e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan

12.09.2024


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Odam taqlid, tanlash va ijod qilishdan iborat uch bosqichdan o‘tadi".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Kitob yolg‘izga taskin, qalbga najot, hamsuhbat istaganlarga suhbat manbai, fikrovchiga rohat, yo‘lovchiga chiroq kabidir".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#10kitob

Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” — adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldosh tavsiya qiladi:

1. Imom Buxoriy hadislari
2. Odil Yoqubov, “Koʻhna dunyo” romani
3. Abdulla Qahhor, “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi
4.. Shukur Xolmirzayev, “Dinozavr” romani
5. Luqmon Boʻrixon, “Jaziramadagi odamlar” romani
6. Nazar Eshonqul, “Goʻroʻgʻli yoxud hayot suvi” romani
7. Faxriyor, “Izlam” sheʼriy toʻplami
8. Jontemir, “Jazba” sheʼriy toʻplami
9. Javlon Jovliyev, “Qoʻrqma” romani
10. Sayim Isoq, “Qiyomatga qolmagan qasos” asari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Barcha birjalarda yetakchilikni qo‘lga kiritgan DOGSni tabriklaymiz!🔥

Ammo kuting, PIGS tezlashmoqda, tez yaqinlashmoqda va quvib o'tishga tayyor - poyga davom etmoqda...

CATS o'yinchilari 16 Milliondan oshib ketdi. Kim Listingni Kutyabdi?

PIGS DUCKS GOATS CATS PANDAS

🎯 Agar siz ham kripto olamida yangiliklardan xabardor bo'lishni va onlayn daromadni oshirishni xohlasangiz, bizning kanalimizga qo'shiling va muvaffaqiyatga qadam qo'ying!

📈 Kanalga Qo'shiling @Cryptical_uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Sahifalar

"Talabaning ilm o‘rganish uchun safarga chiqib, olimlar bilan uchrashishi, uning ilmi yana ham ziyoda bo‘lishi garovidir".


"Ta'lim oluvchi o‘z uyi va vatanidan uzoqda bo‘lishi yaxshi"


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Elbert Hubbard
📓 «A Message to Garcia»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
📓 «Ilohiy komediya» Ibn Sinodan ko‘chirilganmi?
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 3 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Aqlli bola yoxud fahm ilmidan saboqlar

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yangi_nashr

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Ihyou_ulumid_din

Gavharlarni to‘ng‘izlarning bo‘yniga osmanglar

Olim kishi barcha bilgan narsalarini har kimga ham oshkor qilavermasligi lozim. Bu so‘z talaba o‘sha ilmni tushunadigan, lekin undan foydalanishga loyiq bo‘lmagan holatda tegishlidir. Endi u tushunmaydigan ilmlarni oshkor qilish qanday bo‘lar ekan?!
Iso (a.s.) shunday deganlar: «Gavharlarni to‘ng‘izlarning bo‘yniga osmanglar». Albatta, hikmat (ilm) gavhardan yaxshiroqdir. Kim uni yomon ko‘rsa, to‘ng‘izdan ham 
yomonroqdir. Shuning uchun: «Har bir bandaga aqlining me’yoriga ko‘ra o‘lchab va fahmining mezoniga ko‘ra tortib ber. Toki sen uning yomonligidan salomat bo‘lasan va u ham sendan foyda oladi. Aks holda me’yorlar turlicha bo‘lgani uchun inkor paydo bo‘ladi», deyilgan.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Axlatga belanib yotgan kimsa sulton qiziga sovchi qo‘ya oladimi?"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📚 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi!

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🔹1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔹3-o‘rin (3 nafar) – RedMi planshet;
🔹4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔹5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔹“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – RedMi smartfon.

Tanlovda ishtirok etish👇
/channel/kitobtanlovbot?start=5794697868

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Ibratli joyini o‘zingiz topib olarsiz.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Ta'limdagi haqiqiy islohotlarning boshlanishida talabalarning suidsidi ko‘payib ketadi..."

Siz nima deb o‘ylaysiz?

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Erik Orsenna
📓 Qog'oz yo'li (Globallashuvga qisqacha sharh)
⚙ Adabiy-badiiy nashr
⚖ 2,5 MB
🔎 PDF
📄 260 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yosh_Verterning_iztiroblari

Gyote, «Yosh Verterning iztiroblari» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Agar o‘zingiz bolaga aylanmasangiz, uning qalbiga yo‘l topolmaysiz!


Bu dunyoda kamdan-kam kishilar bir-birlarini tushunadilar.


Shu narsa aniqki, dunyoda muhabbatgina kishini aziz qiladi.


Fikr doirang shu qadar tor bo‘lganligi uchun ham hamma narsaga shunday tor nazarda qaraysan!


Beparvoroq bo‘lsang, hamma narsa yengil ko‘chadi!


Rost gap, senga o‘z bag‘rini ochgan buyuk qalbning issiq mehrini tuyishdan ham ortiqroq shodlik dunyoda bo‘lmasa kerak.


O‘z bilimini kengaytirib, uni umum manfaatiga bag‘ishlashga va kundalik hayotga shu darajada faol ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lgan kishilarni kamdan-kam uchratganman.


Mavqening mutlaqo ahamiyati yo‘qligini, yuqori mavqeni egallagan kishi kamdan-kam asosiy rolni o‘ynay olishini bu ahmoqlar nega tushunmaydilar-a?


​​O‘zlarining arzimas ishlariga va hatto intilishlariga dabdabali nom berib, buni inson zotining farovonligi va salomatligi yo‘lidagi ulkan ishlar, deb hisoblovchilarga ham yashash juda oson...


O‘z-o‘ziga qasd qilish rostdan ham kuchsizlik-ku, turmush azoblarini yengishdan ko‘ra, tinchgina o‘lib qo‘ya qolish oson-da, axir!


Kishi o‘z baxtini o‘zi yaratadi, degan gap naqadar to‘g‘ri...


​​Nega shunakaykin-a, kishiga baxt keltiruvchi narsa uning azoblariga ham yo‘l ochib beradi?


Ma’naviy sokinlik va o‘z-o‘zidan qoniqish zap ajoyib narsa-da! Bu boylik qanchalik qimmatbaho va go‘zal bo‘lgani bilan bu qadar mo‘rt bo‘lmaganida edi!


Odamdagi toqatning ham chegarasi bor. Inson quvonchni ham, dardu alamni ham ma’lum bir chegaragacha ko‘tara oladi, o‘sha chegaradan o‘tdimi, bas, u so‘zsiz halok bo‘ladi. Demak, bu yerda gap uning kuchli yoki kuchsizligi haqida emas, balki u odam o‘z azoblari me’yoriga - u ma’naviymi yoki jismoniymi, baribir bardosh bera olishi haqida boryapti.
Umr o‘tkazish uchun insonga ozgina, qabr uchun esa, undan ham ozroq yer parchasi kifoya.


Xayol - xudoning buyuk marhamati!


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Yuloning tarsakisi

«Jiddiy narsalarni muhokama qilib, yechimlar ishlab chiqib, amalda tadbiq etadigan insonlar qolmadi deb hisoblaydiganlar yolg‘izlikka giriftor bo‘ladi. O‘tgan faoliyatini ma’nosiz deb hisoblab, bir paytlar yangi deb qaralgan narsalar allaqachon eskirgan, quvonch yoki qayg‘uga sherik bo‘ladigan hech kim yo‘q hamda  u uchun muhim bo‘lgan narsani e’tiborli deb hisoblaydigan insonni topa olmaganlar - o‘zini yolg‘iz his qiladi. Bunday vaziyatda tizimli va kompleks yondashuv bo‘lmasa, u haqiqiy yutuqlarni ko‘zlash o‘rniga, faqat ayrim detallarga va tashqi muvaffaqiyatlarga e’tibor berishni boshlaydi. Haqiqiy muhim narsalarni chetga surib, arzimas ishlar bilan shug‘ullanadi [ilm qilmaydi – lekin dissertatsiya yoqlaydi, muammoni tadqiq etmaydi – lekin ilmiy maqola yozadi]».  

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bildirma

Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №197 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Elbert Xabbardning "Garsiyaga maktub" essesi tahlil qilinadi.

Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha

👍 Qatnashaman
👀 Kuzataman
🤔 Sharoitga qarayman

Kitobxonlar klubi

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Esse
Elbert Xabbard
📓 «Garsiyaga maktub»
⚙ Esse, ocherk
⚖ 0,6 MB
🔎 PDF
📄 4 sahifa

“Garsiyaga maktub” nima o'zi u? Ushbu ocherk ilk bor 1899-yil mart oyida «Philistine» jurnalida nashr etildi. Muallif - Elbert Xabbarddir. O‘sha davrda Nyu-York markaziy temiryo'l stansiyasida 1,5 mln. yaqin ushbu maqolaning nusxasi tarqatilgan. Ushbu maqola jami dunyo bo'yicha 40 mln. ortiq nusxada chop etilgan.
O‘qimasangiz bo‘lmaydi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qalb_iffati

Inson xonada emas, qalbda rohatlanadi. Har ayolning xonasi uning qalbidek. Ayol qalbda boy berganlarini tashqaridan qidiradi.

- Nuriya Cheleen, «Qalb iffati»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

Menga alam qilar tilla baliqcha,
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.


(c) Abdulla Oripov

— — —

O‘sha sho‘rlikkina tilla baliqcha
Ummonga tashlandi, rohatlan, deya,
Va lekin bir joyda aylanar tinmay...
Alhol o‘zgarmadi eski saviya.


(c) Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan

19.08.2024
[ildiz]

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

ILMNING HUZUR BAXSH ETISHI HIKMATI VA ILMGA BOGʻLIQ AYRIM HAQIQATLAR

Ilm huzur va lazzat manbaidir. Ilmni o‘rganish, ilm qalbga, aqlga kirib joylashayotganini his etish insonni huzurga ko‘madi. Ichidagi ilmni bilish ham insonni lazzatlantiradi, shuningdek, cheksiz ilm hududini ko‘rib, unga nisbatan ochlik va chanqoqlik tuyish ham o‘zga bir zavqni, qo‘rquv aralash ishtiyoqni tug‘diradi.

Chunki ilm insonlar uchun ma’rifat va saodat yo‘lidir. Agar biz ilmning lazzatini tuymasaydik, ilm o‘rganmasdik. Ilm o‘rganmasak, jaholatda qolib, razolatga botardik. Shu boisdan ham Parvardigor ilmni mashaqqatlar bilan o‘ralgan bir lazzat va bir huzur ekanligini bizga bildirdi. Biz esa lazzat va huzurga o‘ch qilib yaratilganmiz.

Ko‘plab insonlarni kuzatib amin bo‘ldimki, ular ilmning lazzatiga asir bo‘lib qolganlar. Holbuki, unday bo‘lmaslik kerak edi. Chunki ilm lazzat uchun emas, balki ikki alohida maqsad uchun qo‘lga kiritiladi:

1. Amal qilish, ya’ni inson ilmdan hayoti uchun dasturilamal o‘laroq qo‘llanadi, ilm bilan to‘g‘ri va xatarsiz yashaydi.

2. Ilmni o‘rgatish, ya’ni inson o‘zida hosil bo‘lgan ilmni o‘zidan keyingilarga yetkazishga mas’uldir.

Ilmning hammasi ham foyda keltirmaydi. Hamisha ham ilmning ziyodasi insonni baxtli qilmaydi. Ayrim ilmlar borki, ular insonlarga ziyon yetkazadi. Gohida ilmi oshib-toshib ketganlar ilm sababli halokatga uchrab qoladilar.

Yoshlarning hech narsani farqiga bormay hamma ilmlarni o‘rganishlari, o‘zlaridagi eruditsiya, fe’llaridagi tiyiqsiz istaklarga taslim bo‘lib turli sohalarga urinishlari besamar tugaydigan harakatdir. Chunki bu ishlar natijasida ularda na ilm hosil bo‘ladi, na hikmat. Aksincha, ayrim sohalarni chala-chulpa bilganlari qoladi, xolos. Chunki yoshlar aksar hollarda kamolot va nafs tarbiyasi uchun emas, shon-shuhrat talabida ilmga qiziqadilar.

Ilm olishning osonlashuvi uni qadrsizlantirdi. Javonlar o‘qilmagan  kitoblar bilan to‘ldi. Olimlar hayot achchiqlari va mashaqqatlari bilan to‘plagan ilm javohirlari internet deb atalgan maydonga sochib yuborildi va oyoqlar ostida qolib ketdi. Ayrimlar bu javharlardan bir-ikkitasini olib jaholatlarini ziyoda qilmoqdalar. Chunki tugal bo‘lmagan ilm insonni jahli murakkabga mubtalo aylaydi. Jahli murakkab hech narsani bilmagan holda olimlikni da’vo qilish, hech kimni tan olmaslik va takabburlikka qul bo‘lmoqdir. Buning oqibati faqat nadomat bo‘lg‘ay. Alloh saqlasin!

Zaruriy va foydali ilmlarni kerakli miqdorda o‘rganish hamda ularni yo‘qotmasdan hifzda saqlab turish, amal qilish va keyingilarga yetkazish malakasi faqat komil ustozlar nazoratida erishiladigan nodir va ulug‘ saodatdir.

Robbim, bizni bu saodat bilan rizqlantir!

Akrom MALIK

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

ULAMOLAR SOTQIN BO‘LGANMI?!

Bir guruhda Turkistonning yaqin tarixida ulamolar, eshonlar, mullalar mash’um vazifani bajargan, degan post qo‘yilibdi. Ular mashhur missioner N.P. Ostroumovga xizmat qilgan, degan fikr bildirilgan.

Bu fikr haqiqatdan yiroq. Boshqacha aytilsa, tuhmat.

Qozi, eshon, mullalar milliy istiqlolchilik harakati boshida turgan. Jumladan, 1918-yil Qo‘qon yaqinidagi Bachqir qishlog‘idagi qo‘rboshilar qurultoyi aynan ulamolar va jadidlar tashabbusi bo‘lgan. Qo‘qonlik Kamol qozi qurultoyda bosh qo‘mondon saylovini olib boradi.

Madaminbekning piri baliqchilik Hojimat eshon bo‘ladi. Eshonning duosi bilan bosqinchiga qarshi kurash boshlaydi. Aynan Hojimat eshon Madaminbekka tug‘ yasab beradi. Madaminbek shu tug‘ bilan janglarga kiradi.

Ulamo, eshon, mullalar da’vati bilan Farg‘ona xalqi qo‘zg‘olib, qo‘rboshilar qo‘shinini to‘ldiradi.

1865-yilda ruslarga qarshi Qo‘qon xoni qo‘shini qo‘mondoni (amirilashkar) Alimquli mulla bo‘lgan. Ismiga ham qo‘shib aytilgan: Mulla Alimquli amirilashkar.

1898-yilda ruslarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon boshlig‘i Muhammadali halfa ham eshon bo‘lgan (Dukchi eshon).

1918-yilda Bachqir qurultoyida saylangan bosh qo‘mondon ham mulla bo‘lgan: Mulla Ergash qo‘rboshi.

Uchinchi amirilashkar Madaminbek qori bo‘lgan...

Mashhurlarini keltirdim, xolos.

Ostroumov mullalardan emas, o‘zining aqlidan foydalangan. 1905-yilgi hisobotida "Turkistonni ellik yilga yaqin mustamlaka qildik, lekin imperator hazratlari va imperiyaga sodiq sartni tarbiyalay olmadik... Buning uchun rus maktablari ochishimiz kerak" deya xulosa qiladi. Rus-tuzem maktablarini ulamolar emas, balki ruslar tashkil etadi.

Sho‘ro tarixi bizga ulamolar va jadidlarni ana shunday olabo‘ji qilib ko‘rsatgan, afsuski, bu haligacha odamlar ongida yashab kelmoqda.

- Baxtiyor Abdug‘afur

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ahmad Zakiy Validiy To'g'on
📓 "Bo'linganni bo'ri yer"
⚙ Ilmiy-marifiy nashr
⚖ 2.4 MB
🔎 PDF | Kirill
📄 280 sahifa

Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan xotiralar

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Iqtiboslar

PhD va DSc diplomlari bu Vatan va millat oldidagi mas’uliyat, oylikni oshirish vositasi emas!

• Ovozining qiymatini bilmagan xalq, nonning qiymatini nazorat qila olmaydi.

• Rejim uchun eng xavfli inson - bu bo‘sh vaqti bor o‘qituvchidir.

• Bizda ko‘pchilik professorlar, talaba yozgan 12 varaqli daftarni o‘qib olim bo‘lishgan.

• Olimlarga berilayotgan diplom, senzuradan boshqa narsa emas.

• Jamiyatning uyg‘onishi uchun non emas - yuksak g‘oyalar turtki bo‘lishi kerak

• Miyasida o‘tkazilgan muvaffaqiyatsiz tajriba uchun, Milliy g‘oya yo‘nalishi talabalarga kompensatsiya to‘lanishi kerak.

• Yil yakunida 110 ballik tizim qolipiga tushmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar kilolab hujjat ko‘tarib yurishibdi.
Olim, jamiyatga ko‘rsatgan ta’siri bilan baholanishi kerak.

• Professor ustozlar, shogirtlarining "dissertatsiya"lari bilan ilmiy qatag‘on qilinmoqda.

• Atrofingiz yolg‘onga to‘lgan bo‘lsa, "dangasalik" ham taskin beradi.

• O‘zi bilan o‘zi ziddiyatda yurgan olimlarni ko‘p uchrataman. Chunki jamiyatni tuzatmagan ilm, egasini buzadi.

• Ayolga qo‘l ko‘tarish, birinchi va boshqa xonimlar o‘rtasidagi misilsiz tafovut maxsulidir.

• Davlat - kattalashib ketgan oiladir. Davlatda zulm to‘xtatmas ekan oilalarda zulm to‘xtamaydi. Davlatdagi asosiy zulm hokimiyatni xususiylashtirishdir.

Postbiologik hisobdorlik, mo‘minlikni taqozo qiladi.

• O‘zbekiston politologlar uchun misli "oltin koni", normal davlatlarda ilmiy kuzatishlar bilan aniqlanadigan jarayonlar bizda ko‘z o‘ngingda, barcha qirralari bilan ochiq namoyon bo‘ladi.

• Krediti bor olimning ilmi — kreditni so‘ndirish uchundir.

• Oʻzbek taʼlim tizimining eng xavfli paraziti bu propagandadir, biz uni “maʼnaviyat” deb nomlaganmiz...

• Salohiddinlar har kun tug‘iladi, lekin "Salohiddanlar" muhiti va tizimi (institutlari) bo‘lmagandan keyin ular asta-sekin mardikorlarga aylanadi.

• Rossiya e’tiroz bildirmagan islohot, islohot emas.

- Hamid Sodiq

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Jismning ayblarini bir metr mato to‘sadi. Lekin fikrning ayblarini birinchi bahsu munozaraning o‘ziyoq ochib beradi. (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel