Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
Таҳажжуд нима дегани?
— Таҳажжудми... инсон муҳаббат куйида юрганида туннинг ярмида уйғониб кетиб севгилисини соғиниб, ишққа ўзини буткул топширади. Таҳажжуд ҳам шундай, яъни ширин уйқудан уйғониб, Аллоҳга чинакам таслимиятни ҳис этиш демакдир... Роббингнинг Севгисига бурканмоқ учун ғафлатни тарк этмоқдир таҳажжуд..
Фарз намоз билан таҳажжуднинг орасида қандай фарқ борлигини биласизми?
– Фарз намозга инсон (азон айтиб) чақиради
Таҳажжудга эса инсониятнинг Робби чақиради.
– Фарз намознинг азонини ҳамма эшитади. Таҳажжудга чақириқни эса баъзилар эшитади, холос.
– Фарз намозни кўпчилик ўқийди.
Таҳажжудни хослар ўқийди.
– Фарз намозга «Намозга келинглар!» деб чақирилади. Таҳажжудга эа «Сўровчи борми, сўраганини бераман» деб чақирилади.
Тун жуда қисқа. Сен уни уйқунг билан янаям қисқартириб юборма. Ярим тунда ўқилган икки ракат намоз дунё ва ундаги ҳамма нарсадан яхшироқ
🍃 @hikmatlar
Nima uchun Ramazon oyi ruhoniyat oyiga aylanish o’rniga dabdaba oyiga aylanib ketmoqda? Men katta olim yoki da’vatchi emasman. Lekin, nima uchun onam butun Ramazon oyi davomida televizorni devor tomon qaratinganini hozirda tushunib yetmoqdaman.
Doktor Mustafo Mahmud.
Agar tahajjudning bir lahzasini Nuh umri va Sulaymon mulki barobariga sotsam ham, ziyon qilgan boʻlardim.
Ibn Javziy rohimahulloh
Chekkagir qalamkashlarga
MIRZO KENJABEK
Ramazon oyida yosh bolalarni roʻza tutishga qiziqtirish vositalari:
Ilgari Shom ahlining shunday odati bor edi: ular yosh bolalariga roʻza tutishni oʻrgatar ekan, uni “minora zinasi” deb nomlashar edi. Demak, yosh bola avval bomdoddan peshingacha roʻza tutadi. Soʻng peshindan asrgacha roʻza tutadi.
Keyin asrdan to quyosh botib, kattalar bilan ogʻiz ochgunicha roʻza tutadi. Birinchi roʻza tutgan kuni bu bola uchun maxsus iftorlik dasturxoni yoziladi. Dasturxonga turli-tuman taomlar, ichimliklar va har xil shirinliklar hamda meva-chevalar qoʻyiladi. Bola oʻrtada turadi. Ahli uni oʻrab olib, maqtab, olqishlaydilar. Allohga hamd aytishni oʻrgatadilar.
Unga Alloh huzurida qanday ajrlar borligini tushuntiradilar. To iftor boʻlganini bildiruvchi azon aytilgunicha shunday qiladilar. Mazkur dasturxon yosh bolalarning roʻzaga boʻlgan muhabbatini oshirishda omil boʻladigan eng muhim vositalardan biridir.
Shayx Ali Tantoviy
Саҳл ибн Саъддан ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:(Бухорий ва Муслим ривояти).
"Жаннатда Раййон деган эшик бор, ундан рўзадорлар киради. Рўзадорларнинг охири киргач, у эшик беркитилади, сўнг ундан бошқа ҳеч ким кирмайди"
“Аллоҳумма иннака афуввун, туҳиббул афва, фаъфу ъанний”
Маъноси: Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв қилишни севасан, мени афв қилиб кечиргин.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
Haddini bilgan hurmatini yo'qotmaydi.
© Ikrom Sharif
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Уйларга уларнинг дарвозасига қараб баҳо берманг.
Бу дарвозалар ортида олтин руҳиятли инсонлар бор!
Айман Ёғий
O'z qadrini saqlashning asosiy qonuni:
Agar dushmaning pastkash bo'lsa, u bilan jang qilma!
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.
Adashgandan yoʻl soʻramaslar...
Buncha katta ketmasang, Haqiqat,
baribir, sotilasan-ku!
Behzod Fazliddin
Asl gʻavvos boʻlsang, durni koʻrgaysan,
Sof boʻlsang, ketar chogʻ hurni koʻrgaysan.
Hamma yoq zulmat, deb shikoyat qilma,
Oʻzingda nur boʻlsa, nurni koʻrgaysan...
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar
Инсон ўлиш учун туғилган. Шунинг учун ҳар ёмғирдан кейинги тупроқ исини яхши кўради.
Айман Ёғий
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
Senga muxolif boʻlgan kishiga sabr qil, garchi keskin va qoʻpol muomala qilsa ham. Chunki bir kun kelib, u haq ekanligingni anglab yetishi mumkin. Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam bilan birga gʻazotlarda qatnashgan va birga jang qilganlarning baʼzilari avval u zotni devona va sehrgar deb ayblagan edilar.
Shayx Abdulaziz Tarifiy hafizahulloh
Kattalarning burchi - yomgʻirday yogʻib,
Bosib qoʻymoqlikdir changu tuproqni…
Гўзал сўзлар гўзал амалларга айланмаса ҳеч қандай қийматга эга эмас.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
Киши ўзи билан Аллоҳ ўртасидаги алоқасини яхшиласа, Аллоҳ ҳам бандалари ва унинг ўртасидаги алоқасини яхшилайди.
Али ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳу
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Читать полностью…– Дада, Рамазон келди, уйимизни безамадик-ку?!
– Қизим, бу ой асосан қалбни безаш ва уни поклаш керак!
Odobning ilm bilan birgaligi ruhning jism bilan birgaligi kabidir. Agar ilm hamroh boʻlmas ekan, odobdan manfaat boʻlmaydi. Odob ilm bilan qoim boʻladi va mustahkamligi toʻliq boʻladi.
Alloma, muhaqqiq, shayx Muhammad Avvoma.
Хат ёзса, бармоғи ҳаяжонланган.
Гўзал ошиқларни йўқотди дунё...
🌾 @hikmatlar
Ёмон одатлардан қутилишнинг энг самарали усули бу унга туртки бўладиган сигналлар билан камроқ тўқнаш келишдир.
Derlarki: "Berganning moli ziyoda bo‘lur.
Men deyman: "Molim ko‘paysin deya bermoq, bermoqlikmi, yo olmoqqa tayyorgarlik?!
“Ozodlik sari tashlangan har bir qadam qimmatga tushadi. Lekin sizlarga aytar gapim: Taslim boʻlish bahosi esa oʻta qimmatdir!”
Yahyo Sinvar
Vaziyatlar oʻzgarib turishi - Yaratganning bandalar orasida qoʻygan qonuni. Bugun xoin sanalgan, ertaga qahramon boʻlib chiqishi, tarixda ham, bugun ham mushohada qilingan holat. Ushbu oyati karimada Alloh taolo “Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib tururmiz” -, deydi. Buning ajib bir hikmati bor ekan. Agar, Yaratgan istasa, soatlar ichida vaziyatni bir agʻdarib, yana joyiga qoʻyib qoʻyar ekan. Hikmati esa - odamlarni ajratib olish boʻlarkan.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
• "Мақтаниш эмас-у...." деб бошланадиган гапнинг ҳаммаси — мақтаниш!
• "Ғийбат қилиш эмас-у.." деб бошланадиганлар гаплар одатда ғийбат бўлади.
• "Хафа бўлманг-у..." деб бошланган гап эса хафа қиладиган гап бўлади...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга
“Insonning obroʻsi uning Allohga boʻlgan itoati va ibodatidadir, dunyo boyligida emas.”
Hasan al-Basriy rahimahulloh
#ТАФАККУР
Бир кишидан сўрашди: — Нега бирор бир кишининг хатосини муҳокама қилмайсан, гапирмайсан ҳам?
У жавоб берди:
— Мен ўзимдан рози эмасману бошқалар билан қанчалик ишим бўлсин?!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга
Кийимга қараб қолоқ дейилмайди. Қолоқлик илмда бўлади.
Айман Ёғий
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…