e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54087

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Fitrat

   Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)

[1-qism bu yerda]

Ovozlaringizni behuda sarflamang. Ovoz berish otilgan o‘qqa o‘xshaydi. Aniq maqsadni bilmasangiz ovoz bermang, yaxshisi ovozingiz o‘zingizda qolsin.


Amerika Islom dinini tushunishi kerak, chunki u o‘z jamiyatini irqchilik balosidan qutqara oladigan yagona din.


Insonlar bir odamning butun hayoti birgina Kitob bilan o‘zgarishi mumkinligidan bexabarlar.


Ta'lim — bizni kelajakka olib boradigan hujjat. Kelajak bugundanoq unga tayyor bo‘lganlarnikidir.


Sochingga berganingdek miyangga e'tibor ber va ming marta yaxshiroq bo‘lasan.


Dono odam mazxaraboz rolini o‘ynashi mumkin, lekin mazxaraboz dono odam rolini o‘ynolmaydi.


Qancha sekin bo‘lsang bo‘l! Hali boshlamagandan oldindasan!


Irqchilik ideologik tushuncha emas, psixologik xastalikdir...


Tarix insonning xotirasida muhrlanadi, xotirasi bo‘lmagan insonni hayvondan nima farqi bor?!


Hamma uxlaganlarni uyg‘otishga bir uyg‘oq yetarlidir.


Ma'rifat idrokni, tushunish muhabbatni, ishq esa sabrni, sabr birlikni o‘rgatadi.


Agar uyg‘oq bo‘lmasangiz, gazetalar [media, ijtimoiy tarmoq] sizni mazlumlarno yomon, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘yadi.


Yigirmanchi asrda yangi imperializmning zamonaviy quroli dollarizmdir.


Yo‘q, sen ozod emassan. Shunchaki bo‘yningdagi arqon boshqalarnikiga qaraganda uzunroq xolos.


Yomonliklarni tugata olmaymiz, ammo yaxshiliklarni ko‘paytira olamiz.


Diningga ko‘ra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi.


Kelajak — unga hozirdan tayyorgarlik ko‘rayotganlarga tegishli.


Ommaviy axborot vositalari mohirona bir manipulyatsiya bilan mazlumni zolim, zolimni esa mazlum sifatida ko‘rsatishi mumkin.


Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan...


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

ADAB VA HIMMAT

Aql ham o‘sadi. Aqlni adab o‘stiradi.
Inson adabni odat tutgani sayin aqlli bo‘lib boradi. Adabsiz aql va es-hushdan yiroq bo‘ladi.

Adab hammaga loyiq muomala qilishdir.

Himmat buyuk ishlar uchun insonni qo‘zg‘atuvchi kuch. Buyuk ishlar ko‘zga ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi ham mumkin.

Xususan, kimni o‘zingga aziz va ulug‘ deb bilsang, uning qalbini ozurda va g‘amgin qilmaslik ham himmatdir.

Boshingga tushgan tashvish kattaroqmi, yoki sen sevgan insonning qayg‘usi?

(Sevgiga solih insonlar munosibdir)

Himmat sohibi o‘z tashvishini ro‘kach qilib sevgilisiga e’tiborsizlik ko‘rsatmaydi. O‘z g‘ami yuki iddaosi ila mahbubini xijolatga tashlamaydi. Bunday qilmaslik uchun himmat kerak. Himmatni tutib turadigan odob lozim.

Shu ish ham buyuk ishning bir turidir. Ko‘ngilni asrash kabi buyuk ish bormi?..

- Akrom MALIK

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Read More & Share More
📚 Explore the Best Books with Us!

🌟 Join Our Community of Book Lovers
Discover carefully selected books and share the joy of reading.

📖 Looking for Your Next Favorite Book?

🔗 Visit: ReadMore📚 Channel

📢 Share. Read. Repeat.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

😀Turk tilini o‘rganmoqchisiz, may oyidagi imtihonga tayyorlanishning ayni vaqti!

❤️ Bu oʻquv yili tugashiga ham oz qolmoqda. Yangi mavsum esa yaqin...

💕 Xoʻsh, siz qanchalik tayyorsiz? 2025-yil til oʻrganishni reja qilgan boʻlsangiz, harakatni boshladingizmi?

📌Agar may oyida boʻlib o‘tadigan CEFR yoki TYS imtihonlariga kirib, kerakli natijaga erishishni istasangiz, sizga maxsus taklifimiz bor:

🛎️"Maʼrifat" taʼlim markazida onlayn Turk tili kurslari ochilmoqda.😍

• Kurs davomiyligi: 3 oy
• Haftada 4 kun (1 ta dars soʻzlashuv);
C1 darajadagi malakali ustoz;
• Yordamchi ustozlar va imtihonlar sizni kutmoqda.
• Darslar 10-fevraldan boshlanadi. Sinov darsimizda kutamiz!


"0"dan boshlanadigan 2 ta guruhga qabul davom etmoqda. Hoziroq murojaat qilib, oʻz oʻrningizni band qiling!

🔜 @marifat_qabul

🌸Aytgancha, faqat ayol-qizlar uchun :)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

TARIX OMONATDIR

Ma’lumki, ilm‑fan xulosalari doim ham qat’iy bo‘lmaydi, ko‘pincha nisbiy bo‘ladi va ilm taraqqiy etishi bilan hamisha o‘zgarib turadi. Insonning ojizligi va tajriba shuni taqozo qiladi.
Shariatdagi ijtihodiy yoki ayrim zonniy bilimlar o‘zgarishi mumkin, ammo qat’iy ilmlar o‘zgarmaydi. Ilm‑fandagi ayrim tajribiy va aqliy xulosalar agar o‘sha qat’iy ilmlarga zid kelsa, shariat olimlari bunga albatta e’tiroz bildirishga haqli. Aks holda, nisbiy yoki davriy bo‘lgan xulosalar sababli dinning asoslariga putur yetishi mumkin. Bu holda shariatning samoviyligi yo‘qqa chiqadi. Shuning uchun ham dinning himoyasida posbon bo‘lgan olimlar shariatga zid qarashlarga hamisha raddiya berib keladilar. Bu ularning vazifalari. O‘z navbatida, tajribiy ilm egalari ham o‘z sohalari bo‘yicha boshqalarning xatolarini tuzatib kelishadi. Shu zaylda ular bir‑birlarining xatolarini to‘g‘rilab borishgan. Bu ilmiy bahs hamisha davom etgan va etaveradi ham. Buni to‘g‘ri qabul qilish lozim. Bundan shariat olimlari bilan boshqa ilm egalari o‘rtasiga choh qazishga urinish savodsizlik yoki g‘arazgo‘ylikdan bo‘ladi.
Oldinda ayrim suyak qoldiqlarini dalil qilib, odamni maymundan bo‘lgan deyishga urinishar edi. Genetika fani va boshqa tadqiqotlar bu safsatani butkul inkor qilgach, boshqa taxminlar ilgari surilmoqda. Yaqinda bir joyda fan olimlari bilan bo‘lgan majlisda ular yer yuzida insondan oldin unga o‘xshash maxluqlar bo‘lib, ular qirilib ketgan bo‘lishi va mazkur suyaklar o‘shalarga tegishli ekani taxmin qilinayotganini aytib qolishdi. Ibn Kasir va boshqa mufassirlarimiz Hijr sursi oyatlari tafsirida yer yuzida Odamdan oldin bun va jin toifalari yashagani, bunlarni jinlar qirib tashlagani haqida rivoyat borligini aytadilar. Demak, izlanishlar davom etar ekan, xulosalar o‘zgarib borishi mumkin. Qur’oni Karimdagi haqiqatlar esa o‘zgarmaydi.

- Hasanxon Yahyo Abdulmajid

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Hamma o‘qiyotgan kitoblarni o‘qisang hammaga o‘xshab yuraverasan, hech kim o‘qimayotgan kitoblarni o‘qisang natijaga erishasan.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📚 Kitob o'qish yaxshi, uni asl tilida o'qish esa undanda yaxshi!

Sizga @teaxona ni tavsiya qilmoqchiman⚡️
Issiq choy ☕ bilan kitob kitob o'qib inglizcha o'rganamiz

Qo'shilish uchun:
/channel/+ne6_VQnMuRpiMTYy

Читать полностью…

Elektron kutubxona

IKKI QOTIL

Qovuramiz? Qaynatamiz? Bahslashar ikki Qotil,
Tiriklayin yeymiz uni, asli maza shunda totir.
Boshi-ko'zi mayli senga, menga esa teri va til,
O'z farzandin qurbon qildi, ota-ona ikki dovdir.

Al Andijoniy

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#bizgatozahavokerak

“Aholi o‘zini tashvishga solayotgan muammo bilan yolg‘iz qoldirilmoqda”

“Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi…

Poytaxt aholisi ifloslanishni hech bir uskunasiz his qildi — havoda so‘nggi yillarda tanish bo‘lib ulgurgan kuyundi hidi paydo bo‘ldi, lekin shu kuni u ayniqsa o‘tkir bo‘ldi. Olisdagi ko‘plab binolar tuman tushgandek deyarli ko‘rinmay qoldi.
Biroq bu tumanmidi yoki chang — ko‘plab ijtimoiy tarmoq blogerlari va oddiy aholi orasida bu savol paydo bo‘lganiga qaramay, biror davlat organidan javob bo‘lmadi…

Aholi o‘zini tashvishga solayotgan muammo bilan yolg‘iz qoldirilmoqda. O‘zini ijtimoiy deb e’lon qilgan davlat hokimiyati ishga yoki o‘qishga ketayotgan odamlarga derazani ochish xavfsiz yoki yo‘q, niqob kiyish kerak yo shart emas yoki tashqarida qancha vaqt qolish mumkinligi haqida xabar berishni shart deb hisoblamayapti”.

“O‘z uyingni o‘zing asra” degan davlat o‘z funksiyalaridan fe’lan voz kechganini anglatadigan g‘alati shior bo‘lardi o‘tgan yomon zamonda. Shunday yondashuv faqat kengayib borayotganga o‘xshaydi:

Ta’lim bir ahvol: O‘z bolangni o‘zing o‘qit;

Tibbiyot falaj: O‘zingni o‘zing davola;

Energetikaga kasofat tekkan: O‘z uyingni o‘zing isit,
Svetingni o‘zing top.

Mana endi navbat nafasga yetdi: havo kerak bo‘lsa, o‘zing qidir. Endi havoni sotishga, tijoriylashtirishga o‘tishadimi?

- Otabek Bakirov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Hamid Sodiq: Mutolaa haqida

Avvallari kitoblarni ommaviy tavsiya qilmaslikka harakat qilar, kitob tavsiyasi shaxsiyroq masala deb hisoblardim. Lekin shu kunlarda faollarning tavsiyalari, ular o‘qiyotgan yoki tarjima qilayotgan kitoblar boshqalarning, xususan, yoshlarning mutolaaga berilishiga turtki beradi, degan fikrdaman.

Kitob — bu informatsiyalar to‘plami. Unda nazariyalar — hayotni modellashtiradigan tushunchalar, bilimlar yig‘iladi. Har qanday nazariya sizning o‘rganish predmetingizni, hayotni ma’lum bir rakursdan ko‘rsatib beradi, uni tushunishga imkoniyat beradi. Mening o‘rganish predmetim, bu — politologiya, uning eng markazida esa hokimiyat turadi: men mana shu hokimiyatni tushunishni istayman. Mening o‘rganish predmetim, qiziqadigan mavzum, bu — hokimiyat. Mutolaadan bosh maqsadim shu. Chunki jamiyatimizdagi hozirgi har qanday muammoning sababi hokimiyatni yaxshi tushunmasligimiz va uning portretini to‘liq ko‘rolmayotganimizda, deb o‘ylayman.

Shu bois so‘nggi vaqtlarda men asosan siyosiy adabiyotlarni, hokimiyatning mohiyatini ochib beruvchi kitoblarni mutolaa qilyapman va ularning tarjimasi bilan shug‘ullanyapman. Hozirgacha uchta kitobni tarjima qildim, yana bir kitob tarjimasida muharrir sifatida qatnashdim. Tarjima men uchun mutolaaning bir turi. O‘qiganim esimda qolishi nuqtai nazaridan ham tarjima men uchun muhim, bu xuddi konspekt qilishga o‘xshaydi. Tarjima jarayonida har bir fikrning mohiyatiga kirib borasiz, har bir berilayotgan nazariyani daqiq tushunishga harakat qilasiz.

Kitob o‘qish juda muhim. Olimlar aytadiki, fuqarolarning oliy ma’lumotliligi, kitobxonlik darajasi bilan davlatning demokratikligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyatsiya bor. Ya’ni, adolatli jamiyat qurish uchun odamlar albatta kitob o‘qishi kerak. Mutafakkirlar yana aytadiki, mutolaa vatandoshlarga ma’lum bir ijtimoiy, siyosiy munosabatlarga bog‘liq tushunchalarni bir xil tushunish imkoniyatini beradi. Ya’ni, biz ko‘p kitob o‘qisak, masalan, demokratiya tushunchasini Xorazmdagi oddiy inson ham, Andijondagi oddiy inson ham — ular bir-birini tanimasa-da — bir xil tushuna boshlaydi, harakatlarimiz bir xil bo‘ladi.

Shunday ekan, kitob, uning mutolaasi, tarjimasi va targ‘iboti huquqqa asoslangan adolatli davlat qurish yo‘lidagi uzoq muddatli, ayni damda eng sifatli ham ishonchli yo‘nalishlardan biri, deb hisoblayman. (c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Bo‘ylab" turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

«Inson kitob o‘qisa aqli ziyoda bo‘ladi, lekin inson o‘zini o‘qiy boshlasa donoligi ziyoda bo‘ladi».


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🔥 Azizlarim, yangi loyiha boshladik: quyidagi guruhga kiring va istalgan kitobni yozing. Biz sizga soniyalar ichida topib beramiz. Hammasi bepul. Ushbu guruhda:

Ingliz tili kitoblari;
Badiiy asarlar;
Bestseller kitoblar;
Hozirgi trenddagi kitoblarni BEPULGA topa olasiz!


Kiring va kitob nomini yozing!

👉 @Kitob_ulashamiz
👉 @Kitob_ulashamiz
👉 @Kitob_ulashamiz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fitrat

   Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Eng yaxshi nasihat go‘zal o‘rnak bo‘lmoqdir.


Erkinlik hayot uchun zarurdir. Erkinlik, inson rivojlanishining ajralmas bir qismidir. Agar bizda erkinlik bo‘lmasa, adolatni ham, tenglikni ham kuta olmaymiz. Adolat va tenglik erkinlikka erishgandan keyingina amalga oshadi.


Muammolaringni ularni hal qilolmaydiganlar bilan muhokama qilma.


Qachonki «men» «biz» bilan almashtirilganda kasallik yaxshilikka aylanadi. Biz umumiy dushmanimiz borligini anglaganimizdagina birlasha olamiz.


Agar yaxshilar jim turmaganda yomonlar yomonlik qilmasdi.


Kechagi qul to qullik zehniyatidan qutulmagunicha aslo mustaqil bo‘la olmaydi. Bo‘lsa, muztarqul bo‘ladi.


Uning boshi donishmand boshlardan emas, ammo barcha mamlakat siyosatdonlari kabi nonning qaysi tomoniga saryog‘ surkalganini bilish payida yuradi...


Hech narsa uchun turmaydigan odam hamma narsa uchun yiqiladi.


Tinchlikni erkinlikdan, erkinlikni tinchlikdan ajratib bo‘lmaydi.


Islom dini to‘g‘ri yo‘lda yurishni istagan odamning axloqini yuksaltiradi.


Bir yerdagi adolatsizlik har, yerdagi tahdiddir!


Kuch ta'zim qiladigan yagona narsa bu — kuch!


Ozodlik unga yozish yoki chizish bilan emas, balki kurashish orqali erishiladi.


Kimdir sizga qarshi chiqqanida, ikkinchisi go‘yo siz tomonda bo‘lgandek ish tutadi, aslida hech kim siz tomon emasdi.


Biz o‘tirgan joyini o‘ziniki deb bilgan, yoshi o‘tib qolgan siyosatchilardan charchadik.


Agar davlat bu gaplarimni noto‘g‘ri deb hisoblaydigan bo‘lsa, u holda o‘z burchini to‘g‘ri bajarsin.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#TAZOD

O‘LGAN OT TEORIYASI

• Bir alkash bizning millatni «it» deb haqorat qiladi!
• O‘zbek sigmentimizning bir bo‘lagi esa bu mavzuda gapirmaganni «it» deya boshlaydi!
• Yana bir bo‘lagi bu haqda gapirmaganni «it» demaganni «it» deydi.
• Alkash bir chetda qolib, asosiy janjal o‘zaro bo‘lib ketadi.
• Bir-birlarini o‘sha alkashning haqoratidan ham oshirib haqorat qilishadi.
• O‘z millatdoshini haqorat qilib o‘tirgan guruh o‘sha alkashning asl maqsadini vatanparvar niqobi ostida amalga oshirayotgan bo‘ladi xolos!
• Bular millat bo‘lolmagan johil olomon!
• Millat shakllanishi ziyoli xalqni tarbiya qilish bilan bo‘ladi.
• Bu guruh bor ekan fitna har zamon olovlana oladi.
• Shoir balki shu to‘daga qarata aytgan edi:

Qachon xalq bo‘lasan, ey sen olomon!

©️ Abror Muxtor Aliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🥲 Китобга пул йўқми?

Энди бу муаммо эмас!

PDF kitoblar базасида 1 миллион китоб бор! Топиш жудаям осон ва қулай! Қолаверса, ҳаммаси БEПУЛ!

🔎 Ҳозирда энг кўп излаяпти:

1. Муқаддима;
2. Бир олима қиз бор эди;
3. Афв эт Аллоҳим;
4. Ичимиздаги шайтон;
5. Тафсир;
6. Мен: бас қил, эй нафс;
7. Сир;
8. Қуръон мўъжизалари;
9. Иброҳим алайҳиссалом қиссаси;
10. Араб тили грамматикаси;
11. Рамазон кундалиги.


Юқоридаги китобларнинг барчаси ва миллионлаб китобларни қуйидаги бот орқали юклаб олинг!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tildan_saboqlar

To odamlar va joylar oti o‘zbekcha talaffuzga moslashtirilmas ekan, tilimiz qaram, taqlidchi, ergashuvchi til bo‘lib qolaveradi!

Amrikadagi bir shaharning otini nimaga va qachongacha o‘risga o‘xshab "Нью-Йорк" deb aytamiz va yozamiz?! Masalan, "Nuyyo‘rk" desak va yozsak, tilimiz uzilib tushadimi?!

Xitoyning boshlig‘i otini nimaga va qachongacha o‘risga o‘xshab "Си Цзинпин" deymiz va yozamiz?! Shuni o‘zbekcha ifodalab "Si Chinpin" desak va yozsak, asakamiz ketadimi yo o‘rislar "Tilni buzma!" deb bizni urishadimi?!

Xitoycha otni o‘zbekchalashtirish nari tursin, o‘zbekcha otlarni ham g‘irt o‘rischa (mas., "Ибрагим", "Хаджаев", "Турция", "Сирия" deb) talaffuz etadigan va yozadigan bo‘lib ketgan, o‘zligini yo‘qotgan millat bu ishi naqadar xorlik ekanini his etarmikan?!

Dunyoda o‘zbekdan boshqa millat yot so‘z va otlarni o‘z tili aytilish (talaffuz) qoidasiga moslab gapiradi va yozadi!
Qachon o‘zbek tili ham dunyodagi boshqa olti yarim ming til singari o‘z qonun-qoidalari asosida yashaydigan mustaqil til bo‘ladi?!

------------------------

Iltimos, tushunmaganlar va til masalalariga aqli yetmaganlar "Bular xalqaro so‘z va atamalardir, ularni aslidagiday gapirishimiz yo yozishimiz kerak!" deb tomoq yirtib, aql o‘rgatib o‘tirmanglar. Dunyoning bironta millati bunaqa demaydi!
Chunki "xalqaro so‘z" yoki "xalqaro atama" yo‘q, har bir tilning o‘z so‘zi va atamasi bor! Ilmda ham chetdan kirgan so‘zlar aslidagidek aytilsin va yozilsin degan tushuncha yo‘q va o‘zbekdan boshqa bironta millat bunaqa "yasama qoida"ga yopishib qolmagan!

- Nurulloh Muhammad Raufxon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fitrat

«Dono odam mazxaraboz rolini o‘ynashi mumkin, lekin mazxaraboz dono odam rolini o‘ynolmaydi».

- Malkolm X, «Fitrat» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

OLTIN

Oltindan so‘rdilar: “Yomon yonding-a,
Seni yoqqanlarga nafrating bordur?”
Oltin javob berdi: “Tushsa yodima,
O‘zgacha muhabbat ko‘nglimga yordir:

Bilasizku meni sal oldin damlar
Tuproqqa qorishiq yalloligimni,
Yondirmasa edi bugun odamlar,
O‘zim ham bilmasdim tilloligimni.

...Bugun mehmon bo‘ldim ulug‘ zargarga,
Odamlar poyimda ko‘z yosh to‘kurlar.
Tashakkurlar meni yondirganlarga,
Yongan kunlarimga behad shukurlar!!"

Ey ko‘nglim, yig‘lama, chekaverma g‘am,
Quyosh kulib qolar qaro damlarga.
Oltinga aylansang bir kuni sen ham,
Tashakkurlar deysan yondirganlarga!

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🔥 Kundalik hayotimizni yengillashtiradigan qurilmalarni hamyonbop narxda sotib olishni istaysizmi?

1. Internetda trend bo'lgan qurilmalar.
2. Kreativ sovg'alar.
3. Kundalik hayotni yengillashtiruvchi gadjetlar.
4. Prank qilish uchun narsalar.

✅ Hammasi Kadirov_Shop kanalida!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

   Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Biznesni reklamasiz yuritish — bu qorong‘u xonada qizga ko‘z qisish bilan barobardir.


Brendlashtirishning maqsadi mahsulot uchun o‘z qiymatidan kattaroq daromad olishdir.


Kompaniyaning ichki tub o‘zlarishlari tezligi tashqi o‘zgarishlar tezligidan orqada qolsa, biznesning oxiri yaqindir. (General Electronics)


«Biz bozorlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaymiz, biz ularni yaratamiz».


Kompaniyaning maqsadi — iste'molchini yaratish.


Biznes ikkita, faqat ikkita bosh funksiyaga ega: marketing va innovatsiya.


Mijoz bizning mulklarda eng yoqimli mehmon. U bizning izmimizda emas, biz uning izmidamiz. U bizning biznesga begona emas, u bu biznesning bir qismidir. Biz unga xizmat ko‘rsatmaymiz, u bizga o‘ziga xizmat ko‘rsatishga ijozat bergani uchun unga xizmat ko‘rsatyapmiz. (L.L.Veap)


Ford kompaniyasining ishchilaridan biri: «Agar iste'molchi bizni boshqarmasa, bizning mashinalarni ham boshqarmaydi» degan edi.


Bizning mijozlar bizdan shuning uchun mamnunlarki, chunki biz hech qachon o‘zimizdan mamnun emasmiz. (Honda)


«Bizning xodimlar — mening eng birinchi mijozimdir». (The Body Shopping)


Sen o‘z xodimlaring bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatmaguningcha, mijozlar bilan hech qachon yaxshi munosabatlar o‘rnata olmaysan (Uolt Disney)


Biz mijozlar haqida qayg‘urishga moyilligi bor odamlarni izlaymiz (Jeff Bezos)


Faqat mijoz bizning barchamizni ishdan bo‘shata oladi. (Sem Uolton)


To‘lov vedemostiga nechta odam kiritishni rahbariyat emas, mijozlar hal qiladi. (Larra Bossi)


Kompaniyaning ravnaqi haqida o‘ylamanglar — mijozning ravnaqi haqida o‘ylanglar. (Land's End)


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Bilim olish darajasi

Inson turli mizojli, turlicha dunyoqarashli va turlicha aqliy qobiliyatga ega bo‘ladi. Qadimdan faylasuflar inson aqliy salohiyatiga qarab, unga turlicha yo‘llar bilan bilim berilishini aytganlar.

• 1) Shulardan eng quyi daraja, sezgi a’zolaridir. Bu odatda dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishga xizmat qiladi.

• 2) Keyingisi safsata (sofistika)dir. Bu odatda yolg‘on, fantaziya, fantastika, ertak, chiroyli so‘zlar, xatto mantiqqa zid bo‘lsa ham so‘z o‘yinlari qilish kabilar kiradi. Inson yoshligidan eshitishni boshlaganda, unga ertaklar orqali, bilim beriladi. Safsataning bir turi shudir.

• 3) Uchinchisi xitob (ritorika)dir. Bu badiiy adabiyot va notiqlik san’ati orqali, mantiqqa to‘g‘ri lekin majoziy so‘zlar bilan ma’lumotni yetkazish hisoblanadi. She’r va asarlar, siyosatchilarning nutqlari va hokazolar shularga kiradi. Bu va bundan avvalgi darajalardan har bir so‘z zohiriy ma’noda qo‘llanilavermaydi va har bir so‘z aniq ilmga asoslangan bo‘lishi talab etilmaydi.

• 4) To‘rtinchisi jadal (dialektika) bo‘lib, bunga bahs ham deyiladi. Bu usul odatda mavjud ilmni himoya qilish, boshqalarning qarashlarining yo‘qqa chiqarishga asoslangan bo‘ladi. Buni xatolarni inkor qilish orqali haqiqatni topish ham desa bo‘ladi. Kalom ilmi mana shu darajadadir.

• 5) Beshinchisi hikmat (falsafa), aniqrog‘i fandir. Bunda har bir amal inson inkor qilib bo‘lmaydigan fakt va mantiqiy burhon (aniq dalilga) asoslangan bo‘lishi talab etiladi. Insonlarning ko‘pchiligi bu darajaga yetib ololmaydi. Shuning uchun ham, auditoriyaning darajasidan kelib chiqib, bundan quyidagi usullar orqali ta’lim beriladi.

Ibn Rushd "Parvardigoringiz yo‘liga (5) hikmat va chiroyli (3) mav’iza ila chaqiring. Ular bilan eng go‘zal tarzda (4) mujodala qiling" degan amrni yuqoridagi fikrlarga asos qilib keltiradi.

Olimlar nazdida ilm bir, haqiqat bir, biroq, insonlarning qabul qilish saviyasi turlicha bo‘ladi. Afsuski, eng birinchi darajada, faqat ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolariga ishonib qolgan, biroq aql kabi ilohiy ne’matdan unumli foydalanolmaydigan insonlar ham yo‘q emas. Ular faqat tashqaridan ko‘ringan narsa bilan xulosa chiqaradi.

Masalan, evolyutsiya haqidagi tushunchasi maymunning asta-sekin odamga aylanishiga oid rasm asosida shakllangan bo‘ladi. Unga osmonlar-u yerning tartib-intizom asosida harakatlanishi, har bir narsaning juft-juft yaratilishi, tirilish va o‘lish ortidagi hikmat nima, deyilgan savol kor qilmaydi. Chunki, u "hikmat" so‘zining mohiyatini anglamaydi.
Huddi shu tariqa, safsata (ertak, illuminati, masonlar, isroilning sirli kuchi) kabi narsalarga ishonadigan insonlarga ham shu yo‘sinda haqiqatni yetkazish lozim bo‘ladi.

Xitobga xitob, jadalga jadal, hikmatga hikmat.

Yuqorida ilm bir, haqiqat bir dedim. Biroq uni o‘rganish va o‘rgatish usullari turlicha. Shuning uchun ham, ilm berayotgan, ma’lumot tarqatayotgan insonlarning usuliga emas, balki ilmiga, tarqatilayotgan ma’lumotlarining mohiyatiga qarash bo‘ladi.

"Falon domlani yoqtirmayman, faqat va’z qiladi", "Falon domlaning kitoblarini o‘qib tushunmayman, yaxshi yozmaydi. Odamni ilmdan bezdiradi", "Falon domla nuqul bahs qiladi, o‘tirib odobdan dars o‘tsa bo‘lmaydimi" deyish to‘g‘ri emas. Siz shunchaki o‘zingiz uchun noto‘g‘ri darajani tanlab qo‘ygan bo‘lasiz. Siz qaysi darajada ilm olish ma’qul bo‘lsa, o‘sha darajada ta’lim beradigan ustozlarni topish kerak bo‘ladi.

Faqat bir darajada qotib qolish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, bugun bizga kirib kelayotgan turk adabiyoti aslida bizning yoshlarimizning ongining safsata va xitob darajasida qotib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Agar shu asarlardan qiyinrog‘ini, ulardan yuqori darajaga ko‘tarilishni reja qilmasangiz, bu asarlar bilan yetinsangiz, unda ilm lazzatini tatiy olmaysiz.

Haqiqiy ilm lazzati, eng yuksak darajaga, hikmatga chiqanida bo‘ladi. O‘sha darajada "oyat-belgilarimizdandir" degandagi mohiyatlar ko‘rina boshlaydi.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

Baliq ovida boshqa baliqchilarning odatini yaxshi biladiganlarga qaraganda, baliqlarning odatini yaxshi bilganlar yutadi.

- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Teddi"
Yuriy Kazakov
⚙ Hikoya
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Canvajon! (#graphic_designer)

🎞️Shaxsiy brendingizni yaratish arafasidasiz:
Chiroyli va betakror logotip yasab berish xizmati kerakmi?

🎞️Oʻqituvchi yoki talabasiz:
Vaqtingiz kam, taqdimot yasashga qiynalyapsizmi?

🎞️Unda biz sizga yordam beramiz!

Xizmatlarimiz:
– logotip yasash;
– taqdimot tayyorlash (matn siz tomoningizdan yuboriladi);
– qoʻlyozma matnlarni elektron variantga oʻtkazib berish;
– kitob muqovasi;
– poster / taklifnoma / bir qancha dizaynlar...

Sahifada ijodkorlik parvoz qiladi! 🕊

/channel/+M46ZCuGLR001YmMy

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

Raqobatchilik

Coca-Cola kompaniyasining marhum boshlig‘i Roberto Gisueta raqobatchilarning mavjudligini hech qachon unutmagan. Unga bozor aylanmasidagi kompaniyaning solishtirma og‘irligi eng yuqori cho‘qqiga chiqqanligi haqida xabar berishganida, u yelkasini qisib: Sayyoramizning 4,4 mlrd. aholisining har biri tomonidan kundalik iste'mol qilinayotgan 64 ml litr suyuqlikning atigi 2 foizi Coca-Colaga to‘g‘ri kelayotgani haqida gapirdi. U «Bizning dushman bu — kofe, choy, sut va suv» - dedi xodimlariga.

- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Og‘riqni kuchliroq og‘riq unuttiradi.
Qayg‘uni undan ulkanrog‘i davolaydi. Hazratim Alisher Navoiy aytganlaridek: “Gʻam yo‘qlig‘i asru g‘amdur”.
Insonni nasihat va ibratlar emas, og‘riq va qayg‘ular ulg‘aytiradi. Musibat singari bir murabbiy bormi yaratiqlar olamida?!
Hayotimizdagi zulm katta zulm gulxanidan bir uchqun, xolos. Eng katta zulm bizga o‘zgalar emas, o‘zimiz qilgan zulmdir. Inson o‘ziga o‘zi zulm qilmaguncha odamlardan zulm ko‘rmaydi. Ilohiy rahmat ilohiy g‘azabdan ustundir. O‘zimiz uchun zulm gulxanini yoqdik, Alloh uning bir uchqunini vujudimizga tegishi uchun izn berdi. Biz bu uchqunda olam kuyib ketgandek faryod qildik. Uchqunning tegishi ogoh bo‘lmog‘imiz uchundir. Zulm gulxani esa bizdan avval jahannamga borib turadi. Nauzubillah!
Insonning o‘ziga zulmi ilohiy hadlarni buzish va ilohiy qaytariqlardan qaytmaslik bilan boshlanadi.
Inson bu zulmga shu qadar chuqur sho‘ng‘iydiki, zulm va azobni idrok qilishdan mahrum bo‘ladi.
Farazan chetdan kelgan zulm, og‘riq insonni sergak torttiradi. Uyg‘otadi. Inson boshiga kelayotgan zulm va og‘riqlarni tekshira-tekshira silsilaning ilk halqasi o‘ziga — niyat va amallariga qadalganini ko‘rganda lol qoladi va eng katta Gʻamga uchraganini anglaydi. Va qolgan barcha anduhlar kichrayib ketadi. Shu qadarki, tilga olish tugul, nazar solishga loyiq topmaydi.

- Akrom MALIK

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"...Tom ustida maysalar o‘sgan
Uyimizni sog‘indim, ona..." 


Yana qaytib keldim

Yana qaytib keldim. Chang to‘zgan
Yo‘limizni sog‘indim, ona.
Tom ustida maysalar o‘sgan
Uyimizni sog‘indim, ona.

Aziz dargoh ostonasida
Sizni qalbim bilan quchayin,
To‘yib-to‘yib sopol kosada
Muzdek quduq suvin ichayin.

Har bir narsa yaqindir menga,
Har bir narsa menga qadrdon.
Qarab qoldingizmi yo‘limga
Issiq nonlar uzib tandirdan?..

Koyimangiz meni bu safar,
Unutdi, deb uyni, dalamni,
Ne chora bor, dil yonsa agar,
Dil sog‘insa turkiy olamni...

O, qishloqning munis chiroyi...
Achchiq piyoz to‘g‘rayin o‘zim.
Dil sog‘inib yig‘laydi doim
Hozir, mayli, yig‘lasin ko‘zim.

Targ‘illanib bormoqda osmon,
Oppoq hidga to‘lmoqda bag‘rim.
Aytingiz-chi, bormi sog‘-omon
Shahlo ko‘zli mening targ‘ilim?

Og‘ushimda zangori sezgi,
Kiprigimda suyuq hayajon.
Ko‘zlarimda yumaloq sevgi,
Salomatman men ham, onajon.

Qaytib keldim yana. Chang to‘zgan
Yo‘limizni sog‘indim, ona.
Tom ustida maysalar o‘sgan
Uyimizni sog‘indim, ona.

- Rauf Parfi

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🎯 Yanvar oyida mutlaqo BEPUL jonli geometriya darslari davom etmoqda!

Siz ham 0 dan DTMga tayyorlanishni istaysizmi? Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!


Hozirgacha kanalimizda o'tilgan darslar✅

👉 1-dars videosi (1-qism)
👉 1-dars videosi (2-qism)
👉 2-dars videosi
👉 3-dars videosi
👉 4-dars videosi (1-qism)
👉 4-dars videosi (2-qism)
👉 5-dars videosi (1-qism)
👉 5-dars videosi (2-qism)
👉 6-dars videosi
👉 7-dars videosi (1-qism)
👉 7-dars videosi (2-qism)

Judayam kerakli mavzu:

👉 Trigonometriya

Darslarimizda qatnasha olmaganlar yoki esidan chiqib qolganlar ko'rib olishingiz mumkin♻️


⏳ Joylar cheklangan!
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va bilimlaringizni oshiring!

📥 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:/channel/abdixakimov_math

✅ Murojaat uchun: ADMINGA YOZISH

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Bizga olimlarimizni faqat komunistlar tanitmagan. Balki kimlargadir aynan ular tanitgandir.


TARIX OMONATDIR

Kitoblar ikki tur bo‘ladi: darslik va mutolaa kitobi. Madrasalarda odatda darsliklar o‘qitiladi, mutolaa kitoblari esa mustaqil yoki maxsus halqalarda o‘rganiladi. Avvalda darslik bo‘lgan juda ko‘p kitoblarning vaqt o‘tishi bilan mutolaa kitobiga aylanishi davr taqozosi hisoblanadi.
Ibn Sino, Beruniy va boshqa ko‘p katta olimlarning kitoblari ko‘pincha mutolaa uchun o‘qilgan. Darslik bo‘lganlari ham keyinroq ulardan ko‘ra qulay darsliklar yozilgach mutolaa kitobiga aylanib ketgan. Biroq, bu ulardagi ilmlar butkul bekor bo‘lgan, degani emas, balki ma’lumotlar yangi qo‘llanmalarda o‘rganila boshlagan, yangicha munoqasha qilingan, degan ma’noni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, o‘sha qadimgi kitoblar madrasalarda keyingi bosqichlarda bevosita bo‘lmasa ham, bilvosita o‘qitilgan.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, katta aql egasi bo‘lgan olimlar yoshlikdan kitob yozishga kirishgan va ulg‘aygach yozgan asarlarida avvalgi bir qator fikrlarini o‘zlari rad etgan. Keyingi ulamolar shuni e’tiborda tutib, avvalgilarning kitoblarini tuzatilgan suratda qayta taqdim qilganlar va talabalarni chalg‘itmaslik uchun ularning ayrim asarlarini o‘qishni tavsiya qilishmagan. Zotan, olimning o‘zi inkor qilgan fikrlarini munoqasha qilib o‘tirish ko‘pincha vaqtni zoye qilish bo‘lishi mumkin.

Bobom Abdulmajid qozi domladan qolgan bir sandiq kitob bor edi. Ularning ichida qo‘lyozmalar ham ko‘p. Men shaxsan o‘zim o‘sha qo‘lyozmalar ichida Ibn Sinoning Ixlos surasiga yozgan tafsirini o‘qiganman. Juda ham falsafiy tafsir, tushunish mushkul. Yaqinda bu tafsirning arab tadqiqotchilari tarafidan qilingan yangi nashrini ham ko‘rdim. Abdulmajid qozi domla 1870-yilda tug‘ilib, 30 yoshida qozi bo‘lib yetishganini hisobga olsak, yurtimizda so‘nggi asrlarda ham, ayni paytda bolsheviklardan oldin ham bizda Ibn Sinoning kitoblari o‘rganilganini xulosa qilish mumkin. Ba’zilar iddao qilganidek, bizga olimlarimizni faqat komunistlar tanitmagan. Balki kimlargadir aynan ular tanitgandir, lekin bizning madrasa ko‘rgan ulamolarimiz ulug‘ o‘tmishdoshlarini va ularning asarlarini o‘z manbalaridan, ustozlaridan o‘rganib kelishgan. Bu ma’noda ular boshqaga muhtoj bo‘lishmagan.

Ayrimlar ruslar bizga ulamolarimizni tanitganini iddao qilishadi. To‘g‘ri, ularning gapida ham jon bor. Xalqimiz qo‘lidagi bor kitoblarni tortib olib, yoqib tashlab, olimlarni qatag‘on qilib, qolgan qutgan asarlarni bir joyga jamlab, ularni o‘rganishni ham istagancha cheklab qo‘yib, keyin ilmsiz xalqqa uch to‘rtta olimimizni o‘sha bolsheviklar tanitgan. Biroq, bu tanitishda aslida o‘zbek xalqiga yaxshilik qilish emas, boshqa siyosiy maqsadlar nazarda tutilgani sir emas. Ammo ma’rifatparvar kishilarimiz odatdagidek bu imkoniyatdan unumli foydalanib, ayrim yaxshi natijalarga erishishgan. Shunda ham tanlab berilgan uch to‘rtta olimnigina tanita olishgan va salla kiygan ulamolarimizni sal kam komunist qilib tavsilashga majbur bo‘lishgan. Ba’zilarini «koshki taninitishmaganda edi», deydigan qilib ta’riflashgan. Mana, hali hanuz o‘sha noto‘g‘ri tasvirlar xalqimiz ongini va bitiklarini tark etgani yo‘q.

- Hasanxon Yahyo Abdulmajid

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel