e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54086

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

​Ushbu loyiha yurtimizdagi kitobxonlarni bir joyda to'plash (xoh onlayn bo'lsin, xoh offlayn) ularning sonini yanada ko'paytirish, saviyali va foydali kitoblar mutolaasini oshirish, nashriyotlarda chiqayotgan kitoblarning sifati, xatolari, tarjimasi va muharrirlik ishiga erkin va holisona fikr bildirish, yutuqlarini e'tirof etishni vazifa qilib oladi. Maqsad o'zbek kitobxoni sifatli va saviyasi yuqori kitob o'qisin. Keling, ko'ring, safimizga qo'shiling va kitobxonlik atmosferasidan bahramand bo'ling.

/channel/Kitobxonlar_ligasi_uz

Reklama

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Oisha onamiz roziyallohu anho ayollar tarbiyasiga alohida e’tibor berar edilar. U kishi ayol kishining jamiyatdagi tutgan o‘rnini yaxshi anglaganlari uchun shunday qilar edilar.
Oisha onamiz roziyallohu anho ayol kishining ishsiz qolishiga qarshi edilar. U kishi ayollarni doimo foydali mehnatga chorlar edilar va:
«Ayol kishining qo‘lidagi urchuq Allohning yo‘lida jihod qiluvchi mujohidning qo‘lidagi nayzadan yaxshidir», der edilar.
U kishi bir kuni bir ayolning qo‘lida urchuqning izini ko‘rib qolib shunday dedilar:
«Senga Alloh tayyorlab qo‘ygan narsalarning bashoratini beraymi?. Ey ayollar jamoasi! Alloh sizlar uchun tayyorlab qo‘ygan narsalarning ba’zisini ko‘rganingizda, ertayu kech tinim bilmas edingiz. Qay bir ayol o‘zi, eri va bolalari uchun urchuq yigirsa, albatta, Alloh azza va jalla unga jannatdan mag‘rib va mashriqdan kengroq uy beradi.
Har bir to‘qigan kiyimi uchun unga bir yuz yigirma ming shahar beriladi.
Ey ayollar jamoasi! Erlaringizga itoat qilganingiz, bolalaringizga xizmat qilganingiz uchun sizlarga Alloh taoloning huzuridagi narsalarning bashoratini qabul qiling! Sizlar bu dunyoda miskin bo‘lsangiz ham, u dunyoda anbiyolarning xotinlari bilan birga jannatga birinchi borganlardan bo‘lasiz. Alloh taolo sizlarning kabiradan boshqa gunohlaringizni mag‘firat qiladi»

- Dilfuza Saidrahmon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 BEPUL «PDF» KITOBLAR! 📚

📙 «Tushda kechgan umrlar»;
📕 «Muvaffaqiyat siri»;
📔 «Insonni oʻrganish ilmi»;
📒 «Notiqlik san’ati»;
📘 «Atom odatlari»;
📙 «Molxona»;
📓 «Tarixi Muhammadiy»


🇬🇧 READING | IELTS 9.0 | DICTIONARY
🇷🇺 RUS TILINI oʻrganamiz


KOʻK YOZUV USTIGA BOSING!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

E’LON

Bir ajoyib sevgi qidirilmoqda,
Belgilari: ma’yus, sero‘ychan yuzi.
Kulgulari go‘zal, kulmaydi soxta,
Pomir tog‘lariga cho‘zilgan izi.

Yo‘qolgan sanasi: ul sanam ketib,
Qaytish yo‘llarini unutgan oqshom.
Bo‘yi osmonlarga qolganda yetib,
Yerga bir qulagan xayol parishon.

Katta chandig‘i bor yurak qismida,
Yonida yuradi buyuk nafrati.
Ko‘ring, tag‘in demang, Layli rasmi-da,
Bu o‘sha yo‘qolgan sevgi suvrati.

Tishlari sadafdan, lablari g‘uncha,
Demasmiz, u oddiy, biroq buyukroq.
Ko‘rganlar deyishar, uni ko‘rguncha
Qalb tuyg‘u bilmasdi laziz, suyukroq.

Bu e’lonni yoying hamma tarafga,
Ul ishqning ta’rifi: ko‘p bo‘lmasligi.
Uning muhimligi topilishimas,
Balkim... hech qachonlar topilmasligi!

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Turk tili boʻyicha sifatli online kursga marhamat!

Agar turk tilini qatʼiy bir shaklda tizimli oʻrganmoqchi boʻlsangiz, navbatdagi TYS va Milliy sertifikat sinoviga jiddiy tayyorlanmoqchi boʻlsangiz, A1 darajadan boshlanadigan guruhimizga taklif qilamiz!

A2 ni yakunlayotgan guruhimizga ham qabul ochiq!


✅ Oʻqituvchining darajasi: Yunus Emre va Aydın TÖMER imtihonlaridan 2 ta C1 daraja.
⚡️Oʻquvchilarimiz natijasi bu yerda

Murojaat uchun: @C0smopoIitan

Shuningdek, turkcha-oʻzbekcha boʻyicha tarjimonlik, muharrirlik ishlari boʻyicha ham murojaat qilishingiz mumkin! 


❗️Kursimiz Zoom dasturi orqali oʻtiladi va har bir dars yozib olinib guruhga yuborib turiladi qayta takrorlab olishingiz uchun. Dars haftada 3 kun 1,5-2 soatdan oʻtiladi. Dars vaqti oʻquvchilar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Kurs davomiyligi 4-5 oy davom etadi. Harakatchan boʻlsangiz, undan ham tezroq yakunlanadi va natija ham kafolatlanadi.

Bizning kanal: Türkçeyle yükselin!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

   Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)

[1-qism bu yerda]

Kelajakni aytib berishning eng yaxshi usuli — uni kashf qilishdir.


Iste'molchining barcha ko‘rayotganini biz mahalliylashtiramiz, u ko‘rmagan narsalarini, biz globallashtiramiz.

«Men bezovta bo‘lgan vaqtimdagina ko‘nglim tinch bo‘ladi».


Buqa bilan jang qiladigan kishi bo‘lish uchun avvalo ho‘kiz bo‘lmoq kerak (ispan maqoli)


Ilmiy bo‘limda ajoyib texnika qilinayotganda marketing bo‘limida ajoyib mahsulotlar yaratiladi. (Uilyam Davidov)


Har qanday muammo — bu juda yaxshi yashiringan imkoniyatdir.


Har qanday bozorda ikkita ahmoq bor — biri juda kam so‘raydi, biri juda ko‘p.


Baland narxlarga sajda qilmoq har doim raqobatchilar uchun bozor yaratadi (Piter Druker)


Mahsulot — agar sotilmasa, u mahsulot emas. Unda oddiygina muzey eksponatidir. (Teodor Levitt)


Ba'zan yaxshi mahsulot emas, balki marketingchisi yaxshi bo‘lgani yutadi.


Sifat muammolarining 85 foizi bo‘yicha menejment javob beradi.


Tabassum qilishni bilmasang, do‘kon ochib yurma.


Siz uyingizga kechki ovqatga taklif qilishni istamagan odamni ishga olmang.


Hamma nimadir sotish bilan yashaydi.


Sotuvchilar ishontiruvchidan maslahat beruvchiga aylanishlari darkor.


Xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan korxonalarga muvaffaqiyat qozonish xosdir; foyda olish uchun yaratilgan korxonalarga kasodga uchrash xosdir. (Nikolas Batler)


Agar biznesning raqobatchilar oldida noyob ustunligi bo‘lmasa uning mavjudligiga hojat yo‘q.


Marketing urushlari. Narxlar urushlari va bir-biriga zarar berishlar, ko‘proq strategiya borligidan ko‘ra, yo‘qligini ko‘rsatadi.


Muvaffaqiyatsizlik — bu hamma narsani yangidan va ancha aqlli bo‘lib boshlash imkoniyatidir.


Men umrida bir marta bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka uchramagan odamni ishga yollamas edim.


Erkin shaxs bo‘lmay turib, yaxshi marketolog bo‘lishning iloji yo‘q.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Asliyat

«Rasululloh sollollohu alayhi va sallamning muborak majlislarida taomlar, ichimliklar, ularning shirinligi-yu bir-biridan afzalligi haqida suhbatlashilmas edi, balki bu ahli dunyolarning majlislaridagi mavzudir».

- «Ar-Rosulul mu’allim» kitobidan.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fitrat

«Ular qushlarning qanotini kesib, keyin ularni avvalgidek ucholmaganlikda ayblashadi».

- Malkolm X, «Fitrat» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Adolat ilmidan saboqlar


Bir kuni eshik taqilladi. Chiqib qarasa, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu turibdi. Xalifa quyidagicha gap boshladi: “So‘zimni tingla. Seni tanimayman. Lekin mana bu ot sotuvchi o‘zi bilan mening oramda hukm chiqarib berishingni so‘ramoqda. Shunday ekan, uyimga yur”, dedi.

Shurayh: “Allohga qasamki, haq talashuvchilardan biror-birining uyiga bormayman, hatto u xalifa bo‘lsa ham”, dedi. Umar ibn Xattob Shurayhga nazar solar ekan, uning saboti va mantiqidan hayratlandi. Keyin hammalari Shurayhning xonadoniga kirishdi.

Ot sotuvchi: “Mo‘minlar amiri mendan ot xarid qildi. Bir necha daqiqadan keyin otni keltirib, pulini qaytarib berishimni talab qildi”, dedi. Umar ibn Xattob: “Ha, rost. Lekin u kasal otni sotib, meni aldadi”, dedi. Shurayh xalifadan: “Otni sotib olayotganingizda unda kasallik alomatlari bormidi?” deya so‘radi. Hazrat Umar: “Yo‘q”, dedi.

Shurayh: “U holda sotib olgan narsangizni olib keting yoki sotib olganingizni qaytarib bering”, dedi. Hazrat Umar: “Bu bilan nima demoqchisan?” deb so‘radi. Shurayh bunday izoh berdi: “Ya’ni sotuvchida sizning haqingiz yo‘q. Yoki otni hoziroq olib ketasiz, yoki egasiga olgan vaqtingizdagi kabi salomat topshirasiz”.

Hazrat Umar sukut saqladi. Shurayhning mantiqi va shijoati haqida fikrlab: “Allohga qasamki, sen qandayin ham yaxshi qozisan. Ushbu hikmatni qayerdan keltirding?” deb so‘radi. Shurayh: Qur’oni Karim va sunnati mutahharodagi adolat haqidagi hukmlarni o‘n yetti yil o‘rgandim”, dedi. Shundan so‘ng xalifa uni Kufaga qozi etib tayinladi.

- "Oshnolar va tashnalar" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fitrat

   Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)

[1-qism bu yerda]

Ovozlaringizni behuda sarflamang. Ovoz berish otilgan o‘qqa o‘xshaydi. Aniq maqsadni bilmasangiz ovoz bermang, yaxshisi ovozingiz o‘zingizda qolsin.


Amerika Islom dinini tushunishi kerak, chunki u o‘z jamiyatini irqchilik balosidan qutqara oladigan yagona din.


Insonlar bir odamning butun hayoti birgina Kitob bilan o‘zgarishi mumkinligidan bexabarlar.


Ta'lim — bizni kelajakka olib boradigan hujjat. Kelajak bugundanoq unga tayyor bo‘lganlarnikidir.


Sochingga berganingdek miyangga e'tibor ber va ming marta yaxshiroq bo‘lasan.


Dono odam mazxaraboz rolini o‘ynashi mumkin, lekin mazxaraboz dono odam rolini o‘ynolmaydi.


Qancha sekin bo‘lsang bo‘l! Hali boshlamagandan oldindasan!


Irqchilik ideologik tushuncha emas, psixologik xastalikdir...


Tarix insonning xotirasida muhrlanadi, xotirasi bo‘lmagan insonni hayvondan nima farqi bor?!


Hamma uxlaganlarni uyg‘otishga bir uyg‘oq yetarlidir.


Ma'rifat idrokni, tushunish muhabbatni, ishq esa sabrni, sabr birlikni o‘rgatadi.


Agar uyg‘oq bo‘lmasangiz, gazetalar [media, ijtimoiy tarmoq] sizni mazlumlarno yomon, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘yadi.


Yigirmanchi asrda yangi imperializmning zamonaviy quroli dollarizmdir.


Yo‘q, sen ozod emassan. Shunchaki bo‘yningdagi arqon boshqalarnikiga qaraganda uzunroq xolos.


Yomonliklarni tugata olmaymiz, ammo yaxshiliklarni ko‘paytira olamiz.


Diningga ko‘ra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi.


Kelajak — unga hozirdan tayyorgarlik ko‘rayotganlarga tegishli.


Ommaviy axborot vositalari mohirona bir manipulyatsiya bilan mazlumni zolim, zolimni esa mazlum sifatida ko‘rsatishi mumkin.


Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan...


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

ADAB VA HIMMAT

Aql ham o‘sadi. Aqlni adab o‘stiradi.
Inson adabni odat tutgani sayin aqlli bo‘lib boradi. Adabsiz aql va es-hushdan yiroq bo‘ladi.

Adab hammaga loyiq muomala qilishdir.

Himmat buyuk ishlar uchun insonni qo‘zg‘atuvchi kuch. Buyuk ishlar ko‘zga ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi ham mumkin.

Xususan, kimni o‘zingga aziz va ulug‘ deb bilsang, uning qalbini ozurda va g‘amgin qilmaslik ham himmatdir.

Boshingga tushgan tashvish kattaroqmi, yoki sen sevgan insonning qayg‘usi?

(Sevgiga solih insonlar munosibdir)

Himmat sohibi o‘z tashvishini ro‘kach qilib sevgilisiga e’tiborsizlik ko‘rsatmaydi. O‘z g‘ami yuki iddaosi ila mahbubini xijolatga tashlamaydi. Bunday qilmaslik uchun himmat kerak. Himmatni tutib turadigan odob lozim.

Shu ish ham buyuk ishning bir turidir. Ko‘ngilni asrash kabi buyuk ish bormi?..

- Akrom MALIK

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Read More & Share More
📚 Explore the Best Books with Us!

🌟 Join Our Community of Book Lovers
Discover carefully selected books and share the joy of reading.

📖 Looking for Your Next Favorite Book?

🔗 Visit: ReadMore📚 Channel

📢 Share. Read. Repeat.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

😀Turk tilini o‘rganmoqchisiz, may oyidagi imtihonga tayyorlanishning ayni vaqti!

❤️ Bu oʻquv yili tugashiga ham oz qolmoqda. Yangi mavsum esa yaqin...

💕 Xoʻsh, siz qanchalik tayyorsiz? 2025-yil til oʻrganishni reja qilgan boʻlsangiz, harakatni boshladingizmi?

📌Agar may oyida boʻlib o‘tadigan CEFR yoki TYS imtihonlariga kirib, kerakli natijaga erishishni istasangiz, sizga maxsus taklifimiz bor:

🛎️"Maʼrifat" taʼlim markazida onlayn Turk tili kurslari ochilmoqda.😍

• Kurs davomiyligi: 3 oy
• Haftada 4 kun (1 ta dars soʻzlashuv);
C1 darajadagi malakali ustoz;
• Yordamchi ustozlar va imtihonlar sizni kutmoqda.
• Darslar 10-fevraldan boshlanadi. Sinov darsimizda kutamiz!


"0"dan boshlanadigan 2 ta guruhga qabul davom etmoqda. Hoziroq murojaat qilib, oʻz oʻrningizni band qiling!

🔜 @marifat_qabul

🌸Aytgancha, faqat ayol-qizlar uchun :)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

TARIX OMONATDIR

Ma’lumki, ilm‑fan xulosalari doim ham qat’iy bo‘lmaydi, ko‘pincha nisbiy bo‘ladi va ilm taraqqiy etishi bilan hamisha o‘zgarib turadi. Insonning ojizligi va tajriba shuni taqozo qiladi.
Shariatdagi ijtihodiy yoki ayrim zonniy bilimlar o‘zgarishi mumkin, ammo qat’iy ilmlar o‘zgarmaydi. Ilm‑fandagi ayrim tajribiy va aqliy xulosalar agar o‘sha qat’iy ilmlarga zid kelsa, shariat olimlari bunga albatta e’tiroz bildirishga haqli. Aks holda, nisbiy yoki davriy bo‘lgan xulosalar sababli dinning asoslariga putur yetishi mumkin. Bu holda shariatning samoviyligi yo‘qqa chiqadi. Shuning uchun ham dinning himoyasida posbon bo‘lgan olimlar shariatga zid qarashlarga hamisha raddiya berib keladilar. Bu ularning vazifalari. O‘z navbatida, tajribiy ilm egalari ham o‘z sohalari bo‘yicha boshqalarning xatolarini tuzatib kelishadi. Shu zaylda ular bir‑birlarining xatolarini to‘g‘rilab borishgan. Bu ilmiy bahs hamisha davom etgan va etaveradi ham. Buni to‘g‘ri qabul qilish lozim. Bundan shariat olimlari bilan boshqa ilm egalari o‘rtasiga choh qazishga urinish savodsizlik yoki g‘arazgo‘ylikdan bo‘ladi.
Oldinda ayrim suyak qoldiqlarini dalil qilib, odamni maymundan bo‘lgan deyishga urinishar edi. Genetika fani va boshqa tadqiqotlar bu safsatani butkul inkor qilgach, boshqa taxminlar ilgari surilmoqda. Yaqinda bir joyda fan olimlari bilan bo‘lgan majlisda ular yer yuzida insondan oldin unga o‘xshash maxluqlar bo‘lib, ular qirilib ketgan bo‘lishi va mazkur suyaklar o‘shalarga tegishli ekani taxmin qilinayotganini aytib qolishdi. Ibn Kasir va boshqa mufassirlarimiz Hijr sursi oyatlari tafsirida yer yuzida Odamdan oldin bun va jin toifalari yashagani, bunlarni jinlar qirib tashlagani haqida rivoyat borligini aytadilar. Demak, izlanishlar davom etar ekan, xulosalar o‘zgarib borishi mumkin. Qur’oni Karimdagi haqiqatlar esa o‘zgarmaydi.

- Hasanxon Yahyo Abdulmajid

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Hamma o‘qiyotgan kitoblarni o‘qisang hammaga o‘xshab yuraverasan, hech kim o‘qimayotgan kitoblarni o‘qisang natijaga erishasan.


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#MAQOL

Agar biror yerda kichik insonlarning ko‘lankasi kattalashganini ko‘rsang, demak, o‘sha yerda quyosh botayotgan ekan!

- Turk maqoli

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

...biz odamlarni tuzatadigan eshikni bilmagan ekanmiz, eshik qolib derazadan kirib-chiqib yuravergan ekanmiz. Odamlarni tuzatadigan eshik,  bu – ayol kishi ekan! Odamlarni tuzatadigan eshikning kaliti ayollarning qo‘lida ekan! Lekin afsus, bu haqiqatni men umrimning nihoyasida bildim!...


Biz kim... AYOL

Musulmonlar olamining ulug‘ olimlaridan, so‘z san’atining sultonlaridan bo‘lgan Ali Tantoviy "Ey qizim" degan risolasida shunday yozadilar:

"Men 50 yil umr ko‘rdim, dunyodagi juda ko‘p mamlakatlarni kezib chiqqanman, juda ko‘p yaxshi-yomonlarni ko‘rganman. Tajribamdan kelib chiqib shuni aytamanki, odamlarni isloh qilamiz deb, odamlarni tuzatamiz deb ma’ruzalar qildik, kitoblar yozdik,  gapiraverib tillarimiz charchadi,  yozaverib qalamlarimiz zerikib ketdi. Biz odamlarni tuzatamiz desak, ularning  buzilishi ko‘payib ketyapti, fasodning doirasi kengayyapti, fasod bir shahardan ikkinchi shaharga qarab cho‘zilyapti. Alloh munkar degan ish butun dunyoga yoyilib ketyapti. Jannatning eshigi turganda odamlar o‘zlarini do‘zaxning eshigiga uryapti. Shuncha gapirib biz najot topolmadik, muvaffaqiyatga erisholmadik. Muvaffaqiyatga erishamiz deb gumon ham qilmaymiz. Nimaga bilasizmi? Sababi shuki, biz odamlarni tuzatadigan eshikni bilmagan ekanmiz, eshik qolib derazadan kirib-chiqib yuravergan ekanmiz. Odamlarni tuzatadigan eshik,  bu – ayol kishi ekan! Odamlarni tuzatadigan eshikning kaliti ayollarning qo‘lida ekan! Lekin afsus, bu haqiqatni men umrimning nihoyasida bildim!"

Bu jumlalar oila va jamiyatda ayolning o‘rni naqadar beqiyosligini ko‘rsatadi! Lekin hammamiz ham bu mas’uliyatni to‘laligicha his qilyapmizmi? Biz nimalar bilan mashg‘ulmiz?  Erlarimiz ne mashaqqat bilan topib kelganiga qanoat qilyapmizmi? Farzandlarini qarindoshiga, yo yaqin tanishiga topshirib, pul ishlash uchun uydan chiqqan ayollarni qo‘ya turaylik, uyda o‘tirib farzandlariga vaqt ajrata olmayotgan, tarbiyani eng oxirgi ish deb qarayotgan ayollarimiz hademay ekkanimizni o‘radigan vaqt kelishini his qilarmikinlar?

Zamonamizning olima ayollaridan bo‘lmish ustozamiz Odinaxon Muhammad Sodiq qalamlariga mansub " Qizlarjon" kitobini varaqlayman. Unda shunday satrlar bor:

"Ota-ona o‘zining erinchoqligi bois yoki boshqa sabablar bilan bolani televizor qarshisiga "mixlab" qo‘yishi uning hayo pardalari tirnalishiga ilk qadam hisoblanadi. Biz "multfilm" deb ataydigan, aslida kattalar ham ko‘rsa, uyaladigan sahnalarga boy animatsiyalar hali shakllanib ulgurmagan go‘dak ongida ilk behayolik urug‘larini ekadi" Biz o‘zimiz bilmagan holda tarbiyani televideniye, internetga topshirib qo‘ydik, shunday emasmi?
Men ayollar ishlamasinlar, faqat uyda o‘tirib farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsinlar degan fikrdan uzoqman. Ham guldek farzandlarni tug‘ib, voyaga yetkazib, jamiyatga jasur, haqgo‘y, mehnatsevar, insonparvar, vataniga, oilasiga sadoqatli farzandlar taqdim etayotgan, hozirgi mashaqqatli, shiddatli zamonda erlariga yordam berayotgan, nafaqat erlarining, qaynona-qaynota, qaynbo‘yinlarning xizmatini Alloh roziligi uchun sidqidildan bajarayotgan, ularni qadrlayotgan ayollar oldida ta’zimdaman.
Va ularga mana bu xushxabarni yetkazish bilan so‘zimni tugatmoqchiman:

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Adolat ilmidan saboqlar


Bir safar Shurayh qarz masalasida hukm chiqardi. Javobgarlarning biri o‘g‘li edi. Shurayh unga qamoq hukmini berdi.

Qamoqda o‘g‘lini ziyorat qilarkan, yaxshi ko‘rgan taomini keltirganini aytdi. Shunda o‘g‘il: “Menga haqiqatdan ham achinasizmi?” dedi. Shurayh: “Ha, albatta, axir yakkayu yolg‘iz o‘g‘limsan”, dedi.

O‘g‘il: “Unday bo‘lsa, nima uchun bir oy qamoq muddatini o‘tashimni buyurdingiz? deb so‘radi. Mushfiq ota: “Sababi, do‘stingning qarziga zomin bulib, keyin uni egasiga topshirmasdan qochib ketgansan. Qochib ketgani uchun zominga jazo berish lozim”, dedi.

O‘g‘il: “Lekin aytganingizdek, men yagona o‘g‘lingizman!” dedi yolvorib. Shurayh: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Agar Fotima binti Muhammad o‘g‘rilik qilganida, albatta, qo‘lini kesardim”, deganlarini eshitmaganmisan?» deya o‘g‘lini tinchlantirdi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Ushbu rasm egasi bir yoqlama karikatura ijod qilibdi. Buni an’analarga qarshi harakat deb baholagan bo‘lardim.

Sababi, bugun o‘zbek tilimiz nafaqat fors va arab tillaridan ta’sirlangan, balki eng ko‘p o‘ris, va yangi zamonda ingliz tilidan aziyat chekayotgan til hisoblanadi. Madomiki tilimizga qayg‘urar ekanmiz, uni avval o‘ris tilidan qutqarishimiz kerak. Biroq, bizning "progressiv" liberal qatlamimiz bu haqda ko‘p o‘ylanmaydi. Ularga ming yildan beri amalda bo‘lgan arab va fors so‘zlari ko‘zlariga botib ko‘rinadi.

Ikkinchidan, til zamonlar osha rivojlanadigan ijtimoiy fenomen hisoblanadi. Zamonlar osha paydo bo‘lgan yangiliklar tilga qanday kirgan bo‘lsa, shunday joylashadi. Endi uni begonalashtirib bo‘lmaydi.

Turkiy tillar oxirgi ming yillik rivojlanishi arab-islom madaniyati bilan bog‘liq. Agar tilimizdan fors-arab so‘zlarini olib tashlaydigan bo‘lsak, so‘nggi ming yillik lug‘atimizdan ayrilib, o‘rta asrlarga qaytib qolamiz.

Buni tushunish uchun ko‘p ham aql kerak emas.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Momaqaymoq"
Rey Bredberi
⚙ Qissa
⚖ 7,9 MB
🔎 PDF
📄 256 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kredit va qarzlar,
1 ta qarzni 2 chi qarz bilan yopish,
Kunlarning bir xil o'tishi,
Kam oylik va past daromad va boshqa muammolar sizni ham qiynayaptimi?

Aslo siqilmang. "Foydali vebinar" loyihasi orqali yuqoridagi muammolaringizga yechim toping:
/channel/+4h8gQTXNTB0zMjRi
/channel/+4h8gQTXNTB0zMjRi

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nega bu darsga qatnashib koʻrishingiz kerak?...

📌 1-chorak Turk tili SEFR va TYS imtihonlarining soʻnggisi may oyida boʻlib oʻtadi. Bu vaqtda qatnashmasangiz, sertifikat olish masalasi kelasi oʻquv yiliga qolib ketadi...

🥹 Bu narsani yaxshi anglab turibman, ammo ustoz tanlashga ikkilanyapman desangiz, ozgina vaqtingizni olamiz.

🤩 10-11-fevralda "Maʼrifat" taʼlim markazi tomonidan onlayn tashkillashtirilayotgan Turk tilidan BEPUL darslarimizda ishtirok etib, oʻzingiz baho bering!

3 oyga moʻljallab tuzilgan dasturda 2 ta ustoz siz bilan shugʻullanadi. C1 darajali ustozimiz oʻquv rejasi esa sizni ham befarq qoldirmaydi.


Kanalga qoʻshilib, sinov darsida qatnashib koʻrish uchun hoziroq murojaat qiling!

👉 @marifat_qabul

Faqat ayol-qizlar uchun :)

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Odamlar solihlarni yaxshi ko‘rishadi, islohchilarni esa yomon ko‘rishadi. Nabiy sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin hamma yaxshi ko‘rar edi. Chunki u zot solih edilar. Payg‘ambar bo‘lib odamlarni salohiyatga chaqirishni boshlaganlarida endi u zotni sehrgar, yolg‘onchi va majnun deyishdi. Zero, muslih kishi odamlarning nafsi-havolarini parchalaydi, fisq-fasodga qarshi kurashadi. Solih kishi esa o‘zini fasodlardan tiyish bilan kifoyalanadi. Oyati karimada marhamat qilinadi:
«Robbing ahli islohchi bo‘lgan shaharlarni zulm ila halok qilmas edi». (Hud 117)
E’tibor bering, "solih" emas, "islohchi", deyilyapti.

- Ikrom Sharif

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Yilqibop familiya"
Anton Chexov
⚙ Hikoya
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🥲 Китобга пул йўқми?

Энди бу муаммо эмас!

PDF kitoblar базасида 1 миллион китоб бор! Топиш жудаям осон ва қулай! Қолаверса, ҳаммаси БEПУЛ!

🔎 Ҳозирда энг кўп излаяпти:

1. Муқаддима;
2. Бир олима қиз бор эди;
3. Афв эт Аллоҳим;
4. Ичимиздаги шайтон;
5. Тафсир;
6. Мен: бас қил, эй нафс;
7. Сир;
8. Қуръон мўъжизалари;
9. Иброҳим алайҳиссалом қиссаси;
10. Араб тили грамматикаси;
11. Рамазон кундалиги.


Юқоридаги китобларнинг барчаси ва миллионлаб китобларни қуйидаги бот орқали юклаб олинг!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tildan_saboqlar

To odamlar va joylar oti o‘zbekcha talaffuzga moslashtirilmas ekan, tilimiz qaram, taqlidchi, ergashuvchi til bo‘lib qolaveradi!

Amrikadagi bir shaharning otini nimaga va qachongacha o‘risga o‘xshab "Нью-Йорк" deb aytamiz va yozamiz?! Masalan, "Nuyyo‘rk" desak va yozsak, tilimiz uzilib tushadimi?!

Xitoyning boshlig‘i otini nimaga va qachongacha o‘risga o‘xshab "Си Цзинпин" deymiz va yozamiz?! Shuni o‘zbekcha ifodalab "Si Chinpin" desak va yozsak, asakamiz ketadimi yo o‘rislar "Tilni buzma!" deb bizni urishadimi?!

Xitoycha otni o‘zbekchalashtirish nari tursin, o‘zbekcha otlarni ham g‘irt o‘rischa (mas., "Ибрагим", "Хаджаев", "Турция", "Сирия" deb) talaffuz etadigan va yozadigan bo‘lib ketgan, o‘zligini yo‘qotgan millat bu ishi naqadar xorlik ekanini his etarmikan?!

Dunyoda o‘zbekdan boshqa millat yot so‘z va otlarni o‘z tili aytilish (talaffuz) qoidasiga moslab gapiradi va yozadi!
Qachon o‘zbek tili ham dunyodagi boshqa olti yarim ming til singari o‘z qonun-qoidalari asosida yashaydigan mustaqil til bo‘ladi?!

------------------------

Iltimos, tushunmaganlar va til masalalariga aqli yetmaganlar "Bular xalqaro so‘z va atamalardir, ularni aslidagiday gapirishimiz yo yozishimiz kerak!" deb tomoq yirtib, aql o‘rgatib o‘tirmanglar. Dunyoning bironta millati bunaqa demaydi!
Chunki "xalqaro so‘z" yoki "xalqaro atama" yo‘q, har bir tilning o‘z so‘zi va atamasi bor! Ilmda ham chetdan kirgan so‘zlar aslidagidek aytilsin va yozilsin degan tushuncha yo‘q va o‘zbekdan boshqa bironta millat bunaqa "yasama qoida"ga yopishib qolmagan!

- Nurulloh Muhammad Raufxon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fitrat

«Dono odam mazxaraboz rolini o‘ynashi mumkin, lekin mazxaraboz dono odam rolini o‘ynolmaydi».

- Malkolm X, «Fitrat» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

OLTIN

Oltindan so‘rdilar: “Yomon yonding-a,
Seni yoqqanlarga nafrating bordur?”
Oltin javob berdi: “Tushsa yodima,
O‘zgacha muhabbat ko‘nglimga yordir:

Bilasizku meni sal oldin damlar
Tuproqqa qorishiq yalloligimni,
Yondirmasa edi bugun odamlar,
O‘zim ham bilmasdim tilloligimni.

...Bugun mehmon bo‘ldim ulug‘ zargarga,
Odamlar poyimda ko‘z yosh to‘kurlar.
Tashakkurlar meni yondirganlarga,
Yongan kunlarimga behad shukurlar!!"

Ey ko‘nglim, yig‘lama, chekaverma g‘am,
Quyosh kulib qolar qaro damlarga.
Oltinga aylansang bir kuni sen ham,
Tashakkurlar deysan yondirganlarga!

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🔥 Kundalik hayotimizni yengillashtiradigan qurilmalarni hamyonbop narxda sotib olishni istaysizmi?

1. Internetda trend bo'lgan qurilmalar.
2. Kreativ sovg'alar.
3. Kundalik hayotni yengillashtiruvchi gadjetlar.
4. Prank qilish uchun narsalar.

✅ Hammasi Kadirov_Shop kanalida!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

   Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Biznesni reklamasiz yuritish — bu qorong‘u xonada qizga ko‘z qisish bilan barobardir.


Brendlashtirishning maqsadi mahsulot uchun o‘z qiymatidan kattaroq daromad olishdir.


Kompaniyaning ichki tub o‘zlarishlari tezligi tashqi o‘zgarishlar tezligidan orqada qolsa, biznesning oxiri yaqindir. (General Electronics)


«Biz bozorlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaymiz, biz ularni yaratamiz».


Kompaniyaning maqsadi — iste'molchini yaratish.


Biznes ikkita, faqat ikkita bosh funksiyaga ega: marketing va innovatsiya.


Mijoz bizning mulklarda eng yoqimli mehmon. U bizning izmimizda emas, biz uning izmidamiz. U bizning biznesga begona emas, u bu biznesning bir qismidir. Biz unga xizmat ko‘rsatmaymiz, u bizga o‘ziga xizmat ko‘rsatishga ijozat bergani uchun unga xizmat ko‘rsatyapmiz. (L.L.Veap)


Ford kompaniyasining ishchilaridan biri: «Agar iste'molchi bizni boshqarmasa, bizning mashinalarni ham boshqarmaydi» degan edi.


Bizning mijozlar bizdan shuning uchun mamnunlarki, chunki biz hech qachon o‘zimizdan mamnun emasmiz. (Honda)


«Bizning xodimlar — mening eng birinchi mijozimdir». (The Body Shopping)


Sen o‘z xodimlaring bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatmaguningcha, mijozlar bilan hech qachon yaxshi munosabatlar o‘rnata olmaysan (Uolt Disney)


Biz mijozlar haqida qayg‘urishga moyilligi bor odamlarni izlaymiz (Jeff Bezos)


Faqat mijoz bizning barchamizni ishdan bo‘shata oladi. (Sem Uolton)


To‘lov vedemostiga nechta odam kiritishni rahbariyat emas, mijozlar hal qiladi. (Larra Bossi)


Kompaniyaning ravnaqi haqida o‘ylamanglar — mijozning ravnaqi haqida o‘ylanglar. (Land's End)


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel