e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

54083

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

Audiokitoblar:

🎧 Alvido, Vatan!
🎧 Andalusiya
🎧 Asrga tatigulik kun
🎧 Bag‘dodning qulashi
🎧 Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi
🎧 Don Kixot
🎧 Kichkina shahzoda
🎧 Klod Gyo
🎧 Otamdan qolgan dalalar
🎧 Ot kishnagan oqshom
🎧 Oxirzamon nishonalari
🎧 Payg‘ambarlar tarixi
🎧 Qiyomat
🎧 Qobusnoma
🎧 Savdogarlar ustozi
🎧 Tarixi Muhammadiy
🎧 Turkiston qayg‘usi
🎧 Yosh Verterning iztiroblari
🎧 Chingizxonning oq buluti

Читать полностью…

Elektron kutubxona

📢 📖 ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TAJRIBALI REPETITORLIK KURSI!

🎯 Testlarni aniq ishlash va yuqori ball olishni xohlaysizmi?
🎓 Grammatikani mustahkam bilib, adabiyot savollarini oson yodlashni xohlaysizmi?

🔹 Endi xatolaringizni minimallashtiring va bilimingizni mustahkamlang!

📚 Kursda siz:
✅ Grammatikani sodda va tushunarli usulda o‘rganasiz.
✅ Eng muhim qoidalarni oson eslab qolish texnikalarini bilib olasiz.
✅ Har bir mavzudan testlar yechib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
✅ Adabiyot savollariga javob berish bo‘yicha maxsus metodikalar o‘rganasiz.
✅ Testlarni ishlash tezligingizni oshiradigan fokus usullari bilan tanishasiz.
✅ Bepul demo darsda qatnashib, kurs sifati bilan tanishib olasiz!

📅 Darslar qachon?
📍 Haftada 3 kun (1,5 soatdan) Zoom yoki Telegram videochatda jonli darslar.
📍 Har haftada diagnostik test! Bilimingizni sinab ko‘rasiz va tahlil qilamiz.
📍 Faqat ayol-qizlar uchun maxsus guruh!

🎁 🎉 KURSGA HOZIR YOZILGANLAR UCHUN BONUS! 🎉
🔥 Bepul demo dars + maxsus testlar to‘plami sovg‘a!
🔥 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar uchun individual maslahatlar!

📩 Joylar soni cheklangan! Kursga yozilish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hoziroq bog‘laning!
📲 Bog‘lanish uchun: 👉 @Adhamovna_6

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
📓 NAZORAT IMPERIYASI: Sun’iy intellekt texnologiyalari va global tahdid
⚙ Maqola

Yangi reallik


Mustaqil jurnalist, bestseller muallifi va Declassified Australia tashkilotining hammuassisi Entoni Lovenshteyn (Antony Loewenstein) Isroil urushlarni yolg‘iz olib bormayotganini, balki uni moliyalashtiradigan, qurollantiradigan va javobgarlikdan himoya qiladigan kuchli xorijiy o‘yinchilarning ko‘magiga tayanayotganini tushuntiradi. Gʻarb hukumatlari milliardlab qurol-yarog‘ va diplomatik himoya taqdim etayotgan bo‘lsa-da, Lovenshteynning fikricha, Isroil harbiy mashinasi ortidagi korporativ manfaatlar ko‘lami yetarlicha tushunilmagan.

Google, Microsoft va Amazon kabi texnologik gigantlar Isroilning harbiy-sanoat majmuasiga chuqur kirib borgan bo‘lib, falastinliklarga qarshi ommaviy kuzatuv va urushni ta’minlaydigan sun’iy aql (AI) vositalari va bulutli infratuzilmani yetkazib bermoqda. Foyda va mafkuraviy uyg‘unlik asosida qurilgan bu hamkorlik Gʻazoni ilg‘or harbiy texnologiyalarni sinash maydoniga aylantirdi.

Biroq Lovenshteyn ogohlantirganidek, bu faqat falastinliklar bilan cheklanib qolmaydi. Uning ta’kidlashicha, Isroil butun jamoalarni sun’iy aql yordamida samarali nazorat qilish va bo‘ysundirish, bunda deyarli hech qanday javobgarlikka tortilmaslik usulini namoyish etdi. Dunyo bo‘ylab hukumatlar bu usullarni takrorlashga intilayotgan bir paytda, zaif aholi qatlamlari uchun xavf yanada ortmoqda.

Lovenshteyn xulosa qilishicha, Isroilning raqamli urush modelining nazoratsiz tarqalishi nafaqat falastinliklar, balki butun dunyo uchun tahdid hisoblanadi.


- Jamshid Muslimov

Manba

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hubb

- Savatda nima olib ketyapsan?
- Olma!
- Kimga?
- Sevgilimga.
- Nechta?
Qiz hayron:
- Sevgiliga bergan narsani sanaydilarmi hech?
...Odamning qo‘lidagi tasbeh yerga to‘kildi..

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Senga bog‘lay bor umidim, Sen O‘zingsan Xoliqim,
Garchi mujrim bandadurman, Sen karamlig‘ Roziqim.

Qotdi qalbim, totdi nafsim ul gunohlar zahrini,
Afving istab qayta keldim, qaydasan deb qoziqim.

Ma’siyatlar haddan oshdi, ayladi qalbim kasal,
Rabbim afvi unga darmon bir tabibi hoziqim.

Jurmim ummondek ko‘rindi, afvinga taqqoslasam,
Afving ummon, tomchi suvdir men o‘ralgan qobiqim.

Bo‘lmasang Sen dosh berolmas banda iblis makriga,
Otam Odam bo‘ldi-ku bas, ul xatoga loyiqim.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
• 2025-03-03


• Bir do‘stimning tavsiyasi bilan "qoziq" so‘ziga izoh berib o‘tishni ma’qul ko‘rdim.
Tug‘ilish, dunyoga kelish - sof tabiat, Islom tabiati bilan bo‘ladi. Bolaning beg‘ubor bo‘lishi shundan. Mana shu - qoziq. Keyin biz gunohlar bilan undan uzoqlashamiz. Borib-borib ko‘zimiz ochilganda yana shu qoziqqa qaytamiz.

- Muqim Mahmud

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

O‘zgarishlar o‘zgarish bilan bo‘ladi.

Biz, masalan, Rossiyada qora mehnatda qulay ishlash uchun rus tilini o‘rganishimiz kerak, degan ma’noda reja tuzar ekanmiz, unda biz o‘zgarayotgan emas, moslashayotgan bo‘lamiz.

O‘zgarishlar o‘zgarish bilan bo‘ladi.

Biz Rossiyada ishlashga majbur bo‘lmaslik yo‘lini, bu taqdirni o‘zgartirish yo‘lini qidirishimiz kerak. Bu esa ta’lim bo‘ladi.

Men yoshligimda farzandimni yaxshi o‘qityapsizlarmi, deb maktabimizga kelgan ota-onani kamdan-kam ko‘rganman. Oqibatda shu bo‘ldik.

Men farzandiga o‘qish kerakligini uqtirgan ota-onani kamdan-kam ko‘rganman. Oqibatda shu bo‘ldik.

Men farzandiga maktabda a’lochi bolalar bilan yur, a’lochilardan o‘rgan, a’lochilarni qadrla, deb o‘rgatgan ota-onani kamdan-kam ko‘rganman. Oqibatda shu bo‘ldik.

Bugungi naslning hozirgi holatiga avvalgi nasl aybdor. Biz esa, keyingi naslning ahvoliga javobgar bo‘lamiz.

O‘zgarishlar o‘zgarish bilan bo‘ladi.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Asliyat

Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tomosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, ayoliga dedi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Hamma narsa bor, sut-qatiqqa ehtiyojimiz yo‘q.
- Bizni ehtiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining ehtiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

   Gonkongdagi poyafzal ishlab chiqaruvchi, Tinch okeanning janubiy qismidagi uzoq bo'lgan orollarda uning mahsulotini bozori bor-yo‘qligiga qiziqib qoldi. U orolga yuborgan buyurtma qabul qiluvchi, masalani yuzaki o‘rganib «Bu yerda odamlar poyabzal kiymaydilar. Bu yerda bizning mahsulotimizning bozori yo'q» deb telegraf orqali xabar yuborgan. Uning haqligiga to'liq ishonmagan gonkonglik biznesmen, orolga savdo vakilini yuborgan. U vakil: «Bu yerda odamlar poyabzal kiymaydilar. Bu yerda ulkan bozor» deb telegraf xabar yuborgan. Savdo agenti toʻplagan yalang oyoqlar ko'rinishiga berilib ketgan deya
xavfsirab ishlab chiqaruvchi uchinchi odam, marketologni yuboradi. Marketolog qabila boshligʻi va bir gancha mahalliy odamlar bilan suhbatlashib telegraf orqali shunday xabar yuboradi: «Bu yerda odamlar oyoq kiyimi kiyishmaydi. Natijada ularning oyoqlari yarador va koʻkargan. Men qabila boshlig'iga poyabzal odamlarni bu muammolardan qanday xolos qilishini koʻrsatib berdim. U shod bo'ldi. Uning baholashicha 70% odamlar botinkalarning har juftini 10$ dan xarid qiladilar. Birinchi yilda biz 5000 juft poyabzal sota olsak kerak.
   Orolga mahsulotni yetkazish va savdoni tashkil qilish harajatlari har juftga 6$ ni tashkil qiladi. Biz birinchi yilda 20.000$ kirim qilamiz, Ular xarajatlarni hisobga olgan holda, investitsiyalar rentabelligini (Roi) 20% beradi, bu bizning odatdagi ko'rsatkichimiz Roi 15% dan ko'p. Bu bozorga kelganimiz tufayli kelgusida oladigan daromadlarimiz to'g'risida, gapirmasa ham boʻladi. Men harakat qilishni tavsiya qilaman».

- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Ramazon

«Allohga qasamki, agar qabrdagilarga “Orzu qilinglar!” deyilsa, ular Ramazondan bir kunni orzu qilgan bo‘lardilar».

- Ibn Javziy rahimahulloh

___
Yer usti ahliga ramazon oyi muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

TARIX OMONATDIR

(davomi. Boshi oldingi postlarda)

Fan olimlari bilan shariat olimlari o‘rtasini ayirish dinsizlikdan qolgan sarqit. Boshqacha qilib aytganda, bu yondashuv Gʻarbdagi din va dunyo ilmlari o‘rtasidagi ziddiyatning intiqosidir. Islom olamida fan olimlari bilan din olimlari o‘rtasida bunday ziddiyat bo‘lmagan, aksincha, ular hamisha bir‑birini qo‘llab kelgan va ko‘pincha bu ilmlar bir shaxsda ham jamlangan. Gʻarbda esa din va dunyo ilmlarini jamlagan olim bo‘lmagan. Bil’aks, din olimlari bilan fan mutaxassislari o‘rtasida hamisha ziddiyat qaynagani bois ular Islom olamidagi dinu dunyo ilmlaridagi uyg‘unlikni qabul qilisha olmagan. Ular buni tasavvur ham etisha olmaydi yoki buni istashmaydi. Shuning uchun ular musulmonlarda ham o‘zlarida bo‘lgani kabi din olimlari bilan tajribiy ilm olimlari o‘rtasida nizo topishga intilishadi va ushbu maqsadlari uchun foydalansa bo‘ladigan biror xabar uchrab qolsa, o‘shani shishirib, istaganlaridek talqin qilishadi. Ularning ana shunaqa g‘arazli qarashlaridan ta’sirlangan kishilarimiz ulardek fikrlaydigan bo‘lib qolgani muammoni yana ham chuqurlashtirgan.
Mustamlakachi sharqshunoslarning noxolisliklari, insofsizliklari shunchalar bo‘ldiki, bir umr ibodatu diyonatda o‘tgan buyuk mutafakkirlarni zamon bilan murosasozlik qilgan munofiqlarga chiqarib qo‘yishdi. Jaloliddin Rumiydek har bir so‘zi oyatu hadis bo‘lgan, farz namozlarni kanda qilmay, tunlarni namoz bilan bedor o‘tkazgan tasavvuf olimini Islomga dushman bo‘lgan bir bebosh dahriy sifatida tasvirlashgan. Asli qozi bo‘lib, keyinchalik mavlaviy tariqatiga asos solgan zokirni shu ahvolga solishgandan keyin, boshqasini o‘zingiz bilavering.

Bu haqda ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq hazratlari alohida risola yozganlar. Bechora Umar Xayyomning bunday buhtonga nishon bo‘lishining asosiy sababi uning tabiiy ilmlarga mohir bo‘lgani edi. Mana sizga ayrimlarning "ilmiy tadqiqotlari". Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Islom tarixida shariat olimlari bilan tajribiy ilmlar mutaxassislari o‘zaro yaqin aloqada bo‘lgani, undan ham o‘tib, ayrim qomusiy olimlar har ikki ilmni jamlagani haqida tarixiy asoslar juda ham ko‘p.
Avvalo shuni bilish lozimki, u davrlarda Islom olamida olimlar qaysi sohaga qiziqmasin, masjid‑madrasalarda Qur’on, hadis va boshqa qator shar’iy ilmlarni yoshlikdan o‘rganishgan. Keyinchalik boshqa soha bilan shug‘ullangan va tanilgan bo‘lsalar ham, aslida diniy ilmlarni hozirgi ancha‑muncha ahli ilmga dars bera oladigan darajada yaxshi bilishgan. Juda ko‘plari ham shariat ilmlarida, ham tajribiy ilmlarda xizmat qilgan. Ular dinu dunyo ilmlarini bir makonda ‒ masjidda o‘rganishgani ham so‘zimizni tasdiqlaydi. Ko‘pchilik fan olimlari dindor, taqvodor insonlar bo‘lgani tarixdan ma’lum. Shuning uchun Islom olamidagi tajribiy ilmlar mutaxassislarini dindan uzoqlashtirishga urinish tarixiy voqelikka ziddir.
So‘zimiz quruq bo‘lmasin uchun bir‑ikkita misol keltirsak. Abu Aliy Husayn ibn Sino shogirdi Abu Ubayd Juzjoniyga imlo qilgan tarjimai holida o‘n yoshda Qur’oni Karimni va bir qator she’rlarni yodlab bo‘lganini, falsafani o‘rganishdan oldin fiqh va tasavvufdan dars olganini, solihlardan bo‘lganini, yigitligida falsafa va tibbiyotni o‘rganish barobarida fiqhni o‘rganishda davom etganini hikoya qiladi. U yana shunday deydi: «Qachon biror masalada boshim qotsa, uni to‘g‘ri o‘zlashtira olmasam, jome’ga qatnar va namoz o‘qib, barchani yo‘qdan bor qilgan Zotga iltijo qilardim. Shunda menga berk bo‘lgan ma’lumotlar ochilar, qiyin narsalar oson bo‘lib ketar edi».
Yoshligimda Ibn Sinoning hayoti haqida nashr qilingan bir kitobda o‘qigandim, u kishi har doim masjiddan chiqayotib: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», deb duo qilar ekan.
Alloma Zirkiliy Abu Ubayddan naql qiladiki, Ibn Sino vafoti oldidan bemor bo‘lganda barcha mol‑mulkini xayru ehson qilib, qul‑cho‘rilarini ozod qiladi va uch kunda Qur’oni Karimni xatm qilib, so‘ng vafot etadi. Ayrim manbalarda Ibn Sino yoshligida aytgan bir qator falsafiy fikrlaridan keyinchalik qaytgani ham ta’kidlanadi.

- Hasanxon Yahyo Abdulmajid

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tildan_saboqlar

Universitetda o‘qiyotganimda maxsus kursda 6 (olti) oy "Gʻazallarda vazn" mavzuini o‘tganmiz. Olti oy (!) o‘qib hech balo tushunmaganman. Qiziqardim, ammo hech o‘zlashtira olmasdim. Oxiri aybni o‘zimdan axtardim: zehnim past bo‘lsa kerak, deb xulosa qildim.

90-yillari alloma Rahmatulloh Rasuljon o‘g‘lining “Janoh ut-tolib” darsligidan birmuncha saboq oldim. Kitobda vazn mavzuiga bir betgina (!) ajratilgan, xolos. Ammo hammasini oppa-oson tushundim! Hatto talabalik davrimdan beri vazn (o‘lchov) haqidagi tasavvurlarimni qoplab turgan tuman bir zumda yarq etib tarqalib ketdi!
Nimaga?
Chunki vazn g‘azallargagina xos emas, balki umuman arab tiliga xos ekan. Ya’ni, arabcha so‘zlar muayyan bir o‘lchov asosiga qurilar ekan. Buni bilib olsangiz, keyin g‘azaldagi vazn (o‘lchov)ga o‘tsangiz, hech bir muammo bo‘lmaydi.

Demak, gap darslikda va mavzuni yoritish uslubida ekanini anglab yetdim.
• 1. Universitetda darslar “sharqshunos”lik nuqtai nazaridan o‘tilgan edi, “Janoh ut-tolib” darsligi esa arab tili ruhi, tabiati va ilmidan kelib chiqib tuzilgan va buni “sharqshunos” emas, din olimi yozgan.
• 2. Universitetda kalitni bermay katta qulfni ochishga buyurilgan ekanmiz, “Janoh ut-tolib” ishni oldin shogird qo‘liga kalitni tutqazishdan boshlagan.

Biz sovet yoshlarini savodsiz yoki chalasavod qilgan narsa darsliklar ruhining begonaligi va o‘rischadan o‘zbekchaga no‘noqlarcha o‘girilgan tarjima kitoblardir!
Qayoqqa borsangiz, boring, haqiqat shu!

- Nurulloh Muhammad Raufxon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Fitrat

«Bizga qolmaydigan dunyo uchun, biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz...».

- Malkolm X, «Fitrat» kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

"Men ilgari salafi solihlarning uzoq vaqt Qur’on tilovati, ibodat va ilm o‘qishdan hech malollanmagani va zerikmaganini eshitib, juda ajablanar va hayratlanar edim.
Keyin qo‘l telefonlari chiqib, odamlar unga qanchalik bog‘lanib qolganlarini ko‘rib, salaflarning holini tushundim – odam nimaga muhabbat qo‘ysa, undan hech malol va charchoq tuymas ekan!"


Allohim, bizlarni o‘zingga va o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarga muhabbatli qil!

- Ikrom Sharif

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Bugun o‘qilgan eng ajoyib ilm:

«Ilmlar faqatgina kitoblardan olinmaydi.
Kitoblarda ham topilmaydigan ilmlar bor; faqirlikdan olinadigan ilmlar bor, balo-musibatlardan, hastaliklardan va hatto g‘am-tashvishlar va mushkulotlardan o‘rganiladigan ilmlar bor».

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

​Ushbu loyiha yurtimizdagi kitobxonlarni bir joyda to'plash (xoh onlayn bo'lsin, xoh offlayn) ularning sonini yanada ko'paytirish, saviyali va foydali kitoblar mutolaasini oshirish, nashriyotlarda chiqayotgan kitoblarning sifati, xatolari, tarjimasi va muharrirlik ishiga erkin va holisona fikr bildirish, yutuqlarini e'tirof etishni vazifa qilib oladi. Maqsad o'zbek kitobxoni sifatli va saviyasi yuqori kitob o'qisin. Keling, ko'ring, safimizga qo'shiling va kitobxonlik atmosferasidan bahramand bo'ling.

/channel/Kitobxonlar_ligasi_uz

Reklama

Читать полностью…

Elektron kutubxona

AYON

O‘ylab topmaganman baxt degan so‘zni,
Demak, baxtsizlik ham menga oidmas.
Topib bo‘larmidi bosilgan izni,
Ketgan ketib bo‘ldi, qaytmasa qaytmas.

Men tug‘ilgan paytda bor edi orzu,
Armon ham tirikdi anchadan buyon.
Eski nasihatni yig‘ishtir, do‘stim,
Umr o‘tib bo‘ldi, qolgani ayon.

Tole ham tushmagan onam mahriga,
U zotan bir sho‘rlik kasga zormidi?
Yer chorlab turganda qaro bag‘riga
Osmonga sapchishga balo bormidi?

Dunyoni ikki deb yozmishlar tugal,
Nedan bu borada endi xarxasha –
Birisi foniy, lek jilvasi go‘zal,
Biri boqiy, qaysar shunga yarasha.

Bari shodliklarga vaqt bordir hali,
Bir kuni rahmatlar cheksiz yog‘ilar.
Hozir ketdik dilga malham qo‘ygali,
Ketdik, kutib qoldi bizni qayg‘ular!

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Dinda ayol-qizlarni o‘qitish kerak deganda avvalo farz bo‘lgan ilmlar nazarda tutiladi. Avlodidan millatga, ummatga xizmat qiladigan yetuk olimlar chiqishini istagan ona iymon-e’tiqod, farzu vojib, halol-harom masalalarini mukammal o‘rganishi lozim. Bo‘lganda ham o‘rganiladigan birinchi darajali ilmlar bular. Bu ilmlarni esa bugun uyda o‘tirib kitoblardan mustaqil ravishda o‘rgansa ham bo‘ladi. (Ma’lum darajada, albatta)
Kasb-xunarga doir qo‘shimcha fazilatlarni keyin o‘rgansa ham bo‘laveradi.
Yana ayollarga xos bo‘lgan zaruriy ishlar bo‘ladi. Doyalik, qizlar uchun tarbiyachi va shu kabi masalalarga taalluqli. Bular ehtiyoj darajasida o‘rganiladi.

Ilmli ayollarda diyonat ham bo‘lganida kelajak avlodni munosib tarbiyalab berishidan umid qilsa bo‘ladi. Yo‘qsa, charchoq tufayli farzandiga vaqti yetmaydigan, ko‘chada ishlab yurgani uchun qomati buzilishidan yoki zo‘rg‘a ishlab topayotgan oylik maoshini yetkaza olmaslikdan g‘am qilib farzand ko‘rmaydigan ayollar ko‘payaveradi. Qarabsizki, bolamni yaxshi tarbiya qilishim uchun o‘qishim kerak degan ayollar faqat ularning rizqini tashvish qiladigan yoki o‘z-o‘zini o‘ylashga majbur qolgan ojizalarga aylanadi.

Ayollar o‘qisin, ilmli bo‘lsin. Faqat avvalo o‘zlariga keyin farzandlariga asqotadigan ilmlarda olima bo‘lsin. Shunda ilmlari hamma uchun foydali bo‘ladi.

- Ikrom Sharif

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Tildan_saboqlar

Qoida:
Bir til chekkadan biron so‘z olishga majbur qolganida u so‘zni o‘z tilining aytilish (talaffuz) qoidasiga moslab oladi (ayrim chet so‘z mahalliy til aytilish qoidasiga uyg‘un kelsa, o‘zgarmasdan ham kirsa bo‘ladi). Butun dunyo tillari chetdan mana shu qoida asosida so‘z qabul qiladi.
Nimagadir faqat o‘zbek tili begana so‘zni ayni begana shaklda olishga majburlangan, miyalarimizga singdirilgan.
To bu buzg‘unchilikdan qutulmas va tilimizning so‘z qabul qilish mustaqil qobiliyatini tiklamas ekanmiz, o‘zbek tili tobora qaramlashib, qashshoqlashib, xunuklashib ketaveradi.

Bir nechta o‘rnak beraman:

"Velosiped" emas, VALASAPID bo‘ladi.
"Akumulyator" emas, AKIMLATIR bo‘ladi.
"Vulkanizatsiya" emas, VULQONLASH bo‘ladi.
"Globalizatsiya" emas, GLOBALLASHUV bo‘ladi.
"Telefon" emas, TILPON bo‘ladi.
"Mashina" emas, MOSHINA bo‘ladi.
"Apparat" emas, APARAT bo‘ladi.
"Avtomat" emas, APTAMAT bo‘ladi.
"Nol" emas, NO‘L bo‘ladi.
Va hokazo...

O‘zbekcha shakllarning ayrimlari agar ko‘zlaringizga g‘alati ko‘rinayotgan va quloqlaringizga g‘alati eshitilayotgan bo‘lsa, bu narsa qoidaning kamchiligi emas, balki ko‘zlaringiz va quloqlaringiz yetti yot begana so‘zga va teskari "qoida"ga allaqachon o‘rganib qolganidandir, tilingiz mustaqilligini yo‘qotganidandir.

Ora-orada shu kabi o‘rnaklar berishda davom etamiz, inshaolloh.

- Nurulloh Muhammad Raufxon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Xorijiy atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish taklif etildi

Terminologiya komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 30 ta xorijiy terminni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha taklif etilgan variantlarni ko‘rib chiqdi.

Unga koʻra:

• aysberg — muztog‘;
• aksiya — yalpi harakat;
• balansirovka — muvozanatlashtirish;
• bruschatka — yo‘lg‘isht;
• vnedorojnik — yo‘ltanlamas;
• diskussiya — bahs, munozara;
• dostavka — yetkazish;
• zona — hudud;
• instrument — ish quroli;
• intensiv — jadal;
• kamera — bo‘lma;
• karving — meva bezakchiligi.
• konstruksiya — tuzilma;
• koordinator — muvofiqlashtiruvchi;
• koridor — yo‘lak;
• kuler — suvlik;
• keshbek — hadya-qaytim;
• lider — yo‘lboshchi, yetakchi;
• marshrut — yo‘nalish;
• navigator — yo‘llagich;
• oprava — ko‘zoynak bandi;
• probeg — yurim;
• poverbank — kuchlantirgich;
• progress, progressiv — ilg‘or, rivojlanish;
• polik — to‘shama;
• svetofor — yo‘lchiroq;
• selfi — o‘zchekim;
• set (ovqatlardan) — to‘plam;
• chellenj — chorlov;
• ekspluatatsiya — foydalanish.

Qayd etilishicha, bu yakuniy versiya emas va ishchi guruh taklif etilayotgan shartlarning milliy ekvivalentlariga oid boshqa fikr va mulohazalar uchun ham ochiq.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Ayb qidirayotgan bo'lsang barcha oynalar seniki".

- Jaloliddin Rumiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

@fazodasblogkitoblar, hislar va biroz ijod olami.

Hikoyalarim bilan tanishing:

Parij koʻchalarida
Bryusseldagi tong
«Paris vous attend»
Salvatore

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Bir kishi qoziyul quzzot Yahyo ibn Aksamni ko‘rib qolib dedi: Alloh qozini isloh qilsin, qancha ovqatlanay?
Qozi javob qildilar: - Ochlikdan yuqori, to‘qlikdan quyi.
Shundan so‘ng o‘rtalarida shunday savol-javob bo‘lib o‘tdi:
- Qanchalik kulay?
- Ovozingni ko‘tarmay, yuzing yorishguncha.
- Qanchalik yig‘lay?
- Allohdan qo‘rqib yig‘lashda hech malollanma!
- Amalimni qanchalik yashiray?
- Qo‘lingdan kelganicha.
- Qanchasini ko‘rsatay?
- Yaxshilikka qiziqqan ergashadigan va odamlarning gapirishidan saqlaydigan darajada...

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Kitob oʻqishga vaqtingiz yoʻqmi?

Unda bu kanal siz uchun!

Kitob mutolaasiga bo'lgan muhabbatni
shakllantirishda sizga eng yaxshi yordamchi boʻladi.

🎁 Kanalga hoziroq obuna boʻling va kitob o'qib kitoblar to'plamini yutib oling🤩

➡️ t.me/+xH_YV9toq0JhNGQy
➡️ t.me/+xH_YV9toq0JhNGQy

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Ozod inson fikrni himoya qiladi, u fikrni kim aytishidan qat’iy nazar!
Qul inson shaxsni himoya qiladi, u shaxsning fikri qanday bo‘lishidan qat’iy nazar!

- Ibn Xaldun

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌙 Ramazon tuhfasi

📊 @pdf_kitoblar_robot insonlarga yordam berishga doimo tayyor. Yaqin bir necha oy mobaynida botimizdan 1 millionga yaqin kitob yuklab olindi. Bu judayam quvonarli hol.

🎁 Bugun yana bir quvonchli xabarni siz bilan boʻlishmoqchiman:

📅 @pdf_kitiblar_robot bugundan guruhlarda ham ishlay oladi. Bu adminlarning ishini bir necha barobar tezlashtiradi va osonlashtiradi.

👥 @pdf_kitoblar_robot — telegram botimizni guruhingizga qoʻshing. Bot guruhda # belgisi orqali kitob topadi. Masalan, #Oʻtkan kunlar

📲 Botni yangilang: 👇👇

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Assalomu alaykum va rohmatulloh

"Fatih Duman, Mehmet Yildiz kitoblari va boshqa tarixiy, badiiy, diniy kitoblarning asl turk tilidagisini qidiryapsizmi?
Unday bo'lsa biz sizga yordam beramiz.🤗

Chunki bizning online turkcha kitoblar do'konimizda o'zingizni qiziqtirgan va izlagan kitoblaringizni topishingiz mumkin bo'ladi😎

Shuningdek, O'zbekiston bo'ylab starex pochta ofislarigacha yetkazib berish xizmati ham mavjud. 📦
Kitoblar to'g'ridan-to'g'ri Turkiyadan jo'natiladi🇹🇷

Asosiysi har bir kitob sotib olgan xaridorlarimiz uchun kichik hadyachalar qo'shib beriladi🎁🎊😍

Yaxshisi o'zingiz kirib, bir aylanib chiqmasdan qolganingiz ma'qul😁

Telegram manzilimiz:
@Hadyabook

Instagram manzilimiz:
https://www.instagram.com/invites/contact/?igsh=12xxwzqaayv2v&utm_content=5fldgtd

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Telegramma"
Konstantin Paustovskiy
⚙ Hikoya
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Marketing

«Muammo har doim boshimizga yangi ijodiy fikrlarni kirgizishda emas, balki eskilarini quvib chiqarishda».

- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Saboqlar

Abiogenez va evolyutsiya: Hali ham yechimsiz muammo?

Faraz qiling, qachonlardir yerda birorta tirik organizm bo‘lmagan. Tirik organizm deyilganda, o‘zini o‘zi ko‘paytira oladigan narsa tushuniladi. Tirik organizmlarning eng soddasi RNK hisoblanadi. RNKlar qulay muhit va sharoitda o‘zini o‘zi ko‘paytirishi mumkin. RNKdan sodda narsalar esa, o‘lik molekulalardir.

Evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, borliqdagi barcha mavjudotlar evolyutsiya natijasida takomillashib kelmoqda. Ushbu zanjirning eng avvalida abiogenez jarayoni, ya’ni hayotsiz moddalardan birinchi tirik narsaning paydo bo‘lishi turadi.

Ya’ni, bir paytlar Yerda hayot yo‘q bo‘lgan, lekin qandaydir biokimyoviy jarayonlar tufayli organik molekulalar yig‘ilib, avvalgi sodda hayot shakllariga aylangan deb taxmin qilinadi.

Muammo shundaki, bu jarayon hozirda na tabiatda kuzatiladi, na laboratoriyada uni qayta takrorlash mumkin. Olimlar sun’iy sharoitlarda turli tajribalar o‘tkazishgan, lekin biror marta molekulalar o‘z-o‘zidan ko‘payadigan eng sodda mavjudotlarga aylanmagan. Demak, abiogenezning tabiiy tarzda sodir bo‘lishi hali ham isbotlanmagan gipoteza xolos.

Lekin evolyutsiya nazariyasi aynan shu abiogenez haqiqat ekaniga suyanadi. Agar birinchi tirik narsa qanday paydo bo‘lgani noma’lum bo‘lsa, unda evolyutsiya jarayoni eng boshidagi nuqtada to‘xtab qoladi. Chunki o‘likning tirikka aylanishi jarayonisiz evolyutsiya boshlanolmaydi.

Bugungi kunda evolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan olimlar bu haqda kam gapirishadi, chunki abiogenez hali ham juda katta ilmiy muammo hisoblanadi. Agar tabiatda bunday jarayon sodir bo‘lgan bo‘lsa, uni hozir ham kuzatishimiz mumkin bo‘lishi kerak-ku? Yoki laboratoriyada qayta yaratish mumkin bo‘lishi kerak-ku? Agar bu mumkin bo‘lmasa, nega evolyutsiya haqiqat sifatida ko‘rsatilayapti?

Shu nuqtai nazardan qaraganda, abiogenez va evolyutsiya hali ham aniq ilmiy asoslarga ega emas, ular ko‘proq gipoteza va ishonchga asoslangan. Shuning uchun bu nazariya haqida tanqidiy fikr yuritish, uning asoslarini qayta ko‘rib chiqish muhimdir.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#MAQOL

Agar biror yerda kichik insonlarning ko‘lankasi kattalashganini ko‘rsang, demak, o‘sha yerda quyosh botayotgan ekan!

- Turk maqoli

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel