O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
Qodiriyning “O‘tkan kunlari”, siyosiy nuqtai nazardan, qanday g‘oya tashiydi?
Siyosiy tahlil qilganda, “O‘tkan kunlar” – juda katta asar, davrning siyosiy portretini juda chiroyli ochib bergan.
*
Davlatning eng markaziy funksiyasi – bu katta jamiyatni bitta makonda va zamonda birlashitirish hisoblanadi. Bir davlatning odamlari o‘zaro begonasiramasligi, o‘zaro adovatda bo‘lmasligi, ular o‘rtasidagi har xil to‘siqlar va devorlar imkon qadar kam bo‘lishi kerak. Ya’ni, davlat – bu katta jamiyatni, xalqni, millatni integratsiya qilish deganidir. Davlat shunday bo‘lishi kerakki, odamlar bir-biriga ishonishi, erkin va ishonchli hamkorlik qilishi, o‘zaro tez va samimiy tushunishi kerak.
*
Qodiriy, “O‘tkan kunlar”da aytadiki “davlat yo‘q”, “davlat o‘lib bo‘lgan”, “davlat – xalqning muttasil dushmani”. Ya’ni, barcha bug‘inlarda – batamom parokandalik. Millat – parokanda: Qo‘qon xoni Toshkent xalqini ezadi. Toshkent xalqi Qo‘qonga qarshi kurashadi. Bir millat har xil davlatlarga, davlatchalarga bo‘linib olgan. Xonlar, beklar o‘z xalqini ezadi. Toshkent begi o‘z xalqiga ko‘tara olmaydigan soliq soladi.
*
Xalq qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkent begini yiqitadi. Qo‘qon xonligiga qaytadi. Keyin, Qo‘qon xoni toshkentliklarga bir botmon bug‘doydan soliq soladi. Xalq, yomg‘irdan qutilib, do‘lga tutiladi. Korrupsiya – oddatiy, juda oddiy xol. Pul berib, begunoh Otabekni o‘limga hukm qilishadi. Lekin, Otabekni otasi Toshkent dorvozasini Qo‘qon xoniga ochib berib (siyosiy korrupsiya), o‘g‘lini qutqarib qoladi.
*
Asarda, jamiyatdagi va oilalardagi parokandaliklar ham juda yaxshi tasvirlangan. Marg‘ilonlik Kumushning toshkentlik Otabekka berilishi, marg‘ilonlik Homid-boy va boshqalarni g‘azabini keltiradi (Farg‘ona viloyatidan uylanishiga qaraganda, Otabekning siyosiy ambisiyalari bo‘lgandir...). Bu yoqdan esa, Otabekni onasi ikkinchi xotinga uylab qo‘yishi, oilaviy parokandalikni ifodalaydi. Asar – fojea, drama. Bosh qahramon Kumushning o‘limi va Otabekning xasrati bilan tugaydi. Barcha bug‘inlardagi siyosiy, ijtimoiy, oilaviy parokandalik – bir baxtli oilani barbod qiladi.
*
O‘zbekiston davlatchiligi yaqin o‘tmishda integratsiya va dezintegratsiyaning har xil ko‘rinishlari va davrlarini boshidan kechirdi. Kechagi ikki xonlik va bir amirlik, bugun bitta O‘zbekistonda birlashgan. Lekin, jamiyatni eng kuchli parchalaydigan narsalardan biri – avtoritarizm, nazorat falsafasi, jabr-zulmlar. Misol uchun, haliga qadar, viloyatlar o‘rtasida “postlar” – chegaralar mavjud. Bu esa, parokandalikka moyil davlatchilikning belgisidir. Qodiriyning “O‘tgan kunlari” bitta g‘oyani oldinga suradi: zulm qilmang, erkin bo‘ling va birlashing.
- Kamoliddin Rabbimov
📚 @e_kutubxona
#Mantiqiy_iqtisodiyot
Duayt Li: Rag'batning kuchi
Insonlarni muayyan faoliyatga chorlashning eng ishonchli yo'li bu ularni shu faoliyat uchun taqdirlash, ya'ni rag'batlantirishdan iborat. Bu shunchalik ravshanki, uni alohida ta'kidlab o'tishga arzimaydi, deb o'ylashingiz mumkin. Lekin uni qayd etishga arziydi.
Insonlarni foydali ishni qilishi uchun ularni taqdirlash (yoki ularga pora berish) lozim emas, deb aytishingiz mumkin. Rag'batlantirishning zarurligini tan olsangizda, foydali faoliyatga boshlovchi rag'batlantiruvchi omillarni qanday aniqlash oldindan ravshan emas.
Men yaqinda rag'batlantiruvchi omillardan xayrixoh maqsadlarda foydalinishga ba'zi insonlarda uchraydigan hissiy qarshilikka duch keldim. Zimbabve va Janubiy Afrikadagi fillarni muhofaza qiluvchi siyosatdan aholi manfaatdorligi tufayli fillar to'dasi ko'payib borayotganlini ta'kidlab o'tgan edim. Atrof-muhit muammolariga befarq bo'lmagan talabalardan biri agar fillarni muhofaza qilishning yagona yo'li odamlarning moddiy manfaatdorligiga bog'liq bo'lsa, unda ularni muhofaza qilinmagani ma'qul, deb javob qaytardi. Boshqacha qilib aytganda, agar oqibatda faqat fillarning o'zi jabr ko'radigan bo'lsa, u o'z prinsipida qolishga tayor edi. Uning printsipiga asosan, o'ylaymanki, uning bu nuqtai nazariga xayrixoh bo'lganlar ham topiladi, yaxshi ishlar o'z manfaatini ko'zlash orqali emas, balki hamdardlik va g'amxo'rlikka asoslanishi kerak. Men unga agar uni hayotini saqlash uchun nozik jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda ushbu amaliyotni jarroxning o'rnida onasi bajarishiga rozi bo'lsa, unda men uning ma'naviy qarashidan ta'sirlangan bo'lar edim, deb aytishdan o'zimni tiya olmadim.
Odamlarni rag'batlarning zarurligiga ishontirish muvofiq rag'batlarni topishdan murakkabroq emas. Albatta, biz insonlarni ma'qul bo'lgan hatti-harakatlarni qilishga chorlovchi rag'bat tizimini istaymiz, ammo nimalar ma'qul o'zi? Ba'zi hollarda buning javobi aniq. Lekin har doim ham emas.
Har safar biror saxovatli ish qiliar ekansiz, yana boshqa bir saxovatli ish qilish imkoniyatingiz kamayadi. Bu resurslar tanqisligining muqarrar ta'siri bo'lib, u muqobil qiymat tushunchasida o'z aksini topgan. Har qanday holatda ham muqobil tanlov mavjud bo'lib, biz eng to'g'ri yo'lni tanlashimiz uchun odatda juda ko'p manbalardan ma'lumot izlashimiz zarur. Demak, rag'batning ikkita muhim vazifasi bor: (1) eng maqbul harakatlar to'g'risida ma'lumot yetkazib berish va (2) ularning ijrosini ta'minlash uchun odamlarni undash.
📚 @e_kutubxona
Tarix omonatdir
Ba’zilar so‘zlovchining kimligiga, uning tabiatiga yoki kiyinishiga e’tibor bermaslik kerak, muhimi uning so‘zi qanchalar haqiqat, mana shunga qarash kerak, degan fikrni ilgari surib, bunga «So‘zlovchiga emas, uning so‘ziga qara» degan qoidani ro‘kach qilishmoqda. Hazrat Ali roziyallohu anhudan naql qilingan bu qoida mutaxassislar uchun ishlaydi, ammo sohani bilmagan odam avvalo so‘zlovchiga qarashga majbur, chunki u o‘zi bilmagan sohada so‘zning to‘g‘ri‑noto‘g‘riligini ajrata olmaydi. Shu bois, u so‘zlovchini tanlab tinglashi kerak.
Masalan, tibbiyotni yaxshi bilgan odam tabobatdan so‘zlagan har qanday odamning gapini eshitib, so‘zlovchiga boqmasdan uning so‘zini muhokama qilishi, qabul yoki rad etishi mumkin.
Ammo tabobatdan bexabar odam ishonchli tabib topib, o‘shaning so‘ziga yurishi kerak, aks holda, aldanib qolishi, o‘zini halok qilishi hech gap emas.
Tarix yoki boshqa ilmlar borasida ham uni yaxshi o‘rgangan tarixchi «So‘zlovchiga emas, uning so‘ziga qara» degan qoidaga amal qilib, istagan odamini tinglab, uning so‘zidan foydalanishi, uni muhokama qilishi joiz. Biroq, o‘qimagan odam avvalo ishonchli tarixchini tanlab, keyin uni tinglashi kerak, bo‘lmasa, adashishi tayin.
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @e_kutubxona
Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.
- Frensis Bekon
📚 @e_kutubxona
#Janna_dArk
Olamda shunaqangi mansablar borki, oʻzlari bilan bog'liq bo'lgan arzirli farog'atlardan qat'i nazar, ularga atog'liq kamzul va nimchalari sabab qadr-qimmat-u ayricha obroʻ-e'tibor kasb etadi.
Feldmarshalning mundiri bor; yepiskopning — shohi jubbasi; oqlovchining — ipak ridosi; qavm bidlining — uch qirra qalpog‘i. Yepiskopning jubbasini yoxud qavm bidlining uch qirra qalpog‘i bilan uqalarini tortib oling-chi — unda kim bo‘lib qoladi ular? Odam. Oddiy odam! Goho odamning qadr-qimmati va hatto avliyoligi ba'zilar o'ylagandan koʻra ko'proq kamzul-u nimchalarga bog‘liq.
- Mark Tven. "Janna d'Ark"
📚 @e_kutubxona
O‘QISH
Qamoqdalik paytimda o‘qishga qattiq berildim. Mening qachon ko‘rishsa qo‘limda kitob bilan ko‘rishar edi. Yer yuzidagi biror-bir kuch mendan kitobni tortib ololmas edi.
Kitob o‘qish menga ajib eshiklarni ochdi. O‘qishni boshlab, kitob ichidagi ma’nolarni anglab borar ekanman, yangi olamni kashf qila boshladim. Go‘yo kitoblarni hazm qilib borar edim...
Qamoqxona kutubxonasidan u yerning qonunlari ruxsat berganidan ortiq kitoblarni ola boshladim. Bir kunda o‘n besh soatlab kitob o‘qishga qodir edim.
Kitob o‘qish mening hayotimni tubdan o‘zgartirib tashladi. Kitob o‘qishdan maqsadim tashkilotimning faoliyatini yaxshilash yoki uni tubdan o‘zgartirish uchun qandaydir guvohnoma olish emas edi. Men faqat fikran tirilishni istar edim xolos!
- Malkolm Iks
📚 @e_kutubxona
#Toʻrtinchi_sanoat_inqilobi
Axloqiy savollar shuni ko‘rsatadiki, dunyo qanchalik raqamli va yuqori texnologiyali bo‘lib borar ekan, odam taftini sezish, yaqin munosabatlarni yaratish va ijtimoiy bog‘lanishga bo‘lgan ehtiyoj shunchalik ortib boradi. To‘rtinchi sanoat inqilobi texnologiyalar yordamida individual va jamoaviy munosabatlarimizni yaxshilash orqali ijtimoiy ko‘nikmalarimiz hamda o‘zgalar dardini his qila olish qobiliyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan xavotirlar mavjud. Bunday holat allaqachon yuz berayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. 2010-yili Michigan universitetida o‘tkazilgan tadqiqot davomida aniklanishicha, kollej o‘quvchilari orasida o‘zgalar hissiyotlarini tushunish qobiliyati 20 yoki 30 yil avvalgiga qaraganda 40 foizga pasaygan. Bu holatning asosiy qismi 2000-yildan keyin kuzatilgan.
MTI professori Sherri Terkl bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlarning 44 foizi hech kachon, hatto sport bilan shug‘ullanayotganda, oila yoki do‘stlar bilan birga ovqatlanayotganda ham, telefonlaridan ajramaydi. Yuzma-yuz suhbatlar onlayn munosabatlar tomonidan chetga surib tashlangan. Ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan yoshlarning butun bir avlodi o‘zgalarni tinglash, suhbatdoshning ko‘ziga qarash yoki tana harakatini tushunish qobiliyatiga ega bo‘lmasligi mumkin, degan qo‘rquvlar bor.
Mobil texnologiyalarga munosabatimiz muhokama markazida. Doimo aloqada bo‘lish o‘ta muhim boyliklarimizdan biri — biroz to‘xtab, mulohaza yuritish va hech qanday texnologiya va ijtimoiy tarmoq vositasisiz mazmunli suhbat qurishning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Professor Terkl ayrim tadqiqot natijalariga e’tiborimizni qaratadi. Unga ko‘ra o‘zaro suhbatlashayotgan ikki inson oldida yoki yon-atrofida telefon kurilmasining bo‘lishi gapirilayotgan mavzuga va suhbatdoshlar orasidagi bog‘lanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu telefonlardan foydalanishni to‘xtatish emas, balki ulardan maqsadli foydalanish zarurligini anglatadi.
Boshqa ekspertlar ham shunga o‘xshash xavotirlarini bayon qiladi. Texnologiya va madaniyat mavzularida ijod qiluvchi Nikolas Karr raqamli dunyoda kancha ko‘p vaqt sarflaydigan bo‘lsak, diqqatni jamlash xususiyatimiz yomonlashgani sababli idrokimiz shunchalik pasayib borishini aytgan. Uning fikricha: "Internet xayolni bo‘lish va e’tiborni chalg‘itishga mo‘ljallangan tizimdir. Tez-tez ro‘y beradigan chalg‘ish fikrlarimizni bo‘lib yuboradi, xotiramizni susaytiradi va asabimizni taranglashtiradi. Fikrlash jarayoni qanchalik chuqur bo‘lsa, chalg‘ishning zarari shunchalik kuchli bo‘ladi”.
1971-yilda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha "Nobel" mukofotining 1978-yilgi laureati Herbert Saymon "axborot ko‘pligi e’tiborning kamayishiga olib keladi" deb ogohlantirgandi. Bugungi kunda axvol yanada tangroq. Qaror qabul qiluvchilar o‘ta kup axborot ostida qolib ketgan va doimiy zo‘riqish xolatida. "Hamma narsa tezlashayotgan zamonda sekin yurishchalik yoqimli narsa bo‘lmasa kerak, deb yozadi sayohat ocherklari yozuvchisi Piko Ayer. - Chalg‘ishlar davrida e’tibor berishdan-da hashamliroq ish yo‘q. Doimiy harakat asrida esa hech narsa tinch o‘tirishdek dolzarb emas".
Barcha raqamli qurilmalar yordamida muloqot qilayotgan va kechayu kunduz internetga bog‘langan miyamiz abadiy dvigatelga aylanib, aqldan ozdirishi hech gapmas. Rahbarlar bilan suhbatlashganda, ularda hech bo‘lmaganda qisqa maqolani oxirigacha o‘qishdek "Ortiqcha hasham" tugul, hatto biroz to‘xtab, chuqurroq mulohaza yuritishga ham vaqt yo‘qligini eshitishga ko‘nikib qoldim. Global jamiyatning barcha sohalaridagi qaror qabul qiluvchilar holdan toyib bormoqda. Ular qarama-qarshi talablar ummoni ostida qolganki, umidsizlikdan iste’fo va hatto depressiyagacha borishmoqda. Yangi raqamli dunyoda biroz ortga chekinish qiyin ish, ammo imkonsiz ham emas.
- Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi
📚 @e_kutubxona
✍ Hafiz Pashayev
📓 "Bir elchining manifesti"
⚙ Xotiralar
⚖ 12,6 MB
🔎 PDF
📄 248 sahifa
AQShda Ozarbayjon diplomatik missiyasining boshlanishi haqida.
Hafiz Pashayev – 1992–2006-yillarda Ozarbayjon Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
📚 @e_kutubxona
#Manipulyativ_diktatorlar
«Tabiiy ofatlar yoki inson qo‘li bilan uyushtirilgan falokatlarsiz modernizatsiyani ortga qaytarish oson emas. Ta’limni shunchaki o‘chirib yuborib bo‘lmaydi va unga bo‘lgan talab shunchaki davlat rahbari xohishi bilan yo‘q bo‘lib qolmaydi. Dunyo bo‘ylab demokratiyalarda ham, diktaturalarda ham universitet talabalari soni izchil ravishda o‘sib kelmoqda. 1970-yildan buyon bu ko‘rsatkich 10 foizdan 39 foizga ko‘tarilgan. Postindustrial o‘tishni ham ortga qaytarish mushkul. Populistlarning va’dalariga qaramay eski industriyalarni qayta tiklash zamonaviy iqtisodda deyarli imkonsiz.
Aniqroq qilib aytganda, modernizatsiyani to‘xtatishga harakat diktatorlar qo‘rqadigan ayni siyosiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin. Paradoks shundaki, rivojlanish diktatorlar rejimiga tahdid qilsa, iqtisodiy o‘sish uni saqlab qolishga yordam beradi. Rivojlanishni to‘xtatish odatda iqtisodiy o‘sishni kamaytirishni anglatadi. Bu holat barcha siyosiy tizimlarda davlat rahbari reytingini tushiradi. So‘ngra diktatorlar repressiyaga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Ammo aslida modernizatsiyalashgan jamiyatlarda zo‘ravonlik qo‘llash qiyin bo‘lgani sabab avtokratlar manipulyativ boshqaruv yo‘lini tanlaydi. Umuman olganda modernizatsiya kokteyliga qarshi samarali antidot mavjud emas. Mamlakatni sun’iy ravishda iqtisodiy turg‘unlikka olib kirish ma’lum vaqt yordam berishi mumkin, ammo abadiyga emas».
- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»
📚 @e_kutubxona
#Yumshoq_kuch
Gʻoyalarni amalga oshirish uchun sarflangan bir dollar bombalar ishlab chiqarish uchun ketgan 100 dollar qiymatiga teng.
- Jozef Nay: Yumshoq kuch
📚 @e_kutubxona
#Oliver_Tvist
• Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar
Talay buyuk faylasuflar nazariyani rivojlantira turib, o‘zlari uchun zarracha bo‘lsin xavf tug‘diradigan jamiki tasodiflarga qarshi oldindan chora ko‘rib qo‘yadilar.
Shunaqangi kitoblar ham bo‘ladiki, ichidagisi muqovasi bilan muhrasiga arzimaydi.
Suratkashlar xonimlarni hamisha asldagiga qaraganda chiroyliroq qilib chizishadi, boʻlmasa hech kim suratini buyurtirmaydi-da.
Butun mehr-u muhabbatimni baxshida qilgan odamlarim lahadda yotishibdi.
O‘g‘il bolalarning hammasi bir go‘r, farqi yo‘q ularning. O‘g‘il bolalarning faqat ikki toifasini bilaman: qiltiriq bolalar, go‘shtdor bolalar, vassalom.
Halloqi olam odil, marhamati benihoya; ushbu esa bu dunyodan yaxshiroq o‘zga dunyo borligining alomatidir.
Yoshlikka mardonavor, oliyhimmat, ammo umri qisqa orzu-tilaklar yo‘ldosh bo‘ladi; ular orasida shunaqangilar ham borki, murodlari hosil bo‘lgach, mayl-u ishtiyoqlari o‘tkinchi, beqaror ekanligi bilinadi-qo‘yadi.
- Charlz Dikkens, "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari"
📚 @e_kutubxona
⚡️ Demak, biz boshladik!
💡 "Fikriy uyg'oqlik" - qoliplardan chiqib, fikriy kenglikka chiqishni istaydiganlar uchun maxsus loyiha.
🚀 Loyihamiz 5 ta yo'nalishdan iborat:
1. Zakovat;
2. Quiz (viktorina shaklda);
3. Dolzarb muammoga yechim;
4. Fikrlashamiz;
5. Iqtiboslar.
⏳ 4 haftadan 6 haftagacha davom etadigan "Fikriy uyg'oqlik" da siz bularga ega bo'lasiz:
- ommadan ajralib turadigan shaxsiyat;
- dolzarb muammolar uchun kuchli fikrlar;
- eskirmas fanlardan eng muhim bilimlar;
- rivojlanishingizga hissa qo'shadigan jamoa, do'stlar va atmosfera;
- esdalik sovg'alar, kitoblar va qolganiga loyiha davomida guvoh bo'lib boraverasiz!
📍Minimum 1 oyda o'zingizni yangi formada ko'rishni istasangiz Nukta kanaliga a'zo bo'ling va kuzatib boring.
📚 "Millatni uyg'otish - uyg'onganlarning vazifasi!"
Bugun so‘rovnoma yakunlanadi:
❓2023-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?
"Yil kitobi — 2023"
Kitobxonlar klubi va @e_kutubxona sahifasi "Yil kitobi — 2023" so‘rovnomasini e'lon qiladi.
So‘rovnomada kitobxonlar 2023-yil davomida o‘qigan kitoblari ichidan "eng yaxshi" deb hisoblagan kitoblarni bildirish orqali ishtirok etadilar.
So‘rovnoma:
❓2023-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?
Ovozlaringizni izohlarda yoki Kitobxonlar klubi guruhida qoldirishingiz mumkin.
#Yumshoq_kuch
• Tagiga chizib o‘qiluvchi satrlar (davomi)
1989-yilda Berlin devori qulashidan ancha ilgari ushbu ulkan to‘siq turli xil ko'ngilochar dasturlar, televideniya hamda filmlar orqali allaqachon buzib tashlangan edi. Bolgʻa va buldozerlarning ishini ancha avval Gʻarbning mashhur madaniyati yengillatgan edi.
Yumshoq kuch — tahdid va mablag‘siz hamkorlikka unday olishdir.
Amerika iqtisodiyoti dunyoda birinchi o‘rinda turadi, degan tushuncha shubhali. Daromadlar tengsizligi kengroq bo‘lgani uchun ham u tanqidga ko‘proq moyil.
Qachonki insonlar haddan tashqari koʻp boʻlgan ma'lumotlar oqimi bilan to'qnash kelsa, ularning qay biriga diqqat e'tiborlarini qaratish borasida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Endilikda maʼlumot emas, balki diqqat e'tibor va idrok noyob resursga aylandi. Ya'ni, chalg'ituvchi xabarlar ichidan kerakli axborotni farqlay olganlargina haqiqiy kuch sohiblaridir.
Axborot asrida siyosat bu hikoyada g'olib chiqqanlarga tegishlidir.
Hukumatlar boshqa bir hukumatlar va turli tashkilotlar bilan oʻzlarining ishonchliligini oshirish, raqiblarinikini esa kuchsizlantirish maqsadida kurash olib boradilar.
Juda koʻplab siyosiy liderlar muammo faqatgina boshqalarda ma'lumot yetarli emasligida va agarda ular biz bilgan narsalarni bilsa, atrofga bizning koʻzimiz bilan qaraydilar, deb o'ylashadi.
Muammolar koalitsiyalarni shakllantirishi kerak, koalitsiyalar muammolarni emas.
BMT Xavfsizlik kengashidagi veto huquqi uyning elektr tizimidagi sug‘urta qutisiga o‘xshaydi. Uy yonib ketganidan ko‘ra, sug‘urta yonib, chiroq o‘chgani yaxshi.
- Jozef Nay: Yumshoq kuch
📚 @e_kutubxona
#Tanlama
Kitobxonlar klubi'da 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan №191 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:
Jami: 1263 ovoz
1. Lolazor - 402 (32%)
2. Qo‘rqinchli Tehron - 255 (20%)
3. Manipulyativ diktatorlar - 254 (20%)
4. O‘zbekiston tavalludi - 191 (15%)
5. Gulag arxipelagi - 161 (13%)
✅ Demak, 24-fevral kuni Kitobxonlar klubida "Lolazor" romani tahlil qilinadi.
#Ajib_yangi_dunyo
«Erkinlik va hatto oddiy insonparvarlikning bahosi bu abadiy hushyorlikdir».
- Oldos Haksli. "Ajib yangi dunyo"
📚 @e_kutubxona
#Anna_Karenina
Lev Tolstoy, «Anna Karenina» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (3)
| 2-kitobdan
Faqat Rossiyadagina odamlar ellikka kirishsa qarib qoldim deyishadi, Fransiyada esa ellikka kirgan kishi o‘zini navqiron deb, qirqqa kirgan kishi esa yigitcha deb hisoblaydi. (160b)
«Men qo‘limdan kelgan hamma narsani qilib ko‘rdim, endi bitta chora qoldi, u ham bo‘lsa — parvosizlik». (400b)
U mahallar men yetisha olmaydigan ajoyib ko‘ringan narsalarning ko‘pi endi ma'nosiz, u mahallar ixtiyorimda bo‘lgan narsalarga endi men o‘lsam ham yetisha olmayman. (404b)
Odamlarni bir-biriga bog‘lab turgan narsa — yashash uchun kurash-u nafrat xolos. (411b)
Muhabbat tugagan joyda nafrat boshlanadi. (412b)
Aql insonga o‘zini bezovta qilayotgan narsalardan qutulish yo‘lini topish uchun berilgan. (416b)
✍ Valentin Rasputin
📓 "Yong‘in"
⚙ Qissa
⚖ 0,3 MB
🔎 PDF
📄 41 sahifa
📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №190 mutolaa uchun Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" kitobi tanlandi.
Muhokama sanasi: 27-yanvar, 2024, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
🚀 Bilaman, kanalimda kitobxonlar jamlangan. Endi yangilikni eshiting:
- Nukta kanalida eng yaxshi izoh uchun mukofot qo'yilgan.
- Har hafta zakovat va quiz viktorina.
- Yaqinda "Fikriy uyg'oqlik" loyihasiga start berishgan. Qabul tugamaskan, zo'r-a 😅?
- Haqiqatni ayovsiz ochadigan tasvirlar ham talaygina.
- Jamoa esa kamida 100+ kitob o'qigan, har xil sohada tahlil quvvatiga ega kitobxonlar.
🤫 Kuzatishlarimga qaraganda u yerdagi inson minumum bir oyda fikriy kenglikka erisha oladi.
- guys, #fikrlashamiz heshtegi ostidagi postlarga meni obunachilarim izoh yozib, kitob yutib olishlarini xohlayman.
📚 "Millatni uyg'otish - uyg'onganlarning vazifasi!"
O‘QISH
Nega o‘qimaymiz?
Nega o‘qishga berilib ketmaymiz?
Nega endi kitob o‘qish butun bir jamiyat yoppasiga g‘arq bo‘ladigan madaniyatga aylanmaydi?
Nega endi jamoat transportlarida yoppasiga kitob o‘qiyotgan kishilarni uchratmaymiz?
Men haqiqatni sevganim uchun o‘qiyman...
Mutloq haqiqatni...
Aslida bu haqiqat amri muhol. Ammo bilishning lazzati meni haqiqatni doimo qidirishga undaydi. Buni esa kitob o‘qishdan boshqasidan topa olmaysiz!
- Abdulqodir Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
#10kitob
Siyosatshunos Hamid Sodiq “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi.
1. Vaslav Gavel, “Kuchsizlar kuchi” asari
2. Yulo Vooglayd, “Vatandoshlik dasturi” kitobi
3. Adib Xolid, “Oʻzbekiston tavalludi” kitobi.
4. Segrey Guriyev, Daniyel Trinsman, “Manipulyativ diktatorlar” kitobi
5. Daron Ajemoglu, Jeyms Robinson “Tor koridor” asari
6. Sharl Lui Monteskye “Qonunlar ruhi haqida” kitobi
7. Daron Ajemoglu, Jeyms Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” asari
8. Tomas Gobbs, “Leviafan” kitobi
9. Balint Madyar, Balint Madlovich, “Post kommunistik rejimlar” kitobi
10. Nikollo Makiavelli, “Hukmdor” asari.
📚 @e_kutubxona
#Erkin_mavzu
Mavzu: «2024-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim»
2024-yilda kitob mutolaasi bo‘yicha qanday rejalaringiz bor va joriy yilda o‘qishni maqsad qilgan asosiy 5 ta kitobingiz qaysilar bo‘ladi? Bugun shu haqida fikr almashamiz.
📚 @e_kutubxona
"Yil kitobi — 2023"
Kitobxonlar klubi va @e_kutubxona sahifasi "Yil kitobi — 2023" so‘rovnomasini e'lon qilgan edi. So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan kitoblar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
01. Atom odatlar – 33 (ovoz)
02. Ikki eshik orasi – 28 (ovoz)
03. Men: Bas qil, ey nafs! – 24 (ovoz)
04. Halqa – 22
05. O‘tkan kunlar – 19
06. 1984 – 17
07. Imomning maneken qizi – 17
08. Molxona – 15
09. Dunyoning ishlari – 14
10. Jimjitlik – 14
11. Yulduzli tunlar – 14
12. Jinoyat va jazo – 12
13. Qalb iffati – 12
14. Raqamli qal’a – 12
15. Saodat asri qissalari – 12
16. Martin Iden – 11
17. Savdogarlar ustozi 1 – 11
18. Sir: Oshiqlar o‘lmas – 10
19. Dor ostidagi odam – 9
20. Halol luqma – 9
21. Alkimyogar – 8
22. Andisha va g‘urur – 8
23. Tirilish – 8
24. Tushda kechgan umrlar – 8
25. Ufq – 8
26. O‘gay ona — 8
27. Da Vinchi siri – 7
28. Graf Monte Kristo – 7
29. Jeyn Eyr – 7
30. Lol: Har shaharning o‘z egasi bor – 7
31. Shamol ortidan yugurib – 7
32. Anna Karenina – 6
33. Iskanja — 6
34. Iymon – 6
35. Madaminbek: Qonli gullar vodiysi – 6
36. Mazaxchini o‘ldirish – 6
37. Qo‘rqinchli Tehron – 6
38. Vatandoshlik dasturi – 6
39. Vavilonlik eng boy odam – 6
40. Choliqushi – 6
41. Alfido – 5
42. Afv et, Allohim – 5
43. Bonu – 5
44. Buyuk shaxmat taxtasi – 5
45. Faust – 5
46. Ilm olish sirlari – 5
47. Mariya – 5
48. Ma’naviy masnaviy – 5
49. Odam bo‘lish qiyin – 5
50. Oltin zanglamas – 5
51. Oq kema – 5
52. Savdogarlar ustozi 2 – 5
53. Tazkirat ul-avliyo – 5
54. G‘oyam – 5
55. Chol va dengiz – 5
• Nomi qayd qilingan kitoblar soni:
392 ta
• Ovoz beruvchilar soni: 306 nafar
🥇 "Yil kitobi — 2023": «Atom odatlar» (Jeyms Klir)
📚 @e_kutubxona
✍ Adham Ibrohim o'g'li
📓 "Eng komil inson"
⚙ Siyrat
⚖ 2,6 MB
🔎 PDF
📄 400 sahifa
📚 @e_kutubxona
So‘rovnoma davom etadi:
❓2023-yilda o‘qigan kitoblaringiz ichidan «Eng yaxshi 3 tasi» deb qaysi kitoblarni e'tirof etasiz?
So‘nggi 125 yillikning eng yaxshi 5 kitobi
“New York Times” nashri dunyoning 68 ta mamlakatida yashovchi 200 mingta kitobxon orasida soʻrovnoma oʻtkazdi va soʻnggi 125 yillikning eng yaxshi beshta kitobini tanlab oldi. Gʻoliblar reytingi bilan tanishing:
📓 1. “Mazaxchini oʻldirish” (1960), Xarper Li
Amerika klassikasiga aylangan bestseller AQSh janubidagi kichik shaharcha hayotidan hikoya qiladi. Attikus Finch ismli advokat oq tanli ayolga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan afroamerikalikni sudda himoya qilish vazifasini oʻz boʻyniga oladi.
Adiba 1961-yilda ushbu asar uchun Pulitser mukofotini olgan, asar qora tanli odamlarning huquqlari uchun kurashish timsoliga aylangan. Mazkur kitob Amerikadagi oʻrta maktablarning 80 foizida taʼlim dasturiga kiritilgan.
📓 2. “Uzuk birodarligi” (1954), Jon Ronald Ruel Tolkin
Xobbit Frodo sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi asar “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining birinchi qismi hisoblanadi. Frodo katta qudratga ega boʻlgan qadimiy uzukni yoʻq qilish uchun uzoq va xavfli sayohatga yoʻl oladi. 2001-yili ushbu asar asosida shu nomdagi film suratga olingan.
📓 3. «1984» (1949), Jorj Oruell
Jorj Oruell tomonidan yozilgan “1984” antiutopik asari hayotning har bir jabhasi qudratli partiya tomonidan boshqariladigan dunyo haqida hikoya qiladi. XX asrning oʻrtalarida yozilgan mazkur asar soʻnggi yillar ichida har doimgidan-da mashhur boʻlib ketdi. Unda totalitarizmning dahshatli koʻrinishi aks ettirib berilgan.
📓 4. “Yolg‘izlikning yuz yili” (1967), Gabriel Garsia Markes
Gabriel Garsia Markes tomonidan yozilgan “Yolgʻizlikning yuz yili” asari adabiyotdagi realizm yoʻnalishining eng mashhur namunalaridan biridir. Kitob 20 ta bobdan iborat boʻlib, katta oila hayoti haqida hikoya qiladi.
📓 5. “Suyukli” (1987), Toni Morrison
Amerikalik yozuvchi Toni Morisson tomonidan yozilgan ilk roman nashr etilishi bilanoq haqiqiy bestsellerga aylangan. Asarning bosh qahramoni qora tanli qochoq qul ayol 2 yoshlik qizini qullikdan qutqarish uchun uni oʻldirishga majbur boʻladi. Oradan yillar oʻtib bosh qahramonning uyiga bolakayning arvohi joylashib oladi. Asar 1988-yilda Pulitser mukofotga munosib deb topilgan.
📚 @e_kutubxona
#Maqola
✍ Adib Xolid
📓 O’zbekiston: Millatning tavallud topishi
⚙ Maqola
⚖ 0,5 MB
🔎 PDF
📄 25 sahifa
📚 @e_kutubxona