ekologuz | Unsorted

Telegram-канал ekologuz - EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

20409

Ekologiya boʻyicha yangiliklar@ekologuz🇺🇿Новости на экологические темы @ekologuzru🇷🇺 The news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧 www.ekolog.uz email:uzbekmedia19@gmail.com Reklama,e'lon va murojaatlar uchun bot: @eklguz_bot

Subscribe to a channel

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

#Rasmiy_munosabat

@ekolog.uzda e'lon qilingan "Nurota yaylovlari atrofidagi holat: 400 mingga yaqin kovrak o‘simligiga zarar yetkazilgan" to'g'risidagi axborotni Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Nurota tumanidagi yaylov hududlarida kovrak (ferula) o‘simligidan shirani yig'ib olish holati bo'yicha tekshirish o'tkazilmoqda.

Tekshirish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot berishimizni ma’lum qilamiz.

Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

/channel/navoiyeco_uz ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🦗 Malayziya bargsimon beshiktervatari — tabiatning mohir niqob ustasi
Birinchi qarashda u oddiy yashil bargga o‘xshaydi. Ammo diqqat bilan qarasangiz, bu tabiatdagi eng qiziqarli yirtqich hasharotlardan biri — Malayziya bargsimon beshiktervatari ekanini ko‘rasiz.
🌿 Uning tanasi va rangi barglarga shu qadar o‘xshaydiki, u o‘ljasi hamda dushmanlari uchun deyarli ko‘rinmaydi.
🔹 Oldingi oyoqlari o‘ljani bir zumda ushlab olishga moslashgan kuchli changaklarga aylangan.
🔹 U chivinlar, kapalaklar, chigirtkalar, chirildoqlar va boshqa mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.
🔹 Tashqi ko‘rinishi sokin bo‘lsa-da, beshiktervatar sabrli ovchi bo‘lib, o‘ljasini uzoq vaqt qimirlamasdan kutishi mumkin.
🔹 Bu hasharotlar ekotizimda muhim rol o‘ynab, zararkunanda hasharotlar sonini tabiiy ravishda tartibga solishga yordam beradi.
🌍 Har bir tirik mavjudot tabiat muvozanatini saqlashda o‘z o‘rniga ega. Biologik xilma-xillikni asrash — sayyoramiz kelajagini asrash demakdir.
☘️ @ekologuz — tabiatning moʻjizalarini birgalikda kashf etamiz! ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🐦 Bulbul haqida qiziqarli faktlar
Bulbul — dunyodagi eng go'zal sayraydigan qushlardan biri hisoblanadi. Uning sayrashi asrlar davomida shoirlar va bastakorlarni ilhomlantirib kelgan.
🌿 Bulbulning eng qiziqarli xususiyatlari:
• Erkak bulbullar juftini jalb qilish va hududini himoya qilish uchun, ayniqsa bahor faslida, kechalari ham sayraydi.
• Bulbulning sayrashi 200 dan ortiq turli tovush va ohanglardan iborat bo'lishi mumkin.
• Bu qush hasharotlar, qurtlar, o'rgimchaklar hamda rezavor mevalar bilan oziqlanadi va bog'lar uchun foydali hisoblanadi.
• Bulbullar daraxtzorlar, butazorlar, bog' va parklarni yashash joyi sifatida tanlaydi.
• Ular zararkunanda hasharotlarni yo'q qilish orqali tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlashga yordam beradi.
🌍 Bulbulni asrash — tabiatning betakror ovozini kelajak avlodlarga yetkazish demakdir.
☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

#Samarqand_viloyati

Samarqand viloyatida sog‘lom daraxtlar noqonuniy kesilgani yuzasidan murojaat kelib tushdi

Tahririyatimizga Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining Jaul Qosim mahallasida sog‘lom daraxtlar noqonuniy ravishda kesib tashlangani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda qayd etilishicha, mahalla hududida o‘sib turgan bir nechta sog‘lom daraxtlar tegishli ruxsatnomalarsiz kesib tashlangani aytilmoqda. Fuqarolar ushbu holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilishi, daraxtlarning kesilishiga kimlar javobgar ekani aniqlanishi hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq zarur choralar ko‘rilishini so‘ramoqda.

Daraxtlar ekologik barqarorlikni ta’minlash, havoni tozalash va hududning yashil qiyofasini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois har qanday noqonuniy daraxt kesilishi jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmasligi lozim.

Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan vakolatli idoralar tomonidan rasmiy munosabat bildirilishi va holat har tomonlama o‘rganilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tahririyatimiz ushbu masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarning rasmiy izohini e’lon qilishga tayyor.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

#Toshkent_viloyati

Ohangaron tumanidagi chiqindixonadagi yong‘in tutuni O‘rtachirchiq aholisini bezovta qilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlar orqali tahririyatimizga Ohangaron tumanida joylashgan chiqindixonada yuz berayotgan yong‘inlar va undan chiqayotgan tutun bo‘yicha navbatdagi murojaat kelib tushdi.

Murojaat muallifining ta'kidlashicha, chiqindixona hududida sodir bo‘ladigan yong‘inlardan hosil bo‘layotgan tutun ayniqsa O‘rtachirchiq tumanining O‘rtasaroy, Oqoltin, Tortuvli, Jang‘aboy va Beshboy mahallalariga tarqalmoqda.

Fuqaroning aytishicha, ushbu holat yangi muammo emas. Uning bildirishicha, qariyb 10 yildan buyon deyarli har yili shunday vaziyat takrorlanadi. Ayniqsa, kechki soat 22:30 dan ertalab soat 10:30 gacha tutun mazkur mahallalarni qoplaydi. Kunduzgi vaqtda esa tutunning qaysi hududlarga tarqalishi noma'lumligicha qolmoqda.

Mahalliy aholi tutun sababli havo sifati yomonlashayotgani, bu esa kundalik hayot va salomatlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Shu bois ular mas'ul tashkilotlardan chiqindixonada yong‘inlarning oldini olish, ularni tezkor bartaraf etish hamda holat yuzasidan samarali choralar ko‘rishni so‘ramoqda.

Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan mas'ul idoralar rasmiy munosabat bildirib, vaziyatni o‘rganishi va zarur choralarni ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tahririyatimiz ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarning izohini e'lon qilishga tayyor.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🎉 Tug‘ilgan kuningiz muborak, Feruzbek Sayfullayev!
"Ekolog" jamoat birlashmasi hamda Ekolog.uz tahririyati Axborot xizmati rahbari, jurnalist Feruzbek Sayfullayevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizning professionalligingiz, fidoyiligingiz va mas’uliyatingiz tufayli ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalariga oid dolzarb axborotlar keng jamoatchilikka tezkor va xolis yetkazilmoqda. Sizning mehnatingiz ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash g‘oyalarini targ‘ib etish va jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat, yangi ijodiy g‘oyalar va yuksak kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, har bir kuningiz quvonch, omad va ilhomga boy bo‘lsin!
🌿 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Tabiat va jamiyat ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! 🎂💚
☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

#Toshkent 🦆 Favvoradagi o‘rdaklar tuzoqda
Ekolog.uz tahririyatiga Toshkent shahrining Furqat ko‘chasida joylashgan favvora hovuzida ikki dona yovvoyi o‘rdak qamalib qolgani haqida murojaat kelib tushdi.
Guvohlarning aytishicha, hovuzning baland va tik devorlari tufayli qushlar o‘z kuchi bilan tashqariga chiqa olmayapti. Ular dam olishi mumkin bo‘lgan yagona joy — quyosh ta’sirida qizib ketadigan kichik metall maydoncha.
Bundan tashqari, hovuzda o‘rdaklarning tabiiy oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan suv o‘simliklari, hasharotlar va boshqa tirik organizmlar mavjud emas. Taxminlarga ko‘ra, qushlarni kimdir sun’iy ravishda ushbu hovuzga qo‘yib yuborgan va endi ular undan chiqa olmayapti.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi. https://maps.google.com/maps?q=41.307828,69.241732&ll=41.307828,69.241732&z=16
Mazkur holat mas’ul tashkilotlar e’tiborini talab qiladi. Agar o‘rdaklar mustaqil ravishda hovuzdan chiqa olmasa, ularning uzoq vaqt yopiq hududda qolishi hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Mas’ul idoralardan ushbu holatni zudlik bilan o‘rganib chiqish, qushlarning holatini baholash va zarurat tug‘ilganda ularni tabiiy yashash muhitiga xavfsiz tarzda qaytarish choralarini ko‘rishni so‘raymiz.
🌿 Yovvoyi qushlarning o‘rni dekorativ hovuzlarda emas, balki tabiat qo‘ynidadir. Ularni asrash barchamizning burchimiz.
☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

#Samarqand_viloyati
Samarqand viloyatidagi suv havzalari baliqchilik uchun ijaraga beriladi: bu ekotizimlarga qanday ta'sir qiladi?
2026-yil 9-iyuldagi Samarqand viloyati hokimining 246-7-0-Q/26-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–122-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatdagi suv omborlari, kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa suv obyektlari Baliqchilikni rivojlantirish markaziga bepul ijaraga beriladi. 2027-yildan boshlab esa ushbu suv havzalarini baliqchilik xoʻjaliklariga ochiq elektron onlayn auksion orqali berish rejalashtirilgan.
Baliqchilikni rivojlantirish iqtisodiyotning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Biroq tabiiy suv havzalarini keng miqyosda xoʻjalik faoliyatiga jalb etish tabiat uchun qanchalik xavfsiz, degan savol tugʻiladi.
Gap faqat sunʼiy hovuzlar haqida emas. Tabiiy suv havzalari baliqlar, qushlar, mollyuskalar, amfibiyalar va suv oʻsimliklari yashaydigan murakkab ekotizimlardir. Bugungi kunda bu ekotizimlar allaqachon jiddiy bosim ostida.
"Downstream Ichthyofauna of the Zarafshan River" tadqiqotiga koʻra, Zarafshon daryosining quyi oqimida 31 tur baliq uchraydi. Suv sathining pasayishi, ifloslanish, daryo oqimining tartibga solinishi va invaziv turlar ularning soniga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. FAO maʼlumotlariga koʻra, toʻgʻonlar va suv omborlari qurilishi hamda sugʻorish uchun suvdan intensiv foydalanish baliqlarning migratsiya yoʻllarini buzgan va tabiiy uvuldiriq joylarini qisqartirgan. Yana bir ilmiy tadqiqot Zarafshon havzasida chuchuk suv mollyuskalarining 49 turi va 2 kenja turi mavjudligini qayd etgan. Ular ham suv rejimidagi oʻzgarishlardan zarar koʻrishi mumkin.
Jahon tajribasi ham ehtiyotkorlik zarurligini koʻrsatadi. AQShda akvakultura uchun olib kirilgan osiyo karplari keyinchalik tabiiy suv havzalariga tarqalib, mahalliy ekotizimlar uchun jiddiy xavf tugʻdirgan.
Shu sababli suv havzalarini ijaraga berishdan oldin ekologik inventarizatsiya oʻtkazish, baliqlarning uvuldiriq joylari va noyob turlar yashash hududlarini aniqlash, ijarachilar uchun qatʼiy ekologik talablarni belgilash hamda qaysi suv obyektlari foydalanishga berilishi haqidagi maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilish muhimdir.
Baliqchilikni rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish bir-biriga zid boʻlmasligi kerak. Suv — faqat xoʻjalik resursi emas, balki hayot manbai. Shu bois undan foydalanishga oid barcha qarorlar uzoq muddatli ekologik oqibatlarni hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
Muallif: Anastasiya Pavlenko
. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🌊 Lofoten orollari — quyosh botmaydigan maskan.

Norvegiyaning Shimoliy qutb doirasidan yuqorida joylashgan Lofoten orollarida har yili may oxiridan iyul o‘rtalarigacha quyosh umuman botmaydi. Shu sababli odamlar yarim tunda ham tog‘larga chiqishi, baliq ovlashi yoki sayr qilishi mumkin.

Yana bir qiziq tomoni, bu orollar Arktikada joylashgan bo‘lsa-da, Golfstrim oqimi tufayli iqlimi kutilganidan ancha iliq. Aynan shu sababli Lofoten qirg‘oqlarida asrlar davomida treska baliqlari ovlanib, tabiiy shamolda quritilgan baliq Norvegiyaning eng muhim eksport mahsulotlaridan biriga aylangan.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Itlarni tutish xizmatidan yana "Vafo" priyutiga itlar olib kelindi

TTZ turar-joy hududi va Yugnakiy tumanidan priyutga yana itlar olib kelindi. Mazkur hududlarda boshpanasiz itlar tutilgan. Xodimlarning so'zlariga ko'ra, buyruq "yuqoridan" kelgan.

Shu bilan birga, bu itlarning barchasi zararsiz va mehribon. Mahalliy aholi ularni boqib kelishgan va ularga g'amxo'rlik qilishgan. Ammo, afsuski, hayvonlarni yoqtirmaydigan, ularga o‘lim istaydiganlar ham topiladi.

"Vafo" priyuti xususiy. U faqatgimna xayriya hisobigagina kun kechiradi 🙏. Priyutda hatto yangi qafaslair uchun taxta yotqizishni ham tugatmadik. Priyut to‘lib -toshgan. Vaziyat chindan ham og'ir .

Hozirda ishchilardan, veterinariya klinikasidan katta qarzlarimiz , boshpana qurilishi uchun olingan kreditlar mavjud. Sizning yordamingizsiz biz yashay olmaymiz. Hattoki o‘n ming so‘m ham biz uchun katta yordamdir.
Faqat birgalikda bu hayvonlarga yordam bera olamiz 🙏🙏🙏

💳 VAFO priyuti uchun yordam kartasi: 9860 1401 2187 6746
📞 Aloqa telefon raqami: 90 905 33 40


☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🇫🇷 Fransiya hayvonlar ishtirokidagi sirklarni taqiqlaydi

Fransiyada hayvonlar qatnashadigan sirklarni to‘liq taqiqlashning yakuniy bosqichi kuchga kirdi.

🔹 2021 yilda Fransiyada katta qonun qabul qilindi: 2024 yilgacha ko‘chma sirklarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlanadi, 2026–2028 yillarda esa barcha sirklarida ularning chiqishlari to‘liq taqiqlanadi.
🔹 2021 yilda Fransiyada taxminan 120 sirk-shapito mavjud bo‘lib, ularda taxminan 1000 yovvoyi hayvon saqlangan edi.
🔹 Qonun yovvoyi hayvonlarni egallash, ko‘paytirish, sotib olish va ishlatishni taqiqlaydi.

🐬 Delfinariylar va dengiz parklarida:

Delfin va orka shou-lari 2028 yilga qadar butunlay taqiqlanadi.

Shaxsiy va teleko‘rsatuvlarda yovvoyi hayvonlardan foydalanish mumkin bo‘lmaydi.

⚖️ Jazo:

Hayvonlarga shafqatsizlik qilganlik uchun 5 yilgacha qamoq va 75 000 yevrogacha jarima belgilangan.

💰 Qo‘llab-quvvatlash:
Hukumat sirklar, dengiz parklar va fermalarga yangi qoidalarga moslashishda yordam beradi, shu jumladan hayvonlar uchun maxsus qo‘riqxonalar yaratish rejalarini ham.

🏛 Parij shahar hokimiyati 2020 yildan beri yovvoyi hayvon ishlatiladigan sirklar uchun yer bermaydi.

Bu tarixiy qadam hayvon huquqlarini himoya qilishga qaratilgan va insoniyatning axloqiy ongining o‘sishi hamda hayvon huquqlarini himoya qilish harakatining rivojlanishiga javob bo‘ldi. 🇫🇷🐾

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

“World Aral Region Charity” (WARC) va “Ekolog” jamoat birlashmasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida “Qoraqalpog‘istonda barqarorlik harakati va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirilmoqda.

2025 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Turtkul tumanidagi maktablarga atrof-muhit muammolariga yoshlarning e’tiborini jalb qilish va ularning ekologik ongini shakllantirish maqsadida issiixonalar va filtrlar o‘rnatilgan edi.

Fevral 2026: WARC Turtkul shahridagi 39, 47 va 50-maktablariga tashrif buyurdi.Filtrlar va issiqxonalarning holati tekshirildi hamda yangi o‘quvchilar guruhi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shuningdek, maktablarning ingliz tili kutubxonasi uchun 50 ta ikki tilli kitob ham topshirildi.

Turtkul, atrof-muhitni asrang! 🌱📚

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Chorasizlikdan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga murojaat qilib, zudlik bilan aralashishingizni hamda bizning toza havo va xavfsiz muhitga bo‘lgan huquqimizni himoya qilishingizni so‘rayman.

Biz Qibray tumani, Madaniyat mavzesi, Qurilish mahallasi, Fazilat ko‘chasida yashaymiz (mo‘ljal — 120-uy, bizning uy 246a bo‘lib, noma’lum sababga ko‘ra tizimga kiritilmagan). Uyimiz atrofida joylashgan ko‘plab issiqxonalar muntazam ravishda havoni zaharlamoqda. Butun qish davomida rezina, shina va turli chiqindilarni yoqish holatlari kuzatilmoqda, buning oqibatida kuchli nafasni bo‘g‘uvchi sassiq hid tarqalib, nafas olishning iloji bo‘lmayapti.

Biz bir necha bor ichki ishlarga, tuman ekologiyasina murojaat qildik va 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qildik, biroq hech qanday amaliy choralar ko‘rilmadi. Tekshiruvlar natijasiz yakunlanmoqda, qoidabuzarliklar esa bir necha oydan beri davom etmoqda. Bundan tashqari, aholining shikoyatlariga na mahalla raisi, na uchastka inspektori e’tibor bermayapti.

Men yolg‘iz onaman, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bor farzandni tarbiyalayapman. Biz toza havodan bahramand bo‘lish umidida mazkur mahallaga ko‘chib kelgan edik, ammo doimiy ifloslanish sharoitiga tushib qoldik, bu esa farzandimning sog‘lig‘i va hayotiga bevosita tahdid solmoqda. Bo‘g‘uvchi havo sabab deyarli ko‘chaga chiqa olmayapmiz, sog‘lig‘imiz tobora yomonlashmoqda. Sassiq havodan faqat men emas, mahallamizdagi barcha aholi aziyat chekayotir.

Talabimiz:
— issiqxonalar faoliyati bo‘yicha zudlik bilan tekshiruv o‘tkazish;
— chiqindilarni yoqish va havoni ifloslantirish holatlariga chek qo‘yish;
— aybdorlarni javobgarlikka tortish;
— hududimizda ekologik me’yorlarga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

Umid qilamizki, ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bizni eshitadi va fuqarolarning xavfsiz atrof-muhitga bo‘lgan huquqini himoya qiladi. Suratlarda issiqxonalardan chiqayotgan zaharli tutun va qizil doirada mening uyim, ko‘rsatkichlar bilan esa atrofdagi issiqxonalar ko‘rsatilgan.

📍 Manzil: Qibray tumani, Madaniyat massivi, Qurilish mahallasi, Fazilat ko‘chasi.


☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🌿 DIQQAT, REKLAMA BERUVCHILAR UCHUN E’LON!

Endilikda siz o‘z mahsulot va xizmatlaringizni www.ekolog.uz sayti hamda loyihaning rasmiy Telegram kanalida reklama qilishingiz mumkin.

📢 Biz quyidagi yo‘nalishlarda reklama joylashtiramiz:

— Ekologiya va atrof-muhitga oid loyihalar

— “Yashil” biznes va startaplar

— Qayta ishlash, chiqindi boshqaruvi, energiya tejamkor texnologiyalar

— Ijtimoiy va ekologik aksiyalar

— Ekomaqsadli mahsulot va xizmatlar

📊 Sizga taqdim etamiz:

✔️ Saytda banner va maqola ko‘rinishidagi reklama ✔️ Telegram kanalida post va maxsus joylashtiruvlar ✔️ Maqsadli auditoriyaga chiqish imkoniyati

✔️ Hamkorlik asosida maxsus paketlar

Hamkorlik va narxlar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning:

📞 +998935342634 - Nargis Qosimova +998936886428 — Feruzbek Sayfullayev

🌱 Birgalikda ekologik madaniyatni rivojlantiramiz!

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Ekologik nazorat inspeksiyasi — Ekopolitsiya xodimlari tomonidan hududlarda navbatdagi nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur reydlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yovvoyi tabiatni muhofaza qilish, noqonuniy ov qilish holatlarining oldini olish hamda bioxilma-xillikni asrashdan iborat.

Reyd tadbirlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani cho‘l hududida jiddiy huquqbuzarlik holati aniqlandi. Xususan, 2 nafar fuqaro tomonidan 4 dona noqonuniy ov quroli yordamida 8 dona quyon va 1 dona bo‘rsiq noqonuniy ovlangani fosh etildi. Shuningdek, ular yana 2 dona bo‘rsiqni tirik holda tutib olganliklari ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 4 dona ov quroli olib qo‘yildi hamda Ichki ishlar organlariga topshirildi. Mazkur huquqbuzarlik noqonuniy ov qurollari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, to‘plangan dastlabki materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida vakolatli organlarga yuborildi.

Tezkor choralar natijasida tirik holda ushlangan 2 dona bo‘rsiq tabiiy yashash muhitiga — tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

Mutaxassislar bu kabi reyd tadbirlari yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, brakonyerlikka qarshi kurashni kuchaytirish hamda ekologik qonunchilik ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Tri-Valley hayvonlarni qutqarish tashkiloti Kaliforniya shtatining Dublin shahridagi Gleason Sharqiy okrug hayvonlar boshpanasida faoliyat yuritadi. U jamoatchilik tomonidan hayvonlarni asrab olishni faol ravishda qo'llab-quvvatlaydi va qutqarilgan uy hayvonlarini o'z mikroavtobuslaridan foydalanib uyma-uy tashiydi hamda Tri-Valley mintaqasida mahalliy asrab olish va mablag' yig'ish tadbirlarida ishtirok etadi. Mikroavtobusda ikki stolli jarrohlik to'plami, reanimatsiya qafaslari, yuqori quvvatli tizimlar va keng ko'lamli hayvonlarni parvarish qilish dasturlari uchun kengaytirilgan maydonga ega Ford F-650 shassisi asosida qurilgan to'liq sozlanadigan veterinariya bo'limi mavjud. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🌿🐦 To‘qaylarda daraxt shoxiga osilib turgan mana shunday uyani ko‘rganmisiz? Uni kim qurgan?
Bu g‘aroyib "osma uy"ni remiz qushi (Remiz pendulinus) bunyod etadi. Kichkina bo‘lishiga qaramay, u tabiatdagi eng mohir "me'mor"lardan biri hisoblanadi.
Qush o‘z uyasini tol, terak yoki qamish tolalaridan, o‘simlik momig‘i va hayvon junidan to‘qib, daraxt shoxiga mustahkam osib qo‘yadi. Uyaning kirish qismi tor bo‘lib, tuxum va jo‘jalarni shamol, yomg‘ir hamda yirtqichlardan himoya qiladi.
🔹 Bitta uyani qurish uchun remiz qushi 2–3 hafta mehnat qiladi.
🔹 Uyasi juda mustahkam bo‘lib, kuchli shamollarga ham bardosh bera oladi.
🔹 Remizlar asosan daryo bo‘ylari, ko‘l va botqoqliklar yaqinidagi to‘qaylarda yashaydi.
🔹 Ular hasharotlar bilan oziqlanib, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlashga hissa qo‘shadi.
💚 Tabiatning eng mohir me'morlaridan biri yaratgan bu noyob uyalarni asraylik. Har bir daraxt va har bir qush ekotizimning ajralmas qismidir.
📸 Siz ham shunday uyani ko‘rganmisiz? Izohlarda yozib qoldiring!
☘️ @ekologuz – tabiatni birgalikda asraymiz. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

❗️Bug‘doydan bo‘shagan yer maydonlarini yoqishga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda

Bugungi kunda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda qo‘mitaning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda bug‘doydan bo‘shagan yerlarni yoqish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Bunda huquqbuzarliklar bevosita aerokosmik ma’lumotlardan foydalangan holda aniqlanib, tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, hududiy bosh boshqarmalar tomonidan bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqmaslik maqsadida 7 760 ta fermer xo‘jaliklariga ogohlantirish xatlari tarqatilgan.

Ekopolitsiyaning hududiy organlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilgan va “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali 744 ta bug‘doydan bo‘shagan yer maydonlarida yonish holatlari kelib tushgan. Holatlar bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilib, 172 nafar huquqbuzarga 212,5 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, 652,3 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Bundan tashqari, dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, shuningdek, qurilish chiqindilarini yoqish bilan bog‘liq holatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yilning bugungi kun holatiga 9 821 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ekologiya milliy qo‘mitasi fuqarolar va fermer xo‘jaliklaridan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somonpoyalarni yoqishning oldini olish choralarini ko‘rish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni so‘raydi.

Unutmang! Atrof-muhitga zarar yetkazadigan har qanday huquqbuzarlik keskin javobgarlikka sabab bo‘ladi.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov raisligida Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni ochib bergan Aziz Abduhakimov Jamoatchilik kengashining Qo‘mita faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda dolzarb ekologik masalalar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida Qo‘mita boshqarmalari va tizim tashkilotlari hamda Jamoatchilik kengashi o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish, Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobot va ma’ruzalarini eshitish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ekologik ta’lim va kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jamoatchilik kengashi a’zolari mamlakatda tashkil etilayotgan “yashil” texnikumlar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni boshqarish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Shuningdek, hududlardagi ekologik vaziyatni o‘rganish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida qo‘shma reydlar tashkil etish tashabbuslari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda bioxilma-xillikni asrash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, yovvoyi hayvonlarni reabilitatsiya qilish va saqlashga ixtisoslashtirilgan pitomniklar tashkil etish, yangi qo‘riqlanadigan tabiiy hududni barpo etish hamda mamlakatdagi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog‘ini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Yakunda ekologiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ko‘p yillik fidokorona mehnati va faol jamoatchilik faoliyati uchun Jamoatchilik kengashi raisi Natalya Shivaldova, Jamoatchilik kengashi a’zosi, mehnat faxriysi hamda suv resurslari va atmosfera havosi monitoringi bo‘yicha ekspert Nina Pikul, shuningdek, “Jayron” pitomnigining faxriy xodimi, yovvoyi hayvonlarni moslashtirish va veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis Erkin Yo‘ldashev “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash davlat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish, mamlakat tabiiy merosini asrash hamda jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishning muhim omili ekanini alohida ta’kidladilar.


☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Xitoy yana kelajak texnologiyalarini namoyish etmoqda 🏙
Dunyoning ko‘plab hududlari jazirama issiqdan aziyat chekayotgan bir paytda, Xitoyda shahar haroratini pasaytirishning innovatsion usullari joriy etilmoqda.
🌧 Baland binolar tomlarida yomg‘ir suvi yig‘ilib, maxsus tizimlar orqali havoga ultra mayda suv tomchilari purkaladi. Natijada ko‘chalar harorati atigi bir necha daqiqa ichida 5–8°C ga pasayishi mumkin.
Bunday texnologiyalar shaharlarning haddan tashqari qizib ketishini kamaytirish, aholi uchun qulay mikroiqlim yaratish va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qilmoqda.
☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

✅Rasmiy munosabat

✅Ekolog.uz kanalida "Chirchiq daryosi bo'yida noqonuniy chiqindi tashlash holatlari aholini xavotirga solmoqda" mazmunidagi xabar boʼyicha Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʼzgarishi bosh boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani Ekopolitsiya xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.

✅Oʼrganish davomida murojaatda koʼrsatilgan hudud Yuqori Chirchiq tumani Markaziy MFY hududidan oqib oʼrgan Chirchiq daryosi muhofaza mintaqasiga nomaʼlum fuqarolar tomonidan turli xildagi chiqindilar tashlab ketilgani aniqlandi.

✅Hududga "Toza hudud" DUK ishchi xodimlari va "Zero Waste" MCHJ maxsus texnikalari jalb etilib bartaraf etildi.

Eslatma: Hurmatli fuqarolar, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamang va uni yoqmang. Zero, bu kabi hatti-harakatlar uchun qonunda tegishli tartibda chora koʼrilishini unatmang!


✍️Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati . ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

#Toshkent_viloyati
🌿 Angren daryosi pastida tabiat yo'q qilinmoqda
Toshkent viloyatining Oybuloq posyolkasi hamda "Orexovaya Roshcha" bogʻdorchilik va uzumchilik shirkati hududida yashovchi fuqarolar Angren (Ohangaron) daryosi qayirida sodir boʻlayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar haqida tashvish bildirmoqda. Ularning fikricha, bu holat daryo qayirida qum, shagʻal va chaqiq tosh qazib olinishi hamda olib chiqilishi bilan bogʻliq.
Aholi taqdim etgan videolarda:
🔹 qayir oʻrmonining yoʻq qilingan hududlari;
🔹 tabiiy landshaftning oʻzgargani;
🔹 qurilish texnikalari;
🔹 daryo qayirida olib borilayotgan ishlar aks etgan.
"Orexovaya Roshcha" shirkati raisining soʻzlariga koʻra, ushbu ishlar natijasida:
🔸 qayir oʻrmonlari maydoni qisqargan;
🔸 tabiiy suv muvozanati buzilgan;
🔸 suv oqimining yoʻnalishi oʻzgargan;
🔸 ayrim buloqlar va quduqlar quriy boshlagan.
Mahalliy aholi taʼkidlashicha, mazkur hudud uzoq yillar davomida qirgʻovullar, boyqushlar, quyonlar, laylaklar va boshqa yovvoyi hayvonlar uchun tabiiy yashash maskani boʻlib kelgan.
Fuqarolar bildirgan maʼlumotlarga koʻra, ular Ekologiya vazirligi hamda Prezidentning Xalq qabulxonasiga bir necha bor murojaat qilgan. Hududga masʼul organlar va prokuratura vakillari chiqqan, biroq aholi taʼkidlashicha, ishlar hanuz davom etmoqda.
Bizning fikrimizcha, mazkur holat ochiq, xolis va har tomonlama ekologik tekshiruv oʻtkazilishini talab qiladi.
Agar videolarda aks etgan holatlar oʻz tasdigʻini topsa, bu Angren daryosi qayiridagi noyob ekotizimga jiddiy zarar yetkazayotgan boʻlishi mumkin.
Shu munosabat bilan quyidagilarni soʻraymiz:
✅ mustaqil va kompleks ekologik ekspertiza oʻtkazish;
✅ tekshiruv natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish;
✅ amalga oshirilayotgan ishlarga huquqiy baho berish;
✅ qayir oʻrmonlarini saqlab qolish va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish choralarini koʻrish.
🌱 Tabiatni bugun asrash — uni ertaga tiklashga urinishdan ancha oson.
#Angren #Ohangaron #Oybuloq #OrexovayaRoshcha #Ekologiya #QayirOrmoni #TabiatniAsraylik #EkologUz ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Toshkentdagi "Mushukkent" loyihasi xavf ostida

Toshkent shahrida ko‘cha mushuklarini himoya qilishga qaratilgan "Mushukkent" loyihasi amaldagi qonunchilikdagi ayrim normalar sabab murakkab vaziyatga duch kelmoqda.

Loyiha tashabbuskorlarining ta'kidlashicha, 202-sonli qonun hujjatidagi qoidaga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi joylarda ayrim hayvonlarni saqlash taqiqlangan. Ushbu ro‘yxatga itlar, tovuqlar, kabutarlar, qo‘ylar va boshqa hayvonlar bilan bir qatorda mushuklar ham kiritilgan. Natijada ko‘cha mushuklari uchun o‘rnatilgan maxsus uychalar ham qonunchilik nuqtai nazaridan bahsli holatga tushib qolgan.

Faollar ta'kidlashicha, ushbu norma ko‘cha mushuklarini oziqlantirish va ularga suv berish imkoniyatini ham cheklab qo‘ymoqda. Holbuki, Toshkent shahar hokimi tomonidan turli uchrashuvlarda ko‘cha mushuklarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa yozning issiq kunlarida ularni suv bilan ta'minlash muhimligi bir necha bor qayd etilgan.

Loyiha mualliflarining fikricha, mazkur norma hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olishga qaratilgan qonun tamoyillariga ham zid keladi. Ularning ta'kidlashicha, mushuklar shahar ekologik tizimining ajralmas qismi bo‘lib, kemiruvchilar sonini tabiiy ravishda nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Shu sababli faollar ko‘cha mushuklarini ommaviy ravishda boshpanalarga yig‘ish emas, balki ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, emlash, davolash va sterilizatsiya qilish orqali yashash muhitida saqlash tarafdori ekanliklarini bildirmoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ayrim ko‘ngillilarga ko‘cha mushuklariga g‘amxo‘rlik qilgani uchun jarimalar qo‘llanila boshlagan. Hozircha mushuklar uchun o‘rnatilgan uychalar olib tashlanmagan bo‘lsa-da, tashabbuskorlar vaziyatga e'tibor qaratilmasa, loyiha va shu kungacha erishilgan natijalar xavf ostida qolishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

"Mushukkent" loyihasi tashabbuskorlari, ko‘ngillilar hamda befarq bo‘lmagan fuqarolar deputatlarga murojaat qilib, mazkur qonun normasini qayta ko‘rib chiqish, shahar mushuklarini taqiqlangan hayvonlar ro‘yxatidan chiqarish hamda ularga alohida huquqiy maqom berish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.

Shuningdek, ular jamoatchilikni ushbu masalaga e'tibor qaratishga, axborotni kengroq tarqatishga va muammoning qonuniy yechimini topishga ko‘maklashishga chaqirmoqda.

Manba

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

🙏 Aziz insonlar, yordam so‘raymiz! 🐾

Mushuk Tyoma sizlarning ko‘magingizga muhtoj.

📅 30-iyun kuni Tyoma revaksinatsiyadan o‘tdi.

📅 19-iyul kuni esa uni muhim operatsiya kutmoqda:
🔹 pastki jag‘idagi metall fiksatorni olib tashlash;
🔹 kastratsiya amaliyoti.
Hozirda Tyoma veterinariya klinikasida saqlanmoqda.

💰 Xarajatlar:
• Klinikadagi parvarish — kuniga 60 000 so‘m.
• Pro Plan nam ozuqasi — 19 000 so‘m.
• 19-iyulgacha klinikada saqlash xarajati — 1 020 000 so‘m.
• 19-iyul kungi operatsiya va kastratsiya — 400 000 so‘m.

Bunday mablag‘ni yig‘ish juda qiyin...

🙏 Iltimos, imkoningizdan kelgancha yordam bering. Hatto 1 000–5 000 so‘mlik yordam ham Tyomaning sog‘ayishi uchun juda katta hissa bo‘ladi.

📢 Ushbu postni ulashishingiz ham biz uchun ulkan yordamdir.

🐱 Tyoma sizlarning yordamingizsiz bu sinovni yengib o‘ta olmaydi.

💳 Karta raqami:
9860 0824 6453 5192
Karta egasi: Marina N

Rahm-shafqatingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan katta rahmat! ❤️

Telegram sahifasi: /channel/ulichnie_xvostiki

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Suratda Turkiyada yashovchi Mehmet ismli erkak tasvirlangan. Deyarli uch yil oldin uning eshagi to'satdan ko'rish va eshitish qobiliyatini yo'qotgan edi. O'shandan beri ko'pchilik u hayvon endi avvalgi vazifalarini bajara olmasa ham, nega uni boqish va parvarish qilishda davom etayotganiga hayron bo'lishdi. Mehmet eshakning boshini mehr bilan silar ekan, " bu eshak menga 15 yildan ortiq vaqt davomida turli yuklarni yelkasida ko'tarib yordam berdi. Deyarli uch yildan beri men unga ovqatlantiraman, sug‘oraman, parvarishlayman. Eshagimning sodiq xizmati uchun unga minnatdorchilik bildirishga
hali vaqtim bor".
Afsuski, O'zbekistonda bunday narsa sodir bo'lishi ehtimoldan yiroq. Eshaklarni ishlatib, kasal bo‘lsa qishda ochlik va sovuq xukm so‘rgan ko‘chaga haydashadi. Oyoqlarini sindirishadi, quloq va dumini kesishadi, zo‘rlashadi... Har bir jonivorga mehr ko‘rsatia olgan, uning xizmatlarini qadrlay olgan odamgina INSON hisoblanadi.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Lungfish Suvsiz yashay oladigan baliq
Afrika (masalan, Nigeriya va Zambiya daryolari) va Janubiy Amerika (Amazon daryosi) da uchraydi
Qurg‘oqchilik davrida lungfish loyga chuqur kirib, o‘pkasi orqali havodan nafas oladi. Shu orqali ular suvsiz bir muddat tirik qoladi.
Ba’zi lungfish turlari bir necha oy, hatto 4 yilgacha loy ichida uxlash holatida yashashi mumkin. ☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Qashqadaryo viloyati Yakkabog tumani fuqarolari nomidan murojaat.

Shaxsimiz sir saqlanishi so‘ralgan holda ekologiya vazirligiga murojaat qilgan edik. Vazirlik murojaat viloyat darajasida o‘rganilishini ma’lum qilgan, biroq afsuski, murojaatimiz oshkor bo‘lib ketdi.

Hozirda Yakkabog tumani Tatar MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qizil daryo o‘zani atrofida turizm yo‘lagi qurilmoqda. Ushbu hududda quyidagi muammolar kuzatilmoqda:

— Daryo atrofi chiqindilar bilan kuchli ifloslangan, ayniqsa spirtli ichimlik shishalari ko‘p;
— Yo‘lak qurilishi sabab yovvoyi daraxt va butalar ommaviy ravishda kesilmoqda;
— Kesilayotgan daraxtlar uchun ruxsatnoma mavjud yoki yo‘qligi noma’lum;
— Turizm bahonasida ekologik talablar buzilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlardan vaziyatni qonuniy asosda, xolis va oshkora o‘rganishni so‘raymiz. Fotosuratlarda hududdagi haqiqiy ahvolni ko‘rish mumkin.

Atrof-muhitni asrash — barchamizning umumiy burchimiz.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Diliya uyga qaytdi 🐾🥳

To‘rt oy davom etgan qutqaruv va davolash yo‘li nihoyat yaxshilik bilan yakunlandi. Diliya va uning kuchukchalari noyabr oyi boshida O‘zbekistondagi ovlov (otlov) xizmatidan Moskvaga olib kelingan edi. Ular juda og‘ir ahvolda bo‘lib, bir nechta o‘limli infeksiyalar — chuma, parvovirus, koronavirusli gastroenterit hamda glistlar bilan zararlangan edi.

Moskvadagi veterinariya klinikasi shifokorlari barcha imkoniyatlarni ishga solib, jonivorlarni saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishdi. Antibakterial terapiya, qon va plazma quyish, sutka davomida hayotiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kabi muolajalar olib borildi. Afsuski, barcha sa’y-harakatlarga qaramasdan, kuchukchalar birin-ketin nobud bo‘lishdi 💔. Faqatgina Diliyaning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘linди. Klinika xarajatlari esa qariyb 1 million rublga yetgan.

Bir oylik statsionar davolanishdan so‘ng, veterinarlar barcha tayinlovlarga qat’iy amal qilish sharti bilan Diliyani uyga olib ketishga ruxsat berishdi. Yana bir oylik parvarish va tiklanish jarayonidan keyin Diliya to‘liq sog‘aydi 🙏.

Quvonchli yangilik shuki, Diliya yangi oilasi bag‘riga yo‘l oldi. Uni qariyb ikki oy davomida sabr bilan kutishgan edi. Yangi uyida allaqachon taksa zotiga mansub Martin ismli it bor — u Diliya bilan tezda do‘stlashib ketdi. Endi ular ajralmas do‘stlar: birga o‘ynashadi, uxlashadi, sayr qilishadi va ovqatlanishadi 🥰.

Bu hikoya — mehr, sabr va jonivorlarga bo‘lgan beqiyos g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

“Agar men o‘lsam…” — sodiqlikning jim, ammo yurakni larzaga soluvchi hikoyasi.

Alireza Karami — Eronda hukumatga qarshi namoyishlar kuch bilan bostirilgan paytda halok bo‘lgan namoyishchilardan biri sifatida xalqaro ommaviy axborot vositalarida tilga olingan. U yosh avtomexanik bo‘lgan va voqealar vaqtida jarohatlanganlarga yordam bermoqchi bo‘lgani aytiladi.

Uning sodiq iti — Ariyel esa egasining vafotidan so‘ng qabri yonidan ketmay turgani aks etgan surat bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu kadr ko‘plab insonlarni befarq qoldirmadi.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, Alireza tirikligida itiga bo‘lgan mehrini tez-tez ko‘rsatgan va hatto “agar men o‘lsam…” deya boshlanuvchi so‘zlari ham keyinchalik ramziy ma’noda esga olindi.

Bu voqea nafaqat siyosiy fojia, balki inson va hayvon o‘rtasidagi sodiqlikning ham ta’sirli timsoliga aylandi.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Tayinlov!

Begiyev Samad G‘afurovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlov Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.

Samad Begiyev 1989-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda ekologiya sohasidagi davlat organlarida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!    

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | ekologuz">Youtube.

Читать полностью…
Subscribe to a channel