e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Qalb_iffati

Nuriya Cheleen, «Qalb iffati» asaridan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2)

- Bilasanmi, Maryam, eng go‘zal ayol kim? Eng go‘zal ayol nomahramning soyasi tushmagan ayoldir. Sen ayollarning mahramda o‘rnagisan. Sen butun nomahramlardan saqlanding. Robbimiz ayolda jamol sifatini akslantiradi. Ayol iffat chachvonini taqqanida jamolga oyna bo‘ladi. Iffat chachvoni tushgan ayolda jamol ham ich-ichiga tushadi. Ayolning asl jamoli qalbdagi jamolidir. Qalbning jamoli esa iffat bilan bo‘ladi.


Hasad qalbni o‘ldiruvchi og‘uga o‘xshaydi. Qalbga tushishi bilan butun hislarni zaharlaydi. Hasad qilgan yomon gumonga boradi. Yomon gumon giybatga boshlaydi. Gʻiybat o‘ziga yolg‘onni ergashtiradi. Yolg‘onchi bo‘hton so‘zlaydi. Hammasi bir-birini yetaklab keladi.

Erkak kishi ulug‘vorlik ko‘ylagining ustidan halimlik to‘nini kiysa va g‘azabini sabr-la yutib, ayoliga shafqat bilan muomala qilsa, yuksalardi. Shunda ayol eriga ehtirom ko‘rsatardi. Ayol odobni eridan o‘rganardi. Er o‘z ayoliga qanchalik shafqatli bo‘lsa, ayol ham shunchalik odobli bo‘lardi.
Adabning asli aqlni qurbon qilish, degan sirda yashirin. Er ayolga e’tiroz nuqtasini qoldirmasa, ayol ham aqlini qurbon qilib, adab sirini qo‘lga kiritgan bo‘lardi.


Qalb go‘zal bo‘lsa, gumon ham chiroyli bo‘ladi.


Bolaning dunyoqarashi onaning dunyoqarashidan. Bola onadan fe’l oladi.


Qiyomatga yaqin dunyodan qo‘l tortishni istagan, ammo torta olmagan; oxiratni sog‘ingandek ko‘ringan, lekin sog‘inmagan; boshqalarni davlat eshiklariga borishni man qilgan, biroq o‘zlari o‘sha eshiklardan ayrilmagan; boylarga yaqinlashib, faqirlardan uzoqlashgan; qo‘llarini zodagonlarga uzatib, kambag‘allardan tortib olgan olimlar keladiki, ana o‘shalar shaytonning birodarlari, Rahmonning dushmanlaridir.


- Ey otajon, odob, nasab, mol va ilmdan qaysi bir ustunroq? - deb so‘rabdi Luqmoni hakimning o‘g‘li. Hazrati Luqmon o‘g‘liga shunday debdi:
- Odob nasabdan, ilm moldan xayrlidir.
- Eng yaxshi xislat qaysi?
- Dindor bo‘lish.
- Bu xislat ikkita bo‘lsa-chi?
- Dindorlik va mol sohibi bo‘lish.
- Uchta bo‘lsa?
- Dindorlik, mol va hayo.
- To‘rtta bo‘lsa?
- Dindorlik, mol, hayo va go‘zal axloq.
- Beshta bo‘lsa?
- Dindorlik, mol, hayo, go‘zal axloq va jo‘mardlik.
- Oltita bo‘lsa?
- O‘g‘lim, kimda bu besh xislat bo‘lsa, u taqvo ahlidan bo‘ladi. U Allohning do‘stidir. Shayton undan uzoq turadi.


Qalbni Unga topshirasiz, nafsdan kechib, menlikdan ajralsangiz, Allohning O‘zi o‘rgatadi hamma narsani.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bildirma

Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №196 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Jorj Oruellning "Molxona" asari tahlil qilinadi.

Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#iqtibos

Aqliy mehnatga toqati yo'q xalq jismoniy mehnatga mahkumdir!

- Husayn Buxoriy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Risola
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Temirchining tillolari"
Ne’mat Aminov
Risola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 9 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan

19.07.2024

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

«Tuproq bolalarning bahoridir».

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#10kitob

Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin domla Xoliqnazarov tavsiya qiladi:

1. Qurʼoni Karim
2. Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy
3. Sunan kitoblari
4. Kosoniy, “Badoiʼ as-sanoiʼ fi tartib ash-sharoiʼ” asari
5. Burhoniddin Margʻinoniy, “Hidoya” asari
6. Alixontoʻra Sogʻuniy, “Tarixiy Muhammadiy” kitobi
7. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani
8. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” asari
9. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Tafsiri Hilol”, “Hadis va hayot” kitoblari
10. Alisher Navoiy asarlari

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Yangi_nashr

2024-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan eng yaxshi kitoblar

📓 “Taxtlar oʻyini”, Jorj Martin

Nihoyat oʻzbek tiliga fentezi janridagi asarlar ham tarjima qilina boshlandi. Albatta, oʻzbek tilidagi kitoblar bozorida Garri Potter haqidagi asarlar, “Uzuklar hukmdori” kitoblarini koʻrish mumkin edi. Ammo gap shundaki, yuqoridagi kitoblarga mualliflik huquqi sotib olinmagan. Va tarjima sifatida ham kitobxonni xafa qiladigan darajada edi.
Demak, “Taxtlar oʻyini” mualliflik huquqi sotib olingan fentezi janridagi ilk asar boʻlmoqda. Koʻpchiligimiz bu kitob bilan shu nomdagi serial orqali tanishmiz. Bu Jorj Martinning “Muz va olov qoʻshigʻi” epopeyasining 1-qismi hisoblanadi. Bu oʻzbek kitob bozori, umuman tarjimashunosligida alohida bir sahifa. Chunki fentezi olami juda qiziqarli va bu olamni endilikda oʻzbek kitobxonlari ham oʻzi uchun kashf qilishi mumkinligi, albatta quvontiradi.
Chop ettirgan nashriyot: Zabarjad Media
• Tarjimon: Mirzohid Muzaffar


📓 “Ishgʻol qilingan uy”, Xulio Kortasar

Jahonning nufuzli tanqidchilari “Argentinaning birinchi raqamli adibi” deya ta’rif bergan mashhur yozuvchi Xulio Kortasarning hikoyalar to‘plami oʻzbek tilida nashr ettirildi. Kitobdan Kortasarning 20 ga yaqin eng sara hikoyalari o‘rin egallagan.
Chop ettirgan nashriyot: Akademnashr
• Tarjimon: Sharifjon Ahmad


📓 “Rejali ayol”, Mey Mask

Ushbu kitobda mashhur milliarder Ilon Maskning onasi Mey Mask oʻzining murakkab, lekin mazmunli hayoti toʻgʻrisida soʻzlaydi. Asarni oʻqib, Mey Mask naqadar mustaqil va jasur ayol ekanidan hayratlanasiz. U oʻzining boy hayotiy tajribasidan kelib chiqib, goʻzallik, sogʻlik, baxt va farzand tarbiyasi sirlarini biz bilan baham koʻradi.
Chop ettirgan nashriyot: Asaxiy Books
• Tarjimon: Madina Ahmedova


📓 “Mantiqiy xato”, Bo Bennett

Kitob mantiqiy mulohaza yuritishning asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Unda kundalik hayotda, bahslarda ko‘p uchraydigan xatolar va ularning turlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, argumentlash bo‘yicha misol va foydali tavsiyalar keltirilgan.
Xatoning nima uchun xato ekanini bilsangiz, unga yo‘l qo‘ymaysiz. Bu xislat sizni oqil, vazmin va mulohazakor insonga aylantiradi.
Chop ettirgan nashriyot: Asaxiy Books
• Tarjimon: Rahimjon Qudratov


📓 “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi”, Viktor Gyugo

Gyugoning 1831-yilda yozilgan ushbu mashhur tarixiy romani endi oʻzbek tilida. “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi” u asarida tarixiy voqealar orqali keskin va oʻzgaruvchan davr manzarasini aks ettirgan.
• Chop ettirgan nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Tarjimon: Bahodir Umarov


📓 “Turkiston Rossiya va Xitoy oraligʻida”, Boymirza Xayit

Turkistonning XV-XX asrlardagi hayoti yoritilgan ushbu kitob jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 42 yillik urushda jon bergan qurbonlar buning guvohidir (1853 — 1895). Undan keyin yana o‘nlab yillar qarshilik harakati davom etdi.
Ushbu kitobda bu davrlardagi haqiqatlar keltirilgan va bir qancha miflar inkor etilgan.
• Chop ettirgan nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Tarjimon: Baxtiyor Isabek-Oʻrdabekli


📓 “Xandaq”, Andrey Platonov

Andrey Platonovning ushbu asari falsafiy hamda antiutopik roman hisoblanadi. Antiutopik asarlar “fanati” sifatida, bu asarni oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman.
• Chop ettirgan nashriyot: Akademnashr
• Tarjimon: Sharifjon Ahmad


📓 “Daho”, Vilyam Saroyan

Kelib chiqishi arman millatiga mansub taniqli amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyanning hikoyalari nihoyat endi oʻzbek tilida. U oʻtkir hikoyanavis sifatida dunyoga tanilgan. Hikoyalarining tili achchiq, uslubi quruq, qisqa, biroq hayotga oʻziga xos rakursdan qaraydi.
• Chop ettirgan nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Tarjimon: Alisher Fayzullayev


Manba

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bu ummatni kim uyg‘otadi?!

Nabiy sallollohu alayhi va sallam bilan Quraysh orasida jang qizidi. Odatda arablar qilichidan ko‘ra so‘zi bilan alamliroq hujum qilishadi.
Ana shu paytda Hasson ibn Sobit roziyallohu anhu o‘z she’rlari bilan islom chegarasini himoya qila boshladi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam unga: "Ularni hajv qil, Ruhul Quds hamrohing bo‘lsin!", dedilar.

Bu dinning chegaralari turlicha. Barcha qobiliyatli insonlar uchun bunda joy bor.
Qachonlardir Xolid roziyallohu anhuning qilichi bilan himoyalangan islom o‘rni kelganida Hasson roziyallohu anhuning she’rlari bilan ham himoyalangan. Har kim o‘z maydonida sinaladi. Ular ikkisi ham o‘z o‘rnida qahramon edi.
Din olimi aqidani himoya qiladi. Askar vatan chegaralarini himoya qiladi. Yo‘lchi yo‘l quradi. Onalar kelajak avlodni bino qiladi.
Maorif vaziri ziyo taratadi. Muallim maktabda nur tarqatadi. Hamshira bemorga yordamlashadi. Voizlar ruhlar muolajasini qilishadi.
Bizdan har birimiz o‘z maydonimizda muhimmiz. Bundan bexojat bo‘la olmaymiz.
Menga: "Bu ummatni kim uyg‘otadi?!", demang. Avval o‘zingiz ko‘zingizni oching!

- Abdulqodir Samarqandiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

✍ Shaxsiy rivojlanish

Intizom
Hotirjamlik
Dangasalik
Yangi «Men»
Bir soat kuchi
Birinchi qadam
Maqsad - Ibtido
Maqsad - Intiho
Kuchli qurol - odat
Xatoni qabul qilish
Chalg'ituvchi olam
Rejalashtirish san'ati
Sinov bilan yuzlashish
Maqsad qo'yish san'ati
Bosim ostidagi yoshlar
Ustoz nima uchun kerak
Investitsiya qilish san'ati
Salbiy muhitda rivojlanish
Istalgan shaxsga aylanish
Vaqtni samarali boshqarish
Insonni eng katta dushmani
Comfort zona haqida batafsil
Kuchli mentalitet shakllantirish
Boshqalarni fikriga e'tibor bermang
Noqulay muhitda shakllangan inson

Moliyaviy erkinlik

Moliyaviy savodxonlik
Eng tez pul topish yo'li
Aktiv va passiv daromad

🚀 «Special» desserts

Maktub
Seni yaxshi ko'raman
Endi o'zinga kelishingiz kerak

Foydali deb bilsangiz, boshqalar bilan ham ulashing!

Mundarija 1.0
Manba - @mashuraliev

Читать полностью…

Elektron kutubxona

«Yozilayotgan maqola bugunning muammosini ochib berishga qaratilib, jasorat bilan yozilmas ekan, o‘nlab kitob yozsangiz ham kafedra yoki fakultet jamoasining "maqtovi" dan keyin suvga otilgan tosh kabi cho‘kadi. Universitet buyurtmasini bajarish uchun yozilgan har bir maqola muallifni ichki g‘ayri axloqiy holatga olib keladi va real hayotdan uzoqlashtiradi. Professor-o‘qituvchilarning eng katta muammosi ularning reallikdan qo‘rqishi va undan uzilib qolganligidir».

- Hamid Sodiq

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

- Murod Muhammad Do'st, "Galatepaga qaytish"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

O'quv kurslari

🎓 Idora: Brain development
📚 Texnologiya: SQL(PostgreSQL)
📞 Aloqa: +998 99 779 57 10, +998 91 572 12 13
✍️ Mas'ul: Maxmudov Maxmudjon
👉 @maxmudmaxmudov, @Jumaniyazov_Bobur
📌 Hudud: Toshkent shahri
🏢 Manzil: Toshkent shahri. Chilonzor tumani, Choponota ko'chasi 6-uy
📍 Mo'ljal: Mirzo Ulug'bek metrodan 5 minutlik yo'l
💰 Narxi: 1 000 000 so'm
⏰ Murojaat qilish vaqti: 9:00 dan 23:00 gacha
😀 To'lov turi: Naqd pul, plastik kartalari orqali
‼️ Qo'shimcha: Sizlarni SQL (PostgreSQL) yani ma'lumotlar bazasidan kurslarimizga taklif qilamiz. Kursimiz 3-iyuldan ochilmoqda. Haftada 3 kun(toq kunlari) 2,5 soatdan soat 19:00 dan boshlab darslar o'tiladi. Kurs davomiyligi 1 oy(12 ta dars).
Kurs davomida SQL(PostgreSQL) dan chuqur nazariyalarga va amaliy bilimga ega bo'lasiz.
Kurs davomida SQL ning DDL,DML,DCL,TCL kommandalari barchasi o'tiladi.
Bundan tashqari Function, Procedure, View, Indexsing lar ham o'tiladi.

Shoshiling, joylar soni cheklangan!!!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Anna_Frank_kundaligi
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Chordoq hikoyalari"
Anna Frank
⚙ Kundaliklar
⚖ 0,7 MB
🔎 PDF
📄 70 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

"Keling, sabab va oqibatlarni chalkashtirmaylik".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qalb_iffati

Nuriya Cheleen, «Qalb iffati» asaridan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1)

Qiz bola o‘g‘il bola
kabi bo‘lmaydi.
Qiz ojiz.
Qiz zaif.
Qizning qalbi nozik, yuragi tez og‘riydi. Qiz ruhiyati zarif, darrov sinib qoladi. Qiz shafqatlidir, shafqat ko‘rishni xohlaydi. Qiz marhamatlidir, marhamatga ehtiyoj sezadi. Qiz nozanindir, noz qiladi.
Qiz asralishni, mashaqqatlardan uzoq bo‘lishni istaydi...


Adab qalbning axloqidir. Adabning zohiriysi insonlarga, qalbning axloqi bo‘lgan botiniy xulq esa Allohga yo‘nalgan. Qalb adab bilan axloq asroriga tutinmasa, qalbning javhari bilinmaydi.


Iffatni yetishtirgan narsa hayo bo‘ladi. Hayosizlik kishini kufrga boshlaydi. Hayo ham iffat bilan kamol topadi. Shaytonning sifati hayosizligidir. Haqiqiy hayo avvalo Allohdan uyalishdir.


Iffat faqat badaniy emas, butun tuyg‘ular bilan kamolga erishardi. Badanimdagi iffatga xalq guvoh edi, ruhimning iffatiga Robbim shohid edi.


Hikmati borning odobi bo‘lardi. Odobi borning iffati bo‘lardi. Iffati borda muhabbatulloh bo‘lardi. Kimda muhabbatulloh bo‘lsa, Ilohiy tajalliyga yetishardi.


Ayol jozibadorlik libosini kiysa, albatta, shunga ko‘ra ish qiladi. Chunki bu kiyimning ichiga shayton kiradi. Shaytonning eng sevgan narsasi ayol kishi birovni gunohga boshlashidir.


Inson qalbiga siqqanicha qolipga tushadi. Qalbiga siqqanicha koinotga sig‘adi. Qalb insonning borlik olamidir. Alloh ayollarga erkaklarni o‘zlariga asir qilish uchun itoat bergan. Itoat bandalikda ham bir sir edi. Bu sirni Alloh ayol qalbiga qo‘yib, O‘ziga yanada tez yaqinlashtirgandi.


Ayol erkaklar bor yerga kirmaydi. Bu gap erkaklarga ham tegishli. Boshqa jinsdagi kimsa bor joydan uzoq bo‘lish iffatning birinchi sharti edi.


Iffatli ayol erkak kishi bilan gaplasharkan, uyaladi. Ayol uchun iffatning shartlaridan biri ham erkak bilan beparvo gaplashmasligi, so‘zni qisqa qilishi, kulmasligi va samimiyat qurmasligidir.


Bir ayol yoki erkak bir-birovi haqida vasfi ila gaplashmasligi va boshqa kishilar bilan so‘zlashganda ham ismlarini aytmasligi iffatning kamolotidir. Iffati mustahkam inson mahrami bo‘lmagan kishining ismini aytmaydi.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Finlyandiyaning 100 ta ijtimoiy innovatsiyasi"

Finlyandiya qanday qilib Finlyandiya boʻldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tanlama

Kitobxonlar klubi'da 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan №196 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:

Jami: 1242 ovoz
1. Molxona - 515 (41%)
2. Omma psixologiyasi - 206 (17%)
3. Manipulyativ diktatorlar - 200 (16%)
4. Tanho qayiq - 187 (15%)
5. Kreyser sonatasi - 134 (11%)

✅ Demak, 27-iyul kuni Kitobxonlar klubida "Molxona" asari tahlil qilinadi.

👍 Qatnashaman
👎 Qatnashmayman
👀 Kuzataman
🤔 Sharoitga qarayman

Kitobxonlar klubi

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Xushtak afandim"
Aziz Nesin
Hikoya
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 7 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

2024-yilda yana qanday kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi va yangi tarjimalarning qaysilarini olishga, o‘qishga ulgurdingiz yoki o‘qimoqchisiz?

Izohlarda qoldirishingiz mumkin

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

«Kishining aqli hur bo‘lmas ekan, uning yurti hurriyatga ega bo‘lolmaydi, erisholmaydi. Chunki zehnlardagi qullik vatanlardagi qullikdan ko‘ra xatarliroqdir». (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

«O‘rta sinf»

Iqtisodiy ma’noda jamiyat sinflarga bo‘linadi: quyi, o‘rta va yuqori. Ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jamiyatlarda quyi sinfni imkoni boricha o‘rta sinfga o‘tkazishga uriniladi. Chunki o‘rta sinf qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.

O‘RTA SINF – o‘ziga to‘q, yashash uchun barcha sharoitlarini o‘zi uchun yarata oladigan, ko‘p pul topib, ko‘p soliq to‘laydigan iqtisodiy faol guruh.
O‘z-o‘ziga to‘qlik bu sinfga ma’lum sifatlarni beradi: bular o‘zganing mulkiga ko‘z tikmaslikka, majburiyatlarini bajarishga, o‘zi yaxshi ta’lim olib, farzandlariga yaxshi ta’lim berishga, o‘zi yashayotgan zamin uchun qayg‘urishga, ijtimoiy va siyosiy faol bo‘lishga moyil bo‘lishadi.
Ya’ni bu toifa uyi ostonasidan hatlab chiqqanidan keyin: “Buyog‘i mening uyim emas”, demaydigan, balki uyidan tashqarini ham o‘z Vatani hisoblaguvchi sinf.
Boshqacha qilib aytganda, aynan shu guruhi ko‘p va mustahkam bo‘lgan mamlakatlarni biz rivojlangan, kuchli davlatlar deb bilamiz va ularga havas qilamiz. Zotan aynan o‘rta sinfi ko‘p va baquvvat bo‘lgan jamiyatlar davrning har qanday chaqiriqlariga javob bera oladi, istalgan paytda jipslasha oladi, istalgan paytda bor-budini mamlakat uchun safarbar eta oladi.

YUQORI SINF bu – katta boylar: katta biznes vakillari yoki biron-bir yo‘l bilan katta boylik orttirganlar. Bu guruhning soni jamiyatda ko‘p bo‘lmaydi va o‘z mohiyatiga ko‘ra bu sinf boyliklarini tinchroq joylarda saqlashga, o‘zini dunyo fuqarosi deb hisoblashga moyil bo‘lishadi. Hammasi shunaqa demayapman, mohiyat shuni taqozo qiladi deyapman.
Shu sabablar bois bu guruh jamiyatning asosi, tayanchi bo‘lolmaydi.

QUYI SINF esa moddiy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgani, boshi maishiy muammolardan chiqmasligi bois, rizq talabida boshi oqqan tomonga ketishga, bola boqish uchun uzoqlardan baxtini izlashga moyil bo‘ladi. Hammasi shunaqa demayapman, sharoit shuni taqozo qiladi deyapman. Quyi sinf iqtisodiy faol guruh bo‘lmagani uchun, jamiyatga ko‘p foyda keltirolmaydi: ishlab-chiqarish jarayonlarida sub’yekt sifatida qatnashmaydi, ko‘p soliq to‘lolmaydi.

Shu uchun ham har bir sog‘lom jamiyat imkoni boricha ko‘proq oilalarni quyi maqomdan o‘rta sinfga chiqarib olishga zo‘r beradi. Qonunlar, tartiblar, harakatlar, jamiyat ichidaga barcha bahslar-u izlanishlar – hammasi shu guruhning sonini oshirishga qaratiladi. Chunki aynan o‘rta sinf kuchli jamiyatning asosi bo‘lib, u baquvvat bo‘lsa, jamiyat har qanday dovondan oshib o‘ta oladi, har qanday chaqiriqqa javob bera oladi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
🌐 Jahon adabiyoti
📓 “Betizgin iste’dodlar” uyushmasi
Robert Shekli
⚙ Hikoya
⚖ 0,4 MB
🔎 PDF
📄 20 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nechtasini va qaysilarini o‘qigansiz?

Sanalsa 30 dan oshig‘i o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib chiqdi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

Millatlar qanday taraqqiy etarlar?

Millatlar taraqqiyig‘a bir necha sabablar bo‘lub, tub sababi ulamo ila ag‘niyoning hamiyyat va g‘ayratlaridur. Taraqqiy qilg‘on va yo endi taraqqiy qilguvchi millatlar ahvolig‘a diqqat qilinsa, mazkur ikki sinf muhtaramni o‘z millatlarig‘a so‘z va oqcha ila xidmat etganlari favran zohir bo‘lur.

Har millatning ulamosi, ahli qalami, mutafakkiri o‘z millatining oyandasi uchun yo‘l ko‘rsatur, mashvarat berur, millat axloqining islohi uchun masjidlarda pand va nasihat berur, maktab va madrasalarda dunyo va oxiratda kerak ilm va fan, ta’lim berarlar, kitob va gazet ila ummatni muslihi uchun bahs va mukolamalar qilurlar.

Taraqqiy qilguvchi millatlarning ulamosi zamondin boxabar bo‘lib, o‘z millatining “masoliha zamoniyya”si uchun sa’y etar, millatni peshraftig‘a oqcha ila, hayrat ila iona qilmoqni millat boylarig‘a taklif etar, tashviq va tahris etar. Xulosa, har millatni ulamosi, ahli qalami millat uchun so‘ylar, yozar va havoiji milliya va zamoniyani o‘z millat mansubasig‘a bildirarlar. Zamona ag‘niyolari o‘z millatlarini zamoniycha kerakligi yo‘linda oqcha sarf etarlar, masalan, yangi usulda zamonaviy maktablar bino etib, zamoniycha odam tayyorlamoq uchun harakat etarlar.

Hukumatni o‘rta va oliy maktablariga o‘qiydurg‘on o‘z millat bolalarig‘a ionat etarlar. Va bechora hamjinslarini diniy va dunyoviy maktablarig‘a berub, o‘z xarajatlari ila o‘qutadurlar.

Rus, armani, yahudiy va boshqa Rusiyadagi vatandoshlarimizni boylari doimo o‘z millatlari uchun katta xayr va ehsonlar qiladurlar, inchunin, Qafkoz, Qirim, Qozondaki musulmon birodarlarimizni boylari, ulamosi va ahli qalami, sohibi fikri o‘z birodarlarig‘a mol, oqcha, qalam va ilm ila ko‘b iona qiladurlar.

Ammo bizni Turkistonda bu ishlardin so‘ylamoqqa hanuz navbat kelgan yo‘q. Har kim o‘z naf’i va o‘z shaxsiy ishi ila sargardon, umumiy yoinki diniy va milliy ishlarni oyandasi uchun, millatni zamona odamlaridek taraqqiy etmog‘i uchun, xaloyiqni isloh axloqi uchun g‘am tortuvchi va harakat etguvchi yo‘qdir.

Bir karra diqqat qilib, mahalla-ko‘y va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko‘paygan. Biz musulmonmiz. Musulmonlikg‘a ilm lozim, amal lozim. O‘qumoq kerak, nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo‘q ekan, biza yuza bir nafar savodlik yo‘q?

Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe’ ekan, bizni ulamo bil’aks avomg‘a tobe’dur? Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttuz sana so‘ngra yana yomonroq bo‘lur, musulmonlik, ilm va odob ila qoim millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur.

Bugun islohi maktab-madrasa, ya’ni islohi millatg‘a ko‘shish qilinmasa rabi asr so‘ngra diyonat barbod bo‘lur va aning javobi mas’uliyati bugungilarg‘a qolur, bu mas’uliyatdin qutulmoq uchun millatni diniy ilm va dunyoviy ilm-fanlar o‘qumoq uchun targ‘ib qilmoq kerakdur. Diniy ilm va fanlarning o‘rni maktab va madrasadur.

Dunyoviy fanlarni o‘rni hukumat maktablaridur, ikkisig‘a o‘qumoq uchun oqcha lozimki, ul oqcha boylarni kissayi hamiyatidan chiqsa kerak.

Har zamon uchun asbobi isloh va taraqqiyi ionat boshqarur. Millatg‘a ionat etmoq uchun, islohi maktab va mudarris uchun, rusiy maktablarig‘a bola tayyorlamoq uchun, dehqon va san’atkorlarni rivoj bermoq uchun “hamiyyati xayriya”, “nashri maorif”, qiroatxonalar, fo‘ndlar, kurujuklar, jaridalar, majallalar, nashriyotlar… kerakdur. Millatlar taraqqiysi shul ila bo‘lur va bu ishlarg‘a oqcha kerakdur, oqcha boylarda va afrodda!

Maro ba tajriba ma’lum shud daro har kor,
Ki qadri mard ba ilm ast qadri ilm ba mol.


(Ma’nosi: menga tajribadan ma’lum bo‘ldiki, odamda qanchalik ilm bo‘lsa ham ilmning qadri moldadur).

- Mahmudxo‘ja Behbudiy.

“Samarqand” gazetasi, 1913-yil, 30-iyul.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Karvon yo‘llarida"
Mirkarim Osim
⚙ Qissa
⚖ 3,6 MB
🔎 PDF
📄 86 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel