolib, oldindan olmoqchi bo‘lgan maoshingizni to‘lab bera olishingizga kafolat bering", dedi.
Umar uni qoldirib, uylariga qaytdilar. Farzandlari: "Otajon, nima bo‘ldi?", deb so‘rashdi.
Umar dedilar: "Yo sabr qilasizlar va hammamiz barobar jannatga kiramiz, yoki sabr qilmaysizlar va otangiz do‘zaxga kiradi". Shunda bolalari: "Sabr qilamiz, otajon", deya javob qilishdi.
Qaniydi bizda ham mana shu uchlik bo‘lganda edi; Umar, xazinachi va Umar bolalari...
- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Oʻtkan_kunlar
• Jaholat kelsa, aql qochadir
• Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar buladirg'an yurak javharidir. Shuning bilan birga ko'b vaqtlar kishiga zararlik ham bo'lib chiqadir. Shuning uchun kuch sarf kilib bo'lsa ham unitish, ko'b uylamasliq kerakdir.
• Ba'zi yengil muhokamalaring onangnikidin qolishmaydir.
• Ammo otangni ham shu jonivorlar orasig‘a qo‘shib o‘lturishing qisqalig‘ingdir.
• «Ularning orzularini bularga so‘zlamayman-da, Toshkandlariga ham bormayman».
• Bir oz aqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir.
• O‘rinsiz chiransang, beling sinadir.
• Ikki yorni ajratuvchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!
• «Mamlakatning tinchlig‘i qipchoqlarni kesish bilan hosil bo‘lsa, mayli, kessinlar!
Yurtning obodlig‘i gunohsiz qipchoqning qizil qonig‘a qolg‘an bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar!
Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda bo‘lsa— meni ham ossinlar!
Bu palidlarning marhamatiga men ham muhtoj emasman!»
- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan
📚 @e_kutubxona
O‘YIN-KULGU UMMATI!
“Kundalik xabarlar” gazetasining yozishicha, Bayrutdagi teatrlardan biri bir raqqosa bilan yigirma kechalik shartnoma tuzibdi. Har kecha raqs tushgani uchun unga yuz junayhdan berishar ekan. Bu degani Suriyaning 885 lirasiga to‘g‘ri keladi. Raqqosa bir kechada topadigan pulni davlat ishchisi olti oyda ishlaydi. Qozi uch oyda ishlaydi. Mahkama raisi, universitet professori, muhandislar ikki oyda ishlaydi. Parlament deputati bir oyda ishlaydi. Raqqosaning ikki kechada ishlaydigan puli vazirning maoshiga to‘g‘ri keladi. Uch kechada topadigan puli bosh vazir maoshiga teng. To‘rt kechada topgan puli Prezidentning maoshi bilan teng!
Bu nima degani?
Aktyor Mahmud Shokoko besh yilda erishgan mol va shuhratga nega Suriyalik yozuvchi, tarixchi, jurnalist va jamoatchilik arbobi Muhammad Ali Kurd yoki boshqa arab davlatlaridagi olimlar ellik yilda ham yeta olmaydi?!
Buning ma’nosi shuki, biz hazil-mazah, yengil-yelpi, lag‘v va behuda ishlarga berilib ketdik. Bor g‘amimiz va tashvishimiz shu. Jiddiylikdan uzoqlashdik. Bizga vatanni bino qilishdan, foydali ilm olishdan, go‘zal xulqqa ega bo‘lishdan ko‘ra qayoqdagi o‘yin-kulgular va tomoshalar muhim bo‘lib qoldi!
Biz ommaga “tasalli” beradigan, shahvatlarni uyg‘otib yuboradigan arzon “san’at”ga ahamiyat beradigan bo‘lib qoldik!
Biz hali buning badalini universitet professori beradigan ilmning oltmish barobaridan ham qimmatroq miqdorida to‘laymiz!
Buning ma’nosi shuki, biz yashashga munosib emasmiz!
- Ali Tantoviy
📚 @e_kutubxona