#Keltirma
"Aholi sonining ko‘payib ketishiga qarshi eng kuchli qurollarda biri ayollar uchun yaxshiroq iqtisodiy sharoit yaratishdir, bu esa, albatta, qizlarni o‘qitishdan boshlanadi".
📚 @e_kutubxona
"Aytishlaricha, yozuvchi [Oybek] lotin va kirill alifbosini mukammal bilishiga qaramay, umrining oxirigacha arab imlosida yozishda davom etgan". (c)
📚 @e_kutubxona
HAQIQAT HAQDAN DARAK
Bashariyat hayotiga nazar solsangiz, inson qalbi doimo haqiqatni izlaydi. U doim haqqa intiladi, haqni suyadi, yolg'onni yomon ko'radi. E'tibor bering, qalb shunday bo'ladi. Dunyo tarixiga va buguniga nazar solsangiz, hamisha oxir oqibat haqiqat g'olib bo'lganiga guvoh bo'lasiz. Yolg'on qancha gupirmasin, zulm qanchalar qutirmasin, bir kun yo'qqa chiqib, oqibatda rostgo'ylik va adolat yutib chiqaveradi.
Shuning uchun ham xalqimiz “Haqiqat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi”, deb aytadi. Qanchadan-qancha yolg'onchi tuzumlar o'z qabohatlarini haspo'slash uchun shaytonning xayoliga kelmagan hiylalarni qilishdi. Xudosizlar xalqlarning aqlini egallash uchun ming xil nayrang, zulmu sitamlar etishdi. Ular qilgan qirg'in va qatag'onlarning o'xshashini bashariyat boshqa ko'rmagan. Biroq ko'p o'tmay yolg'onlari fosh bo'lib, o'zlari tarix qa'riga quladi, yana haq g'olib bo'ldi.
Bugun Yaqin Sharqda kechayotgan hodisalar fonida mazkur haqiqat yana bir bor o'z tasdiqini topdi. Dunyoning yirik kuchlari qo'lida o'yinchoq bo'lib qolgan matbuot har qancha qichqirmasin, haqiqat sasi qarshisida yo'qqa chiqib qolmoqda. Yolg'on to'zoni dengiz suvini qancha bulg'amasin, haqiqat bulog'idan sizib chiqqan zilol suv yaltiragancha namoyon bo'lib, loyqa suvni asta surib chiqarmoqda.
Necha yildirki, G'arb va unga tobe matbuotlar odamlar miyasini yuvib, rostni yolg'on, yolg'onni rost qilib ko'rsatib, musulmonlarni yomonotliq qilib, insonlarning tafakkurini bulg'ab kelayotgan edi. Oqil kishilar buni yaxshi fahmlab turgan bo'lsa-da, birorta ham yaroqli xolis manba bo'lmagani uchun omma aldanib qolayotgandi.
Bugun minglagan yollanma matbuotlar qarshisida atiga 3-4 ta muqobil manba paydo bo'lib, voqelikni biroz aniqroq yoritishni boshlagan edi, anavi tumonat xabarchilarning so'ziga birov ishonmay qo'ydi. Haqning qarshisida dunyoning manaman degan davlatlari, matbuotlari, so'zchilari ojiz qolmoqda.
Bu nimani anglatadi? Demak, dunyoda barcha kuchlardan ustun boshqa bir iroda bor. U faqat haq tarafida va hamisha uni g'olib qiladi. Biroq buni yolg'on ko'zini pardalaganlar ko'ra olmaydi. Yolg'on ham, rost ham xabar. Biroq qalb yolg'ondan nafrat qiladi, unga ergashmaydi, doim rostga moyil bo'ladi. Nega? Chunki bu olamni va unda basharni yaratgan Zot haqdir, haqni ustun qilishni iroda etgan. Oqibat taqvodorlarniki, yerga solih bandalar voris bo'lishi ilohiy qonunda bitib qo'yilgan. Alloh O'z ishida g'olibdir, lekin ko'p odamlar bilishmaydi.
Tarix osha dunyoda yolg'on past, hamisha haq g'olib bo'lib kelishi aqlli kishi uchun iymon keltirishga turtki bo'larli mo''jizalardan sanaladi. Bo'lmasa, yolg'onga sarf qilingan buncha harakatu xarajatlardan keyin haqiqat so'zi bashariyatga allaqachon begona bo'lib ketishi kerak edi. Biroq doimo rost g'olib bo'lib, uning sha'ni yanada ortib boraveradi.
Alloh taolo dunyoni imtihon xonasi qilish uchun unda yolg'onga imkon berib qo'ygan, toki kim haq taraf, kim yolg'on taraf, aniq bo'lsin, keyin da'vo qila olmasin. Ana o'sha vaqtincha yolg'on insonlarni saralab beradi, ularning qalblari amalga ko'chishini ta'minlab beradi. Haq kelgach esa yolg'on xuddi to'zon kabi havoga uchib ketadi.
📍Ixtiyoriy kitob o'qish, fikr bildirish va yaxshiliklar qilish bilan ham pul topish mumkin.
Yutuqli shartlar o'tkazishni odat tusiga aylantirib ulgurgan sahifani Sizga tavsiya qilaman.
Hafta davomida siz U yerda:
- Yutuqli zakovat
- quiz testlar,
- har xil odatlarni shakllantiruvchi
Yutuqli chelenjlar bilan tanishasiz.
Bundan tashqari jamoyat uchun dolzarb muammolarga yechimlar berib boriladi, g'oliblar har doimgidek mukofotlanadi.
Kanalga ulanish
#Asoslar
Antara ismli arab shoiri buqadan qo‘rqib, qochib ketdi. Unga: «Dovyurakligingiz qayerda qoldi? Axir siz Antara bo‘laturib, buqadan qo‘rqasizmi?» deyishgan edi, «Axir buqa mening Antara ekanimni bilmaydi-da!» dedi.
Sen ham fikriy quvvatingni johil kimsa oldida namoyish qilma, u johilligi bilan seni yengib qo‘yadi.
©
📚 @e_kutubxona
#Asoslar
«Bizlar toshlarni (qurilish ashyolari) tayyorlashdan oldin hovli qurishni xohlamoqdamiz. Ya’ni, yakka shaxsni tarbiya va isloh qilishdan oldin butun millatni isloh qilmoqchimiz. Millat mustaqil narsa bo‘lib, uning uzunligi, eni, chuqurligi va balandligi bor. Demak, millat – u men, siz, ulardan iboratdir. Biz toki har birimiz o‘zini isloh qilmas ekan, millatning islohoti amalga oshmaydi».
- Shayx Ali Tantoviy
📚 @e_kutubxona
#Lissabondagi_tun
Remark, «Lissabondagi tun» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
1. Ayol kishi o‘zini juda yaxshi tushunayotgandek ko‘rsatishga moyil va hatto baxtiqarolarni onalarcha ovuta boshlaydi.
2. Vaqt — bu o‘limning kuchsiz damlamasi.
3. Hech vaqt dunyo biz u bilan xayrlashayotgan, erkimiz tortib olinayotgan paytdagidek go‘zal bo‘lib tuyulmasa kerak. Qaniydi, biz uni hamisha shunday idrok etsak!
4. Gohida nimagadir ishonishing kerak. Yo‘qsa, allaqachon bu yorug‘ olamdan yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardik.
5. Kishi qachonki piching qilib, qo‘rqa boshlasa, voqea-hodisalarga barmoq orqasidan qaray boshlaydi.
6. Biz siyosatda balandparvoz gaplarga ko‘nib ketaveramiz, ming afsuski, hissiyot bobida emas.
7. Nafrat — qalbingni o‘yuvchi zahri qotil. O‘zing nafratlanasanmi yoxud o‘zganing nafratiga duchor bo‘lasanmi, farqi yo‘q.
8. Agar hayot abadiy bo‘lganda unga toqat qilib bo‘lmasdi.
9. Bandiligimizda bizdan bir burda nonni qizg‘anishadi, ammo bizni qayta qo‘lga tushirish uchun hech qanday sarf-harajatni ayashmaydi.
10. Omma vahimaga moyil va g‘am-tashvishlardam xalos bo‘lishni istaydi.
11. "Biz ayollar janjal chiqarishga ustamiz. Buni bilmasmiding?"
12. Muhabbat bobida so‘roq-savol ko‘payadi, ustiga-ustak, javoblarni kavlashtirish boshlanganda muhabbatning umri qisqaradi.
13. Inson qayerdaki baxtli bo‘lsa, o‘sha yer ajoyubu g‘aroyibdir.
14. O‘zga insonning qila olishi mumkin bo‘lgan burchi — o‘z yaqiniga bir chimdim mehr kerak bo‘lganida uning yonida bo‘lishidir.
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Manfaatdor guruhlar xarajatlarni hisobga olishni istamaydilar
Afsuski, ko'p iqtisodiy qarorlar bozor narxlariga asoslangan bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holda emas, balki siyosiy sabablarga ko'ra davlat tomonidan qabul qilinadi. Bu siyosiy ta'sirga ega guruhlar uchun aholi hisobidan to'langan manfaatlarga egalik qilishiga imkoniyat yaratadi. Shubhasiz, siyosiy manfaatdor guruhlar doimo katta xarajatlarni oqlash uchun ularni haqiqiy qiymatini kamaytirib ko'rsatadilar. Ular ba'zi loyihalar juda ahamiyatli bo'lganligi sababli hattoki ularning qiymatini hisobga olish kerak emas, deb ta'kidlaydilar.
O'qituvchilar ta'lim xarajatlarga nisbatan o'ta muhim masala deb hisoblaydilar; atrof-muhit himoyachilari yer sharini asrash shunchalik muhimki, atrof-muhitni saqlash bo'yicha loyihalar xarajatlaridan qat'i nazar amalga oshirilishi lozim deb hisoblaydilar; tibbiy tadqiqotlar grantlari sohiblari inson salomatligi o'ta muhimligi sababli xarajatlarni e'tiborga olish shafqatsizlik deb hisoblaydilar; Milliy san'atni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi «san'atning qiymati insoniylikning asl mohiyati bilan bog'liq» va «uni pul bilan o'lchab bo'lmaydi» deb hisoblaydilar.
Bu bayonotlarning barchasini uyushgan guruhlarning davlat mablag'larini ko'proq jalb qilishga bo'lgan urinishi deb tushunish mumkin. Qiymatlarni hisobga olish pulning ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatish degani emas. Pul – xarajatlarni ifodalashning qulay usulidir, lekin pulning o'zi hech narsaning qiymati emas. Agar taom uchun o'n dollarlik pul bilan to'lasam, pul xuddi xarajatdek ko'rinadi, lekin haqiqiy xarajat muqobil qiymatga, ya'ni taomdan keyingi eng qadrli variantning sub'ektiv qiymatiga teng.
📚 @e_kutubxona
#Asoslar
Ummat hazorasi, madaniyatini buzishni istasang, buning uchta vositasi bor: Oilani parokanda qil, ta’limni izdan chiqar va o‘rnak olish, ibratlanishni tashla.
• Oilani parchalashda onaning oiladagi ahamiyati, rolini chetga sur. Uning oila bekasi vasfidan xijolat qiladigan, uyaladigan holga tushir.
• Ta’limni izdan chiqarish bo‘lsa, muallim, o‘qituvchiga e’tiboringni qarat. Unga jamiyatda ahamiyat qoldirma. Qadrini pastga ur, nufuz qoldirma va hatto o‘quvchilari oldida tahqirlansin, obro‘siz bo‘lsin.
• O‘rnak va ibratlanishni tark etish borasida ulamolarga diqqat qil. Ular bilan bahslash, ularga (ular taqdim etayotgan ilmlariga) shak-shubha bilan qara, obro‘-sha’nlarini yerga ur. Hatto ularga birov quloq tutmasin, birov ularga ergashmasin.
Demak, ongli, fikri uyg‘oq ona so‘nadigan bo‘lsa, muxlis, o‘z ishiga sadoqatli muallim yo‘q bo‘ladigan bo‘lsa, ibrat va namuna bo‘ladigan yetakchi, boshlovchilar qulaydigan bo‘lsa, u holda avlodni qadriyatlar ustida kim tarbiyalaydi?
- Favziy Xollaq
📚 @e_kutubxona
"Mantiq ilmidan saboqlar" turkumidan
—
“Islohil mujtama’” asari sohibi shayx Muhammad ibn Solim Bayhoniy Yamaniy (1972-yil vafot topgan) rahimahullohdan naql qilinadi:
Bu kishi bilan, erkak va ayol tengligiga (g‘arbning ta’rifida - gender tengligiga) chaqiruvchi kishi orasida munozara bo‘lib o‘tdi. U kishi gapirar, Bayhoniy esa jim turardilar. So‘ngra Bayhoniy u kishiga muannasda murojaat qilib: “Endi sen jim tur, men gapiraman», dedilar. (Ya’ni, ayol kishiga xitob qilgandek “uskutiy” so‘zini ishlatdilar) Haligi kishi jahli chiqib: «Siz menga ayol kishiday xitob qilmoqdasiz», dedi. Shunda Bayhoniy: «Sen qanday bu holingda ayollarni erkaklar bilan teng bo‘lishga chaqiryapsan, oddiy olmosh ishlatilishida ayollar bilan teng bo‘lishga rozi emassanku?!», degandilar, bahs-munozara tugadi va odamlar kulib yuborishdi.
📚 @e_kutubxona
#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi
"Inqilob degani bayroqni silkitib ko‘chaga chiqish emas, – bu hodisa bir necha kungina davom etishi mumkin. Eng asosiy jarayonlar keyin keladi. Har kuni ter to‘kib ishlash, shu qatorda, o‘z mashhurligingni islohotlar uchun sarf etishing kerak. Mashhurlikka erishish shunchaki bir maqsad emas. Mashhurlik o‘tkinchidir, ayniqsa, sen allaqachon amaldagi siyosatchi bo‘lmasang. Shuning uchun mashhurlikni islohot uchun ishlatish zarur.
Haqiqiy islohotlar ichki quvvatni tashqariga chiqaradi. Ichki quvvat aslida inson birov tomonidan boshqarilganida emas, balki o‘z-o‘zini boshqargandagina yuzaga chiqadi. Busiz muvaffaqiyat bo‘lmaydi".
📚 @e_kutubxona
Mutolaa haqida
Mutolaa — bu, mashhur adiblarimizdan birining ta’rifi bilan aytganda, «o‘zi asli ishqiy jarayon». Men mutolaadan boshqa lazzatlanish mumkin bo‘lmagan joyda uzoq vaqt bo‘lib, mutolaa nima ekanini, mutolaa bilan inson qanday qilib salomat qolishi mumkinligini tushunib yetganman.
O‘tgan asr avvalida Domla Hindistoniy degan zabardast bir ulamo o‘tgan. Shu kishini qamoqqa olishganida, uni ruhan sindirish maqsadida odam bo‘yi baravar, qimirlab ham bo‘lmaydigan chuqurlikka «qani, qachongacha chiday olarkin», deb tushirib qo‘yishgan ekan. Oddiy odam bunday sharoitga yarim soat ham chidolmaydi. Domla chuqurga tushgan payti o‘ziga o‘zi «shu joyda Qur’onni xatm qilaman» degan ekan; yetti soatdan keyin: «Bo‘ldiye, chiq», deb tortib olishgan ekan. Ya’ni, mutolaa ba’zan insonni mana shunday chuqurliklardan ham eson-omon chiqib ketishiga yordam beradi.
Kitobni hamma har xil o‘qiydi — ba’zilar telbalarcha, dunyolarni unutib, bir o‘qishda tugatmaguncha o‘qiydi, shundaylarga qoyil qolaman. Men ham keyinchalik buning mashqini, hadisini oldim va kitob o‘qiganimda o‘sha holatga tushaman, atrofni unutaman. Har bir odam mutolaa asnosida zavqini topishi kerak. Zavqini topsa, uni boshqa hech narsaga alishmaydi.
Ibn Arabiyning zo‘r gapi bor: «Agar jannatda odamlar ilm lazzatidek lazzatni his qilsa, demak jannat haqiqatan ham yaxshi joy ekan». Ya’ni olim odamlar kitob o‘qishning lazzatini biladi. Bir olimning ham gapi bor edi: «O‘lim farishtasi mening jonimni kitob o‘qiyotgan vaqtimda olishini istardim, shunda osonroq jon bersam kerak». Bir olimning ayoli ham aytgan ekan: «Xudoga qasamki, menga shu kutubxonadagi kitoblardan ko‘ra uchta kundosh yaxshi edi». Sababi — uchta kundoshi bo‘lsa, to‘rtinchi kuni navbati keladi-da. Zavq, shavq topilsa, menimcha, kitob mutolaasi o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.
Audiokitoblarni eshitib ko‘rmaganman, eshita olmasam ham kerak. Telefondan o‘qishga ham qiynalaman. Biror kitobni topolmay, printerdan chiqarib olsam ham, o‘qiyotganimni kitobdek tasavvur qilolmayman. Lekin zamonaviy vositalarni inkor qilmayman — xuddi Sherali Jo‘rayevni eshitib qo‘ygan avlod «Ummon»ni inkor qilmasligi kerak-da. Yosh avlodda qay yo‘sinda o‘qish imkoniyati bo‘lsa, o‘qishi kerak. Lekin bir narsaga hayron qolaman — agar kitob qandaydir ilohiy ne’mat bo‘lmasa, yeriy xususiyatdan tashqaridagi narsa bo‘lmasa, hozirgi taloto‘p davrida, texnika har soniyada rivojlanayotgan zamonda omon qolmasligi kerak edi, ammo u hali ham yashayapti.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Bildirma
30-mart kuni Kitobxonlar klubi'da №192 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda so‘rovnomaga asosan Teodor Drayzerning "Amerika fojiasi" romani tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 19:00 - 23:00 (30-mart, 2024)
Haqning yana bir xususiyati shuki, u birovlarning ko'magiga muhtoj emas, har dam o'z oyog'ida turaveradi. Botil esa tirgaksiz bir kun ham yashay olmaydi.
Haqiqatni bezash, tanitish, targ'ib qilish, e'lon etish shart emas, uning turishi o'zi quvvat, go'zallik va dovrug'dir. Uni tirik qalb, uyg'oq vijdon darhol taniydi. Yolg'on bulutlari uni ko'zlardan to'sishga har chand urinmasin, haqning quyoshi porlagan zamon botil yo'q bo'lib, yana hamma haq tomon talpinaveradi.
Hozirda dunyoning bir chekkasida kechayotgan hodisalarning butun insoniyat e'tiborini o'ziga tortishi ham aynan haqiqat bo'lganidandir. Bugun dunyo yolg'onga to'lib-toshganidan insonlar haqiqatga shunchalar tashna bo'lib ketibdiki, birov ozgina to'g'ri so'z aytsa, behos hamma unga intilmoqda. Mana shuning o'zi ham bu olamni yaratgan Zot borligini va Uning irodasi barcha xohishlardandan g'olib ekanini ko'rsatadi. Baxt esa dunyoda haqni topish va haq tarafida bo'lishdir.
Ulamolar aytadilarki, kim yolg'onni g'olib bo'ladi deb ishonsa, u Alloh taolo haqida yomon gumon qilgan bo'ladi. Bu esa iymonga xatardir. Zotan Alloh O'zi yaratgan bu ko'hna dunyoda hamisha haqni g'olib qilishni bitib qo'ygan va bu Uning biru borligini anglatuvchi belgilardan biri hisoblanadi. Zotan, haq Haqdan darakdir.
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid,
28.12.2023
📚 @e_kutubxona
#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi
• Biz shaxsiy sadoqat tamoyilini emas, g‘oyaga sadoqat tamoyilini tutganmiz.
• Agar davlat biror vazifani amalga oshirishga bel bog‘lasa, u bu ishni xususiy sektorga qaraganda tezroq va yaxshiroq amalga oshiradi. Lekin bu aslida me’yoriy hol emas, chunki u tashabbusni o‘ldiradi.
• Shunday davrlar kechganki, korrupsiya nafaqat yagona hamkorlik, balki yagona fikrlash shakli sifatida namoyon bo‘lgan.
• Ketishiga to‘g‘ri kelarkan, shunday ketishi kerak ediki, o‘zidan keyin mamlakat bilan birgalikda barobar
rivojlanishga tayyor insonlar hokimiyat boshiga kelishi kerak edi. Va u shunday keta oldi.
• Davlat o‘ziga qat’iy tegishli bo‘lmagan va yaxshi uddalay olmayotgan vazifalardan voz kechishi lozim.
• «Inson barcha narsalar uchun me’yor bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan islohotlarga nisbatan bizning asosiy yondashuvimiz — o‘zgarayotgan dunyo markaziga insonni joylashtirish, uning mazkur dunyoni o‘zgartirishiga va mustaqil qaror qabul qilishiga xalaqit bermaslikdir».
• Byurokratiya har doim o‘zi uchun yo‘l topa oladi, degan aksioma mavjud. Stol qo‘yib, amaldorni o‘tqizib qo‘y va unga hech narsa berma - u baribir o‘zi uchun nimadir o‘ylab topadi. Uch yildan so‘ng esa uning ishtirokisiz barcha narsa tanazzulga uchrashi va fojia ro‘y berishini ayta boshlaydi.
• Vazirlikdagi 4374 ta xodim o‘rniga 600 tasini qoldirganimiz uchun mamlakatdagi yarim aholining meni ko‘rgani ko‘zi yo‘q edi.
• Politsiyada quyidagicha sxema mavjud edi: o‘n lari puldan tahminan ikki larisi GAI xodimining o‘zida qolardi, qolgan sakkiz lari bosqichma-bosqich yuqoriga, vazirgacha borardi. Bu tizim nafaqat politsiyada, balki barcha davlat tashkilotlarida qo‘llanilardi.
• Inson tabiati va odatlari ko‘pincha ratsional xatti-harakatdan ustun keladi.
• Biznesning eng yaxshi ijtimoiy javobgarligi — bu biznesning o‘zini rivojlantirish.
• "Sukut — alomati rizo" tamoyili qonun bilan belgilab qo‘yildi. Avvallari tadbirkor litsenziya olish uchun ariza topshirsa va hech qanday javob olmasa, bu hodisa tadbirkorga rad javobi berilganini anglatardi. Hozir esa buning aksini bildiradi: agar belgilangan muddat davomida javob olinmasa, faoliyatni boshlash mumkin.
• Ilgari tekshiruvchi tadbirkor huzuriga ixtiyoriy paytda tashrif buyurib, hatto litsenziyaga taalluqli bo‘lmagan kamchilik uchun ham uni litsenziyasidan mahrum qilishi mumkin edi. Bu huddi yo‘l harakati qoidasini buzgan vrachga davolash amaliyoti bilan shug‘ullanishni taqiqlab qo‘yishdek gap.
• U siyosatni yoqtirmaydi, biroq hozircha fuqarolik jamiyati shakllanib ulgurmagan ekan, siyosatda qatnashmaslikning sira iloji yo‘q.
📚 @e_kutubxona
"Urush va tinchlik" eng mashhur elektron kitobga aylandi
Lev Tolstoy qalamiga mansub "Urush va tinchlik" so‘nggi bir yil ichida mumtoz adabiyotning eng mashhur asariga aylandi.
"Urush va tinchlik" turli formatlarda o‘tgan yil davomida sayt foydalanuvchilari tomonidan 74 ming martadan ko‘proq yuklab olingan. Ikkinchi o‘rinni 64 000 marta yuklab olingan "Jinoyat va jazo" (Fyodor Dostoyevskiy) romani egalladi. Uchinchi o‘rin "Anna Karenina" (Lev Tolstoy)ga nasib etdi, u 62 ming martadan ko‘proq yuklab olingan.
Reytingda Mixail Bulgakovning "Morfiy" qissasi to‘rtinchi, Dostoyevskiyning "Telba" romani esa beshinchi o‘rinni egalladi.
Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida ruslar orasida mashhur bo‘lgan klassik adabiyotning eng yaxshi 10 ta kitobi safidan mos ravishda Yevgeniy Zamyatinning “Biz” (6-o‘rin), Fyodor Dostoevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” (7-o‘rin), Ilya Ilf va Evgeniya Petrov "Bir qavatli Amerika" (8-o'rin), Aleksandr Pushkinning "Kapitan qizi" (9-o'rin) va Nikolay Gogolning "O'lik jonlar" (10-o'rin) asarlari o‘rin olgan.
📚 @e_kutubxona
Ramazon'ga oid kitoblar mundarijasi:
📓 Ramazon hikmatlari
📓 Imom G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ro‘za sirlari kitobi (PDF)
📓 Imom G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ro‘za sirlari kitobi (APK)
📓 Ro‘za kitobi (PDF)
📓 Ro‘za kitobi (APK)
📓 Ro‘za oyida taomlanish (APK)
📓 Imom Buxoriy, Imom Muslim. Ro'za kitobi (APK)
📓 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ramazon va Ro'za (APK)
📓 Mahmud As’ad Jo’shon. Ramazon va taqvo (PDF)
📓 Mahmud As’ad Jo’shon. Ramazon va taqvo (APK)
📓 Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar (PDF)
📚 @e_kutubxona
💪 Bilim — bu qudrat!
🤓 Kun davomida telegramda o'nlab kanallarni kuzatasiz, ammo ulardan sanoqlilarigina sizga bilim beradi. Shu bilim beradigan kanalga yana bitta kanalni qo'shib qo'ysangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi.
🧠 FENOMEN XOTIRA! - ushbu kanalda:
* Mnemonika haqida postlar,
*Xotirani rivojlantirish uchun oson usullar,
*Aqlingizni charxlovchi ajoyib testlar,
*Shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun kitoblar
*Dunyo va Oʻzbekiston Mnemonistlari haqida postlar
berib boriladi.
✅Qisqasi, ushbu kanalda ham xotirangizni charxlash usullarini oʻrganasiz, ham vaqtingiz behuda ketmaydi!
📥Ishoning hech bir narsa bekorga emas. Ushbu kanal reklamasini ham bekorga koʻrib qolmadiz)
Manzil: 👉 🧠 @fenomen_xotira
#Mezon
Oqil kishi sanoat, ilm-fan va texnologiyani Gʻarbdan o‘zlashtirish, o‘rganish bilan dini va xulqida Gʻarbga taqlid qilish, ularnikiga ergashish orasidagi farqni yaxshi ajrata oladi. Oqil kimsa insonlarning barchasidan foyda olishni biladi, hatto hayvonlardan ham. Masalan, itdan vafodorlikni o‘rganadi, vovillashni emas. Burgutdan uchishni o‘rganadi, axlat titib, o‘limtik yeyishni emas. ©
📚 @e_kutubxona
Kanal [@e_kutubxona] ochilgan kuni tug‘ilgan bolalar bugun maktabga chiqadigan yoshga to‘libdi...
Читать полностью…#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan №192 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
Jami: 1405 ovoz
1. «Amerika fojiasi» - 452 (32%)
2. «Qora oqqush» - 331 (24%)
3. «Kapalaklar o‘yini» - 269 (19%)
4. «Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?» -191 (14%)
5. «Mushkul zamonlar» - 162 (12%)
✅ Demak, 30-mart kuni Kitobxonlar klubida "Amerika fojiasi" romani tahlil qilinadi.
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Uch narsa uch narsa bilandir
Agar muallim uch narsani o‘zida jamlasa, o‘quvchida ne’mat mukammal bo‘libdi: Sabr, tavoze’ va go‘zal xulq.
Agar o‘quvchi uch narsani o‘zida jamlasa, muallimda ne’mat mukammal bo‘libdi: Aql, odob va go‘zal fahm.
📚 @e_kutubxona
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi'da №191 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Murod Muhammad Do‘stning "Lolazor" romani tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
- Biron narsani bilish uchun shuncha kitob o‘qish shartmi?
- Yo‘q. Biron narsani bilmasligingni bilish uchun shuncha kitob o‘qish shart.
- Gökhan Özcan
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
"Ommaviy axborot vositalari nazorat ostida bo‘lgan holatda o‘tkazilgan so‘rovnomalar media nazorati qay darajada yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadi, xolos. Bu xuddi kasal odamga yangi virus yuqtirib, so‘ngra uning haroratini o‘lchashga o‘xshaydi. Termometr virus unga qanchalik ta’sir etayotganini ko‘rsatadi. So‘rovnomalar siyosat o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi, balki aholining qancha qismi davlat berayotgan signallarni qabul qilayotganini ko‘rsatadi”.
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona