e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54084

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

#Saboqlar

O‘zi idrokiga qodir bo‘lmagan narsalarga yo‘qlik nisbatini berishi kishining nodonligi belgisidir.

- Abu Homid G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Bir kishi faqih Abu Homid Ahmad ibn Abu Tohirdan bir kitobni omonatga oldi. Abu Homid bir ish bilan uning uyiga borganida u kishining o‘sha kitobning ustiga uzum qo‘yganini ko‘rdi.
Keyinroq o‘sha kishi Abu Homiddan yana omonatga kitob so‘radi. Abu Homid u so‘ragan kitobni bir tovoqqa solib olib chiqdi. U kishi Abu Homiddan kitobni nega tovoqqa solib olib chiqqanini so‘radi. Abu Homid dedi:
"Bu sen so‘ragan kitob. Bu tovoq esa yeydigan narsangni qo‘yishing uchun!".
Kishi xatosini angladi!

Inson uchun kitobi aziz bo‘ladi. Agar birovga manfaat berishini, savobni, ilm tarqatishni va kitob so‘rovchini ranjitishni o‘ylamaganida kitobini birovga bermagan bo‘lar edi.
Kitobni omonatga olgan kishi ham uni chiroyli saqlashi, muhofaza qilishi va egasiga chiroyli holatda qaytarishi lozim.
Ba’zilarga kitob bersangiz kitobda ovqat qoldiqlarini ko‘rasiz. Go‘yo kitobni o‘qish uchun emas, ovqatlantirish uchun olgandek.
Ba’zilar esa kitobingiz ustiga choy, qahva to‘kib, varaqlarini sarg‘aytirib qaytarishadi.
Albatta bu ishlarni qasddan qilishmaydi. Beparvolikdan, e’tiborsizlikdan qilishadi.
Ba’zilar kitobingizni qaytarishganda kitob yirtilgan, varaqlari bukilgan va shalviragan holda bo‘ladi.
Boshqa birovlar esa kitobingizga bir nimalarni yozishadi, chizib tashlashadi.

Birodarim! Bu mening kitobim, sizniki emas. Mas’uliyatni his qilishingiz kerak. Bunday qilishingiz mumkin emas. Bu ish omonatga xiyonat hisoblanadi. Omonatga olgan narsasidan inson so‘raladi!
Ba’zilar esa yuqoridagilarning baridan yomonroq bo‘ladi. Kitobni olishga olib qaytarib bermaydi. Butunlay egallab oladi!
Bu menga Anatol Fransning quyidagi gapini eslatadi:
"Kitobingizni boshqalarga bermang. Ular baribir qaytarishmaydi. Mening uyimdagi barcha kitoblar boshqalardan olingan kitoblardir!".

- Abdulqodir Samarqandiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, xavfsizlikni ta’minlashning konseptual farqli ikki yo‘nalishi mavjud. Biri – xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning mexanik yo‘li: ijtimoiy barqarorlikka erishishi uchun, ijtimoiy kayfiyat yaxshi bo‘lishi kerak. Odamlar kayfiyati yaxshi bo‘lishi uchun, yomon xabarlar bo‘lmasligi kerak. Yomon xabarlar bo‘lmasligi uchun, bunday ma’lumotlar tarqalmasligi, chiqmasligi, eshitilmasligi kerak. Faqat yaxshi xabarlar bo‘lsin! Ana shunda, hammasi go‘zal bo‘ladi!

Ikkinchi yo‘l – xavfsizlik va barqarorlikni tabiiy vositalar orqali ta’minlash: muammolarni tezda, malakali topish va malakali yechimlar taklif qilish orqali, odamlarning rozi-rizoligini qo‘lga kiritish. Buning uchun salbiy jarayonlarni malakali yoritish, davlat va jamiyat e’tiborini qaratish, yechim topishga undash...
*
Birinchi yo‘l – senzura, tadrijiy rivojlanib boruvchi nazorat, avtoritarizm va diktatura yo‘li. Ikkinchi yo‘l – murakkab bo‘lgan, lekin dunyo tajribasini o‘zining o‘ta samarali ekanligini isbotlaga yo‘l. Keyingi vaqtlardagi bir qancha voqealar, O‘zbekistonda OAVlariga, erkin axborotga, erkin fikrlashga bosim kuchayayotganiga ishora qilayapdi. Bosimlar orqali, axborot erkinligini sekinlatish maqsad bo‘lsa – noto‘g‘ri taktika. Natijada, hokimiyatga bo‘lgan O‘zbekiston jamiyati va dunyo hamjamiyatining ishonch indikatorlari, qo‘shimcha tarzda pasayadi.

Agar so‘z erkinligidan voz kechish yo‘li bo‘lsa – natijasi nafaqat jamiyat uchun, balki hokimiyatni o‘zi uchun ham talofatli bo‘ladi. So‘z erkinligi – hokimiyatning jamiyat qo‘l tomiridagi yurak urishini, pulsni bilishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi.
*
Globallashuv – muqobilliklar davri. So‘z erkinligiga bosim – muqobil axborotlarga, muqobil OAVlariga, tashqi dunyoga og‘ishuvni kafolatlaydi. Axborot markazlari va tashabbuslari, yana O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketadi. O‘zbekiston jamiyatining fikrlashi, hokimiyat legitimligini belgilovchi axborot oqimlari, yana tashqaridan boshqariladi.
*
O‘zbekiston davlatchiligining, soxta va haqiqiy tarafdorlari, do‘stlari bor. Soxta do‘stlar, davlat va jamiyatdagi kasallikni yashiradi, to‘g‘ri diagnoz qo‘yish o‘rniga, yoqimli so‘zlarni ishlatadi, tezroq sog‘ayishiga imkon bermaydi. Chunki, soxta do‘stlarning motivi – hokimiyatga yoqimli ko‘rinish.

Haqiqiy do‘stlar, imkon qadar, hurmat-ehtirom va yuqori malaka bilan, muammolarni ko‘rsatish orqali, yechim topishga ishora qiladi. Bu bilan, davlat va jamiyatning hayotini sog‘lomlashtiradi, umrini uzaytiradi, qudratini parvarishlashga hissa qo‘shadi. Erkin OAVlari, erkin fikrlovchi shaxslar, mutafakkirlar – O‘zbekistonning haqiqiy do‘stlari hisoblanadi.

2021-yil, 22-iyun

- Kamoliddin Rabbimov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tildan_saboqlar

Takliflarimni huzurlaringizga sunmasdan burun muhim bir eslatma

Dunyoda til ko‘p. Shaklan ham, ma’no tomondan ham har biri o‘ziga xos. Jumladan, har bir tilning o‘ziga, faqat o‘ziga xos tovush tizimi bor. Shu xususiyati bilan bir-biridan farqlanadi, shunisi bilan go‘zal!
Til ilmini biladiganlar biladi: biron tilga chekkadan yot bironta so‘z ( u oddiy bir so‘z bo‘ladimi, narsalar, joy yoki odam oti bo‘ladimi — farqi yo‘q) kiradigan bo‘lsa, qabul qiluvchi til o‘zining tovush chiqarish qoidasiga ko‘ra o‘zining tovush tizimiga moslab (o‘zgartirib-o‘zlashtirib) qabul qiladi. Masalan, arablar "’iyd" deb aytadigan so‘zni bizning tilimiz "hayit" deb o‘ziga moslab qabul qilganidek. O‘rislar "nemets" shaklida aytadigan so‘z o‘zbekchaga "nemis" bo‘lib kirganidek. O‘zbekcha aytilishda "Ibrohim" bo‘lgan otni o‘rislar o‘zining tiliga moslab "Ibragim" deb aytayotganidek. "Abu Ali ibn Sinoni Gʻarb olami "Avitsenna", Al-Xorazmiyni "Algoritm", Al-Farg‘oniyni "Alfraganus" deb qabul qilganidek. Va hokazo.
Dunyoning hamma tillari mana shu qoida asosida ishlaydi va bu qoidaning ishlashi o‘sha tillarning mustaqil til ekaniga dalillardan biridir. Bitta biz bu qoidaga rioya etmaymiz, afsus. To‘g‘rirog‘i, shunday bo‘lib qolganmiz. Chunki bizning tilimiz tillar ichida eng qaram tildir. Bugun o‘zbeklarimiz orasida ayrimlar (ular ko‘pchilik) ongiga singib qolgan "Xalqaro so‘zlar o‘zbekchaga hech bir o‘zgarishsiz aynan qabul qilinishi kerak!" degan yanglish, o‘ta yanglish tushuncha aslida sovet davrida yurgizilgan tilni, ongni, ruhni, yurakni... o‘rislashtirish siyosati mevasidir.
Afsus, haligacha bu xatarli "qoida"dan hech qutula olmayapmiz. Holbuki, bu "qoida" tagida o‘zbekcha tovush (talaffuz) mustaqilligini yo‘qotish hisobiga til tabiatini buzish, o‘ris tilidan so‘zlar va atamalar oson va to‘siqsiz kirib kelishiga yo‘l ochish maqsadida tovush chiqadigan joylarimizni o‘rischa talaffuzga yaqinlashtirish maqsadi yotgan edi.
Biz "Chekkadan kirayotgan so‘zlar o‘zgarishsiz qabul etilishi kerak!" deb yoqa yirtayotganimizda, birinchidan, kirayotgan u so‘z yoki atama o‘z tilida butunlay boshqacha talaffuz etilishi bilan ishimiz bo‘lmayapti, ikkinchidan, biz u so‘z yoki atamalarni ular dunyoning boshqa-boshqa tillariga tegishli bo‘lishiga qaramay o‘rischa aytilish shaklini olayotganimizni bilmayapmiz va hamon shu kasalimiz davom etmoqda. Masalan, nemislarning o‘zlari "Hitler"ni "Gitler" demaydi, o‘rislar shunday deydi. Mojorlarni o‘rislar "venger" degani uchun biz ham shunaqa deydigan bo‘lib qoldik. Bunaqa misollar ko‘p.
O‘zbek tili mustaqilligini shu qadar yo‘qotdi, hatto o‘z tilimizda atalib kelgan joy otlarini o‘rischa shakliga almashtirdik. Masalan, ota-bobolarimiz Chinning hozirgi poytaxtini "Xonbaliq" derdi, biz uni o‘risdan "Pekin" deb oldik va shunday bo‘lishi kerak deb oyoq tirab turibmiz.
Qisqasi, til mustaqilligiga erishish uchun buzilgan tovush qo‘rg‘onimizni qaytadan tiklashimiz va uni mustahkamlashimiz kerak.
Dunyoda tillar bir-biridan ta’sirlanib turishi bor gap. Hech bir til top-toza emas. Bu yerda gap chekkadan kirayotgan so‘z va atamalarni o‘zbekcha aytilish qoidasiga moslab (o‘zlashtirib) qabul etish lozimligi haqidadir.

Buncha tushuntirishdan so‘ng ayrim otlar tilimiz tabiatiga xos tarzda qanday aytilishi kerakligiga o‘rnaklar bermoqchiman.

1. Qosim-Jomart Toqayev emas, Qosimjo‘mard To‘qayev (yoki: Qosim Jo‘mard To‘qayev).
2. Abdulla Aripov emas, Abdulla Oripov.
3. Rejeb Taib Erdogan emas, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
4. Si Szinpin emas, Shi Jin Pin...
5. Vyetnam emas, Vetnam.
6. ...

Istasangiz, shu ruhda davom ettiring yoki so‘rang.

- Nurulloh Muhammad Raufxon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Bir kuni Muso alayhissalom Allohga duo qildilar:
- Ey Robbim! Meni insonlarning tilidan saqla!
   Alloh vahiy qildi:
- Ey Muso! Buni hatto o‘zim uchun ham qilmaganman. Senga qanday qilaman?!

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Barcha ixtiloflarda g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qilma. Gohida munosabat (pozitsiya)ni qo‘lga kiritgandan ko‘ra qalblarni ulfat qilgan yaxshiroq. O‘zing qurib, o‘tib turadigan ko‘prikni buzib tashlama. Ehtimol kunlarning birida qaytishga ehtiyoj tug‘ilib qolar. Doim xatoning o‘zini yomon ko‘r, xatokorni emas. Bor vujuding bilan gunohni yomon ko‘r, lekin gunohkorga rahm qilib, afv et. So‘zni tanqid qil, lekin uning aytuvchisini hurmat qil. Chunki, bizning majburiyatimiz kasallikka barham berish, bemorga emas.

- Imom Shofe’iy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kursiv Uzbekistan bilan yangiliklardan xabardor boling

Klikbeyt, soxta xabarlar va ortiqcha malumotlardan holi asosiy yangiliklardan xabardor bolishni xohlaysizmi?

Kursivga obuna boling — Bu voqeliklarni his qilayotganlar uchun Ozbekistondagi yangiliklari.

Kanalni oz yolini topayotgan, biznes qurayotgan va atrofda nima bolayotganini chuqurroq tushunmoqchi bolganlar oqiydi

Tomosha qilish

#reklama 16+

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

- Dada qarang yulduz uchdi, nima niyat qilsam ekan?

- O'g'lim, biz yulduz uchsa niyat qilib, duo o'qiydigan emas, niyat qilib duo qilsak yulduz uchadigan ummatmiz!

(c)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📚 Kitob – eng yaxshi ustoz!

Sizga moliyaviy savodxonlikni oshiradigan, investitsiyadan daromad topishni o‘rgatadigan BEPUL elektron kitob taqdim etamiz.

Ushbu kitobda:
🧠 Investitsiya nima va qanday ishlaydi?
📈 0 dan boshlayotganlar uchun oddiy va tushunarli izohlar
💰 Ilk daromadga qanday erishish mumkin?
⚖️ Halollik va ishonch ustun bo‘lgan yondashuv

👤 Muallif: Azam Azizov – 10+ yillik tajribaga ega, bilimini ochiqchasiga ulashmoqda.

🎁 BONUS: Kitob bilan birga onlayn trening ham taqdim etiladi – bilimga asoslangan muvaffaqiyat sari tezroq yetishasiz.

📥 Kitob va treningni bepul yuklab olish

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Buyuklik xislati"
✍ G'iyosiddin Xondamir

⚖ 8.0 MB
📄 304 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mutolaa

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitob o‘qish haqida tavsiyalari

Shayx hazratlarining kitob o‘qishdagi tajriba va tavsiyalaridan ham eslab o‘tsak. U kishi kitob o‘qish uchun kundalik daftar tutishni tavsiya qilar edilar. «Har bir kitobni boshlashda o‘sha kunni daftarga qaydlab qo‘yasiz. Kitobda tushuna olmagan, savol tug‘ilgan o‘rinlar uchun ham daftarga ishora qo‘yib borasiz. Biror jumla yoki gapni tushuna olmasangiz, ko‘p o‘ylanib vaqtni ketkazmaslik kerak, vaqti-soati kelib, biror joydan o‘sha gapning sodda ifodalangan shakli chiqib qoladi, jumboq o‘z-o‘zidan yechiladi. Keyin kitobni tugatgan sanangizni belgilaysiz. Shunda qancha va qaysi kitoblarni o‘qiganingiz ko‘z o‘ngingizda bo‘ladi. Bu holat sizga yanada shijoat beradi», degan edilar.

Ba’zan odamlarning «Hazratning kitoblari ilmiy-da, tushuna olmayapmiz», deyayotganini eshitib qolamiz. Bu gap qisman to‘g‘ri, ammo hammasi ham shunday emas. Ularni yuqorida berilgan tartibda o‘qilsa, tushunish qiyin bo‘lgan joyini belgilab borib, keyin ahli ilmlardan so‘rab olinsa yoki «Savol-javob» saytidan so‘ralsa yoxud kitob o‘qishda bardavom bo‘linsa, asta-sekin hamma narsa tushunarli bo‘lib, mutolaa ochilib boraveradi. Shunisi aniqki, musulmon odam dinini o‘rganish uchun ushbu dovonni oshib o‘tishi lozim, boshqacha qilib aytganda, ilm olish uchun biroz mashaqqat tortishi kerak.

Shayx hazratlari har bir ishda tartibli bo‘lib, vazifalarni mahkam tutish lozimligini ham ta’kidlardilar. «Bir ishga o‘zingizni bir muddat majburlasangiz, o‘sha narsa sizga odatga aylanib qoladi, keyin o‘shani bajarmasangiz, uyqungiz kelmaydigan bo‘lib qoladi», der edilar. U zot kitob o‘qish haqida yana «Bugun kitob o‘qigan odam kechagi odam emas-da», deb qo‘yardilar.

Bir kuni hazrat bilan bir joydan kelayotib, «fotochteniye» ‒ tez o‘qish usullaridan biri haqida so‘radim, chunki o‘sha kunlari shu mavzuda bir kitobchani o‘qiyotgandim. Ustoz: «Bu kabi usullar har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi, matn esda qolsa ham, boshqa jihatlarda nuqson bo‘ladi, masalan, fikrlash yetuk bo‘lmaydi. Undan ko‘ra o‘zimizning o‘qishimiz yaxshi», dedilar.

Yana bir kuni hazratga o‘qiyotgan kitoblarimizdagi ko‘p gaplar yoddan chiqib ketayotganidan shikoyat qilgandek bo‘ldim. Shunda ustoz: «O‘zi shunaqa bo‘ladi. Bir ma’lumotni bir kitobda ko‘rib, keyin shu bo‘yi o‘qimasangiz, esingizdan chiqib ketishi oson bo‘ladi. Agar o‘sha ma’lumotni bir safar bu kitobda, keyin boshqa bir kitobda, bir muddat o‘tib, yana qaysidir asarda o‘qisangiz, ana shunda xotirada yaxshi qoladi», dedilar. Shu bois, kitoblarda ayrim ma’lumotlarni takror o‘qishdan malollanmang, bu ham siz uchun foyda. Bir ma’lumotni bitta kitobda takror o‘qigandan ko‘ra, boshqa-boshqa asarlarda o‘qish uning yodda yaxshiroq saqlanishini ta’minlaydi.

Shayx hazratlari: «Bir mavzu haqida qaysi kitobda qanday ma’lumot borligini eslab qolishning o‘zi ham katta yutuq, juda batafsil esda qolmasa ham mayli. Kerak bo‘lganda darrov izlab, topib olasiz», derdilar. U kishi yana: «Bir narsani o‘qisangiz, qanchadir qismi esda qolib, qolgani esdan chiqadi. Agar o‘shani o‘qish bilan birga yozib ham chiqsangiz, ancha ko‘proq qismi yodingizda saqlanib qoladi. Ammo ma’lumotni esda saqlashning eng yuqori darajasi o‘sha mavzuni kimgadir dars qilib o‘tishda ekan. Dars bersangiz, ham yaxshi uqib olasiz, ham esda saqlab qolasiz», degandilar. Shunga ko‘ra, o‘qigan kitoblaringizni farzand-nabiralarga tushuntirib borsangiz, olgan ma’lumotingiz xotiraga mustahkamroq joylashadi.

Davomi bor

- Hasanxon Yahyo Abdulmajid

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta

Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨

Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz

Узнать больше

#reklama 16+
play.google.com

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Tasavvur qiling, bu ikki apelsinni ko‘chadan topib oldingiz. Qay birini olgan bo‘lar edingiz?
Menimcha nima demoqchi ekanimni tushundingiz.

- Ayman Yog‘iy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

​​SEZILMAYDIGAN JAZODAN EHTIYOT BO‘LING!

Bir kishi Hasan Basriy rohimahullohning huzuriga kelib dedi:

– Mening eshitishimcha, har bir qilingan gunohning jazosi bor. Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!
Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
- Bolam! Alloh seni bir necha bor jazolagan, ammo sen bilmagansan:

1. U sendan munojot qilish halovatini tortib olmadimi?
2. Bir necha kunlar o‘tsada Qur’onni Alloh uchun ochib o‘qimading. Bu jazo emasmi?
3. Bir qancha kechalar o‘tsada tahajjudga turmading. Bu jazo emasmi?
4. Alloh seni zikridan to‘sib qo‘ymadimi?
5. Seni molni, obro‘ni va shuhratni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘ymadimi?
6. Qalbingga toatni og‘ir bo‘lib qolganini sezmayapsanmi?
7. Gʻiybat, chaqimchilik va yolg‘on gapirish senga oson bo‘lib qolmadimi?
8. Alloh senga oxiratni unuttirib, eng katta g‘amingni dunyo qilib qo‘ymadimi?
9. Ramazon, shavvolning olti kuni, zulhijjaning o‘n kuni kabi savob mavsumlari kelganida sen ularni g‘animat bilmading-ku! Shu jazo emasmi?

Allohning jazolarining eng yengili seziladigan, bilinadigan jazolardir. Jazolarning og‘iri sezilmaydiganidir. Allohning jazosi sezilishdan ancha yuqori turadi. Oxiratni unuttiradigan dunyo ila seni mashg‘ul qilib qo‘yishi uning iqobidir. Oxirat ilmlarini tark qilish evaziga seni dunyo ilmlari ila mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Senga ko‘p mol-dunyo berib ammo toatning lazzatini bermasligi Uning iqobidir. Robbim biz sezmay turib qancha-qancha jazolar ila jazolaydi. Alloh saqlasin!

- “Taqvo ahlining go‘zal qissalari” kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

MENING TO‘RT KUNIM BOR

Xalil ibn Ahmad aytadi:

Mening to‘rt kunim bor.

1. Ko‘chaga chiqib, o‘zimdan ilmliroqqa yo‘liqqan kunim undan nimanidir o‘rganaman. Bu mening foyda topgan, o‘ljani qo‘lga kiritgan kunim.

2. Ko‘chaga chiqib, o‘zimdan ilmsizroqqa yo‘liqqan kunim unga nimanidir o‘rgataman. Bu mening savob ishlagan kunim.

3. Ko‘chaga chiqib, ilm bobida o‘z tengqurimga yo‘liqqan kunim u bilan birga dars qilaman. Bu mening sabog‘imni pishitgan kunim.

4. Ko‘chaga chiqib, o‘zi ilmsiz-u, lekin o‘zini mendan ko‘ra ilmliroq hisoblaydigan kishiga yo‘liqqan kunim u bilan gaplashmay qo‘ya qolaman. Bu mening dam olish kunim.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta

Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨

Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz

Batafsil

#reklama 16+
play.google.com

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola

📓 «Populizm alifbosi»
Hamid Sodiq
⚙ Maqola

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

ISHONCH

Milodiy 642-yil 17-aprelda Hasan Basriy rohimahulloh dunyoga keldi. Hasan Basriy rohimahulloh Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni ko‘rish baxtiga sazovor bo‘la olmadi. U moʻminlar amiri Umar ibn Xattob roziyollohu anhu xalifaligining tugashiga ikki yil qolganida dunyoga keldi. Ammo u sahobalarning buyuklaridan yetarlicha ta’lim olishga muvaffaq bo‘ldi. Anas ibn Molik roziyollohu anhuni lozim tutib undan ilm oldi.
Hasan Basriyning bir shogirdi bo‘lib, uning ismi Habib edi. Habib Hasan Basriyga xizmat qilar, doimo u bilan birga edi. Bir kuni Habib kechki ovqatni olib kelishda hayalladi. Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
- Ovqat qani ey Habib? Ochlikdan halok bo‘layozdik-ku!
Habib dedi:
- Ey imom! Bir miskin kelgan edi. Hamma narsani unga berib yubordim. Chunki men sizning shunday deganingizni eshitgan edim: “Iymon qo‘lingdagi narsadan ko‘ra Allohning huzuridagi narsaning mustahkamligiga ishonishingdir!”.
Hasan Basriy dedi:
- Ey Habib! Senda ishonch ko‘p, ilm ozdir. Unga yarmini berib qolgan yarmini bizga olib qo‘yganingda hozir ovqatlanar edik!
Shu payt eshik taqillab qoldi. Habib borib eshikni ochdi. Bir bola qo‘lida laziz ovqat solingan idish ko‘tarib turar edi. Bola Habibga dedi:
- Bu mening sohibimdan Hasan Basriyga hadya!
Habib tabassum qilib hazil aralashtirib Hasan Basriyga dedi:
- Ey imom! Sizda ilm ko‘p, ishonch oz!
Hasan Basriy rohimahulloh ham tabassum bilan Habibga dedi:
- Ey Habib! Biz sendan o‘zib ketgan edik. Sen bizga yetib olding!

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Haqni tanib ol, shunda haq ahlini ham tanib olasan

Aqlida zaifligi borlarning odati asli shundaydir. Ular kishilarni haq orqali emas, balki haqni kishilar vositasida bilishga urinadilar, haqni kishilarga bog‘lab qo‘yadilar. Oqil kishi esa bunda oqillar sayyidi Ali roziyallohu anhuning: "Haqni kishilar orqali taniy olmaysan. Sen haqni bilgin, shunda uning ahlini ham bilib olasan", degan hikmatlarini o‘ziga shior qilib oladi.

- Abu Homid G‘azzoliy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta

Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨

Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz

Узнать больше

#reklama 16+
play.google.com

Читать полностью…

Elektron kutubxona

BAHOR

Bahor, bilasanmi, senga yozilgan
She’ru dostonlarning sanog‘i yo‘qdir.
Kuzga rahmim kelar, qishga yig‘layman,
Tarahhum etmagan zig‘ircha taqdir.

Bahor, bilasanmi, sening yutug‘ing --
Asli qishdan keyin kirib kelishing.
Qoru muzliklarda sovqotgan dilni
Bir zumda eritib, go‘zal kulishing.

Negadir armonlar potrab chiqadi,
Yana yuraklarga cho‘mgan nolaman.
Bahor, jim turasan, sen bahonangda
Dardimni birma bir to‘kib olaman.

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📓 "Siz bilgan Dukchi eshon"
Alinazar Egamnazarov
⚙ Hujjatli qissa
⚖ 5.7 MB
📄 144 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mutolaa

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitob o‘qish haqida tavsiyalari (davomi)

Boshi bu yerda

Hazratning kitob haqida aytgan yana bir gaplari bugun juda ham muhim: «Hozirda odamlar manavi telefon va shunga o‘xshash jihozlarda uzuq-yuluq ma’lumotlarni o‘qishga o‘rganib qolishyapti. To‘g‘ri, bunda ham ancha-muncha ilmga ega bo‘lish mumkin. Ammo kitobning o‘rni boshqa. Kitobda muallif avval muqaddima yozadi. Unda ushbu asarda qaysi mavzuda va nimalar haqida so‘z borishini bayon qiladi. Keyin o‘zi yoritayotgan mavzuning tarixidan gap boshlaydi va asta-sekin asosiy nuqtaga yetib boradi. So‘ng esa kerakli xulosalarni berib, so‘ziga xotima yasaydi. Shu bois, kitobni bir chetdan o‘qigan odam bilan u yer-bu yerdan ma’lumot o‘qib yurgan odamning orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. Hakkam-dukkam ma’lumotlarni o‘qishga o‘rgangan odamning fikrlashi ham hakkam-dukkam bo‘lib qoladi, bir narsani gapirsangiz, atroflicha fikrlay olmaydi».

Hozirgi kunda kitoblarning elektron shakllari ham juda ommalashdi. Bunga xizmat qilayotganlarni Alloh yorlaqasin, ajrlarini mo‘l qilsin. Buning qulayligi, yo‘l-yo‘lakay o‘qishga munosibligi va boshqa manfaatli jihatlari borligi aniq. Ammo har qancha foydali bo‘lmasin, baribir oddiy, qog‘oz kitobning o‘rnini bosa olmas ekan. Qolaversa, kitob ochib o‘qishning fayzi boshqa. Kimga qanaqa bilmadim-u, ammo menga shunaqa tuyuladi. O‘zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytsam, elektron kitobda o‘qigan ma’lumotlarim oddiy kitobda o‘qiganlarimchalik esda qolmaydi. Menimcha, ekrandagi kadrni ko‘rish uchun miyaning ancha qismi band bo‘ladi chog‘i va shu bois, ma’lumotni xotiraga saqlashda sustlik yuzaga keladi.

Ota-ona farzandlarining ko‘z o‘ngida hadeb televizor ko‘rib o‘tiravermay, kitob o‘qib tursa, bolalar ham kitobxon bo‘ladi. Ularga qilinadigan sovg‘alar ichida ham albatta kitob, daftar-qalamlar bo‘lishi kerak. Ularni o‘zlari uchun kiyim tanlashga o‘rgatganimiz kabi kitob olishga ham o‘rgatishimiz darkor. To‘y- ma’raka, bordi-keldilarga qunt qilganimiz kabi bolalarga ham kitob xususida va’dalar berib, ularni amalga oshirishimiz kerak. Ota-ona har kuni ma’lum paytda oila davrasida kitob o‘qishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Bolalarga o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblarni tayinlab berib, keyin undan imtihon olib, kundaligiga baho qo‘yib, muvaffaqiyatlari bilan qutlab, sovg‘alar ulashish juda ham muhim. Bularning barchasida izchillik talab qilinadi.

Yana bir tavsiya. Agar imkon bo‘lsa, farzandlarga «Hadis va Hayot» turkumidan olingan qisqa hadislarning matnlarini yodlatib borilsa ham juda yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, «Aqiydatut-Tahoviya»ning matnini ham yodlatilsa ayni muddao bo‘ladi. Ayniqsa, Qur’onni yod olib bo‘lgan bolalar nima qilishini bilmay, to‘xtalib qoladilar. Qur’on bilan zehni charxlanib turgan tolibi ilm uchun hadis va ilmiy matnlarni yodlash ham ancha oson kechadi. Ular bu matnlarning ma’nolarini to‘liq tushunmasalar ham yodlab olaversalar, keyinroq ma’nosini o‘rganib, to‘ldirib oladilar va bu ilm ularga mulk bo‘lib qoladi.

Xulosa qilib aytganda, shayx hazratlarining asarlarini o‘rganishda muallif rahmatullohi alayhning mazkur ko‘rsatmalariga amal qilib borilsa, inshaalloh, juda ulug‘ ish bo‘ladi. «Toma-toma ko‘l bo‘lur», deganlaridek, hademay ancha katta ilmga, ma’naviy kamolotga yetib qolinadi. Shu bilan birga, kitob o‘qishda qalbni musaffo tutish va o‘qiganlariga amal qilib borish ilmning barakali bo‘lishi uchun asosiy omil ekanini ham unutmaslik kerak.

Alloh taolo Qur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birgina narsani ziyoda etishni so‘rab duo qilishni buyurgan. U ham bo‘lsa, ilmdir.

«Robbim! Ilmimni ziyoda qil!» deb ayt» (Toho surasi, 114-oyat).

Alloh hammalarimizning ilmimizni ziyoda qilsin va manfaatli aylasin!

- Hasanxon Yahyo Abdulmajid

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Qalam va qadam davri

Misrlik mashhur adib Tavfiq al Hakim Misr futbol terma jamoasidagi o‘yinchilardan biri oladigan maoshni bilgach, quyidagi satrlarni yozdi:

“Qalam davri tugab, oyoq asri boshlandi. Ushbu o‘yinchi atigi bir yil ichida Exnaton davridan beri Misr adiblari olmagan maoshga ega bo‘ldi”.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

BeeMarket — biznesingiz uchun rasmiy texnika

BeeMarket — Beeline'ning rasmiy do'koni

💻 Ofis va korxona uchun texnika: noutbuklar, printerlar, telefonlar
✅ Faqat yuridik shaxslar uchun. Barcha mahsulotlar rasmiy, IMEI bilan, kafolatli
🚗 Shartnoma asosida, to'lov — faqat yuridik hisobdan. 24 soatda O'zbekiston bo'ylab yetkazamiz

😊 Tafsilotlar uchun biz bilan Telegram'da bog'laning

Telegramga yozish

#reklama
market.beeline.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Mutolaa

Ibn Rushddan qancha kitob o‘qigani haqida so‘rashganda, shunday degan ekan:

"Ikki kecha kitob o‘qiy olmaganman xolos. Nikoh kecham va otam vafot etgan kechada".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Abu Xozim rahmatullohi alayh semiz qo‘yning go‘shtini sotib turgan qassobning yonidan o‘tib qoldilar. Qassob unga:
- “Ey, Abu Xozim go‘shtdan oling, juda yaxshi go‘sht” - dedi. Abu Xozim:
- “Yonimda dirhamim yo‘q” - dedilar. Qassob:
- “Pulini keyin bersangiz ham mayli” - dedi. Shunda u zot:
- “Men uchun sizga keyin bergandan ko‘ra, nafsimga keyin berganim yaxshiroqdir” - deb javob berdilar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

AVO platinum kredit kartasini ilovada oching!

✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta.

AVO ilovasida kredit karta oching va 50 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰

Install

#reklama
click.avo.uz

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ayol-qizlar uchun ingliz tilini o'rganish imkoniyati📌
Individual va guruh darslari

💭 Boshlanish vaqti: 14-aprel
💭 Telegram va zoom platformalarida

Sizni nimalar kutmoqda:
🔖 Iliq muhit
🔖 Qulay platforma
🔖 tajribali ustoz (IELTS 7,5)

Darslar sizga faqat grammatika emas, barcha skillarni bir vaqtda rivojlantirish imkonini beradi, yengil (tez singuvchi, hazm qilinuvchi))) qilib tayyorlangan Oxford, Cambridge darsliklari asosida o'tiladi.

Guruhdagi har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanaman. Bu degani, faqat mavzuni so'rab qo'yish emas, holatiga ko'ra vazifalar berib borish ustida ishlayapman. Hammani o'rganish tezligi, sharoiti har xil, shuning hammaga bir xil qolip yo'q.


💫 Eng qiziq tomonini aytaymi:

Ingliz tilini o'rganaman deganlar uchun maxsus kanalda darslar boshlanguncha bilim ulashib, darslar haqida savollarga javob beraman.

🎗Maxsus kanalga ulanish uchun havola: /channel/+oju4bYKcmWY0NzIy

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Baxt – kishi o‘z nafsi ustidan hukmron bo‘la olishidadir, baxtsizlik esa – nafsi uning ustidan hukmron bo‘lishidadir. Siz biror asov jonivorni qo‘lga o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, uni och qoldirmasdan, kuchsizlantirmasdan buning uddasidan sira chiqa olmaysiz, chunki to‘yadigan bo‘lsa, kuchiga kuch qo‘shilib, asovligi yanada oshib ketadi, qo‘lga olishning iloji bo‘lmaydi. Nafs ham shunday".

- Abu Homid Gʻazzoliy, "Ihyou ulumid din"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel