zarmeduni | Unsorted

Telegram-канал zarmeduni - Zarmed University (Rasmiy)

40869

ZARMED Universiteti rasmiy Telegram kanali 📍 Buxoro va Samarqand kampusi 📂 Bakalavr, ordinatura va magistratura boʻyicha 100 dan ortiq yoʻnalishlar 📞 Yagona call markaz: +998 55 704-70-70 @zarmeduniglobal (Ru/En)

Subscribe to a channel

Zarmed University (Rasmiy)

Til qadri — millat qadri 🇺🇿

Alişer Navoiy «Muhokamat ul-luğatayn» asari orqali turkiy tilning boyligi va nozik ifoda imkoniyatlarini namoyon etdi.

🎬 Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videomiz — ona tilimiz qadrini yuksaltirgan dahoning jasorati haqida.

Öz tilimizni qadrlaylik, özga tillarni örganaylik!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlari uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi


Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.

Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.

Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.

Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Yangi o‘quv yilining ilk “Zakovat” bahsi!

ZARMED Universiteti Samarqand kampusi 1-kurs talabalari o‘rtasida yangi o‘quv yilining ilk “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🏆 20 ga yaqin jamoa bilim, mantiq va tezkor fikrlash bo‘yicha bellashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

📸 Qiziqarli savollar, jamoaviy muhokamalar va bahsli lahzalarga boy o‘yinning eng yorqin lahzalari..

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Ona tilimiz — tariximiz, madaniyatimiz va milliy o‘zligimizni avlodlarga yetkazuvchi bebaho meros. Uning har bir so‘zida xalqimizning tafakkuri, mehr-oqibati va hayotiy donoligi mujassam.

ZARMED Universiteti jamoasi barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklaydi!

Tilga ehtirom — uni puxta o‘rganish, og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash, ilm-fan va ta’limdagi imkoniyatlarini kengaytirishdan boshlanadi. Ona tilimizning boyligi va go‘zalligini asrab, kelgusi avlodlarga yetkazish barchamizning mas’uliyatimizdir.

💙 Ona tilimizning qadri va nufuzi yuksalaversin! Bayram muborak bo‘lsin!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Germanovich Natalya Yuryevna

👤 Mammologiya va komorbid patologiya bo‘limi mudiri
Oliy toifali shifokor
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

🦠 Ma’ruza mavzusi:
«Federal markaz sharoitida sut bezi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish»

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Shutixina Irina Viktorovna

👤 Professional ta’lim va tibbiyot kadrlarini tayyorlash instituti direktori
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

🎙 Ma’ruza mavzusi:
«A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazida ta’lim: imkoniyatlar va ta’lim trayektoriyalari»

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Samarqand kampusi talabalari diqqatiga! "ZAKOVAT" intellektual o‘yini boshlanmoqda

O‘z bilimi va tezkor fikrlashi bilan ajralib turadigan talabalar uchun ajoyib imkoniyat. O‘zingizning zukko do‘stlaringizni jamlang va bilimlar bellashuvida jamoangiz bilan ishtirok eting!

⚠️ Shoshiling! Jamoalar soni qat’iy cheklangan. Joylar to‘lib qolmasidan oldin jamoangizni shakllantirib, ro‘yxatdan o‘tishga ulguring.

🩺 Tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun:
🔹 Sana: 20-oktyabr
🔹 Vaqt: 14:00
🔹 Manzil: A-bino, -1 qavat

📚 Muhandislik-iqtisodiyot va Gumanitar fanlar yo‘nalishlari talabalari uchun:
🔹 Sana: 21-oktyabr
🔹 Vaqt: 14:00
🔹 Manzil: D-bino, kofeteriya

📲 Ro‘yxatdan o‘tish: Jamoangiz haqidagi ma’lumotlarni (jamoa nomi, ishtirokchilar ro‘yxati va yo‘nalishi) darhol Telegram orqali @Tilovov_Suhrobjon ga yuboring va o‘z o‘rningizni band qiling.

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Samarqand shahrida xalqaro miqyosdagi muhim tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan, 18-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar shaharga kirish yoʻllari va ayrim koʻchalarda transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi
———
Самарқанд шаҳрида халқаро миқёсдаги муҳим тадбирлар ўтказилиши муносабати билан, 18 октябрдан 22 октябрга қадар шаҳарга кириш йўллари ва айрим кўчаларда транспорт воситалари ҳаракати вақти-вақти билан чекланади
———
В связи с проведением в городе Самарканде важных международных мероприятий с 18 по 22 октября будет периодически ограничиваться движение транспортных средств на въездных дорогах в город, а также на отдельных улицах
———
In connection with major international events taking place in Samarkand, traffic will be subject to temporary restrictions from October 18 to 22 on roads leading into the city and on certain streets


Website
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎙 Xalqaro konferensiya spikerlari bilan tanishing!

“Zamonaviy jarrohlikning ilg‘or istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazining quyidagi mutaxassislari ma’ruza qiladilar:

• Madina Valeryevna Kadirova
• Irina Viktorovna Shutixina
• Natalya Yuryevna Germanovich
• Anatoliy Yuryevich Popov

Ularning kasbiy faoliyati va ma’ruza mavzulari haqida batafsil ma’lumot — karuselda. ➡️

🗓 19-oktyabr | 10:00
📍 ZARMED Universiteti, Samarqand kampusi

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎤 DJ Macarella ZARMED Universiteti haqida qanday fikrda?

ZARMED Universitetining Samarqand kampusidagi yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan DJ Macarella tadbirdan olgan taassurotlari va yangi o‘quv binosi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

✨ Zamonaviy ta’lim maskani, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ochilish marosimidagi unutilmas lahzalar haqida DJ Macarella nimalar dedi?

🎥 Barchasi ushbu intervyuda!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

ZARMED Universitetida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi!

🇺🇿🇷🇺 19-oktyabr kuni, soat 10:00 da ZARMED Universiteti hamda Rossiyaning A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazi hamkorligida “Zamonaviy jarrohlikning ilg‘or istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi.

🔬 Anjumanda Rossiyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari zamonaviy jarrohlik texnologiyalari, onkologik kasalliklarni davolashning ilg‘or usullari hamda tibbiy ta’limdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar.

Spikerlar va mavzular roʻyxati

Konferensiya xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or klinik tajribalarni almashish va tibbiyot sohasidagi zamonaviy yutuqlarni muhokama qilishga xizmat qiladi.

📅 Vaqti: 19-oktyabr, 2026-yil | 10:00

📍Manzil: ZARMED Universiteti Samarqand kampusi, A bino, tadbirlar zali

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🏠 Samarqand kampusi talabalar yotoqxonasi bo‘yicha arizalar natijalari aniqlandi!

ZARMED Universiteti Samarqand kampusi talabalar yotoqxonasiga kelib tushgan arizalar ko‘rib chiqildi va natijalar aniqlandi.

📣 Yotoqxonada yashash istagida bo‘lgan talabalar natijalar bilan tanishish hamda joylashish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun Samarqand kampusi A bino, 104-xonaga murojaat qilishlari mumkin.

📍 Murojaat manzili: A bino, 104-xona.

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎬 Unutilmas kundan yorqin lavhalar

ZARMED Universiteti Samarqand kampusidagi yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimidan videolar ulashishda davom etamiz.

Nufuzli mehmonlar va ZARMED Group’ning 600 ga yaqin xodimi jam bo‘lgan ushbu tadbir yangi bino ochilishi hamda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan edi.

✨ Bayramning samimiy va quvonchli lahzalari — ushbu videoda!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Talabalar fikri biz uchun muhim! 🍽

ZARMED Universitetining Samarqand kampusidagi oshxona hamda ovqatlanish xizmatlarini yanada sifatli, qulay va hamyonbop qilish maqsadida talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Taomlar sifati, narxlar, menyu va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fikr hamda takliflaringizni bildiring. Javoblar anonim tarzda qabul qilinadi.

🔗 So‘rovnomada ishtirok eting

Sizning fikringiz — ijobiy o‘zgarishlar uchun muhim qadam!

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Buyuk Ipak yo‘li — savdo va moliya merosi 🐪

Samarqand va Buxoro asrlar davomida Sharq va G‘arbni bog‘lagan yirik savdo markazlari bo‘lgan.

Ajdodlarimiz savdo, hunarmandchilik va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik orqali xalqaro iqtisodiy aloqalar rivojiga hissa qo‘shgan.

🎬 Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoda ushbu boy merosga nazar tashlaymiz.

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

ZARMED universiteti Farmatsiya yönalişi 3-bosqiç talabalari amaliy darsda dori moddalarini dozalaş, retsept bilan işlaş va poroşok tayyorlaş kö­nikmalarini mustahkamladilar.

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

ZARMED Universitetida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

🇺🇿🇷🇺 ZARMED Universiteti hamda Rossiyaning A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazi hamkorligida “Zamonaviy jarrohlikning ilg‘or istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda zamonaviy jarrohlik, onkologik kasalliklarni davolashning ilg‘or usullari va tibbiy ta’limdagi yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.

📷 Anjumandan esda qolarli lavhalar bilan tanishing.

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Muhandislik-iqtisodiyot va Gumanitar fanlar yo‘nalishlari talabalari oʻrtasida ham Zakovat bellashuvi boʻlib oʻtmoqda 🔥

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Popov Anatoliy Yuryevich

👤 O‘smalarga qarshi dori terapiyasi bo‘limi mudiri
RASCC boshqaruvi a’zosi
RUSSCO, ESMO, ASCO, IASLO a’zosi
Tibbiyot fanlari nomzodi

🦠 Ma’ruza mavzusi:
«Oshqozon, oshqozon osti bezi va yo‘g‘on ichak saratonini davolashning zamonaviy imkoniyatlari: A.V. Vishnevskiy nomidagi markaz tajribasi»

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Kadirova Madina Valeryevna

👤 MDH va SHHT davlatlari bilan umumiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari
Ultratovush diagnostikasi bo‘limi mudiri
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

🎙 Ma’ruza mavzusi:
«A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazi: an’analar, zamonaviy texnologiyalar va rivojlanish istiqbollari»

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

19-oktyabr kuni ZARMED Universiteti hamda Rossiyaning A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazi hamkorligida “Zamonaviy jarrohlikning ilg‘or istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

“Zamonaviy jarrohlikning ilg‘or istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi 🎥

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

18-oktabr — Samarqand shahri kuni! 🎉

Samarqand — har bir obidasida tarix, har bir go‘shasida o‘ziga xos go‘zallik mujassam bo‘lgan aziz shahar.

Ushbu shaharda yosh avlodga ta’lim berish, ularning orzu va maqsadlariga yo‘l ochish biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir.

💙 Samarqandimiz yanada obod bo‘lsin, xonadonlaridan fayz-u baraka, ahlining qalbidan mehr-oqibat arimasin!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Yoshlar tashabbusi — Universitet rivojiga hissa!

Yoshlar kuni munosabati bilan ZARMED Universiteti Muhandislik-iqtisodiyot va gumanitar fanlar fakulteti dekani Allayorov Ravshan Aliyevich hamda talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Shuningdek, ta’lim sifati, talabalar faolligi hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

19-oktyabr kuni, soat 10:00 da ZARMED Universiteti hamda Rossiyaning A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazi hamkorligida “Zamonaviy jarrohlikning ilg‘or istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyaga barcha soha mutaxassislarini taklif etamiz!

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎙 Ulug‘bek Rahmatullayevdan ZARMED Universiteti haqida samimiy fikrlar!

Taniqli xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev ZARMED Universiteti Samarqand kampusidagi yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, universitet va yaratilgan imkoniyatlar haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.

📹 Xonandaning samimiy taassurotlari va tilaklari ushbu videoda!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎥 Yangi o‘quv binosi haqida talabalar va mehmonlar fikrlari

ZARMED Universiteti Samarqand kampusidagi yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimida talabalar va faxriy mehmonlar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

✨ Zamonaviy o‘quv binosi, yaratilgan sharoitlar va yangi imkoniyatlar haqidagi samimiy fikrlar ushbu videoda!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Samarqand ta’lim infratuzilmasida yangi bosqich: ZARMED Universitetining yangi o‘quv binosi ochildi

2026-yil 28-sentyabr kuni ZARMED Universitetining Samarqand shahridagi yangi o‘quv binosining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Samarqand shahar hokimi Umarov Fazliddin Karimovich nutq so‘zlab, zamonaviy ta’lim obyektlarini bunyod etish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, ZARMED Groupning klaster tamoyili asosida izchil rivojlanayotgani, uning loyihalari hudud taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari va ta’lim sifati oshishiga xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.

Bu yangi maskan O'zbekiston yoshlari uchun bilim, imkoniyat va katta maqsadlar sari ochilgan yana bir eshikdir. Zero, bugun bunyod etilayotgan ta’lim maskanlari — ertangi taraqqiyot va buyuk kelajakning mustahkam poydevoridir!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Samarqandni dunyo markaziga aylantirgan Sohibqiron

Amir Temur nafaqat ulkan saltanat barpo etdi, balki turli hududlardan eng mohir me’morlar, hunarmandlar va olimlarni Samarqandga jamladi.

📹 Videoda Temuriylar davri ruhi sun’iy intellekt yordamida badiiy talqin qilindi.

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…
Subscribe to a channel