e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Silsila
"Kecha va kunduz" (1-8)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Mustaqillik"
✍ Nabi Jaloliddin
⚙ Hikoya
🔎 PDF | Lotin
📄 9 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

ALDOV (YOLGʻON) ASOSIGA QURILGAN JAMIYATNI NIMA TAVSIFLAYDI?

Konstitusiyada ko‘plab huquqlar kafolatlanib, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbasi ekani e’lon qilingan bo‘lsa-da, insonlarga bu huquqlardan foydalanish imkoniyati berilmagan jamiyat yolg‘on asosiga qurilgan hisoblanadi.
Jamiyatda oriyentatsiya olish va qarorlarni shakllantirishda ishtirok etish uchun yetarli darajada bilim, tajriba va axborotga ega bo‘lmagan (shu jumladan, unga bunday imkoniyat berilmagani sababli), lekin ovoz berishga yoki biror qaror qabul qilishga chaqirilgan inson o‘zini o‘yin yoki absurd majburlangan vaziyatda his qiladi.
Ikkala vaziyat ham shaxsni halokatga eltuvchi xavfi o‘tkir metodlardir.

Yolg‘onga asoslangan jamiyatda:
• o‘quv muassasalarida o‘ylab topilib, taklif etilayotgan narsalarga ta’lim deyiladi;
• Madaniyat vazirligi va unga bo‘ysunuvchi muassasalar ishtirokchiligida yaratilib, insonlarga tiqishtirilayotgan narsalarga madaniyat deyiladi;
• universitetlarda sodir bo‘layotgan teatrga ilm deyiladi;
• saylovlardagi ovoz isrofiga saylov deyiladi;
• hamtovoqlarning qo‘shma yig‘ilishi va spikerlarning so‘z olishiga majlis deyiladi.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Abu Muslim
📓 "Yangi dunyo"
⚙ Maqolalar to‘plami
⚖ 7.2 MB
🔎 PDF
📄 376 sahifa

• Yangi avtoritar dunyo
• Qayoqqa ketyapmiz?
• Inqirozlar kimga kerak?
• Tarixning jirkanch sahifalari
• Qonga botirilgan qit’a
• Yevropaning qora yuragi
• Arab dunyosi: fojea, inqiroz, parchalanish
• Afg‘onistondagi urush
• Mustabid uchun qopqon Nega Saddam
• Yaqin sharq harorati
• Buyuk urush haqida sovetlarning beshta uydirmasi
• Lenin kim edi?
• Yaqin Sharqdagi genosid
• Oilani yo‘q qilishning yevropacha usuli
• Osiyoda ayol bo‘lish - halokatli nuqsonmi?
• Jinsiy zo‘ravonlik avj olgan mamlakatlar
• Soxta g‘oya zamiridagi fitna
• “Overton oynasi” yohud “yo‘q qilish texnologiyasi”
• Zararkunandalar
• Kalamushlar texnologiyasi
• Sivilizatsiyalashgan insoniyat yalang‘och xotinlarni deb halok bo‘lmoqda
• Made in China: nega hamma narsa xitoyda ishlab chiqilgan?
• Kitobga ehtirom yoki mutolaa qiluvchi millat davlatga nega kerak?
• Postindustrial davrda intellektual mulk
• “Ayfon” va boshqa arzimas narsalar
• Qasos

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Konformizm — mustaqil bo‘lishga jur’at qilmaydigan va ko‘pchilik kabi o‘zini tutishni xohlaydigan, ajralib turmaslikka harakat qiladigan insonlar jamiyatida kechadigan zo‘riqishdir. Ba’zi "avtoritetlar" xulq-atvor stereotiplarini namoyon qiladilar, insonlar esa o‘z qarashlarining ziddiga bo‘lsa-da, o‘zini "avtoritet"ning steriotipiga mos ravishda tutishadi. Masalan, kimgadir yoqmoq uchun xulq-atvorni, kiyinishni, nutqiy xulqni, biror narsaga tutum va munosabatlarga taqlid qilishni aytish mumkin. O‘zlarining tegishliligini ko‘rsatish, shuningdek, tegishlilik tuyg‘usini oshirish uchun, ular taqlid qilmoqchi bo‘lgan insonlar yoki ular mansub guruhga yaqin yurmoqchi bo‘lgan kishilardagi kiyim-kechak va boshqa ko‘krak nishonlarini taqish odatiy holdir.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Indolentlikinson istagan va [davlat tomonidan] ta’minlanishi va’da qilingan narsalar real hayotda imkonsiz ekani anglab yetilganda paydo bo‘ladigan zo‘riqishdir. Hatto shunday ruhiy holat shakllanishi mumkinki: u aslida, hech narsada ishtirok etishni istamayotgani hamda boshqalar unga maslahat bergan yoki tiqishtirgan narsani qilmasligi kerakligini o‘ziga singdirishni boshlaydi.
O‘ziga belgilab qo‘yilgan taqdir, shaxsiy orzulari amalga oshmasligini sezgan inson o‘zini aldangandek his qiladi. Unda ham apatiya, ham depressiya, ham agressivlik vujudga kelishi mumkin. Ustiga-ustak, beparvo shaxs o‘ziga va atrofidagilarga qalbida hali ham his qilayotgani, umid qilayotgani va xohlayotganining aksini singdira boshlaydi. Bu pozitsiyani, masalan, hech bir qiz hatto kinoga ham borishni istamaydigan yigitning kelin izlashini misol qilish mumkin. Agar bola vaqti-vaqti bilan qizlar unga umuman qiziqmasligini va u qizlarning hech biri bilan uchrashmoqchi emasligini tushuntira boshlasa, demak, biz indolentlik haqida gapiryapmiz.
Indolentlik ta’siriga tushib qolgan insonlar sustkash va befarq bo‘lib qolishadi. Qochish yoki eskapizm ko‘pincha indolentlik natijasidir.
I.A.Krilovning tulki va uzum haqidagi afsonasi bor — bu indolentlikning tipik namunasi. Tulki uzumni ololmagach, uning yetilmaganini va uzumni umuman xohlamasligini aytadi ("Bir soat davom etgan harakatlari bekor ketgandan keyin u borib, g‘azab bilan dedi: “Bir qaraganda shirin ko‘rinadi-yu, lekin u yaxshi pishmagan: darhol tishlaringni qamashtiradi”). Yillar davomida yoshlar uchun barcha eshiklar ochiqligi singdirilgan, lekin, aslida, hech kim ularni ko‘zi to‘rt bo‘lib kutmayotganini aniqlagan universitet bitiruvchilari indolentlikning ma’lum bir bosqichida bo‘ladilar.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Haqiqat nima"
✍ Alouddin Bashar

Har kim haqiqatni o‘zining imoni, hayotiy tajribasi va farosati darajasida taniydi. O’lchovi ham mana shu holatlariga ko‘radir. Birov ko‘zlagan ishi foydasiga hal bo‘lmasa bo‘ldi, haqiqat yo‘q, deb hukm chiqaradi. Birov ko‘proq jamiyatini, mamlakatini, bugun insoniyatni o‘ylaydi, ularga haqiqatni sog‘inadi. Kecha onglarga haqiqat deb singdirilgan dunyoqarashlar bugun ulkan yolg’on-uydirma bo‘lib chiqdi. Jamiyat dovdirab qoldi. Kuchli siyosiy-mafkuraviy bosimlar tufayli haqiqat bo‘lib tuyuladigan, aslida tagi puch bo‘lgan falsafalardan charchagan insonimiz o‘zgarmas, mutlaq haqiqatni axtarishga ehtiyoj sezdi. Katta o‘zgarishlar zamonida hamisha shunday bo‘ladi. Muhimi haqiqatga tashnalikni vaqtida va to‘g‘ri qondirishdir. Tashna yurakka zarur vositani vaqtida va to‘g‘ri tuta bilishdir. Bu yo‘lda Alouddin Basharning "Haqiqat nima?" kitobchasi bizga yordamchi bo‘ladi (so‘zboshidan).

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №179 mutolaa uchun Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-iyul, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Atom_odatlar

1965-yilda vengriyalik Laslo Polgar ismli odam Klara ismli ayolga bir nechta antiqa xat yozgan.
Laslo qunt bilan ishlashga qattiq ishonardi. Lasloning dunyoda ishongan yakkayu yagona narsasi shu edi. U tug‘ma iste’dod haqida eshitishni ham xohlamasdi. Uning fikricha, o‘z ustida astoydil ishlash va yaxshi odatlarni
shakllantirish orqali bola har qanday sohaning dahosiga aylanishi mumkin. Uning hayotdagi shiori: "Daholar tug‘ilmaydi, balki ta’lim va tarbiya natijasida paydo bo‘ladi" edi.
Laslo ushbu g‘oyaga shu qadar ishonar ediki, ularni o‘z farzandlarida sinab ko‘rishga ham tayyor edi. Uning Klaraga xat yozishdan maqsadi ham tajriba uchun ko‘ngilli turmush o‘rtoq qidirish edi. Klara o‘qituvchi edi, garchi uning bu g‘oyaga ishonchi Laslonikidek mustahkam bo‘lmasa ham, to‘g‘ri tarbiya berish bilan har qanday inson o‘z ko‘nikmalarini kuchaytirishi mumkin deb hisoblardi.
Laslo shaxmat o‘yini tajriba uchun mos tushadi degan qarorga kelib, o‘z farzandlarini ushbu sportning chinakam ustalariga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. U farzandlariga uyda ta’lim berishga qaror qildi. Bunday ta’lim Vengriyada juda kam uchrardi. Rejaga ko‘ra, ularning uyi shaxmat haqidagi kitoblar va buyuk shaxmatchilarning suratlariga to‘la bo‘lar, bolalar esa bir-biri bilan shaxmat o‘ynab, eng nufuzli musobaqalarda qatnashishi kerak edi. Bolalar duch kelgan har bir raqibning o‘yini kuzatilib, maxsus fayllarda ipidan ignasigacha qayd etilib borilardi. Ularning hayoti shaxmatga bag‘ishlandi.
Lasloning sa’y-harakatlari zoye ketmadi. U Klara bilan turmush qurdi va bir necha yil ichida Polgarlar oilasida uch qizaloq Syuzan, Sofiya va Yudit dunyoga keldi.
To‘ng‘ich qizi Syuzan to‘rt yoshligida shaxmat o‘ynashni, olti oydan so‘ng esa kattalarni yutishni boshladi.
O‘rtancha qizi Sofiya yanada yuqori natijalarga erishdi. O‘n to‘rt yoshida u dunyo chempioni, bir necha yildan so‘ng esa grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.
Kenja qizi Yudit hammasidan ham o‘tib tushdi. Besh yoshida u otasini yenga olardi. O‘n ikki yoshida u dunyodagi eng yaxshi shaxmat o‘yinchilari yuztaligiga kirgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U o‘n besh yoshu to‘rt oylik bo‘lganda, avvalgi rekordchi Bobbi Fisherni ortda qoldirib, tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi. Yigirma yetti yil davomida u jahonning eng yaxshi ayol shaxmatchisi unvonini saqlab qoldi.
Opa-singil Polgarlarning bolaligi, yumshoq qilib aytganda noodatiy o‘tgan. Shunga qaramasdan ular bolalik davrini yoqimli va hatto lazzatli xotiralarga to‘la holda eslaydi. Intervyularda ular yoshlik davrlarini mashaqqatli emas, balki qiziqarli deb ta’riflaydi. Ular shaxmat o‘ynashni chindan ham yaxshi ko‘rardi. O‘yinni qancha ko‘p o‘ynasa, shunchalik oz tuyulardi. Kunlarning birida Laslo Sofiyani yarim kechasi hammomda shaxmat o‘ynayotganini ko‘rib qoladi. U qizini uxlashga olib ketar ekan, "Qizim, shaxmat donachalarini o‘z holiga qo‘y", deydi. Bunga Sofiya: "Dadajon, ammo ular meni o‘z holimga qo‘ymaydi-da!" - deya javob qaytaradi.
Opa-singil Polgarlar shaxmatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan muhitda voyaga yetgan. Ularni shaxmat uchun maqtashar va mukofotlashardi. Ular o‘sib-ulg‘aygan muhitda shaxmatga mukkasidan ketish normal holat bo‘lgan.

- Jeyms Klir. "Atom odatlar"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📋 Sizningcha, so‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar qaysi?
(2018-2023)

• Nuraliyeva Gulobod
1. "Yomg'ir" - Somerset Moem
2. "O'zbekiston tavalludi" - Adib Xolid
3. "O'lik shoirlar jamiyati" - Nansi H.Kleynbaum
4. Eljernonga atalgan gullar - Daniel Kiz

• Gulnoza Ravshan qizi
1. 1984, Molxona
2. Azizim, Po‘rtahol
3. Men Malalaman

• Dilfuza Abdullayeva
1. Remark asarlari
2. Ajib yangi dunyo
3. Kuchsizlar kuchi
4. Eljernonga atalgan gullar
5. Farengeyt bo'yicha 451°

• Abdug‘ofurova
1. Kuchsizlar kuchi
2. Vatandoshlik dasturi
3. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
4. Azizim, Po‘rtahol
5. Qalbingni isloh qil

Adham Muhiddin o‘g‘li
1. Jorj Oruell asarlari
2. Kitob o'g'risi
3. Anna Frank kundaligi
4. Doktor Jivago
5. Remark asarlari

• Dilnura Yuldosheva
1. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
2. 1984
3. Vatandoshlik dasturi
4. O‘zbekiston tavalludi
5. Ajib yangi dunyo

• Abdujalil Xojimatov
1. "Fikr yurituvchilar uchun ISLOM bo‘yicha qo‘llanma" - Shahzoda G‘oziy ibn Muhammad ibn Talol
2. "Kitoblar qanday o'qiladi" - Mortimer J.Adler & Charlz Van Doran
3. "Biz" - Yevgeniy Zamyatin
4. "Men" - Fotih Duman
5. "G'oyam" - Najmiddin Erboqan


Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Zbignev Bjezinskiy
📓 "Buyuk shaxmat taxtasi"
⚙ Kitobdan boblar
⚖ 0.4 MB
🔎 PDF
📄 68 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Mustafo Cho'qay o'g'li
📓 "Istiqlol jallodlari"
⚙ Xotiralar
⚖ 1,9 MB
🔎 PDF
📄 80 sahifa


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Ongi ochilmagan, bilimsiz bir millat o‘z dushmanlari oldida kushxonaga haydalmoqda bo‘lgan bir to‘p hayvondan hech qanday ayramasi yo‘qdir.
Insonning o‘ziga eng yaqin halokatlik dushmani ongsizlik, ilmsizlikdir. Shunga ko‘ra Olloh taolo Qur’onning birinchi surasini o‘qish, uqish, bildirish, yozish, qalam bilan boshlamish edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak-xotin, o‘g‘il-qiz demay butun ummatlarini ilm o‘qishga buyurdilar. Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lgandek, o‘z hukumatini, vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilish ham farzdur.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

Muhimi, davlat tashkilotlari faqat ruxsat beradigan, taqiqlaydigan va buyruq beradigan organga aylanib qolmasligiga e’tiborli bo‘lish kerak. Xalq amaldorlarga xizmat qilishga majbur emas, lekin amaldorning burchi xalqqa xizmat qilishdir. Konstitutsiyada xalqqa ko‘p xuquqlar berilgan, mansabdorlarning burchi esa barchaga o‘z huquqlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Vatandoshlik_dasturi

OLIY HOKIMIYAT EGASI

Xalq - bu shunchaki soliq to‘lovchi emas. Oliy hokimiyat egasi sifatida xalq shu qadar bilimli, ma’lumotli va tajribali bo‘lishi kerakki, vatandosh (o‘z-o‘zini va jamiyatni boshqarish sub’yekti) sifatida muhokamalarda ishtirok etish, qarorlarni shakllantirish va ushbu qarorlarni amalda tatbiq etishda qatnashganligini (ommaviy) oqilona deb atash mumkin bo‘lsin, shuningdek, natijalar sifatini baholashda, foydani taqsimlashda, yangi investisiyalarni rejalashtirish kabilarda ishtirok etish uchun ma’naviy haqqi bo‘lsin. Ayni paytda aholining ko‘pchiligi haqida aytishimiz mumkinki, ular ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etishda xuddi ho‘kizning o‘rniga chivinning dala haydagani kabi ishtirok etmoqda.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📋 Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta o‘zbek adabiyoti namunalari qaysi?


Adham Muhiddin o‘g‘li:
1. ''Otamdan qolgan dalalar"
2. "Ot kishnagan oqshom"
3. "Bu dunyoda o'lib bo‘lmaydi"
4. "Puankare"
5. "Shaytanat"

• Nuraliyeva Gulobod:
1. "O'tkan kunlar"- Abdulla Qodiriy
2. "Otamdan qolgan dalalar"- Tog'ay Murod
3. "Boqiy darbadar"- Isajon Sulton
4. "Turkiylar" (she'r)- Shavkat Rahmon
5. "Maymun yetaklagan odam"- Nazar Eshonqul

Madina Urinova:
1. "Qora kitob" Nazar Eshonqul
2. "Puankare" Abduqayum Yo'ldoshev
3. "Kecha va kunduz" Abdulhamid Cho'lpon
4. "Sunbulaning ilk shanbasi" Abduqayum Yo'ldoshev

• Gulnoza Ravshan qizi:
1. "O‘tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy
2. "Ikki eshik orasi" - O‘tkir Hoshimov
3. "Otamdan qolgan dalalar" - Tog‘ay Murod
4. "Halqa" - Akrom Malik
5. "Qorako‘z Majnun" - Said Ahmad

• Dilfuza Abdullayeva:
1. O'tkan kunlar
2. Kecha va kunduz
3. Yulduzli tunlar
4. Daftar hoshiyasidagi bitiklar
5. Otamdan qolgan dalalar

• Sharobiddin Oxunjonov:
1. "Kecha", Choʻlpon
2. "Shum bola", Gʻafur Gʻulom
3. "Temir xotin", Sharof Boshbekov
4. "Oʻtkan kunlar", Abdulla Qodiriy
5. Shavkat Rahmon va Faxriyor sheʼrlari

Ilhom Rahimberdiyev:
1. "O‘tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy
2. "Mehrobdan chayon" - Abdulla Qodiriy
3. "Chinor" - Asqad Muxtor
4. "Men, dadam va alsgeymer" - Nodirabegim Ibrohimova

Gavhar G‘ozibekova:
1. Abdulla Qodiriy: "O‘tkan kunlar"
2. Tog‘ay Murod: "Otamdan qolgan dalalar"
3. Said Ahmad: "Ufq"
4. Pirimqul Qodirov: "Yulduzli tunlar"
5. Oybek va O‘tkir Hoshimov asarlari

• Abdujalil Xojimatov:
1. "Alvido, Vatan!" - A'zam Xoshimiy.
2. "Yangi dunyo", "Andalusiya", "Bag'dodning qulashi" - Abu Muslim.
3. "O'tkan kunlar" - Abdulla Qodiriy.
4. "Halol nimayu harom nima" - Tohir Malik
5. "Suyanchiq" - Xayrulla Hamidov

Shalola Safartosheva:
1. "Oʻtkan kunlar"
2. "Yulduzli tunlar"
3. "Shum bola"
4. "Koʻngil ozodadur"
5. Usmon Azim, Erkin Aʼzam, Murod Muhammad Doʻstning ijod namunalari


Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
12. So‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi: Navbatdagi muhokamalar sanasi va tanlangan asarlar:

• 16-sentabr: Hukmdor
• 30-sentabr: Mazaxchini o‘ldirish
• 14-oktabr: O‘tkan kunlar
• 28-oktabr: Bovari xonim
• 11-noyabr: Godoni kutish
• 25-noyabr: Mahbub ul-qulub
• 9-dekabr: Alvido, Vatan
• 23-dekabr: Oliver Tvist

© 2019-2023 — Kitobxonlar klubi

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Etel Voynichning «So‘na» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

• Birov tekshirib turmaydigan amal odamni buzadi.

• O‘tmish — o‘limniki, kelajak bo‘lsa — sizniki.

• Biz hamisha qilib turgan ishimizdan ko‘ra yaxshiroq ishga yaraymiz.

• Odam o‘ldirilgan sari politsiyaning quturishi orta boradi, xalqni esa zo‘rlikka va bag‘ritoshlikka yana battar odatlantiradi;

• Johil odamlarni qonni ko‘rishga o‘rgatish bilan inson hayotining qimmatini oshirolmaysiz.

• O‘g‘limning tomirlarida qaynab turgan qon oqadi, suv aralashgan sut emas.

• Bosilishga noloyiq boʻlgani holda bosilgani yaxshimi yoki bosilishga tamoman loyiq boʻlgani holda bosilmagani yaxshimi?


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Gʻoyam

Modomiki, bu huquq siyosiy qaror bilan qo‘limizdan olib qo‘yildi, unda biz ham siyosatga kirib boramiz va kurashimizni u yerning o‘zida davom ettiramiz", dedik.

Ba’zan bizdan so‘rashadi: "Barcha o‘quv maskanlarini birinchilik bilan bitirgan ekansiz. Miyangiz daholarnikidek. Ilmiy sohada ham katta kashfiyotlar qilgansiz. Yo‘lingizda davom etib, kashfiyotlar qilishdan to‘xtamaganingizda, Insoniyatga shu tarzda xizmat ko‘rsatganingizda yana ham yaxshi bo‘lmasmidi?"
Ularga shunday javob beramiz: "Biror universitetda professor bo‘lishingiz, Nobel mukofotini ham olishingiz mumkin. Ammo mamlakatingiz kishilari qashshoqlik va qiyinchiliklar girdobida yashayotgan; dunyoda 300 ming bola ochlikdan o‘layotgan bo‘lsa, o‘sha Nobel mukofoti nimaga yaraydi?"
Shu sababdan ham bizga mana shunday xayrli xizmat baxtini nasib etgani uchun Haq taologa Doimo shukr qilamiz.
Asl foydali ish 70 millionlik millatimiz va butun insoniyat xizmatida bo‘lishdir. Bashariyat saodati yo‘lida kecha-kunduz ter to‘kish haqiqiy baxtdir. Chin saodat bu dunyo imtihonidan "Joni va moli bilan jiddu jahd qilgan musulmon" sifatida o‘tmoqdir. Chunki hayotning o‘zi imon va kurashdan iboratdir.

- Najmiddin Erbaqon: "G'oyam" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SIR

Inson o‘limni tushga o‘xshatadi. Holbuki, adashadi. Kishi o‘lganida uyg‘ongan bo‘ladi. O‘lgan payting uyg‘onasan, hayoting bir tushligini, o‘ldi deb o‘ylaganlaring aslida o‘lmaganini tushunib yetasan.
Bu dunyoda ko‘rganlaring haqiqat emasligini va vaqti-soati yetib, o‘lishingni bilsang, ana o‘shanda o‘lmasdan avval o‘lgan bo‘lasan.
Agar o‘lim dunyoni tark etish bo‘lsa, tirikligidayoq dunyodan voz kechganlar uni o‘ldirgan bo‘ladi. Ular jism zanjirini parchalab, nafs otashini so‘ndira oladi. Inson emas, uning nafsi o‘limdan qo‘rqadi. Ishonma unga. Ishonmasang, yashay olasan. Aslida dunyo bilan yashayotganlar haqiqiy o‘liklardir, o‘lmasdan avval o‘lganlar esa tuproq ostiga kirgani bilan tirikdir!..


- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Buyuk_shaxmat_taxtasi

Yevrosiyo shaxmat taxtasidagi yangi va muhim makon bo‘lgan Ukraina geosiyosiy markazdir, chunki uning mustaqil davlat sifatida mavjudligi Rossiyani o‘zgartirishga yordam beradi. Ukrainasiz Rossiya Yevrosiyo imperiyasi bo‘lishni to‘xtatadi. Ukrainasiz Rossiya hali ham imperatorlik maqomi uchun kurasha oladi, ammo keyin u asosan Osiyoning imperator davlatiga aylanadi va katta ehtimol bilan rivojlanayotgan Markaziy Osiyo bilan zaiflashuvchi mojarolarga aralashadi, agar bu amalga oshsa, o‘z kuchini yo‘qotganidan afsuslangan bo‘lardi. Ular yaqinda mustaqillikka erishgan va janubdagi qardosh islom davlatlaridan yordam oladi. Xitoy, shuningdek, mintaqaning yangi mustaqil davlatlariga qiziqish kuchayib borayotganini hisobga olib, Rossiyaning Markaziy Osiyo ustidan hukmronligini tiklashning har qanday turiga qarshi chiqadi. Biroq agar Moskva 52 million aholisi va katta resurslari, shuningdek, Qora dengizga chiqishi bilan Ukraina ustidan nazoratni tiklasa, Rossiya avtomatik ravishda Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan kuchli imperator davlatiga aylanish vositalariga ega bo‘ladi. Ukrainaning mustaqilligini yo‘qotishi Markaziy Yevropa uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi va Polshani birlashgan Yevropaning sharqiy chegaralaridagi geosiyosiy markazga aylantiradi.
Ozarbayjon va Markaziy Osiyoning kelajagi deyarli Ukraina misoli bo‘lgani kabi, asosan, Rossiyaning kim bo‘lishi yoki bo‘la olmasligiga bog‘liq.

- Zbignev Bjezinskiy: Buyuk shaxmat taxtasi

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Muzqaymoq"
✍ Odil Yoqubov
⚙ Hikoya
🔎 PDF | Lotin
📄 14 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Siyosatchilar ta’limni o‘rni kelsa deyarli urinishlarsiz, shunchaki hamyonni ochib, hal etish mumkin bo‘lgan vazifaga aylanishini xohlaydilar. Ular tahminan quyidagicha mulohaza qiladilar: "agar ta’lim texnologiyalariga qanchadir sarmoya kiritsak, o‘shanda mana shuncha natija olamiz. Bizning reytinglarimiz birdan osmonga chiqib ketadi, shuning uchun keling, mana bu tugmachani bosamiz". Biroq bu ishda ta’lim texnologiyalari umuman muhim rol o‘ynamaydi. Bunda muhimi — o‘qituvchilar tomonidan to‘plangan va boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin bo‘lgan tajriba hisoblanadi.

- "Finlyandiya ta'lim mo‘jizasi" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#mutolaa

📚 «Vatandoshlik dasturi» kitobining tarjima ishlari tugagandan keyin muallif Yulo Vooglayd bilan bog‘langanimizda, u kishi kitobning elektron nusxasi tekin tarqatilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Biz ham kitobni iloji boricha ko‘proq odam o‘qishini istaymiz. Bugun kitobning elektron nus'hasini kanalga joylayapmiz. Marhamat, o‘qing va erkin fikrlash ko‘nikmalaringizni oshiring!

P.S
Aslida ushbu kitob vatandoshlik jamiyati harakatlari mahsuli, chunki u vatandoshlar ko‘magi bilan o‘zbek tiliga o‘girildi va chop etildi! Kitoblar tarjimasi va ularni tekin tarqatishda sizning moliyaviy ko‘magingiz o‘rni juda katta, chunki har bir mehnat va chop etish ishlarining moddiy tomoni bor. Shu kunlarda jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan kitoblar ustida ishlamoqdamiz va nasib qilsa bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yamiz. Sizning ko‘rsatgan moliyaviy ko‘magingiz esa bu turdagi ishlarning bardavomligi uchun sabab bo‘ladi!

9860010107718396 — HUMO (Sadikov Hamid)
8600510380192299 — UZKARD (Sadikov Hamid)
4231200009246454 — VISA (KHAMID SADIKOV)

Hurmat bilan Hamid Sodiq

👉 Kitobga buyurtma berish 👈

@Hamid_Sodiq

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Mahoratli va malakali pedagoglar tizim, sharoit va muhit tanlab (kutib) o‘tirmasligi haqida

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Toʻplam

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
✍ Shayx Ali Tantoviy
📓 "Mutolaa"
⚙ Maqola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 7 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

EL

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!

Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel