#Eryigit
Insoniyat amal qilib kelgan qoidalar buzildi. Qavmlar, dinlar, tillar o‘rtasidan farqlar ko‘tarildi. Natijada, jinslar orasida ham begonalik qolmadi.
Er erligini, xotin xotinligini unutdi.
Erlar xotinlarning ishini qilmoqda. Xotinlar erlikni da’vo etmoqdalar.
Erlardan g‘urur ko‘tarildi. Xotinlarda sharmu hayo qolmadi.
Erlar o‘z haqini talab qilishga ojiz bo‘ldilar. O‘z haqini talab qilgan qamaldi yoki o‘zini olovda yoqib yubormoqda.
Erlar xunasa singari o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotir. Suvratlarini tarmoqqa joylab, “layk” sanash bilan mashg‘ul. Erlar maydagap bo‘ldilar. Maqtanchoq va zaiftabiat bo‘ldilar.
Erlar g‘iybatga ruju qo‘ydilar. Erlarning jinsiy ehtiyojlarida ham o‘zgarishlar paydo bo‘lmoqda. Tor kiyib, bo‘yanish, o‘ziga oro berishdan erlar or etmayaptilar.
Yosh bolalarning aksari Eryigit bo‘lish tarbiyasini olmayapti. Ular xotinchalik bo‘lib ulg‘aymoqdalar.
- Akrom Malik
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
So'rovnoma: O'zbek kitobxonlari qanday kitob o'qimoqda?
Ayni paytda qanday kitob o‘qiyapsiz?
Oxirgi tugatgan kitobingiz qaysi bo‘ldi?
Mutolaadan nimalarni kashf qilyapsiz?
Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
#Keltirma
O‘qish, mutolaaning foydalari
1. Vasvasa, g‘am-anduhlarni haydaydi.
2. Nohaqlikka tushishdan uzoq bo‘ladi.
3. Bekorchilardan yiroq bo‘ladi.
4. Til burro bo‘ladi, kalom mashqini oladi, ohang qilib so‘zlamaydi, balog‘at, fasohatga zeb bermaydi.
5. Aql rivojlanadi, zehn yangilanadi, xotira kuchayadi.
6. Bilimga boy bo‘lib, yodlash, tushunchasi ko‘p bo‘ladi.
7. Insonlar tajribalarini, ulug‘lar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini o‘zlashtiradi.
8. Ilmiy malakasini oshiradi, hayot haqidagi madaniy onggini oshiradi.
9. Iymoni ziyoda bo‘ladi xususan Islom dini haqidagi kitoblarni o‘qiganda. Zero, kitob eng buyuk nasihatchi, yomonliklardan qaytarguvchi va yaxshi ishlarga buyurguvchidir.
10. Zehn parishonligidan, qalb bo‘linishidan, vaqt zoe' bo‘lishidan panoh topadi.
11. So‘zni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini, jumla tushunchasini, hikmat sirlarini anglaydi.
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
"Agar podshoh aholining bog‘idan bitta olma uzsa, xizmatchilari olma daraxtini ildizi bilan sug‘uradilar".
📚 @e_kutubxona
Iqtisodiyotni siz eng zerikarli fanlardan biri deb oʻylashingiz mumkin. Lekin iqtisodiyot vaqti orqali siz iqtisodiy tushunchalarni eng sodda tilda tushunib real hayotingizda ishlata olasiz.
Kanalda siz koʻrishingiz mumkin.
Hozirgi kunda bizda avtomobil sohasida monopoliya bo'lmas edi agar..
Toshkentda uylar narxi keskin tushishi mumkinmi?
Bizning choʼntagimizdagi soʻm dollardek boʻlishi mumkin edi agar...
A'zo boʻlib qoʻyish kerak ortiqcha bilim hech qachon zarar qilmaydi.
👉 @Iqtisodiyot vaqti - iqtisodiyot biz bilan qiziq.
Kamoliddin Rabbimov: Mutolaa haqida (davomi)
Men juda sekin mutolaa qilaman. Masalan, bir yo ikki xatboshini o‘qib, biroz tin olaman — o‘qiganimni o‘ylab ko‘rishim kerak. Hech narsa tushunmagan bo‘lsam, o‘sha xatboshilarni tag‘in qayta o‘qiyman. Fikr boshqa narsaga chalg‘imay kitob o‘qish uchun qunt kerak. Biror kitobni eng tez o‘qiganim ikki hafta, kamida bir hafta bo‘ladi.
Ayni vaqtda, kutubxonamda o‘qib tugatilmagan kitoblarim ko‘p — kitoblarimning orasiga qog‘oz, xatcho‘p qo‘yib o‘qiyman, qayeriga kelganimni bilib turish uchun. Bu kitoblarni har doim, har kuni ham o‘qimaysiz, lekin ular bo‘lmasa, inson nimasinidir yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ladi-da. Kerak bo‘lganida ularni varaqlab, kerakli fikrlar, xulosalarni qaytadan eslaysiz yo tasdiqlab olasiz. Kitoblar sizga mana shunday yaxshi hamrohga aylanib qoladi.
Kitobni kerakli joylariga qalam bilan chizib, yozib o‘qish odatim ham bor. Aslida konspekt olish kerak — shunda kitobdagi fikr xotirada yanada yaxshiroq qoladi. Agar uni boshqa tildan o‘zbek tiliga o‘girsangiz, yanada kuchliroq eslab qolasiz.
Mening bir nuqsonim bor — faqat ilmiy kitoblar o‘qiyman. Badiiy kitoblarni yomon ko‘rmayman, badiiy asarlar inson ma’naviy dunyosi, so‘z boyligini oshirishini ham yaxshi bilaman, avval o‘qiganman ham. Birinchidan, vaqtimni qizg‘anaman — kutubxonamda hali o‘qilmagan juda qimmatli ilmiy asarlar bor, vaqtim bo‘lsa, uni o‘sha kitoblar mutolaasiga bag‘ishlayman. Ikkinchidan, badiiy asarlarni o‘zingiz talqin qilishingiz kerak, ilmiy kitob esa sutning ustidagi yig‘ilgan qaymog‘i, unda ehtiros yo‘q, aksincha, faqat kristallashgan intellekt.
Shunday qilib, kitoblar katta jarayonlarni, katta o‘zgarishlarni eng mayda qirralari, jihatlari bilan tushuntirib beradi. Kitobning o‘rnini bosa oladigan narsa yo‘q. Aytishadi-ku, Harri Potter haqidagi filmlar hech kitobidek bo‘lmaydi, deb. Chunki inson miyasi juda ham fantaziya qila olish qobiliyatiga ega. Kinoni ma’lum bir chegarada ko‘rasiz, lekin inson miyasida chegara yo‘q. Shuning uchun kitob o‘qishga o‘rgangan miyalar mutolaadan huzurlanadi. Mislsiz huzurlanadi. (c)
📚 @e_kutubxona
Kamoliddin Rabbimov: Mutolaa haqida (davomi)
Yevropada 15 yil yashaganim uchun, menda taqqoslash imkoni bor — O‘zbekistonda bolalar kitob o‘qimaydi, umuman o‘qimaydi. Yaqinlarim, qarindoshlarim bolalarini majburlaydi, kitob o‘qisang, pul beraman deydi, rag‘batlantirmoqchi bo‘ladi, lekin baribir o‘qimaydi. Chunki bolalar jamiyatdagi o‘yin qoidasini o‘zi bilmagan holda anglaydi.
Misol uchun, Germaniya yo Amerikadagi bolalarni ko‘ring-da — uchinchi yo beshinchi sinf bolasi bir yilda 30−50 betlik kitoblardan o‘rtacha 20−30 ta o‘qiydi, ko‘p kitob o‘qiydi. Gʻarbning katta bo‘ladimi, kichik bo‘ladimi, farqi yo‘q, shaharlarining eng ko‘rkam, eng markaziy joylarida kutubxonalar quriladi. Kutubxona Gʻarb sivilizatsiyasining eng markaziy monumenti. Chunki intellektni qadrlash, ulug‘lash siyosiy Olimpning markazida turadi. Va bu kutubxonalar doim gavjum.
Bizda ham kutubxonalar mavjud — o‘zim Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga a’zo bo‘lganman. Xursand qiladigani, kutubxona gavjum, yoshlar kelyapti. Xafa qiladigani — kutubxonada joy yetishmayapti, kutubxonada o‘tirib, kitob o‘qish uchun joy topish mutlaq muammo. Bunday kutubxonalardagi bo‘sh o‘rinlar soni tashrifchilar sonidan 20 foiz ko‘proq bo‘lishi kerak. Shundan kamaydimi, yana joy qo‘shish kerak. Ammo Milliy kutubxonada 5 foizdan oshmaydi. (c)
📚 @e_kutubxona
Mutolaa holatidagi suratlarimizni qo‘ymasligimiz kitobyoqmas johilligimizni bildirmaydi. (c)
📚 @e_kutubxona
#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi
Gruziyada hatto shunday latifa paydo bo‘ldi: “Brakoner o‘rmonda daraxt kesayotgan ekan, birdan kimdir uning yelkasiga qoqibdi. Brakoner o‘girilib qarab, ayiqqa ko‘zi tushibdi. Yengil nafas olib, ‘Uff, yana ekologiya politsiyasi deb o‘ylabman!’ debdi”.
📚 @e_kutubxona
"Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanining 1925-yildagi ilk nashri muqovasi" (c)
Foto: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
📚 @e_kutubxona
IBTIDO VA NOM
Lev Tolstoy “Urush va tinchlik” romanini rus xalqining ajib bir holatini tasvirlash ila boshlaydi: Fransuzlar bilan bo‘ladigan urushga hozirlik ko‘rayotgan xalqning ziyoli qatlami asosan fransuz tilida so‘zlashadilar. Ona tillaridan uyaladilar. Fransuz tilini afzal ko‘radilar. Jonajon tilini behad suyguvchi adib bu tasvir orqali kinoya aralash, urushdan oldingi alamli holatlarga e’tiborni qaratadi: Yov eshiging ostonasidayu, sen uning tilida faxrlanib so‘zlamoqdasan, deb faryod uradi Lev Nikolayevich.
Munaqqidlar yana aytadilarki, romanning nomida ham ajoyib hikmat yashiringan. Avval urush so‘zining kelishi va u tinchlik bilan xotima topishi – hayotning azaliy maqsadlaridan biridir. Kimdir urushni maqsad qilsa, kimdir tinchlik uchun jang qiladi. Tolstoy o‘z asarlariga nom tanlashda benazir adib bo‘lgan. Oddiy, sodda, ammo botindagi barcha voqelikni o‘z ichiga oladigan nomni tanlashda hamma ham bu qadar cho‘qqini zabt eta olmagan. Shu bois ham, buyuk yozuvchining asarlarini ko‘proq mutolaa qilishni tavsiya etardim.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
"Dunyoning ishlari" asari ingliz tiliga tarjima qilindi
Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari tarjimonlar Mark Ris va Abdullajon Roʻziyev tomonidan “Such is life” nomi ostida ingliz tiliga tarjima qilindi. Ma’lum qilinishicha, asar ingliz tilida 31-martdan boshlab sotuvga chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, Mark Ris oldinroq Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asarini ham ingliz tiliga tarjima qilgandi.
Ayni kunda tarjima asar mashhur Amazon platformasida sotuvga qo‘yilgan. Bundan tashqari, asar Nyu-York shahri metro bekatlarida ham reklama qilinmoqda.
📚 @e_kutubxona
Ichki siyosatda, diniy sohadagi siyosatda ikki qarash kurashmoqda.
1. Inersiya. Oldingi qarash. Uzoq muddat hukmron bo‘lgan qarash: dindorlik – eng katta dushmanimiz, dindorlik darajasi oshib borsa – modern davlat qura olmaymiz, ikkinchi Afg‘oniston bo‘lamiz, yiqilamiz, yiqitilamiz, qoloq bo‘lib qolamiz, olabo‘ji bo‘lib qolamiz... Shuning uchun dindorlik darajasi bilan kurashish kerak: soqol, hijob, diniy ko‘rinish... Islomiy oshxonalar, diniy nomlar... – bularning barisiga “Zapreeeeet!!!”
2. Islohotlar ortga qaytmasligi kerak. Repressiyaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar repressiyalarga qaytsak, o‘zimizga ham noqulay bo‘ladi... Xalqaro maydonda obro‘ ketadi, sarmoya kelmaydi, hech kim qo‘l berib salomlashmay qo‘yadi... Yana yakka moxov bo‘lib qolamiz, yana qoradan qora ro‘yxatlarda bo‘lamiz...
Lekin, kichik qadamlar bilan inersiya ustun kelmoqda. Yana dindorlik darajasi bilan kurash avj olmoqda. Din va vijdon erkinligi bilan kurash boshlanmoqda... Oqibatlari baribir salbiy bo‘ladi... Davlat uchun ham, jamiyat uchun ham. Hech kim yutmaydi, millat yutqazadi, davlat yutqazadi, xalq yutqazadi.
Aslida, jamiyatning hokimiyatga ishonchini oshirish kerak edi, davlatning legitimligini mustahkamlash kerak edi. Dunyoviy davlatchilikni tushuntirish zarur edi, vijdon va din erkinligini real joriy qilish kerak edi...
Teskarisi bo‘layapti.
- Kamoliddin Rabbimov
📚 @e_kutubxona
#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan №193 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
Jami: 1465 ovoz
1. To’kilayotgan yaproqlar - 339 (23%)
2. Gulliverning sayohatlari - 307 (21%)
3. Omma psixologiyasi - 302 (21%)
4. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi - 283 (19%)
5. Girdob - 234 (16%)
✅ Demak, 27-aprel kuni Kitobxonlar klubida "To’kilayotgan yaproqlar" qissasi tahlil qilinadi.
#Nazm
Buxoriy bobom
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.
Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!
Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.
Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.
Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.
Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.
Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,
Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.
Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.
Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...
Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.
Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.
Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.
Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.
Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.
Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?
Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?
Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.
Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!
Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Gruziya_muvaffaqiyatga_qanday_erishdi
«Davlat mulki degan tushunchani men uncha yaxshi tushunmayman. Faqatgina qirollikning katta muhrigina davlat ixtiyorida bo‘lishi mumkin!» [Kaxa Bendukidze]
📚 @e_kutubxona
O'qituvchi yoki talabamisiz 👨🏫
Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz 💻
Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi 😢
👉 Imkoniyatdan foydalaning
Link:@slaydqilbot
1000 ta hadisni o‘qib chiqqaningizdan 10 tasini hukmi va fiqhi bilan o‘rganganingiz, 10 tasini o‘rganganingizdan 1 tasini bilib amal qilganingiz xayrliroq.
Ilm olish ulkan bozorga kirib, qarzga narsalar olishga o‘xshaydi. Har bir yangi o‘rgangan narsangiz bilan go‘yoki yangi-yangi narsalarni qarzga olyapsiz. Har bir yangi narsani olishingiz bilan hayotingiz oldingidan yaxshiroq bo‘ladi. Biroq har bir o‘rgangan narsangiz sabab qarz ortib hisob kunida hisob-kitobingiz og‘irlashaveradi. Demak, olgan qarzlaringiz bahosini to‘lab borishingiz - juda muhim.
Xo‘sh, bu qarzni qanday qilib to‘laysiz?
Ilmning bahosi - unga amal qilishingiz, zakoti - uni birovlarga o‘rgatishingiz.
Bozordan iloji boricha ko‘proq narsa olib, imkoningiz boricha bahosini to‘lab borishingiz esa eng saodatli yo‘ldir.
- Mahmud Usmon
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi'da №192 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Teodor Drayzerning "Amerika fojiasi" romani tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 19:00 dan 23:00 gacha
KELING, TURLICHA EKANLIGIMIZGA KELISHIB OLAMIZ!
Hikoya qilinishicha, bir guruh olimlar sahro hayotini o‘rganish uchun avtobusda uzoq qishloqqa yo‘l olishadi. Avtobus u qishloqning yaqinidagi tepalikka chiqqanida ag‘darilib ketadi. Undagi barcha olimlar halok bo‘lishadi.
Qishloq boshqaruvi barcha olimlarning xotirasini abadiylashtirish uchun ularni qishloqqa dafn qilish haqida qaror chiqaradi. Halok bo‘lganlarning yaqinlari uchun qabriston haftada bir kun ochilishini va ular ziyorat qilishlari mumkinligini aytishadi.
Qabristonda Hindistonlik olimning yonida Fransiyalik olim dafn qilinadi. Qabriston eshigi ochiladigan kuni ularning yaqinlari ziyorat qilgani kelib turishadi. Fransiyalik kishi chiroyli ko‘rinishda, bir bog‘ gul bilan yaqinining qabrini ziyorat qilishga kelar va uni qabr ustiga qo‘yar edi. Hindistonlik kishi esa vatandoshini eski kiyimlarda, bir likopcha gurunch bilan ziyorat qilgani kelar va uni yaqinining qabri ustiga qo‘yar edi.
Kunlar shu holda o‘taverdi. Nihoyat Fransiyalik kishi Hindistonlik kishini masxara qilmoqchi bo‘lib dedi:
-Qarindoshingiz likopchadagi guruchni yeyish uchun qachon qabrdan chiqadi?
Hind javob qildi:
-Sizning qarindoshingiz qachon gulni hidlagani chiqsa, o‘shanda!
Qissadan hissa shuki, biz o‘z hayotimizni qandaydir o‘lchovlar, e’tiqodlar va odatlar asosida o‘tkazamiz. Biz shularga o‘rganib qolganmiz, shular asosida tarbiyalanganmiz. Bular bizning garchi barcha fikriy tuzilmamizni egallamagan bo‘lsada, bir qismiga aylanib ulgurgan. Inson bugun qandaydir o‘lchovlar, e’tiqodlar va odatlardan iborat bo‘lib qoldi.
Shundan kelib chiqib biz boshqalarga o‘z e’tiqodimiz va fikriy tuzilmamizdan kelib chiqqan holda baho beramiz. Ular bizning o‘lchovlarimizga to‘g‘ri kelsa to‘g‘ri deymiz, to‘g‘ri kelmasa xato deymiz.
Bir qarashda fransuzning qabr ustiga qo‘ygan bir bog‘ guli hindning likopchadagi gurunchidan go‘zalroq ko‘rinadi. Ammo ob’yektiv nuqtai nazardan qarasang fransuz qo‘ygan gulning aynan hindning qo‘ygan gurunchining zamonaviy ko‘rinishi ekanligini anglaysan.
Biz bu sayyorada yolg‘iz emasmiz. Dunyodagi ba’zi insonlarga biz g‘aroyib bo‘lib ko‘rinamiz. Chunki bizning fikriy tuzilmamiz ularnikidan farq qiladi. Bizga ham shu sabab ular g‘aroyib bo‘lib ko‘rinadi. Boshqalar hayot tarzini tushunishning oson yo‘li ulardagi aqliy faoliyatni anglashdir. Men bu yerda boshqalarni rozi qilish uchun o‘zimizning asoslarimizdan, fikrlarimizda va o‘lchovlarimizda voz kechish kerak demoqchi emasman. Aksincha, o‘tgan narsalarimizni mahkam tutish tarafdoriman. Ammo bu yo‘lda shuni anglashimish lozimki, bizdan boshqacha bo‘lganlar ham inson. Agar biz ham ularning sharoitlarida va ularning hayotida yashaganimizda aynan ularning nusxasi bo‘lgan bo‘lar edik.
Biz odat va an’analarimizni xuddi Rixter shkalasi singari o‘lchov asbobi qilib olganmiz. Faqat bizga o‘xshagan insonlar inson-u, qolganlar inson emas go‘yo. Istagan narsangizga iymon keltiring, farzandlaringizga uni o‘rgating, o‘zingiz to‘g‘ri deb bilgan narsa bilan istaganingizcha faxrlaning, ammo bu mehmonxona singari zaminning yagona mehmoni siz emasigingizni unutmang!
Odatlar har-xil. Chunki madaniyatlar har-xil. Bu ofiyatning dalilidir. Ibn Xoldun aytganidek, agar ta’mlar turlicha bo‘lmaganida mol(tovar)lar kasod bo‘lar edi.
Yodinggizda tuting, fransuzning guli hindning bir likopcha gurunchining aynan o‘zi. Ammo gul shoirlarning “xurofot”i bo‘lgani uchun biz uni ko‘proq qabul qilamiz!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona