iftixorim_tilim | Unsorted

Telegram-канал iftixorim_tilim - TIL - MILLAT KO'ZGUSI

679

Samarqand viloyat hokimligi Murojaat uchun telefon: +99899 590-21-01 TELEGRAM BOT: @iftixorim_tilim

Subscribe to a channel

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Пешлавҳа ва рекламани қандай фарқлаш мумкин?


/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

QAROR IJROSI AMALDA

✅ Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tuman Yo‘llardan foydalakish unitar korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Obid Tojixonov,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining maslahatchisi
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Telegram | 💬Facebook | 🌍Ishtixon.uz

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 Ruxsat etilmagan joyga targ‘ibot vositasi oʻrnatmang

🔰 Joriy yilning 10-avgust kuni viloyatning Narpay, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot va Nurobod tumanlari hokimliklari Ishchi guruhi tomonidan markaziy ko‘chalarda tartibsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan, imlo xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, xorijiy tillarda aks ettirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan 100 ga yaqin tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etilib, tadbirkorlarga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirilib, samarali faoliyat yuritishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔵 Bu kabi amaliy ishlar viloyatda muntazam olib borilmoqda.
🔉 Shu o‘rinda, tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini targ‘ib etishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 Oqdaryo tumani respublika bosqichida ishtirok etadi

🔰 Avval xabar berganimizdek, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi (tuman/shahar hokimliklari) hududiy bosqichini o‘tkazish bo‘yicha viloyat Ishchi guruhi joriy yilning 1-5-avgust kunlari joylarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔵 O‘rganishlar va Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra yakuniy natijalar bugun, 9-avgust kuni e’lon qilinib, viloyat kutubxonasida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🟢 Tanlovda munosib ishtirok etgan shahar/tuman hokimliklari viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
💐 Hududiy bosqichda Oqdaryo tumani 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Brifing

Mavzu:
O‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha tumanda qilinayotgan ishlar.

Ishtirokchi: Tuman hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirbabayev Fazliddin Faridinovich

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

O‘zbek tili qoidalariga rioya qilganlar rag‘batlantirilib, rioya qilmaganlar ogohlantirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumani hokimining maslahatchisi A.Abduraimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan davlat tashkilotlarining tashqi yozuvlari, tadbirkorlik sub’ektlarining reklama bannerlari o‘rganilganda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlanib, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama bannerlari olib tashlandi.

Shuningdek, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilgan bir guruh tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.

Bu kabi ishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda.

✅ @nur_press

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 QAROR IJROSI AMALDA

✅ Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Obid Tojixonov,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining maslahatchisi

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Самарқанддаги беш мингдан ортиқ географик объект номи ўзгартирилди

———

Samarqanddagi besh mingdan ortiq geografik obyekt nomi o'zgartirildi

👉 https://zarnews.uz/ui0

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

📚 Yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

👉 Joriy yilning 22-iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan taqdim etilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etilgan 8 turdagi 6 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, 2 jildlik “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek xalq paremalarining sinonimik izohli lug‘ati”, “Nonvoychilik terminlarining izohli lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🔰 Taqdimotda viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov tuman/shahar hokimlarining maslahatchilariga ushbu kitoblarning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib berdi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 QAROR IJROSI AMALDA

✅ Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Pensiya jamg‘armasi Ishtixon tumani bo‘limi, tuman Madaniyat va turizm bo‘limi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, “Ishtixon tuman Irrigatsiya” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Obid Tojixonov,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining maslahatchisi
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Telegram | 💬Facebook | 🌍Ishtixon.uz

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 JARAYON

🔰 Ayni paytda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan "Agrobank" va "Mikrokreditbank" tuman filiallari, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, “Oqdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, “Oqdaryo ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔵 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bekzod Isaxanov,
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimining maslahatchisi

/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

JARAYON

Tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari qaysi alifboda yuritilyapti?

Toyloq tuman hokimi maslahatchisi Fazliddin Mirbabayev tuman Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi bo‘limi,  Kadastr agentligi tuman bo‘limi, Davlat kadastrlar palatasi tuman bo‘limida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
    O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

JARAYON

Oqdaryo tuman hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Agrobank tuman filiali, Mikrokreditbank tuman filiali, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi, “Oqdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, “Oqdaryo ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

Каnalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉 /channel/oqdaryo_axborot_xizmati

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi

Kanalga qo‘shiling:👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Самарқандда дарахтларга илинган реклама баннерлари олиб ташланмоқда — Экология бошқармаси.

———
Samarqandda daraxtlarga ilingan reklama bannerlari olib tashlanmoqda — Ekologiya boshqarmasi.

@Zarnews_uz

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

📹 Мустақиллигимизнинг 32 йиллиги муносабати билан Иштихон тумани ҳокимлиги китобхонларга туҳфа ҳозирлади.

Туман марказидаги “Устозлар хиёбони”да “Очиқ осмон остидаги кутубхона" ташкил этилди.

———

📹 Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan Ishtixon tumani hokimligi kitobxonlarga tuhfa hozirladi.

Tuman markazidagi “Ustozlar xiyoboni”da “Ochiq osmon ostidagi kutubxona" tashkil etildi.

✅@Zarnews_uz

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 Simyog‘ochlar tashqi reklama vositalarini o‘rnatish uchun emas...

🔵 Avval xabar berganimizdek, viloyatda, qolaversa, Payariq tumanida tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish ishlari muntazam olib borilmoqda.
🔰 Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 11-avgust kuni tumanning Qumchuq mahallasidan o‘tgan markaziy ko‘chasida olib borildi.
🟢 Olib borilgan o‘rganishlar natijasida simyog‘ochlarga o‘rnatilgan noqonuniy targ‘ibot materiallari, tashqi reklama vositalari bartaraf etilib, tadbirkorlarga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilishlari lozimligi uqtirildi.

Jasur Abilov
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

KUN XABARLARI | QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

#10-avgust
#Samarqand

/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

🔰 Tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

👉 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi (tuman/shahar hokimliklari) hududiy bosqichini o‘tkazish bo‘yicha viloyat Ishchi guruhi joriy yilning 4-5-avgust kunlari Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur, Samarqand, Nurobod, Oqdaryo, Ishtixon tumanlari va Samarqand shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔵 Yakuniy natijalar 9-avgust kuni e’lon qilinadi va 1-o‘rinni egallagan tuman/shahar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
🟢 O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 BRIFING

🔰 Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aziz Abduraimov ishtirokida BRIFING.

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzish jarimaga sabab bo‘lishi mumkin

Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari Samarqand shahrining Gulobod ko‘chasida olib borildi.

O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 70 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.

Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchqun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiradi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Norbek Alkarov
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.

👉🏽 Каналга уланиш: /channel/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

DIYOR YANGILIKLARI | "QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!"

#24-iyul
#Samarqand

/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

🟢 Seminar ziyoratdan boshlandi

🟣 Joriy yilning 22-iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tuman (shahar) hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
🔵 Seminar avvalida yig‘ilish ishtirokchilari Urgut tumanidagi aziz avliyolar qadamjolarini ziyorat qilishdi.
🔴 Shundan so‘ng ishtirokchilar joriy yilning 6 oyi davomida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berishdi.
🟡 Seminarni viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov olib bordi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 Tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari qaysi alifboda yuritilmoqda?

🔰 Samarqand viloyati Toyloq tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, g‘aznachilik, iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi  “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
    🔵 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Fazliddin Mirbabayev,
Samarqand viloyati Toyloq tumani hokimi maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

👉 QAROR IJROSI AMALDA

✅ Samarqand viloyati Narpay tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan "Samarqand suv taʼminoti" MChJ tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, "Xalq banki" Narpay tuman filiali, «Agrobank» tuman filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Sarvar Jabborov,
Samarqand viloyati Narpay tumani hokimining maslahatchisi

/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

🌳 Daraxtga nafas bering!

Ishtixon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari jarayonida, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z hududidagi manzarali daraxtlarga reklama va e’lonlari bannerlarini ilganlik holati va ostki qismi beton qoplamasi bilan to‘sib qo‘yilganligi aniqlanib, joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ushbu tadbirkorlik sub’ektlari vakillari tomonidan kelgusida shunga o‘xshash kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilsa qonunda belgilangan tartib normalarga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berib o‘tilmoqda.

Joylarda «Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati



/channel/SamTvr

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

#Vaqti_keldi

⚠️ Davlat tilimizdagi muammolar har joyda, har doim aytib oʻtiladi, yechimga kelganda juda kam gapiramiz.

⚠️ Ishoning! Takrorlab aytamiz ISHONING yechim oʻzimizda.

⚠️ Rahbar Qodir akamiz oʻz xodimlaridan oʻzga tilda hamda kirill yozuvida maʼlumot talab qilmasa.

⚠️ Kompyuterchi Qobil akamiz buyurtmachiga oʻzga tilda hamda kirill yozuvida reklama, afisha, tarqatma maʼlumotlarni tayyorlab berishni rad etib, oʻz ona tilimizga goʻzal mahsulotlar yaratsa.

⚠️"Siti"arni qurayotgan Murod akamiz binolarni nomini OʻZBEKCHA qoʻysa, investor Mehmet akamizga bino nomlari qoʻyish uchun oʻzimizni milliy nomlar taklif etilsa.

⚠️Oshpaz Sobir akamiz oʻz oshxonasini "chicken food" nomidan "Doʻmboq joʻja"ga oʻzgartirsa.

⚠️ Chet elda ishlaydigan Abdurahim akamiz "zemlyak" soʻzi oʻrnida vatandosh soʻzini ishlatsa.

❗️❗️❗️Oʻzimizdagi millat, vatan gʻururi har qanday qonunlardan kuchliroqdir!!!

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

#jarayon

🟢 Joriy yil 13-iyul sanasida Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibini buzganligi bo'yicha tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirdagi "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 47-moddasiga ko'ra javobgarlikka tortilishi to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.

📌Eslatib o'tamiz, tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga amal qilmaslik "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 47- moddasi 4-bandiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha jarimaga tortilishiga sabab bo'ladi.

✍️ Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Кanalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉 /channel/oqdaryo_axborot_xizmati

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

​​#Davlat_tili

Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun: xorijda qanday?

🇦🇿OZARBAYJON

✔️Konstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

🇩🇪GERMANIYA

✔️“Maʼmuriy amaliyotlar toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.

🇶🇦QATAR

✔️2019-yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.

🇹🇷TURKIYA

✔️Barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya qilmaganlik maʼmuriy jarimaga tortilishga sabab boʻladi. Turk yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan turk tilida boʻlmagan shartnomalar bekor qilinadi.

🇷🇺ROSSIYA

✔️“Davlat tili toʻgʻrisida”gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan.

🇮🇪IRLANDIYA

✔️Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekshirish boʻyicha alohida organ mavjud. Agar davlat organi ushbu tashkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, ushbu organ mansabdor shaxsi uchun 2000 yevrogacha jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekshiruvlar natijasida til toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor shaxsi javobgarlikka tortilishi mumkin.

🇬🇪GRUZIYA

✔️“Davlat tili toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tugʻilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

TIL - MILLAT KO'ZGUSI

Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel