e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Keltirma

Hamma narsani, ignadan tortib raketagacha import qiladigan millat hech qachon g‘olib bo‘lmaydi. Import qilish garchi sabablarni ushlashdan hisoblansada, bu noqis ushlash hisoblanadi. Chunki siz o‘zgaga bo‘yningizni topshirdingiz.

Qurol-aslahasini o‘zi yasamagan millat uni ishlatish erkiga ega bo‘lmaydi.


- Shayx Muhammad G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

O‘zingniki bo‘lishiga nima yetsin?!

Sal kam bir oy bo‘lyaptiki, Gʻazzaga suv, taom, tok to‘sib qo‘yilgan. O‘sha sharoitda ham musulmonlar sabru iymonda, kurashda davom etishdi va holatni butun olamga uzatib turishdi. U yerdagi vaziyatdan hamma boxabar bo‘lib, qilinayotgan vahshiyliklardan dunyo bo‘ylab norozilik ortgani va boshqa sabablar bois dushmanlar kuni kecha Gʻazzaga internet tarmog‘ini ham uzib qo‘yishdi. Shu bois ijtimoiy tarmoq faollari Ilon Maskdan Gʻazzaga internet tarmoq uzatishini so‘rab murojaat qilishdi. U bu talabga ijobiy javob berishga harakat qilishini aytibdi. Balki yordam berar. Biroq, gap shundaki, Gʻazza ahliga fazoviy ko‘maklashishga shundan boshqa odam topilmagan. Qarang, Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 60 ga yaqin davlat, 2 mld musulmon o‘zlari uchun shu kungacha birorta fazoviy tarmoq yaratmabdi, dasturlar ishlamabdi. Bugun esa boshqalarga yalinib, o‘shalarning og‘ziga qarab o‘tiribdi. Bu hol Islom ta’limotlariga zid, siyratga xilof, hayot qonuniyatlariga tersdir.
Agar ixlosli musulmonlar o‘zlaridagi internet tarmoqlariga-da o‘zlari ega bo‘lganlarida, boshqalar ularni dunyodan uzib qo‘ya olmas, agar uzsa, birovlarga yalinmay, o‘z kishilariga murojaat qila olar edilar.
Qariyb yarim asrdan beri dunyoning turli mintaqalarida turli qurolli harakatlarga berilgan dindor yoshlar ilm-fan sohasida jihod qilganlarida, hech shubhasiz, ummat uchun ko‘proq foyda keltirgan bo‘lishardi.
To‘g‘risi, men o‘zim zamonaviy jihozlardan keng foydalansamda, internet tarmoqlarini hamisha ishlatsamda va ularning haqqini to‘lab qo‘ygan bo‘lsamda, bu narsalar musulmonlarniki bo‘lmagani uchun ularni ishlatib yayray olmayman. Qani edi musulmon fizik va matematiklarimiz, o‘zbek olimlarimiz mana shu kabi ishlarga munosib hissa qo‘shishsa. Qani endi shu narsalar o‘znimizniki bo‘lsa...
Hali ham kechmas, odam qilgan ishni odam qila oladi, yoshlarimiz zamona ilmlarini yaxshi o‘zlashtirib, ummatni hech bir jabhada boshqaga muhtoj bo‘lmaydigan holatga olib chiqishga erishsalar, mana shu haqiqiy sunnatga va siyratga muvofiq ish bo‘ladi. Sharti - bu ilmlarni dinining evaziga yoki o‘zlikdan kechib emas, balki iymonu axloq asosida o‘zlashtirish lozim. Mana shunda ular boshqalarga bo‘lmagan ilohiy ma’unatga ham musharraf bo‘ladilar.
Odamlarimizda bir tushuncha bor, har qancha qulay bo‘lmasin, ijara uyga uncha qiziqishmaydi, kamtarona bo‘lsa ham, o‘z uyim bo‘lsa deymiz, chunki mana shunda hotirjamlik, erkinlik tuyamiz. Juda to‘g‘ri va tabbiy tuyg‘u. Xuddi shu kabi, boshqa iste’mollarimizda ham o‘zimiz ishlab chiqaruvchi bo‘lmas ekanmiz, qaramlikdan qutila olmaymiz. O‘zingniki bo‘lganiga nima yetsin?!

- Hasan Al-Muqriy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Manipulyativ_diktatorlar

Odamlarni siyosatdan ajratish uchun rangsiz va zerikarli xabarlar ayni muddao. Davlat mafkurasi qanchalik murakkab va ahmoqona bo‘lsa, sodiq fuqarolarni, sodiqlikni imitatsiya qilayotgan muxoliflardan farqlash shuncha oson bo‘ladi. Faqatgina sodiq fuqarolar davlat doktrinasi qanchalik ahmoqona bo‘lmasin, uni chin dildan yod olishar va o‘rganishardi. Propagandaning aynan ahmoqonaligi dissidentlarga hukumatning qay darajada kuchli ekanligi va odamlarni ma’nosiz narsalarni qaytarishga majbur eta olishini bildirib turar edi. Odamlardan qullarcha xushomadgo‘ylik va mantiqsiz da’volarni so‘roq-savolsiz qabul qilishni talab etish ular orasidan hukumatga shubha bilan qarovchilarni ajratishda qo‘l keladi. Bu esa rahbarlarga o‘ziga shak keltirmaydigan odamlarni tanlab olishga yordam beradi. Rahbarga tamoman tobelikni namoyish etuvchilarni mukofotlash ularni boshqa qudrat egalariga bo‘lgan moyilligini kamaytirgan holda diktatorning hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.

- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mantiqiy_iqtisodiyot

Ko'pchilik ma'qul ko'rgan siyosiy qarorlar har doim ham jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatmasligi shubhasiz. Keling, fikrlash orqali tajriba o'tkazamiz. Besh saylovchidan iborat oddiy iqtisodiyotni faraz qiling. Deylik, saylovchilardan uchtasi har biriga 2 yevrodan sof foyda keltirib, ammo qolgan ikki saylovchining har biriga 5 yevrodan sof chiqim yuklaydigan loyihani ma'qullaydi. Jamini olganda, loyihaning tannarxi 10 yevroga teng, sof foydasi esa 6 yevroga teng. Bu loyiha samarasiz va u besh kishilik jamiyat farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, agar ko'pchilik ovoziga asosan qaror qabul qilinsa, uch ovoz qarshi bo'lgan ikki ovozni yutadi. Saylovchilar sonini 5 tadan 5 millionga yoki 200 millionga oshishi umumiy natijani o'zgartirmaydi. Ushbu misolda yaqqol ko'rinib turibdiki, ko'pchilik ovoziga asoslangan saylov tizimi samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.

- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

- Rejep Tayyip Erdog'an: Dunyo yanada odil bo'lishi mumkin

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Doktor_Jivago

Boris Pasternak, "Doktor Jivago" romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar

1. Hammanikidan ajralgan baxt aslida baxt emas.

2. Sog‘lom erkak kishi tishlarini g‘ijirlatib bo‘lsa-da, o‘z o‘lkasi qismatini birga boshidan kechirishi kerak.

3. Markscha fikrlaydigan odam so‘lagini oqizib yuruvchi dangasa bo‘lishi kerak, deb qayerda aytilgan?

4. Mana ko‘rdingizmi, siz bolshevik bo‘la turib bunday hayot kechirish qiyinligini inkor etmayotirsiz. Chindan ham, bu hayot emas, balki sira bo‘lmagan fantasmagoriya, tartibsizlikdir.

5. Men butunicha falsafaga
asarlarni yoqtirmayman. Menimcha, falsafa san’at va hayotga qo‘shimchadek bir soha hisoblanadi. Quruq falsafa bilan shug‘ullanish achchiq garmdori chaynash bilan barobar bir ish.

6. Taqdir kitobida biz bir qatorda turamiz.

7. Men seni pardoz-andoz anjomlaringga, ustingdagi bir tomchi terga, badaningga yopishib, qoningni zaharlovchi kasalliklargacha rashk qilaman.

8. Haqiqiy turmush nimaligini, uning ruhini his qilmaganlar bunday qarashlar ustida mulohaza yuritolmaydi. Ular uchun mavjudlik - bu dag‘al ishlangan materialga yaqinlik demakdir. Materialning o‘zi hali ishlovga muhtojdir. Hayot esa hech qachon moddiylikning, narsaning o‘zi bo‘lib qolmaydi. Hayot - bu doimo o‘zini yangilab boruvchi qayta ishlovchi ibtidodir. Hayot bizning u haqidagi sayoz nazariyalarimizdan ancha yuqoriroq turadi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari"
✍ Mualliflar: Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Tauni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhun va Rendall K. Fayler.
⚖ 5,1 MB
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mantiqiy_iqtisodiyot

«Siz beparvo o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda mehribon do'konchi Jeyms Gudfellou g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch kelgan bo'lsangiz, unda tomoshabinlarning har biri, ularning soni o'ttizta boʻlgan taqdirda ham, xuddi oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini quyidagi so'zlar bilan yupatganiga guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati bor. Hamma kun koʻrishi kerak. Agar hech kim oyna sindirmasa, oyna soluvchilarning ahvoli nima kechadi?»
Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Ushbu nazariyani oddiy misolimiz orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning, afsuski, asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariyaga juda yaqin.
Aytaylik, zararni qoplash olti frankka tushadi. Siz falokat oyna soluvchiga olti frank daromad keltiradi va bu, o'z navbatida, yana olti frankka savdoni ko'paytiradi deb aytishngiz mumkin. Toʻgʻri, gapingizda jon bor, unga hech qanday e'tirozim yo'q. Oynachi kelib, vazifasini bajaradi va olti frankini oladi. Qoʻlini ishqalab, ko'nglida beparvo bola haqqiga duo qiladi. Bular vaziyatning aniq, koʻrinib turgan tomoni.
Biroq agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab turadigan fikrga qoʻshilsangiz, unda men sizga: «To'xtang! Sizning nazariyangiz faqat koʻrinadigan narsalar bilan cheklangan; u vaziyatning ko'rinmagan tomonini hisobga olmaydi», deb keskin javob berishga majbur bo'laman. Chunki do'konchi olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin bu mablag'ni boshqa maqsadlarga sarflay olmasligi bizga ravshan emas.
Agar deraza oynasini almashtirmaganda, balki u yangi poyabzal olishi yoki kutubxonasiga yana bitta kitob qoʻshishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi. Qisqasi, agar falokat sodir bo'lmaganda, u olti frankni boshqa maqsadga ishlatgan bo'lar edi».

- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mantiqiy_iqtisodiyot

Rag'batning muhimligini nazardan chetda qoldirib bo'lmaydi. U inson tabiatining bir qismidir. Rag'batlantirish sotsializmda ham kapitalizmdagidek ahamiyatga ega. Sobiq Sovet Ittifoqida shisha zavodining rahbar va xodimlari bir paytlar shisha listlarining ishlab chiqarilgan tonnasiga qarab rag'batlantirilgan. Ularning daromadi shishaning og'irligiga bog'liq bo'lgani bois ko'p zavodlar shishani shunchalik qalin ishlab chiqarishganki, u orqali deyarli hech narsa ko'rinmasdi. Natijada, qoidalar o'zgartirilib, rahbarlarning mehnati ishlab chiqarilgan shishaning jami kvadrat metriga qarab taqdirlangan. Ushbu qoidalar ostida Sovet korxonalari shishani shunchalik yupqa ishlab chiqarishganki, u osonlik bilan parchalangan. Xuddi shunday, Polsha fabrikalariga poyabzal soniga kvota belgilanganligi va ular juda kam miqdorda charm bilan ta'minlanganligi sababli bozorda bolalar poyabzali ko'payib ketganligi ajablanarli emas.

- "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitob o‘qishlik — dunyoparastlar bilan hamtovoq bo‘lmaslikning eng yaxshi vositasi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Biz haqimizda

So‘radi:
- Oldingi zamondagi olimlarning pand-nasihatlari odamlarga ta’sir qilardi-yu, nega hozirgi olimlarniki ta’sir etmaydi?
- Ilgari zamonda olimlar uyg‘oq, odamlar uyquda edilar. Uyg‘oq kishi uyqudagini uyg‘ota olganidek, ularning pand-nasihatlari ham odamlarga ta’sirini o‘tkazar edi. Bugungi kunda esa olimlar uyquda, odamlar esa o‘lik. O‘zing ayt-chi, uyqudagi odam o‘likni tiriltira oladimi?

Yana so‘rashdi:
- Nima sababdan gaplarimiz oldingilarnikidek ta’sirchan va foydali emas?
- Chunki ular Islomning azizligi, nafslar najoti, Rahmonning roziligi uchun gapirishgan. Bizlar esa nafslar azizligi, boylik talabi va xaloyiqqa yoqish uchun gapiramiz. Avvalgilar hol tili (ya’ni yurish-turishlari) bilan va’z-nasihat qilishgan, bizlar esa quruq gapni so‘zlaymiz.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Kitob o'qiydigan odamlar har doim televizor ko'radigan odamlarni boshqaradi".

(c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SIR

Yashash insonni ko‘r qiladi, ko‘rolmay qolasan. Quloqlaringni kar qiladi, eshitolmay qolasan. Tilingni lol qiladi, xohlasang ham gapirolmaysan.
Yashash qorong‘i quduqda bo‘lishdek gap. Shu quduqda oldini ko‘ra olishi uchun Alloh odamzodning qo‘liga sham beradi. O‘sha sham ko‘ngildir, olov bilan emas, ishq bilan yonadi. Bilmagan kishi umrini zulmatda o‘tkazib yuboradi. U shamni yoqolmaganga dunyo zindon bo‘ladi, lekin buni payqamaydi. Qorong‘ilikka shunchalik o‘rganib ketganki, ko‘rmasa ham ko‘rdim deb o‘ylaydi. O‘lmasa ham o‘ldim deb biladi. Biroq o‘lim o‘sha quduqdan chiqmoqdir. Zulmatda qolgan kishi quduqdan chiqishni o‘lim deb o‘ylab, chiqqisi kelmaydi. O‘lishni, bilishni xohlamaydi. Odamzod qorong‘i quduqdan yorug‘likka chiqishdan nega qo‘rqsin?.
.

- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
✍ Mirkarim Osim
📓 "Jayhun ustida bulutlar"
⚙ Qissa
⚖ 1,6 MB
🔎 PDF
📄 32 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Manipulyativ_diktatorlar

Ziyoli qatlamni hukumat tomoniga og‘dirish moliyaviy resurslar talab etadi. Moliyaviy resurslar yetishmovchiligi yuz berganda esa diktatorlar mediani nazorat qilishning arzonroq yo‘li - senzuraga o‘tadilar. Ular barcha turdagi kontentni senzura qilishlari shart emas. Eng muhimi muxolifat nashrlarining auditoriyasi kattalashib ketmasligi kerak. Shuningdek, bu borada diktatorga jamiyatdagi madaniy o‘zgarishlarning nomutanosib dinamikasi qo‘l keladi. Postindustrial davrning ilk qismida odamlar hamon o‘zlarining industrial qadriyatlariga sodiq bo‘ladi. Ular odatda risklardan qochuvchi va konformist bo‘lishadi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar qatlami esa nafrat, iqtisodiy xavotirlar va an’anaviy qadriyatlarga sodiqlik bilan kreativ sinfdan ajralib qoladi. Manipulyativ diktator bu sentimentlardan foydalangan holda industrial ishchi sinfni “buzg‘unchi madaniyat” vakillariga qarshi oyoqqa turg‘izishi mumkin. Ayni paytda diktator intellektuallarni xoin, dinni tahqirlovchi va zinokor sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu kabi qoralov va tuhmat kampaniyalari uning tarafdorlari orasida muxolifatning hukumat haqidagi tanqidlariga ishonchsizlik paydo qiladi.
Toki ziyoli qatlam kuchsiz ekan, bu manipulyatsiya doim ish beradi. Shu yo‘sinda diktatorlar kreativ iqtisodni izdan chiqarmagan va o‘z repressiyasini xalqqa oshkor qilmagan holda siyosiy talablarga qarshilik qilishi mumkin. Ammo intellektuallar doirasi kengayib, ularning resurslari, mahoratlari oshgani va qadriyatlari aholi orasida keng tarqalgani sayin manipulyativ diktaturani boshqarish anchayin qiyinlashadi.


- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mantiqiy_iqtisodiyot

Tizim odami o'z takkaburi bo'yicha o'zini dono ko'radi. U xuddi shaxmat taxtasidagi toshlarini qo'li bilan osonlikcha yurgizgani kabi, katta jamiyatning turli xil a'zolarini osonlik bilan boshqarish mumkin deb tasavvur qiladi; u shaxmat taxtasidagi toshlarda ularni qo'l surishidan boshqa harakatlanish prinsipi yo'q deb hisoblaydi; biroq inson jamiyati deb nomlanmish buyuk shaxmat taxtasidagi har bir alohida shaxs, garchi bu qonun chiqaruvchilar istagidan farqli bo'lsa ham, o'z harakatlanish prinsipiga ega. Agar bu ikki prinsip bir-biriga mos kelsa va bir yo'nalishda harakatlansa, inson jamiyatining o'yini osonlik va uyg'unlik bilan davom etadi va uning baxtli va muvaffaqiyatli bo'lishining ehtimoli katta. Agar ular bir-biriga zid yoki turlicha bo'lsa, o'yin qayg'uli davom etadi, jamiyat esa tartibsizlikning eng yuqori cho'qqisiga yetadi.

- Adam Smit (1759-yil), «Ma'naviy hissiyotlar nazariyasi»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

ALLOHNING LUTFI

Rivoyat etilishicha, bir majusiy Ibrohim Xalilullohdan mehmon qilishini so‘radi. U kishi uni mehmon qilmadilar va: «Agar iymonga kelsang, seni albatta mehmon qilaman», dedilar. Shu onda Alloh taolo u kishiga vahiy yuborib, shuni bildirdi: «Ey Ibrohim! Men to‘qson yildan beri uning kofirligiga qaramay, taom berib kelaman».
Shunda Ibrohim alayhissalom darhol o‘sha majusiyning orqasidan borib, to‘xtatdi, ortiga qaytardi va bo‘lgan voqeadan xabardor etdi. Majusiy Alloh taoloning lutfidan taajjubga tushdi va musulmon bo‘ldi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №185 mutolaa uchun Gustav Floberning "Bovari xonim" romani tanlangan.

Muhokama sanasi: 28-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

@filolog_nafis kanali keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, bunda hammasi adabiyot haqida. Kanalda jahon adiblarining asarlariga taqrizlar, iqtiboslar, tasviriy sanʼat namunalari, filmlardan parchalar berib boriladi. Zero, Adabiyot va Sanʼat hech qachon zerikarli va foydasiz boʻlmagan.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Mantiqiy iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari"
✍ Mualliflar: Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Tauni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhun va Rendall K. Fayler.
⚖ 8,6 MB
🔎 PDF
📄 470 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

«Isroil davlati allaqachon ma’naviy asoslarini yo‘qotib bo‘lgan. Uni qo‘llayotgan kollektiv g‘arbda ham, ko‘pchilik uning jinoyatlarini yaxshi biladi. Yevropa jamoatchilik fikri, taxminan 60-80% Falastin tarafida. AQSHda ham 20 milliondan ortiq yahudiy yashaydi. Lekin, shuncha yahudiydan bor yo‘g‘i taxminan 6-7 millioni o‘zini yahudiy deb tan oladi. Qolganlari “men yahudiy emasman, Xudo asrasin” deb, o‘zligini yashiradi, yahudiylikdan voz kechishga harakat qiladi. Protestant, anglasakson bo‘lishga harakat qiladi.

Bularning asosiy sababi – Isroilning vahshiy davlat ekanligi. Bu millat tarixan ko‘p ta’qib qilingan. Gʻarb va sharq xalqlari, davlatlari yahudiylarni ko‘p ta’qib qilgan. Endi, o‘zlarining davlatchiligiga erishib, shu davlatchilikni kengaytirish maqsadida, misli ko‘rilmagan vahshiyliklar qilmoqda. Bir vaqtlar g‘arbliklarning yahudiylarga qilgan vahshiyligini, bugun yahudiylar arablarga, falastinliklarga qilmoqda. Ortig‘i bilan qilmoqda. Buni dunyo ko‘rmoqda.

Paradoks. Yashab qolish uchun terror siyosatini olib borayotgan Isroil bir vaqtni o‘zida global norozilik va nafratga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni yashab qolish uchun o‘z umrini qisqartirishga ariza bermoqda. Bugun global yahudiylik chuqur ma’naviy inqirozda. Insoniyat Isroilni vahshiylik, adolatsizlik, yolg‘on va muttahamlik sinonimi sifatida qabul qilmoqda. Haliyam propaganda kuchli ishlayapti. Vaqti kelib, propaganda ham sinadi, homiy ham so‘nadi. O‘sha kuni Isroil naqadar vahshiy bo‘lganligini tushunib yetadi».

- Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
✍ Begali Qosimov
📓 "Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik"
⚖ 15,3 MB
🔎 PDF
📄 400 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №184 mutolaa uchun Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani tanlangan.

Muhokama sanasi: 14-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

📋 Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta jahon adabiyoti namunalari qaysi?


Habibaxon Otabek qizi
1. "Maʼnaviy masnaviy" mavlono Rumiy
2. "Sergey ota" Tolstoy
3. "Birinchi muallim" Chingiz Aytmatov
4. "Yevgeniy Onegin" Pushkin
5. "Anna Karenina" Tolstoy

Adham Muhiddin o‘g‘li:
1. 1984
2. Uliss
3. Buzrukning kuzi, Oshkora qotillik qissasi
4. Jinoyat va jazo
5. Kitob o'g'risi

Madina Urinova:
1. "Oltinchi palata" Anton Chexov
2. "Jinoyat va jazo" Fyodor Dostoyevskiy
3. "Yolg‘izlikning yuz yili" Gabriel Garsia Markez
4. "Bovari xonim" Gustav Flober
5. "Ifor" Patrik Zyuskind

• Gulnoza Ravshan qizi:
1. "Usta va Margarita"- Bulgakov
2. "1984"- Oruell
3. "Jinoyat va jazo"- Dostoyevskiy
4. "Faust"- Gyote
5. "Martin Iden"- Jek London

• Sharobiddin Oxunjonov:
1. Jek London — „Martin Iden“
2. Migel de Servantes Saavedra — „Don Kixot“
3. Alber Kamyu — „Begona“
4. Mixail Bulgakov — „Usta va Margarita“
5. Fyodor Dostoyevskiy — „Jinoyat va jazo"

Ilhom Rahimberdiyev:
1. ,,Jinoyat va jazoʼʼ - F.M Dostoyevskiy
2. ,,Anna Kareninaʼʼ - L.N Tolstoy
3. ,,Telbaʼʼ - F.M Dostoyevskiy
4. ,,Musallas mamlakatiʼʼ- Mo Yan
5. ,,Tirilishʼʼ - L.N Tolstoy

G‘ulomova Gulira'no
1. "Kassandra tamg'asi" Chingiz Aytmatov
2. "Jinoyat va jazo" Dostoyevskiy
3. "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" Rey Bredberi
4. "Iqrornoma" Tolstoy
5. "Koinot oqimlari" Ayzek Azimov

• Abdug‘ofurova
1. Dorian Grey portreti
2. Shamollarda qolgan hislarim
3. Kitob o‘g‘risi
4. Usta va Margarita
5. Kichkina shahzoda

Dilnura Yuldosheva
1. "Buzrukning kuzi" Markes
2. "Jinoyat va jazo" Dostoyevskiy
3. "1984" Oruell
4. "So‘na" Etel Voynich
5. "Usta va Margarita" Bulgakov

Fazoda To‘xliyeva
1. Lermontov: "Zamonamiz qahramoni"
2. Gyote: "Faust"
3. Remark asarlari, "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq"
4. Kamyu: "Begona"
5. Balzak: "Sag'ri teri tilsimi"

Aziz Samiyev
1. Fyodor Dostoyevskiy–Jinoyat va jazo
2. Alber Kamyu–Begona
3. Frans Kafka–Evrilish
4. Erix Mariya Remark–G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
5. Onore de Balzak–Dahriyning ibodati

• Abdujalil Xojimatov:
1. "Sulton Salohiddin" - Yavuz Bahodiro‘g‘li
2. "Kassandra tamg‘asi" - Chingiz Aytmatov
3. "Men" - Fotih Duman
4. "Farengeyt bo‘yicha 451°" - Rey Bredberi
5. "1984" - Jorj Oruell

Shalola Safartosheva:
1. "Ma'naviy masnaviy"
2. "Oy va sariq chaqa", "Martin Iden"
3. "Yevgeniy Onegin"
4. "Iqrornoma"
5. "Mukoshafat-ul qulub"


Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
12. So‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar
13. Eng yaxshi 5 ta o‘zbek adabiyoti namunalari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#SIR

"Ont bo‘lsinki, islomga zid bir xatti-harakatingizni ko‘rsam, sizni taxtdan tushirish haqida fatvo beraman!"

- Fotih Duman: "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Zohidlik chegarasi

Shaqiq Balxiy Ibrohim Adhamdan:
- Qanday kun kechirasiz, qayerdan mablag‘ topib, qanday sarflaysiz? - deb so‘radi.
- Bo‘lsa shukr qilamiz, bo‘lmasa sabr, – dedi Ibrohim Adham. Bunga javoban Shaqiq Balxiy shunday dedi:
- Ey Ibrohim, sening bu ishingni bizning Xuroson ko‘ppaklari ham qila oladi, ular bo‘lsa, yeyishadi, bo‘lmasa, sabr qilishadi.
- Hazrat, siz-chi, siz nima qilasiz? – so‘radi Ibrohim Adham.
- Bo‘lsa, baham ko‘ramiz, bo‘lmasa, shukr qilamiz, – dedi hazrati Shaqiq Balxiy.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

HIMMAT

Bir kuni Ibn Muborakdan bir gadoy pul so‘ragan edi, u bir dirham ehson qildi. Shunda uning do‘stlari:
- Bu gadoylar qovurilgan go‘sht va shirinliklar, noyob taomlarni iste’mol qilishadi. Unga bu pulning bir qismini bersangiz ham kifoya qilar edi, – deyishdi. Shunda Ibn Muborak:
- Xudo haqqi, ular ko‘kat va nondan bo‘lak biror taom iste’mol qilmaydilar, deb o‘ylarkanman, basharti ular shirinlik va go‘sht yeyishar ekan, unda ularga bir dirham yetmas ekan, – dedi va o‘z xizmatkorlaridan biriga:
- Gadoyni qaytarib kelgin-da, unga o‘n dirham ber, – deb buyurdi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mazaxchini_oʻldirish

Harper Li, "Mazaxchini o‘ldirish" romanidan tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar (davomi)

11. Sendan bolalar biror nima so‘rasa, iltimos, javob ber. Gapni olib qochishga urinma. Bola bola-da lekin buni ular kattalardan ko‘ra tezroq sezib qolishadi. Gapni olib qochish ularni battar chalkashtiradi.

12. U sinfdoshlarimizning otalari qiladigan hech bir ishni qilmasdi: hech qachon ovga chiqmasdi, qimor o‘ynamasdi, sharob ichmasdi, tamaki chekmasdi. U mehmonxonada o‘tirib olib kitob o‘qishdan boshqasini bilmasdi.

13. Doim o‘zing bilan qurol olib yurish seni kimdir otib qo‘yishini ochiqdan-ochiq istayotganingni anglatadi.

14. Ayollar bo‘lar-bo‘lmas narsalardan faxrlanaverishadi.

15. Noma’lum sabablarga ko‘ra insonlar hayotda to‘g‘ri fikrlash qobiliyatini yo‘qotib qo‘yadi... Qancha harakat qilishsa ham, odil bo‘la olishmaydi.

16. Seni boshqalar nazdida so‘kinish bo‘lgan so‘z bilan atashlari aslo haqorat emas. Bu o‘sha insonning naqadar nochorligini ko‘rsatadi, xolos. 

17. Adolat hukm surishi, insonlarning rangidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabat bo‘lishi kerak bo‘lgan sudga maslahatchilar qotib qolgan qarashlari, shaxsiy ginalari bilan kelishadi. Ulg‘ayar ekansan, oq tanlilar qora tanlilarni har qadamda aldashlarini, ularga nisbatan nohaqlik qilishlarini ko‘ra boshlaysan.

18. Senga hozir bir gap aytaman, uni hech qachon unutmagin — qora tanliga shunday munosabatda bo‘lgan har qanday oq tanli inson, kim bo‘lishidan qat’i nazar, xoh u boy bo‘lsin, xoh zodagon, tuban kishidir.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel