e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Erkin_mavzu

Mavzu: «2024-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim»

2024-yilda kitob mutolaasi bo‘yicha qanday rejalaringiz bor va joriy yilda o‘qishni maqsad qilgan asosiy 5 ta kitobingiz qaysilar bo‘ladi? Bugun shu haqida fikr almashamiz.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Yil kitobi — 2023"

Kitobxonlar klubi va @e_kutubxona sahifasi "Yil kitobi — 2023" so‘rovnomasini e'lon qilgan edi. So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan kitoblar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:


01. Atom odatlar – 33 (ovoz)
02. Ikki eshik orasi – 28 (ovoz)
03. Men: Bas qil, ey nafs! – 24 (ovoz)

04. Halqa – 22
05. O‘tkan kunlar – 19
06. 1984 – 17
07. Imomning maneken qizi – 17
08. Molxona – 15
09. Dunyoning ishlari – 14
10. Jimjitlik – 14
11. Yulduzli tunlar – 14
12. Jinoyat va jazo – 12
13. Qalb iffati – 12
14. Raqamli qal’a – 12
15. Saodat asri qissalari – 12
16. Martin Iden – 11
17. Savdogarlar ustozi 1 – 11
18. Sir: Oshiqlar o‘lmas – 10
19. Dor ostidagi odam – 9
20. Halol luqma – 9
21. Alkimyogar – 8
22. Andisha va g‘urur – 8
23. Tirilish – 8
24. Tushda kechgan umrlar – 8
25. Ufq – 8
26. O‘gay ona — 8
27. Da Vinchi siri – 7
28. Graf Monte Kristo – 7
29. Jeyn Eyr – 7
30. Lol: Har shaharning o‘z egasi bor – 7
31. Shamol ortidan yugurib – 7
32. Anna Karenina – 6
33. Iskanja — 6
34. Iymon – 6
35. Madaminbek: Qonli gullar vodiysi – 6
36. Mazaxchini o‘ldirish – 6
37. Qo‘rqinchli Tehron – 6
38. Vatandoshlik dasturi – 6
39. Vavilonlik eng boy odam – 6
40. Choliqushi – 6
41. Alfido – 5
42. Afv et, Allohim – 5
43. Bonu – 5
44. Buyuk shaxmat taxtasi – 5
45. Faust – 5
46. Ilm olish sirlari – 5
47. Mariya – 5
48. Ma’naviy masnaviy – 5
49. Odam bo‘lish qiyin – 5
50. Oltin zanglamas – 5
51. Oq kema – 5
52. Savdogarlar ustozi 2 – 5
53. Tazkirat ul-avliyo – 5
54. G‘oyam – 5
55. Chol va dengiz – 5


• Nomi qayd qilingan kitoblar soni:
392 ta
• Ovoz beruvchilar soni: 306 nafar


🥇 "Yil kitobi — 2023": «Atom odatlar» (Jeyms Klir)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Adham Ibrohim o'g'li
📓 "Eng komil inson"
⚙ Siyrat
⚖ 2,6 MB
🔎 PDF
📄 400 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘rovnoma davom etadi:

2023-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘nggi 125 yillikning eng yaxshi 5 kitobi

New York Timesnashri dunyoning 68 ta mamlakatida yashovchi 200 mingta kitobxon orasida soʻrovnoma oʻtkazdi va soʻnggi 125 yillikning eng yaxshi beshta kitobini tanlab oldi. Gʻoliblar reytingi bilan tanishing:

📓 1. “Mazaxchini oʻldirish” (1960), Xarper Li

Amerika klassikasiga aylangan bestseller AQSh janubidagi kichik shaharcha hayotidan hikoya qiladi. Attikus Finch ismli advokat oq tanli ayolga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan afroamerikalikni sudda himoya qilish vazifasini oʻz boʻyniga oladi.

Adiba 1961-yilda ushbu asar uchun Pulitser mukofotini olgan, asar qora tanli odamlarning huquqlari uchun kurashish timsoliga aylangan. Mazkur kitob Amerikadagi oʻrta maktablarning 80 foizida taʼlim dasturiga kiritilgan.

📓 2. “Uzuk birodarligi” (1954), Jon Ronald Ruel Tolkin

Xobbit Frodo sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi asar “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining birinchi qismi hisoblanadi. Frodo katta qudratga ega boʻlgan qadimiy uzukni yoʻq qilish uchun uzoq va xavfli sayohatga yoʻl oladi. 2001-yili ushbu asar asosida shu nomdagi film suratga olingan.

📓 3. «1984» (1949), Jorj Oruell

Jorj Oruell tomonidan yozilgan “1984” antiutopik asari hayotning har bir jabhasi qudratli partiya tomonidan boshqariladigan dunyo haqida hikoya qiladi. XX asrning oʻrtalarida yozilgan mazkur asar soʻnggi yillar ichida har doimgidan-da mashhur boʻlib ketdi. Unda totalitarizmning dahshatli koʻrinishi aks ettirib berilgan.

📓 4. “Yolg‘izlikning yuz yili” (1967), Gabriel Garsia Markes

Gabriel Garsia Markes tomonidan yozilgan “Yolgʻizlikning yuz yili” asari adabiyotdagi realizm yoʻnalishining eng mashhur namunalaridan biridir. Kitob 20 ta bobdan iborat boʻlib, katta oila hayoti haqida hikoya qiladi.

📓 5. “Suyukli” (1987), Toni Morrison

Amerikalik yozuvchi Toni Morisson tomonidan yozilgan ilk roman nashr etilishi bilanoq haqiqiy bestsellerga aylangan. Asarning bosh qahramoni qora tanli qochoq qul ayol 2 yoshlik qizini qullikdan qutqarish uchun uni oʻldirishga majbur boʻladi. Oradan yillar oʻtib bosh qahramonning uyiga bolakayning arvohi joylashib oladi. Asar 1988-yilda Pulitser mukofotga munosib deb topilgan.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
✍ Adib Xolid
📓 O’zbekiston: Millatning tavallud topishi
⚙ Maqola
⚖ 0,5 MB
🔎 PDF
📄 25 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Ta’kidlashdan charchamayman, ishlarning eng qiyini xalqlarni o‘zgartirish. Hukumatlarning o‘zgarishiga kelsak, agar xalqlar buni xohlasa, ular o‘zidan-o‘zi o‘zgaradi".

- Shayx Muhammad G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitob oʻqishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Ustoz Husayn Buxoriydan kitobxonlarga, kitob mutolaasini sevuvchilarga, kitob oʻqish bilan axloqini sayqallash, dunyoqarashini kengaytirish va boshqa manfaatlarga erishishni niyat qilganlarga tavsiya.
___

Berilgan qaysi qoidalarni kitob o‘qishda joriy qilgansiz? Qaysilari siz uchun yangilik bo‘ldi yoki tadbiq qilmoqchisiz?...

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yumshoq_kuch

Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar

Tinchlikda g‘alaba qozonish urushda g‘alaba qozonishdan ko‘ra ancha murakkab.

Agar meni hech qanday aniq tahdid yoki almashinuvsiz, nomoddiy jalb qilish orqali ko'ndira olgan boʻlsangiz, mana shu yumshoq kuchning ishlash prinsipini anglatadi.

Gʻoyalar bozoridagi qarorlarimiz ko'pincha yumshoq kuch - nomoddiy jalb qilish orqali shakllanadi, eng muhimi bu bizni oshkora tahdidlarsiz boshqalarning maqsadlari bilan birga borishga undaydi.

Qattiq kuch oʻzgalar xatti-harakatlarini majburlash orqali oʻzgartirish qobiliyati boʻlsa, yumshoq kuch boshqalar xohishini shakllantirishdir. Bunda yumshoq kuch boshqalarni oʻz madaniyati va qadriyatlarining jozibadorligiga yoki siyosiy tamoyillarining adolatliligiga ishontirish orqali manipulyatsiya qilishga asoslanadi.

Amerika yumshoq kuchining katta qismi Gollivud, Garvard, Microsoft va Maykl Jordanlar tomonidan ishlab chiqarilgan.

Taraqqiyot texnologiyani "demokratlashtirmoqda", ya'ni muayyan shaxslar va guruhlar uchun ommaviy qirgʻin qurollariga egalik qilish yanada arzonroq va qulayroq boʻlib qoldi. Qayerda bomba va dinamitlar ogʻir va qimmat boʻlsa, plastik portlovchi moddalar va raqamli dinamitlar o'sha yerda shunchalik yengil va arzondir. Samolyotni oʻgʻirlash xarajatlari baʼzan chipta narxidan biroz qimmatroq boʻladi.

Odamlar kuchli va kuchsiz tulporlarni ko'rsa, tabiatan kuchlisini afzal ko'radilar.

Amerikaliklar kino va televideniya orqali global tasvirlarni oʻzlashtirganliklari tufayli boshqalarning orzu va istaklarini shakllantiruvchi ilhom manbayiga aylana olishgan va shu sabablarga koʻra koʻp sonli talabalar boshqa davlatlardan oʻqishni tugatish uchun Qo'shma Shtatlarga kelishadi.

Xalqaro kuchni uch toifaga boʻlishgan: harbiy, iqtisodiy va mafkuraviy nazorat.

Yumshoq kuchning ahamiyatini inkor etganlar qo'rquvning kuchini tushunmaydigan odamlarga o'xshaydi.

- Jozef Nay: Yumshoq kuch

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Solik qazog‘a rozi va balog‘a sabrli bo‘lmog‘ining bayoni

Kel e soqiy, muhabbat jomidin may,
Xaridor ilgina bergil payopay.

Xaridor ul erur juz niyyati fard,
Ko‘ngil ko‘nglakina yuqtirmag‘ay gard.

Qayu holatda bo‘lsa ertayu kech,
Xilofi hukmi mahbub etmagay hech.

Bu yo‘lning barchasin tay qilg‘on erlar
Rizo bermak maqom a’losi derlar.

Agar boshida yursa osiyo sang,
Rizo jo‘yanda hargiz bo‘lmag‘ay tang.

Agar har kunda ichsa zahr ayog‘in,
Suyukluk bandasi chatmas qabog‘in.

Kishikim rozilik kominda bo‘lsa,
Qilur shukr, ajdaho kominda bo‘lsa.

Rizo ayvonida topqon kishi jo,
Demas «vo» bobi ofat bo‘lsa ham vo.

Agar mag‘zi diling ayrilsa to po‘st,
Yig‘ini yig‘, agar chin qulsan, e do‘st.

So‘nar g‘am tushsa har ozoda erga,
O‘char o‘t tushsa xasdin xoli yerga.

Xudo amrig‘a oqil g‘am yemasdur,
Demas gardun qilur gar dun emasdur.

Egam hukmig‘a har kim bo‘lsa mamnun,
Ko‘tarmas un agar boshin qilur un.

Bu toqqa sursalar, tashlab u tog‘din,
Sanodin o‘zga chiqmas aqli sog‘din.

Agar kindur magar ming qilsalar qiyn,
Qachon tushkay chin erni ko‘nglina chin?

Qayu holat bilan jon bo‘lsa tanda,
Bo‘lar shokir hamisha rozi banda.

Ulug‘ yo‘ldin adashqon necha beaql,
Qilur erlardin u yolg‘onchilar naql:

«Kishi kim oshiqi diydori Haqdur,
Muhabbat ahli birlan hamsabaqdur.

Na hojat o‘zgacha toatlar andin!»
Bo‘lur yuzi qaro mundog‘ degandin.

Buyurg‘onig‘a har kim bo‘lsa munkir,
Gumon yo‘qtur, bo‘lur albatga kofir.

O‘shal xalqiki ko‘p beaql emishlar,
Xudoning dushmanin oshiq demishlar.

Dilu jon birla bo‘lg‘on oshiqi zor,
Xilofi hukm qilmas zarrai kor.

Buyurg‘on ishlarini shodu g‘amda,
Qilur birdek farog‘atda, alamda.

Agar to‘ldirsalar yerning yuzini
Qizil tillo bilan, solmas ko‘zini.

Balo o‘qi qadalsa, urmag‘ay oh,
Qilich boshig‘a kelsa, buzmag‘ay roh.

Kishi kim qilsa oshiqlikni lofin,
Qilurmu hech ma’shuqi xilofin.


- So‘fi Olloyor: «Sabotul-ojizin»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yumshoq_kuch

Yumshoq kuch nima? Bu oʻz istagimizni majburlash yoki badal orqali emas, balki qiziqtirish va ishontirish orqali maqsadga erisha olish qobiliyatidir. Bunda asosiy jalb qiluvchi vosita sifatida mamlakatning madaniyati, siyosiy maqsadlari va undagi siyosiy tuzum muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun biz yuritayotgan siyosat oʻzgalar nigohida ham adolatga asoslangan legitim siyosat sifatida namoyon boʻlsa, o'shanda yumshoq kuchimizning ta'siri yanada ortadi. Bu borada Qo'shma Shtatlar uzoq tarixiy va oʻziga xos tajribaga ega. Jumladan, Ikkinchi jahon urushi yakunida Franklin Ruzvelt Yevropada ilgari surgan "Toʻrt ozodlik" g'oyasining taʼsirini eslaylik: uning natijasi o'laroq Yevropa yoshlari "temir pardalar" ortida turib "Ozod Yevropa" radiosi orqali Ameriqa musiqasi va yangiliklarini tinglagani, xitoylik talabalar Tyan-men maydonidagi noroziliklarning ramzi sifatida aynan Ozodlik haykali namunasini yaratishgani, 2001-yilda ozod afg'onlar "Huquqlar toʻgʻrisidagi Bill”ning nusxasini so'rab murojaat etgani, bugun Eron yoshlari oʻz uylarida Amerikaning taqiqlangan videolari va ko'rsatuvlarini tomosha qilishayotganini koʻrib turibmiz. Bularning barchasi Amerikaning yumshoq kuchiga yorqin misollar hisoblanadi. Agar siz boshqalarni oʻz oliy maqsadingiz sari ergashtirishga va o'zingiz istagan narsani ular ham istashlariga erisha olsangiz, u holda ularni o'zingiz istayotgan yoʻnalishda harakatlanishi uchun "yoʻgʻon yoki yumshoq kaltak" usullarini qoʻllashingiz shart emas. Qiziqtirish har doim majburlashdan ko'ra samaraliroq boʻlib, aynan demokratiya, inson huquqlari va shaxsiy imkoniyatlar kabi ko'plab qadriyatlar mohiyatan oʻta jozibadordir. General Uesli Klark ta'kidlaganidek, "yumshoq kuch bizga an'anaviy kuchlar muvozanati siyosatining murakkab davridan koʻra ancha uzoq muddat ta'sir ko'rsata oldi". Ammo, agarda biz takabburlik bilan harakat qiladigan boʻlsak, bu qadriyatlarimizning asl qiymatini yoʻqqa chiqaradi, natijada esa kuchli nafrat yuzaga kelishi mumkin.

- Jozef Nay: Yumshoq kuch

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir.

- Shekspir

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitobxonlik natijasida tafakkur qilish boshlanadi, tafakkur qiladigan insonlarga esa so‘z erkinligi berilishi kerak, so‘z erkinligi esa raqobatni vujudga keltiradi. So‘z erkinligi bo‘lmagan jamiyatda "kitobxonlik" propogandadan boshqa narsa emas u kitob o‘qishdan to‘sadi xolos. Kitobni o‘qimaslik uni yoqish bilan teng.

- Hamid Sodiq

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bu qanaqa himmat?!

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Oliver_Tvist

Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar

Talay buyuk faylasuflar nazariyani rivojlantira turib, o‘zlari uchun zarracha bo‘lsin xavf tug‘diradigan jamiki tasodiflarga qarshi oldindan chora ko‘rib qo‘yadilar.

Shunaqangi kitoblar ham bo‘ladiki, ichidagisi muqovasi bilan muhrasiga arzimaydi.

Suratkashlar xonimlarni hamisha asldagiga qaraganda chiroyliroq qilib chizishadi, boʻlmasa hech kim suratini buyurtirmaydi-da.

Butun mehr-u muhabbatimni baxshida qilgan odamlarim lahadda yotishibdi.

O‘g‘il bolalarning hammasi bir go‘r, farqi yo‘q ularning. O‘g‘il bolalarning faqat ikki toifasini bilaman: qiltiriq bolalar, go‘shtdor bolalar, vassalom.

Halloqi olam odil, marhamati benihoya; ushbu esa bu dunyodan yaxshiroq o‘zga dunyo borligining alomatidir.

Yoshlikka mardonavor, oliyhimmat, ammo umri qisqa orzu-tilaklar yo‘ldosh bo‘ladi; ular orasida shunaqangilar ham borki, murodlari hosil bo‘lgach, mayl-u ishtiyoqlari o‘tkinchi, beqaror ekanligi bilinadi-qo‘yadi.

- Charlz Dikkens, "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

⚡️ Demak, biz boshladik!

💡 "Fikriy uyg'oqlik" -
  qoliplardan chiqib, fikriy kenglikka chiqishni istaydiganlar uchun maxsus loyiha.

🚀 Loyihamiz 5 ta yo'nalishdan iborat:

1. Zakovat;
2. Quiz (viktorina shaklda);
3. Dolzarb muammoga yechim;
4. Fikrlashamiz;
5. Iqtiboslar.

⏳ 4 haftadan 6 haftagacha davom etadigan "Fikriy uyg'oqlik" da siz bularga ega bo'lasiz:

- ommadan ajralib turadigan shaxsiyat;
- dolzarb muammolar uchun kuchli fikrlar;
- eskirmas fanlardan eng muhim bilimlar;
- rivojlanishingizga hissa qo'shadigan jamoa, do'stlar va atmosfera;
- esdalik sovg'alar, kitoblar va qolganiga loyiha davomida guvoh bo'lib boraverasiz!

📍Minimum 1 oyda o'zingizni yangi formada ko'rishni istasangiz Nukta kanaliga a'zo bo'ling va kuzatib boring.

📚 "Millatni uyg'otish - uyg'onganlarning vazifasi!"

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bugun so‘rovnoma yakunlanadi:

2023-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Yil kitobi — 2023"

Kitobxonlar klubi va @e_kutubxona sahifasi "Yil kitobi — 2023" so‘rovnomasini e'lon qiladi.
So‘rovnomada kitobxonlar 2023-yil davomida o‘qigan kitoblari ichidan "eng yaxshi" deb hisoblagan kitoblarni bildirish orqali ishtirok etadilar.

So‘rovnoma:
2023-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?

Ovozlaringizni izohlarda yoki Kitobxonlar klubi guruhida qoldirishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yumshoq_kuch

Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar (davomi)

1989-yilda Berlin devori qulashidan ancha ilgari ushbu ulkan to‘siq turli xil ko'ngilochar dasturlar, televideniya hamda filmlar orqali allaqachon buzib tashlangan edi. Bolgʻa va buldozerlarning ishini ancha avval Gʻarbning mashhur madaniyati yengillatgan edi.

Yumshoq kuch — tahdid va mablag‘siz hamkorlikka unday olishdir.

Amerika iqtisodiyoti dunyoda birinchi o‘rinda turadi, degan tushuncha shubhali. Daromadlar tengsizligi kengroq bo‘lgani uchun ham u tanqidga ko‘proq moyil.

Qachonki insonlar haddan tashqari koʻp boʻlgan ma'lumotlar oqimi bilan to'qnash kelsa, ularning qay biriga diqqat e'tiborlarini qaratish borasida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Endilikda maʼlumot emas, balki diqqat e'tibor va idrok noyob resursga aylandi. Ya'ni, chalg'ituvchi xabarlar ichidan kerakli axborotni farqlay olganlargina haqiqiy kuch sohiblaridir.

Axborot asrida siyosat bu hikoyada g'olib chiqqanlarga tegishlidir.

Hukumatlar boshqa bir hukumatlar va turli tashkilotlar bilan oʻzlarining ishonchliligini oshirish, raqiblarinikini esa kuchsizlantirish maqsadida kurash olib boradilar.

Juda koʻplab siyosiy liderlar muammo faqatgina boshqalarda ma'lumot yetarli emasligida va agarda ular biz bilgan narsalarni bilsa, atrofga bizning koʻzimiz bilan qaraydilar, deb o'ylashadi.

Muammolar koalitsiyalarni shakllantirishi kerak, koalitsiyalar muammolarni emas.

BMT Xavfsizlik kengashidagi veto huquqi uyning elektr tizimidagi sug‘urta qutisiga o‘xshaydi. Uy yonib ketganidan ko‘ra, sug‘urta yonib, chiroq o‘chgani yaxshi.

- Jozef Nay: Yumshoq kuch

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №189 mutolaa uchun Charlz Dikkensning "Oliver Tvist" romani tanlangan.

Muhokama sanasi: 23-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Ma’lumdirki, dunyoda yashagan har bir kishining eng ayamlik, qizg‘anib saqlaydigan besh narsasi bordir. Birinchi joni, keyingilari dini, moli, oilasi, ona Vatanidir. Mana bu besh narsani saqlash uchun onglik insonlar qanday jonbozlik qiladilar! Dunyoning har bir yerida to‘kilgan va to‘kilayotgan inson qonlari ko‘z oldimizda ko‘rinib turadi. Bu fojianing birdan bir sababi shu yuqorida aytilgan narsadan boshqa emasdir. Shunday bo‘lgach qaraymiz: madaniyat qayerda, qaysi millatda bo‘lsin, shu yuqorida aytilgan insoniyat haqlarini saqlash uchun hukumat qo‘lida adolat quroli bo‘lib turar ekan, ana shu chog‘dagina butun xalq haqiqiy madaniyatga erishib, tinchlik bilan rohatda turmush kechira oladilar. Buning natijasida insoniyat xususiyati bo‘lgan har kimning erk ixtiyori o‘z qo‘lida saqlanadi.
Yer yuzining qaysi o‘lkasida bo‘lishni kim tilar ekan, hech qanday to‘sqinlik ko‘rmaydi. Agar madaniyat shu
yuqorida aytilganicha foydalik bo‘lsa, Sharq faylasufi Forobiyning aytishicha, bunday madaniyatni «Madaniyati Islomiya» yoki «Fozila» deydilar. Mana shundagina butun madaniy taraqqiyotni yolg‘iz inson foydasi uchun ishlatish mumkindir. Yo‘q esa, hozirgi ustimizdagi madaniyat kabi, buni qo‘llanuvchilar xato ketganliklaridan, yolg‘iz jinoyatchilarni emas, balki butun inson olamini halokat chuquriga tushurishi shubhasizdir. Chunki shu kunlardagi dinsizlar madaniyatlari ta’siri ostida insonlarning axloqi butunlay buzulganlikdan, moddiy, ma’naviy bo‘lsin har yoqlama ziyon ko‘rayotganlari ko‘z oldimizda turadi. Bular esa o‘z maslaklarini boshqalarga qabul qildirish uchun xalqning tuzalish-buzulishlari, ularning har qanday ziyon zahmatga uchrashlari bilan hisoblashmaydilar. Balki, butkul qurol kuchi ishlatib, har qanday majburiyat ostida bo‘lsa ham xalqni o‘z yo‘llariga kirgiza olsalar, tilaklariga yetgan bo‘ladilar.
Madaniyatning ilm, fazl, hunar, sanoatlarini insonlar hojatini chiqarish, ular foydasi uchun ishlatish emas, balki o‘zlarining ko‘rlarcha ushlab yopishgan buzuq yo‘llariga kirgizish quroli qiladilar. Mana bunday madaniyatga buzuqlar boshlig‘i bir firqapalidlar ega bo‘lgach, bular qo‘lida butun xalq erk ixtiyoridan ajrab eng tubangi hayvonlar qatorida yashamoqqa majbur bo‘ladilar. Bu
kabi madaniyatlar oqillar, faylasuflar oldida «Zollata, fosiqa madaniyat», ya’ni «Ko‘rlar, adashganlar madaniyati» deb ataladi.
Buning ochiq ko‘ringan nusxasi shu kunlari ustimizda hukmron bo‘lib turgan bolsheviklar keltirgan sharmandalar madaniyatidir. Chunki 50 yildan beri mustabidlar oyog‘i ostida ezilayotgan 15 yolg‘on jumhuriyat xalqlari, ayniqsa O‘zbekiston musulmonlari milliy, diniy, vataniy huquqlaridan butunlay ajradilar. Yer yaratilgandan beri ota-bobolaridan qolgan halol meroslari gulguliston, bog‘ bo‘stonlik ona Vatanlaridan haydab chiqarilib, ko‘z oldilarida kelgindi bosqinchilarga bo‘lib berilmoqdadir. Mana bularning keltirgan iflos bosqinchilar madaniyatlaridan biz O‘zbekiston musulmonlari olgan hosilotimiz hozircha shu darajaga yetdi. Yana kelajak kunlari ustimizdan qanday rejalar qurilib, nima choralar ko‘rayotganlarini zamonga tushungan Vatan ahllari yaxshi bilsalar kerak.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yumshoq_kuch

Yumshoq kuch hamkorlikni yaratish uchun umumiy qadriyatlarga jalb qilish va ishontirish usulidan foydalanadi.
Yumshoq kuch manbalari odatda xatti-harakatlarning yumshoq tabiati bilan ifodalansa, qattiq kuch manbalari buyruqlarga asoslanadi. Ba'zan ayrim mamlakatlar boshqalarni qattiq kuchiga tayangan cheksiz qudrati haqidagi afsonalar bilan oʻziga jalb qilishi va bu orqali oʻsha joyda qonuniy baholanadigan turli institutlarni yaratishi mumkin. Baʼzan esa kuchli iqtisodiyot nafaqat sanksiyalar yoki toʻlovlar manbasiga aylanishi, balki jalb qilish omili sifatida ham xizmat qiladi.


- Jozef Nay: Yumshoq kuch

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
✍ Tohir Malik
📓 «O‘tkan kunlar» romaniga sharh
⚙ Maqola
⚖ 5,4 MB
🔎 PDF
📄 16 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bugun ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №188 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda A'zam Hoshimiyning "Alvido, Vatan" asari tahlil qilinadi..

Muhokama sanasi: 9-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Tilshunos va qayiqchi

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yumshoq_kuch

«Davlatlar oʻz kuchini boshqalarning koʻz oʻngida qonuniylashtirishga erisha olsa, ularning maqsadlariga qarshi to'siqlar ham kamroq boʻladi. Agar davlatning madaniyati va mafkurasi jozibador boʻlsa, boshqalar ham bajonidil ularga ergashadi. Agar davlat o'z manfaatlari va qadriyatlariga mos keladigan xalqaro qoidalarni shakllantira olsa, uning harakatlari boshqalarning nazarida ham qonuniy aksini topadi. Bu esa boshqa mamlakatlar faoliyatini ortiqcha mablag' va qurollarsiz oʻzi istagan maqsadlar sari yoʻnaltirish imkoniyatini tuhfa etadi».

- Jozef Nay: Yumshoq kuch

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Xoʻrlanganlar_va_haqoratlanganlar

O‘z ahmoqligiga iqror bo‘lgan ahmoq ortiq ahmoq emas!

- Fyodor Dostoyevskiy: «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitoblar sotiladi

"Olim, odam va olam" - Mubashshir Ahmad
"Oʻn sakkizga kirmagan kim bor" - Shukur Xolmirzayev
"Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi"- Togʻay Murod
"Dengiz haqida soʻzlab ber menga" - Elchin Safarli
"Men Malalaman" - Malala Yusufzay
"Muslima ayol Yevropada" - Amina Shenlikoʻgʻlu
"Latte omili" - Devid Bax
"Alifdek sevmoq"-  Hikmat Anil Oʻztekin
"Bahorning 17 lahzasi" - Yulian Semyonov
"Taqdir charxpalagi" - Grigoriy Abashidze
"Jaloliddin Manguberdi" - Maqsud Shayxzoda
"Yulduzli tunlar" - Pirimqul Qodirov
"Ulugʻbek xazinasi" - Odil Yoqubov
"Koʻhna dunyo" - Odil Yoqubov
"Oʻtmishdan ertaklar" - Abdulla Qahhor
"Ota"- Ulugʻbek Hamdam
"Shum bolaning nabiralari"- Nosir Fozilov
"Otalar soʻzi"- Yoʻldosh Muqimov
"Bolalik xotiralarim"- Oybek
"Nur borki soya bor"- Oʻtkir Hoshimov
"Millat qiziga"- Rahima Shomansurova
"Erkak yigʻlagan kun"- Rustam Jabborov
"Tanlangan asarlar" - Gʻafur Gʻulom
"Sh. Mirziyoyev faoliyatining solnomasi"
"Inson davr koʻzgusida" (Sharof Rashidov haqida)
"Oʻzbekiston buyuk allomalar yurti"
"Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch" - I. Karimov 
"Oʻzbekiston qahramonlari"
"Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari " toʻplamining 3,4,10,16,17- jildlari
"Adabiyotdan mukammal savol-javoblar" - Nilufar Rasulova
"Xorazm va Xorazmliklar"
"Boʻronlarda bordek halovat" - Asqad Muxtor
"Yoshulli" (Mansur Masharipov haqida)

#Xorazm
Kitoblar yaxshi holatda saqlangan. Agar bir nechtasini oluvchilar boʻlsa boshqa viloyatlarga ham pochta orqali yuboriladi.

Aloqa uchun: @Guliruxsor_Ruzmetova

Читать полностью…
Subscribe to a channel