So‘rovnoma
Siz uchun o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 5 ta kitob qaysi?
20.10.2024
📚 @e_kutubxona
#Qora_oqqush
"Intellektualning g‘oyasiga emas, uning o‘ziga qilingan hujum, aslida xushomadgo‘ylikdir. Bu "hujum qilayotgan" insonning dalili yo‘qligini ko‘rsatadi".
Oyiga 800$ gacha online oylik olish endi muammo emas!
Imkoniyatlarimiz:
-350$-700$ gacha oylik;
-Ish turi online;
-Oshib boruvchi oylik;
Batafsil ma'lumot uchun kanalimizga qo'shiling va soat 21:30 dagi ovozli chatimizda qatnashing:
/channel/+BDbBFuGAboAxZGRi
/channel/+BDbBFuGAboAxZGRi
#isloh
Sen avvalo nafsingga hukmron bo‘lmay turib, boshqaga hukmingni o‘tkaza olmaysan. O‘zingni o‘zgartirishga ojiz bo‘la turib, millatni o‘zgartirishga kuching yetmaydi. Masofa uzoq tuyulishi mumkin, lekin yagona yo‘l shu.
#Kreyser_sonatasi
«Shaharda baxtsiz odamlar uchun yashash qulay. Odam shaharda yuz yil yashashi mumkin, biroq uning allaqachon o‘lib, chirib ketganini hech kim bilmaydi. Bunaqa narsalar bilan hisob-kitob qilib o‘tirishga vaqt yo‘q, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Ish, jamoat topshiriqlari, salomatlik, san’at, bolalar sog‘ligi, ularning tarbiyasi. Ba’zan uni yoki boshqalarni qabul qilish, kimnikigadir borish kerak; nimanidir ko‘rish yoki eshitish lozim. Shunisi e’tiborliki, har qanday sharoitda ham shaharda bir, ba’zan ikki, uch muhim narsa borki, bularni kanda qilib bo‘lmaydi. Hayot esa quruqdan quruq o‘tib ketaveradi».
- Lev Tolstoy, "Kreyser sonatasi"
📚 @e_kutubxona
#Ihyou_ulumid_din
«Faqat ko‘z ko‘rib, hislar sezadigan narsanigina tasdiqlaydigan bo‘lib qolishdan saqlan. Bu hayvonlarga xos tabiat. Sen insonni hayvondan ajratuvchi ilohiy sirga egasan. Bu sir osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga oshkor etilganida ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Beshta sezgi olamidan tashqaridagi narsalarni idrok qilish insonni hayvondan ajratuvchi o‘sha sir olamidagina mavjud. Kimki bu haqiqatni unutsa, uni e’tiborsiz tashlab qo‘ysa, hayvoniy daraja bilan qanoatlanib, moddiyatdan nariga o‘tmasa, demak, u o‘zligini o‘ldiribdi».
- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Hayronman
O‘zimdan olamga ma’no uchirdim,
Qay biri manzilga yetdi, hayronman.
Ming yillik dardlarni boshdan kechirdim,
O‘tmishning qay biri o‘tdi, hayronman.
Gʻam zavol bo‘lmasdan kun zavol bo‘ldi,
Men boqqan har nuqta o‘zga hol bo‘ldi,
Aqlim shoshib qolgan, tilim lol bo‘ldi,
Qaysi ishq qalbimga botdi, hayronman.
Ezdi, tuproq qildi bulutlar meni,
Har doim chorladi umidlar meni,
Ammo sig‘dirolmay hududlar meni -
Qancha oy, qancha yil o‘tdi, hayronman...
- Abdurrohim Karako‘ch
📚 @e_kutubxona
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Burungi saylovlar"
✍ Hamza Hakimzoda Niyoziy
⚙ Drama
⚖ 1,3 MB
🔎 PDF
📄 31 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Maqola
Mutolaa lazzati
“Agar dunyoda mutolaadan lazzatliroq va totliroq narsa yo‘q” – deb qasam ichsam, aslo xonis (qasamimni buzuvchi) bo‘lmayman.
Ilm talab qilish xuddi adog‘i yo‘q chanqoqlikka qiyosdir. Otam rahmatlik aytar edi: tolibi ilmning zehni doim qaysidir masala bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak. Ilm juda katta g‘ayrat, tinimsiz izlanish bilan hosil qilinadi. Ilm insondan behojat. Kuchli talab va mehnat – mashaqqatsiz ilm o‘zidan zarracha bo‘lsin insonga tortiq etmaydi. Aytdilar: “Butun borlig‘ingni ilmga bag‘ishlamas ekansan ilm o‘zidan ozgina bo‘lsa-da senga bermaydi”.
Sizlarga o‘zim haqimda hikoya qilib beraman. Uzoq yillardan beri kitob mutolaasi uchun daqiqalarni g‘animat bilib vaqtimni bekor o‘tkazib qo‘ymaslikka harakat qilaman. Mutolaa uchun fursat topdim deguncha har nechuk arzimas daqiqalar bo‘lsin kitob o‘qiyman. Mobodo mutolaaga besh minutgina bo‘lsa-da vaqt topa olsam, juda xursand bo‘lib ketaman.
Hadis o‘rganish kursida o‘qib yurgan vaqtlarim o‘n besh yoshda edim. O‘n olti yoshimda bu bosqichni tamomladim. Dars vaqtidan tashqari vaqtimni kutubxonada o‘tkazar edim. Ilm o‘rganish asnosida sahih Buxoriyning sharhi “Umdatul qoriy” va “Fatxul boriy” kitoblarini ham o‘qir edim. Sahih Muslimning sharhi “Fathul mulhim”ni, sunani Abu Dovudning sharhi “Bazlul majhud”ni, sunani Termiziyning sharhi “Alkavkabud durriy” kitoblarini mutolaa qilar edim. Bu kitoblarni o‘qib tamomlash uchun albatta ko‘p vaqt kerak bo‘lardi. Kutubxona mudiri bilan kelishib peshin vaqtidagi dam olish paytida ustimdan qulflab ketishlariga ko‘ndirdim. Uyiga ketishda kutubxona ichida meni qoldirib ustimdan qulflab ketar edi. Men esa bu fursatni g‘animat bilib maza qilib kitob mutolaa qilardim.
Yuqorida sanab o‘tgan kitoblarning hammasini o‘qib chiqdim. Ularga qo‘shimcha kutubxonadagi boshqa kitoblar haqida ham ko‘p ma’lumotlarni bilib oldim. Kimning kitobi qaysi bo‘limda va qaysi tokchada turishini aniq bilar edim. Kutubxona xodimi kitob so‘rab murojaat qilganlarga ba’zida kitobni topishda qiynalib qolar, mendan joyini ko‘rsatib yuborishimni so‘rar edi. Men hech qiynalmasdan kitob qaysi bo‘lim va qaysi tokchada turganiga ishora qilib ko‘rsatib yuborar edim. Men hali hanuz o‘sha mutolaalarimning lazzatini unutganim yo‘q. Men o‘ttiz yoki o‘ttiz besh yil mobaynida sunani Termiziydan dars berganman. Darslarim bilan mashg‘ul bo‘lib yurgan vaqtlarim edi. Bir kuni stolimdagi Sahihi Buxoriyni ko‘rib yana uni mutolaa qilish istagim borligini sezdim. Ayni shu kitobni mutolaa qilish uchun boshqa ishlarimni chetga surdim. Maroq bilan kitobni mutolaa qildim. Darhaqiqat, yoshligimda tuygan lazzat yana qaytdi. Go‘yo bu lazzat eng aziz yo‘qotgan narsamdek bo‘lib to‘satdan uni yana topib oldim.
Men faqat dars berish uchungina mutolaa qilmayman. Mutolaa vaqtida yangi maqsad yoki biron savol paydo bo‘lib qolsa, manbaalarga murojaat qilib ularning haqiqatini mukammal o‘rganib olmagunimcha, ular haqida ma’lumot aytmay turaman. Sizlarga ishonch bilan baralla aytamanki, dunyoda kitob mutolaasining o‘rnini bosadigan totliroq va zavqliroq narsa yo‘q. Alloh taolo meni bu dunyoda juda ko‘p moddiy va ma’naviy lazzatlar bilan siyladi. Ammo, kitob mutolaasidan topgan lazzatimni boshqa hech narsada topa olmadim.
- Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy Hanafiy
📚 @e_kutubxona
#Kitobdan
Janoblar va o'rtoqlar
"Tarixchilar o'rtasida Iosif Stalin hayotidan bir epizod tildan-tilga ko'chib yuradi: Stalin mukofotlari bo'yicha qo'mitaning majlisi davom etmoqda va unga Mixail Borisovich Xrapchenko raislik qilayotir.
Eshik ochilib, ohista Stalin kirib keladi. Hamma o'rnidan turadi. Xrapchenko so'zlashdan to'xtaydi.
Stalin:
- O'rtoq Xrapchenko, davom ettiravering, - deganicha komissiya a'zolarining orqasida u yoqdan-bu yoqqa yurib turadi.
Muhokama davom etadi.
- O'rtoq Tixanov qayerda? - deb so'raydi Stalin.
- Nikolay Semyonovich Pokistonga xizmat safariga ketgan, o'rtoq Stalin.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko.
Muhokama yana etadi, Iosif Vissarionovich esa komissiya a'zolari ortida uyoqdan-buyoqqa qadam tashlashini davom ettiraveradi.
- O'rtoq Fadeev qayerda? - deydi u yana muhokamani bo'lib.
- Fadeev betob, o'rtoq Stalin, - javob beradi Xrapchenko.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko, - deydi Stalin yurishdan to'xtamay va dabdurustdan so'rab qoladi: - Ko'hna Rim nega inqirozga yuz tutganini bilasizmi?
Tabiiyki, hammaning vujudi quloqqa aylanadi: axir, ertaga bu tarixiy so'zlarga bag'ishlangan maqolalar paydo bo'lishi, darsliklar qayta yozilishi, yuzlab monografiya va dissertatsiyalar bitilishiga ko'z ko'rib, quloq eshitmagan imkoniyatlar ochilishi turgan gap edi.
- Rim imperiyasi, - dedi dohiy muallimlarga xos donolik bilan, - birinchi darajali muammolarni hal etish uchinchi darajali shaxslarga topshirilib qo'yilgani uchun ham inqirozga yuz tutdi. Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko".
Taqdirning hazilini qarangki, SSSRday imperiya uchinchi va v. boshqa ishlarga ham Siyosiy Byuro burnini tiqavergani tufayli parchalanib ketdi.
📚 @e_kutubxona
#Qora_oqqush
"Omad, hatto aqldan ham demokratikroqdir".
#Maqola
📓 «Tegma, kuyasan!» yoxud siyosat va biz
✍ Mubashshir Ahmad
⚙ Maqola
🔎 EPUB
📚 @e_kutubxona
AVVAL ANGLA, SO‘NGRA SO‘YLA
Hind mutafakkiri Rabindranat Thakur bir zot tufayli tez-tez noqulay ahvolga tushib turar, xijolatpazlikdan o‘zini qayoqqa urishni bilmay qolardi.
Bu odam bobosining do‘sti edi, ularnikiga tez-tez kelib turardi. Har safar yigitga nayzasini sanchmasdan ketmasdi.
Odatdagidek yosh shoirning eshigini ochib so‘radi:
— Haliyam she’r yozyapsanmi? O‘zi, Xudoni angladingmi?
Ishq nimaligini chini bilan bilasanmi?
Kimningdir hajrida kuyib ko‘rdingmi?
Ayt-chi menga, yozgan gaplaringga aqalli o‘zing ishonasanmi? Ehtimol, shunchaki so‘zbozlik qilayotgandirsan…
Ko‘chada tentirab yurgan har qanday daydi ham muhabbat haqida, Xudo haqida, qalb haqida aljirashi mumkin.
Ko‘rib turibman, afsuski, sening ham ulardan farqing yo‘q.
Rabindranat cholga javob qaytara olmaydi.
Qariyaning dakkisida jon bor edi-da.
Bir kuni bozorda ham duch kelib qolishadi, donishmand chol yosh shoirning qo‘lidan siqqancha yana savolga tutadi:
— Ha-a, Tangrini tanidingmi? Yo hanuz hamdu sano o‘qish bilan ovoramisan?
Ko‘r-ko‘rona maddohlikdan uyalmaysanmi?
Yodingda tut:
Yaratgan haqida yozmoq bilan Uni anglamoq mutlaq boshqa-boshqa tushunchalardir.
Ommani esankiratib qo‘yish keksa donishmand uchun tabiiy hol edi, odamlarning gap-so‘ziga umuman pinagini buzmasdi.
Katta bir ijodiy uchrashuvda shoirga tag‘in duch keldi.
Endi Rabindranat xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, hurmat-e’zozdagi mashhuri jahon edi. O‘sha izdihomda ham xaloyiq ko‘z o‘ngida Thakurning yoqasidan tutib, istehzo qila ketdi:
— Bo‘tam, ko‘pam hayajonlaverma, hali hech nima o‘zgarganicha yo‘q. Sen nega manavi pandavaqilarni laqillatib yuribsan, hayronman. Ahmoqona tomoshang kimga va nimaga kerak?
Seni olqayotganlar mayda nodonlar bo‘lsa, o‘zing esa ana shu ahmoqlarning sardori — riyokor tentaksan; bu bechoralarni hatto mamlakatda ham tanishmaydi, seni esa dunyo taniydi.
Lekin olamshumul e’tirof Xudoni anglaganingni bildirmaydi.
Sen hech kimsan!
Shoir kundaligida yozadi:
“U savollari bilan jonimdan to‘ydirib yubordi, hayot tatimay qoldi; qariyaning shunaqangi o‘tkir ko‘zi borki, aldashning hech iloji yo‘q.
Shafqatsiz nigohi tinimsiz ta’qib etadi, faqat bir gapni ta’kidlaydi:
“Gapirsang haqiqatni gapir, bo‘lmasa jim tur!”.
Farahbaxsh tongda Rabindranat sayrga chiqadi.
Ayni sahar, tuni bilan yomg‘ir yog‘ib chiqqan, quyosh ko‘tarilib kelyapti.
Ko‘chada tungi yomg‘irdan qolgan ko‘lmak.
Ko‘lmakda quyosh bor jozibasi bilan jilvalanadi, shu’lasi ko‘zni qamashtiradi.
Tabiat himmatidan hayrati oshgan shoir o‘z ruhiyatida shu kungacha hech kuzatilmagan nedir sodir bo‘lganini his etadi, yuragida uyg‘ongan ichki sasni tinglaydi:
“Axir, olam muhim va nomuhim, birlamchi va ikkilamchi degan tushunchalar asosida yaratilmagan; Dunyoni Dunyo qilib turgan hodisa BORLIQning yaxlit bir butunligidir”.
Rabindranat darhol qariyaning uyiga qarab yuguradi. Donishmandning ko‘ziga tik boqadi:
— Hozir mendan nimani so‘raysiz?
Chol undagi o‘zgarishni fahmlaydi:
— Hech bir savolga hojat yo‘q… Nihoyat ro‘y beribdi. Oq fotiham senga bo‘lsin!
Ishq ajalga o‘xshaydi. To o‘zing yuzma-yuz kelmaguningcha faqat xayolotga suyanasan, shu kunga qadar yiqqan-tergan ko‘nikmalaringga tayanasan.
Bir odam boshqa odamga ko‘ngil qo‘yganiga qarab turib, muhabbatni taniyman deb o‘ylaysanmi?
Sen nimani ko‘ryapsan?
Ha, bir-birini bag‘riga bosishyapti. Nima, qo‘llarning tutashishimi? Hey, g‘ofil do‘stim, chetdan turib muhabbatning butun zalvoriga, bor bo‘yiga fahming qanday yetsin? Nahot, kuzatib bilishing mumkin?!
Sen o‘zgalar iztirobining tomoshabinisan, xolos.
Agar yolg‘iz tomoshabin bo‘lib qolmaganingda edi, tuyg‘ular haqida bu qadar ravon va yengil gapirmasding.
Cheklangan onging bilan o‘zga taqdirni xomcho‘t etmasding. Har qancha kuzat, eshit, o‘qi, o‘yla, so‘yla, yoz, baribir suratni ko‘rasan, siyratni emas.
Sevgining mohiyatiga qachon yeta olasan?
Qachonki o‘zing shu girdobga duchor bo‘lsang, o‘zga tiynatga ipsiz bog‘lanib qolsanggina anglaysan.
ISHQ NELIGINI IDROK ETMOQCHI BO‘LSANG, XUDODAN ULUGʻ DARD SO‘RA.
©
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Baxt haqida ballada
Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘.
Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib,
Besas bir hayratda qotganman: – Voy-bo‘!..
Yo‘lkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.
Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida g‘irchillar edi,
Tanini ezsa ham o‘tkir poshnasi.
Yuzi tegrasida ro‘moli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol bo‘lgan edi man’ –
Uni ko‘rib bu ish boshlangan edi.
Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
Hatto ko‘zlarimiz uchrashgan bir zum.
O‘rtada bo‘lmagan salomu alik,
Faqat lablariga qo‘ngan tabassum.
Shu tarz o‘tib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
O‘grilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
Shundan buyon menga bu dunyo bir pul!
Nomard g‘alvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech she’r bilan mashg‘ul –
Baxtni uchratganman! Nima g‘amim bor!
Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – g‘iybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –
Baxtga duch kelganim barcha biladi.
Mardligim bilishar (do‘stu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt bo‘lishini istamaganman.
- Usmon Azim
📚 @e_kutubxona
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Suvosti mamlakatida"
✍ Akutagava Ryunoske
⚙ Qissa
⚖ 0,5 MB
🔎 PDF
📄 26 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Qora_oqqush
Tor doiradagi odamlarning intellektual sohadagi ulkan ulushi boylikning tengsiz taqsimlanishidan ko‘ra dahshatliroqdir; bu qo‘rqinchli, chunki daromaddagi farqdan farqli o‘laroq, bu bo‘shliqni hech qanday ijtimoiy siyosat bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Kommunizm daromadlar darajasidagi nomutanosiblikni yashirishi yoki kamaytirishi mumkin edi, lekin u intellektual sohadagi "yulduzlik tizimi"ni yo‘q qila olmadi.
#Nazm
Oz qoldi, oz qoldi, chidang, degayman,
Do‘stlar, chidang, men ketajak kun yetar.
Har bir inson dasturlashni o'rganishi kerak, chunki u sizga qanday fikrlashni o'rgatadi.
Fikrlashni kengaytiradigan va yaxshi daromad keltiradigan dasturlash sohasini Najot Ta'lim markazida o'rganish to'g'ri tanlov bo'ladi. U yerda har hafta musobaqa va soha mutaxassislari, ilmli insonlar bilan master-klasslar tashkil etiladi. Asosiysi, Najot Ta'limda o'qib xalqaro platformalardan sertifikat ololsangiz va B2 sertifikatiga ham ega bo'lsangiz, to'lovni 100% gacha qaytarib olishingiz mumkin.
"Agar barcha ilmlar yo‘qolsa, ularni «Ihyo»dan chiqarib olardim".
- Shayx Abu Muhammad Kozruniy
📚 @e_kutubxona