izzatkhoja | Unsorted

Telegram-канал izzatkhoja - Izzatxo'ja Asomiddinov

274

👉 SMM, loyiha (product) menejeri; 👉 @talabayoshlar, @kitobxonyoshlar sahifalari hamda @kitob_muhokamasi, "Birga kitob o'qiymiz" loyihalari muallifi; 👉 Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi; 👉 Eng asosiysi Allohning oddiygina bandasi.

Subscribe to a channel

Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" tanlovining 1-bosqichi, ya'ni test yechish jarayonlari to'liq yakunlandi!

⚡️Uzoq davom etgan natijalarni tekshirish jarayonida ba'zi ishtirokchilar 2 va undan ortiq profildan ishtirok etganligi ma'lum bo'ldi va kun davomida bunday ishtirokchilarning deyarli barchasi aniqlanib tanlovdan chetlatildi. Bu haqida shaxsiy blogimda doimiy ma'lumot berib bordim.

Tashkiliy jamoaning yakuniy qaroriga ko'ra final bosqichiga 139 va undan ko'p ball to'plagan 313-o'ringacha bo'lgan ishtirokchilar yo'llanma olishdi.

👉 Finalchilar ro'yxatini ko'rish
__________________________________

Shu ro'yxatdagi ishtirokchilardan Telegram sozlamalaridan guruhga qo'shish funksiyasini yoqib @finalbosqichi profiliga quyidagi ma'lumotlarni to'liq yozib yuborishingizni so'raymiz:

1️⃣Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi, passport, reyting daftarchasi) rasmi;
2️⃣Telefon raqamingiz (doimiy ishlaydigan raqamingiz, 2 3 ta raqam yozsa ham bo'ladi);
3️⃣Yuqoridagi ro'yxatda nechanchi o'rinda ko'rsatilgansiz?
4️⃣Referal linkingiz (botda "Referal linkni olish" tugmachasini bosasiz va bot yuborgan matnni yuborasiz).

❗️27-oktabr kuni 12:00 gacha murojaat qilmagan ishtirokchilar final guruhiga qo'shilmaydi va finalda ishtirok etolmaydi!

Finalga o'ta olmagan ishtirokchilardan kanalimizni tark etmasligingizni so'raymiz. Tez orada yangidan-yangi tanlovlarni e'lon qilamiz. Xudo xohlasa endi tanlovlarimiz davomli bo'ladi.
__________________________________

☝️Eslatma, 27-oktabr 23:59 ga qadar eng ko'p referal to'plagan 10 nafar ishtirokchi "Eng faol loyiha targ'ibotchisi" nominatsiyasi g'olibi deb topiladi va 1 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

☝️Eng ko'p referal to'plaganlar ro'yxatini ko'rish uchun ushbu yozuv ustiga bosing va ochilgan yangi oynadagi referal so'zi ustiga 2 marta bosasiz. Natijada eng ko'p referal to'plagan ishtirokchilar ko'rsatiladi.
__________________________________

❗️E'tirozlar ko'paymasligi uchun, tanlov pul yutuqlari faqat va faqat talabalarga (bakalavr va magistr) berilishini eslatib o'tmoqchiman. Agar sovrinli o'rinlarni talaba bo'lmagan ishtirokchi egallasa unga sertifikat va kitoblar taqdim etiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bo'ldi va nihoyat tugatdim! Urreeee...

Ertalab soat 11:25 da 139 ball va undan ko'p yig'ganlar soni 350 ta edi. Ularni birma-bir tekshirib, 2 3 ta profildan qatnashganlarni topdim va 38 tasini tanlovdan chetlashtirdim. Boya aytganimdek ismlarini oshkor qilmayman. Hammani o'ziga insof bersin. Bunday yo'l bilan g'olib bo'lishganida ham yutuq puli harom bo'lib, buyurmagan bo'lar edi.

Jami finalga referal orqali 50 nafar, test orqali 312 nafar ishtirokchilar o'tdi.

Finalga o'tganlar ro'yxatini ushbu havoladan ko'rishingiz mumkin. Yuqori 312 talikni final bilan tabriklayman.

Meni bugun yozgan barcha gaplarimni to'g'ri tushundizgiz deb o'ylayman. Qing'ir ishni qiyig'i 40 yilda ham chiqadi, lekin 1 kun vaqtimiz shu ishni deb besamar ketdi, shunisiga achindim. Mayli bu ham biz uchun bir sinov, vaqtimizni sarflab adolatli o'tkazolmasak, tanlov o'tkazib nima qilamiz? Shu kungacha ham bundan keyin ham tanlovlarimiz adolatli bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Finaldagi hammaga omad, finalga chiqa olmaganlarga esa keyingi tanlovlarda omad tilab qolaman.

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Biz hech kimning shaxsiga oid ma'lumotlarni tarqatayotganimiz yo'q, qonunni biz ham bilamiz (ma'lumot uchun Yoshlar Parlamenti a'zosiman).

Faqat ism-familiya e'lon qilinyapti, g'olib ishtirokchilarning ham ism-familiyasi e'lon qilinadi. Bu yerda hech qanday pasport ma'lumotlari, shaxsiy ma'lumotlar yo'q, Faqat ism-familiya!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Chatga kiringlar, kommentlarni ushbu post kommentiga yozasiz, birma-bir mikrafon yoqishga ruxsat beriladi.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

⚜️XATOSIZ YOZAMIZ⚜️ TANLOVI

💠 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi o'zbek tilining nufuzini oshirish, aholi vakillari, ayniqsa yoshlarning oz'bek tilida bexato yozishga undash maqsadida "Xatosiz yozamiz" tanlovini e'lon qiladi

✅ "Xatosiz yozamiz" tanlovi shartlari:

👉 Har bir ishtirokchi ko'chadagi e'lonlar, tashqi reklama bannerlari, darslik kitoblari, rasmiy sahifalar, televideniya efirlari, gazeta va jurnallar va shu kabilardagi grammatik va imloviy jihatdan xato yozilgan joylarini topib rasmga tushirgan (skrinshot qilingan) holatda xato yozuv yozilgan manzil (viloyat, tuman, ko'cha nomi) yoki rasmiy sahifa manzili (facebook, telegram, vebsayt, instagram havolasi) va ishtirokchining o'qish(ish) joyi va ism-familiyasini ko'rsatgan holda @TilBilimdoni manziliga yuboradi;
👉 Faqatgina 2021-yilda olingan rasmlar qabul qilinadi, internetda tarqalgan va ancha yillar oldin olingan rasmlar qabul qilinmaydi!
👉 Norasmiy sahifalardagi (telegram kanallar, vebsaytlardagi) xatoliklar tanlovga qabul qilinmaydi!
👉 Barcha rasmlar @XatosizYozamiz sahifasiga joylab boriladi;
👉 Qabul 28-mart kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

💠 2-bosqich ishtirokchilarini aniqlash:
👉 31-mart kuni 12:00ga qadar qaysi ishtirokchi yuborgan rasm 333ta ovoz yig'sa 2-bosqichda ishtirok etadi
👉 @XatosizYozamiz kanaliga joylangan ishlarni guruh va kanallarga tarqatish ta'qiqlanmagan;
👉 2-bosqich ishtirokchilari soni cheklanmagan, nechta ishtirokchi 333tadan ko'p ovoz yig'sa barchasi keyingi bosqichga o'tadi!
❗️Tanlovning 2-bosqichi haqida tez orada batafsil ma'lumot beramiz

🏆 Tanlov g'oliblari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan quyidagicha taqdirlanadi:
👉 Tanlov g'oliblari, faol ishtirokchilar QR kodli diplomlar va sertifikatlar eng yuqori 10ta o'rin sohiblari eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi!
👉 Final bosqichidagi (3-bosqichda) barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikatlar bilan taqdirlanadi!
👉 Eng ko'p ishtirokchilar qatnashgan ta'lim muassasasi Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'lim boshliqlari ham tashakkurnoma va maxsus esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!

💠 Maqsadimiz: O’z ona tilimizda imlo qoidalariga amal qilgan holda to’g’ri yozish ko’nikmalarini shakllantirish, qolaversa, yon-atrofimizda o'zbek tilida xato yozishga yo'l qo'ymaslik!

👉 Ishtirok etish va tanlov yuzasidan savollar uchun @TilBilimdoni adminga murojaat qiling.
👉 Tanlov rasmiy sahifasi: @XatosizYozamiz

✍️ "O'zbek tili | To'g'ri yozamiz" kanali
https://t.me/joinchat/VcCWzXZmYfX0ie7X

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🌸 Talabalar shaharchasiga "bahor keldi"...

Bugun bir ish yuzasidan Talabalar shaharchasida O'zMU yotoqxonalari tomonidan yurishimga to'g'ri keldi. Talabalar media markazi orqa tomonidagi yotoqxonalar oldidan Beruniy metrosigacha yo'lda bir nechta (парочка) yigit-qizlarning qo'l ushlashib turganiga ko'zim tushdi. Atrofda odam ko'p, lekin ularning parvoyi palak, daraxtlar tagida qo'l ushlashib, suhbatlashib turishibdi.

Ba'zi talabalar ota-onasidan uzoqda xohlagan ishlarini qilib yuribdi, uyidagilari farzandini o'qishga yuborgan, farzand esa nomahramlar bilan... to'g'ri hamma o'zi uchun javob beradi, bunday yigit-qizlar kam, lekin shunga qaramasdan yaqinlarimiz ichida shundaylarini bilsak, do'st sifatida aqlini yig'ib olishini tushuntirishingiz kerak. Talabalar yotoqxonalaridagi mas'ullar ham bu ishlarni imkon qadar nazorat qilib turishlari kerak!
Islomni bilmaslik va Allohni tanimaslikning oqibatlari ana shunday bo'ladi!
👉 @Izzatkhoja

🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 OTMlarda keyingi o'quv yilidan «Prezident granti» stipendiyasi va «Qizlar uchun maxsus stipendiya» joriy etiladi.
Shu stipendiyalar haqida batafsil audioda ma'lumot berganman.
👉 @Izzatkhoja

🎓 TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

​​Yo'q, bu to'yga taklifnoma emas

​​​​Grantchilarimiz meni darslariga g'ayritabiiy va o'z o'rnida kreativ tarzda taklif qilishibdi. Xijolat bo'ldim bir jihatdan, ajoyib! Lekin rahmat kattakon e'tibor uchun 🔥

Jamoa ahil ekanligidan xursandmiz. Kelgusi o'quvchilarimiz ham xuddi shunday ahil bo'lishlarini istaymiz!

@alizairov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun 24-fevral kuni kanallarimdagi o'chirilgan profillar, kamida bir oydan buyon telegramga kirmagan nofaol akkountlarning barchasini, jami 3292 nafar obunachilarni o'chirib yubordim.

@TalabaYoshlar kanalimdan 1300dan ortiq obunachi "qurbon bo'ldi", lekin endi sifat ortadi, nofaol obunachilar bilan kanalimni to'ldirishni xohlamayman.
☝️ Siz ham kanalingizni tozalamoqchi bo'lsangiz @deadKillerBot'dan foydalaning!

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️2021-yil 23-fevral kuni g'ayrioddiy harakatlarni sodir etganligi tufayli, hech qanday qonuniy asosga ega bo'lmagan Facebook foydalanuvchisi Izzatxo'ja Asomiddinov profili bloklandi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli profil akkounti vaqtinchalik "hibs"da ushlab turilibdi. Surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, so'nggi xulosani birinchilar qatorida xabar beramiz😅

P.S: Facebook juda "strogiy" platforma bo'lib, odatda profillarning vaqtinchalik bloklanish holatlari ko'p uchrab turadi. Shuning uchun Facebook'ni yaxshi tushunmasangiz, har joyini ham titkilayvermaslikni tavsiya qilaman.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#MendirmanJaloliddin 2-qism (21.02.21)

Filmning 1-qismi premyerasidan so'ng, menimcha barcha qolgan qismlarini ham intiqib kuta boshladi.

Bugungi qismi ham o'ziga xos emotsiyalari bilan yodimizda qoldi. Ortiga qaytayotgan elchilarga hujum va jang sahnasida 7 kishi aqlni ishlatib tahminan 50ga yaqin otliqni yengdi. Yana bir diqqatimni tortgan joyi to'yga tayyorgarlik maslahati bo'ldi. O'ziga xos dabdabali to'ylarimiz o'sha davrlarda ham bo'lgan ekan, ayniqsa "og'zidan olov purkaydigan ajdaho" deganini ko'rib Mahallada duv-duv gap filmini esladim. Ikki kundoshning "kosa tagida nimkosa" so'zlashuviga shunchaki gap yo'q. Ma'nosini tushungan bo'lsangiz so'z qudratiga tan berasiz.
👉 @Izzatkhoja

🎓 TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari va imom xatib ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🎓 Talabalardan quyidagicha savollar bo'lgan:
Juma namoziga chiqqan kunimiz darsga biroz kechikamiz, lekin o'qituvchilar darsga kiritmaydi. Biror joyda namozni qo'yib darsga kirish kerak deb qat'iy belgilanganmi?
✅ Imom: Yo'q bunaqa joyi yo'q, hech kim taqiq ham qo'yolmaydi.

❓Soqol qo'yish sunnat, lekin institut tomonidan mumkinmas. Shuni nimadir qilsak bo'ladimi?
❎ Savolga dekan va yoshlar yetakchisi javob berishgan, lekin aniq javob bo'lmagan.

Dekan imomdan "Siz nima deysiz? Dars vaqti namoz o'qishi kerakmi yoki darsda o'tirish kerakmi?"
✅ Imom: Men bunga hech narsa deyolmayman, hech qanday fatvo ham berolmayman.

✅ Soqolga ta'qiq borligini, ro'molga esa hech qanday ta'qiq yo'qligini aytib o'tishgan. (Tushunadigan o'qituvchilar tomonidan soqolli talabalarga ta'qiq qo'yilmagan)

❗️Juma namozi vaqtidagi murabbiylik soatini olib tashlashni iltimos qilishgan, lekin prorektor "yo'q bizga murabbiylik soati kerak, barcha yangiliklar aytiladi" deb javob bergan.

Talabalardan biri "yuqori qavatdan talabalar o'zimiz pul ajratib namozxonalar tashkil qilaylik" deb taklif bergan. Prorektor "bu mening qo'limda emas" deb javob bergan.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰

🤔 Bu dolzarb muammo, izlagan imkonini topadi albatta. Lekin shu o'rinda soqol va hijobni shunchaki boshqa maqsadda niqob qilayotganlar ham bor. Soqol qo'yib oladi, tanaffusda sigaret tutatadi, hijob o'rab olib, tor shim kiyib yuradi. Besh qo'l barobar emas, lekin dilimizdagini bilguvchi faqatgina Allohdir.

☝️ Men doim ta'kidlayman, islomni bilgan, amal qilgan odam pora ham olmaydi, Alloh doim ko'rib turishini his qiladi va gunohlardan tiyiladi.
Ham dunyoviy ham diniy faoliyatni teng olib borish kerak, chunki ular qushning ikki qanoti kabidir, bir qanot bo'lmasa qush ucha olmaydi, xuddi shu kabi insonlarni ham yashashidan ma'no bo'lmaydi. Ilm olish, halolda rizq topish uchun mehnat qilish ham aslida ibodatdir.
👉 @Izzatkhoja

🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🌙 Qalblarga taskin beruvchi qo‘shiq.
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, do'stlar

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🌸 Talabalar shaharchasidagi eng qiyg'os gullagan daraxt...

Ushbu rasmning hajmi 20 mb, HD 48 mpx kamerada olingan. Original ko'rinishini maksimum yaqinlashtirib his qilishingiz uchun komentga tashlab qo'yaman.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

👉 Zulfiya mukofoti sohibasi 13 yilga qamaldi...
👉 "Yil talabasi" g'oliblari kimningdir tanishimi?
👉 Bloger aslida kim va "men blogerman" deb maqtanish haqida, muammolarga yondashuv...

Mazkur audioda yuqoridagi mavzular haqida shaxsiy fikrlarimni aytib o'tdim.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Sizlarga bir savol bilan yuzlanmoqchiman.

☝️Savob uchun, haqiqatda qiynalgan, otasi yo'q, ro'zg'or o'zini bo'ynida, lekin kontraktda o'qiydigan, endi kontrakt to'layman deb pul yig'ib qo'yganida onasi kasal bo'lib, usha pullarni onasini davolatish uchun ishlatgan bir talabaga yordam berib, savob olishga nima deysiz?

Men o'zim shaxsan tekshirdim, haqiqatda qiyin ahvolda, lekin kimligini oshkor qilmayman. O'zini hijolat qilish niyatim yo'q. 7.472.630 so'm to'lanishi kerak.

Shu talabaga imkomizdan kelib chiqib yordam qilib, kontrakt pulini to'lab berolamizmi nima deysizlar? Kanalimda mingta aktiv obunachi bor deb hisoblasak, har birimiz 10 mingdan yig'sak ham shu pul yig'ilib qolar ekan. Ko'proq savob olmoqchi bo'lganlar ko'proq bersa ham bo'ladi.

O'sha talabaning o'zini bu gaplardan xabari yo'q. Pul to'liq yig'ilsa, syurpriz bo'ladi. Musulmon birodarini mushkulini oson qilganni, Alloh mushkulini oson qiladi.

Menimcha menga ishonasizlar, bu gaplarimda hech qanday yolg'on yo'q. Pulni o'zimni kartamga o'tkaziladi, o'zim borib kontraktini to'layman. Nima deysizlar, yordam qilamizmi?

👉 9860 1901 0214 9118
👤 Izzatkhuja Asomiddinov

Yordam qilish istagidagilar yuqoridagi plastik kartaga ehsonlarini o'tkazishlari mumkin. Savollar bo'lsa @talabayoshlar_admin profildaman

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Xo'sh, demak gap bunaqa...

Menga shaxsiydan yozishdi, fikrlarni o'qidim, ular haq. Alloh bizlarni shuncha gunohimiz yashirayotganida, biz ularning ishini oshkor qilishimiz to'g'ri ish emas.

Sizlarga tanlov shaffofligini ta'minlayotganimizni ko'rsatish uchun oshkor qilgandim, menimcha tanlov adolatsiz degan fikr ko'pchilikda yo'qoldi. Hamma finalchilarni bittalab tekshirib chiqaman va 2 3 ta profildan kirganlarni chetlataman. Hozirga qadar 20 ga yaqin ishtirokchilar chetlatildi.

Keyingi masala, tanlovning final bosqichiga 139 va undan ko'p ball to'plagan barcha ishtirokchilar yo'llanmaga ega bo'ladi, hozirda ular 350 nafar, tekshiruvdan keyin chetlatilganlarni chiqarib yuboramiz va haqqoniy qatnashganlar qoladi, balki 326 ta qolar, unisini tekshiruvdan keyin e'lon qilaman.

Sizlardan iltimos 138 ball, 136 ballar ham o'tsin, finalchilarni 500 ta qiling, men finalga chiqolmadim sertifikat bering degan iltimoslarni yozmanglar. Oxirgi qarorni aytdim, 139 ball va undan yuqorilar finalga o'tadi. Sertifikat esa finalda ham faol qatnashgan va kamida 50 ta savoldan 35 ta to'g'ri topgan ishtirokchilarga beriladi. Hammaga sertifikat berilaversa uni qadri qolmaydi, Nasib qilsa, bu safar omad kelmagan bo'lsa, keyingi tanlovlarda albatta g'olib bo'lasiz.

Menimcha fikrimga hamma qo'shiladi, to'g'ri tushunganingiz uchun rahmat!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Xo'sh, oxirgi kunlar yuqori ball olganlar ko'payib ketibdi. Hozir tahlil qilib chiqamiz va 2 3 ta profildan kirganlarni tanlovdan chetlatamiz. Har bir chetlatilgan ishtirokchi haqida @izzatkhoja kanalimda yozib boraman. Shuncha ta'kidlaganimizda ham vijdonan, halol ishtirok etmabdimi, endi ismini oshkor qilib, tanlovdan chetlatamiz, shuning hisobiga pastki o'rindagi ishtirokchilar yuqoriga ko'tarilishi mumkin.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Ish joyingdagi kirish eshigi oldida hamkasblaring bilan birgalikdagi rasming tursa boshqacha bo'lsa kerak, nima dedingiz...😉

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Biz yangi loyiha boshlash arafasidamiz, bizga esa sizning yordamingiz kerak!

Respublikamizning chekka hududlarida, sharoit qiyin bo'lgan qishloqlarda aholimiz uchun chin dildan mehnat qilayotgan, og'ir bir sharoitlarda qaysi kasb vakili bo'lishidan qat'i nazar insonlar uchun foyda keltirayotgan yaqinlaringiz bo'lsa, @talabaadminbot manziliga murojaat qiling va nega aynan loyihamiz uchun shu insonni tanlashimiz kerakligi haqida fikringizni bildiring. Siz bilan aloqaga chiqishimiz uchun telefon raqamingizni ham yozib qoldirishni unutmang!
👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#MendirmanJaloliddin 3-qism (28.02.21)

Asta-sekin serial o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda. O'tgan qismdan so'ng Qutlibeka Chingizxonning ayg'oqchisi bo'lsa kerak deb o'ylagandim, adashmagan ekanman.

👑 Taxt uchun ketayotgan ichki kurashlar ham avj pallasida. Bahromning hufiyona ishlari ham xuddi "olovga benzin sepgandek" ta'sir qilmoqda.

☝️Bugungi qismda menga eng yoqqan joyi Jaloliddinning zindonda namoz o'qib, "ey Allohim yurtimni, xalqimni islom dushmanlaridan o'zing asra" deb duo qilgani bo'ldi. Uning oldindan sezish qobiliyatiga ham qoyil qolish kerak. Agar o'sha vaqtda Jaloliddinning gapiga kirib Sulton Alouddin harbiy tayyorgarlikni boshlaganda balki Xorazmshohlar Chingizxon qo'shinini yanchib tashlagan bo'larmidi...

Mayli endi buyog'ini ko'rish uchun yana bir hafta kutamiz.
👉 @Izzatkhoja

🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🤩 Bugun SMM Pro guruhimiz trendda!

SMM Pro kursimiz ham oxirlab qoldi. Najot Ta'lim markazi HR menejeri Ali aka kuni kecha bizning telegram guruhga alohida gaplashadigan gaplari borligini, darsimizga kirib gaplashib olishimizni yozgandilar.

SMM Pro guruhimiz a'zosi, ham grafik dizayner ham "5 minuti kam" professional SMM mutaxassisi Sitora O'ktamova HR menejerimiz Ali akani alohida darsimizga taklif qilib, kreativ taklifnoma yasabdilar. Bugun Najot Ta'limda shu taklifnoma trend'ga chiqdi. Hatto, Najot Ta'lim asoschisi Temurbek Adhamov ham o'z kanallariga repost qilibdilar.

☝️ Guruhimizning bir a'zosi qilgan ish bugun butun Najot Ta'lim'ga tarqaldi, endi bu guruhimizning 14 nafar a'zolari birlashsa nima bo'lar ekana? Shu guruh a'zolari ichida men ham borligimdan xursandman. Najot Ta'lim'da o'tgan kunlarim meni hayotimni butunlay o'zgartirib yuborish arafasida. Bu reklama emas, lekin IT sohasida o'quv markazi izlayotgan bo'lsangiz Najot Ta'lim eng zo'ri deb bemalol ayta olaman!

Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz tayyorlagan kadrlar erishgan natijalarga boq!
(Najot Ta'lim nomidan Izzatxo'ja Asomiddinov tomonidan yozilgan😉)

P.S: Bir hafta oldin ustozimiz Farrux Turg'unov guruh a'zolari 3 jamoaga bo'lib, Teamworking bajaradigan vazifa bergandilar, biz Sitora O'ktamova bilan bir jamoada edik va yakunda bizga topshirilgan vazifani Zilola Zokirova, G'ayrat Xudoyberdiyev, Azimjon Sattorovlar bilan birga qoyilmaqom qilib uddaladik😎

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Urreee profilim blokdan olindi, Facebook tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari yakunlandi va profilim aybsiz deb topildi, qonuniy asos sifatida shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etildi😅

Xudoga shukur, kechadan beri xayolim shunda edi.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

😎 Prezident matbuot xizmati meni kanallarimni doimiy kuzatar ekan, bilmagan ekanman!
😅 Kanalimga yozilgan muammolarning aksariyati ijobiy yechim topishining sababi ham shu ekan-da aslida, qoyilee...

P.S: Odamlar ham qiziq-da username, nickname'larni ajoyib-u g'aroyiblarini topishadi. Ba'zida o'zini tanishtirmay yozganlarni nickname'larini ko'rib na qiz bola, na o'g'il bola farqlay ham olmayman. Menimcha hamma o'z ism-familiyasini yozib qo'ygani yaxshi, shunday emasmi? Siz nima deb o'ylaysiz?

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Xayrli kech qadrli kanalim kuzatuvchilari! Mazkur postni #shunchaki rukni ostida qabul qilasiz.

👨‍💼 Hozirda juda bandman, virtual hayotdagi faoliyatim sekin-asta real hayotga ko'chib bormoqda. Yangidan-yangi g'oyalar "tiqilib yotibdi", lekin vaqt yo'q. Shu sababli kanallarimda obunachilarning tark etish holatlari o'zining eng yuqori pallasiga chiqqan. To'g'rida kerakli, qiziqarli ma'lumotlar bermaydigan, xohlasa 1-2 ta post yozib qo'yadigan, doimiy faol bo'lmagan kanalni kuzatib nima foyda?

Birinchi marta 2016-yilda @kelajakyoshlarniki sahifasini ochgan paytlarim, kuniga bitta odam chiqib ketsa ham kayfiyatim buzilardi, yanada qiziqarli ma'lumotlar berish, loyihalar o'tkazish bo'yicha rosa o'ylanardim. Hozir esa kuniga o'rtacha 200 nafar obunachi chiqib ketadi, meni esa parvoyim palak...

Ha hayotda seni kuzatuvchi insonlarning ko'p bo'lishi unchalik ahamiyatga ega emas, asosiysi 100 kishi kuzatsa ham ularning hurmatini qozonish, ishonchini oqlash muhim. Ba'zida atrofimdagilardan shunday fikrlar eshitamanki, beextiyor quvonaman, lekin hali ularning maqtovlariga munosib darajaga chiqishimga ancha "qovun pishig'i bor" (shunday ibora bormidi).😅

P.S: Bu postni davomi bor edi, lekin menimcha oshirib yubordim, maqtanchoqlikka o'xshab qoldi. Balki keyinroq ulasharman, hozircha arxivga joylab qo'ydim. O'zi shunday yarim kechasi ilhom keladi, ichimdagini yozib qo'ymasam ko'nglim taskin topmaydi. Ana endi hammasi joyiga tushdi, nimadir bo'lsa ham yozdim.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#xushxabar
Juma namozi talabalar darsga kechikmasligi uchun 5 daqiqa vaqtliroq boshlanadi!

❗️Bugun Toshkent davlat texnika universitetidagi holat diqqatimiz markazida bo'ldi. Aytganimizdek universitetda talabalar va imom xatib bilan uchrashuv bo'lgan.

🕌 Bu universitetga eng yaqin masjid Mirza G'olib jom'e masjidi bo'lib, deyarli O'zMU va TDTUning aksariyat talabalari, ustozlari juma namoziga shu masjidga borishadi. Bugun mikrafonda ma'ruza vaqti domla juma namozini talabalar darsda kech qolmasliklari uchun 5 daqiqa oldinroq o'qiymiz, deb aytibdi. Masha'Alloh eshitib juda xursand bo'ldim, endi talabalar juma namozini ado etib, darslariga ham kechikmay borishlari mumkin. Ancha oldin boshqa bir masjidda ham aynan talabalar, maktab o'quvchilari kechikmasdan darsga yetib borishlari uchun juma namozini 5 daqiqa oldin o'qiymiz deb domla aytgandilar. Alloh davomli qilsin. Eshitib ko'zimga yosh keldi. Ana shunaqa Alloh barcha narsaga qodir zot, ustozlarimiz kechiksak darsga kiritmaydi deb menga yozishgandi, gaplari samimiy ekan Alloh bu muammoni ham bir zumda oson qilib qo'ydi.

🤲 Men talabalarga jumaga boring deyman, chunki birinchidan bu farz, ikkinchidan domlaning ma'ruzasini eshitib oq-qora, harom-halolni yanada yaxshiroq tushunamiz. Alloh barchamizning ham dunyoviy, ham diniy ilmimizni ziyoda qilsin, Amiyn!
❗️O'zMU va TDTU talabalariga yuborib qo'ying, endi jumaga borishsa darsga kechikishmaydi!

P.S: Bu barcha masjidlarda vaqtli o'qiladi degani emas, faqatgina Mirza G'olib jom'e masjidida shunday.
👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Bugun internetda tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakulteti dekan muovini Bahrom Ibragimov bilan bog'lanib, yuqoridagi xabarga aniqlik kiritdim.

Hozirda barcha OTMlarda imom xatiblar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun soat 14:00da Mashinasozlik fakulteti talabalari bilan Hazrati Imom jom'e masjidi imom xatibi ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi. Unda namoz o'qish, soqol qo'yish hamda hijob o'rashning tartib-qoidalari, nima mumkin-u nima mumkin emasligi shariat hukmi bo'yicha imom xatiblar tomonidan batafsil tushuntiriladi. Bunday uchrashuvlar barcha OTMlarda reja-grafik asosida tashkil etib kelinmoqda.

P.S: Bu uchrashuvlardan maqsad menimcha nimanidir cheklash yoki taqiqlash emas, balki diniy me'yorlarga amal qilgan holda bajarish, noto'g'ri yo'llarga kirib ketmaslik bo'yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berishdir. Shuning uchun bundan xabarlarni noto'g'ri tushunmaslikni so'rab qolardim. Juma ayyomi barchangizga muborak bo'lsin!
👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Ahad Qayum aytar, biling ey do'stlar.
Ikki dushmani bor erkak kishini:
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til.
To'xtatadi yurib turgan ishini.

Hamma gapirishi mumkin, aytishi mumkin, lekin amalda bo'lmasa hammasi bir tiyinligini isbotladi, Ahad Qayum!

Bir gapirdi mayli, ikkinchisiga ham mayli, endi buyog'i juda oshib ketdi. Bir yaxshilab aqlini kiritib qo'yish kerak, har hafta prezident bilan uchrashadigan okamizzi...

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy sahifalariga obunachilar majburiy jalb qilinmoqdami?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda edu.uz sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga aʼzolikni koʻpaytirish boʻyicha OTMlarga alohida kunlar belgilangani haqidagi NamDU xodimi yozgan xabar tarqaldi. NamDU rasmiy kanali ham o'z navbatida vazirlik kanalini rejaga ko'ra 17-fevral kuni targ'ibot qilgan (rasm pastda berilgan).

🌐 Vazir Abduqodir Toshqulov rektorlar bilan zoom orqali o'tkazgan majlisida bu masalaga to'xtalib o'tgandilar, ya'ni ma'lumotlarni blogerlardan oldin yoritish, talabalar va ularning ota-onalari asosli ma'lumotlarni tezkor tarzda vazirlik rasmiy sahifalaridan olishlari kerakligini aytgandilar. Vazirlik sahifalarini har kuni reja-grafik asosida OTM sahifalarida targ'ibotini olib borish ta'kidlangan. Bu vazifa berilgani rost, lekin menimcha avval vazirlik sayti va sahifalari faoliyatini qayta ko'rib chiqish kerak.

Ma'lumotlarni qanchalik sir saqlashga harakat qilishmasin baribir u tarqaladi. Deylik bu yilgi nomdor stipendiya sohiblari ro'yxati nega vazirlik sahifasida @talabayoshlar sahifasidan roppa-rosa 25 soat kech e'lon qilindi? E'lon qilinganda ham umumiy ro'yxat emas, shunchaki nechta talaba stipendiant bo'lgani haqida ma'lumot berilgan xolos. Aslini olganda necha kishi stipendiant bo'lishi 1 yil oldin aniq bo'lgan, ya'ni kvota e'lon qilingan edi. Bu kvotani ham @talabayoshlar sahifasi edu.uz'dan oldin e'lon qilgan! Bu shunchaki dengizdan tomchi, ijtimoiy tarmoqda oliy ta'lim tizimini yoritib boruvchi @talabayoshlar kabi tezkor kanallar ko'plab topiladi.

📝 Vazirlik matbuot xizmatida atigi 3 kishi faoliyat olib boradi: matbuot kotibi (hozir kimligi noma'lum, ma'lumotlarga ko'ra Farhod Babashev vazifasidan ozod qilingan), sahifalarga ma'lumot joylaydigan mutaxassis va fotograf. Menimcha 3 kishi ancha kamlik qiladi.
☝️ Vazirlik matbuot bo'limi aslida OTM sahifalarini ham nazorat qilishi shart, Respublikada 132 ta OTMdan 40tasida hatto telegram sahifasi yo'q. Borlarida ham aksariyatida keraksiz bo'lgan hisobotlar berib boriladi. Yaxshi faoliyat olib boradiganlari umumiy hisobda 30% ham chiqmasa kerak.

Vazirlik sahifasidagi videoroliklarning
aksariyatini vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari tayyorlab beradi, lekin ular aslida o'zlariniki bo'lmagan shu qo'shimcha ishni qilib ham arzimagan 1.3 million oylik oladi (xodimlarning barchasi oliy ma'lumotli), vazirlik matbuot xizmati xodimlari esa kamida 5 million atrofida oylik olishsa kerak. Men bu yerda adolatni ko'rmayapman. Ishlayotganlar chetda qolib ketmoqda!

⚜️ Qisqacha aytganda vazirimiz Toshqulovning fikrlariga qo'shilaman, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida aloqador barchani (talabalar, ota-onalar, abituriyentlar, kollej, litsey, texnikum o'quvchilarini) sahifaga jalb qilish zarur. Ammo ular buni majburiy tarzda qilinsin deb topshiriq berganlar deb o'ylamayman, bu "innovatsion g'oya" vazirlikdagi "sallasini olib kel desa, kallasini olib keladiganlar"dan chiqqan bo'lsa kerak. Avvalo vazirlik matbuot tizimini qayta yo'lga qo'yish kerak. Matbuot xizmati vakillari sonini oshirish lozim. Kerak bo'lsa biz kabi kuzatuvchisi ko'p bo'lgan, faol, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash tajribasiga ega talaba blogerlarni ishga olishsin.

🤦‍♂️ Bir haftadan beri vazirimiz bilan aloqaga chiqishga urinaman, vazirga murojaat botiga yozdim, ammo u botga yozadiganlar kuniga 1000lab topiladi va vazirimiz jismonan ham bir o'zlari o'qib ulgurmaydilar. Telefon raqamlarini ham tanishlarimdan surishtiryapman, vazirimizga alohida aytiladigan takliflarim bor.

❗️Sizlardan shu postni tarqatishingizni so'rayman
, balki vazirimizga yetib borsa, ular bilan uchrashishga muyassar bo'larman. Men aniq bilamanki, talabalarda barcha muammolar uchun optimal yechimlar bor va ta'lim tizimini isloh qilishda biz birga harakat qilishimiz zarur.
👉 @Izzatkhoja

🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bahor kelmadi, lekin Toshkentda ham daraxtlar gulladi. Yurtimizda bahoriy ob-havo va sizlarni ham quvnoq, iliq yaxshi kayfiyat tark etmasin.

P. S: Qo'shiq boshida "kanallarni dodasi" deb mening kanalimni aytgan😅

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…
Subscribe to a channel