5957
Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori ul olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy) Murojaat uchun: @shahnozchatbot
Ҳозир шу суҳбатни кўриб ўғлим билан гаплашдик: ростан ҳам одамлар чўнтаги пул кўрди, бошпаналик бўлишди, болалар пахтага чиқмайдиган, ўқитувчилар кўча супурмайдиган, тадбиркор 22-23 фоизга пулини “обнал” қилмайдиган, абитуриентларга 1 август ўйинлари қилинмайдиган, автоларга “шапка” кийдирилмайдиган, одамлар битта маълумотнома учун эшикма-эшик сарсон бўлмайдиган бўлди. Яна санасак қанча нарса бор. Шунча ислоҳотлар оддий одамлар ҳаётида қандай ўзгаришлар қилганини кўрсатиш керак. Ислоҳотларнинг оддий инсоний қиёфасини кўрсатиш лозим.
Барака топсинлар, соғ бўлсинлар, умрлари узоқ бўлсин ҳурматли Президентимизни🤲
@shahnozxon
"Bilar-bilmas uzatib, uylantiryapmiz. Ular oila qadriga yetmayapti": XDPda ajrimlar va aliment masalasi muhokama qilindi
Oilaviy ajrimlar ko‘payishi haqida ko‘p gapiriladi. Ammo sabablari haqida ochiq gaplashish hamon kam.
Bunday masalalarni hal etishda muammoning tub ildiziga yetib borish va amaliy yondashuv zarur.
Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Munozara maydoni”da bu yil nechta oila ajralgani, nega ajralgani va oilaga munosabat qanday o‘zgarishi kerakligi muhokama qilindi.
Partiya pozisiyasi: avval sababni o‘rganish, keyin mahalla, nuroniylar va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda aniq chora ko‘rish.
Oilaga tayyor bo‘lmagan yoshlarni orzu-havaslarga qurbon qilmaslik kerak. Oila muqaddas. Buning mas'uliyatini anglatish kerak.
@shahnozxon
#matbuot_anjumani
Yangi özbek alifbosi: özgartirilgan 4 ta harf
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi ÖRQ-1184-sonli Qonuni mazmun-mohiyatiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari, yetakçi tilşunoslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, yangi Qonun milliy alifbomizni takomillaştiriş, imlo qoidalaridagi noaniqlik va texnik murakkabliklarni bartaraf etiş hamda özbek tilining raqamli texnologiyalar va kompyuter dasturlariga moslaşuvini yengillaştirişga qaratilgan.
“Balki 10 yil, balki 15 yildan keyin qaysidir hujjatimizni almaştiriş muddati kelar. Hujjatlarni öz almaştiriş muddati kelmagunça, uni qaytadan qiliş majburiyati yöq. Heç qanday hujjatlarda majburiy tarzda özgartirişlar bölmaydi”, - dedi Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Maqsud Asadov.
Bizni kuzatib boring👇
Takomillaşgan özbek alifbosi posteri.
Ketma-ketlik öşa-öşa, faqat ng çiqarib taşlangan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç (2027-yil 22-apreldan) kuçga kiradi.
@shahnozxon
Parlament quyi palatasida bugun bayram şukuhi. Deputatlar iştirokida ona tilimizning jamiyatdagi örni, Navoiy va Qodiriydek bobolarimiz merosini tarğib qilişga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Şuningdek, deputatlar ijrosida ajoyib şe’riy tabriklar ham tayyorlangan (videoni albatta köring).
Aytgança, eng muhimi — bugungi kunda parlamentda barça qonun hujjatlari xalqçil, ravon va tuşunarli özbek tilida tayyorlanişiga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
Bayram barçamizga qutluğ bölsin!
@shahnozxon
Özbek alifbosida 4 harf özgardi: Prezident qonunni imzoladi. Yaşasin!👏👏👏
Va nihoyat köp yillik urinişlar, mehnatlar, bahs va munozaralarga çiroyli nuqta qöyildi. Özbek lotin alifbosidagi qusurli tört harf özgardi: ö, ğ, ş,ç. Endi bu harflarni şu tarzda yozamiz. Yaşasin!
Oçiği, qariyb 10 yillardan beri alifbomizdagi tört qusurli harfni tuzatiş uçun kuraşgan insonlardan biri sifatida juda xursandman. Özim uçun emas, omma uçun, savodli, töğri matn yozadiganlar, köp yozadiganlar, özbek tilini faol qöllaydiganlar uçun xursandman.
Bu alifboga tez könikib ketamiz. Nimaga şunça paytdan beri çözilgan ekan, şunday qilsa bölar ekan-ku deb yuramiz hali.
Muborak bölsin!
@shahnozxon
Yuridik universitetning Yangi Toshkentda qurilishi boshlanayotgan binosi haqida.
Bugun binoga ramziy ‘birinchi g’isht” qo’yiladi.
@shahnozxon
Aziza Xushnudbek tabriklayman! Buncha yaxshiyee🔥🔥🔥👏👏👏
Juda xursandman. O’zgarishlar, yaxshi o’zgarishlar yanada ko’p bo’ladi shekilli. Bo’laversin!
@shahnozxon
To‘g‘ri e‘tiroz. Men doim ta'kidlab kelamanki, ayollarni yig‘ilishlar, tadbirlar, safarlar, delegatsiyalar, targ‘ibot maneriallariga qo‘shinglar deb. Bu so‘zsiz gapiradigan va tashkilot qadriyatlari haqida muhim ma'lumot beradigan omil.
Agar jamoada ayollar yo‘q bo‘lsa, demak, buning sabablari chuqurroqda, uni hal qilish kerak. Lekin ko‘pincha jamoada ayollar bor bo‘sa ham, ularni oldinroqqa o‘tkazish haqida o‘ylanmaydi, bu muhim hisoblamaydi. Aslida juda muhim. Kamida imij uchun, aslida esa faoliyat va natijaning sifati uchun.
@shahnozxon
Agar "chinoyoq" so‘zini ishlatganida, men 10 baho qo‘yar edim!
Umuman reklamalarda o‘zbekcha so‘zlar ishlatilishini olqishlayman. Shu sababli ushbu brendga rahmat aytaman.
Lekin "finjon" so‘zi baribir keng tarqalmasligi va oson tushunilmasligi bor. Bu asli forsiy "pangon" so‘zining arab tiliga o‘tib, "finjon"ga aylanib keyin bizga kelgan shakli. Bu yerda arab tilining boshqa tildan so‘zni o‘ziga moslab o‘zlashtirishi ibratli.
Biz esa arab tilidan shunday olganmiz va bu so‘z yetarli o‘zlashmagan. Turkiy xalqlar qahva ichadigan oyoqchali va quloqchali piyolani "chinoyoq" deydi.
Cho‘lpon bu so‘zni "Kecha va kunduz"da ishlatadi. Shuningdek, boshqa turkiy xalqlarda ham qo‘llanadi: shinayaq (qozoq), chinayak (tatar), sinayak (boshqird), chin-ayak (oltoy), sini ayax (xakas).
Demak, yana bosha qahva brendi reklamada sof turkiy CHINOYOQni qo‘llasa, ajoyib bo‘lar edi (raqobat ijodiy va ilmiy tus olsa, qanday yaxshi). Tavsiya qilaman!
@shahnozxon
Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqilyapti
Qish yaqinlashganda har bir oila uchun kommunal to‘lovlar muhim masalaga aylanadi. Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan hujjat loyihalarida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator choralar nazarda tutilyapti.
Loyihaga ko‘ra, noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Yordamni Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan birga reyestrga kirmagan, lekin har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi MIXning 2 baravarigacha bo‘lgan oilalar ham olishi mumkin.
Toshkentda markazlashgan isitishga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar uchun bu mezon MIXning 3 baravari.
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar ham yordam oladi.
Qo‘shimcha ro‘yxat tuzishda boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan farzandini parvarishlayotganlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, elektr va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya olish uchun daromad mezonini MIXning 1,5 baravaridan 2 baravarigacha kengaytirish taklif etilmoqda.
Loyihalarda, shu bilan birga, 1-noyabrdan isitish va issiq suv xizmatlariga yangi tariflar joriy etish taklif etilgan.
@shahnozxon
ДАШНОМ
Самарқандга Мистер Бист келгандаги бемаъни ҳолат ўзини билган ҳаммани хавотирга солди.
“Tatar qizi” degan xalqaro tanlov bor ekan. Har yili o‘tar ekan. Bu yil shu tanlov Turkmanistonning “Avaza” kompleksida kuni kecha bo‘lib o‘tibdi. Unda o‘zbekistonlik Amina Mahmudova g‘olib bo‘libdi va Zeekr avtomobili bilan taqdirlanibdi. Barakalla, Amina. Tabriklaymiz!🔥👏
Menga g‘oyaning o‘zi yoqdi. Butun dunyodagi o‘zbek yigit-qizlari qatnasha oladigan “O‘zbek o‘g‘loni” va “O‘zbek qizi” degan xalqaro tanlovlar har yili o‘tkazilsa qalay bo‘larkin? Qandday bo‘ladi! Butun dunyoga o‘zbek an’analari va qadriyatlarini tanitish uchun juda mos maydoncha bo‘lar edi-da.
@shahnozxon
Adabiyot bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofotiga ayol yozuvchi sazovor bo'ldi.
Kanadalik Enn Karson “klassik an’analar bilan o‘ynoqi muloqot orqali zamonaviy adabiyotning yangi shakllarini yaratgan dadil va kashfiyotlarga boy ijodi uchun” ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan.
2017-yildan beri adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bir yil erkakka, bir yil ayolga nasib etib kelmoqda.
O‘tgan yili mukofotni vengriyalik Laslo Krasnaxorkai (erkak) olgan edi. Bu yil esa ayol kishiga nasib qilibdi.
Gender tenglik uchunmikan bu yoki shunchaki tasodif?
@shahnozxon
“‘Eslab-eslab’ bir gapiring qani” — prezident va aktyor Farhod Abdullayev suhbati
@Sinchalakblog
“Xitoy dökonlarida brendlarimiz nusxalab sotilmoqda’: tadbirkorlar SPPga şikoyat qildi
Har bir brend va mahsulot ortida tadbirkorning yillik mehnati, tunlari uyqusiz keçgan izlanişlari va katta tavakkalçiligi yotadi.
Ammo bozorda birovning tayyor mahsulotini nusxalab, uning nomidan foydalanib daromad topayotganlar ham kam emas.
Savdo-sanoat palatasida ötgan oçiq muloqotda “Lazzat”, “Crafers”, “Monolith Asia” kabi brendlar vakillari mahsulotlarining soxta nusxalari bozorda sotilayotgani haqida gapirişdi. Muammo oziq-ovqatdan tortib maişiy kimyo vositalari, hatto sanoat elektrodlarigaça yetib borgan.
Tadbirkorlardan birining aytişiça, 2025-yil sentyabrdan 2026-yil sentyabrgaça Xitoydan 365 tonnadan ortiq kontrafakt mahsulot olib kirilgan.
Muloqotda kontrafaktga qarşi kuraşiş uçun davlat idoralari bilan birga jurnalistlar, blogerlar va jamoatçilikni ham jalb qiliş, qoidabuzarliklarni oşkor etiş taklif qilindi.
Mahalliy brendlar va halol raqobatni himoya qilişga qaratilgan bunday taşabbuslar köpayişi kerak. Zero, tadbirkorning mehnati qadrlangan joyda biznes ham rivojlanadi. Buyoğiga endi amaliy natijalarni kutib qolamiz.
@shahnozxon
Bir fermerning bankrotlikdan qanday qutulib qogani haqida
Fermer ("SIYAVUSH AGRO” MChJ) 106 gektar maydonda intensiv mevali boğ taşkil etiş uçun “Agrobank”dan kredit olibdi. Biroq boğ işida ham öziga xos risklar bor. Xullas, boğ hosilga kirib, daromad keltira boşlagunga qadar kreditni qaytariş muddati kelib qolgan va bank kreditni qaytarişni talab qilgan. Moliyaviy muammolar boşlangan, fermer deyarli bankrotlik yoqasiga kelib qolgan.
Adliya vazirligi huzuridagi Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi kömagida qarzdor va bank örtasida muzokaralar ötkazilib, qolgan 14,59 mlrd söm qarzni 24 oy davomida, har oyda 608 mln sömdan tölaş böyiça kelişuvga erişilibdi.
Natijada tölovga qobiliyatsizlik işi tugatilib, korxona faoliyati qayta tiklangan. 10 ta doimiy va 400 nafargaça mavsumiy iş örni saqlab qolingan.
Köpçiik Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi deganda tuşunmayapti. Bu Agentlik mana şunday banrotlik yoqasiga kelib qolgan korxonalarga huquqiy kömak beriş bilan şuğullanadi, jumladan! (Boşqa vazifalari ham bor, albatta)
@shahnozxon
Keça şunça hodisalar içida yana bir e’tiborli hodisani e’tirof etiş esdan çiqibdi.
Markaziy bank tomonidan "Moliyaviy bilimlar" loyihasi doirasida 10 ta buyuk asar (iqtisodiy mavzudagi durdona) özbek tiliga ögirilibdi. Toşkentda boşlanib Xivada davom etayotgan "Oydin gurunglar" xalqaro anjumanining oçiliş marosimida kitoblar taqdimot qilinibdi.
Kitoblarning nomini eşitiboq iqtisodiyot yönalişida öqiyotgan öğlimning közlari yonib qoldi. Juda muhim, hamma iqtisodçi öqişi şart kitoblar emiş. Menga qolsa, hamma öqişi şart kitoblar.
Sohaviy adabiyotlarning özbek tiliga tarjima qilinişi şu sohaga oid bilimlarni köpytiriş bilan birga, milliy tafakkurni östirişi va tilimizni rivojlanirişi bilan ham ahamiyatli.
Özbek tilida iqtisod fanidan ilmiy tadqiqot, kaşfiyotlar qiliş, murakkab sohaviy tuşunçalarni anglatiş, iqtisodiy atamalarning özbek tilidagi muqobillarini yaratiş uçun bunday tarjimalar juda zarur.
Mazkur loyihani amalga oşirayotgani uçun Markaziy bankka rahmat.
Loyiha doirasida jami 30 ta kitob çiqarilişi rejalaştirilgan ekan. Uşbu xayrli işning boşida turganlarga kuç-quvvat tilayman.
Özbek tafakkuriga yangi anglamlar kirib kelişi hammamizga muborak bölsin!
@shahnozxon
Kanal nomi ham yangi alifboga özgardi.
Ammo havolasini özgartirib bölmas ekan. “shahnozxon” qoldi — esdalik, mayli. Amaldagi alifboda kanal nomini izlaşga qulay :)
@shahnozxon
Bayramga munosib tuhfa!
O‘zbek tili bayrami arafasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi olti shoirning satrlarini bitta qo‘shiqqa jamladi. Bu — Navoiy, Rauf Parfi, Xurshid Davron, Xalima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf va Erkin Vohidov. Loyiha sun’iy intellekt imkoniyatlari asosida amalga oshirilgan.
Qo‘shiqda tilning o‘tmishi va buguni she’riy misralar orqali ifodalangan: cheklanish davri ham, jahon minbarlariga qaytish ham.
Sifatlisi: https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4
@shahnozxon
Fransiyaning O'zekistondagi elchisi Avaz O'tarning xorijiy tillar va bilim o'rganishga chorlovchi "Til" she'rini o'qib O'zbek tili bayrami bilan tabriklamoqda.
Ramziy chiqish bo'libdi. Umuman, o'z tilini himoya qilish bo'yicha Fransiya tajribasi e'tiborga loyiq. Tubon qonuni haqida avval bir tadqiqot qilgan edik. Qonundagi qat'iyat va aniq belgilangan mexanizmlar bugun fransuz tilining boshqa dunyo tillari bilan raqobat sharoitida nufuzini saqlab qolish uchun ishlamoqda.
Bugun O'bekistonda o'zbek tilini rivojlantirish yo'lidagi ishar faqat davat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishdan ancha kengroq miqyosga otdi: kontent yaratish, startaplar, atamashunoslik, xususiy sektor bilan ishlash yo'nalishlari rivojlanyapti. Bular tilimizning boy manba, ilm va taraqqiyot tii sifatida rivojlanishi uchun juda muhim va quvonarli qadamlar. Buning uchun Davlatimiz rahbariga rahmat.
Biroq o'zbek tilining davlat tili sifatidagi rolini oshirish uchun baribir hali ko'p ishlar qilishimiz kerak. Jumladan huquqiy ta'sir va mexanizmlarni kuchaytirish yo'nalishida ham. O'zbek tili ingliz, fransuz, ispan tillari kabi jahon tillari qatoriga kirishini nima uchun orzu qilmasligimiz kerak?!
O'zbek tili bayrami muborak bo'lsin, Tilimiz rivojlansin, keng tarqalsin, unda yana ko'plab durdonalar, ilmiy kashfiyotlar yaratilsin va o'zbek tili dunyo tillari qatoriga kirsin.
Bizning Jahonga burilgan ochiq yuzimiz, qiyofamizning mihim bir qismi aynan o'zbek tilidir.
@shahnozxon
Yangi Kia Sonet Prime — yorqin uslub va har kunlik qulaylik! 🚘
Endi qulay muddatli to‘lov shartlarida:
🔥 Oylik to‘lov — 5 997 778 so‘mdan
✔️ Boshlang‘ich to‘lov — 60%
✔️ Muddat — 18 oy | 0% yillik stavka
Bepul test-drayvga yoziling va to‘lov jadvalini oling!
📍 Kia Sergeli
📞 +998 (55)500-56-65
Shartlar individual hisoblanadi. Sug‘urta majburiy.
Reklama
Ayollar bor ekan. U suratlar boshqa rakursdan olingan ekan.
Ayollar bor suratlarni ko’proq qo’yinglar. Bu muhim!
@shahnozxon
"Hadeb blogerlar o‘zlaring yig‘ilib podkast qilaverasizlarmi, bizni kim eshitadi?" deyishibdi chog‘i, matbuot kotiblari ham o‘zlarining podkastini boshlashibdi. Nomi ham o‘ziga xos – "Bizdan eshiting" ekan.
Birinchi mavzu – kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik. Podkast mehmonlari – Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "Hududiy elektr tarmoqlari" tashkilotining axborot xizmati xodimlari. O‘rtada moderator Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Hayotjon Klichev.
Axborot maydonida yangi "qutblar jangi" boshlanmoqchi shekilli :)
Hay, ularni ham eshitaylik.
Podkastga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=Bu3ptfVv5vQ
@shahnozxon
So‘nggi vaqtlarda biznes qonunchiligida Jamoatchilik kengashining o‘rni sezilarli darajada oshyapti. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endi biznesga tegishli har qanday normativ-huquqiy hujjat loyihasi Adliya vazirligi ekspertizasidan o‘tishidan avval, albatta, Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashida muhokama qilinishi shart. Bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki amalda ishlaydigan muhim filtr.
Kengashning navbatdagi yig‘ilishida soliq, muammoli kreditlar va garov masalalariga oid 11 ta muhim hujjat ko‘rib chiqilgan. Bildirilgan e’tirozlar shunchaki inobatga olinib qolmay, loyihalar qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.
Demak, tadbirkorning ovozi loyiha bosqichidayoq eshitilyapti, qoidalar ularning o‘zi bilan teng muloqotda shakllanyapti.
Jamiyat va biznes manfaati kesishgan joyda ochiq muloqot ustuvor bo‘lsa, natija ham shunga yarasha puxta va adolatli bo‘ladi.
Технологиялар ўзгарар экан, уларнинг атрофидаги қоидалар ҳам ўзгаради
30 сентябрь куни Тошкентда Technovation халқаро конференцияси бўлиб ўтди. Унда давлат органлари, бизнес вакиллари, шифокорлар ва халқаро экспертлар бир майдонда жамланди.
Конференцияда янги маҳсулотлар пайдо бўлиши билан уларни тартибга солиш, аҳолига тўғри маълумот бериш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш масалалари муҳокама қилинди.
Хусусан, инвестициялар ва инновацион трансформация, тартибга солиш бўйича халқаро тажриба, илмий тадқиқотлар ва истеъмолчилар ҳуқуқларига бағишланган сессиялар ўтказилди. Ўзбекистон, Россия, Тожикистон ва Қозоғистондан келган шифокорлар ҳамда олимлар соғлиқ учун хавфларни камайтириш масалаларига илмий ёндашувлар бўйича фикр алмашди.
Энг муҳими, бундай жараёнларда фақат бизнес манфаатларининг ўзи етарли эмас. Бунда бир вақтнинг ўзида илм-фан, давлат ва истеъмолчилар манфаатлари ҳам инобатга олиниши керак.
@shahnozxon
“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi.
Tanlovga kelib tushgan 800 ga yaqin loyiha ishlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi hamda g‘oliblar aniqlandi.
G‘oliblar:
1. O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha:
G‘olib: Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich: kognitiv tilshunoslik, sotsiolingvistika, lingvopoetik sohalaridagi tadqiqotlari uchun;
2. O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
G‘olib: Jumayev Nurali Ismoil o‘g‘li “SOF TILIM” (softilim.com.uz) dasturi uchun;
3. O‘zbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
G‘olib: Ashurov Salimbay Turayevich “Ko‘hna bahor Epkinlari” she’rlar to‘plami uchun;
4. Davlat tili bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material;
G‘olib: Meliboyev Ahmadjon “Jurnalistning til boyligi” kitobi uchun;
5. O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
G‘olib: “BMB” media markazi O‘lmasov Diyorbek To‘lqinjon o‘g‘li, O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Til millatning ko‘zgusi” nomli video roligi uchun;
6. O‘zbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
G‘olib: Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi O‘zbek tilidagi ko‘nikmalarni baholash va xalqaro standartlarga javob beradigan sertifikat olish imkonini beruvchi
https://uzpro.uzbmb.uz/ zamonaviy onlayn platformasi uchun;
7. O‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
G‘olib: Doktor Veli Savash Yelok Turkiya Respublikasining Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (22 million so‘m) miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
@shahnozxon
Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning ta’lim va ilm-fan haqida bundan bir necha oy avval bildirgan fikrlari. Ayniqsa, puldor tadbirkorlarni maktab qurishga chaqirgani yoqdi.
Sohaga yaxshi boshqaruvchi, siyosiy vazni katta inson kelgani ta'limda jiddiy ijobiy o‘zgarishlarga umidni oshiradi. Erkinjon Oqbo‘tayevichga yangi lavozimda ham kuch-quvvat, mustahkam sog‘lik va omad tilaymiz!
@shahnozxon
Ҳадича Сулаймонова номидаги Республика суд экспертиза маркази 75 ёшга тўлди.
Ўзбекистонда суд экспертиза илмининг 75 йиллик тарихи бор.
1951 йил 1 июнда Тошкентда кичик криминалистика лабораторияси иш бошлаган. Унинг дастлабки вазифаларидан бири қўлёзмаларни, имзоларни ва ҳужжатларни тадқиқ этиш эди.
Бу лабораториянинг ташкил этилишида ўзбек ҳуқуқшунослиги тарихида алоҳида ўрин тутган аёл — Ҳадича Сулаймонованинг роли катта эди.
1958 йилда унинг ташаббуси билан лаборатория Марказий Осиёдаги биринчи ихтисослашган суд экспертизаси илмий-тадқиқот институтига айлантирилган.
Бу билан одил судловда фақат кўрсатма ва иқрорга эмас, илмий текширилган далилларга ҳам таяниш маданиятининг институционал асоси яратилди.
Орадан 75 йил ўтиб бугун
Марказда фонографик экспертиза овоз ёзувларини, генетик экспертиза биологик намуналарни, техник экспертизалар эса ёнғин ва электр ускуналари билан боғлиқ ҳолатларни илмий усулларда текшириш имконини беради. Юзлаб турдаги экспертизалар ўтказилади.
Муассаса нафақат одил судлов соҳасида, балки инсонларнинг кундалик ҳаёт сифатига таъсир қилувчи масалаларда ҳам тадқиқотлар қилади. Ҳозир истеъмол маҳсулотлари таркибида ГМО мавжудлигини ва ичимлик сувининг таркибини аниқлашга қаратилган лабораториялар ҳам иш бошламоқда.
2026 йилда Ҳиндистоннинг криминалистика соҳасидаги илмий муассасаси иштирокида Рақамли суд экспертиза ва тадқиқот маркази ишга туширилди. Энди рақамли далиллар, замонавий технологиялар ва сунъий интеллект ҳам тадқиқ этилмоқда.
Бугун Тошкентда ўндан ортиқ хорижий мамлакатлар суд экспертиза муассасалари ва экспертлар ҳамда ўзбекистонлик соҳа ходимлари иштирокида халқаро анжуман бўляпти.
Ҳадича Сулаймонова номидаги Республика суд экспертиза марказининг 75 йиллиги билан соҳа ходимларини табриклайман! Сизларга инсонлар ва жамият тақдирига таъсир этувчи муҳим фаолиятингизда муваффақият тилайман.
@shahnozxon