Бу ёқда бўлаётган ишларни кўринг.
Ҳар йили 9 май арафасида фитна қизийди. Охирги йилларда қизил байроқ кўтариш камлик қилиб, энди пароканда бўлган СССР ни ва Сталинни улуғловчи шиорлар баралла айтилиш даражасига чиқди.
Шахсан мен буни Мустақил Ўзбекистон учун жон берган аждодларимиз хотирасига ҳурматсизлик ва мустақиллигимизга таҳдид деб ҳисоблайман.
Йилдан-йилга авж олаётган бу трендга жим қараб туриб бўлмайди.
Саволлар оддий: Бу рухсат берилган оммавий тадбир эдими? Ким рухсат берган? Агар рухсат берилмаган бўлса, рухсат берилмаган оммавий тадбир учун қонунчиликда белгиланган тартибда чора кўриладими? Умуман, одатга айланиб бораётган бу ишларга қачон барҳам берилади?
Буткул шахсий фикрларим.
Менга Ҳосила Раҳимованинг "Хотира хиёбони" қўшиғи ёқади. Шу қўшиқнинг бошидаги сўзларга ва қўшиқ матнига эътибор бериб тингланг. Ўзбекистонда 9 май ҳурлик ва хотира куни. Айнан шундай!
@shahnozxon
Shunchaki xalqiga tupurib qo‘ygan DIK-TA-TOR!
1881-yilda o‘z vatanini mardonavor himoya qilgani uchun o‘rislar tomonidan shafqatsizlarcha qirg‘in qilingan ajdodlari ruhiga tupurgan rahbar.
O‘rislar butun Markaziy Osiyo yurishi davomida eng katta mag‘lubiyatga Ko‘ktepada uchragandi. Bundan alamzada qotillar ikkinchi urinishda Ko‘ktepani egallab, na ayollarga, na bolalarga shafqat qilmagan. 40 mingga yaqin turkman o‘ldirilgan.
Bu xunrezliklarning boshida turganlarga (Skobelev, Kuropatkin, Gaydarov) esa Serdar bugun ko‘ksiga taqqan Grigoriy lentasi taqilgan. O‘z ajdodlari qoni bilan bulg‘angan lentani ko‘ksiga taqqan yetakchi o’z xalqiga qanchalik “mehribon” ekanligini bilish qiyin emas.
@pan_diplomat
Kanaldagi manqurtchalar diqqatiga, oʻzingizdan bilib bu yerni tark eting. Birbaloparastlarni joyimas bu yer.
Читать полностью…“Buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, shu yorugʻ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida taʼzim qilamiz. Urushda, mehnat frontida ishtirok etgan moʻtabar faxriylarimiz oldida cheksiz qarzdormiz”.
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
Bolani qanday qilib irodali qilish mumkin?
1960 yilda Standford universitetida iroda bilan bog‘liq tadqiqot o‘tkazilgan. Bu tadqiqotni «zefir» deb atashgan.
Uolter Mishel bir necha yuzlab 4-5 yoshli bolalarni tekshirib ko‘rgan. Bolalarni stol ustida «Zefir» shirinligi bo‘lgan xonaga olib kirishgan va ularga tanlov berilgan. Ular istasa, shirinlikni yeb qo‘yishi mumkin edi, lekin xonaga professor qaytib kirishini kuta olsa, shirinligi ikki barobar ko‘payishini aytishdi. Ya’ni, ozroq sabr evaziga bitta emas, ikkita shirinlik yeyishlari mumkin edi. Ba’zi bolalar shirinlikni darhol yeb qo‘ygan bo‘lsa, boshqalari fikrlarini chalg‘itishga harakat qilib oxirga qadar kuta olishgan. Bir necha yillardan so‘ng o‘sha bolalarni o‘smir yoshida yana Standford universitetiga taklif qilishdi va ularning hayoti va tabiatlarini o‘rganishdi. Yoshligida shirinlikni 2 ta bo‘lgunicha sabr qila olgan bolalar hayotining har jabhasida ildamroq edi. Ular yaxshiroq o‘qishar, qiyinchiliklarni osonroq yengib o‘ta oladigan, boshqa odamlar bilan yaxshi kelishadigan o‘smirlar edi. Tadqiqotdan xulosa shu ediki irodali bolalar hayotda muvaffaqiyatliroq, ko‘proq narsa erisha olishar ekan. Albatta, bolalar tabiatan irodali bo‘lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda bolalarda irodani tarbiyalash ham mumkin ekan.
Feysbukdan
Hech qachon o‘qituvchi bo‘lish haqida o‘ylamaganman, istamaganman buni. Yangihayot hokimiyatida ishlaganimda, tumandagi eeeng uzoq maktabni tanlab olgandim, ijodiy targ‘ibotchi bo‘lish uchun. Chunki bu maktabga biror kim borishni istamagan ekan. Shuni eshitganimda maktabim esimga tushdi... Yanglishmagan ekanman, poytaxt chekkasidagi maktab bilan Samarqandning tog‘li hududidagi maktabimning sharoiti, o‘qituvshilari bir xil edi, deyarli.
O‘qituvchilikda tajribam bo‘lmasayam, o‘zimcha nimalarnidir gapirib berardim bolalarga. Shoir-yozuvchilarni tanishtirar, o‘qish uchun kitob tavsiya qilar, dunyodagi vaziyat haqida gapirib berardim. Ammo ko‘p narsa o‘rgatolmadim, bunga vaqt ham yetmadi, ko‘p o‘tmay ketdim. Lekin shu qisqa vaqt ichida bolalarda adabiyot, jurnalistika, siyosatga qiziqish uyg‘ota olgan ekanman. Bugun bu xabardan keyin yana dars bersammikin, deb o‘ylab qoldim. Bilmadim, vaqt ko‘rsatadi buniyam.
Hamma narsadan kechib bittada, qayergadir ketvoradigan kayfiyat. Jamiyatdagi kunlik asabiy, ispaniskiy stidlardan tortib, ishdagi klaviaturaning tiqillashigacha asabimni egovlab yuboryapti. Bir haftadan buyon qo'lim ishga bormayaptiyam. Xullas, o'zimni majburlab kulishdananam, yuklardanam charchadim o'ta. She'r ham yozib bo'lmaydi bunaqa rasvo holatda. Bu biqiqlikda qanday yashayapsizlar, odamlar?!
Читать полностью…Bir qarasam, do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.
Abdulla Oripov
Меня боятся неуверенные мужчины. Лучше быть одной, чем тянуть на своих плечах какого-нибудь альфонса. Мужчина для меня должен быть лидером, потому что я не феминистка.
Monica Bellucci
🔥🔥🔥 Kechki taomga olovli she'rlar taklif qilsak, nima deysiz?
Duel bu yil umuman boshqa kayfiyat, boshqa format, boshqacha darajada bo‘lib o‘tishi kutilyapti. She'riyatni, umuman, adabiyotni eng yuqori darajada taqdim etish uchun butun jamoa tinimsiz ishlayapti. Loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lishingizni, hech uyalmasdan layk, izohlarga ko‘mib tashlashingizni so‘rardim.
Hali siz kutmagan kontentlar oldinda, ishonavering! ❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Duelning boshqa ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Facebook / Instagram / Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF">You Tube / Twitter / duelloyihasi?_t=8kiqbnceTQ7&_r=1">Tik Tok
*
O‘zimga aza tutdim bugun.
Ko‘k kiydim, ro‘mol o‘rab,
Namoz o‘qidim ikki rakat farz,
Janoza nomozin bilmasdim chunki. :(
**
Kechasi xona bo‘ylab kezib yuraman,
Qo‘limda bir piyola sovub qolgan choy, pechenyeni tishlab
Allaqaysi turkcha qo‘shiq satrlarini ming‘irlagancha,
Xolbuki, sal avval o‘kirib-o‘kirib yig‘lab olgandim.
Hayot shu, azizim, aslida. :)
***
Men istasam har narsani qilolardim bolaligimdan,
Momom qaymoq yedirib katta qilgandi,
Ayam ba'zan kaltak,
Dadam ba'zan ertak,
Bobom har kun ermak berardi xotiralarimga.
Bobomga ergashib bahor kunlari
Tuytuk terib yerdim,
Qoqio‘t yerdim,
Qo‘zi boqar dashtga chiqib,
Gazet o‘qirdim.
Nardada yutardim har kuni o‘n bor,
Qartaga pul tikmasdik qimor bo‘lar deb
Men har ne qilardim agar istasam,
Tog‘im bor edi beminnat, baland.
Odam bunday hayotni bir marta yashar,
Men go‘zal yashadim shukr tug‘ilib! ♡
Qo‘lingizdan yordam berish kelmaydimi, oyoqda qolishiga tayanch bo‘lolmaysizmi, hech bo‘lmasa yashab qolishga harakat qilayotgan shu odamga tegmang! Tegmang, indamang shu odamga! Uning ustidan hukm chiqarishd'n avval, kulishdan, o‘dag‘aylashdan avval, Sen shu vaqtga qadar nimalarni yashading, Senga nima bo‘ldiki, senga nimalar qildilarki, hanuz odamlardan uzoqda tutasan o‘zingni, nega qorong‘ulikdan chiqqing kelmaydi deb so‘rang bir bora! Mayli, so‘ramang ham, achining demayman, suyang demaymam, hechyo‘q tinch qo‘ying! Yashashga sarflayotgan shu kuchini sizning achchiq gaplaringiz, g‘iybatlaringiz, kinoyaviy gaplaringizga qarshi ishlatishdan asrab qoling hech yo‘q shu jasadni!
Jim bo‘ling, iltimos, jim bo‘ling! Nima qipti, bir odam sizdek yashamasa! Nima qipti, bir odam sizdek bo‘lmasa, taqdiri boshqa bo‘lsa?! Tinch qo‘ying axir odamni! Achinmang, mehr bermang, anglamang, shunchaki jim bo‘ling!
May ohanglari
25 may
So‘ngan umid,
Istalmagan orzu yuki
Ezib borar yelkalarimni.
Ko‘zlarimni yumib eslayman
Kechki ikki, chiroq yorug‘i
Va o‘qilyotgan kitob shivirin.
Uyg‘onib ketardi bobom uyqudan,
ko‘zlarimda aybdorlik va
Uyqu istagini yashirganimcha
Tabassum qilardim shafaqrang.
Adadsiz mehrni taniganman men,
O‘shanda bobomning nigohlarida.
Ishonchni, umidni, muhabbatni ham
Duoga ochilgan kaftlar ichida
Ko‘rganim yodimda.
Bugun olis, katta shaharda,
Hashamatli yemakxonada
Yog‘ayotgan yomg‘irga qarab
Istalmaslik azobi ichra
tabassum qilaman shafaqrang.
Lek,
Bobomni qaytarmas endi bu hayot...
26 may
Meni shahar ezmagan,
Va na odamlar,
Na adoqsiz g‘am
Va xattoki ishq.
Ko‘zimga kulguni bermagan asli,
Na diydor,
Na dunyo
Va na xatto sen.
Ularning barisi menda bor edi,
Xuddi kulol loyni qoryotgan mahal
Qo‘ng‘irsoch qizchasi yugurib kelib
Jajji barmoqlarin shevasi bilan
Yaxshi ko‘rishini aytgani kabi
Gʻam va baxt ichida yaralganman men...
31 may
Bahor ketar ekan o‘ziday
Xush ifor qoldirib ketar dunyoga
Ilq ko‘klam ochilgan o‘rik guliday
Napormon mayinlik his etar ko‘ngil.
Maysalarga yuz bosgan chog‘da
Qitiqlagan farah yoprilar
Yuzlarga, kunlarga, dunyoga...
Bahordek yashagim keladi azal --
Ketsam...
Go‘zal bir mayinlik qolsa ortimda,
Entikib eslansa baxtning bo‘ylari.
Axir bahor har damgidan-da
ketayotgan lahzada go‘zal...
@FeruzaXayrullayeva
Rasm va izohni tushunmaganlar diqqatiga bu maqolalarni qoldiraman:
https://oyina.uz/uz/article/1591
https://oyina.uz/uz/article/1585
Shunda balki prezident qonxoʻr georgiy tasmasinimas, sharaf tasmasini taqqanligining ahamiyatini tushunib olarsiz!
Shundayam tushunmasangiz, kanal eshiklari ochiq. Ota-bobongizni qirganlarga, momolarimizni zoʻrlab, xoʻrlaganlarga qulluq qilib yashayvering! Sizdeklardan nafratlanaman!
Boraman.
Bizni adashtirgan yillar oralab
Jingalak sochimga taqasan yalpiz.
So‘ng ortga qaytaman...
Kimni qoralab
Yolg‘iz.
Men takror boraman
Bu ne jasorat...
O‘tmishga sudrayman vaqt millarini.
O‘g‘irlab qaytaman...
Derazangdagi
Baxt gullarini.
O yana boraman
Bu qanday tahqir...
Ko‘zimdagi bari tomchilar ozod.
Nogoh qo‘llarimdan tutadi taqdir
Kishanband etadi jismimni hayot.
Baribir boraman
Hech bo‘lmaganda
Ruhimni don kabi yutganda bir qush.
Sen titroq kaftingda ushoq tutasan
So‘ng uchib ketaman
Qaygadir sarhush.
©Madina Norchayeva
ИСЁН ВА ИТОАТ
Тиғ устида юрдириб, томошо қилар Тангрим,
Чўғ устида турдириб, томошо қилар Тангрим.
Тошқинда бир кемадек ночор кетиб борарман,
Мен ҳеч нарса билмайман, барини билар Тангрим.
Олдга юрсам хатар бор, ортга юрсам хатар бор,
Ҳар лаҳза, ҳар сафару, ҳар тун, ҳар саҳар бор.
Бир чумоли мисоли дон учун чиққан эдим,
Донни не қиладию, мени не қилар Тангрим.
Ҳақсизлик учун ёндим, шавқ учун исён қилдим.
Ҳаққимни бер дедиму Ҳақ учун исён қилдим.
Бошимни ҳар ён урдим, бош ёрилгач англадим,
Пойига қўйсамгина бошимни силар Тангрим.
Сабрим етарми билмам, сабримни синайверса,
Ҳар бир синаганида суягим синаверса,
Синиб-синиб охири ўзинг бутла деб борсам,
Суягимни ун қилиб, элакда элар Тангрим.
Майли не бўлса ҳамки, ёруғ юз билан етай,
Дил тўла меҳр билан, ёшли кўз билан етай,
Юрагимни тўлдирар битта таскин бор фақат,
Мен Тангримга борарман, мен томон келар Тангрим.
Гулжамол Асқарова
Shohruxning gapiga qo'shilaman, Bizda 2010-yillardan keyin san'at o'ldirildi. Ha, aynan, o'ldirildi ataylab. Ungacha olingan filmlar, yaratilgan qo'shiqlar umuman boshqa dunyo. Biz hozir qozoqlarga havas qilganimizdek, o'sha vaqtlarda qo'shni mamlakatlar bizga ayni san'at borasida havas bilan qarashlarini aytishgan. Lekin ba'zilar san'at bilan insonlarni ongini o'stirish mumkinligi payqab qolishdi va hammasi tamom bo'ldi. Menga eng alam qiladigani, o'sha davrning shlagerlarini yaratganlar, qo'shiqning ta'mini biladiganlar bugun "Ko'k jiguli"lab yurgani. Bu shunchaki iste'dodiga, san'atga nisbatan xiyonat. Ha, mayli, bir kun kelib, yana qaytib qolar haqiqiy asarlar vodiyimizga. Ungacha man bu kabi 2000-yillar nostaljisi bilan yashab turamiz:
https://www.youtube.com/watch?v=ClAPRrPCW1M
🔥 2022-yilda “Izlam” rukni ostida chiqqan kitoblar taqdimotida ishtirok etganlar biladi, “Akademnashr” va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan betakror adabiy kecha uyushtirilgan!
Shoirlar bayrami bo‘lgandi o‘sha kun: har bir muallifning o‘ziga xos sahna ko‘rinishi, musiqiy kompozitsiya, auksion va dastxat qo‘yish marosimi hanuzgacha kitobxonlar xotirasiga ko‘rk berib turadi.
🎞 Taqdimotda qatnasholmaganlar uchun to‘liq videosini e’lon qilyapmiz. Ko‘ring, hayratlaning, miriqib bahra oling!
Bugun soat 20:00 da 👉 Duelloyihasi?si=syn_8IjyFcRAUs5n">YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
Yaqinlaringizga ham ulashing.
Bizning sahifalarimiz: Facebook / Instagram / Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF">YouTube / Twitter / duelloyihasi?_t=8kiqbnceTQ7&_r=1">Tik Tok
@duelloyihasi
O‘liklar shahri bu.
Har kuni necha go‘dak o‘lar tug‘ilmasidan
Har kuni necha hasta o‘lar dorisizlikdan
Har kuni necha keksa o‘lar qarovsizlikdan
Har kuni necha it o‘lar ochlikdan
Har kuni necha odam o‘lar to‘qlikdan
Har kuni necha ayol o‘lar xiyonat, kaltaklar zarbidan
Har kuni necha erkak o‘lar qarzdorlik, qullikdan
Har kuni necha shoir o‘lar so‘zsizlik, subutsizlik, pulsizlikdan
Har kuni necha odam o‘lar...
Xudosizlikdan.
Men o‘ldim.
Ammo nedanligin endi hech farqi yo‘q...
Bugun "Matritsa" katta ekranlarga chiqqaniga 25 yil to‘libdi. Shu munosabat bilan bugungi oqshomni yana bir marta ana shu takrorlanmas filmga bag‘ishlayman 💚
Читать полностью…НОЗИМ ҲИКМАТ
* * *
Бугун бозор.
Бугун мени илк дафъа қуёшга чиқардилар.
Шунда осмоннинг умримда биринчи бор
бу қадар мендан олис,
бу қадар кўм-кўк,
бу қадар катта эканлигин қилиб ҳис
зўр ҳайратдан жим қотдим.
Кейин эҳтиром-ла ўтириб ерга,
Деворга суянганча ётдим.
Айни дам хаёлларимга келар
На уруш, на тинчлик, на хотиним.
Тупроқ, қуёш ва мен...
Ором олар ботиним...
* * *
Кўзим тополмади ишқни кўзингдан,
Улардан ўтмади қалбимга олов.
Чарчаган руҳимни чарчатдинг зимдан
Ҳозир бегонамга айланган биров.
Кеча йўлларингга тургандим муштоқ,
Бугун-чи қочарман сендан атайин.
Ҳеч кимим эканинг англаяпман, оҳ,
Кўнгилга чуқурроқ боққаним сайин.
Хотирдан ўчирдим сени бус-бутун,
Ичган қасамимга босгандир қиров.
Ҳатто юрагимда йўқ киним, бугун -
ҳамманинг бирига айланган биров.
Турк тилидан Чарос АВАЗОВА таржимаси