🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Karvon yo‘llarida"
✍ Mirkarim Osim
⚙ Qissa
⚖ 3,6 MB
🔎 PDF
📄 86 sahifa
📚 @e_kutubxona
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №195 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Baxtiyor Abdug‘afurning "Madaminbek: Qonli gullar vodiysi" asari tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#10kitob
Xayrulla Hamidov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi
1. Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani
2. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani
3. Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor” asari
4. Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani
5. Teodor Drayzer, “Amerika fojiasi” asari
6. Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani
7. Abdulla Oripov sheʼrlari
8. Karel Chapek, “Salamandrlar jangi” asari
9. Stendal, “Qizil va qora” romani
10. Mixail Bulgakov “Usta va Margarita” asari.
📚 @e_kutubxona
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Samandarlar bilan jang"
✍ Karel Chapek
⚙ Roman
⚖ 12,2 MB
🔎 PDF
📄 296 sahifa
Chex yozuvchisi Karel Chapek o‘zining «Salamandralar bilan jang» romanida 1930-yillardagi xalqaro siyosatni, shu jumladan, Germaniyada bosh ko‘targan fashizmni qattiq hajv qilgan. Romanga go‘yo Indoneziya orollaridan birida uchragan aqlli maxluq salamandralarni “odamiylashtirish” haqidagi fantastik uydirmani asos qilib olingan.
Ulkan foyda olish uchun har qanday qabihlikdan qaytmaydigan sanoatchilar salamandralardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanadilar. Salamandralar esa o‘z navbatida insoniyat jamiyatining barcha illatlarini o‘zlashtirib olib, odamlar bilan raqobat qila boshlaydilar. Salamandralar hayotini tasvirlar ekan, yozuvchi o‘sha davr siyosatining satirik manzarasini chizib beradi.
📚 @e_kutubxona
#Oʻtkan_kunlar
— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?
Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi:
— Kim yig‘latdi sizni?
— Yig‘labmanmi?
— Ko‘zingiz, kiprakingiz...
— O‘zi shunaqa...
— Yig‘latg‘an men emasmi?
— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay.
— Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi?
— Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir
qo‘rqg‘andek shoshib aytdi.
— Ko‘ndingiz... nega, a?
Otabek hayrat va taajjub ichida edi.
— Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman...
— Shuning uchun...
— Shuning uchun ko‘ndim...
— Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek.
— Sizning ham ko‘nglingiz...
Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edi shu vaqt.
— Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz?
Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan:
— O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’i
bo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘z topolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javob berish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi:
«Ota-ona orzusi...»
— Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush.
— Manim orzumni ham bilasizmi?
- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan
📚 @e_kutubxona
HOKIM VA OLIM
Hishom ibn Abdulmalik imom A’mash rahimahullohga yozdi:
"Menga Usmon ibn Affonning jinoyatlari va Aliy ibn Abu Tolibning manoqiblari haqida yozib yubor".
A’mash rahimahulloh unga shunday deb maktub yozdi:
"Bismillahir Rohmanir Rohim.
Agar Usmonning jinoyatlari yer aholisi jinoyati miqdorida bo‘lsa ham u senga zarar bermaydi. Agar Aliyning maqtovli ishlari yer aholisining maqtovli ishlari kabi bo‘lsada buni senga foydasi yo‘q. Sen o‘z ishingni ko‘r. Falonchining qulashi, pistonchining toyilishi bilan mashg‘ul bo‘lishdan to‘xta. Ular uchun sen javob bermaysan. Insonlarning yaxshiliklari o‘zlari uchundir, senga emas. O‘z ayblaringni tuzatish bilan shug‘ullan. Gunohlaringdan tavba qil. Hasanotlaringni ko‘paytir. Ana shu kitobingda qoladi. Insonning badbaxtligiga dalil uning boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishidir".
- Ayman Yog‘iy
📚 @e_kutubxona
#Vatandoshlik_dasturi
Professionallar
«Siz o‘rganish predmetingizni adabiyotlar va kuzatishlar yordamida o‘zlashtirishingiz mumkin, ammo universitetda bilimlarni kerakli darajada yetkazish uchun, ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarini o‘zingiz bosib o‘tishingiz, ya’ni qanday qilib o‘z tajribangiz asosida empirik faktlardan statistik faktlarni olish va ulardan ilmiy faktlar chiqarishni bilishingiz kerak. Ilmiy izlanishlar natijasida atrof-muhit va uning faoliyati, inson va inson jamoasining faoliyati haqida tushuncha, jamiyat, tabiat va tafakkur yoki mantiq qonunlarining zarurati va ahamiyati haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan har bir ustozda talabalar bir zumda ilg‘ab oladigan salohiyat paydo bo‘ladi. Bunday odamda professional uslub, fikrlashning maxsus tartibi rivojlanadi. Adekvat professional kishi boshqa professionallarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, ularga nisbatan o‘zini talabchan, qo‘llovchi va ilhomlantiruvchi tarzda tutadi. Professional kishi ishonchlidir va o‘z atrofida qattiyat hissini yaratadi. Shuni esda tutish kerakki, professional kommunikatsiya faqat bir xil saviyadagi odamlar orasida vujudga kelishi mumkin; malakasizlar bilan predmetli suhbat imkonsizdir - professional kishi malakasizlar bilan faqat mavhum, oldi-qochdi mavzularda gaplasha oladi».
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Maqola
Aqlli bo‘lish uchun qanday kitoblarni o‘qish kerak?
Sportchi o‘zi uchun yengil vazn yoki qulay raqib bilan cheklansa, uning mahorati oshadimi, musobaqalarda g‘olib bo‘ladimi? O‘qish ham shunday.
Kishi o‘zini qiyin yozilgan, qalin jildli (“harflari ko‘p, rasmi kam”) kitoblarni, uzun maqolalarni oxirigacha o‘qishga majburlay olishi kerak.
“Foydali kitob qiziq bo‘ladi. Qiziq kitob oson o‘qiladi”, degan fikrga aldanib qolish “barcha oson o‘qiladigan kitoblar hamisha foydalidir” yoki “foydali kitob hamisha qiziqarli yozilgan bo‘ladi”, degan xato xulosaga olib keladi va ko‘pgina yangi ma’lumotlardan to‘sib qo‘yadi.
Deylik, siz bilim saviyangiz va tafakkuringizni kuchaytirish maqsadida yengil yozilgan kitobni o‘qiyapsiz. Ushbu kitob ichidagi gaplar oson fahmingizda o‘tiryapti. O‘zingizdan so‘rang, ehtimol siz shundoq ham xabaringiz bo‘lgan narsani o‘qiyotgandirsiz? Buning ham foydasi bor, albatta: avvallari olingan bilimni puxtalab olish, unitilayotgan narsani qaytarish kerakli mashg‘ulotlardan. Lekin eski narsani qaytarish yangi bilimlarni olish deganimas.
Yengil yoki tanish narsalarni o‘qiyverish ongining chegaralanishiga olib keladi. Sizga zerikarli va yoki qiyin tuyulgan matnlar, ehtimol, malakangizni oshirish yoki dunyoqarash kengligi uchun foydali bo‘lib, unda yangicha yondashuvlar, avvallari uchramagan yangi ma’lumotlar, kashf qilinmagan olamlar bordir?
Notanishlikni miya yoqtirmaydi, darrov diqqatni burish, kislorodni bo‘g‘ib, esnoq tuttirishga kirishib ketadi, qorinni ochirib qo‘yadi yoki hojatga chaqirib qoladi. Bunga sabab: miya organining dasturida “Zo‘riqmay kayf ol! Quvvatni asra!” buyrug‘i bitilgan. Ongli kishi bu jo‘ngina buyruq o‘rniga: “O‘qib o‘zgar, bo‘lmasam halok bo‘lasan! Bir oz qiynal, evaziga katta rohat topasan!” degan dasturni ham yoqa bilishi kerak.
Kasbingiz yoki dunyoqarashingiz rivoji uchun foydali topilgan eng murakkab va eng semiz kitobni olib xijjalab o‘qishga o‘zingizni undang. O‘qish, tushunish qiyin kechayotgan vaqtda o‘zingizga “men yangi, notanish narsalarni ochyapman, shuning uchun miyam o‘zlashtirishi qiyin bo‘lyapti, oxirigacha o‘qisam yuz foiz bo‘lmasa ham, o‘n foizini tushunsam katta gap. Undan ozi qolsa ham roziman, chunki kamida qiyin kitob o‘qish ko‘nikmasini o‘zimda hosil qilyapman”, deng va oxirgi stari qadar kitobga xujum qiling.
Qiyin kitoblarda ko‘pgina tushunarsiz qolgan ma’lumotlar baribir miyada iz qoldirardi. Bu safar tushunmasangiz, boshqa manbalarda xuddi shu ma’lumotlarni uchratib qolasiz va miyada “a ha!” alangasi bilan birdaniga murakkab narsani tushunib qolasiz. Shuning uchun to‘xtamay qiyin va uzun matnlar bilan ishlayverish kerak.
Birinchi qor yer yuzasini oqartirmasa ham, u keyingi qor saqlanishi uchun yerni sovitib beradi. Boshlang‘ich, tushunarsiz ma’lumot ham xotirada o‘rnashmagandek ko‘rinadi. Ammo u fahm yuzasini keyingi o‘qishlar uchun birinchi sharoitlarni yaratib beradi.
Sportchi og‘ir mashqlariga qaytaverganidek, katta va mushkul kitoblarni oxirigacha bitiring.
- Jamshid Muslimov
📚 @e_kutubxona
YOZGANINGIZNI ANGLANG
Yosh nosirga maslahatlar
• 1. Sizni og‘rintirgan mavzu toping.
Shunday mavzu topingki, u sizni tinmay bezovta qilaversin. Ichingizga sho‘ng‘igan payt yuragingizga o‘sha mavzuni singdirib ko‘ring. Yuragingiz, ha, bu mavzu boshqalarni ham o‘ylantirishi kerak, desagina uni asar mohiyatiga aylantiring. Shunda ayni o‘sha asar o‘quvchida haqiqiy qayg‘u hissini uyg‘otadi.
• 2. Gapni ko‘paytirmang.
Keling, bu borada gapni ko‘paytirib o‘tirmaylik.
• 3. Soddalik.
Bir tilning ikki daho farzandi Uilyam Shekspir va Jeyms Joys ijodiga bir nazar soling. Shekspirni mashhur qilgan o‘sha ulug‘vor “O‘lmoq yoki qolmoq” masala ham o‘ta qisqa yoritilgandi – eng uzun so‘z besh harfdan iborat. Joys ham istasa, Kleopatraning toji yanglig‘ muhtasham jumlalar tuza olardi, biroq uning “Evelin” hikoyasini bir o‘qing-chi! Butun hikoya uch so‘z bilan ochib beriladi: “U charchagan edi”. Tildagi soddalik nafaqat farosat, balki muqaddaslik belgisidir.
• 4. Jumlalarga jalloddek yondoshing.
O‘quvchi yaxshi biladiki, siz istasangiz, Kleopatra uchun toj ham yasashingiz mumkin. Ammo sizdagi yetuklik ongingizdagi vazmin fikrlar bilan hisoblashmog‘i shart. Qoidangiz shunday bo‘lsin: agar siz tuzgan jumla hikoyangiz g‘oyasini zarracha bo‘lsa-da yoritolmasa, uni yo‘qoting. Qanchalar mukammal bo‘lmasin, baribir. Kerak emas!
• 5. Nima demoqchisiz?
Men antik mualliflarni purhasham nomlari yo bizdan ancha avval yashab o‘tganlari uchun emas, balki aytmoqchi bo‘lganlarini ham dangal, ham tashbehlarga ustalik bilan o‘rab ifoda qilganliklari uchun benihoya yaxshi ko‘raman. Yozganlarini anglab borar ekanman, o‘smirlikdagi almoyi-jalmoyi uslubda yozish, fikrimni Pikasso suvratlaridagidek uslubda aytish, jaz musiqasidek sirli va jozibador shakllar topish orzum puchga chiqdi.
Aytadigan gapni boricha ayta olish yetuklik belgisidir.
• 6. O‘quvchiga rahmingiz kelsin.
O‘quvchilar siz kabi buyuk so‘z ustasi emas, hazrati oliylari. Ular o‘qishi, ma’rifatga erishishi kerak. Odam o‘qiydigan tilda yozish siz o‘ylaganchalik oson ish emas.
Lekin hali xursand bo‘lmang. Oradan o‘n yillar o‘tgach, o‘zi nega yozyapman, degan savol tug‘iladi sizda. O‘shanda eski yozuvlaringizni o‘qib, tushunib, asl maqsadingizni aniqlab olishingiz mumkin.
• 7. Nazariyani o‘rganing.
Badiiy uslubni texnik jihatdan o‘rganib chiqishi uchun Uilyam Strank va E. B. Uaytning “Uslub unsurlari” kitobini tavsiya qilaman. E. B. Uayt, ta’bir joiz bo‘lsa, Amerikaning jahon adabiyotiga tuhfa qilgan eng kuchli adabiyotshunoslardan biridir.
- Kurt VONNEGUT (1922–2007), AQSH adibi
"Kitob dunyosi" gazetasidan
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Bir umrning zavoli"
✍ Stefan Sveyg
⚙ Hikoya
⚖ 0,2 MB
🔎 PDF
📄 16 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Nazmiy
Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz cho‘kuvdik,
hamon izzamiz,
sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz,
o‘rindan ozgina tursak maylimu?
O‘tganlar bari bek,
qolgan javdirar,
gardanda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar,
mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar,
o‘z bekim yerida yursak maylimu?
Nasimlar gullamish ozod tog‘larda,
ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda,
bobolar qiynalib tikkan bog‘larda
ag‘anab bir xayol sursak maylimu?
Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari so‘lgan,
urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda
o‘z bekim davlatin qursak maylimu?
Yuz ellik yildirki mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan ushbu jaholat,
nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat?
Nega men so‘rayman sizdan ijozat?!
- Shavkat Rahmon
📚 @e_kutubxona
#ityurak
- Hammasiga qanday ulgurasiz-a, Filipp Filippovich?
- Odam hech qayoqqa shoshilmasa, hamma narsaga ulguradi. Agar men ham majlisdan majlisga sakrab, o'z vazifamni bajarish o'rniga ertadan kechgacha bulbulga o'xshab sayrab yurganimda hech qayerga ulgurmagan bo'lar edim, albatta.
- Mixail Bulgakov, "Ityurak"
📚 @e_kutubxona
#Maqola
✍ Mahmud Usmon
📓 «Forobiy, maymunlar va pashshalar»
⚙ Maqola
⚖ 0,7 MB
🔎 PDF
📄 3 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan №195 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
• Jami: 1092 ovoz
1. Madaminbek: Qonli gullar vodiysi - 305 (28%)
2. Don Kixot - 304 (28%)
3. Oq nilufarlar yurtida - 249 (23%)
4. Vatandoshlik dasturi - 130 (12%)
5. Musallas mamlakati - 104 (10%)
✅ Demak, 29-iyun kuni Kitobxonlar klubida "Madaminbek: Qonli gullar vodiysi" asari tahlil qilinadi.
#Vatandoshlik_dasturi
«Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir inson so‘z erkinligiga ega. Axloqsiz xatti-harakat tarafdorlari, so‘z erkinligidan foydalanib ularga qarshi fikr bildirayotgalarni toqatsizlikda ayblashadi. Bu demagogiya – yorliq yopishtirishdir. Bunday uslub, ular o‘ylaganday Yevropa qadriyati emas, va Yevropa qadriyatlarini himoya qilish ham emas.
- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
📓 «Kuchsizlar kuchi»
«Kuchsizlar kuchi» kitobining ikkinchi, to‘ldirilgan nashri.
«Kuchsizlar kuchi» asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini ochib beradi. Asarda g‘ayriinsoniy tuzumlarda o‘zlikni saqlab qolish, sof hayotiy qadriyatlar asosida yashash shartlari, shuningdek, posttotalitar tuzumlarda o‘zlikni asrash ko‘nikmalari ta’sirli misollar bilan yoritiladi.
Asar kommunistik mafkura asoratlaridan xalos bo‘lishda “siyosiy dekompressiya” qoidalariga rioya qilish hamda postsovet davlatlarining demokratik taraqqiyot yo‘liga tushib olishida muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
✍️ Muallif: Vatslav Havel
🔄 Tarjimon: Hamid Sodiq
📚 @e_kutubxona
#Koʻrilma
"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan
31.05.2024
*Qanday ko‘rinishda chiqarsang ham yarashaveradigan asar
📚 @e_kutubxona
#Sahifalar
«Agar oldingi ulamolar biz kabilar ularga merosxo‘r bo‘lishini bilganlarida edi, qabrlariga kitoblari bilan ko‘mishni vasiyat qilgan, hech ham ichlaridagi ilmni tashqariga chiqarmagan bo‘lardilar».
«"Kimki safar qilmagan bo‘lsa, uning ilmiga ishonch yo‘q", deyishgan»
📚 @e_kutubxona
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №194 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Fyodor Dostoyevskiyning "Telba" romani tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
#Keltirma
«Ta’limning o‘zi odamni yuksaltirmaydi va hoziridan afzal yoki ko‘proq ozod qila olmaydi. Ilm insonni yanada qudratliroq, yanada imkonliroq va jamiyatga manfaati ko‘proq qilishi mumkin. Lekin tarix shunga dalolat qiladiki, qoloq millatlardan farqli o‘laroq, ta’lim olgan kishilar va ilmli millatlarni ham xohlagancha o‘ynatish mumkin, balki ularni yovuzlikka xizmat qildirish ham mumkin».
- Ali Izzatbegovich, "Sharq va Gʻarb o‘rtasidagi islom" kitobidan
=========================
Darhaqiqat mazkur fikrning to‘g‘riligini Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi, g‘arbning ilmni qirg‘inbarot qurollar yaratish va ishlatishga bo‘ysundirishi, riboviy iqtisod, jinsiy buzuqlik maqsadlariga xizmat qildirish kabi yovuz maqsadlarda ham mohirona ishlatayotgani tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, ilmda ham niyat, go‘zal axloq va oliy maqsadlarni ko‘zlash muhim rol o‘ynar ekan. Bizda ilmni Alloh uchun hamda uni dunyo va oxirat saodatiga vosita o‘laroq olinishi bejizga emas ekan.
- Mubashshir Ahmad
📚 @e_kutubxona
Qodiriy emaslar haqida
Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar" nashridan keyin o‘sha davr uchun ancha katta pul hisoblangan qalam haqi oladi. Yozuvchining o‘g‘li Habibulla otasidan velosiped olib berishini so‘raydi. Qodiriy quyidagi so‘zlarni aytib rad etadi:
"O‘g‘lim, men senga velosiped olib berishga qurbim yetadi, lekin atrofga qara - xalq yupun, yalangoyoq, yarim och kun kechirmoqda. Men senga velosiped olib berishdan uyalaman, mening o‘g‘lim sifatida och, yupun va yalangoyoq holdagi millatdoshlaring oldida velosiped minib yurishdan sen ham uyalsang kerak".
📚 @e_kutubxona