O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Keltirma
Ibratli joyini o‘zingiz topib olarsiz.
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam
Tahlil qilar fikr, g‘oyalarni jim,
O‘rtachasi voqe, hodisalarni...
Noqisi shaxslarga aylaydi hujum.
Oqillar yo‘lini ushlagin mahkam,
Bu sharaf maqomi, bu qutlug‘ holdir.
O‘rtachalar topib olar bir-birin,
Pastlarni o‘zidan pastlarga qoldir!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Anna_Frank_kundaligi
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Chordoq hikoyalari"
✍ Anna Frank
⚙ Kundaliklar
⚖ 0,7 MB
🔎 PDF
📄 70 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
"Keling, sabab va oqibatlarni chalkashtirmaylik".
📚 @e_kutubxona
#Qalb_iffati
Nuriya Cheleen, «Qalb iffati» asaridan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1)
Qiz bola o‘g‘il bola
kabi bo‘lmaydi.
Qiz ojiz.
Qiz zaif.
Qizning qalbi nozik, yuragi tez og‘riydi. Qiz ruhiyati zarif, darrov sinib qoladi. Qiz shafqatlidir, shafqat ko‘rishni xohlaydi. Qiz marhamatlidir, marhamatga ehtiyoj sezadi. Qiz nozanindir, noz qiladi.
Qiz asralishni, mashaqqatlardan uzoq bo‘lishni istaydi...
Adab qalbning axloqidir. Adabning zohiriysi insonlarga, qalbning axloqi bo‘lgan botiniy xulq esa Allohga yo‘nalgan. Qalb adab bilan axloq asroriga tutinmasa, qalbning javhari bilinmaydi.
Iffatni yetishtirgan narsa hayo bo‘ladi. Hayosizlik kishini kufrga boshlaydi. Hayo ham iffat bilan kamol topadi. Shaytonning sifati hayosizligidir. Haqiqiy hayo avvalo Allohdan uyalishdir.
Iffat faqat badaniy emas, butun tuyg‘ular bilan kamolga erishardi. Badanimdagi iffatga xalq guvoh edi, ruhimning iffatiga Robbim shohid edi.
Hikmati borning odobi bo‘lardi. Odobi borning iffati bo‘lardi. Iffati borda muhabbatulloh bo‘lardi. Kimda muhabbatulloh bo‘lsa, Ilohiy tajalliyga yetishardi.
Ayol jozibadorlik libosini kiysa, albatta, shunga ko‘ra ish qiladi. Chunki bu kiyimning ichiga shayton kiradi. Shaytonning eng sevgan narsasi ayol kishi birovni gunohga boshlashidir.
Inson qalbiga siqqanicha qolipga tushadi. Qalbiga siqqanicha koinotga sig‘adi. Qalb insonning borlik olamidir. Alloh ayollarga erkaklarni o‘zlariga asir qilish uchun itoat bergan. Itoat bandalikda ham bir sir edi. Bu sirni Alloh ayol qalbiga qo‘yib, O‘ziga yanada tez yaqinlashtirgandi.
Ayol erkaklar bor yerga kirmaydi. Bu gap erkaklarga ham tegishli. Boshqa jinsdagi kimsa bor joydan uzoq bo‘lish iffatning birinchi sharti edi.
Iffatli ayol erkak kishi bilan gaplasharkan, uyaladi. Ayol uchun iffatning shartlaridan biri ham erkak bilan beparvo gaplashmasligi, so‘zni qisqa qilishi, kulmasligi va samimiyat qurmasligidir.
Bir ayol yoki erkak bir-birovi haqida vasfi ila gaplashmasligi va boshqa kishilar bilan so‘zlashganda ham ismlarini aytmasligi iffatning kamolotidir. Iffati mustahkam inson mahrami bo‘lmagan kishining ismini aytmaydi.
📓 "Finlyandiyaning 100 ta ijtimoiy innovatsiyasi"
Finlyandiya qanday qilib Finlyandiya boʻldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar.
📚 @e_kutubxona
#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan №196 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
• Jami: 1242 ovoz
1. Molxona - 515 (41%)
2. Omma psixologiyasi - 206 (17%)
3. Manipulyativ diktatorlar - 200 (16%)
4. Tanho qayiq - 187 (15%)
5. Kreyser sonatasi - 134 (11%)
✅ Demak, 27-iyul kuni Kitobxonlar klubida "Molxona" asari tahlil qilinadi.
👍 Qatnashaman
👎 Qatnashmayman
👀 Kuzataman
🤔 Sharoitga qarayman
Kitobxonlar klubi
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Hikoya
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Xushtak afandim"
✍ Aziz Nesin
⚙ Hikoya
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 7 sahifa
📚 @e_kutubxona
2024-yilda yana qanday kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi va yangi tarjimalarning qaysilarini olishga, o‘qishga ulgurdingiz yoki o‘qimoqchisiz?
Izohlarda qoldirishingiz mumkin
«Kishining aqli hur bo‘lmas ekan, uning yurti hurriyatga ega bo‘lolmaydi, erisholmaydi. Chunki zehnlardagi qullik vatanlardagi qullikdan ko‘ra xatarliroqdir». (c)
📚 @e_kutubxona
«O‘rta sinf»
Iqtisodiy ma’noda jamiyat sinflarga bo‘linadi: quyi, o‘rta va yuqori. Ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jamiyatlarda quyi sinfni imkoni boricha o‘rta sinfga o‘tkazishga uriniladi. Chunki o‘rta sinf qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
• O‘RTA SINF – o‘ziga to‘q, yashash uchun barcha sharoitlarini o‘zi uchun yarata oladigan, ko‘p pul topib, ko‘p soliq to‘laydigan iqtisodiy faol guruh.
O‘z-o‘ziga to‘qlik bu sinfga ma’lum sifatlarni beradi: bular o‘zganing mulkiga ko‘z tikmaslikka, majburiyatlarini bajarishga, o‘zi yaxshi ta’lim olib, farzandlariga yaxshi ta’lim berishga, o‘zi yashayotgan zamin uchun qayg‘urishga, ijtimoiy va siyosiy faol bo‘lishga moyil bo‘lishadi.
Ya’ni bu toifa uyi ostonasidan hatlab chiqqanidan keyin: “Buyog‘i mening uyim emas”, demaydigan, balki uyidan tashqarini ham o‘z Vatani hisoblaguvchi sinf.
Boshqacha qilib aytganda, aynan shu guruhi ko‘p va mustahkam bo‘lgan mamlakatlarni biz rivojlangan, kuchli davlatlar deb bilamiz va ularga havas qilamiz. Zotan aynan o‘rta sinfi ko‘p va baquvvat bo‘lgan jamiyatlar davrning har qanday chaqiriqlariga javob bera oladi, istalgan paytda jipslasha oladi, istalgan paytda bor-budini mamlakat uchun safarbar eta oladi.
• YUQORI SINF bu – katta boylar: katta biznes vakillari yoki biron-bir yo‘l bilan katta boylik orttirganlar. Bu guruhning soni jamiyatda ko‘p bo‘lmaydi va o‘z mohiyatiga ko‘ra bu sinf boyliklarini tinchroq joylarda saqlashga, o‘zini dunyo fuqarosi deb hisoblashga moyil bo‘lishadi. Hammasi shunaqa demayapman, mohiyat shuni taqozo qiladi deyapman.
Shu sabablar bois bu guruh jamiyatning asosi, tayanchi bo‘lolmaydi.
• QUYI SINF esa moddiy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgani, boshi maishiy muammolardan chiqmasligi bois, rizq talabida boshi oqqan tomonga ketishga, bola boqish uchun uzoqlardan baxtini izlashga moyil bo‘ladi. Hammasi shunaqa demayapman, sharoit shuni taqozo qiladi deyapman. Quyi sinf iqtisodiy faol guruh bo‘lmagani uchun, jamiyatga ko‘p foyda keltirolmaydi: ishlab-chiqarish jarayonlarida sub’yekt sifatida qatnashmaydi, ko‘p soliq to‘lolmaydi.
Shu uchun ham har bir sog‘lom jamiyat imkoni boricha ko‘proq oilalarni quyi maqomdan o‘rta sinfga chiqarib olishga zo‘r beradi. Qonunlar, tartiblar, harakatlar, jamiyat ichidaga barcha bahslar-u izlanishlar – hammasi shu guruhning sonini oshirishga qaratiladi. Chunki aynan o‘rta sinf kuchli jamiyatning asosi bo‘lib, u baquvvat bo‘lsa, jamiyat har qanday dovondan oshib o‘ta oladi, har qanday chaqiriqqa javob bera oladi.
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
🌐 Jahon adabiyoti
📓 “Betizgin iste’dodlar” uyushmasi
✍ Robert Shekli
⚙ Hikoya
⚖ 0,4 MB
🔎 PDF
📄 20 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Iqtiboslar
• PhD va DSc diplomlari bu Vatan va millat oldidagi mas’uliyat, oylikni oshirish vositasi emas!
• Ovozining qiymatini bilmagan xalq, nonning qiymatini nazorat qila olmaydi.
• Rejim uchun eng xavfli inson - bu bo‘sh vaqti bor o‘qituvchidir.
• Bizda ko‘pchilik professorlar, talaba yozgan 12 varaqli daftarni o‘qib olim bo‘lishgan.
• Olimlarga berilayotgan diplom, senzuradan boshqa narsa emas.
• Jamiyatning uyg‘onishi uchun non emas - yuksak g‘oyalar turtki bo‘lishi kerak
• Miyasida o‘tkazilgan muvaffaqiyatsiz tajriba uchun, Milliy g‘oya yo‘nalishi talabalarga kompensatsiya to‘lanishi kerak.
• Yil yakunida 110 ballik tizim qolipiga tushmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar kilolab hujjat ko‘tarib yurishibdi.
Olim, jamiyatga ko‘rsatgan ta’siri bilan baholanishi kerak.
• Professor ustozlar, shogirtlarining "dissertatsiya"lari bilan ilmiy qatag‘on qilinmoqda.
• Atrofingiz yolg‘onga to‘lgan bo‘lsa, "dangasalik" ham taskin beradi.
• O‘zi bilan o‘zi ziddiyatda yurgan olimlarni ko‘p uchrataman. Chunki jamiyatni tuzatmagan ilm, egasini buzadi.
• Ayolga qo‘l ko‘tarish, birinchi va boshqa xonimlar o‘rtasidagi misilsiz tafovut maxsulidir.
• Davlat - kattalashib ketgan oiladir. Davlatda zulm to‘xtatmas ekan oilalarda zulm to‘xtamaydi. Davlatdagi asosiy zulm hokimiyatni xususiylashtirishdir.
• Postbiologik hisobdorlik, mo‘minlikni taqozo qiladi.
• O‘zbekiston politologlar uchun misli "oltin koni", normal davlatlarda ilmiy kuzatishlar bilan aniqlanadigan jarayonlar bizda ko‘z o‘ngingda, barcha qirralari bilan ochiq namoyon bo‘ladi.
• Krediti bor olimning ilmi — kreditni so‘ndirish uchundir.
• Oʻzbek taʼlim tizimining eng xavfli paraziti bu propagandadir, biz uni “maʼnaviyat” deb nomlaganmiz...
• Salohiddinlar har kun tug‘iladi, lekin "Salohiddanlar" muhiti va tizimi (institutlari) bo‘lmagandan keyin ular asta-sekin mardikorlarga aylanadi.
• Rossiya e’tiroz bildirmagan islohot, islohot emas.
- Hamid Sodiq
📚 @e_kutubxona
Jismning ayblarini bir metr mato to‘sadi. Lekin fikrning ayblarini birinchi bahsu munozaraning o‘ziyoq ochib beradi. (c)
📚 @e_kutubxona
#Qalb_iffati
Nuriya Cheleen, «Qalb iffati» asaridan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2)
- Bilasanmi, Maryam, eng go‘zal ayol kim? Eng go‘zal ayol nomahramning soyasi tushmagan ayoldir. Sen ayollarning mahramda o‘rnagisan. Sen butun nomahramlardan saqlanding. Robbimiz ayolda jamol sifatini akslantiradi. Ayol iffat chachvonini taqqanida jamolga oyna bo‘ladi. Iffat chachvoni tushgan ayolda jamol ham ich-ichiga tushadi. Ayolning asl jamoli qalbdagi jamolidir. Qalbning jamoli esa iffat bilan bo‘ladi.
Hasad qalbni o‘ldiruvchi og‘uga o‘xshaydi. Qalbga tushishi bilan butun hislarni zaharlaydi. Hasad qilgan yomon gumonga boradi. Yomon gumon giybatga boshlaydi. Gʻiybat o‘ziga yolg‘onni ergashtiradi. Yolg‘onchi bo‘hton so‘zlaydi. Hammasi bir-birini yetaklab keladi.
Erkak kishi ulug‘vorlik ko‘ylagining ustidan halimlik to‘nini kiysa va g‘azabini sabr-la yutib, ayoliga shafqat bilan muomala qilsa, yuksalardi. Shunda ayol eriga ehtirom ko‘rsatardi. Ayol odobni eridan o‘rganardi. Er o‘z ayoliga qanchalik shafqatli bo‘lsa, ayol ham shunchalik odobli bo‘lardi.
Adabning asli aqlni qurbon qilish, degan sirda yashirin. Er ayolga e’tiroz nuqtasini qoldirmasa, ayol ham aqlini qurbon qilib, adab sirini qo‘lga kiritgan bo‘lardi.
Qalb go‘zal bo‘lsa, gumon ham chiroyli bo‘ladi.
Bolaning dunyoqarashi onaning dunyoqarashidan. Bola onadan fe’l oladi.
Qiyomatga yaqin dunyodan qo‘l tortishni istagan, ammo torta olmagan; oxiratni sog‘ingandek ko‘ringan, lekin sog‘inmagan; boshqalarni davlat eshiklariga borishni man qilgan, biroq o‘zlari o‘sha eshiklardan ayrilmagan; boylarga yaqinlashib, faqirlardan uzoqlashgan; qo‘llarini zodagonlarga uzatib, kambag‘allardan tortib olgan olimlar keladiki, ana o‘shalar shaytonning birodarlari, Rahmonning dushmanlaridir.
- Ey otajon, odob, nasab, mol va ilmdan qaysi bir ustunroq? - deb so‘rabdi Luqmoni hakimning o‘g‘li. Hazrati Luqmon o‘g‘liga shunday debdi:
- Odob nasabdan, ilm moldan xayrlidir.
- Eng yaxshi xislat qaysi?
- Dindor bo‘lish.
- Bu xislat ikkita bo‘lsa-chi?
- Dindorlik va mol sohibi bo‘lish.
- Uchta bo‘lsa?
- Dindorlik, mol va hayo.
- To‘rtta bo‘lsa?
- Dindorlik, mol, hayo va go‘zal axloq.
- Beshta bo‘lsa?
- Dindorlik, mol, hayo, go‘zal axloq va jo‘mardlik.
- Oltita bo‘lsa?
- O‘g‘lim, kimda bu besh xislat bo‘lsa, u taqvo ahlidan bo‘ladi. U Allohning do‘stidir. Shayton undan uzoq turadi.
Qalbni Unga topshirasiz, nafsdan kechib, menlikdan ajralsangiz, Allohning O‘zi o‘rgatadi hamma narsani.
Bildirma
Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №196 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Jorj Oruellning "Molxona" asari tahlil qilinadi.
Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
#iqtibos
Aqliy mehnatga toqati yo'q xalq jismoniy mehnatga mahkumdir!
- Husayn Buxoriy
📚 @e_kutubxona
#Risola
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Temirchining tillolari"
✍ Ne’mat Aminov
⚙ Risola
⚖ 0,1 MB
🔎 PDF
📄 9 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Koʻrilma
"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan
19.07.2024
📚 @e_kutubxona
#Keltirma
«Tuproq bolalarning bahoridir».
📚 @e_kutubxona
#10kitob
“Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin domla Xoliqnazarov tavsiya qiladi:
1. Qurʼoni Karim
2. Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy”
3. Sunan kitoblari
4. Kosoniy, “Badoiʼ as-sanoiʼ fi tartib ash-sharoiʼ” asari
5. Burhoniddin Margʻinoniy, “Hidoya” asari
6. Alixontoʻra Sogʻuniy, “Tarixiy Muhammadiy” kitobi
7. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani
8. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” asari
9. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Tafsiri Hilol”, “Hadis va hayot” kitoblari
10. Alisher Navoiy asarlari
📚 @e_kutubxona
#Yangi_nashr
2024-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan eng yaxshi kitoblar
📓 “Taxtlar oʻyini”, Jorj Martin
Nihoyat oʻzbek tiliga fentezi janridagi asarlar ham tarjima qilina boshlandi. Albatta, oʻzbek tilidagi kitoblar bozorida Garri Potter haqidagi asarlar, “Uzuklar hukmdori” kitoblarini koʻrish mumkin edi. Ammo gap shundaki, yuqoridagi kitoblarga mualliflik huquqi sotib olinmagan. Va tarjima sifatida ham kitobxonni xafa qiladigan darajada edi.
Demak, “Taxtlar oʻyini” mualliflik huquqi sotib olingan fentezi janridagi ilk asar boʻlmoqda. Koʻpchiligimiz bu kitob bilan shu nomdagi serial orqali tanishmiz. Bu Jorj Martinning “Muz va olov qoʻshigʻi” epopeyasining 1-qismi hisoblanadi. Bu oʻzbek kitob bozori, umuman tarjimashunosligida alohida bir sahifa. Chunki fentezi olami juda qiziqarli va bu olamni endilikda oʻzbek kitobxonlari ham oʻzi uchun kashf qilishi mumkinligi, albatta quvontiradi.
• Chop ettirgan nashriyot: Zabarjad Media
• Tarjimon: Mirzohid Muzaffar
📓 “Ishgʻol qilingan uy”, Xulio Kortasar
Jahonning nufuzli tanqidchilari “Argentinaning birinchi raqamli adibi” deya ta’rif bergan mashhur yozuvchi Xulio Kortasarning hikoyalar to‘plami oʻzbek tilida nashr ettirildi. Kitobdan Kortasarning 20 ga yaqin eng sara hikoyalari o‘rin egallagan.
• Chop ettirgan nashriyot: Akademnashr
• Tarjimon: Sharifjon Ahmad
📓 “Rejali ayol”, Mey Mask
Ushbu kitobda mashhur milliarder Ilon Maskning onasi Mey Mask oʻzining murakkab, lekin mazmunli hayoti toʻgʻrisida soʻzlaydi. Asarni oʻqib, Mey Mask naqadar mustaqil va jasur ayol ekanidan hayratlanasiz. U oʻzining boy hayotiy tajribasidan kelib chiqib, goʻzallik, sogʻlik, baxt va farzand tarbiyasi sirlarini biz bilan baham koʻradi.
• Chop ettirgan nashriyot: Asaxiy Books
• Tarjimon: Madina Ahmedova
📓 “Mantiqiy xato”, Bo Bennett
Kitob mantiqiy mulohaza yuritishning asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Unda kundalik hayotda, bahslarda ko‘p uchraydigan xatolar va ularning turlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, argumentlash bo‘yicha misol va foydali tavsiyalar keltirilgan.
Xatoning nima uchun xato ekanini bilsangiz, unga yo‘l qo‘ymaysiz. Bu xislat sizni oqil, vazmin va mulohazakor insonga aylantiradi.
• Chop ettirgan nashriyot: Asaxiy Books
• Tarjimon: Rahimjon Qudratov
📓 “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi”, Viktor Gyugo
Gyugoning 1831-yilda yozilgan ushbu mashhur tarixiy romani endi oʻzbek tilida. “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi” u asarida tarixiy voqealar orqali keskin va oʻzgaruvchan davr manzarasini aks ettirgan.
• Chop ettirgan nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Tarjimon: Bahodir Umarov
📓 “Turkiston Rossiya va Xitoy oraligʻida”, Boymirza Xayit
Turkistonning XV-XX asrlardagi hayoti yoritilgan ushbu kitob jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 42 yillik urushda jon bergan qurbonlar buning guvohidir (1853 — 1895). Undan keyin yana o‘nlab yillar qarshilik harakati davom etdi.
Ushbu kitobda bu davrlardagi haqiqatlar keltirilgan va bir qancha miflar inkor etilgan.
• Chop ettirgan nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Tarjimon: Baxtiyor Isabek-Oʻrdabekli
📓 “Xandaq”, Andrey Platonov
Andrey Platonovning ushbu asari falsafiy hamda antiutopik roman hisoblanadi. Antiutopik asarlar “fanati” sifatida, bu asarni oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman.
• Chop ettirgan nashriyot: Akademnashr
• Tarjimon: Sharifjon Ahmad
📓 “Daho”, Vilyam Saroyan
Kelib chiqishi arman millatiga mansub taniqli amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyanning hikoyalari nihoyat endi oʻzbek tilida. U oʻtkir hikoyanavis sifatida dunyoga tanilgan. Hikoyalarining tili achchiq, uslubi quruq, qisqa, biroq hayotga oʻziga xos rakursdan qaraydi.
• Chop ettirgan nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Tarjimon: Alisher Fayzullayev
Manba
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Bu ummatni kim uyg‘otadi?!
Nabiy sallollohu alayhi va sallam bilan Quraysh orasida jang qizidi. Odatda arablar qilichidan ko‘ra so‘zi bilan alamliroq hujum qilishadi.
Ana shu paytda Hasson ibn Sobit roziyallohu anhu o‘z she’rlari bilan islom chegarasini himoya qila boshladi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam unga: "Ularni hajv qil, Ruhul Quds hamrohing bo‘lsin!", dedilar.
Bu dinning chegaralari turlicha. Barcha qobiliyatli insonlar uchun bunda joy bor.
Qachonlardir Xolid roziyallohu anhuning qilichi bilan himoyalangan islom o‘rni kelganida Hasson roziyallohu anhuning she’rlari bilan ham himoyalangan. Har kim o‘z maydonida sinaladi. Ular ikkisi ham o‘z o‘rnida qahramon edi.
Din olimi aqidani himoya qiladi. Askar vatan chegaralarini himoya qiladi. Yo‘lchi yo‘l quradi. Onalar kelajak avlodni bino qiladi.
Maorif vaziri ziyo taratadi. Muallim maktabda nur tarqatadi. Hamshira bemorga yordamlashadi. Voizlar ruhlar muolajasini qilishadi.
Bizdan har birimiz o‘z maydonimizda muhimmiz. Bundan bexojat bo‘la olmaymiz.
Menga: "Bu ummatni kim uyg‘otadi?!", demang. Avval o‘zingiz ko‘zingizni oching!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
✍ Shaxsiy rivojlanish
• Intizom
• Hotirjamlik
• Dangasalik
• Yangi «Men»
• Bir soat kuchi
• Birinchi qadam
• Maqsad - Ibtido
• Maqsad - Intiho
• Kuchli qurol - odat
• Xatoni qabul qilish
• Chalg'ituvchi olam
• Rejalashtirish san'ati
• Sinov bilan yuzlashish
• Maqsad qo'yish san'ati
• Bosim ostidagi yoshlar
• Ustoz nima uchun kerak
• Investitsiya qilish san'ati
• Salbiy muhitda rivojlanish
• Istalgan shaxsga aylanish
• Vaqtni samarali boshqarish
• Insonni eng katta dushmani
• Comfort zona haqida batafsil
• Kuchli mentalitet shakllantirish
• Boshqalarni fikriga e'tibor bermang
• Noqulay muhitda shakllangan inson
✍ Moliyaviy erkinlik
• Moliyaviy savodxonlik
• Eng tez pul topish yo'li
• Aktiv va passiv daromad
🚀 «Special» desserts
• Maktub
• Seni yaxshi ko'raman
• Endi o'zinga kelishingiz kerak
Foydali deb bilsangiz, boshqalar bilan ham ulashing!
✅ Mundarija 1.0
✅ Manba - @mashuraliev
«Yozilayotgan maqola bugunning muammosini ochib berishga qaratilib, jasorat bilan yozilmas ekan, o‘nlab kitob yozsangiz ham kafedra yoki fakultet jamoasining "maqtovi" dan keyin suvga otilgan tosh kabi cho‘kadi. Universitet buyurtmasini bajarish uchun yozilgan har bir maqola muallifni ichki g‘ayri axloqiy holatga olib keladi va real hayotdan uzoqlashtiradi. Professor-o‘qituvchilarning eng katta muammosi ularning reallikdan qo‘rqishi va undan uzilib qolganligidir».
- Hamid Sodiq
📚 @e_kutubxona