grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

83582

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

BRICS-SCO Young Leaders Award 2025: 18-35 yoshdagilar uchun xalqaro yetakchilar tanlovi

Tanlov Qozon shahrida (ingliz tilida) 2025-yil 18-19-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Tanlov nominatsiyalari:
– Yilning yosh media ta’sir ko‘rsatuvchisi
– Yilning ijtimoiy yechim loyihasi
– Yilning ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihasi
– Yilning xalq diplomatiyasi loyihasi
– Yilning ekologik tashabbusi

Mukofotlar:
– G‘oliblarga BRICS-SCO Award statuetkasi, rasmiy sertifikat, tashkilotchilar brendi tushirilgan mahsulotlar beriladi
– G‘oliblar Qozon shahridagi rasmiy marosimga taklif etiladi va professional-madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Arizalar 2025-yil 18-iyul 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/brics-sco-young-leaders-award/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇹🇷TURK TILI o'rganishning eng optimal yoʻli bu albatta uyingizdan turib,  kechki salqinda onlayn kurslarga qatnashishdir.

📈 1 oylik intensiv kursimizga qabul boshlandi!

⁉️Turk tili onlayn kursimiz kimlar uchun?

Magistratura va dokturanturaga tayyorlanayotgan va til o‘rganishni istagan va o'z  shaxsiy bizneslariga ega bo'lishni xohlagan  barcha uchun.
BEPUL DARSLAR LINKI
/channel/+75vjzRc4X28zNTgy

⁉️ Ushbu kursimizda siz qanday foyda olasiz?

Turk tilida erkin suhbatlasha olish, kinolarni bemalol tushunib ko‘ra olish va kursni tamomlagandan soʻng Milliy sertifikat yoki TYS sinovlaridan sertifikatni qoʻlga kiritgan holda magistratura va doktoranturaga o'qishga kirishingiz mumkin🧑‍🎓

         Kurs shakli:
🔰Dars haftasiga 4 kun bo'ladi
🔰Har yakshanbada imtihon qilinadi
🔰Darslar telegram platformasida o'tiladi  va siz qo'shimcha video darslarimizdan foydalana olasiz🤩

Shoshiling! Kursimizni aynan hozirgi Skidka✅ narxida xarid qiling va biz bilan turk tilini oson o'rganing!

Murojaat uchun: @TURK_TILI_QABUL

Читать полностью…

Grantlar.uz

O’zbekistonda yashovchi 14-30 yoshlilar uchun “Youth for Peace” ijodiy ishlar tanlovi

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston hududida yashovchi 14-30 yoshli nomzodlar rassomlik ishlari, raqamli sanʼat ishlari va sheʼrlari (ingliz tilida) bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-, 2-, 3-o‘rinlar uchun sovg‘alar va C5+1 Youth Council tashkiloti yorlig’i tushirilgan promomahsulotlar
– Tanlab olingan ishlar ommaviy ko‘rgazmalarda namoyish qilinadi
– Saralangan ijodiy ishlar C5+1 Youth Council ijtimoiy tarmoqlari orqali keng targ’ib qilinadi

Ishlar 2025-yil 10-avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-for-peace/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

⚡️DIQQAT! ONLAYN TEST YECHIB NUFUZLI UNIVERSITET TALABASI BO‘LISHINGIZ MUMKIN

Bugun — 13-iyuldan boshlab👍Algrafanus universiteti, Taʼlim nazorati, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 3-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start berdi.

🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va Alfraganus universitetining 50 ga yaqin yo‘nalishlaridan biriga imtihonsiz qabul qilinadi. (Tibbiyot yo‘nalishlaridan tashqari)

👉 Ishtirok etish mutlaqo BEPUL
👉 Ro‘yxatdan o‘tish SHART

📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


🔖Test yakunida Universitetga IMTIHONSIZ kirish imkoniyati hamda 1 MLN gacha sertifikatlar va test tahlili beriladi!


👍Alfraganus universiteti — Zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…

Grantlar.uz

🤩 UBS universitetidan 300 ta grant: natija, mas’uliyat va intiluvchanlik mukofoti

UBS granti a’lo natijalarga erishgan, ilmiy va tarbiyaviy faoliyatda faollik ko‘rsatgan abituriyentlarga 2 o‘quv yili uchun taqdim etiladi.


Universitetimiz jiddiy sinovlarga tayyor, yuqori natijalar ko‘rsatgan abituriyentlarni doimo qadrlaydi va ularga akademik imtiyozlar taqdim etadi.

👉🏻 Bakalavriat yo‘nalishlarini ko‘rish
👉🏻 UBS universitetiga virtual sayohat

Qabul jarayonlari davom etmoqda, hujjat topshirib talaba bo‘ling.

📞 +998555202626 | 🌐 qabul.ubsu.uz

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot

Читать полностью…

Grantlar.uz

Xorazmda yangi tashkil etilgan Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taklif etmoqda

⚡️
Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi.

✅ Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida 100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
🔹Prezident maktablari bitiruvchilari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlari.

✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar kirish imtihonidan yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga quyidagi tartibda beriladi:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

👉 O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

Читать полностью…

Grantlar.uz

🎓 Toshkent shahridagi Amity universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Ushbu yo'nalishlarga qabul ochildi:
🔹Sun’iy intellekt
🔹Kiberxavfsizlik va blokcheyn
🔹Axborot texnologiyalari
🔹Kompyuter muhandisligi
🔹Iqtisodiyot
🔹Ingliz tili
🔹Turizm boshqaruvi
🔹Biznes boshqaruvi


📌Ingliz tilidan kirish imtihonini topshiring
* IELTS 5.5 va undan yuqori boʻlgan talabalar uchun yozma imtihon yoʻq
Imtihon sanasi: 31-iyul

🔗 RO'YXATDAN O'TING
☎️ +998712079006
📞 @amity_admission

❗️Ro'yxatdan o'ting va grant asosida xalqaro diplomga ega bo'ling

🔸Telegram🔹Facebook🔸 Instagram🔹AmityUniversityTashkent">YouTube

Читать полностью…

Grantlar.uz

ISMA: Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Farg‘onadagi yagona universitet

2028-yil 26-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tashkil etilgan ISMA oliygohida Yevropa standartlari asosida taʼlim beriladi.

Yoʻnalishlar (bakalarviat va magistratura uchu):
– Biznes boshqaruvi
– Turizmda biznes boshqaruvi
– Axborot tizimlari

ISMA oliygohida taʼlimning oʻziga xos jihatlari:
– Yevropa standartlari asosida taʼlim
– bepul ispan va ingliz tili kurslari
– “Work and travel” dasturi asosida Yevropada haq toʻlanadigan amaliyot
– Oʻqishni Latviyada davom ettirish imkoniyati
– ham Oʻzbekistonda, ham Yevropada tan olinadigan xalqaro diplom
– har yili 20 dan ortiq grant oʻrni ajratiladi

Batafsil BU YERDA tanishing.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

👉 https://sites.google.com/view/isma-qabul/bosh-sahifa

📞 Savollar uchun: +998-73-240-01-14
📲 Telegram: /channel/ISMA_Qabul
🌐 Rasmiy sayt: www.ismaeu.uz

Читать полностью…

Grantlar.uz

📣 Ta'lim granti — 72 mln so‘m!

Tashkent International University of Education’da grant asosida o‘qishga kirsangiz, аynan shuncha mablag‘ni tejab qolishingiz mumkin. Grant o‘qish to‘lovini to‘liq qoplaydi — va siz ortiqcha xarajatlarsiz xalqaro ta’limga ega bo‘lasiz.💯

Bu — o‘zingizga qilingan sarmoya bo‘lib, kelajakda bir necha barobar foyda keltiradi. Ammo vaqt kutmaydi — joylar soni cheklangan!

❗️Bugunoq ariza topshiring va ushbu imkoniyatdan foydalanib qoling!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: @tiue_talimgranti_bot
🌐 Veb-sayt: tiue.uz
📞 Call-markaz (24/7): +998555122020 | +998995602020

Читать полностью…

Grantlar.uz

TANLOV

Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston maktab o‘quvchilari uchun Ivy League universitetlariga to‘liq tayyorgarlik!

Sen bitiruvchi sinfga o‘tyapsanmi va Garvard, Yel, Prinston kabi nufuzli universitetlarga kirishni orzu qilasanmi?

Unda bu — mutaxassislardan bepul yoki katta chegirmali to‘liq ko‘mak olish imkoniyating!

📌 Natijalarimiz:
O‘quvchilarimiz MIT, Prinston, UPenn, Columbia kabi top universitetlarga to‘liq grant bilan qabul qilingan. Ko‘pchiligi aynan “Kelajak liderlari maktabi” orqali tayyorlangan.

Quyidagi talablarga mos nomzodlar qatnasha oladi:
✔️ Advanced darajada ingliz tili
✔️ IELTS yoki TOEFL sertifikati (majburiy emas, boʻlsa yaxshi)
✔️ Yuqori GPA
✔️ Faoliyatlar, olimpiadalar yoki loyihalar

📌 Shartlar:
Bu tanlovda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

G‘oliblar uchun tayyorlov xizmati toʻlovga grant ajratiladi:

🥇 1-o‘rin (5 kishi): xizmat 100% BEPUL
🥈 2-o‘rin (5 kishi): 75% chegirma
🥉 3-o‘rin (5 kishi): 50% chegirma
Bu grantlar — bizning tayyorlov xizmatlarimiz uchun.

Saralash bosqichlari:

1️⃣ KET testi — akademik va liderlik salohiyatini baholaydi
2️⃣ Suhbat va mantiqiy/akademik testlar

⚡️ Agar sen orzularing katta bo‘lsa — bu imkoniyatni boy berma!

Arizalar 2025-yil 15-iyul, 23:59 gacha (Ostona vaqti bilan) qabul qilinadi.

👉 ARIZA TOPSHIRISH

📲 Bizni kuzatib boring:
Telegram 👉 @Grant_Explorer
Instagram 👉 https://www.instagram.com/futureleaderskg/

Читать полностью…

Grantlar.uz

🛫 Rossiyada o'qish BEPUL!
📍 Yekaterinburg (Rossiya)

📚 Yo’nalishlar:

— IT
— Kadastr
— Arxitektura
— Temir yo'l haydovchisi
— Neftegaz
— Tilla-kon qazilmalar
— Transport
— Logistika


🆓 4 yil BEPUL ta’lim!
🇺🇿 O'qishni ko'chirish imkoniyati
🔖 O'zbekistonda diplom o'tadi!
💰 Patentsiz ishlash imkoni
❗️QOLGAN JOYLAR SONI: 9 TA!

☎️ 940031001 | 999861001

👩‍💻 Onlayn Murojaat

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2025-yil 16-iyul soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura va PhD bosqichida tadqiqot olib borish uchun 25 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 25 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 1-avgustdan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2025-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

💙💙💙💙💙

ZARMED Universitetida
2025-2026-o'quv yili uchun 102 ta yo'nalishga qabul davom etmoqda

🔥 Buxoro va Samarqand kampuslarida 10.000 dan ortiq talabaga ta'lim berib kelayotgan ZARMED Universiteti yangi o'quv yili uchun abituriyentlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

• 4 yildan 6 yilgacha qoplanuvchi 200 ta grant;
• 100 ta 10.000.000 so'mgacha bo'lgan nomdor stipendiyalar;
10.800.000 so'mdan boshlanuvchi qulay kontrakt narxlari;
• AQSH, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda ikki diplomli ta'lim;
Yilning eng yirik event'larida ishtirok etish imkoniyati;
• Eng zamonaviy sharoitlarga ega Samarqand va Buxoro kampuslarida ta'lim;
• Universitet granti asosida chet elda amaliyot.


📄 Litsenziya (№377909, 06.08.2022 y.)

Bu yilgi "kvota" o'rinlari to'lmoqda. O'z o'rningizni band qilish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring.

👉 Ariza topshirish

📞 Murojaat uchun:
55-704-70-70 | @zarmeduniadmin

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Koreyaning nufuzli universitetlarida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun maxsus taklif!

Impact jamoasi Koreyaning eng nufuzli universitetlariga qaratilgan “Impact Scholars” nomli to‘liq tartibli mentorlik loyihasini e’lon qiladi!

Loyihaning asosiy jihatlari:
- Har bir shaxs bilan individual yondashuv: maqsad va natijalar asosida universitetlar moslab tanlanadi (customization)
- Tanlangan universitetlar bo‘yicha to‘liq tadqiqot taqdim etiladi: tanlangan yo‘nalish dars jadvallari (curriculum), universitet professorlari (academic staff) va bitirish shartlari
- Universitetga kirish va grant yutish bo‘yicha maxsus tayyorgarliklar
- Hujjatlarni tayyorlash, onlayn arizalarni topshirish va universitetga vaqtida yetkazish mentorlik tomonidan ta’minlanadi
- Qabullar ochilgungacha talabalarning extracurricular natijalari va yutuqlarini oshirish bo‘yicha individual ish olib boriladi
- Universitet bilan suhbat va insho yozish jarayonlariga individual tayyorgarlik
- Universitetga qabul qilinganlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, viza va joylashish masalalari
- Ariza topshirishdan boshlab, to Koreyagacha bo‘lgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin bo‘ladi.


Mentorlik quyidagi universitetlarga hujjat topshirishni o‘z ichiga oladi:
Seoul National University (QS-38), Yonsei University (QS–50), KAIST (QS-53), Korea University (QS-61), Sungkyunkwan University (QS-126), Hanyang University (QS-159), Kyung Hee University (QS-331), Sejong University (QS-392), Inha University (QS-631)

Kursni kim olib boradi?
Dastur Hanyang Universiteti talabasi va "Impact Consulting" asoschisi Abu Bakr tomonidan olib boriladi. U Koreyaning TOP universitetlariga kirish bo‘yicha boy tajribaga ega va uning ayrim yutuqlari:

- Koreyaning nufuzli Hanyang Universiteti talabasi (QS-159)
- Consulting loyiha orqali 150 dan ziyod talabaga Koreyaga kelishda yordam bergan
- 10lab shogirdlari Yonsei, Korea, SKKU, Hanyang, Kyung Hee, Sejong, Inha kabi nufuzli universitetlarda 10% dan 100% gacha grant asosida ta’lim olib kelmoqdalar.


MUHIM:
- Academic talab: IELTS 6.5+ yoki TOPIK 4+
- Xizmatlar Comfort va Premium tariflari orqali amalga oshiriladi. (50% to‘lov oldindan)
- Ushbu dastur 2026-bahorgi semestr, bakalavr bosqichi uchun hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun.
- Dastur mashg‘ulotlari Zoom/Telegram konferensiyalar, Telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali o‘tiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq ro‘yxatdan o‘tish lozim, sababi joylar soni 15 ta etib belgilangan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 BU YERNI BOSING

Xizmatlar to‘laqonli qonuniy bo‘lib, ikki tomonlama yuridik shartnoma asosida amalga oshiriladi.

"Impact bu: Shaffoflik, Ta’lim va Qadriyat"

ALOQA: 901729070 | @abubakr_pr

@impact_consulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ayollar - Ipak yoʻli merosi saqlovchilari.

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2025-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

LCOY Uzbekistan 2025 – Nukusda yoshlar uchun 3 kunlik iqlim konferensiyasi: barcha xarajatlar qoplanadi

Ushbu konferensiyada 16-30 yoshli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin. Konferensiya 2025-yil 27–29-avgust kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtadi.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Manfaatli jihatlar:
– 2025-yil 26–30-avgust kunlari uchun Nukusda turar joy taʼminlanadi
– Yo‘l xarajatlari qoplanadi
– Bepul oziq-ovqat taʼminlanadi
– Panel muhokamalari, masterklasslar, interaktiv sessiyalar
– Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoniga tashrif
– BMT, xalqaro tashkilotlar, mahalliy hokimiyatlar va yoshlar harakati vakillari bilan netvorking

Arizalar 2025-yil 27-iyulgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lcoy-uzbekistan/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Atlas Shrugged Essay Contest: Mukofot jamgʻarmasi 40 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda 9-sinf oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar.

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 19-sentabrdan 23-oktabrgacha (oʻqish 2026-yil bahorgi semestrdan)
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

HackUnicorn Summer Camp 2025: Startapiga ega 18-30 yoshli nomzodlar uchun yozgi lager

Ushbu lagerda 18-30 yoshli va kamida MVP bosqichiga yetgan startapga ega nomzodlar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar Bo‘stonliq tumanining (Toshkent viloyati) Yoshlar oromgohida 2025-yil 31-iyul – 5-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalanadi
– Real MVP ustida ishlash va feedback olish
– Mentorlar bilan individual ishlash
– Startapni investorlar qarshisida taqdim etish (final pitching)
– Maxsus spikerlar, investorlar va tajribali mutaxassislar bilan tanishuv
– Eng yaxshi startaplar $5000 gacha investitsiya va 6 oylik mentorship yutib olish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 20-iyul 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hackunicorn-summer-camp/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Maktab oʻquvchilari uchun “Jadid bobomga maktub” nomli insholar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 37 mln soʻm!

“Jadid” gazetasi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan bu tanlovda maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilardan daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan inshoni qoʻlda xatosiz yozish va tahririyat manziliga yuborish talab etiladi.

Mukofotlar

Tanlov g‘oliblari diplom, jadid bobolar qalamiga mansub kitob jamlanmasi va quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
– 1 ta birinchi o‘rin: 5 mln soʻm
– 2 ta ikkinchi o‘rin: har biri 4 mln soʻm
– 3 ta uchinchi o‘rin: har biri 3 mln soʻm
– 10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin: har biri 1 mln soʻm

Insholar 2025-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsiil👇
https://grantlar.uz/jadid-bobomga-maktub/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Talabalar uchun Mirzo Ulug‘bek vorislari Data Science kursi – bepul issiq ovqat, har oy 1,3 million so’m stipendiya

Kurs doirasida 160 nafar kvota (toʻliq grant) asosida qabul qilinadi. Kurs mashgʻulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Boshqa viloyatlardan boʻlgan talabalarning oʻqishi 1 yil Toshkentdagi universitetlarga koʻchiriladi (oʻqishni koʻchirishida bevosita yordam beriladi).

Manfaatli jihatlar:
– Bepul ovqat, shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar taʼminlanadi
– Oyiga 1 320 000 soʻm stipendiya beriladi
– IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyati
– Sertifikat, tavsiyanoma va h.k.

P.S. Istovchilar shartnoma asosida (pulli) oʻqishni tanlashi mumkin.

Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/data-science-kursi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🚨 IELTS yoki TOPIK KERAK EMAS! Koreyada magistratura uchun OXIRGI IMKONIYAT!

🎓 Til sertifikatisiz qabul yopilgach, direktlarimiz to‘xtamayapti! Shuning uchun, faqat sizlar uchun hamkor universitetimiz bilan maxsus kelishuv asosida 3-round qabulni ochdik! 🔥

Faqat 2-3 kun vaqtingiz bor!

🇰🇷 Nega bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligingiz kerak?

Suhbat — o‘zbek tilida
Faqat bakalavr diplomi kifoya
99% kafolatlangan E-visa
Til sertifikati talab qilinmaydi

👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈

📞 +998 99 638 7444 | Online

📍 Max Education – Koreyada ta’lim sari ishonchli qadam! 🚀

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇬🇧🎓BRITANIYA TA’LIMINI ENDI INHA’DA OLISH MUMKIN

Inha universiteti so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda yangi akademik dasturlarni ishga tushirmoqda. Universitet IQAC (Buyuk Britaniya) ning rasmiy hamkoriga aylandi va endi RQF tizimi bo‘yicha ta’limni taklif qiladi - bu butun dunyoda tan olingan Britaniya malakalari.

📌Yo‘nalishlar:
Axborot texnologiyalari (shu jumladan: sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar haqidagi fan)
— Biznes va menejment

➡️Darajalar: Foundation (11-sinfdan boshlab) magistraturagacha.
📈Buyuk Britaniya universitetlarida - Olster universitetidan Glostershir universitetigacha o‘qishni davom ettirish imkoniyati.
💼 Xalqaro darajadagi diplom, amaliyot, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim.

Qabul ochiq!

➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://inha.uz/apply/
🔗 Batafsil: inha.uz/ru/program-overview-2
✈️Ma’lumot uchun telefon: +998 71 289 99 94 yoki @askinhabot

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷 Konyang Universitetida Magistratura uchun E-VISA QABUL BOSHLANDI!

🎓 Koreyaga deyarli 100% kafolatlangan elektron viza orqali ketish imkoniyati!

📑 Talablar:
👉 IELTS 5.5 yoki TOEFL 71
👉 Bakalavr diplomiga ega bo'lish

🔥 Dasturning afzalliklari:
Birinchi semestrga 50% GRANT
Yiliga 1500$ atrofida STIPENDIYA

SHOSHILING! Qabul muddati – faqat 12-iyulgacha, 10 ta joy!

📩 Hujjat topshirish uchun biz bilan bog‘laning:

📞 +998 99 638 7444 | Online

📍 Max Education – Koreyada ta’lim sari ishonchli qadam! 🚀

Читать полностью…
Subscribe to a channel