O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
#Saboqlar
TARIX OMONATDIR
(davomi. Boshi oldingi postlarda)
Fan olimlari bilan shariat olimlari o‘rtasini ayirish dinsizlikdan qolgan sarqit. Boshqacha qilib aytganda, bu yondashuv Gʻarbdagi din va dunyo ilmlari o‘rtasidagi ziddiyatning intiqosidir. Islom olamida fan olimlari bilan din olimlari o‘rtasida bunday ziddiyat bo‘lmagan, aksincha, ular hamisha bir‑birini qo‘llab kelgan va ko‘pincha bu ilmlar bir shaxsda ham jamlangan. Gʻarbda esa din va dunyo ilmlarini jamlagan olim bo‘lmagan. Bil’aks, din olimlari bilan fan mutaxassislari o‘rtasida hamisha ziddiyat qaynagani bois ular Islom olamidagi dinu dunyo ilmlaridagi uyg‘unlikni qabul qilisha olmagan. Ular buni tasavvur ham etisha olmaydi yoki buni istashmaydi. Shuning uchun ular musulmonlarda ham o‘zlarida bo‘lgani kabi din olimlari bilan tajribiy ilm olimlari o‘rtasida nizo topishga intilishadi va ushbu maqsadlari uchun foydalansa bo‘ladigan biror xabar uchrab qolsa, o‘shani shishirib, istaganlaridek talqin qilishadi. Ularning ana shunaqa g‘arazli qarashlaridan ta’sirlangan kishilarimiz ulardek fikrlaydigan bo‘lib qolgani muammoni yana ham chuqurlashtirgan.
Mustamlakachi sharqshunoslarning noxolisliklari, insofsizliklari shunchalar bo‘ldiki, bir umr ibodatu diyonatda o‘tgan buyuk mutafakkirlarni zamon bilan murosasozlik qilgan munofiqlarga chiqarib qo‘yishdi. Jaloliddin Rumiydek har bir so‘zi oyatu hadis bo‘lgan, farz namozlarni kanda qilmay, tunlarni namoz bilan bedor o‘tkazgan tasavvuf olimini Islomga dushman bo‘lgan bir bebosh dahriy sifatida tasvirlashgan. Asli qozi bo‘lib, keyinchalik mavlaviy tariqatiga asos solgan zokirni shu ahvolga solishgandan keyin, boshqasini o‘zingiz bilavering.
Bu haqda ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq hazratlari alohida risola yozganlar. Bechora Umar Xayyomning bunday buhtonga nishon bo‘lishining asosiy sababi uning tabiiy ilmlarga mohir bo‘lgani edi. Mana sizga ayrimlarning "ilmiy tadqiqotlari". Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Islom tarixida shariat olimlari bilan tajribiy ilmlar mutaxassislari o‘zaro yaqin aloqada bo‘lgani, undan ham o‘tib, ayrim qomusiy olimlar har ikki ilmni jamlagani haqida tarixiy asoslar juda ham ko‘p.
Avvalo shuni bilish lozimki, u davrlarda Islom olamida olimlar qaysi sohaga qiziqmasin, masjid‑madrasalarda Qur’on, hadis va boshqa qator shar’iy ilmlarni yoshlikdan o‘rganishgan. Keyinchalik boshqa soha bilan shug‘ullangan va tanilgan bo‘lsalar ham, aslida diniy ilmlarni hozirgi ancha‑muncha ahli ilmga dars bera oladigan darajada yaxshi bilishgan. Juda ko‘plari ham shariat ilmlarida, ham tajribiy ilmlarda xizmat qilgan. Ular dinu dunyo ilmlarini bir makonda ‒ masjidda o‘rganishgani ham so‘zimizni tasdiqlaydi. Ko‘pchilik fan olimlari dindor, taqvodor insonlar bo‘lgani tarixdan ma’lum. Shuning uchun Islom olamidagi tajribiy ilmlar mutaxassislarini dindan uzoqlashtirishga urinish tarixiy voqelikka ziddir.
So‘zimiz quruq bo‘lmasin uchun bir‑ikkita misol keltirsak. Abu Aliy Husayn ibn Sino shogirdi Abu Ubayd Juzjoniyga imlo qilgan tarjimai holida o‘n yoshda Qur’oni Karimni va bir qator she’rlarni yodlab bo‘lganini, falsafani o‘rganishdan oldin fiqh va tasavvufdan dars olganini, solihlardan bo‘lganini, yigitligida falsafa va tibbiyotni o‘rganish barobarida fiqhni o‘rganishda davom etganini hikoya qiladi. U yana shunday deydi: «Qachon biror masalada boshim qotsa, uni to‘g‘ri o‘zlashtira olmasam, jome’ga qatnar va namoz o‘qib, barchani yo‘qdan bor qilgan Zotga iltijo qilardim. Shunda menga berk bo‘lgan ma’lumotlar ochilar, qiyin narsalar oson bo‘lib ketar edi».
Yoshligimda Ibn Sinoning hayoti haqida nashr qilingan bir kitobda o‘qigandim, u kishi har doim masjiddan chiqayotib: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», deb duo qilar ekan.
Alloma Zirkiliy Abu Ubayddan naql qiladiki, Ibn Sino vafoti oldidan bemor bo‘lganda barcha mol‑mulkini xayru ehson qilib, qul‑cho‘rilarini ozod qiladi va uch kunda Qur’oni Karimni xatm qilib, so‘ng vafot etadi. Ayrim manbalarda Ibn Sino yoshligida aytgan bir qator falsafiy fikrlaridan keyinchalik qaytgani ham ta’kidlanadi.
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @e_kutubxona
#Tildan_saboqlar
Universitetda o‘qiyotganimda maxsus kursda 6 (olti) oy "Gʻazallarda vazn" mavzuini o‘tganmiz. Olti oy (!) o‘qib hech balo tushunmaganman. Qiziqardim, ammo hech o‘zlashtira olmasdim. Oxiri aybni o‘zimdan axtardim: zehnim past bo‘lsa kerak, deb xulosa qildim.
90-yillari alloma Rahmatulloh Rasuljon o‘g‘lining “Janoh ut-tolib” darsligidan birmuncha saboq oldim. Kitobda vazn mavzuiga bir betgina (!) ajratilgan, xolos. Ammo hammasini oppa-oson tushundim! Hatto talabalik davrimdan beri vazn (o‘lchov) haqidagi tasavvurlarimni qoplab turgan tuman bir zumda yarq etib tarqalib ketdi!
Nimaga?
Chunki vazn g‘azallargagina xos emas, balki umuman arab tiliga xos ekan. Ya’ni, arabcha so‘zlar muayyan bir o‘lchov asosiga qurilar ekan. Buni bilib olsangiz, keyin g‘azaldagi vazn (o‘lchov)ga o‘tsangiz, hech bir muammo bo‘lmaydi.
Demak, gap darslikda va mavzuni yoritish uslubida ekanini anglab yetdim.
• 1. Universitetda darslar “sharqshunos”lik nuqtai nazaridan o‘tilgan edi, “Janoh ut-tolib” darsligi esa arab tili ruhi, tabiati va ilmidan kelib chiqib tuzilgan va buni “sharqshunos” emas, din olimi yozgan.
• 2. Universitetda kalitni bermay katta qulfni ochishga buyurilgan ekanmiz, “Janoh ut-tolib” ishni oldin shogird qo‘liga kalitni tutqazishdan boshlagan.
Biz sovet yoshlarini savodsiz yoki chalasavod qilgan narsa darsliklar ruhining begonaligi va o‘rischadan o‘zbekchaga no‘noqlarcha o‘girilgan tarjima kitoblardir!
Qayoqqa borsangiz, boring, haqiqat shu!
- Nurulloh Muhammad Raufxon
📚 @e_kutubxona
#Fitrat
«Bizga qolmaydigan dunyo uchun, biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz...».
- Malkolm X, «Fitrat» kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
"Men ilgari salafi solihlarning uzoq vaqt Qur’on tilovati, ibodat va ilm o‘qishdan hech malollanmagani va zerikmaganini eshitib, juda ajablanar va hayratlanar edim.
Keyin qo‘l telefonlari chiqib, odamlar unga qanchalik bog‘lanib qolganlarini ko‘rib, salaflarning holini tushundim – odam nimaga muhabbat qo‘ysa, undan hech malol va charchoq tuymas ekan!"
Allohim, bizlarni o‘zingga va o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarga muhabbatli qil!
- Ikrom Sharif
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Bugun o‘qilgan eng ajoyib ilm:
«Ilmlar faqatgina kitoblardan olinmaydi.
Kitoblarda ham topilmaydigan ilmlar bor; faqirlikdan olinadigan ilmlar bor, balo-musibatlardan, hastaliklardan va hatto g‘am-tashvishlar va mushkulotlardan o‘rganiladigan ilmlar bor».
📚 @e_kutubxona
Ushbu loyiha yurtimizdagi kitobxonlarni bir joyda to'plash (xoh onlayn bo'lsin, xoh offlayn) ularning sonini yanada ko'paytirish, saviyali va foydali kitoblar mutolaasini oshirish, nashriyotlarda chiqayotgan kitoblarning sifati, xatolari, tarjimasi va muharrirlik ishiga erkin va holisona fikr bildirish, yutuqlarini e'tirof etishni vazifa qilib oladi. Maqsad o'zbek kitobxoni sifatli va saviyasi yuqori kitob o'qisin. Keling, ko'ring, safimizga qo'shiling va kitobxonlik atmosferasidan bahramand bo'ling.
/channel/Kitobxonlar_ligasi_uz
• Reklama
Oisha onamiz roziyallohu anho ayollar tarbiyasiga alohida e’tibor berar edilar. U kishi ayol kishining jamiyatdagi tutgan o‘rnini yaxshi anglaganlari uchun shunday qilar edilar.
Oisha onamiz roziyallohu anho ayol kishining ishsiz qolishiga qarshi edilar. U kishi ayollarni doimo foydali mehnatga chorlar edilar va:
«Ayol kishining qo‘lidagi urchuq Allohning yo‘lida jihod qiluvchi mujohidning qo‘lidagi nayzadan yaxshidir», der edilar.
U kishi bir kuni bir ayolning qo‘lida urchuqning izini ko‘rib qolib shunday dedilar:
«Senga Alloh tayyorlab qo‘ygan narsalarning bashoratini beraymi?. Ey ayollar jamoasi! Alloh sizlar uchun tayyorlab qo‘ygan narsalarning ba’zisini ko‘rganingizda, ertayu kech tinim bilmas edingiz. Qay bir ayol o‘zi, eri va bolalari uchun urchuq yigirsa, albatta, Alloh azza va jalla unga jannatdan mag‘rib va mashriqdan kengroq uy beradi.
Har bir to‘qigan kiyimi uchun unga bir yuz yigirma ming shahar beriladi.
Ey ayollar jamoasi! Erlaringizga itoat qilganingiz, bolalaringizga xizmat qilganingiz uchun sizlarga Alloh taoloning huzuridagi narsalarning bashoratini qabul qiling! Sizlar bu dunyoda miskin bo‘lsangiz ham, u dunyoda anbiyolarning xotinlari bilan birga jannatga birinchi borganlardan bo‘lasiz. Alloh taolo sizlarning kabiradan boshqa gunohlaringizni mag‘firat qiladi»
- Dilfuza Saidrahmon
📚 @e_kutubxona
📓 BEPUL «PDF» KITOBLAR! 📚
📙 «Tushda kechgan umrlar»;
📕 «Muvaffaqiyat siri»;
📔 «Insonni oʻrganish ilmi»;
📒 «Notiqlik san’ati»;
📘 «Atom odatlari»;
📙 «Molxona»;
📓 «Tarixi Muhammadiy»
🇬🇧 READING | IELTS 9.0 | DICTIONARY
🇷🇺 RUS TILINI oʻrganamiz
KOʻK YOZUV USTIGA BOSING!
E’LON
Bir ajoyib sevgi qidirilmoqda,
Belgilari: ma’yus, sero‘ychan yuzi.
Kulgulari go‘zal, kulmaydi soxta,
Pomir tog‘lariga cho‘zilgan izi.
Yo‘qolgan sanasi: ul sanam ketib,
Qaytish yo‘llarini unutgan oqshom.
Bo‘yi osmonlarga qolganda yetib,
Yerga bir qulagan xayol parishon.
Katta chandig‘i bor yurak qismida,
Yonida yuradi buyuk nafrati.
Ko‘ring, tag‘in demang, Layli rasmi-da,
Bu o‘sha yo‘qolgan sevgi suvrati.
Tishlari sadafdan, lablari g‘uncha,
Demasmiz, u oddiy, biroq buyukroq.
Ko‘rganlar deyishar, uni ko‘rguncha
Qalb tuyg‘u bilmasdi laziz, suyukroq.
Bu e’lonni yoying hamma tarafga,
Ul ishqning ta’rifi: ko‘p bo‘lmasligi.
Uning muhimligi topilishimas,
Balkim... hech qachonlar topilmasligi!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Turk tili boʻyicha sifatli online kursga marhamat!
Agar turk tilini qatʼiy bir shaklda tizimli oʻrganmoqchi boʻlsangiz, navbatdagi TYS va Milliy sertifikat sinoviga jiddiy tayyorlanmoqchi boʻlsangiz, A1 darajadan boshlanadigan guruhimizga taklif qilamiz!
A2 ni yakunlayotgan guruhimizga ham qabul ochiq!
✅ Oʻqituvchining darajasi: Yunus Emre va Aydın TÖMER imtihonlaridan 2 ta C1 daraja.
⚡️Oʻquvchilarimiz natijasi bu yerda
Murojaat uchun: @C0smopoIitan
Shuningdek, turkcha-oʻzbekcha boʻyicha tarjimonlik, muharrirlik ishlari boʻyicha ham murojaat qilishingiz mumkin!
❗️Kursimiz Zoom dasturi orqali oʻtiladi va har bir dars yozib olinib guruhga yuborib turiladi qayta takrorlab olishingiz uchun. Dars haftada 3 kun 1,5-2 soatdan oʻtiladi. Dars vaqti oʻquvchilar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Kurs davomiyligi 4-5 oy davom etadi. Harakatchan boʻlsangiz, undan ham tezroq yakunlanadi va natija ham kafolatlanadi.
Bizning kanal: Türkçeyle yükselin!
#Marketing
Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)
[1-qism bu yerda]
Kelajakni aytib berishning eng yaxshi usuli — uni kashf qilishdir.
Iste'molchining barcha ko‘rayotganini biz mahalliylashtiramiz, u ko‘rmagan narsalarini, biz globallashtiramiz.
«Men bezovta bo‘lgan vaqtimdagina ko‘nglim tinch bo‘ladi».
Buqa bilan jang qiladigan kishi bo‘lish uchun avvalo ho‘kiz bo‘lmoq kerak (ispan maqoli)
Ilmiy bo‘limda ajoyib texnika qilinayotganda marketing bo‘limida ajoyib mahsulotlar yaratiladi. (Uilyam Davidov)
Har qanday muammo — bu juda yaxshi yashiringan imkoniyatdir.
Har qanday bozorda ikkita ahmoq bor — biri juda kam so‘raydi, biri juda ko‘p.
Baland narxlarga sajda qilmoq har doim raqobatchilar uchun bozor yaratadi (Piter Druker)
Mahsulot — agar sotilmasa, u mahsulot emas. Unda oddiygina muzey eksponatidir. (Teodor Levitt)
Ba'zan yaxshi mahsulot emas, balki marketingchisi yaxshi bo‘lgani yutadi.
Sifat muammolarining 85 foizi bo‘yicha menejment javob beradi.
Tabassum qilishni bilmasang, do‘kon ochib yurma.
Siz uyingizga kechki ovqatga taklif qilishni istamagan odamni ishga olmang.
Hamma nimadir sotish bilan yashaydi.
Sotuvchilar ishontiruvchidan maslahat beruvchiga aylanishlari darkor.
Xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan korxonalarga muvaffaqiyat qozonish xosdir; foyda olish uchun yaratilgan korxonalarga kasodga uchrash xosdir. (Nikolas Batler)
Agar biznesning raqobatchilar oldida noyob ustunligi bo‘lmasa uning mavjudligiga hojat yo‘q.
Marketing urushlari. Narxlar urushlari va bir-biriga zarar berishlar, ko‘proq strategiya borligidan ko‘ra, yo‘qligini ko‘rsatadi.
Muvaffaqiyatsizlik — bu hamma narsani yangidan va ancha aqlli bo‘lib boshlash imkoniyatidir.
Men umrida bir marta bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka uchramagan odamni ishga yollamas edim.
Erkin shaxs bo‘lmay turib, yaxshi marketolog bo‘lishning iloji yo‘q.
#Asliyat
«Rasululloh sollollohu alayhi va sallamning muborak majlislarida taomlar, ichimliklar, ularning shirinligi-yu bir-biridan afzalligi haqida suhbatlashilmas edi, balki bu ahli dunyolarning majlislaridagi mavzudir».
- «Ar-Rosulul mu’allim» kitobidan.
📚 @e_kutubxona
#Fitrat
«Ular qushlarning qanotini kesib, keyin ularni avvalgidek ucholmaganlikda ayblashadi».
- Malkolm X, «Fitrat» kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Adolat ilmidan saboqlar
#Fitrat
Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)
[1-qism bu yerda]
Ovozlaringizni behuda sarflamang. Ovoz berish otilgan o‘qqa o‘xshaydi. Aniq maqsadni bilmasangiz ovoz bermang, yaxshisi ovozingiz o‘zingizda qolsin.
Amerika Islom dinini tushunishi kerak, chunki u o‘z jamiyatini irqchilik balosidan qutqara oladigan yagona din.
Insonlar bir odamning butun hayoti birgina Kitob bilan o‘zgarishi mumkinligidan bexabarlar.
Ta'lim — bizni kelajakka olib boradigan hujjat. Kelajak bugundanoq unga tayyor bo‘lganlarnikidir.
Sochingga berganingdek miyangga e'tibor ber va ming marta yaxshiroq bo‘lasan.
Dono odam mazxaraboz rolini o‘ynashi mumkin, lekin mazxaraboz dono odam rolini o‘ynolmaydi.
Qancha sekin bo‘lsang bo‘l! Hali boshlamagandan oldindasan!
Irqchilik ideologik tushuncha emas, psixologik xastalikdir...
Tarix insonning xotirasida muhrlanadi, xotirasi bo‘lmagan insonni hayvondan nima farqi bor?!
Hamma uxlaganlarni uyg‘otishga bir uyg‘oq yetarlidir.
Ma'rifat idrokni, tushunish muhabbatni, ishq esa sabrni, sabr birlikni o‘rgatadi.
Agar uyg‘oq bo‘lmasangiz, gazetalar [media, ijtimoiy tarmoq] sizni mazlumlarno yomon, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘yadi.
Yigirmanchi asrda yangi imperializmning zamonaviy quroli dollarizmdir.
Yo‘q, sen ozod emassan. Shunchaki bo‘yningdagi arqon boshqalarnikiga qaraganda uzunroq xolos.
Yomonliklarni tugata olmaymiz, ammo yaxshiliklarni ko‘paytira olamiz.
Diningga ko‘ra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi.
Kelajak — unga hozirdan tayyorgarlik ko‘rayotganlarga tegishli.
Ommaviy axborot vositalari mohirona bir manipulyatsiya bilan mazlumni zolim, zolimni esa mazlum sifatida ko‘rsatishi mumkin.
Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan...
🌙 Ramazon tuhfasi
📊 @pdf_kitoblar_robot insonlarga yordam berishga doimo tayyor. Yaqin bir necha oy mobaynida botimizdan 1 millionga yaqin kitob yuklab olindi. Bu judayam quvonarli hol.
🎁 Bugun yana bir quvonchli xabarni siz bilan boʻlishmoqchiman:
📅 @pdf_kitiblar_robot bugundan guruhlarda ham ishlay oladi. Bu adminlarning ishini bir necha barobar tezlashtiradi va osonlashtiradi.
👥 @pdf_kitoblar_robot — telegram botimizni guruhingizga qoʻshing. Bot guruhda # belgisi orqali kitob topadi. Masalan, #Oʻtkan kunlar
📲 Botni yangilang: 👇👇
Assalomu alaykum va rohmatulloh
"Fatih Duman, Mehmet Yildiz kitoblari va boshqa tarixiy, badiiy, diniy kitoblarning asl turk tilidagisini qidiryapsizmi?
Unday bo'lsa biz sizga yordam beramiz.🤗
Chunki bizning online turkcha kitoblar do'konimizda o'zingizni qiziqtirgan va izlagan kitoblaringizni topishingiz mumkin bo'ladi😎
Shuningdek, O'zbekiston bo'ylab starex pochta ofislarigacha yetkazib berish xizmati ham mavjud. 📦
Kitoblar to'g'ridan-to'g'ri Turkiyadan jo'natiladi🇹🇷
Asosiysi har bir kitob sotib olgan xaridorlarimiz uchun kichik hadyachalar qo'shib beriladi🎁🎊😍
Yaxshisi o'zingiz kirib, bir aylanib chiqmasdan qolganingiz ma'qul😁
Telegram manzilimiz: @Hadyabook
Instagram manzilimiz: https://www.instagram.com/invites/contact/?igsh=12xxwzqaayv2v&utm_content=5fldgtd
#Hikoya
📓 "Telegramma"
✍ Konstantin Paustovskiy
⚙ Hikoya
🔎 EPUB
📚 @e_kutubxona
#Marketing
«Muammo har doim boshimizga yangi ijodiy fikrlarni kirgizishda emas, balki eskilarini quvib chiqarishda».
- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Abiogenez va evolyutsiya: Hali ham yechimsiz muammo?
Faraz qiling, qachonlardir yerda birorta tirik organizm bo‘lmagan. Tirik organizm deyilganda, o‘zini o‘zi ko‘paytira oladigan narsa tushuniladi. Tirik organizmlarning eng soddasi RNK hisoblanadi. RNKlar qulay muhit va sharoitda o‘zini o‘zi ko‘paytirishi mumkin. RNKdan sodda narsalar esa, o‘lik molekulalardir.
Evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, borliqdagi barcha mavjudotlar evolyutsiya natijasida takomillashib kelmoqda. Ushbu zanjirning eng avvalida abiogenez jarayoni, ya’ni hayotsiz moddalardan birinchi tirik narsaning paydo bo‘lishi turadi.
Ya’ni, bir paytlar Yerda hayot yo‘q bo‘lgan, lekin qandaydir biokimyoviy jarayonlar tufayli organik molekulalar yig‘ilib, avvalgi sodda hayot shakllariga aylangan deb taxmin qilinadi.
Muammo shundaki, bu jarayon hozirda na tabiatda kuzatiladi, na laboratoriyada uni qayta takrorlash mumkin. Olimlar sun’iy sharoitlarda turli tajribalar o‘tkazishgan, lekin biror marta molekulalar o‘z-o‘zidan ko‘payadigan eng sodda mavjudotlarga aylanmagan. Demak, abiogenezning tabiiy tarzda sodir bo‘lishi hali ham isbotlanmagan gipoteza xolos.
Lekin evolyutsiya nazariyasi aynan shu abiogenez haqiqat ekaniga suyanadi. Agar birinchi tirik narsa qanday paydo bo‘lgani noma’lum bo‘lsa, unda evolyutsiya jarayoni eng boshidagi nuqtada to‘xtab qoladi. Chunki o‘likning tirikka aylanishi jarayonisiz evolyutsiya boshlanolmaydi.
Bugungi kunda evolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan olimlar bu haqda kam gapirishadi, chunki abiogenez hali ham juda katta ilmiy muammo hisoblanadi. Agar tabiatda bunday jarayon sodir bo‘lgan bo‘lsa, uni hozir ham kuzatishimiz mumkin bo‘lishi kerak-ku? Yoki laboratoriyada qayta yaratish mumkin bo‘lishi kerak-ku? Agar bu mumkin bo‘lmasa, nega evolyutsiya haqiqat sifatida ko‘rsatilayapti?
Shu nuqtai nazardan qaraganda, abiogenez va evolyutsiya hali ham aniq ilmiy asoslarga ega emas, ular ko‘proq gipoteza va ishonchga asoslangan. Shuning uchun bu nazariya haqida tanqidiy fikr yuritish, uning asoslarini qayta ko‘rib chiqish muhimdir.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
#MAQOL
Agar biror yerda kichik insonlarning ko‘lankasi kattalashganini ko‘rsang, demak, o‘sha yerda quyosh botayotgan ekan!
- Turk maqoli
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
...biz odamlarni tuzatadigan eshikni bilmagan ekanmiz, eshik qolib derazadan kirib-chiqib yuravergan ekanmiz. Odamlarni tuzatadigan eshik, bu – ayol kishi ekan! Odamlarni tuzatadigan eshikning kaliti ayollarning qo‘lida ekan! Lekin afsus, bu haqiqatni men umrimning nihoyasida bildim!...
#Saboqlar
Adolat ilmidan saboqlar
#Saboqlar
Ushbu rasm egasi bir yoqlama karikatura ijod qilibdi. Buni an’analarga qarshi harakat deb baholagan bo‘lardim.
Sababi, bugun o‘zbek tilimiz nafaqat fors va arab tillaridan ta’sirlangan, balki eng ko‘p o‘ris, va yangi zamonda ingliz tilidan aziyat chekayotgan til hisoblanadi. Madomiki tilimizga qayg‘urar ekanmiz, uni avval o‘ris tilidan qutqarishimiz kerak. Biroq, bizning "progressiv" liberal qatlamimiz bu haqda ko‘p o‘ylanmaydi. Ularga ming yildan beri amalda bo‘lgan arab va fors so‘zlari ko‘zlariga botib ko‘rinadi.
Ikkinchidan, til zamonlar osha rivojlanadigan ijtimoiy fenomen hisoblanadi. Zamonlar osha paydo bo‘lgan yangiliklar tilga qanday kirgan bo‘lsa, shunday joylashadi. Endi uni begonalashtirib bo‘lmaydi.
Turkiy tillar oxirgi ming yillik rivojlanishi arab-islom madaniyati bilan bog‘liq. Agar tilimizdan fors-arab so‘zlarini olib tashlaydigan bo‘lsak, so‘nggi ming yillik lug‘atimizdan ayrilib, o‘rta asrlarga qaytib qolamiz.
Buni tushunish uchun ko‘p ham aql kerak emas.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Momaqaymoq"
✍ Rey Bredberi
⚙ Qissa
⚖ 7,9 MB
🔎 PDF
📄 256 sahifa
📚 @e_kutubxona
Kredit va qarzlar,
1 ta qarzni 2 chi qarz bilan yopish,
Kunlarning bir xil o'tishi,
Kam oylik va past daromad va boshqa muammolar sizni ham qiynayaptimi?
Aslo siqilmang. "Foydali vebinar" loyihasi orqali yuqoridagi muammolaringizga yechim toping:
/channel/+4h8gQTXNTB0zMjRi
/channel/+4h8gQTXNTB0zMjRi
Nega bu darsga qatnashib koʻrishingiz kerak?...
📌 1-chorak Turk tili SEFR va TYS imtihonlarining soʻnggisi may oyida boʻlib oʻtadi. Bu vaqtda qatnashmasangiz, sertifikat olish masalasi kelasi oʻquv yiliga qolib ketadi...
🥹 Bu narsani yaxshi anglab turibman, ammo ustoz tanlashga ikkilanyapman desangiz, ozgina vaqtingizni olamiz.
🤩 10-11-fevralda "Maʼrifat" taʼlim markazi tomonidan onlayn tashkillashtirilayotgan Turk tilidan BEPUL darslarimizda ishtirok etib, oʻzingiz baho bering!
3 oyga moʻljallab tuzilgan dasturda 2 ta ustoz siz bilan shugʻullanadi. C1 darajali ustozimiz oʻquv rejasi esa sizni ham befarq qoldirmaydi.
#Saboqlar
Odamlar solihlarni yaxshi ko‘rishadi, islohchilarni esa yomon ko‘rishadi. Nabiy sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin hamma yaxshi ko‘rar edi. Chunki u zot solih edilar. Payg‘ambar bo‘lib odamlarni salohiyatga chaqirishni boshlaganlarida endi u zotni sehrgar, yolg‘onchi va majnun deyishdi. Zero, muslih kishi odamlarning nafsi-havolarini parchalaydi, fisq-fasodga qarshi kurashadi. Solih kishi esa o‘zini fasodlardan tiyish bilan kifoyalanadi. Oyati karimada marhamat qilinadi:
«Robbing ahli islohchi bo‘lgan shaharlarni zulm ila halok qilmas edi». (Hud 117)
E’tibor bering, "solih" emas, "islohchi", deyilyapti.
- Ikrom Sharif
📚 @e_kutubxona
#Hikoya
📓 "Yilqibop familiya"
✍ Anton Chexov
⚙ Hikoya
🔎 EPUB
📚 @e_kutubxona
🥲 Китобга пул йўқми?
Энди бу муаммо эмас!
PDF kitoblar базасида 1 миллион китоб бор! Топиш жудаям осон ва қулай! Қолаверса, ҳаммаси БEПУЛ!
🔎 Ҳозирда энг кўп излаяпти:
1. Муқаддима;
2. Бир олима қиз бор эди;
3. Афв эт Аллоҳим;
4. Ичимиздаги шайтон;
5. Тафсир;
6. Мен: бас қил, эй нафс;
7. Сир;
8. Қуръон мўъжизалари;
9. Иброҳим алайҳиссалом қиссаси;
10. Араб тили грамматикаси;
11. Рамазон кундалиги.
Юқоридаги китобларнинг барчаси ва миллионлаб китобларни қуйидаги бот орқали юклаб олинг!